Лексический уровень и ограниченная лексика: диалектизмы, специальная лексика и архаизмы (на примере узбекского и английского языков)
Аннотация
В статье системно рассматривается лексический уровень языка на основе трёх основных принципов – морфологического, семантического и стилистического критериев. Анализируется природа, сфера употребления и функциональные особенности ограниченной лексики (диалектизмы, специальная лексика – жаргон, арго, термины – а также архаичные и устаревшие единицы) на примере узбекского и английского языков. В качестве исследовательской базы использованы теоретическая литература по теме, толковые словари и реальные речевые образцы; в качестве методов анализа применены описательный, сравнительный и компонентный подходы. Результаты показывают, что границы между группами в лексической системе динамичны, и наряду с социальными и региональными факторами сильное влияние на реализацию лексических единиц оказывают также стилистические требования.
Ключевые слова:
Лексический уровень лексическая система морфологическая классификация лексико-семантическая парадигма лексико-семантическое поле стилистическая классификация прагматика диалектизм жаргон арго термин архаизм устаревшая лексика узбекский язык английский языкKirish
Tilshunoslikda leksik tizimni tavsiflash va tasniflash masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda; bu masalalar so‘zlarning morfologik tuzilishi, semantik munosabatlari, uslubiy‑pragmatik xossalari hamda ularning qo‘llanish doirasini izchil aniqlashni talab etadi (Saussure, 1959; Lyons, 1977). Struktur yondashuv doirasida binar ziddiyatlar, paradigmalar va maydonlar konsepsiyasi so‘zlarning tizim ichidagi o‘rnini belgilashga xizmat qiladi (Bloomfield, 1933; Cruse, 2000). Shu bilan birga, ijtimoiy‑hududiy omillar (dialekt va sotsiolekt), faoliyat sohasi (kasbiy terminologiya), nutq uslubi va tarixiy taraqqiyot (arxaiklashuv) leksik birliklarning qo‘llanishini chegaralaydi (Crystal, 2008; Trask, 1999).
Tilshunoslik qarshisidagi dolzarb vazifalardan biri leksik tizim tarkibi, taraqqiyot tendensiyalari, elementlarning o‘zaro aloqasini muntazam ravishda tahlil qilishdan iborat. Zotan leksik sath akkumulyativ, kommunikativ funksiyalarni o‘zida mujassam etgan asosiy lisoniy platformadir. Shuningdek, aynan leksik sath tilning dinamik xarakterini maksimal darajada namoyon etadi – tizimga yangi elementlar qo‘shilishi va ayrim leksemalar iste’moldan chiqishi til jonli, ijtimoiy hodisa ekanini asoslaydi. Tarkibdagi elementlarni turli nuqtayi nazardan tasniflash sistem-struktur yondashuvning asos ustunligidir. Bunda tasnif uchun olingan umumiy ko‘rsatkich elementlar tabiatini ochib berish bilan birga butun tizimdagi o‘rnini namoyon qilish vositasida tizimning o‘zini ham tavsiflaydi. Zamonaviy nazariy tilshunoslikda ham asos tadqiq obyektini elementlar tizimi deb qarash, bu tizimni turli struktur elementlarga ajratish, har bir elementga xos semantik, funksional, uslubiy, pragmatik jihatlarni aniqlash masalalari aktual qolmoqda.
Tilshunoslikka struktur yondashuv asosida binar ziddiyat tushunchasini olib kirgan Ferdinant De Sossyur har bir til elementi shaklan va mazmunan zid sherigiga egaligini ta’kidlaydi (Соссюр, 1977). Ziddiyat tovush tizimida jarangli-jarangsiz, unli-undosh kabi juftliklarda namoyon bo‘lgani holda morfologiyada bu mustaqil va nomustaqil so‘z turkumlari, grammatik kategoriyalar, so‘z yasovchi hamda shakl yasovchi kabi juftlarda mavjud. Lison o‘z tabiatiga ko‘ra shakl va mazmun binarligi ustiga quriladi. Tizimdagi har bir elementda mana shu ikki qutb in’ikosi, mazmun va shakl uyg‘unligi aniqlanadi. Funksional jihatdan leksemalar an’anaviy tilshunoslikda mustaqil va yordamchi turkumlarga klassifikatsiya qilinadi. Hozirda bu tasnif sirasida oraliq turkum mavjudligi ta’kidlanadi. Morfologik klassifikatsiya leksemalarni turkumlarga ajratib, har bir turkumga oid kategoriyalarni belgilashdan iboratligi ma’lum.
