Использование междометий в речевых актах: социопрагматический подход

Авторы

  • Ташкентский государственный аграрный университет
Использование междометий в речевых актах: социопрагматический подход

Аннотация

В различных языках междометия являются значимыми единицами не только с лексической и грамматической, но и с социальной и прагматической точек зрения. Они служат для усиления выразительности речевого акта и отражения эмоционального состояния говорящего. В данной статье анализируется употребление междометных предложений в речевых актах в различных языковых системах с социопрагматической позиции. В исследовании рассматриваются социальные и прагматические особенности междометий, их функции в коммуникативном процессе и зависимость от культурного контекста. Анализируется, каким образом реализуются речевые акты с использованием междометий в языках различных систем, какие прагматические стратегии применяются и как они влияют на эффективность коммуникации. В статье выявляются общие и отличительные черты междометий в разных языках и культурах.

Ключевые слова:

речевой акт междометия социопрагматика коммуникация системы разных языков иллокутивный акт

Til – faqat axborot uzatish vositasi bo‘lib qolmay, balki insonning his-tuyg‘ulari, xulq-atvori, yashash tarzi, ijtimoiy munosabatlari va madaniy tajribasini aks ettiradigan muhim muloqot vositasi hamdir. Shu jihatdan, undov so‘zlar turli tillarda nafaqat leksik va grammatik, balki sotsiopragmatik nuqtayi nazardan ham alohida ahamiyatga ega. Ular nutqiy aktlarda emotsional holatni ifodalash, ta’sirchanlikni oshirish va muloqot jarayonini samarali tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi. Turli tillarda, jumladan, o‘zbek tilida ham undov so‘zlarning ijtimoiy va pragmatik tahlil qilish ularning xususiyatlarini yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradi. Jumladan, ba’zi undov birliklarining turli tillarda turlicha namoyon bo‘lishini kuzatishimiz mumkin. Masalan,

I, iye, iya kabi his-hayajon undov so‘zlarini bir qishloq odamlari ishlatilishi xususida “Sho‘rqishloq” romanida kengroq ifodalanganini ko‘ramiz:

Sho‘rqishloq aholisi g‘azablanganda, xursand bo‘lganda, ajablanganda, qo‘rqqanda, xijolat bo‘lganda, qo‘yingchi har qanday holatda, turli-tuman ohanglarda ishlatadigan “iy-ya!” degan xitob juda o‘ziga xosdir.

– Iya-a-a!? – deb hayratlanadi Zohida. – Kechagina qorlar erib, bahor keluvdi. Bir pasda yana kuz keldimi? Iy-ya-a-a-a!?

– Iy-ya-a-a! – achchiqlanadi Zahro eri Sharofni turtib. – Qachongacha ish qilmay uyda o‘tiraverasiz?!

Sho‘rqishloqcha bu xitob jahl chiqqanda sal qisqaroq talaffuz qilinadi.

– Iyah?! – g‘azablanadi Sharof do‘kondor g‘ijinib. – Meni tinch qo‘yasanmi yo yo‘qmi?!

Erkaklar ko‘p o‘rinda bu unli xitobni eslamaslikka urinadilar. Xijolatli ahvollarda faqat “i!”ning o‘zi qisqa shaklda ishlatiladi. Jon og‘riganda, yig‘laganda, birovni qo‘rqitish maqsadida “i” tovushi ayanchli cho‘ziq ohangda izhor etiladi.

Salim kaptarvoz Murod oqsochni velosipedda kelib urib yuboradi.

– I! Kechirasiz! – deb uzr so‘raydi velosipedidan sakrab tushib.

Murod oqsoch hakillab, inqillab oyog‘ini ishqalaydi.

– I-i-i-i! Oyog‘imni ado qilding! I-i-i! – deb Salimga olayadi va aybdor bo‘lmish velosiped g‘ildiragiga bir tepadi.

Jahl chiqqanda “iyah!” xitobi juda baland va qisqa tarzda talaffuz qilinadi.

– Iyah?! Men ataylab qilmadim-ku?! – kechirimini qaytarib olib g‘azablanadi Salim.

Shokirning inqirozga uchragani haqida turli mish-mishlar yurardi. Mardikor bozoriga qatnayotganini eshitib, g‘iybatchilar ilhomlanib ketishdi.

– Shokirni o‘ziniyam qul qilib sotishganmish!

