History of Fergana valley pottery

Authors

  • Fergana State University
История гончарства Ферганской долины

Abstract

This article contains information about pottery, which is one of the types of applied folk art, the branch of crafts that makes various items, dishes, and building materials from clay. Theoretical and practical information about the history of pottery development in the valley, its schools and centers, as well as transformational processes and modifications, is widely and comprehensively covered.

Keywords:

Crafts pottery plot bowls dukki bowl glazing technology ceramics red angobal pattern

KIRISH.

Tarixiy etnologiya fani etnografiyadan, ya’ni xalqlar turmush tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyatini tavsiflashdan boshlangan. XX asrda mutaxassis olimlar va tadqiqotchilar tomonidan, asosan, ma’lumotlarni yig‘ish ishlari bajarilgan. Zamonaviy etnologiya fanida tadqiqot mavzusi yanada chuqurlashtirilgan holda dunyodagi eng yirik etnoslardan tortib eng kichik xalqlarni yanada izchil o‘rganishga va ularning an’anaviy hamda zamonaviy turmush tarzi, madaniyatini bilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Har bir milliy-etnik madaniyat o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi va o‘ziga xoslik turli-tuman narsalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Har bir etnik madaniyat o‘ziga xos mantiqqa ega va aynan mazkur mantiq asosida mazkur madaniyatga xos asosiy o‘zgarmas va ikkinchi darajali o‘zgaruvchan xususiyatlarni izohlash mumkin.

An’anaviy milliy madaniyatni yaxlit va ko‘p qirrali hodisa sifatida o‘rganish, uning tuzilishi, asosiy ko‘rinishlari, shakllarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shu bois biz etnomadaniyat evolyutsiyasi va umumqabul qilingan madaniyat tasnifidan kelib chiqib, xalq madaniyatining asosiy sohalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, etnomadaniyat va uning tarkibiy qismi bo‘lgan an’anaviy xalq madaniyat tizimining tarkibiy qismida: xalq donishmandligi, xalq falsafasi, xalq e’tiqodi, xalq pedagogikasi, xalq odatlari, xalq ijodi, xalq o‘yinlari, dam olish madaniyati, xalq
pazandachiligi, milliy liboslar, xalq me’morchiligi, xalq amaliy san’ati, xalq tabobati, xalq turmush madaniyati kabi ko‘plab sohalarni ajratsa bo‘ladi (Ashirov, 2014, p. 183).

Xalq amaliy sanʼati har bir xalq maishiy hayotining tarkibiy qismi sifatida asrlar davomida sayqallanib, milliy xususiyatlarni oʻzida saqlab kelmoqda. Xalq amaliy sanʼati ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyat kasb etuvchi badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolarini badiiy ishlash bilan bog‘liq ijodiy mehnat sohalarini oʻz ichiga qamrab oladi, qolaversa, insonning moddiy muhitini goʻzallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qilib oʻz koʻrinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi, ya’ni amaliy va estetik qiymatga ega bo‘lganligi uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning goʻzalligi va nafis xususiyatlarini namoyish qilish, unga ishlov berish mahorati va usullarining koʻpligi an’anaviy hunarmandchilik san’atida estetik ta’sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalar sifatida e’tirof etiladi.

Kulolchilik – O‘zbekiston xalq amaliy sanʼatinig eng qadimiy, g‘oyat qiziqarli turlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda kulolchiliknig ko‘plab maktablari hamda markazlari mavjud. Rishton, Buxoro, G‘urumsaroy, Toshkent, Xorazm, Samarqand va Qashqadaryo kulolchilik maktablari yetakchi o‘rinda turadi. Ushbu kulolchilik maktablari mahsulotlarning tayyorlanish uslubi, naqsh-gullari, rangi va pardozi bilan biri-biridan farqlanadi.

Farg‘ona vodiysi tabiiy boyliklarga boyligi va Markaziy Osiyoda aholi zich joylashgan hududlardan biri sifatida ajralib turadi. U asrlar davomida ko‘plab hunarmandchilik sohalarining, xususan, pillachilik va kulolchilik sohasining beshigi hisoblangan. Bu yerda kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning eng muhim markazlari rivojlangan bo‘lib, ularning O‘zbekistondagi eng mashhuri Rishton kulolchilik markazi hisoblanadi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Rishton shahri aholisining asosiy qismi kulollardan iborat edi. Farg‘ona vodiysidagi barcha kulolchilik markazlari azaldan Rishton kulolchilik ta’siri ostida bo‘lgan. Ushbu tumanda har qanday turdagi buyumlarni yasash uchun yaroqli bo‘lgan, alohida navli kulolchilik gilining mavjudligi bunga asos bo‘la oladi. Qizg‘ish-sarg‘ish rangli ajoyib gil Rishtonning deyarli butun hududida 1-1,5 metr chuqurlikda qatlam bo‘lib joylashgan. Ushbu mintaqada ishlab chiqariladigan idishlari o‘zining boy va murakkab naqshlar bilan bezatilgan xilma-xil turlari va shakllari bilan farqlanadi. Ular, shuningdek, vazifasiga ko‘ra ham xilma-xildir.

