Linguodidactic Features of Teaching Literary Translation to Students

Authors

  • Uzbek state world languages university
Лингводидактические особенности обучения студентов художественному переводу

Abstract

As countries and peoples across the world become increasingly integrated, interest is growing in studying the literary works of different nations and, through them, in learning about ways of life, cultures, customs, traditions, and rituals. The expansion of such efforts and the rapid development of cultural relations underscore the importance of translators – especially literary translators. Because literary texts embody aesthetic value, incorporate lexis associated with other functional styles and genres, and make active use of diverse figurative devices and language units with connotative meanings, they remain a principal focus of global translation studies. From this perspective, preparing professional literary translators, teaching literary translation to future translators, and cultivating a range of professional and distinctive creative competencies are of pressing relevance.

Keywords:

Translation literary translation methodological content linguistic feature method integration source text target text

Talabalarga badiiy tarjimani o‘qitishning mazmuni va metodik ta’minotini yaratish uchun badiiy tarjimaning lingvistik muammolarini talabalarga o‘rgatish metodikasini yaratish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodika orqali talabalar asliyat va tarjima matnlarining lingvistik muammolari va ularni tarjima jarayonida bartaraf etish usullarini o‘rganishadi.

Mazkur risolamiz orqali badiiy tarjimani talabalarga o‘rgatishning zamonaviy yondashuvlarini o‘zida mujassam etadigan “Tarjima amallari intergratsiyasi” deb nomlangan metodikamizning mazmunini bayon etishni maqsad qildirk. Ushbu metodika talabalarga nafaqat badiiy tarjimani, balki boshqa uslubdagi matnlarni tarjima qilishni o‘rgatishda ham muhim ro‘l o‘ynaydi. Ushbu metodikani tarjima ta’limida qo‘llash jarayoni           4 bosqichdan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni tashkil etadi (1.1-jadvalga qarang):

 

 

1-bosqich

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Talabalarga asliyat matni taqdim qilinadi va ularga birgalikda asliyat matnining fonetik, morofologik, sintaktik, leksik-semantik, stilistik xususiyatlari, shuningdek, badiiy matndagi badiiy estetik ma’noning aks etish jihatlari, badiiy matnda qo‘llangan badiiy tasviriy vositalarni tahlil qilish topshiriq qilib beriladi. Bu bosqichda talabalar asliyat matnini tarjima tiliga o‘girish jarayonini amalga oshirmaydi, balki tarjimaga yondashuv masalalarini aniqlab oladi. Bu jarayonda tarjima amaliyotining barcha bosqichlari uchun tegishli tarjima uslublari tanlanadi va ulardagi mavjud yo‘riqnomaga amal qilgan holda tarjima amaliyotini amalga oshiradi. Asliyat matni badiiy uslubga xos matn bo‘lganligi uchun talabalarga semantik, idiomatik, ijodiy, kommunikativ tarjima uslublari tanlanishi o‘qituvchi tomonidan takidlab o‘tiladi. Talabalar asliyat badiiy matnini lingvistik va badiiy xususiyatlarini tahlil qilish orqali o‘zining tarjimaga yondashuvlarini belgilab oladi.

2- bosqich

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bu bosqichda talabalarga asliyat matnidagi lisoniy birliklar, tarjima qilinishi jihatidan murakkab bo‘lgan birliklar yoki tarjima qilinmaydigan lisoniy vositalarni tegishli tarjima usullaridan foydalanish bo‘yicha axborot beriladi. Bu jarayonda o‘qituvchi tomonidan fonetik tarjima usullari (transkripsiya, transliteratsiya, so‘z o‘zlashtirish), morfologik tarjima usullari (transpozitsiya), sintaktik tarjima usullari (kalkalash, qismlarga ajratish, kengaytirish, kompressiya, inversiya, so‘z qo‘shish va so‘z tushirib qoldirish), leksik tarjima usullari (ekvivalentlik va uning turlari, umulashtirish, tavsillash, implikatsiya, eksplikatsiya) va tegishli stilistik vositalarni tarjima qilish strategiyalari haqida ma’lumot beriladi.

