Типология образа женщины в романах “Интибах” и “Минувшие дни”

Авторы

  • Ташкентский государственный институт востоковедения
Типология образа женщины в романах “Интибах” и “Минувшие дни”

Аннотация

В статье представлен сравнительно-типологический анализ системы персонажей в романах Намика Кемаля «Интибах» и Абдуллы Кадыри «Прошлые дни». Исследование посвящено структурной роли персонажей в развитии сюжета, их психологическим и нравственным особенностям, а также социальным и символическим функциям. Дилошуб и Кумуш показаны как духовные центры своих произведений, воплощающие верность, чистоту и нравственное совершенство. В то же время Мохпайкар и Зайнаб олицетворяют женские образы, чьи судьбы трагически разрушаются под воздействием ревности, зависти и внутренних противоречий. В работе использованы методы сравнительного литературоведения, литературной психологии и психоанализа, включая теоретические положения Фрейда и Карен Хорни. Результаты исследования показывают, что в обоих романах женские персонажи играют важную роль в художественном отражении нравственных ценностей, социальных стереотипов и сложности личных переживаний. Таким образом, образы Дилошуб, Кумуш, Мохпайкар и Зайнаб становятся ключевыми для понимания женской идентичности в тюркской романной традиции и раскрывают взаимодействие любви, морали и социальных ограничений в литературе конца XIX – начала XX века.

Ключевые слова:

Намык Кемаль Абдулла Кадыри Интибах Прошлые дни сравнительное литературоведение система персонажей женский образ ревность психологический анализ типология

Kirish

Adabiyotshunoslikda personajlar tizimi badiiy asarning kompozitsion yaxlitligini ta’minlovchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Personajlar o‘rtasidagi ziddiyat va munosabatlar syujetning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, asarning g‘oyaviy-badiiy mazmunini ochishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu sababli qiyosiy adabiyotshunoslikda turli davr va maktablarga mansub asarlarning personajlar tizimini tahlil qilish janr, uslub va mafkuraviy mushtarakliklar bilan bir qatorda farqlarni ham aniqlash imkonini beradi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllangan turk va o‘zbek romanchiligi bu borada o‘ziga xos hodisadir. Nomiq Kamolning “Intiboh” va Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani Sharq va G‘arb adabiy an’analarining sintezi, ijtimoiy-ma’naviy muammolarning badiiy ifodasi hamda zamonaviy realizmning shakllanishida muhim bosqich hisoblanadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi ikki roman misolida ayol obrazlarining badiiy talqini, psixologik tasviri va ma’naviy funksiyasini qiyosiy tahlil qilish, shuningdek, ayol personajlari orqali milliy adabiy tafakkurda shakllangan axloqiy va ijtimoiy ideallarni yoritishdan iborat. Maqolada shuningdek, rashk, sadoqat, fidokorlik kabi tuyg‘ularning psixologik talqini va ular orqali jamiyatdagi ayolning o‘rni ham tahlil qilinadi.

Uslublar

Ushbu tadqiqot qiyosiy-tahliliy va tipologik yondashuvlarga asoslanadi. Shuningdek, adabiy-psixologik tahlil, feministik adabiyotshunoslik qarashlari va psixoanalitik metodlardan foydalanildi. Asarlar qahramonlari o‘rtasidagi munosabatlar, ularning ruhiy ziddiyatlari va ijtimoiy tipologik xususiyatlari strukturalistik hamda semiotik yondashuvlar asosida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Z. Freyd va K. Xorni singari psixoanalitiklar qarashlari rashk va hasad tuyg‘ularining mohiyatini ochishda nazariy asos sifatida qo‘llandi.

Natijalar

Tahlil jarayonida aniqlanishicha, Diloshub va Kumush obrazlari o‘z romanlarining ruhiy markazini tashkil etib, sof muhabbat, sadoqat, axloqiy poklik timsoli sifatida gavdalanadi. Diloshub passiv, ammo ruhiy jihatdan qudratli, fidokor qahramon bo‘lsa, Kumush faol, jasur va ijtimoiy ongli obraz sifatida yaratilgan. Ularning maktublari ichki dunyo va ruhiy kechinmalarni yoritishda muhim badiiy vosita vazifasini o‘taydi. Mohpaykar va Zaynab obrazlari esa rashk, hasad va shaxsiy baxtsizlikning mahsuli bo‘lib, asarlardagi dramatik ziddiyatlarni kuchaytiradi. Ikkala obraz ham muhabbatni egoistik tarzda talqin etadi, natijada o‘z fojiali taqdirlariga sababchi bo‘ladi.

