Компетентность переводчика, теоретические основы и классификация
Аннотация
Cегодня важно системно анализировать сферу и внедрять инновации с целью дальнейшего совершенствования системы подготовки переводчиков, развития и совершенствования лингвистических и экстралингвистических компетенций переводчиков, в том числе прагматических, социолингвистических и межкультурных компетенций. Одним из важных вопросов является формирование компетенции переводчика, позволяющей наиболее полно выразить в переводном тексте языковые и экстралингвистические особенности исходного текста.
В данной статье рассматриваются компетенции и их виды, необходимые квалифицированным переводчикам, а также компоненты, из которых состоят эти компетенции. В то же время дается информация о сути перевода и мнениях ряда ученых-переводчиков.
Ключевые слова:
Перевод компетентность профессиональная компетентность общая компетентность.Manbalarda keltirilishicha, tajima faoliyati, tarjimonlik kasbi asli uzoq vaqtlar oldin paydo bo’lgan. M.Ilyushkinaning ta’biricha, “Tarjima juda ham qadimiy inson faoliyatidir. Uning ildizlari proto-til alohida tillarga ajrala boshlagan davrga, odamlar bir nechta tillarni biluvchi va so’zlashuvchi muloqot vositachisi bo’la oladigan insonlarga ehtiyojlar paydo bo’lgan o'sha uzoq davrlarga borib taqaladi” (Ilyushkina, 2015). L.Barxudarov esa “tarjima bu matning mazmunini saqlab qolgan holda bir tildagi nutqiy asarni boshqa tildagi nutqiy asarga aylantirish jarayoni ekanligini ham qayd etish o’rinli bo’ladi”, degan fikrni ilgari surgan (Barkhudarov, 1975). V.Komissarovning izoh berishicha, “tarjima, shubhasiz, insonning juda qadimiy shaklidir. Insoniyat tarixida paydo bo’lishi bilanoq odamlar guruhlari bir-biridan farq qiladigan tillari paydo bo'ldi va “ko’p tillilar” o’rtasida muloqot qilishda “ikki tillilar” jamoalarga yordam bergan” (Komissarov, 1990). Demak, tarjimonlik faoliyati boshqa ko’plab sohalar qatori qadimiy faoliyat sifatida talqin qilinadi.
O’zbek tarjimachiligi asoschilaridan xisoblangan G’aybullo Salomov tarjimaning mohiyati borasida quyidagi xulosalarni takidlab o’tgan: “Tarjimaning bosh xossasi uning boshqa til vositalari bilan qayta yaratishdan iborat ijodiy jarayon, so’z san’ati ekanligidir” (Salomov, 1978 )
Shunday qilib biz yuqoridagi tarjima haqidagi olimlarning fikrida kelib chiqqan holda, L. Barxudarovning fikrini qo’llab quvvatlab, tarjimaga ijodiy jarayon ta’rifini ma’qul topdik. Chunki bir tildagi manbaning boshqa tilda to‘g‘ri ekvivalentini qo’llash orqali matning mazmunini asliyat matnining mazmunidek qilib kitobxonga yetkazib berish bu ijodiy jarayon hisoblanadi.
Maqolamizning mazkur qismida kompetensiya borasida mahalliy va chet el olimlari tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar, ilmiy-nazariy qarashlarni o’rganib chiqish muhim ahamiyatga ega, deb xisoblaymiz.
D.Makklelandning fikriga ko’ra, “malakali xodim – o’z oldiga qo’yilgan maqsadga qanday erishishni biladigan, o’zi ko’zlagan niyatiga erishish uchun qanday harakatlar bajarishi kerakligini va ko’zlagan mo’ljaliga erishish uchun qanday hatti-harakatlar bajarishi kerakligini aniq belgilab olgan shaxsdir. Uning ta’kidlashicha uchta omillar ya’ni bilim, ko’nikma va motivatsiya kompetensiyaning modelini tashkil etadi (McClelland, 1973). Kompetensiya insonning ta’lim olish jarayonida egallagan barcha bilimlar majmuasi, ular orqali shakllangan ko’nikma va malakala nazarda tutiladi.
H. Evartsning ta’rificha, “kompetensiya ish jarayonini samarali amalga oshirish uchun o’z hissasini qo’shadigan ish boshqaruvchisining asosiy fazilati” deya baholangan” (Evarts, 1988).
“Kompetensiya” terminiga yaqinroq “kompetentlik” tushunchasi ham mavjud bo’lib, ularga turi xil soha olimlar tomonidan turlicha ta’riflar berib o’tilgan. Kompetensiya so‘zi lotincha “competentia” ya’ni “harakat” yoki “hukm qilinishiga vakolat berilgan” yoki “so’zlashish huquqiga ega” kabi ma’noni beruvchi so’zdan olingan (Caupin, 2006).
