Технология развития методических компетенций будущих учителей начальных классов на основе педагогического сотрудничества

Авторы

  • Ферганский государственный университет
Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik kompetensiyalarini pedagogik hamkorlik asosida rivojlantirish texnologiyasi

Аннотация

В статье исследуются технологии развития методической компетентности будущих учителей начального образования на основе педагогического сотрудничества. Анализируются интегративные подходы, инновационные методы и роль государственной политики в этой сфере на примере Узбекистана и международного опыта. Результаты исследования научно обосновывают эффективность педагогического сотрудничества в формировании методического мастерства.

Ключевые слова:

Metodik kompetensiya pedagogik hamkorlik boshlang‘ich ta’lim innovatsion texnologiyalar kasbiy rivojlanish.

Zamonaviy pedagogik amaliyotda ta’lim jarayonining samaradorligi, birinchi navbatda, o‘qituvchining metodik kompetensiyasiga bevosita bog‘liqdir. Xususan, boshlang‘ich ta’lim bosqichida metodik kompetensiya nafaqat bilimlar majmui, balki kasbiy refleksiya, interaktiv metodlarni qo‘llay olish, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos didaktik yechimlarni tanlay olish kabi komponentlardan iborat murakkab integrativ tizim sifatida qaraladi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida mazkur kompetensiyalarni shakllantirishda pedagogik hamkorlik (kooperativ ta’lim, mentorlik, kollaborativ tahlil, o‘zaro treninglar) asosidagi texnologiyalar muhim omil sifatida maydonga chiqadi.

Ilmiy adabiyotlarda metodik kompetensiya tushunchasi ko‘pincha kasbiy tayyorgarlik, metodik refleksiya, pedagogik innovatsiyalarni o‘zlashtirish qobiliyati, shuningdek, dars jarayonini tahlil qilish va moslashtirish qobiliyatlari bilan izohlanadi. Pedagogik hamkorlik esa, o‘z navbatida, o‘qituvchi-shogird, o‘qituvchi-o‘qituvchi va o‘qituvchi-rahbar kabi sathlardagi konstruktiv muloqotni o‘z ichiga olgan o‘zaro ta’sirlar tizimi sifatida qaraladi. Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik kompetensiyalarini pedagogik hamkorlik asosida rivojlantirishga doir texnologik yondashuvlar, ularning amaliy samaradorligi va innovatsion imkoniyatlari nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Shu orqali metodik kompetensiyani shakllantirish jarayonida kooperativ va refleksiv o‘qitish texnologiyalarining o‘rni ochib beriladi.

Jahonda oliy pedagogik ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarning nafaqat nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, balki ularning salohiyati, ijodiy fikrlashi, ijtimoiy faolligi va kasbiy mas’uliyatini uyg‘un holda rivojlantirish muhim metodologik yo‘nalishlardan biri. Bu esa ta’lim mazmunini yangilash, innovatsion va integratsiyalashgan yondashuvlar asosida o‘qitish jarayonini tashkil etish hamda o‘quvchi, o‘qituvchi va ota ona o‘rtasida samarali pedagogik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taqozo etmoqda.

Ayniqsa, bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik kompetensiyalarini rivojlantirishda pedagogik hamkorlik asosida tashkil etilgan ta’limiy faoliyat muhim o‘rin egallaydi. Bu orqali talabalar faqat nazariy bilimlarni egallab qolmasdan, balki amaliyotchi pedagoglar bilan bevosita hamkorlikda dars loyihalash, baholash, fanlararo integratsiya, muammoli vaziyatlarni hal qilish, innovatsion metodlardan foydalanish kabi jarayonlar orqali o‘z kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladilar (Vygotsky, 1978). Pedagogik hamkorlik bu jarayonda ustoz-shogird an’analarini mustahkamlab, maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlaydi, talabalarda esa mustaqil fikrlash, muammoni tahlil qilish, ijodiy yondashuv, hamkorlikda ishlash va reflektiv fikrlash kabi muhim kompetensiyalarni shakllantiradi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini rivojlantirishda pedagogik hamkorlikka asoslangan texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga samarali integratsiyalash ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy talablarga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda muhim strategik yo‘nalish hisoblanadi.