3- bosqich

 

 

 

 

 

 

 

 

Bu bosqichda bevosita tarjima jarayoni amalga oshiriladi. Talabalar mazkur metodikaning 1-va 2- bosqichda o‘qituvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalangan holda asliyat matnini tarjima tiliga olib o‘tish bilan shug‘ullanadi. Bu vazifani har bir talaba individual tarzda bajaradi va ta’limning ushbu bosqichida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv amalga oshiriladi. Shuningdek, o‘qituvchi tomonidan tarjima usullari va strategiyalardan tegishli til birliklarini asliyat matnidan tarjima tiliga olib otish jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar taqdim qilinadi. Mazkur bosqichda tarjima amaliyoti to‘liq amalga oshiriladi.

4- bosqich

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mazkur bosqich talabalar tomonidan amalga oshirilgan tarjima matnini tahlil va tahrir qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bu jarayonda ikki xil yondashuv amalga oshirilishi mumkin. Tarjima matnini tahlil va tahrir qilish shaxsga yo‘naltirilgan yoki kommunikativ yondashuv asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda shaxsga yo‘naltitilgan yondashuv orqali professor-o‘qituvchi har bir taralabining tarjima matnini alohida tahrir va tahlil qilishi yoki kommunikativ yondashuv orqali talabalarni ikki guruhga ajratgan holda birinchi guruh talabalarining tarjima ishlari ikkinchi guruh talabalari orqali tekshirilishi mumkin. Bu yondashuv jarayonida o‘qituvchi tomonidan diskussiya vaqti intefaol metodi ham qo‘llanishi mumkin. Tarjima matnini tahlil va tahrir qilish jarayonida har bir yondashuvda ham o‘qituvchi tomonidan tarjima matnlariga nisbatan fidbeklar beriladi, tarjimadagi g‘alizlik yoki xatoliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berib o‘tiladi.

1.1-jadval. “Tarjima amallari integratsiyasi” metodikasini qo‘llash bosqichlari

 

 

Umuman olganda “Tarjima amallari integratsiyasi” metodikasi talabalarning lingvistik va kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Mazkur metodikaning 1-va 2-bosqichida lingvistik             va kasbiy kompetensiylar bo‘yicha bilim,                  3-bosqichda konikma va 4-bosqichda malaka takomillashadi.

Yuqorida takidlab o‘tilganidek, “Tarjima amallari integratsiya” metodikasi orqali o‘qituvchi tarjima jarayoniga talabalarning yondashuvini belgilab berishi maqsadga muvofiq. Bu o‘rinda o‘qituvchi talabalarning tarjima jarayoniga qaysi yondashuvlarni      amalga oshirishni tushuntirib o‘tadi. Pedagogikada yondashuv tushunchasi orqali rahbarning, ta’lim muassasasi mutaxassisining o‘z harakatlarini amalga oshirishga yo‘naltirilganligi, pedagogik faoliyatning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tushunchalari, tamoyillari, g‘oyalari va usullarining ma’lum bir majmuasidan foydalanish nazarda tutiladi. Yondashuv murakkab pedagogik vosita bo‘lib, zamonaviy amaliyotning asosiy tushunchalari, faoliyat tamoyillari, ta’limni qurish texnikasi va usullarini o‘z ichiga oladi. Tarjimashunoslikda bu hodisa tarjima strategiyasi deb ataladi. “Tarjima strategiyasi tarjimaning maqsadi doirasida yuzaga keladigan aniq tarjima muammolarining yechimini topish uchun tarjimonning ongli ravishda tuzgan yashirin rejalari” (Krings, 1986). Tarjima strategiyasi tarjima boshlanishidan oldin va jarayonda tuziladigan reja bo‘lib, bunga ko‘ra, tarjimon o‘quvchining maqsadi, mavqei, bilim darajasi, asliyat matnining uslubi kabi omillarni o‘rganib chiqib, matnni o‘girish uchun uslub va matndagi kichik birliklar uchun transformatsiya tanlashni o‘z ichiga oladi.