Rishtonda nafis idish-tovoqlar orasida turli idishlar, xususan, go‘shtli va sabzavotlardan tayyorlangan taomlarni tortiq qilish uchun ishlatiladigan kosalar, kosachalar, dukki kosa deb nomlanadigan murabbo va boshqa shirinliklarga tortiq qilish uchun ishlatiladigan katta kosalar ham bor. Shuningdek sut mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan turli xil idishlar ham ommalashgan. ”Xurma’’ deb ataladigan ikki tutqichli va qopqoqli idishlar va shu kabi kunchuloq va zag‘uldon nomli qatiq mahsuloti ivitiladigan idishlar ham juda ko‘p ishlatiladi. Shuningdek, mintaqada suv uchun ishlatiladigan oftoba, deb ataladigan qumg‘onlar va suvni saqlash uchun ishlatiladigan katta ko‘za – xumlar ham ishlab chiqariladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

Farg‘ona vodiysi hududida sirli bo‘yalgan keramika buyumlarini ishlab chiqarish bronza davridan ma’lum bo‘lgan. Uning kelib chiqishiga to‘xtaladigan bo‘lsak, miloddan avvalgi II - I ming yilliklarda Parkan vodiysida yashagan eng qadimgi qabilalarning madaniyatini esga olishimiz kerak - hozirda bu yerda o‘zbeklar va tojiklar yashaydilar (Rahimov, 1961).

Rishton kulolchilik san’ati qadimgi davrlarda paydo bo‘lishi ko‘plab afsonalar bilan bog‘langan bo‘lib, uning kelib chiqish tarixi mutaxassislar tomonidan hali tadqiq etilmagan. Hunarmandlar orasida hanuzgacha hukmronlik qilayotgan rivoyatlarga ko‘ra qadimiy hunarmandlar shahri zamonaviy Rishtonning qadimgi hududlaridan biri - Sohibi Xidoya mozoridan uncha uzoq bo‘lmagan Chinnigaron mahallasida joylashgan. Ba’zi rivoyatlar uning paydo bo‘lishini X - XII asr boshlari, boshqalari - XIV - XV asr boshlari bilan bog‘laydi, ammo ikkalasida ham Samarqand va Buxorodan kelgan hunarmandchilikning asoschilari hisoblanadi. XX аsr bоshlаridа Rishtоn 300 nafar kishi ishlаydigаn 80 tаdаn оrtiq hunаrmаndchilikkа оid kulоlchilik ustахоnаlаrini o‘z ichigа оlgаn. Rishtоn kulоllаrining mаhsulоtlаri Mаrkаziy Оsiyoning bаrchа shаhаrlаridа savdoda bo‘lgan. Bа’zi hunаrmаndlаr esа Qo‘qоn, Mаrg‘ilоn, Аndijоn, Sаmаrqаnd, Tоshkеnt vа bоshqа shаhаr bоzоrlаridа o‘zlаrining shаxsiy sаvdо do‘kоnlаrini оchishni bоshlаdilаr. Shuningdеk, Rishtоngа Kоnibоdоm, аyrim pаytdа G‘ijduvоn, Qаrshi, Shаhrisаbz shаhаrlаridаn ustаlаr o‘zаrо tаjribа аlmаshish uchun tаshrif buyurishgаn.

  1. A. Litvinskiy hunarmandchilikning kulolchilik tarmog‘i bo‘yicha bir qator ilmiy izlanishlar olib borgan. Uning fikriga ko‘ra, sopol buyumlarning asosiy qismi miloddan avvalgi II-I asrlarga toʻgʻri kelib, ular asosan qizil laklangan sopol buyumlardan iborat edi (Litvinsky, 1973, p. 166).
  2. Anorboyev, U. Islomov, B. Matboboyev Quva shahrida amalga oshirilgan qazuv ishlari natijalariga asoslangan holda Quvadagi sopol idishlar orasida kulolchilik charxida yasalgan sirti oqish idish ham topilganligi haqida ma’lumot beradi. Ushbu sopol idishlar miloddan avvalgi VI-IV asrlarga tegishli ekanligi aytiladi (Matboboev, 2009, p. 60).
  3. Abdulg‘aziyeva ham vodiy arxeologiyasi bilan shug‘ullanib, Farg‘onaning antik davri keramikasiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borgan. B.Abdulg‘aziyeva tomonidan Andijon viloyatining bir necha tumanlarida, ko‘plab asori-atiqalar bilan bir qatorda, qizil angob bilan qoplangan va tirnab bezalgan sopol idish va parchalari aniqlangan. Jumladan, Qo‘rgontepa tumanida joylashgan mil.avv. III-II asrlarga taaluqli “Sultonobod” obektidan silindrsimon ko‘za aniqlangan (Abdugazieva, 1997, p. 16).