– Iyya-a-a!

– U o‘la-o‘lguncha qora non yeb, loyxandaqda ishlarkan!

– Iyya-a-a-a!

– Shokirni buyragi bilan qora talog‘ini qirqib olib pullashgan deydilar.

– Voy! Iyya-a-a-a!

Erkak va ayollarning nutqidagi tafovut faqatgina o‘zbek millatiga yoki ma’lum bir millatga xos emas, balki deyarli barcha xalqlarga xos bo‘lgan xodisa hisoblanadi. Jumladan, ingliz tilida so‘zlashuvchi erkak va ayollar nutqida ham o‘ziga xos farqlar kuzatiladi. Erkaklar nutqi dag‘alroq, ayollar nutqi esa muloyim va erkaklar nutqiga nisbatan jozibador bo‘ladi, degan ta’rif barcha xalqlar uchun dahldordir. Masalan, ingliz ayollari “Oh dear, dear me, my goodness, good gracious” kabi undovlardan ko‘proq foydalanishadi. Erkaklar esa ulardan farqli o‘laroq “O lord, Good lord, Good heavens” undovlarini qo‘llashadi. (Karimova, 2021) Bu xususida fikr yuritar ekan,  ingliz olimi J.Lakoff muomala jarayonida ayollarning yuqori darajada empatik bo‘lishlari va suhbatdoshiga tez moslashib keta olishlarini ta’kidlaydi. Uning fikricha, ayollar ko‘tariluvchi ohangdagi tasdiq-so‘roq gaplardan ko‘p foydalanishadi. Bundan tashqari, ularning nutqida ko‘proq his-hayajon ifodalovchi birliklar, modal so‘zlar qo‘llaniladi. Erkaklarda esa buning aksini ko‘rish mumkin.  Erkaklar gaplashayotganda jizzakiroq bo‘lib, undov so‘zlardan kam foydalanishga harakat qilishadi. Ularning nutqida uslubiy bo‘yoqdor so‘zlar kam uchraydi, erkaklar qo‘pol va haqoratni anglatuvchi jargonlarni ishlatishga moyildirlar. (Lakoff, 1975) Demak erkaklarda illokutiv aktni amalga oshirish bir muncha qo‘pol yo‘llar bilan amalga oshirilsa, ayollar tomonidan esa, o‘ziga xos muloyim, yumshoq nutqiy harakatlar orqali amalga oshadi. Bunday holatlarda nolisoniy harakatlar ham birga ishlatilishi illokutiv aktni yuzaga chiqarishni kuchaytiradi.

“Illokutsiyaning ifodalovchi vazifasi yoki kuchi odatda so‘zlovchining uning yordamida oshiradigan harakat deb ataladi. Bunday harakatlarning diapazoni juda katta emas. Bu adresatga turli xil murojaatlar - javoblar, savollar, so‘rovlar, ruxsatlar, maslahatlar, talablar, ogohlantirishlar va boshqalardan iborat. Shuning uchun, boshqacha qilib aytganda, illokutsiyaning vazifasini so‘zlovchining nutqni qabul qiluvchi tomonidan qanday izohlashi kerakligi haqidagi munosabati deb atash mumkin (masalan, savol yoki iltimos, maslahat yoki talab).” (Apresyan, 1995) Shuningdek, tilshunos illokutiv vazifasi tarkibi illokutiv maqsad, illokutiv maqsadga erishish usuli, illokutiv kuchning shiddati, nutq akti muvaffaqiyatining shartlari, deb hisoblaydi.

Quyidagi misolda ikki ayol, biroq ijtimoiy mavqe jihatidan biri – qaynona, yana biri esa - kelin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqot jarayoni va unda yuzaga kelgan illokutiv akt turlariga e’tibor qaratamiz:

– Shoshma, oyligingdan nima olib beray?

– Voy. Shu desayiz oyijon...

