Лингвокультурологические особенности субколлоквиальных фразеологических единиц

Авторы

  • Национальный Университет Узбекистана
Лингвокультурологические особенности субколлоквиальных фразеологических единиц

Аннотация

В данной статье представлены результаты комплексного лингвистического анализа субколлоквиальных фразеологических единиц французского и узбекского языков с точки зрения их лингвокультурологических характеристик. В процессе исследования выявлено место субколлоквиальных фразеологизмов в языковой системе, раскрыты их коммуникативно-функциональная, социально-дискурсивная роль, а также стилистико-функциональная характеристика. Результаты исследования способствуют лингвокультурологической классификации субколлоквиальных фразеологических единиц и выявлению их отражения в культурном сознании народов. Актуальность настоящего исследования непосредственно обусловлена социально-лингвистическими процессами, происходящими в современном обществе, в частности активным употреблением коллоквиальных и субколлоквиальных лексико-фразеологических единиц в разговорной речи и речевой практике. Подобные языковые единицы, широко распространённые в речи различных социальных слоёв, до настоящего времени не были достаточно глубоко изучены в рамках современной лингвистики. Определение их лингвокультурологических характеристик, а также степени взаимосвязи с национальными и культурными кодами представляет собой одно из актуальных направлений современного языкознания. Лингвокультурологическое описание субколлоквиальных фразеологических единиц, их национально-культурная интерпретация и отражение в коллективном сознании проанализированы на основе теоретических источников и эмпирических наблюдений, а также степень их употребления в коммуникативном контексте.

Ключевые слова:

Субколлоквиальный лингвокультурологический фразеологическая единица разговорная речь арго жаргон

Kirish

Frazeologiya har bir tilning leksik tarkibida alohida o‘rin egallaydigan, yuqori lingvomadaniy salohiyatga ega bo‘lgan muhim tizim hisoblanadi. U xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy-axloqiy dunyoqarashi, ijtimoiy tajribasi hamda madaniy arxetiplari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni aks ettiradi va kelgusi avlodlarga uzatishda vositachi rolini o‘ynaydi. Ayniqsa, so‘zlashuv nutqiga oid frazeologik birliklar, xususan, subkollokvial frazeologizmlar, frazeologiyaning funksional-stilistik jihatdan pasaytirilgan, biroq yuqori ekspressiv va emotsional-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan qatlamini tashkil etadi. Bu turdagi birliklar, asosan, nutqning norasmiy sohalarida - ommaviy axborot vositalari, publitsistik va siyosiy janrlar, internet diskursi, shuningdek, har kunlik maishiy muloqotda faol qo‘llanadi. Tadqiqot natijalari subkollokvial frazeologizmlarning lingvokulturologik mazmunini ochib berish va ularni til tizimidagi stilistik qatlam sifatida ilmiy jihatdan asoslashga xizmat qiladi.

Subkollokvial frazeologik birliklar tildagi tabiiy-ekspressiv ifoda vositasi bo‘lib, ular insonlarning oʻzaro munosabatlarini, ijtimoiy hayotdagi oʻzaro ta’sirni tushunishga yordam beradi hamda ularning munosabati, bahosini ifoda etishda samarali semantik qurilmalardan biri sanaladi. Ushbu birliklarning yuzaga kelishi va rivojlanishi ortida argo, jargon va sodda so‘zlashuv tili elementlarining murakkab leksik va stilistik o‘zaro ta’siri yotadi. Xususan, argo va sodda so‘zlashuv tili o‘rtasidagi lingvistik, sotsiolingvistik va leksikografik bog‘liqliklar tarkibiy jihatdan uzluksiz, tarixiy rivojlanish jarayonida shakllangan va bugungi kunda dinamik xususiyat kasb etgan. Ular o‘zaro ta’sir etish, funksional almashinuv va idoraviy birliklar orqali uzviy bog‘langan.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Ushbu tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari, avvalo, xorijiy va mahalliy lingvistika sohasida olib borilgan ilg‘or tadqiqotlarga tayangan holda shakllantirilgan. Jumladan, fransuz tilida til va nutq normalari, leksik-semantik tizim hamda frazeologik birliklarning shakllanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha V.G. Gak (Gak, 1986), A. Rey (Rey, 2002), V.D. Devkin (Devkin, 2000), P.Giro (Guiraud, 1956) kabi yirik tilshunos olimlarning ilmiy ishlari tahlil qilingan va ularning asosiy nazariy qarashlari tadqiqotning metodik poydevorini tashkil etadi. Shuningdek, o‘zbek tilshunosligida frazeologiya, funksional uslub va nutq madaniyatiga oid dolzarb masalalarni yoritgan A. Mamatov (Mamatov, 2019), B.Oʻrinboyev (O‘rinboev, 1982) kabi olimlarning ilmiy merosi mazkur mavzuning lokal kontekstda o‘rganilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.