Dunyoning yetakchi pedagogik markazlari va xalqaro tashkilotlari tomonidan boshlang‘ich ta’lim sohasida o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida metodik kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan integrativ yondashuvlar ishlab chiqilmoqda. Ayniqsa, pedagogik hamkorlik asosida o‘quv jarayonini tashkil etish, dars mazmunini rejalashtirish, real vaziyatlarni tahlil qilish va ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan metodik faoliyatlar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ta’limni amaliyot bilan uzviy bog‘lash, talabalarda real pedagogik muhitga moslashish, darsni loyiha asosida tashkil etish, baholash mezonlarini ishlab chiqish va fanlararo integratsiyaga tayangan metodik ko‘nikmalarni shakllantirish zaruriyati ortmoqda. Bu jarayon ularning mustaqil metodik qarorlar qabul qilish, darsni rejalashtirishda muammoli vaziyatlarni yechish va ijodiy yondashuv asosida o‘qitish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini pedagogik hamkorlik orqali shakllantirish, bu yo‘nalishda samarali ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni o‘quv-amaliy faoliyatga integratsiyalash zamonaviy pedagogik tadqiqotlarning muhim yo‘nalishiga aylanmoqda. Shu bois, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy, metodik va ijodiy kompetensiyalarni pedagogik hamkorlik sharoitida shakllantirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, sifatli pedagogik kadrlar tayyorlashning ustuvor vazifalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda (To‘xtayeva, 2022).

Mamlakatimizda boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashda bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik kompetensiyalarini pedagogik hamkorlik asosida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yo‘nalishdagi faoliyatlar zamonaviy ta’lim jarayonining talablaridan kelib chiqib, o‘qituvchilik kasbining amaliy va innovatsion jihatlariga tayangan holda metodik tayyorgarlik mazmunini chuqurlashtirishni taqozo etadi. “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” рedagogik ta’lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishini o‘zida aks ettiradi.

Pedagogik hamkorlik asosida tashkil etiladigan o‘quv jarayoni bo‘lajak o‘qituvchilarni amaliyotga yaqinlashtirib, ularning metodik bilimlarini real vaziyatda qo‘llash, tahlil qilish, darsni samarali loyihalash, baholash mezonlarini ishlab chiqish va ta’lim jarayonini fanlararo integratsiya asosida tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi (Darling-Hammond, 2020). Shu nuqtayi nazardan, o‘qituvchilik faoliyatiga tayyorgarlikda pedagogik hamkorlikni samarali tashkil etish, ta’lim subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va bu jarayonga amaliyotchi pedagoglarni jalb qilish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish mumkin bo‘ladi. Bu esa, metodik kompetensiyani tarkibiy jihatdan chuqur tahlil qilish, uning tarkibiy komponentlarini aniqlash, rivojlanish bosqichlarini belgilash va pedagogik hamkorlik asosida integratsiyalashgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishni talab etadi. Shunday qilib, bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy shakllanishida metodik kompetensiyalarni pedagogik hamkorlik asosida rivojlantirish zamonaviy ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF–5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, 2020-yil 29-oktabrdagi PF–6097-sonli “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, shuningdek, 2023-yil 11-sentabrdagi PF–158-sonli “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ta’lim sohasini zamonaviy bosqichda kompleks rivojlantirish, unda innovatsion yondashuvlarni keng tatbiq etish, yoshlarning kreativ salohiyatini yuksaltirish, ta’lim jarayonida davlat va jamiyat o‘rtasidagi pedagogik hamkorlikni kuchaytirishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab bermoqda. Shu bilan birga, 2020-yil 23-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim oluvchilarning kasbiy shakllanishida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, metodik kompetensiyalarni rivojlantirish, hamkorlikka asoslangan ta’lim tashkil etish va ilmiy-metodik yondashuvlarning ahamiyati alohida ta’kidlangan. Bundan tashqari, 2018-yil 5-iyundagi PQ–3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror hamda 2020-yil 27-fevraldagi PQ–4623-sonli “Pedagogik ta’lim sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarda oliy pedagogik ta’lim muassasalarining amaliy faoliyatga yo‘naltirilganligini kuchaytirish, o‘qituvchilarning kasbiy va metodik tayyorgarligini tizimli asosda rivojlantirish, pedagogik hamkorlik va innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish zarurligi asoslab berilgan. Mazkur strategik hujjatlar va me’yoriy-huquqiy asoslar asosida olib borilayotgan islohotlar zamirida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik kompetensiyalarini pedagogik hamkorlik asosida rivojlantirishga qaratilgan tizimli tadqiqotlar muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining tafakkur salohiyatini rivojlantirish jarayonida metodik kompetensiyaning bosqichma-bosqich shakllanishi muhim ahamiyatga ega. Metodik kompetensiya esa pedagog shaxsida shakllanishi lozim bo‘lgan ko‘plab shaxsiy va kasbiy sifatlarning uyg‘unlashgan tizimi sifatida talqin etiladi. Mazkur sifatlar esa metodik kompetensiyaning samarali rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratadi. Bunday muhim sifatlar qatoriga o‘qituvchining insonparvarlik yo‘nalishidagi kasbiy faoliyati, uning didaktik-analitik tafakkur salohiyati, pedagogik qobiliyatlari va pedagogik texnikasi kiradi (Karimov, 2021).