Farg‘ona vodiysining ilk o‘rta asrlar tarixi va madaniyatini o‘rganishda N.G. Gorbunovaning alohida hissasini ta’kidlash kerak. Olimaning ta’kidlashicha, V-VI asrlarda charxda yasalgan idishlar ulushi kamayadi, qo‘shni Qovunchi madaniyati ta’siri yaqqol seziladi va Sug‘d bilan aloqalar rivojlana boshlaydi. Farg‘onada boshqa hududlarga nisbatan juda uzoq vaqt muqim turgan bezakli sopollar X-XII asrlarga kelib yana qayta jonlanadi. Ammo bu davrda idishlarning sirtiga avvalgidek yuqori qismiga emas, balki idishning sirtiga to‘liq naqsh berilgan. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, asosan qo‘lda yasalgan sopollar sirtiga bo‘yoq yordamida bezak berilgan bo‘lsa, tirnama naqshlar faqatgina charxda yasalgan idishlarda qo‘llanilgan (Gorbunova, 1962, p. 113).

  1. M. Abdullayevning fikriga ko‘ra, Farg‘onaning qadimgi dehqonchilik madaniyatlari sopollarini qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, voris sifatida Sho‘raboshot madaniyati hunarmandlari uzoq vaqt rivojlanishi jarayonida Chust kulolchiligi an’anaviy bezak motivlarini saqlab qolgan hamda ularga ba’zi bir o‘zgarish va modifikatsiyalar kiritgan. Ushbu bezak an’anasi, bir qator texnologik o‘zgarishlar va yangiliklar bilan boyitilib borgan. Mil.avv. I ming yillikni so‘nggi asrlari va milodiy I asrlarida ushbu bezak tirnab chizish texnikasi yordamida qizil angobli naqshinkor hamda nafis idishlar sirtiga ham tushirilgan (Abdullayev, 2023, p. 575). Keyinchalik, G‘arb usul va uslublarining tarqalishi natijasida Farg‘ona vodiysi sharqiy hududlarida qo‘lda yasalgan hamda bo‘yab naqsh berilgan kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarila boshlangan. Bundan tashqari, farg‘onaliklar yangi texnologiyani o‘zlashtirish bilan birga o‘zlarining avvalgi an’analariga sodiq qolgan holda kulolchilikda yangi uslublarni yaratishgan (Abdullaev, 2022, p. 27).

Qolaversa, M. Rahimov kulolchilik buyumlarini yaratish va ularga ishlov berish usullari, Temuriylar va Kushonlar saltanati kulolchiligi tarixini tadqiq etib, ko‘plab ilmiy monografiyalar va maqolalar yozdi. Uning eng mashhur ishlaridan biri 1961-yilda nashr etilgan “O‘zbekiston badiiy kulolchiligi” kitobidir. 1994-yilda usta Muhitdin Rahimov yashab, ijod etgan uyda Rahimovlar kulolchilik muzeyi ochilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA.