Badiiy tarjimani talabalarga o‘qitishda tarjimaga yondashuvni, ya’ni tarjima strategiyasini to‘g‘ri tashkil etishni talabalarga o‘rgatish maqsadga muvofiq. Bu bevosita tarjimonning professional kompetensiyasini shakllanishiga ham olib keladi.

Quyida badiiy tarjimani o‘qitish metodikasini yaratish bo‘yicha tarjimaning asosiy lingvistik xususiyatlari, badiiy tarjimaning leksik-semantik muammolarini bartaraf          etishni talabalarga o‘qitish xususiyatlari bayon etiladi.

Badiiy tarjimaning leksik-semantik muammolarini bartaraf etish metodikasi

Metodik ta’minot orqali talabalar o‘rganadi:

  1. Badiiy tarjimada qo‘llanadigan semantik, kommunikativ, idiomatik, ijodiy tarjima uslublari;
  2. Badiiy tarjimada qo‘llanadigan so‘z o‘zlashtirish, transkripsiya, transliteratsiya, tafsillash, ekvivalentlik, boshqa so‘zlar bilan ifodalash, eslatmalar, ma’noni ochib berish, yashirin ma’no berish kabi tarjima transformatsiyalari;
  3. Asliyat va tarjima tillaridagi leksik birliklarning leksik-semantik xususiyatlari borasidagi farqli jihatlari;
  4. Badiiy tarjimada uchraydigan leksik-semantik muammolarni bartaraf etish usullari.

Darsning kirish qismida o‘qituvchi semantik, kommunikativ, idiomatik, ijodiy tarjima uslublari, ularning tavsifi, mohiyati borasida talabalarga tushuncha beradi va              shu orqali mana shu tarjima uslublarining me’yorlari asosida tarjimaga yondashiladi hamda talabalarga asliyat matni havola          etiladi.

Badiiy tarjimaning leksik-semantik muammolarini bartaraf etish metodikasida asliyat badiiy matnida qo‘llangan leksik      birliklar, ularning muallif tomonidan         qo‘llangan denotativ va konotativ ma’nolari, so‘zlarning polisemantik xususiyatlari, terminlar, realiyalar, neologizm va okkazionalizmlar, leksik birliklarning yasalish shakliga ko‘ra qo‘shma so‘zlar, qisqartmalar, konversiyalarning tarjima tilida to‘g‘ri qayta ifodalanishi kabilar talabalarga o‘rgatiladi. Badiiy tarjimaning leksik-semantik muammolarini bartaraf etishda leksik-semantik transformatsiyalardan to‘g‘ri foydalanishni talabalarga o‘qitish muhim hisoblanadi (1.2-jadvalga qarang).

 

 

 

 

So‘z o‘zlashtirish

Ekvivalentlik

Moslashtirish

Transliteratsiya

Kalkalash

 

Madaniy ekvivalentlik

 

Kompensatsiya

 

Boshqa so‘zlar bilan ifodalash

Transpozisiyalar

Tasviriy ekvivalentlik

Aniqlik kiritish

Ma’noni ochib berish

Umumlashtirish

Funksional ekvivalentlik

Qismlarga ajratish

Yashirin ma’no berish

Transkripsiya

Shakliy ekvivalentlik

Kengaytirish

Eslatmalar

So‘z maqomini boshqa til xususiyatiga moslashtirish

Tafsillash

1.2-jadval. Badiiy tarjimada qo‘llanadigan leksik transformatsiyalar

 

Mazkur tarjima transformatsiyalari badiiy matnda qo‘llangan leksik birliklarni adekvat tarzda tarjima matniga olib o‘tishda tarjimonga bevosita yordam beradi. Bugungi kunda tarjimon tayyorlashga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv adabiyotlarida tarjimashunoslikning fundamental tushunchalaridan bo‘lgan ushbu transformatsiyalariga yetarli dars soatlari ajratilmaganligiga guvoh bo‘ldik.