Tillar klassifikatsiyasi ham morfologik tamoyil asosida o‘zak til, affiksial til, flektiv va agglyutinativ turlarga ajratiladi. Ichki va tashqi fleksiya asosida grammatik shakllar hosil qiluvchi ingliz tilida ham, morfema va affikslar vositasida so‘z shakllari, grammatik shakllar hosil qiluvchi o‘zbek tilida ham mustaqil so‘z turkumlari standart ot, sifat, fe’l, ravish, son va olmoshdan tarkib topadi. Tilning morfologik qurilishi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu strukrura so‘z turkumlari soniga ta’sir o‘tkazolmaydi.
Asosiy semik komponent (gipersema)ga ko‘ra so‘zlarni guruhlash leksik-semantik paradigma asosini hosil qiladi. Leksik-semantik maydonlar sof milliy – bir tilga xos realiyalardan tarkiblanishi yoki umumbashariy tushunchalarni ifodalovchi unversaliyalar bo‘lishi mumkin (Плоткин, 1989). Morfologik tasnifdan farqli o‘laroq leksik-semantik klassifikatsiya jonli, dinamik xarakter kasb etadi. Maydon tarkibiga yangi elementlar qo‘shilishi va eskilarining chiqib ketishi, vaqt o‘tib so‘zlarga yangi ma’no yuklanishi, ma’no siljishi kabi xodisalar leksik-semantik paradigmalar o‘zgaruvchanligidan dalolat beradi.
Leksemalarni qo‘llanish doirasiga ko‘ra tasniflash uslubiy tamoyil bo‘lib, bunda leksemalar rasmiy, norasmiy, ilmiy, badiiy nutqiy doirada qo‘llanishiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Ayrim faol chastotali leksemalar esa qo‘llanish doirasi chegaralanmagan uslubiy guruhni hosil qiladi (Ferrer, 2001).
Tilning leksik sathini morfologik, semantik va uslubiy tasniflashdan tashqari pragmatik, davriy, chastotali ajratish tamoyillari tilshunoslikda asoslangan. Klassifikatsiya tilning leksik materialini turli nuqtayi nazardan tartiblash, tizimlashtirish, iyerarxiyani shakllantirish, undagi elementlarning o‘zaro funksional, semantik va boshqa aloqalarini aniqlash asosini tashkil etadi.
Leksik material voqelanishiga ko‘ra umum qo‘llanishdagi elementlar va qo‘llanishi chegaralangan plastga ajraladi. Umumqo‘llanishdagi so‘zlar kishilarning kasbi, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqa farqli jihatlaridan qat’iy nazar barchaga birdek tushunarli, kundalik og‘zaki va yozma nutqda keng qo‘llanuvchi leksemalar demakdir. Bunday so‘zlar sirasiga barcha tillardagi son, olmosh kabi mustaqil so‘z turkumlari va nomustaqil turkumga oid aksariyat leksik birliklar kiradi. Chegaralangan leksika esa hududiy, kasbiy, davriy va boshqa qator belgilarga ko‘ra nutqiy doirada cheklangan voqelanish ko‘rsatkichiga ega. Tilshunoslikda chegaralangan leksikaning quyidagi turlari ajratiladi:
- Dialektizmlar (shevaga xos leksik birliklar);
- Maxsus leksika (jargon, argo, terminlar);
- Arxaik va eskirgan leksika.