Fаrg‘оnа vоdiysining eng qаdimiy shаhаrlаridаn biri – Rishtоn qаdim zаmоnlаrdаn Mаrkаziy Оsiyodаgi eng yirik аjоyib sirlаngаn sоpоl buyumlаr mаrkаzi hisоblаnаdi. O‘rtа аsrlаrdа bir tоmоndаn Хitоy vа Hindistоn, bоshqа tоmоndаn Erоn vа Yaqin Shаrq kаrvоn yo‘llаri chоrrаhаsidа jоylаshgаn Rishtоn tеz sur’аtlаrdа rivоjlаnib, Buyuk Ipаk yo‘lidаgi аsоsiy to‘хtаsh jоyi hаmdа sаvdо-sоtiqning аsоsiy mаrkаzigа аylаngаn. Kеyinchаlik bu yеrdа jоmе mаsjidi qurilgаn. Shаhаrdа kulоlchilik: Dахbеd, Chinnigаrоn, Kuzаgаrоn, Kulоlоn mаhаllаlаri jоylаshgаn.
XIV аsrdа ko‘plаb kulоllаr Аmir Tеmur vа аvlоdlаrining Buyuk qurilish lоyihаlаridа ishtirоk etish uchun Sаmаrqаnd shаhrigа ko‘chib kеlishlаrigа to‘g‘ri kеlgаn. Birоq, Tеmuriylаr sulоlаsining tаnаzzulgа uchrаshi bilаn, Rishtоn kulochiligida ham pasayish kuzatiladi. XVIII аsrdаn bоshlаb Rishtоn (Rushdоn, Rоshidоn) shаhri аstа-sеkin qаytа tiklаngаn vа XIX аsr o‘rtаlаridа hududdаgi sirlаngаn idishlаrni ishlаb chiqаrish bo‘yichа yirik mаrkаz nоmini qаytаdаn tiklab оlgаn.
Asosiy ilmiy tadqiqotlar Rishtonning XIX asr - ХХ asr boshlarida keramika san’atidagi asosiy ro‘lini e’tirof etadi. U yerdagi maktablar barcha kulolchilik markazlariga ta’sir ko‘rsatgan va Farg‘ona viloyatida "kulolchilik san’ati beshigi" hisoblanadi. Sirlash va cho‘tkada rasm chizish iste’dodini mukammal egallagan ko‘plab Rishton kulollarining nomlari tadqiqotchilar tomonidan qayd etilgan.
Qadim zamonlardan buyon bu yerda ajdodlardan avlodlarga, tayyorlash ana’nalari o‘tib kelgan. Jumladan, loyni ezish, bo‘yoq tayyorlash, o‘tlar va minerallarni yig‘ish, otadan o‘g‘ilga, o‘g‘lidan nabirasiga rasm-rusumlarni va loyga ishlov berish sirlarini yetkazishgan. Shu sababli, bu yerda tayyorlangan idishlar mamlakatda ham, chet ellarda ham katta badiiy ahamiyatga ega. O‘ziga xosligi shundaki, ranglar vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketmaydi, balki ajoyib moviy rangini saqlab, yanada yorqinroq bo‘ladi. Bora-bora Rishton Farg‘ona vodiysidagi kulolchilik markaziga aylandi. Bu xom-ashyoning qo‘lda, oyoqlarda ishlov berilishi bilan bog‘liqdir.
XIX аsr bоshlаridа Rishtоnning kulоlchilik mаhsulоtlаri nаfаqаt Fаrg‘оnа vоdiysidа bаlki butun Mаrkаziy Оsiyo bo‘yichа yuqоri tаlаbgа egа bo‘lgаn. Qadimgi loy pishirish san’atida rishtonliklar o‘zlarining asarlarini qo‘shni va o‘zbek kulolchilik markazlari va boshqa xalqlar yaratgan narsalardan ajratib turadigan yorqin va o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etdilar. Ularning ko‘pchiligining XX asr boshlarida mavjud bo‘lgan an’analarining ayrimlari yo‘qola boshladi. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy Rishton hunarmandchiligi qadimgi hunarmandchilik rivojlanishining barqarorligi ma’lum bir hodisadir, u o‘zining uslubiy yaxlitligini ko‘p asrlar davomida deyarli o‘zgartirmagan.

Kulolchilik g‘ildiragida yaxshi ishlangan Rishton sopol idishlari butun mintaqaga xos bo‘lib, urf-odatlar barqarorligini aks ettiradi. Ular rasmining nafisligi va yupqa shaffof sir qatlami ostida moviy rang hamda firuza ranglari bilan ajralib turadi. Rishton sopolchiligining mahalliy badiiy xususiyatlari ko‘p jihatdan buyumlarga naqsh berilishida ko‘zga tashlanadi. 1970-90-yillardagi girih bezaklar orasida to‘rsimon naqsh, rombsimon naqsh, uchburchakli shakllarning bir maromda joylashtirilishi, doirasimon shakllarning zanjir shaklida bir tekis berilishi, nuqtali naqsh qora va oq kvadratchalarning navbat bilan o‘rin almashishi shaklidagi naqsh egri va to‘g‘ri chiziqlar shaklidagi doiracha va to‘pbarggul shaklidagi mavhumiy geometrik bezaklar ko‘p tarqalgan. O‘simlik dunyosiga oid mavzularni talqin qilishda ayniqsa an’anaviy belgilar bilan bu mavzularning yangicha talqinlari nisbatan yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Rishton keramika buyumlarining asosiy boyligi uning rasmida, hayratlanarli darajada erkin va nafis tasviriy uslubida, o‘simliklarni bezatish boyligidadir. Rishtonliklar o‘zlarining rasmlari mavzularini va "syujetlarini" atrofdagi tabiat dunyosidan, chizilgan rasmlarni xotiradan nusxa ko‘chirgan qadimgi ustalarning asarlaridan o‘zlarining fantaziyalari bilan to‘ldiradilar. Yovvoyi gullar va o‘tlarning, serhasham butalar va anor mevalarining stiliz qilingan naqshlari, "hayot daraxti" tabiatning uyg‘onishi bilan bog‘liq bo‘lgan xalq g‘oyalari va marosimlaridan bezaklarga aylandi.