Asliyat matni: Nihoyat, soat besh yarimlarda kuyav keldi. Yigirma-o‘ttiz chog‘liq yosh yigitlar Rahmatning o‘rtoqlari, ular orasida Otabek kuyav ko‘rindi: boshida simobi shohi salla, ustidan qora movut sirilgan sovsar po‘stin, ichida o‘zining Shamayda tiktirgani osmoni rang movut kamzul, movut shim: oyog‘ida qalapoy afzali, belida Kumushbibining usta qo‘li bilan tikilgan shohi qiyig‘... (Qodiriy, 2009).

  1. Ermakova tarjimasi: At last, at about half past five, Atabek the bridegroom appeared, accompanied by about twenty or thirty young men, friends of Rakhmat. He was dressed magnificently: a shimmering silk turban on his head, a marten fur coat lined with black woollen cloth on his shoulders, with a blue woolen camisole underneath, tailored in Shamay to his own design. He also wore woolen trousers. His feet were shod in city boots, and around his waist was a gift, a silk cummerbund skilfully embroidered by Kumush... (Qodiriy, 2018).
  2. To‘xtasinov tarjimasi: At last, at about five-thirty, Otabek appeared accompanied by Rahmat's friends, between twenty or thirty young men. He was dressed beautifully. Resting on his head was a silver silk Chalma turban, and on his shoulders hung soft marten furs lined with a coarse-spun fabric. He wore garments ordered especially from Shamai, a sky-blue cloth tunic with matching trousers. His feet displayed supple leather boots and around his slim waist was a silk sash made by the masterful hands of Kumush Bibi (Qodiriy, 2017).
  3. Riz tarjimasi: At last, the groom came at five thirty with about twenty or thirty young men – Rahmat’s friends, among them the groom – Otabek with a silver silk turban on his head, black fur coat, his own light blue vest which he had sewn in Shamai, broadcloth pants, leather shoes; he had on his abdomen a wide silk belt (kerchief) which had been embroidered and sewn by Kumush herself… (Qodiriy, 2019)