Sheva yoki dialektga mansub leksik birliklar hududiy cheklangan xarakterga ega. Muayyan hudud shevasida mavjud leksemalar adabiy til me’zonlaridan farqlanib, ushbu farqqa leksikografik manbalarda ham ishora qilinadi. Zamonaviy o‘zbek tilining shevalari qipchoq, qarluq, o‘g‘uz lahjarida guruhlanishi ma’lum. Ingliz tili lahjalari keng geografik arealni tashkil qilib, bir lahja butun mamlakat hududini qamrashi mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyadagi til talaffuz normasi, leksik tarkibi Qo‘shma Shtatlardagidan sezilarli darajada farqlanadi. Qamrov areali qanday bo‘lishidan qat’iy nazar shevaga xos leksemalarni etnografik dialektizm hamda semantik dialektizmga ajratish kerak. Etnografik dialektizmlar adabiy tilda ekvivalentga ega bo‘lmagan leksemalar guruhi bo‘lsa, semantik dialektizmlar mazmuni adabiy tildagi ma’nodan farqlanuvchi so‘zlardir(Enazarov, 2021). Ya’ni dialektizmlar ham o‘z ichida binar tamoyil asosida tasniflanib, leksemalar semantik va etnografik ko‘rsatkichga ko‘ra ajraladi. Dialektlar shakllanishiga hududiy izolyatsiya, muayyan ijtimoiy omillar hamda tarixiy ekstralinvistik ta’sirlar sabab bo‘ladi – chegaralangan leksika sifatida dialektizmlarni tadqiq etishda ushbu omillarni inobatga olish shart. Shevalarda turli tushunchalar paydo bo‘lishi, mavjud so‘zlarning adabiy tildan farqli ma’no kasb etishida hududiy ajralganlik omilining xizmati katta. Xususan, o‘zbek tilining uch yirik lahjasi ham aynan tarixiy-hududiy chegaralar bilan yaqqol ajralgan. Bundan tashqari turli ijtimoiy sinflar nutqida ham tafovutlar mavjud, shevalardagi sinfiy farqlanish ingliz tilida kuzatiladi. Ingliz tilida sof kibor dialekt, o‘rta sinf va quyi sinf nutqi o‘ziga xos talaffuz me’yorlari hamda leksik tarkibga ega. Mustamlaka davrlari, xalqlar ko‘chishi, qo‘shni va qo‘shni bo‘lmagan davlatlar bilan turli jabhalardagi aloqalar jonli tilda albatta iz qoldiradi (Аuer, 2005). Lahja va shevalar har bir til tizimida dolzarb o‘rin tutadi – ushbu material tadqiqi til evolyutsiyasi, tarixiy negizlari, rivojlanish tendensiyasi va trayektoriyasini anglash imkonini beradi.
Dialektizmlardan farqli holda maxsus leksika hududiy chegaralarga ega emas. Leksik sathning ushbu plasti terminlar, professionalizmlar hamda jargonizmlar kabi paradigmalardan hosil bo‘ladi. Har bir maydon muayyan belgisiga ko‘ra farqlanadi va shu belgi asosida izohlanadi. Masalan, “terminlar – o‘ziga xos ma’nosiga ko‘ra chegaralangan, maxsus leksemalardir, ushbu birliklarning yagona ma’nosi muayyan tushunchalarni ataydi” (Реформатский, 1976). Yana bir ta’rifga ko‘ra, “termin – ilmiy-texnik tushuncha, hodisalarni aniq nomlovchi so‘z yoki so‘z birikmasidir” (Ахманова, 1986). “Termin – bu fan va texnikaning ma'lum bir sohasi tushunchalari tizimidagi element va u bilan bog‘langan boshqa hodisalarni atovchi leksema yoki leksik birikmadir” (Наука, 1970). Ta’riflardan anglashilganidek, terminlar asosan ilm-fan, texnikaga oid tushunchalarni ifodalashi bilan chegaralangan leksik plastni tashkil qiladi. Aynan shu chegara doirasi bilan terminlar atamalardan ajralib turadi. Zotan har qanday nom (ot turkumiga oid leksema) muayyan tushunchani atashi mumkin, terminlar esa faqat ilm-fan, texnika arealida cheklanadi. Terminlar aniq bir tushunchani ifodalash bilan birga umumiste’moldagi tushunchani ham anglatishi mumkin. Masalan, quvvat termini fizik fenomenni atash bilan birga umumiste’molda kuch semasini ham ifodalaydi. Bunday polisemik leksemalarning faqat termin semasi chegaralangan leksik guruhga oid. Shu tariqa terminlar o‘z paradigmasi ichida umum iste’moldagi va tor doirada qo‘llanuvchi turga tasniflanadi. Umumiste’moldagi terminlar hujayra, to‘qima, motor, quvvat deyarli barchaga birdek tushunarli bo‘lsa, tor doirada qo‘llanuvchi gippokampus, gaplorin primati kabi birliklar faqat olimlar, soha tadqiqotchilari uchun tushunarlidir. Shu asnoda terminlar ham binar tamoyilga ko‘ra o‘z ichida ikki turga tasniflanadi.