Rishton sopol idishlari qizil Rishton loyidan yasalgan bo‘lib, u egiluvchan bo‘lgunga qadar yerda o‘tirgan holda yog‘och taxtada g‘ijimlanadi. Shundan so‘ng, loy kulolning g‘ildiragiga qo‘yiladi va shakl beriladi. Yasalgan idishlar 1 - 3 soat ichida quriydi, shundan keyin idishlarning yuzasini tekislash uchun suv bilan yuvilgan nam mato bilan artib olinadi. Shundan so‘ng, idish-tovoqlar Rishtonning issiq quyosh nurlari ostiga qo‘yiladi va sayqallash uchun tayyorlanadi. Sayqallash uchun idishga Angren loyi va kvarts qora aralashmasi bilan qoplash orqali oq rang beriladi.

Sayqallangan oq rangli mahsulotlar quyoshda taxminan 20 daqiqa davomida quritiladi. Keramika ikki marta olovda yoqiladi. Birinchi olovda yoqish ishlov berilmagan va sirlanmagan holda bo‘ladi. Birinchi yoqishdan so‘ng, mis, kobalt, temir va marganets oksidlari kabi tabiiy bo‘yoqlar bilan qo‘lda chizilgan rasm qo‘llaniladi. Shundan so‘ng, mahsulot yana bir marta sir bilan qoplanadi va ikkinchi yoqish 1000°C daraja haroratda amalga oshiriladi.
Sirga kerakli rang berish uchun unga o‘simliklardan olingan rang va metall oksidlari qo‘shiladi. Keyin aralashma ma’lum nisbatda suv bilan suyultiriladi va suziladi. Ishqor sirini qo‘rg‘oshin siridan tabiiyligi bilan farq qiladi. Bunday sirlangan idishlar ekologik toza, oziq-ovqat uchun xavfsizdir va shuning uchun ular juda qadrlanadi.

Rishtоndа o‘rtа аsrlаrdа yo‘qоlib kеtgаn gаnch – chinni ishlаb chiqаrish tехnikаsini XVIII аsrdа qаytа tiklаgаn аkа-ukа Аbdu Jаlоl (“Ustа Аbdujаlоl”, “Ustа Jаlil”) vа Аbdujаmil (“Ustа Аbdujаmil”, “Ustа Kuri”) o‘z ishlаrining haqiyqiy ustаlаri hisоblаngаnlаr. Kulоllаr chinni ishlаb chiqаrish usulini Qаshg‘аr vа Erоn hududlaridan оlib kеlishgаn. Ulаrning shоgirdi Kаlli Аbdullо (“Kаl Аbdullо”) lаqаbi оstidаgi – chinni mutахаssisi Аbdullа Kulоl (1797-1872) оqibаtdа Rishtоnning bаrchа kulоllаri uchun Ustа-оqsоqоl bo‘lib yеtishgаn.
XIX аsrning 70-yillаridа ustа Аbdullа-Kаlli bоshchiligidа Rishtоn hunаrmаndlаri bilаn birgаlikdа Qo‘qоndа Sаid-Muhuаmmаd Хudоyorхоnning sаrоyi – O‘rdаni bеzаgi bilаn shug‘ullаnishgаn. Ulаrning sаn’аti Qo‘qоn хоnligi hukmdоri tоmоnidаn yuqоri bаhоlаngаn. Хudоyorхоn fаrmоyishi bilаn sаrоyning jаnubiy qаnоti tоmоnidа “kufi” yozuvi tushirilgаn.