Ushbu jihatlarni quyidagicha umumlashtirish mumkin:

Birinchidan, metodik kompetensiya – bu o‘qituvchi shaxsining ichki psixologik holatiga asoslangan o‘z-o‘zini boshqaruvchi tizim bo‘lib, unda insonparvarlik g‘oyasi markaziy motivatsion omil sifatida namoyon bo‘ladi.

Ikkinchidan, mahorat pedagogik faoliyatda ongli va mazmunli harakatlarning asosini tashkil etadi, bu esa o‘z navbatida chuqur bilim bilan chambarchas bog‘liqdir. Kasbiy yo‘nalganlik va puxta egallangan bilim pedagogik faoliyatning asosiy strukturaviy tayanchi (ya’ni “skeleti”) bo‘lib xizmat qiladi.

Uchinchidan, pedagogik qobiliyatlar metodik kompetensiyaning shakllanishini faollashtiruvchi ichki harakatlantiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.

To‘rtinchidan, bilim va qobiliyatga tayanilgan pedagogik texnika barcha ta’sir vositalarini pedagogik maqsadlar bilan uyg‘unlashtirib, pedagogik faoliyatning ichki tuzilmasini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

Metodik kompetensiya o‘zaro integratsiyalashgan to‘rt tarkibiy komponent asosida shakllanadi: insonparvarlik, mahorat, pedagogik qobiliyatlar va pedagogik texnika. Bu komponentlarning rivojlanishi faqat tashqi omillar bilan emas, balki o‘z-o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan ichki ehtiyoj va intilishga ham bevosita bog‘liq (UNESCO 2019). O‘z-o‘zini rivojlantirish esa maxsus bilim va amaliy ko‘nikmalar asosida amalga oshadi. Pedagogik qobiliyatlar metodik kompetensiyaning shakllanishi va rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ular o‘qituvchining nafaqat kasbiy mahoratini, balki o‘quvchiga nisbatan individual, mas’uliyatli va innovatsion yondashuvini shakllantirishga xizmat qiladi. Natijada, pedagogik muvaffaqiyatga erishishning asosiy sharti – bu yuqori darajadagi qobiliyatlar, unga erishish vositasi esa – samarali pedagogik texnika hisoblanadi.

Pedagogik hamkorlik – bu ikki yoki undan ortiq ishtirokchi o‘rtasida ta’lim jarayonini amalga oshirishda yuzaga keladigan o‘zaro anglashuv va birgalikdagi faoliyatga asoslangan pedagogik munosabatlar tizimidir. Ushbu hamkorlik o‘qituvchi va talabaning ta’limiy faoliyat davomida bir-birini anglash, o‘zaro yaqinlikni his qilish, faoliyat bosqichlarida erishilgan natijalarni birgalikda tahlil etish va baholash orqali o‘z ifodasini topadi. Bu jarayon rivojlantiruvchi, ilg‘or pedagogik g‘oyalarni o‘zida mujassam etganligi bilan alohida ilmiy-metodik ahamiyat kasb etadi.