Jahon tilshunosligida so‘nggi yillarda jonli og‘zaki nutqning tabiati, kommunikativ diskursda ishlatiladigan leksik va frazeologik birliklarning shakllanish mexanizmlari, ularning stilistik hamda pragmatik xususiyatlariga oid izlanishlar faollashgani kuzatilmoqda. Ayniqsa, fransuz tilida bunday birliklarning shaklan va mazmunan xilma-xilligini inobatga olgan holda, ularni keng qamrovda, tizimli asosda o‘rganish dolzarb ilmiy vazifa sifatida namoyon bo‘lmoqda (Otaqulov, 2024).

Tadqiqot metodologiyasi

Mazkur tadqiqotda subkollokvial frazeologik birliklarning nutqiy munosabatlardagi tutgan o‘rni, ularning funksional yuklamasi va stilistik ekspressivligini aniqlashga qaratilgan ilmiy tahlillar zamonaviy frazeologik izlanishlarning kompleks metodlariga asoslangan holda olib borildi. Tadqiqotda qo‘llanilgan metodlar frazeologik birliklarni tizimli va ko‘p qirrali tahlil qilishga xizmat qilgan bo‘lib, ular o‘zaro integrallashgan yondashuv asosida tanlab olindi. Birinchidan, frazeologik birliklarni aniqlash va ularning strukturaviy–semantik xususiyatlarini o‘rganishda A.V.Kunin tomonidan ishlab chiqilgan frazeologik identifikatsiya va frazeologik tahlil metodlari asosiy metod sifatida qo‘llanildi (Kunin, 1996). Ushbu metodlar frazeologik birliklarning boshqa turdagi barqaror birikmalardan farqlanish belgilarini, ularning semantik yaxlitligini hamda integral leksik birlik sifatida ishtirokini aniqlash imkonini berdi. Ikkinchidan, frazeologik birliklarning real nutqiy kontekstdagi qo‘llanilishi va ma’no yukini chuqur tahlil etishda kontekstual tahlil usulidan foydalanildi. Bu metod frazeologizmlarning turli kommunikativ vaziyatlarda qanday qo‘llanishini, ularning semantik o‘zgaruvchanligini va nutqiy moslashuvchanligini ochib berishga xizmat qildi. Shu bilan birga, lug‘aviy definitsiyalar tahlili asosida frazeologik birliklarning izohli lug‘atlardagi ta’rifi va amaliy nutqda qo‘llanishi o‘rtasidagi tafovutlar ham o‘rganildi. Uchinchidan, komponentli tahlil metodidan foydalanilib, frazeologik birliklarni tashkil etuvchi leksik komponentlarning semantik roli, ularning obrazli ifoda vositasi sifatidagi funksiyasi va milliy–madaniy konnotatsiyalari aniqlab chiqildi. Bu yondashuv frazeologik birliklarning ichki tuzilmasini tahlil qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat qildi. Bundan tashqari, A.D. Rayxshteyn tomonidan taklif etilgan semantik tahlil metodidan keng foydalanilib, frazeologik birliklarning qo‘llanilish chastotasi va stilistik bo‘yoqdorlik darajasi aniqlashtirildi (Rayxshteyn, 1986). Bu esa, ayniqsa, subkolloquial birliklarning so‘zlashuv nutqidagi real ekspressiv imkoniyatlarini aniqlashda samarali bo‘ldi. Ushbu kompleks metodologik yondashuv natijasida subkollokvial frazeologik birliklarning kommunikativ–pragmatik funksiyalari, uslubiy mansubligi, nutqiy kontekstdagi stilistik va ekspressiv xususiyatlari tizimli ravishda tahlil qilindi. Tadqiqotda tanlab olingan metodlar frazeologik birliklarning ko‘p qirrali tabiatini to‘laqonli ochib berishga imkon berdi.