XIX аsrning охirlаridаgi mаshhur chinni ustаlаri – Аbdurаsulоv Mаdаmin Ахun (Ustа Mullа Mаdаmin Ахun), To‘хtа-Bаchchа (Ustа To‘хtа), Bаchаyеv Sаli hаmdа istеdоdli vа rаssоm хоtini bilаn birgа ishlаgаn Bоbо Bоy Niyazmаtоv Mеlibоy (Ustа Bоy Niyazmаt) kabi ustаlаrning shоgirdi vа izdоshlаri hisоblаnishgаn. Mаshhur chinnipаz-nаqqоsh ustаlаri hisоblаnmish G‘оziyеv Mаyaqub (Ustа Yaqub, 1862-1922), Mаdаliyеv Аbdul Sаttоr (Ustа Аbdusаttоr, 1862–1943), ko‘zаgаr Оrtiqоv O‘lmаs (Ustа O‘lmаs, 1864—1950) Rishtоn kulоllаrining охirgi оqsоqоllаridаn biri bo‘lishgаn (Meros.uz, n.d.).

Eng yaхshi hunаrmаndlаr – ustа Mullа Mаdаmin Ахun, ustа To‘хtа, ustа Sоli vа bоshqа ustаlаr mаhsulоtlаri bir nеchа mаrоtаbа butun Rоssiya miqyosidаgi ko‘rgаzmа-yarmаrkаlаridа qo‘yilgаn. 1990-yili Pаrijdа bo‘lib o‘tgаn Butunjаhоn ko‘rgаzmаdа kulоl mаhsulоtlаri qаdrigа yеtuvchilаri tоmоnidаn Rishtоn ustаlаri kulоllаrini Yevrоpаning eng zo‘r mаyоlikа vа хаlqаrо miqyosdа rаqоbаtlаshа оlаdigаn mаhsulоt sifаtidа yuqоri bаhоlаshgаn ko‘rgаzmа muvаffаqiyat bilаn o‘tgаn.

Zamonaviy hunarmandlar qadimiy hunarmandchilik an’analariga tayanib, ayni paytda o‘zlarining yangi g‘oyalari bilan hissa qo‘shmoqda. Ayni paytda deyarli Rishtondagi har bir uyda loy parchasini nafis shakllarga aylantirish mo‘jizalari sodir bo‘lgan ustaxonalar mavjud. Rishtonda ustalarning ishtiyoqi tufayli yetakchi kulollarning ijodkorligini targ‘ib qilish sezilarli darajada kuchaygan hamda mashhur markazning bir qator muzeylari va xalq ustalarining ijodiy studiyalari yaratilgan. Ular orasida taniqli keramika ustasi Ibrohim Komilovning uy-muzeyi, Rustam Usmonov tomonidan yaratilgan uy-galereyasi va Alisher Nazirovning ijodiy ustaxonasi bor. Bularning barchasi, shubhasiz, Rishton kulolchiligini rivojlantirishdagi ijodiy va tashkiliy muammolarga qaramay, Markaziy Osiyodagi ushbu yirik an’anaviy kulolchilik markazi to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlanayotgani odamni ruhlantiradi.

Rustam Usmonov - birinchi avlod keramika ustasi. U Rishtonda yuqori badiiy ma’lumotga ega bo‘lgan yagona keramika ustasidir. Shuningdek, u 80-90-yillarda Rishton sopol fabrikasining bosh rassomi bo‘lgan. 1986-yildan beri u ko‘rgazmalarda faol ishtirok etmoqda. Naqqoshlik san’atiga ustalik bilan egalik qiladi. Qadimgi ustalar merosi, arxeologik ekspeditsiyalarni o‘rgangan, yo‘qolgan bezaklarni qayta tiklagan. Uning turli sirlash texnologiyalari mavjud. Ustozning asarlari O‘zbekistonning ham, xorijiy muzeylarning ham turli xil muzeylarida, shuningdek ko‘plab shaxsiy kollektsiyalarda mavjud. 1991-yildan – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ijodiy uyushmasining a’zosi. 1997-yildan - "Hunarmand" O‘zbekiston xalq hunarmandlari uyushmasining a’zosi. Oilaviy an’anani o‘g‘il va jiyani davom ettirmoqda.
Alisher Nazirov - 12 yoshida hunarmandchilikni o‘rganishni boshlagan rishtonlik taniqli birinchi avlod keramika ustasi. U arxeologik topilmalar namunalari asosida Rishton keramikalarining qadimiy an’anaviy shakllari va naqshlarini tiklagan. 1994-yilda Alisher Nazirov Yaponiyada “stajirovka’’ni o‘tab, u yerda 80 dan ortiq asar yaratdi. Ustozning asarlari O‘zbekiston va xorijdagi ko‘plab muzeylar kollektsiyalariga kiritilgan. U "Usta-Shogird" shogirdlik maktabini tashkil qildi, uning shogirdlari ustalarining san’atidagi eng yaxshi xususiyatlarni meros qilib oldilar. 1991-yildan – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ijodiy uyushmasining a’zosi. Rishton ustalarining asosiy ijodiy ishlari O‘zbekiston xalq ustalari uyushmasining Rishton bo‘limiga qo‘shildi va Alisher Nazirov Rishton bo‘limi raisi etib saylandi. 1997-yildan - "Hunarmand" O‘zbekiston xalq hunarmandlari uyushmasining a’zosi, Rishton viloyat bo‘limi raisi. Bugungi kunda 30 nafar ustalari uyushmasida 40-50 ko‘rgazma va yarmarkalarning doimiy ishtirokchilari hisoblanishadi (Telegra.ph, n.d.).