Ko‘rinadiki, nutqda ayrim undovlar hissiy munosabat ifodalash bilan birga, yashirin tarzda axborot tashishi ham mumkin. Ushbu matnda qo‘llangan voy undov so‘zi orqali kelinning qaynonasi gapidan shoshib qolgan vaqtidagi hissiy kechinmasi aks etgan. Shu bilan birga, ushbu undov so‘z orqali “Olib berasizmi, olib bersangiz yaxshi bo‘lardi” iltimos akti axboroti ham anglashiladi. (Karimova, 2021) Iltimos nutqiy akti vositasida ifodalanayotgan illokutiv maqsad negizida gapiruvchi o‘z maqsadini yoki xohshini  qondirish istagi turadi. Izohli lug‘atda ham iltimosga muddaoni (maqsad, istakni) qondirish haqida qilingan murojaat, so‘rash, deb tavsif beriladi. (O‘TIL, 2006) Ushbu tavsiflarning so‘zlashuv nutqida voqelanishida kommunikantlarning yoshi, jinsi va ijtimoiy mavqei hamda nutqiy vaziyat kabi omillar bosh mezon sanaladi.

– “Shu desayiz” olib beraymi?

– Voy, yo‘-yo‘q. Ishxonamizi oldidagi do‘konga yaponcha jemper kelgan. Bittasini menga olib bering.

Ushbu dialogik nutqda qo‘llangan Voy, yo‘-yo‘q so‘z-gapi inkorni ifodalab kelgan. Voy undov so‘zi e’tirozni ifodalash orqali inkorga qat’iylik ma’nosini yuklagan.

– Voy-voy-voy-voy! Yaponcha jempir kiygilari kepti. Ha, o‘zimiziki teshib chiqadimi. (S.Ahmad. “Kelinlar qo‘zg‘oloni”)

Ushbu matnda qaynona tomonidan raddiya bildirish aktining o‘ziga xos usuli tanlangan. Qaynona Voy-voy-voy-voy undov so‘z-gapini takror talaffuz qilish orqali kelini iltimosini kinoyaviy tarzda rad etishni maqsad qilib olgan. Undov so‘z-gap orqali kommunikativ maqsadning yashirin ifodasi yuzaga kelgan. Lekin bunday kinoyaviy rad javoblarini farzand ota-onasiga, yoshlar kattalarga, ayol eriga nisbatan qo‘llamaydi, chunki bunday ifodalar  o‘zbek madaniyatiga xos emas.

 J.Koutsning qayd etishicha, erkaklar nutqi me’yoriy nutq hisoblanadi, ayollar nutqida esa mana shu me’yoriy nutqdan og‘ish kuzatiladi. (Coates, 1989) Bizningcha, ayollarning his-tuyg‘uga beriluvchanligi ularning nutqiy me’yordan chiqib ketishiga olib keladi. Lekin erkak va ayollar nutqiga berilgan bu tavsiflar ba’zida asossiz bo‘lishi ham mumkin. Chunki erkaklarning qo‘pol so‘zlarni ko‘p qo‘llashi natijasida me’yoriy nutqqa rioya qila olmay qolishi ham kuzatiladi.

O‘zbek mentalitetida erkak kishi o‘z ayoliga senlab yoki sizlab murojaat qiladi... Erkaklar o‘z ayollariga balandroq ohangda gapirishi, ba’zan so‘kinish holatlari ham uchrab turadi. Bu esa muhit, tarbiya va farosat bilan bog‘liq masalalar. (Niyazova, 2022) Albatta, qo‘pol so‘kinish so‘zlar bilan murojaat qilish so‘zlovchining fe’l-atvori, manaviy qiyofasiga bog‘liq bo‘ladi. Lekin o‘zbek oilalarida, ayniqsa, ota-bobolarimiz oilalarida qattiqqo‘l bo‘lgani hamda ayollar turmush o‘rtoqlariga nihoyatda itoatkor bo‘lgani ham ham o‘zbek tushunchalarini, tarbiyasini, dunyoqarash va psixologiyasini ochib beradi. Masalan,

Yo‘q, bobom bo‘lsa bunaqa gap chiqmasdi. “Ovozingni o‘chir, pakana” deb bir musht ko‘tarsa, oyim pidirpis bo‘p qolardi. (O‘.Hoshimov. “Ikki eshik orasi”) Nutq egasining xotiniga nisbatan pakana deb murojaat qilishi misolida o‘zbek erkaklarining o‘ziga xos jahldor, ovozingni o‘chir buyruq akti misolida esa ularning gapini o‘tkazadigan, bir so‘zlik kabi hislatlari nutqdagi ko‘rinishini kuzatishimiz mumkin.