Tahlil va natijalar

Tadqiqotda ilk bor fransuz va o‘zbek tillari frazeologiyasidagi subkollokvial qatlam qiyosiy-tahliliy jihatdan o‘rganildi. Subkollokvial frazeologik birliklar stilistik registrlar, tematik guruhlar va frazeologik ma’noning semantik tarkibi darajasida tizimli tahlil qilindi. Ushbu ishda frazeologiyani normativ sotsiolingvistika va funksional stilistika nuqtai nazaridan tadqiq qilish orqali yangi nazariy ma’lumotlar keltirildi.

Frazeologik birliklarning stilistik sodda til ya’ni subkollokvial jihatdan o‘rganilishi, avvalo, so‘zlashuv tili, xalq tili, jargon va argo singari til hodisalarining ilmiy tahlili bilan uzviy bog‘liqdir. Fransuz va o‘zbek tillarining sodda so‘zlashuv - subkollokvial va argotik qatlamlarini o‘rganish tarixida bir qancha ilmiy yondashuvlar shakllandi.

Sodda so‘zlashuv tilini dialektologik va ijtimoiy lingvistik nuqtai nazardan o‘rganish V.M. Jirmunskiy, V.V. Straten, L.P. Yakubinskiy, D.S. Lixachev, B.A. Larin kabi tilshunoslarning ishlarida namoyon bo‘lgan. Ular so‘zlashuv, dialektal, jargon va argotik elementlarning ijtimoiy va tarixiy asoslarini, so‘z hosil qilish mexanizmlarini yoritib berganlar.

Zamonaviy tilshunoslikda ushbu bog‘liqliklarni tadqiq etish faqat leksik tahlil bilan cheklanmasdan, balki pragmatik, semiotik, kognitiv va lingvokulturologik mezonlar asosida ham amalga oshirilishi talab etiladi. Shu nuqtai nazardan, argoda foydalanish nafaqat tilni shifrlash vositasi sifatida, balki muayyan ijtimoiy guruhga mansublikni anglatuvchi, guruh ichki kommunikatsiyasini mustahkamlovchi, o‘zlikni ifoda etuvchi belgili element sifatida namoyon bo‘ladi. Argo - bu ijtimoiy identifikatsiya, marginal pozitsiyani yoki muqobil submadaniyatni namoyon etuvchi lingvistik strategiya hisoblanadi. Shu ma’noda, subkollokvial frazeologizmlar va ularning argo bilan bog‘liq qirralarini o‘rganish nafaqat leksikologiya va frazeologiyaning, balki sotsiolingvistika, lingvokulturologiya va leksikografiyaning ham dolzarb masalalaridan biri sifatida ko‘zga tashlanadi.