XULOSA.
Xulosa qilib aytganda, Farg‘ona vodiyisi kulolchilik hunarmandchiligi qadimiy sopol va shisha buyumlari qoldiqlari (eramizdan oldingi II asrlarga oid) viloyatning Rishton va Quvadan topilgan bo‘lib, ular Markaziy Osiyo xalqlarining orasida birinchilardan edi. Tub aholining madaniyati, san’ati va ma’naviy hayoti rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berdi.
Yurtimizda kulolchilikning rivojlanishi O‘zbekiston madaniyatini butun dunyoga tanitdi. Respublika Prezidentining sohaga oid Farmoni bilan mustahkamlangan xalq badiiy hunarmandchiligini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi xalq sanʼati oldida keng istiqbolni ochib berdi. Xalq ustalari nomi ulug‘landi.
Qolaversa, “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-405-sonli qarorda nomoddiy madaniy meros namunalarini “tayyorlash – o‘rgatish – tiklash – saqlash – ommalashtirish” yaxlit uzliksiz tizim asosida rivojlantirishni Farg‘ona viloyati hokimligi Madaniyat vazirligi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda Rishton xalqaro kulolchilik markazi va Marg‘ilon shahridagi hunarmandchilik markazida tajriba tariqasida sinab ko‘rish haqida bandlar kiritilgan. Unga ko‘ra, kulolchilik buyumlari tayyorlanib, ularni tayorlash “ustoz-shogirt” tamoyili asosida yoshlarga o‘rgatiladi, ilmiy tadqiqotlar, ko‘rgazma va namoyishlar tashkil qilinadi, ularning savdosi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, eng yaxshi kulolchilik namunalari “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida davlat muzeylariga xarid qilib olinishi hususida so‘z yuritilgan.
Barcha kulolchilik maktablarini yanada rivojlantirish, ularni yo‘qolib ketishi oldini olish, milliy madaniyatimizni saqlab qolish muhim ahamiyatga ega ekanligi hisobga olinib, kulolchilik maktabi an’analarini “ustoz-shogird” orqali davom ettirishni yo‘lga qo‘yish dolzarb masalalardan biriga aylandi.

References

Karimov I.A. Ma’naviy yuksalish yoʻlida. - Toshkent: Oʻzbekiston,1998.

(Karimov I.A. On the way to spiritual growth. - Tashkent: Uzbekistan, 1998.)

Oʻzbekiston nomodiy madaniy merosi. Yunesko ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi. ICHKAP, MOTXI 2017

(Intangible cultural heritage of Uzbekistan. National commission of the Republic of Uzbekistan on UNESCO affairs. ICHKAP, MOTHI 2017)

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha Xalqaro Konvensiya. 2-modda.- Parij. 2003

(International Convention on the Protection of Intangible Cultural Heritage. Article 2.- Paris. 2003)

Mamasoliyeva Sh.L. Xaq xunarmandchiligi. Oʻquv qoʻllanma-Samarqand:SamDU nashri. 2021.

(Mamasoliyeva Sh.L. Right craftsmanship. Study guide-Samarkand: SamDU publication. 2021)

M. K. Rahimov. Rishtonning badiiy kulolchiligi. Toshkent 1961.

(M. K. Rahimov. Artistic pottery of Rishton. Tashkent 1961.)

Литвинский Б. А. Керамика из могилников Западной Ферганы.Москва: «НАУКА», 1973. 258 c.

(Litvinsky B. A. Ceramic iz mogilnikov Zapadnoy Fergany.Moscow: "NAUKA", 1973.

Абдулгазиева Б. Эллинистическая керамика Ферганы // Античная сивилизазатсия и варварский мир. Материалы III-го археологического семинара // Новочеркасск. 1993.

(Abdulgazieva B. Hellenisticheskaya ceramics Fergany // Antichnaya civilization and barbarian world. Materialy III-go archeologicheskogo seminar // Novocherkassk. 1993.

Горбунова Н. Г. Култура Ферганы в эпоху ранне железа// СА. № 4 Москва,- 1962.