Tohir Malik “Shaytanat” asarida qahramonlar obrazini shunday yorqin va aniq chizgilar bilan yaratgan-ki, nafaqat asarning o‘zi, ishlangan filmi ham tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Asardagi bosh qahramon Asadbek obrazi ham musavvirning suratidek aniq va hayotiy qilib yoritilgan. Asadbekning rafiqasi Manzura obrazida esa andishali, hayoli o‘zbek ayolining timsoli tasvirlagan:

Manzura eriga shoshilib qarab oldi-yu, boshini egdi.

– Qanday so‘rayman.

– Men so‘raymi bo‘lmasa!

– Voy, adasi...

– Ha, latta! (T.Malik, “Shaytanat”)

G‘arb mamlakatlari tafakkur tarzi esa, bir oz boshqacha tus olgan bo‘lib, oilada erkak va ayol nutqiy muloqoti erkin hisoblanadi. Ular oilaviy ishlarda qaror qilish jihatdan ham teng huquqli hisoblanib, bir-biri bilan muloqot jarayonlarida ham samimiylik hislatlari ko‘proq sezilib turadi.

Ba’zi holatlarda o‘zbek muloqot madaniyatida ham er va xotin o‘rtasida (ko‘pincha yashash sharoitlaridan qoniqmagan vaziyatlarda) shunday suxbatlarga guvoh bo‘lamiz:

.    — E, xudo, nima gunoyim bor edi? Muncha meni ezadi bu erkak... Tentak! Suyulib ketgan miyasi... Huvv, sho‘rim qursin. Terakka chiqib imlaganlariga uchippan... Sevadi, suyadi deb o‘ylappan. Bu jallod ekan!

— He, enag‘ar, — deb iljayib turdi O‘sar. — Jallod ekan... Kim shu gapga ishonadi? Jallod amir zamonida bo‘lgan, savodsiz!

— Siz savodli bo‘ldingizmi? — xotin unga o‘nglandi. — Siz-a? Alifni kaltak deysiz-u! Qizingiz xatongizni topib o‘tiradi-yu! Gazeta o‘qiyolmaysiz-u! (Sh.Xolmirzayev. “Saylanma”)

O‘zbek va ingliz tillarida so‘z-gaplar orqali perlokutiv akt ham hosil qilinadi. Perlokutiv akt orqali so‘zlovchi tinglovchiga nutqiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘z-gaplar ishtirokida tuzilgan buyruq, iltimos, talab qilish kabilar ifodalangan nutqiy akt turlarida perlokutsiyaning amal qilishi kuzatiladi. Masalan:

– To‘xtang! Quloqni tom bosganmi? A?

– Voy! Menmi?

– Sizde, siz. Voy, oyiz o‘rgulsin sizdan!

– Voy!

– Voy, bo‘ylarizga bo‘ytumor!

– Vo-oy!

–Voy, mani mutpilm kelinimdan o‘rgilay!

– Vo-o-oy!

– Hoy qoqindiq, anuvi kartmonchani ochingde, ichidagi hamma narsani bu yoqqa soching-chi! Qani-qani-qani!

– Vo-oy! Sumkamiyam olaqoling, oyijon!

– O‘zim o‘rgulay sizdan! (С.Аҳмад. “Келинлар қўзғолони”)

Berilgan dialogik nutqda qo‘llangan  Voy!, Vo-oy!,  Vo-o-oy! so‘z-gaplarining nutqiy ta’sir ko‘rsatish natijasida yuzaga kelganligi sezilarli. Masalan, To‘xtang! Quloqni tom bosganmi? A? so‘roq aktiga nisbatan ifoda etilgan Voy! Menmi? jumlasi perlokutsiyaning namoyon bo‘lganligini anglatadi. Ushbu jumla kommunikantning (kelinning) qaynonasi gapiga nisbatan to‘xtab javob qaytarganligiga ishora qiladi.  Yoki “– Hoy qoqindiq, anuvi kartmonchani ochingde, ichidagi hamma narsani bu yoqqa soching-chi! Qani-qani-qani! nutqiy aktiga nisbatan berilgan “– Vo-oy! Sumkamiyam olaqoling, oyijon!” javobi ham perlokutiv xarakterda bo‘lib, nutqiy ta’sir natijasini anglatadi.