V.M. Mokiyenko fikricha, frazeologiya “borliqning eng subyektiv ahamiyatga ega bo‘lgan parchalarini qoplab oladi” (Mokienko, 1999). Shu bois, zamonaviy til manzarasini anglashda subkollokvial frazeologik birliklarning tematik tizimlashtirilishi, ularning pragmatik funksiyasi va stilistik potensialini o‘rganish jamiyatning ongli konseptual tasavvurlarini yoritish imkonini yaratadi. Fransuz va o‘zbek tillarida subkollokvial frazeologik birliklarning parallel va farqli xususiyatlarini ochib berish bu tadqiqotning metodologik va lingvomadaniy asosini tashkil etadi.

Ma’lumki, har qanday tilning leksik-stilistik qatlamlarini tahlil qilishda ularni baholashga asoslangan emas, balki tahqiq etilayotgan til birligining kommunikativ funksiyalari va ifoda imkoniyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganish zarur. Shu nuqtai nazardan, Ye.M.Beregovskaya ta’kidlaganidek, jargon va so‘zlashuv tilini “noma’qul” deb baholash holati lingvistik tadqiqotlarga xos bo‘lmagan, subyektiv yondashuvdir. Tilshunosning vazifasi til birligining ijtimoiy-stilistik maqomiga qarab uning semantik, funksional va kommunikativ xususiyatlarini ochishdan iborat bo‘lib, har qanday leksik qatlam - istalgan uslubiy darajada bo‘lsin - tiliy voqelikning bir qismi sifatida ilmiy tahlil etilishi lozim (Beregovskaya, 1996). Shu jihatdan qaralganda, kollokvial va subkollokvial frazeologizmlarning hozirgi zamon tilshunosligidagi ilmiy tadqiqi juda dolzarb bo‘lib qolmoqda.

  1. Gadening ta’kidlashicha, so‘zlashuv uslubi bilan bog‘liq leksik-stilistik birliklarning ilk tahlillari ko‘pincha kambag‘al va tizimsiz deb baholangan. Uning fikricha, bu holat avvallari ushbu sohada yetarlicha ilmiy va leksikografik manbalarning mavjud emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan (Gadet, 1992). F.Gade bu jihatga alohida e’tibor qaratar ekan, leksikografik manbalarni shartli ravishda ikki guruhga - “tuzatuvchilar” (correcteurs) va “tasvirlovchilar” (descripteurs) - sifatida ajratishni taklif qiladi². Birinchi turdagi manbalar tilning normativ qiyofasini belgilashga harakat qilsa, ikkinchilari esa tilning real holatini, ya’ni so‘zlashuv, dialekt, subkollokvial va jargon tarkiblarni o‘z ichiga olgan hayotdagi voqelikni ifoda etishga urinadi. Shu nuqtai nazardan, aynan “tasvirlovchi” manbalar zamonaviy lingvistikada tilning funksional uslublari turfa xilligini tushunishda muhim metodologik asos vazifasini bajaradi.

Fransuz tilshunosligida argoni o‘rganish alohida tarixiy ekskurs talab qiladi. “Le Petit Larousse” lug‘atida argo “ma’lum ijtimoiy, professional guruhning tili” va “jinoyatchilar doirasining tili” sifatida ta’riflanadi. Bu ta’rif argoning yetuk evolyusiyasini ko‘rsatadi. Argoning ilk qayd qilingan holatlari XIII asrga borib taqaladi. Eng mashhur tarixiy faktlardan biri – 1445-yildagi Dijon sudi jarayoni va Fransua Viyonning 1489-yildagi argot jobelin tilida yozilgan balladasidir.

“Argo” atamasining etimologiyasi bahsli bo‘lib, u ergo, ergoter, Argos, Argonauts yoki arts des Gots so‘zlariga bog‘lanadi. Aslida, “argo” so‘zi XVII asrgacha “o‘g‘rilar guruhi” ma’nosini bildirgan va keyinchalik “o‘g‘rilar tili”ni anglatishda “jargon” so‘zining o‘rnini egallagan. L.Seneanning “Les sources de l’argot ancien” asarida bu ikki atamaning tarixi batafsil tahlil qilingan (Sainean, 1912).