Ushbu badiiy matn tarjimasida leksik-semantik muammolardan biri “salla” milliy madaniy leksik birligi tarjimasi bilan bog‘liq. Salla, odatda, boy kiyadigan (o‘raydigan) kiyim bo‘lib, Markaziy Osiyo xalqlari orasida ko‘proq ulamolar tomonidan kiyiladi. Shuningdek, o‘zbek milliy to‘ylarida salla kuyov tomonidan to‘y kuni kelin uyiga borish paytida ham kiyiladi. Tarjima variantlarida barcha      tarjimonlar ushbu leksik birlikni ingliz tiliga “turban” tarzida o‘girgan. “Turban” jahon xalqlari orasida ko‘proq hindlarning sinh   elatlari orasida mashhurdir. Ushbu bosh kiyim ularning e’tiqodiga ko‘ra, har kungi turmush tarzining ajralmas qismidir. Bundan tashqari “turban” ayollarning bosh kiyimi ham hisoblanadi. Biroq, ushbu matnda ishlatilgan “salla” leksik birligi o‘ziga xos milliy-madaniy ma’no kasb etib, “turban”ga to‘liq ekvivalent bo‘la olmaydi. Shuning uchun ushbu so‘z      ingliz tilida transliteratsiya qilinib, “Salla (Uzbek men’s national traditional head clothe)” tarzida berilsa, maqsadga muvofiq. Bundan tashqari ushbu matnda “shohi qiyig‘” so‘z birikmasi     ham mavjud bo‘lib, ushbu kiyim bo‘lagi ham o‘ziga xos milliy madaniy xususiyatga ega. Ushbu leksik birlikning tarjimasi Mark Riz va           I. To‘xasinov tarjima variantlarida asliyatga yaqinroq ma’no kasb etgan. Chunki, “shohi qiyiq”, odatda, Markaziy Osiyo xalqlarining      to‘n ustidan bog‘lanadigan “belbog‘” leksik birligiga ham yaqindir. Ushbu leksik birlik             M. Riz tarjimasida silk belt (kerchief) ipak kamar, I. To‘xtasinov tarjimasida “silk sash ipak kamar” tarzida berilgan. Lekin kamar va belbog‘ bir-biridan funksiyasi, ko‘rinishi va foydalanish maqsadiga ko‘ra jiddiy farq         qiladi. Kamar (belt), odatda, erkak va ayol         kishi shimlarida foydalanilsa, “qiyiq”, odatda, to‘nning ustidan bog‘lanadigan va tugma vazifisini bajaradigan anjom sifatida uchun foydalaniladi. Chunki, odatda to‘nda tugma bo‘lmaydi. Qiyiq esa shu vazifani bajaradi. Shuning uchun ushbu so‘z birikmasini usullar uyg‘unligidan foydalanib, ya’ni bir leksik            birlik tarjimasi uchun madaniy ekvivalentlik, transliteratsiya hamda kalkalash transformatsiyalaridan foydalanib, “silk belbogh” tarzida ingliz tiliga tarjima qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Badiiy tarjimaning leksik-semantik muammolarini talabalarga o‘rgatishga bag‘ishlangan dars mashg‘ulotlarida qo‘llanadigan interfaol metodlar asosan badiiy matnda qo‘llangan so‘zlar, ularning bog‘liqligi, so‘zlarning polisemantik ma’nolari hamda kontekstual ma’nolarini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Oltita fikrlovchi qalpoqcha (Six thinking hats) interfaol metodi muayyan mavzu (muammo) yuzasidan bir necha, ya’ni har bir urinishda bittadan fikrlash operatsiyasining bajarilishini ta’minlovchi harakatni ifodalaydi. Unga ko‘ra talabalar olti xil rangdagi qalpoqlarni kiyish orqali fikrlashning muayyan jarayonlarini amalga oshiradi. Badiiy tarjimaning leksik-semantik muammolarini bartaraf etish usullarini o‘rgatish metodikasida qalpoqlachalarning ranglari ostida asliyat matnida qo‘llangan leksik birlikning tarkibi belgilanadi hamda quyidagi ranglar ostida tegishli leksik birliklar va ularning kontekstual ma’nolarini topish va matnga moslab tarjima tiliga olib o‘tish talabalarga topshiriq sifatida beriladi (1.3-jadvalga qarang).

 

 

Oq qalpoq

denotativ so‘zlar

Qizil qalpoq

polisemantik so‘zlar

Qora qalpoq

konnotativ ma’noli so‘z va so‘z birikmalar

Sariq qalpoq

terminlar

Yashil qalpoq

neologizmlar

Ko‘k qalpoq

realiyalar

1.3-jadval. Oltita fikrlovchi qalpoqcha (Six thinking hats) interfaol metodini badiiy                                  tarjima darasida qo‘llash bo‘yicha namuna

 

 

Bu yerda qalpoqlarning ranglari bo‘yicha leksik birliklar tarkibini taqsimlashdan            maqsad shuki, yorqin ranglar, jumladan qizil, qora, hamda ko‘k qalpoqlar ostidagi so‘z va so‘z birikmalari badiiy tarjimada leksik-semantik muammolarni yuzaga keltirishda asosiy rol o‘ynaydi. Oq, sariq hamda yashil rangdagi so‘z va so‘z birikmalarining tarjimasida esa talabalar nisbatan kamroq muammolarga duch kelishadi. O‘qituvchi tarjima jarayoniga yorqin rangdagi leksik birliklar tarjimasiga jiddiyroq e’tibor qaratish lozimligini tavsiya etadi.

Ushbu interfaol metod talabalarning mustaqil fikrlash, o‘z ustida ishlash ko‘nikmalari, shuningdek, lingvistik, professional hamda kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xar qanday fan sohasini o‘qitishda mashqlar va ularning ahamiyati o‘ziga xosdir. Mashqlar odatda dars jarayonida berilgan ma’lumotni mustahkamlashga yordam beradi. Quyida badiiy tarjimani bo‘lajak tarjimonlarga o‘qitishda qo‘llanadigan ayrim mashqlarni keltirib o‘tamiz.