Jargonlar faqat og‘zaki nutqqa xos bo‘lib kasbiy faoliyat doirasida cheklanadi. Bunda adabiy tilda bir ma’noga ega bo‘lgan leksemalar jargon sifatida butunlay boshqa semani ifodalaydi. O‘zbek tilidagi jargonlar asosan rus tilidagi ayni guruhning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimasi bo‘lar edi. Masalan, g‘isht – кирпичь haydovchilar tilida mashina haydab o‘tish taqiqlangani anglatuvchi ko‘cha belgisi, мент – xit huquq-tartibot organi xodimi kabi jargonlar rus tilida ommalashgan birliklarning o‘zbekcha muqobilidir. Fransuz tilida oliy tabaqa nutqiga xos leksik plastni anglatuvchi jargon atamasi amalda turli kasb, yosh, ijtimoiy kelib chiqishga ega kishilar nutqiga mansub so‘zlar yig‘indisini ifodalamoqda. Argo esa jamiyatdan izolyatsiyalangan, xufiyona hayot kechiruvchi deklassifikatsiyalangan shaxslar nutqiga xos leksik birliklar bo‘lib ularning voqelanish doirasi jargondan ko‘ra torroq.
Chegaralangan leksika turkumidagi yana bir guruh eskirgan yoki arxaik so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Til jonli, dinamik hodisa ekani uning leksik sathidagi muntazam o‘zgarishlarda ko‘zga tashlanishi ma’lum. Vaqt o‘tib so‘zning ma’nosi o‘zgarishi, uslubiy bo‘yoqdorligida ham o‘zgarish yuz berishi mumkin. Shuningdek vaqt o‘tib so‘zlar iste’moldan chiqib ketishi ham kuzatiladi. Ekstralingvistik omillar ta’siri ostida so‘z ifodalovchi tushuncha dolzarbligini yo‘qotgach, tushunchani ifodalovchi leksik birlik ham eskirgan yoki arxaik guruhdan o‘rin oladi. Masalan, eski turkiy va eski o‘zbek tillarida faol qo‘llanilgan mirg‘azab, mirshab, amir kabi atamalar bugungi kunga kelib faqat tarix bayoni kontekstida, tarixiy nutqni jonlantirishda qo‘llanadi. Ingliz tilidagi dame, husbandman, wench, carl kabi leksemalar ham umumiste’moldan chiqib ketgan arxaik so‘zlar sirasiga kiradi. Zamonaviy til lug‘atlarida arxaik yoki tarixiy leksemalar bayoniga alohida urg‘u berilmaydi. Chastota lug‘atlarida ushbu leksemalar nofaol yoki kam qo‘llanuvchi birliklar sifatida e’tirof etilishini kuzatish mumkin. Biror leksik birlik umumiste’moldan chiqishi bilan ushbu so‘zdan anglashiladigan tushuncha tilda aktual bo‘lib qolgan taqdirda eskirgan leksemaning zamonaviy ekvivalenti nutqda faol qo‘llanadi. Arxaizmlar semantik, frazeologik, leksik-fonetik hamda leksik-hosilaviy tiplarga tasniflanadi(Ахманова, 1986). Eskirgan, umum iste’moldan chiqib ketgan so‘zlar baribir leksik sathda qoladi va tilning nofaol, passiv lug‘at tarkibini hosil qiladi. Eskirgan so‘zlarning qo‘llanish me’yori, semantik ko‘lamini o‘rganish va ular ifodalaydigan tushunchalarni zammonaviy ekvivalent nomi bilan qiyoslash til taraqqiyoti bosqichlarini anglash imkonini beradi.