D.Tolliver, A. Martin va N. Salomlarning talqiniga ko’ra, “kompetensiya” va “kompetentlik” o’zaro bir-birining o’rnida qo’llanila oladigan atamalar bo’lsa ham, ular umuman olganda ikki xil tushuncha hisoblanadi. Kompetensiya o’rganuvchiga tegishli bo’lgan bilim, ko’nikmalar va qobiliyatni anglatsa, kompetentlik esa bajarilishi kerak bo’lgan topshiriqlarni qanday va qaysi darajada bajarilishi kerak ekanligini tasvirlaydi (Tolliver, Martin, Salome, 2017).
Kompetensiya – bu bilim va tajribaga yoki tegishli ko’nikmalarni egallashga, shu jumladan, shaxsning faoliyat mavzusiga bo’lgan shaxsiy munosabatiga asoslangan holda ishlash qobiliyati va istagi shaklida namoyon bo’ladigan shaxsiyat xususiyatidir. Kompetensiya shaxsni, birinchi navbatda, ishlab chiqarish, fan yoki madaniyatning ma’lum sohalarida ishchi sifatida tavsiflaydi. “Kompetentlik” deganda esa, kasbiy faoliyat qobiliyatiga ega bo’lgan mutaxassis ishiga nisbatan amalga oshirilgan bilimlar, ko’nikmalar, munosabatlarning umumiyligi demakdir. Aniqroq qilib aytganda kompetensiya – muayyan kasbiy vazifalarni hal qila olish qobiliyati, kompetentlik esa, oldiga qo’yilgan vazifani bajarishdagi sifat darajasi (Mo’ydinova, 2024).
Kompetentlik bu insonning qabul qilingan mezonlarga muvofiq belgilangan ish samaradorligi va muayyan bir vaziyatda yoki ma’lum bir belgilangan topshiriqda shaxsning ushbu vazifani qanchalik ado etishini ko’rsatib beruvchi asosiy fazilati sifatida ko’riladi (Neubert, 2000).
Demak, kompetensiya va kompetentlik o’zaro bir-biriga yaqin tushunchalar xisoblanib, kompetensiya bo’lajak mutaxassisning o’z sohasi bo’yicha bilim, ko’nikma, malakalarning yig’indisi bo’lsa, kompetentlik ushbu majmuani kasbiy faoliyat jarayonida qanday qilib samarali foydalanish, kasbiy faoliyatda yuzaga keladigan muammolarga yechim topish qobilyati, hatti-harakatlari majmui sifatida ko’riladi.
A. Neubertning xulosasiga ko’ra, “tarjimon kompetensiyasi 5 ta komponenetlardan tashkil topadi. Shuningdek, olimning ta'kidlashicha, tarjimon kompetensiyasining ushbu beshta komponentning o'zaro ta'siri tarjimashunoslikni boshqa akademik fanlardan ajratib turadi” (Neubert, 2000).
EMT (Yevropean Master’s Translation) fikriga ko’ra, tarjima kompetensiyasi ma’lum bir sharoit ostida topshirilgan vazifani ado etish uchun qilinishi kerak bo’lgan hatti-harakatlarni bilish, tug’ma qobiliyatlar va bilimlarni yig’indisi hisoblanadi. Uning tarkibiy qismlari til, tematik, texnalogik, ma’lumot berish, madaniyatlararo, xizmat ko’rsatish kompetensiyalaridan iborat (EMT Expert Group, 2009).
L. Latishev va V. Provotorov o’z ilmiy ishlarida tarjimon kompetensiyasini asosiy va maxsus tarjima kompetensiyalariga ajratishadi (Latishev, 2001). Tarjimonning asosiy kompetensiyalariga lingvistik, pragmatik, sotsiolingvistik, ijtimoiy, diskursiv va strategik kompetensiyalarini kiritadi.
I.Tuxtasinov ham “tarjimonning asosiy kompetensiyalari xisoblangan lingvistik, pragmatik, sosiolingvistik, ijtimoiy, diskursiv va strategik kompetensiyalarni qoʻllanilishi yuqori malakali ogʻzaki tarjimonlarning kasbiy kompetensiyasini yoritib berish, shakllantirish va rivojlantirish imkonini beradi” degan xulosani bildiradi (Tuxtasinov, 2018 ).
Biz esa olimlarning yuqorida takidlab o’tilgan xulosalariga tarjimon kompetensiyasining ikki turga: umumiy va kasbiy kompetensiyalarga ajratishni lozim topdik. Bo’lajak tarjimonlarda umumiy va kasbiy kompetensiyasini tashkil etuvchi tarkibiy qisamlarini quyidagi jadvalda asosida ko’rsatishni ahamiyatli deb hisobladik (1.1-jadvalga qarang).