Pedagogik hamkorlik ta’limi bir qator asosiy yo‘nalishlar asosida tashkil etiladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • o‘qituvchi tomonidan pedagogik majburiyat va avtoritar yondashuvdan voz kechgan holda, tenglik va hamkorlikka asoslangan ta’limiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish;
  • talabaga insonparvarlik g‘oyalari asosida shaxsiy (individual) yondashuvni ta’minlash;
  • ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ma’naviy birlikni shakllantirishga erishish (Shulman, 1978).

Mazkur yondashuvning markaziy g‘oyasi – bu o‘qituvchi va talabaning o‘zaro hamkorlikda ta’limiy topshiriqlarni bajarishlari va shu asosda bilim egallash jarayonini birgalikda tashkil etishdan iboratdir. Bunday hamkorlik muhitida nafaqat o‘quv materiallari o‘zlashtiriladi, balki pedagogik jarayon ishtirokchilarining shaxsiy va kasbiy rivojlanishi ham ta’minlanadi.

Pedagogik hamkorlikning samaradorligi ijtimoiy buyurtmani to‘laqonli bajarish va belgilangan maqsadlarga erishish bilan chambarchas bog‘liq. Buning uchun o‘quv jarayonini puxta loyihalash va unga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni samarali joriy etish zarurdir. Bu jarayonda ta’lim maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o‘quv-bilish faoliyati strukturasi aniq belgilanishi lozim. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalar, ayniqsa, hamkorlikka asoslangan yondashuvlar, o‘quv jarayonini oldindan rejalashtirish, bosqichma-bosqich tashkil qilish hamda kutilgan natijaga yo‘naltirilgan tizimni shakllantirish imkonini beradi (Johnson, 2018).

Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, xususan, pedagogik hamkorlikka asoslangan yondashuvlarni tatbiq etishni talab etadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kooperativ ta’lim, mentorlik asosidagi o‘zaro o‘rganish, amaliy mashg‘ulotlar va refleksiv tahlilga yo‘naltirilgan pedagogik hamkorlik shakllari o‘qituvchilik kasbiga oid metodik bilim va ko‘nikmalarning chuqurroq shakllanishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, bu yondashuvlar o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos dars loyihalash, interfaol metodlardan samarali foydalanish, baholash mezonlarini to‘g‘ri qo‘llash va ijodiy yondashuvni kuchaytirish imkonini beradi. Pedagogik hamkorlik o‘qituvchining kasbiy refleksiyasi va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali uzluksiz o‘rganish madaniyatini shakllantiradi.

Xulosa qilib aytganda, pedagogik hamkorlik asosida metodik kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyasi boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib, uni pedagogik ta’lim dasturlariga integratsiyalash kasbiy tayyorgarlik samaradorligini oshiradi va bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy identifikatsiyasi va mustaqil faoliyatga tayyorgarligini ta’minlaydi.

 

 

Библиографические ссылки

Darling-Hammond, L. (2020). Preparing Teachers for Deeper Learning. Harvard Education Press.

Hattie, J. (2017). Visible Learning for Teachers. Routledge.

Johnson, D. W. (2018). Cooperative Learning in 21st Century. Sage.

Karimov, I. A. (2021). Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari. Toshkent: Pedagog.

To‘xtayeva, M. (2022). Pedagogik hamkorlikning metodik ta’siri. Xalq Ta’limi, 4(12), 45-51.

UNESCO (2019). Global Education Monitoring Report: Inclusion and Education.

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society. Harvard University Press.

Shulman, L. S. (1987). Knowledge and Teaching: Foundations of the New Reform. Harvard Educational Review, 57(1), 1-23.

O‘zbekiston Respublikasi XTV (2023). Pedagog kadrlar tayyorlash milliy standarti.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Нодирабегим Олимова ,
Ферганский государственный университет
Преподаватель

Как цитировать

Олимова , Н. (2025). Технология развития методических компетенций будущих учителей начальных классов на основе педагогического сотрудничества. Лингвоспектр, 7(1), 189–194. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/992

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.