Xulosa
Maqolada leksik sathni tasniflashning uch mezoni va chegaralangan leksikaning asosiy turlari tizimli yoritildi. Qiyosiy kuzatishlar o‘zbek va ingliz tillarida ushbu guruhlarning qo‘llanish mexanizmlari ko‘p jihatdan o‘xshash bo‘lsa‑da, hududiy va ijtimoiy omillar tufayli konkret ko‘rinishlarda farqlanishini ko‘rsatdi. Kelgusida korpus asosida miqdoriy tahlillarni kengaytirish, ayniqsa dialektizmlar va jargon birliklarining ommaviylashuv dinamikasini vaqt qatori ma’lumotlari bilan o‘rganish maqsadga muvofiq.
Библиографические ссылки
Enazarov, T. (2021). O‘zbek dialektologiyasi: nazariya va amaliyot (pp. 66–91). Toshkent: Mahalla va oila.
Rakhimovna, S. Z. (2022). The historical background of the definition of barbarism and its occurrence in the literary texts. Indonesian Journal of Innovation Studies, 18.
Rakhimovna, Z. S. (2021). Vocabulary study of the tourism terms in the Uzbek language. IEJRD-International Multidisciplinary Journal, 6, 275–281.
Собирова, З. (2020a). Туризм атамаларининг ўзбек тилидаги лексик-семантик тадқиқи борасидаги қарашлар. In Молодой исследователь: вызовы и перспективы (Vol. 22, pp. 462–464). Москва: Интернаука. EDN LBTORL.
Собирова, З. (2020b). Туризм атамаларининг лексик-морфологик таркиби ва мавзуий таснифи тўғрисидаги айрим муаммолар. In Молодой исследователь: вызовы и перспективы (Vol. 22, pp. 456–458). Москва: Интернаука. EDN IVDUBP.
Собирова, З. Р. (2020). Ўзбек сайёҳлик терминларининг инглиз тилига таржимасида учрайдиган айрим муаммолар. Сўз санъати халқаро журнали, 5(3).
Собирова, З. (2020). Лексик-семантик терминологик таржиманинг баъзида учрайдиган муаммолари (спорт туризми терминлари мисолида). In Молодой исследователь: вызовы и перспективы (pp. 459–461). Москва: Интернаука.
Sobirova, Z. R. (2022). The development of English children’s literature and its representatives. Scientific Reports of Bukhara State University, 2022(1), 29–36.
Aitchison, J. (2012). Words in the mind: An introduction to the mental lexicon (4th ed.). Wiley-Blackwell.
Auer, P. (2005). Dialect change: Convergence and divergence in European languages. Cambridge University Press.
Bloomfield, L. (1933). Language. Henry Holt.
Crystal, D. (2008). A dictionary of linguistics and phonetics (6th ed.). Blackwell.
Cruse, D. A. (2000). Meaning in language: An introduction to semantics and pragmatics. Oxford University Press.
Ferrer i Cancho, R., & Solé, R. V. (2001). Two regimes in the frequency of words and the origins of complex lexicons: Zipf’s law revisited. Journal of Quantitative Linguistics, 8(3), 165–173.
Lyons, J. (1977). Semantics (Vol. 1–2). Cambridge University Press.
Saussure, F. de. (1959). Course in general linguistics (W. Baskin, Trans.). Philosophical Library.
Trask, R. L. (1999). Key concepts in language and linguistics. Routledge.
Ахманова, О. С. (1986). Словарь омонимов русского языка (3-е изд.). Русский язык.
Лингвистические проблемы научно-технической терминологии. (1970). Наука.
Плоткин, В. (1989). Строй английского языка (p. 27). Высшая школа.
Реформатский, А. А. (1967). Введение в языкознание (4-е изд.). Просвещение.
Соссюр, Ф. де. (1977). Труды по языкознанию. Москва: Прогресс.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Зарнигор Собирова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