  1. Fransua-Jeje ta’kidlaganidek, argo Akademiya muhitida emas, balki ko‘cha, kafelar va ishratxonalarda paydo bo‘lgan. XIX asrga kelib, argoning ijtimoiy vazifasi o‘zgardi: u jinoyatchilar guruhidan chiqib, keng omma so‘zlashuv tili bilan qo‘shilib ketdi (François–Geiger, 2001). Jamiyatdagi ijtimoiy barobarlashuv orqali til sathida ham nisbiy barobarlashuv yuz berdi.

Gak ta’kidlaganidek, argo o‘zining dastlabki kriptologik vazifasini yo‘qotib, so‘zlashuv tili bilan yaqinlashdi va ba’zi xususiyatlarini yo‘qotdi (Gak, 1986). Bu jarayon H. Bauche, P. Guiraud, M. Cohen, L. Sainean kabi olimlar tomonidan chuqur tahlil qilingan. H. Bauchening fikriga ko‘ra, argo sodda so‘zlashuv tilining shakllanishida muhim rol o‘ynagan, chunki u kambag‘al va ijtimoiy chetdagi toifalar tili sifatida vujudga kelgan.

  1. Fransua-Jeje ta’kidlaganidek, fransuz so‘zlashuvchilar uchun “argo” XIX asrning oxiri va XX asr boshidagi Parij argosini anglatadi (François–Geiger, 2001), ammo u bunday xususiy biriktirishga tanqidiy yondashadi.

Shu tariqa, argo va sodda so‘zlashuv tili o‘rtasidagi lingvistik, sotsiolingvistik hamda leksikografik bog‘liqliklar murakkab, tarixiy asoslangan va dinamik xususiyatga ega bo‘lib, ularni tadqiq qilish zamonaviy tilshunoslikning muhim vazifalaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Frazeologik birliklarning sodda so‘zlashuv tiliga oidligi ularning tarkibida sodda so‘zlashuv tilida qo‘llaniladigan so‘z va iboralarning, dag‘al so‘zlarning, somatizmlarning, eskirgan so‘zlarning, dialektizmlarning, keng tarqalgan atoqli otlarning, ins-jinslarni tilga olishning, hayvonlar nomlarining mavjudligi bilan aniqlanishi mumkin, masalan fransuz tilida: Jean farine – soddadil odam, go‘l odam; la fin des haricots – shu bilan tamom, ish tamom vassalom; crever à la peine – zo‘r kelib uzilib ketmoq, shikastlanmoq, lat yemoq, puturdan ketmoq, ishdan chiqmoq; faire une vadrouille – urish-janjal (to‘polon) qilmoq, urish-janjal chiqarmoq, urish-janjal chiqarib tartibni buzmoq; aysh-ishrat qilmoq, ichkilikbozlik qilmoq; serrer les fesses – qo‘rqmoq, hayiqmoq, cho‘chimoq; prendre son pied – zavqlanmoq, rohatlanmoq, vaqtichog‘lik (xursandchilik) qilmoq, shodlanmoq, quvnamoq, ko‘ngil ochmoq; se fourrer un courant d’air dans l’œil – sharmandasi chiqmoq, rasvo bo‘lmoq; o‘sal (mulzam) bo‘lmoq; qattiq yanglishmoq, qo‘pol (yomon) xato qilib qo‘ymoq; soddalik (go‘llik) qilmoq, laqillamoq; tête de cochon – eshakday o‘jar, qo‘yday tixir; tirer ses grègues – dov-dastakni yig‘ishtirib jo‘namoq, juftakni rostlamoq, qochib qolmoq kabi iboralarni uchratishimiz mumkin. O‘zbek tilida ham misollarni ko‘radigan bo‘lsak, bo‘ri yeb ketarmidi – hech narsa o‘lmaydi (Rahmatullaev, 1992); burgaga achchiq qilib qo‘rpani kuydirmoq – arzimagan narsani deb jahl ustida nojo‘ya, zararli ish qilib qo‘ymoq (Rahmatullaev, 1992); jin urdi (jin tegdimi?) – dard-illatga chalindi; jinnilik qilmoq – ahmoqlik (tentaklik) qilmoq; maynabozchilik qilmoq, bemaza qiliqlar bilan masxarabozlik qilmoq, qiziqchilik qilmoq; o‘zini tentak qilib ko‘rsatmoq kabi iboralarni keltirishimiz mumkin.