(Gorbunova N. G. Kultura Fergany v era pokhu ranne jajela// SA. No. 4 Moscow, - 1962.

Abdullayev B. A. Farg‘onaning qadimiy madaniyatlari shakllanishidagi ayrim hususiyatlar. – B. 27

(Abdullayev B. A. Formation of ancient cultures of Ferghana some features. - B. 27)

Матбобоев Б. Х. Қадимги Фарғонанинг илк ва ўрта асрлар даври маданияти : avtoref, докт. … дисс. -Самарқанд, 2009. 60 Б.

(Matboboev B. X. Early and Middle Ages of Ancient Ferghana culture: autoref, doc. ... diss. - Samarkand, 2009. 60 B.)

Абдугазиева Б. Исследование поселения Султанабад // Средняя Азия: археология, история, культура. Мат-лы междунар. Конф. Москва, 1997. С. 12-16

(Abdugazieva B. Issledovanie poseleniya Sultanabad // Central Asia: archeology, history, culture. Mat-ly mejdunar. Conf. Moscow, 1997. S. 12-16)

Абдуллаев Б.М. Қадим Фарғона марказлашган (Даван) давлати асосчилари // “Ўзбекистон археологиясининг долзарб масалалари” Респ-ка илмий конф-я мат-лари. Самарқанд, 2022. Б. 28-32.

(Abdullaev B.M. The founders of the ancient Fergana centralized state (Davan) // Proceedings of the scientific conference "Actual issues of the archeology of Uzbekistan". Samarkand, 2022.)

Горбунова Н.Г.К истории Ферганы в эпоху раннего железа // СА. Москва, 1962. №4.

(Gorbunova N.G.K istorii Fergany v epokhu rannego jezhela // SA. Moscow, 1962. №4

Абдуллаев Б. М. Фарғона водийси илк темир даври маданиятлари // Issues of тне Central Asian history in world historiography I first lnternational scientific conference / section 3: Issues of the central asian history in modern

нistoriography. Фарғона, 2022. Б. 100-107.

(Abdullaev B. M. Early Iron Age cultures of the Ferghana Valley // Issues of tne Central Asian history in world historiography I first lnternational scientific conference / section 3: Issues of the central Asian history in modern historiography. Fergana, 2022. B. 100-107.)

Abdullayev B.M. Farg‘ona vodiysi so‘ngi Bronza va Ilk temir davrida. FarDU ilmiy xabarlari 2023/1 575-b

(Abdullayev B.M. Ferghana Valley in the Late Bronze and Early Iron Ages .FarDU scientific reports 2023/1 575-p)

Ashirov A.A. Etnologiya .Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma.T 2014

Usmonov A. Badiiy hunarmandchilik bilan bog‘liq nomoddiy madaniy meroslar. Fardu.Ilmiy Xabarlar.1-2023. 241-b

(Usmanov A. Intangible cultural heritage related to artistic crafts. Fardu. Scientific News. 1-2023. 241 p)

Usmonov A. Nomoddiy madaniy meros va uni muhofaza qilish masalalari. European Journal of interdisciplinary Research and Development. 04.2023. Vol-14. 325-b

(Usmanov A. Issues of intangible cultural heritage and its protection. European Journal of Interdisciplinary Research and Development. 04.2023. Vol-14. 325 p)

Usmonov A. Amaliy san’at bilan bog‘liq nomoddiy madaniy meroslar. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari №7 (3)-2023. 9-b

(Usmanov A. Intangible cultural heritage related to practical art. Current problems of social and humanitarian sciences №7 (3)-2023. 9-p)

http://lex.uz//ru/docs/-168968. PF-1741-son.31.03.1997. “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atni yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻg‘risida”.

(http://lex.uz//ru/docs/-168968 PF-1741-son.31.03.1997. "On measures of state support for the further development of folk arts and crafts".)

https://www.lex.uz/uz/docs/-6713096. PQ-405-son. 25.12.2023. “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”

(https://www.lex.uz/uz/docs/-6713096. No. PQ-405. 25.12.2023. "On additional measures for the protection of intangible cultural heritage, development of scientific study and promotion")

https://telegra.ph/RISHTON-KULOLCHILIGI-01-04

https://meros.uz/en/object/rishton-kulolchiligi

Published

Downloads

Author Biography

Axrorjon Usmonov ,
Fergana State University

Teacher of the Department of History of Uzbekistan

How to Cite

Usmonov , A. (2025). History of Fergana valley pottery. The Lingua Spectrum, 2(1), 609–616. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/476

Similar Articles

1 2 3 4 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.