Tarjimonning kompetensiyasi
|
Umumiy kompetensiyasi |
Kasbiy kompetensiyasi |
|
Lingvistik kompetensiya |
Til kompetensiyasi |
|
Pragmatik kompetensiya |
Strategik kompetensiya |
|
Sotsiolingvistik kompetensiya |
Texnik kompetensiya |
|
Diskursiv kompetensiya |
Tildan-tilga o’tish kompetensiya |
|
Ijtimoiy-madaniy kompetensiya |
Qayta ifodalash kompetensiya |
|
Texnologik kompetensiya |
Shaxsiy kompetensiya |
|
Ijtimoiy kompetensiya |
Tematik kompetensiya |
|
Predmet bo’yicha kompetensiya |
|
|
Kommunikativ kompetensiya |
|
1.1-jadval
Shunday qilib umumiy tarjimon kompetensiyasiga: lingvistik, pragmalingvistik, sotsiolingvistik, diskursiv, ijtimoiy-madaniy, , texnalogik, sotsial, predmet bo’yicha kompetensiyalar kiradi. Tarjimoning kasbiy kompetensiyasiga esa til va madaniyat, strategik kompetensiya, tarjima kompetensiyasi, shaxsiy va shaxslararo kompetensiya va xizmat ko’rsatish kompetensiyasi kabi turlarga ajratish mumkin.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, tarjimon kompetensiyasi bo’lajak mutaxassisning tarjimashunoslik bo’yicha bilim, uni amalda qo’llash ko’nikmasi, shu ko’nikmadan xosil bo’ladigan malakalar majmuasi hisoblanadi. Tarjimon kompetensiyasi tarjimonning kasbiy faoliyatida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish ko’nikmalarini shakllantiradi. Yuqorida tarjima kompetensiyasi haqidagi olimlarning fikrini o’rganib chiqqan holda tarjimon kompetensiyasining ikki turga ya’ni umumiy va kasbiy tarjima kompetensiya kabi turlar bo’lib o’rganilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Chunki ayrim kompetensiya turlari nafaqat tarjimonga balki boshqa soha vakillariga ham tegishli hisoblanadi. Lekin ba’zi kompetensiyalar esa faqatgina tarjima sohasi vakillarigagina xosdir.
Библиографические ссылки
Barxudarov, L. S. (1975). Yazik i perevod (Voprosi obshey i chastnoy teorii perevoda). Moskva: Mezhdunarodnye otnosheniya.
Caupin, G., Knöpfel, H., Koch, G., Pannenbäcker, K., Pérez-Polo, F. J., & Seabury, C. (2006). ICB – IPMA Competence Baseline. International Project Management Association.
EMT Expert Group. (2009). Competences for Professional Translators, Experts in Multilingual and Multimedia Communication. Retrieved June 24, 2020, from https://ec.europa.eu/info/sites/info/files/emt_competences_translators_en.pdf
Evarts, H. (1988). The Competency Programme of the American Management Association. Journal of Management Development, 7(5), 48–56.
Ilyushkina, M. Yu. (2015). Teoriya perevoda: osnovnie ponyatiya i problemi. Ekaterinburg: Izdatelstvo Uralskogo universiteta.
Komissarov, V. N. (1990). Teoriya perevoda: Lingvisticheskie aspekti. Moskva: Vysshaya shkola.
Latishev, L. K. (2001). Struktura i soderjanie podgotovki perevodchikov v yazikovom vuze: Uchebno-metodicheskoe posobie. Moskva: NVI-TEZAURUS.
McClelland, D. C. (1973). Testing for competence rather than for “intelligence.” American Psychologist, 28(1), 1–14.
Mo’ydinova, E. K. (2024). Maktabgacha ta’limda bo’lajak ingliz tili o’qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini veb-resurslar asosida shakllantirish (Doktora dissertatsiyasi). Toshkent.
Neubert, A. (2000). Competence in language, in languages, and in translation. In C. Schäffner & B. Adab (Eds.), Developing translation competence (pp. 3–18). Amsterdam/Philadelphia: John Benjamins Publishing Co. https://doi.org/10.1075/btl.38.03neu
Salomov, Gʻ. (1978). Tarjima nazariyasiga kirish. Toshkent: Oʻqituvchi.
Spencer, L. M., & Spencer, S. M. (1993). Competence at Work. New York: Wiley.
Tolliver, D. E., Martin, A., & Salome, N. (2017). Competency-based education, lifelong learning and adult students: Insights from international partnerships between East Africa, Southern Africa and USA-based institutions of higher education. In Proceedings from the International Conference on Education and Training. (p. 127).
Tuxtasinov, I. M. (2018). Tarjimon tayyorlashda kasbiy kompetensiyalarni ekvivalentlik hodisasi asosida rivojlantirish (Doktora dissertatsiyasi). Toshkent.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Мухлиса Юлдошева

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