Subkollokvial frazeologik birliklar o‘z obrazlarining yorqinligi va konkretligi bilan ajralib turadi, masalan fransuz tilida bille de billard – kal, siyqa (yaltiroq) bosh, siqqabosh, yaltirbosh; en confiture – majaqlangan, pachoqlangan; jambes en parenthèses                     (en italiques) – oyog‘i qiyshiq, qing‘iroyoq;      jouer des mains – qalloblik qilmoq, g‘irromlik qilmoq, aldamoq, mug‘ombirlik qilmoq;             jouer de l’orgue – xurrak otmoq; épouser la vache et le veau – homilador ayolga uylanmoq; avoir mangé ses pieds – og‘zidan qo‘lansa              xid taratmoq; n’avoir plus de fil sur sa                      bobine – sochi to‘kilib siyqabosh                     (yaltirbosh) bo‘lib qolmoq; bouffer des                   briques à la sauce de cailloux – och qolmoq, ochin-to‘qin yashamoq; avoir l’estomac dans             les talons – itdek och bo‘lmoq; autant vouloir tirer un pet d’un âne mort – sendan (undan) yorug‘lik – itdan choriqlik, sendan sira foyda yo‘q (foyda chiqmaydi); il pleut comme                    une vache qui pisse – yomg‘ir sharros quymoqda; verser le potage à la séringue – ochko‘zlik qilmoq, suqlik qilmoq; qurumsoqlik qilmoq, qizg‘anmoq; xasislik (baxillik, ziqnalik) qilmoq.

Argodan foydalanish - bu faqat shifrlash emas, balki bir vaqtning o‘zida ijtimoiy o‘zlikni namoyon qilish, alohida bir doiraga mansublikni bildirish vositasidir. Bu xolat “parolga ega bo‘lish” orqali guruh a’zoligiga qabul qilinganlikni ifodalaydi. Shu jihatdan, argoning kriptologik vazifasi hozirgi tadqiqotlarda ko‘proq kripto-lyudik funksiyasiga transformatsiya qilingan deb qaraladi.

Kripto-lyudik vazifa nafaqat ma’lumotni niqoblash, balki ijodiy verbal ekspressiya,            ya’ni so‘z yaratish orqali shaxsiy estetik           lazzatni qamrab oladi. François-Geiger                buni quyidagicha ifoda etadi: “Lorsqu’on               joue à cache-cache, la fonction cryptique s’accompagne souvent d’une fonction ludique… nous parlons d’une fonction           crypto-ludique, qui engendre dans un groupe une certaine connivence” (François–Geiger, 2001).

Tadqiqotchilar argoning ko‘p qirrali vazifalari haqida ta’kidlab o‘tganlar. Gakning ta’kidlashicha, hozirgi fransuz tili “noaniq chegarali nutq turlarining murakkab tizimi”ni namoyon etadi (Gak, 1984). A. Bo‘sh argoni jinoyatchilar argosi, professional jargonlar va guruhlarga oid jargonlarga tabaqalashtiradi. P. Giro esa argoni 1) texnik atamalar va o‘g‘rilarning leksikasi, 2) ekspressiv leksikaga ajratadi (Guiraud, 1956).