  Quyidagi matnni o‘qing va matnda berilgan arxaizmlarni ma’nosini aniqlang. Matnni o‘zbek tilidan ingliz tiliga funksional ekvivalentlik, madaniy ekvivalentlik, kalkalash, so‘z o‘zlashtirish, tafsillash transformatsiyalaridan foydalanib tarjima qiling.

Uy jihozga g‘oyatda boy, go‘yo muzaxona tusini berar edi. Taxmonda turlik rangda atlas va shohilardan qoplang‘an ko‘rpalar, taxmon toqchalarig‘a uyilgan par yostiqlar, qator-qator xitoyi jononlar: kosalar, ko‘zalar, chinni choydishlar, laganlar, kumush qinlik xanjar va qilichlar, qalqon va siparlar, dorga soling‘an turlik-turlik er va xotin kiyimlari: po‘stin, chakmon va boshqalar, qip-qizil gilam va shohi ko‘rpachalar kishi ko‘zini qamashdirar darajada edilar.

Matnni o‘qing va uni ekvivalentlik kategoriyalaridan foydalanib o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qiling.

Ikki kundash qarshima-qarshi o‘ltirishdilar. Kumush unga tikilib-tikilib qarar edi...

Zaynab boyag‘i o‘ngg‘aysizliqdan hali chiqib yetmagan, qizarinqirab yerga boqqan edi.

Bir-ikki daqiqani so‘zsiz kechirdilar.

Chiqmag‘animni ham ko‘nglingizga olibsizda, dedi nihoyat Zaynab.

Nega ko‘nglimga olay, men yosh bolamanmi, dedi kelganimga o‘n besh kun bo‘lmasdan o‘zingizni chetka tortib boshladingiz... Men siz bilan egachi-singil bo‘larmiz, deb o‘ylag‘an edim...

Hali nima bo‘libmiz... Arzimagan gapni ham ko‘nglingizga olabersangiz...

Bu arzimagan gapmi? dedi Kumush, uyda hech kim yo‘qlig‘ini bilaturib o‘zingizni chetka tortasiz... Bu esa yuzingni ko‘rishga toqatim yo‘q deganingiz bo‘ladir.

  Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, badiiy tarjimaning lingvistik muammolarini bartaraf etishni talabalarga o‘rgatish metodikasining asosiy mazmun mohiyatini shundan iboratki, ushbu masalalar asosiy ta’lim obyekti bo‘lgan fanlarda tarjima uslublari, tarjima transformatsiyalarining to‘liq klassifikatsiyasi birma-bir o‘rgatilib borilishi lozim. Badiiy tarjima jarayonida uchraydigan lingvistik muammolarni til sathlari bo‘yicha mavzular ketma-ketlik tarzida o‘qitilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

 

References

Krings, H. P. (1986). Translation problems and translation strategies of advanced German learners of French. In J. House & S. Blum-Kulka (Eds.), Interlingual and intercultural communication. 263-275. Tübingen, Germany: Gunter Narr.

Qodiriy, A. (2018). Days gone by (C. Ermakova, Trans.). Paris, France: Nouveau Monde Éditions. (Original work published n.d.)

Qodiriy, A. (2019). Bygone days (M. Reese, Trans.). [Publisher not identified]. (Original work published n.d.)

Qodiriy, A. (2009). O‘tkan kunlar. Toshkent, Uzbekistan: Sharq.

Qodiriy, A. (2017). The days gone by: Novel (I. M. Tukhtasinov, O. M. Muminov, & A. A. Khamidov, Trans.). Tashkent, Uzbekistan: Mashhur-Press.

Published

Downloads

Author Biography

Ulug‘bek Yo‘ldoshev,
Uzbek state world languages university

Associate Professor, Doctor of Pedagogical Sciences

How to Cite

Yo‘ldoshev, U. (2025). Linguodidactic Features of Teaching Literary Translation to Students. The Lingua Spectrum, 10(1), 190–196. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1109

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.