Ingliz tili  bu tarzda tinglovchiga nutqiy ta’sir ko‘rsatish vositalariga ega bo‘lmasa-da, o‘ziga xoslikka ega. Jumladan, er va xotin bir-biriga nutqiy ta’sirni kuchaytirish uchun erkalash-murojaat birliklarini qo‘llashadi. Masalan:  Dear, can we please go to Hawaii? I really really need a vocation.

Ko‘rinib turganidek, ushbu jumlada Dear murojaat birligi va takror ishlatilgan really really ravishidan boshqa alohida so‘z-gaplar qo‘llanmagan.

“Are you sure?”

“Am I sure?” Yes, I'm sure, Daniel. God! (Miranda M, All the missing girls)

Xullas, har ikki tilda so‘z-gaplar orqali turli nutqiy aktlar – lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlar hosil qilinadi. UndovSo‘z-gaplar ishtirokida tuzilgan buyruq, iltimos, talab qilish kabi pragmatik ma’nolar ifodalangan nutqiy akt turlarida perlokutsiyaning amal qilishi ingliz tiliga qaraganda o‘zbek tili so‘zlashuv nutqida kuchliroq ekanligi kuzatiladi.

O‘zbek bolalari nutqida iltimos aktining faol qo‘llanilishi kuzatiladi. Bunda iltimos ko‘pincha bilvosita ifodalanadi. Masalan:

– Buvijon, jo-on buvi! Ko‘chadan chaqirayotganda Dostonu-u deb chaqirmang. Bollar ustimdan kulishyapti (“Tangalik bolalar” kinofilmi)

Ushbu misolda bola buvisidan Dostonu-u deb chaqirmasligini iltimos qilgan, ammo jumla tarkibida iltimos so‘zi qo‘llanmagan.

Ingliz bolalari esa iltimos aktini bevosita ifodalaydilar. Bunda please so‘zining cho‘ziq talaffuzi  iltimos aktining bevosita ifodalanishiga xizmat qiladi:

You asked me to make tacos for you today but I think I won’t.

Pleeaaseе! Come o-on!

Do уои want tacos?

Yeah.

Ask me more!.

Yep, come o-on. Make me tacos, pleeaaseе! (Sameer. 9 years old and her mother)

Bu parchada bola o‘z kommunikativ niyati, ya’ni onasidan yaxshi ko‘rgan taomi – takoni pishirib berishini ifoda etgan. (Karimova, 2021)

Demak, undov so‘zlar turli nutqiy aktlarda qo‘llanib, his-tuyg‘uni ifodalash, muloqot ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. Qiyosiy tahlillardan shuni ko‘rishimiz mumkinki, o‘zbek tilida undov so‘zlarning turli nutqiy aktlarda faol ishtirok etib, boshqa tillarga, aniqrog‘i ingliz tiliga qaraganda ehtiros va ekspressivlik kuchliroq ekanligi kuzatiladi. Bu holat esa, har bir tilning madaniy omillariga bog‘liq ekanligini, shu jihatdan, undov so‘zlarning ishlatilishida o‘xshash tomonlari bo‘lishi bilan birga, madaniy farqlanishi ham aniqlanadi.

Библиографические ссылки

Apretyan, Y. D. (1995). Pragmatic information for the explanatory dictionary: Connotations as part of the pragmatics of a word. In Y. D. Apretyan, Selected Works (Vol. 2, pp. 138). Moscow: [Publisher].

Coates, J. (1989). Women's speech, women's strength. York Papers in Linguistics, 13, 65-76.

Karimova, Z. F. (2021). Socio-pragmatic characteristics of word-statements in Uzbek and English languages (Doctoral dissertation). Tashkent, Uzbekistan.

Kurbanova, M., Sayfullina, F., & Karimova, Z. (2021). Pragmatic interpretation of word-sentences in the Uzbek language. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 623-632.

Lakoff, G. (1975). Language and woman's place. New York: Harper and Row.

Niyazova, G. F. (2022). The socio-pragmatic aspects of detective novel language and gender characteristics (Doctoral dissertation, author’s abstract). Tashkent, Uzbekistan.

Uzbek Language Explanatory Dictionary (2006). Tashkent: Uzbekistan National Encyclopedia. (Vol. 2, p. 199).

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Зулнура Каримова ,
Ташкентский государственный аграрный университет

Доцент кафедры Языков

Как цитировать

Каримова , З. (2025). Использование междометий в речевых актах: социопрагматический подход. Лингвоспектр, 2(1), 95–100. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/391

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.