  1. Fransua-Jeje “Dictionnaire de l’argot et de ses sources” asarida “1990-yillarda argoni aniq ta’riflash juda murakkab” ekanligini e’tirof etadi (François–Geiger, 2001). L.-J.Kalve tomonidan “argot moderne” (zamonaviy argo) deb yuritilgan fenomen fransuz tilshunosligida “argot commun” (umumiy argo) nomi bilan ham mashhur (Calvet, 1991). François-Geiger uni quyidagicha izohlaydi: “...asr boshidan Fransiyada umumiy argo shakllana boshladi, u an’anaviy argoda tez-tez uchraydigan, jamiyatda qo‘rqinch uyg‘otmaydigan so‘zlardan tashkil topgan” (François–Geiger, 2001).

Bu so‘zlar har bir fransuz so‘zlovchisining faol lug‘atida bo‘lmasligi mumkin, ammo               ular ko‘pchilikka tanish va jamiyat                tomonidan qabul qilingan. Fransuzcha “umumiy argo”ga mos ravishda, o‘zbek va rus tillarida ham “jargonlashtirilgan sodda so‘zlashuv tili” yoki “umumiy jargon” tushunchasini qo‘llash mumkin. Salyayevning fikricha, u “vertikal bo‘yicha” argo va sodda so‘zlashuv tili o‘rtasida aloqa o‘rnatishga imkon beradi (Salyaev, 1998).

Global miqyosda qaralganda, argo fenomeni har bir tilda mavjud. Goudaillier ta’kidlaganidek, “har bir til o‘zining argotik o‘lchamiga ega” (toute langue possède une dimension argotique): Germaniyada - Rotwelsch, Anglo-sakson mamlakatlarda - Slang, Ispaniyada - Germania. Shuningdek, tillar rangli belgilar bilan (la langue bleue, la langue verte, italien rouge) ajralib turadi, bu Lixachev tomonidan tilning lokal koloriti sifatida tavsiflangan (Lixachev, 1993).

Argo to‘g‘risida gap ketar ekan, biz uni Sossyurcha “til” (langue) emas, balki nutqning leksik ifodasi sifatida qabul qilamiz. Argo birinchi navbatda - leksikon; u o‘z leksikasi bilan ajralib turadi (Calvet, 1991). M.Cohen ta’kidlaganidek, argo - bu “o‘z lug‘ati orqali o‘zini takrorlovchi” va argolashtiruvchi subyekt uchun “ustqurmaviy hodisa” sanaladi (Cohen, 1947).

Shuning uchun ham, D.Fransua-Jeje ta’kidlaganidek, argo - bu “katta va kichik bezorilarning tili” (“le parler des truands, grands et petits”) bo‘lib qolaveradi (François–Geiger, 2001). Bu ifodada “bezorilar” so‘zi faqat yosh emas, balki ularning tildagi bezorilik darajasini ham anglatadi.

Zamonaviy tilshunoslikda frazeologik birliklarning stilistik, semantik, funksional              va madaniy jihatdan tahlil qilinishi nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham                    dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, subkollokvial frazeologik birliklar - so‘zlashuv nutqining pastki stilistik registrida faoliyat ko‘rsatuvchi, ammo yuqori ekspressivlikka ega bo‘lgan ifoda vositalari - bugungi tilshunoslikning o‘ta muhim obyektlaridan biridir. Bu birliklar xalqning og‘zaki nutq madaniyati, ijtimoiy tajribasi, tarixiy xotirasi va milliy mentalitetining o‘ziga xos verbal ko‘zgusidir. Shu boisdan, ularning lingvokulturologik va pragmatik tahlili til-madaniyat aloqadorligining muhim bo‘g‘ini sifatida ko‘rilmoqda.

Subkollokvial frazeologik birliklar tilning rasmiy-normativ qatlamidan chetda joylashgan, ammo kommunikativ nuqtayi nazardan nihoyatda faol bo‘lgan qatlamdir. Ular, odatda, oddiy xalq tiliga xos, emotsional-ekspressiv boyitilgan, ko‘pincha kinoya, hajv, istehzo, baholovchi semantikani o‘z ichiga oladi. Bunday birliklar nutqning norasmiy sohalarida, xususan, ommaviy axborot vositalari, internet diskursi, siyosiy ritorika, sahna nutqi va kundalik so‘zlashuvda faol ishlatiladi.

Xulosa va takliflar

Subkollokvial frazeologizmlarning vujudga kelishi ko‘p hollarda argo, jargon, xalq shevalari, diaxronik evolyutsiya va leksik stilistik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularning pragmatik qiymati esa faqatgina ma’no darajasidagina emas, balki ularning ijtimoiy konnotatsiyasi, kommunikativ vazifalari, emotsional-yuklamalari orqali namoyon bo‘ladi.

Subkollokvial frazeologik birliklar zamonaviy tilning eng dinamik, stilistik jihatdan pasaytirilgan, ammo semantik jihatdan boy qatlamlaridan biridir. Ularning pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlash til va madaniyat o‘zaro aloqasini ochib berish bilan birga, jamiyatning psixologik, ijtimoiy, etnik tafakkur tarzini anglashda ham muhim vosita hisoblanadi.

Библиографические ссылки

Beregovskaya, E. M. (1996) Molodejnыy sleng kak ob’ekt lingvistiki. M., c.33.

Calvet, L. –J. (1991) L’argot variation diastratique, diatopique et diachronique. – P.: Langue française, pp.40-48.

Cohen, M. (1947) Histoire d’une langue: Le français. – P.: Editions Sociales, p.27.

Devkin, V. D. (2000) Ocherki po leksikografii. – M.: Prometey, 395 s.

François–Geiger, D. (2001) L’argot et ses dictionnaires. – P.: Lexico. historique, pp.877-880.

Gadet, F. (1992) Le français populaire. – Paris: Armand Colin, p.8.

Gak, V. G. (1984) Sravnitelnaya tipologiya fransuzskogo i russkogo yazikov. M.

Gak, V. G. (1986) Vvedenie vo fransuzskuyu filologiyu. – M.: Prosveщenie, c.132.

Guiraud, P. (1956) L’argot. – P.: Presses Universitaires de France, 126 p.

Kunin, A. V. (1996) Kurs frazeologii sovremennogo angliyskogo yazika. M.: Visshaya shkola, c.5.

Lixachev, D. S. (1993) Argoticheskie slova professionalnoy rechi. – Tver: Tverskoe oblastnoe otdelenie rossiyskogo fonda kulturi, c.115.

Mamatov, A. E. (2019) Zamonaviy lingvistika. T.: Noshir. b.168.

Mokienko, V. M. (1999) Stilistika i frazeologiya: Ocherki. SPb., c.83.

O‘rinboev, B. (1982) O‘zbek so‘zlashuv nutqi. – T.: Fan.

Otaqulov, N. B. (2024) Fransuz va o‘zbek tillarida subkollokvial frazeologizmlarning lisoniy xususiyatlari. – Toshkent: “Grandkondorprint”, 128 b.

Rahmatullaev, Sh. (1992) O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati. – T.: O‘qituvchi, B.58.

Rayxshteyn, A. D. (1986) Natsionalno–kulturniy aspekt interkommunikatsii. // Inostrannie yaziki v shkole. №5, c.10–14.

Rey, I. G. (2002) La phraseologie du français. Toulouse: Universitaires du Mirail, 268 p.

Sainean, L. (1912) Les sources de l’argot ancien. – P.: Champion, pp.43-44.

Salyaev, V. A. (1998) Leksika argoticheskogo i jargonnogo proisxojdeniya v tolkovix slovaryax sovremennogo russkogo yazika: Avtoref.dis. …kand.filol.nauk. Magnitogorsk, gos. ped. un–t. – M. C.7.

Опубликован

Загрузки

Как цитировать

Отакулов, Н. (2025). Лингвокультурологические особенности субколлоквиальных фразеологических единиц. Лингвоспектр, 8(1), 5–12. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/998