Muhokama

Badiiy asar kompozitsiyasining ajralmas qismi bo‘lgan personajlar tizimi syujet rivojiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etuvchi muhim strukturaviy omil hisoblanadi. Har bir personaj nafaqat muayyan xarakter va ruhiy holat egasi, balki  ijtimoiy, ma’naviy va falsafiy funksiyalarga ega semiotik belgilar majmuidir. Shu jihatdan, personajlar o‘rtasidagi munosabatlar va ziddiyatlar syujetdagi harakat manbai bo‘lib xizmat qiladi (Bartosch, 2017). Qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan qaralganda, personajlar tizimini tahlil qilish orqali romanlar o‘rtasidagi janr, uslub va mafkuraviy mushtarakliklar hamda farqlarni aniqlash mumkin. Xususan, Nomiq Kamolning “Intiboh” va Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarlaridagi bosh va yordamchi qahramonlar o‘rtasidagi funksional o‘xshashliklar, psixologik qarama-qarshiliklar va ijtimoiy tiplar ifodasi roman kompozitsiyasida muayyan tartib va dinamik muhitni ta’minlaydi.

Har ikkala romanga o‘zgacha bir tarovat va ruh bag‘ishlaydigan obrazlar Kumush va Diloshub obrazlaridir. Mazkur qahramonlarni tom ma’noda o‘z romanining yuragi deyish mumkin – ular faqat sevgi obyekti sifatida tahlil etish noto‘g‘ri, ikkisi ham axloqiy ideal, ma’naviy kamolot timsolidir. Diloshub va Kumush obrazlari orqali har ikki adib  ayolning sof tabiati, poklik va sadoqat kabi yuksak qadriyatlarni ulug‘lashga harakat qilgan. Nomiq Kamol Diloshubining yoshi berilmagan bo‘lsa-da, asardagi tafsilotlardan kelib chiqib uni 18-19 yoshlar atrofida deb taxmin qilish mumkin. Ayni yoshlik latofati ufurib turgan qizni muallif “oltinsoch”, “nihoyatda xumor ko‘zli”, “gul yuzli”, “g‘uncha lab”  singari go‘zal tashbehlar bilan tasvirlaydi. Ana shunday dilbarning nafaqat surati, siyrati ham go‘zal (Bartosch, 2017). Diloshub – ma’naviyati boy, vujudi pok, bokira bir xilqat. Uning ichki go‘zalligi haqida adib ortiqcha to‘xtalmay, uning bir to‘yda kamtarona, ammo did bilan kiyingani, benuqson nutqi, zakovati bilan barchaning e’tiborini o‘ziga qaratganini tasvirlash bilan cheklanadi. Muallif nazdida ayolning eng go‘zal xislati uning sadoqati va hayosi ekanligini Diloshub obrazida aynan shu jihatlarni bir necha qayta ulug‘lashi orqali anglash mumkin.

Diloshub ko‘ngliga o‘t yog‘gan ishqdan masrur, ammo u Mohpaykardan farqli ravishda dil izhorini so‘z bilan ifodalamaydi. Muhabbat qizni ne ko‘ylarga solmasin, har qanday holatda ham uning qalbidagi qizlik iffati so‘nmaydi, qalbidagi so‘zlarini tilga chiqarmaydi, sevgisini yashirin saqlaydi, umrining so‘ngigacha ishq azobini tortadi. Sevgilisi tomon intiladi. Diloshub xarakterini ochib berishda uning yozgan, ammo o‘qilmagan maktubi ham adibning yuksak mahoratidan, ham qizning iste’dodidan darak beradi. Ali beyga maktub yozib, uni ko‘rsatishga uyalgan qiz qo‘lidagi qog‘ozni yirtib tashlaydi, buni dushmanning ayg‘oqchilari qo‘rib qoladi va mazkur holat begunoh qizni tuhmatga qo‘yish uchun ishonarli dastak bo‘lib xizmat qiladi. Aslida esa Diloshubning maktub yozib, yuz berishi mumkin bo‘lgan tanqiddan qo‘rqib, uni yirtib tashlashi – sharq ayoliga xos bo‘lgan hayo, soddalik va ruhiy zulmatga qarshilik ramzidir (Tomaxin, 2013). Qiz sevgilisiga nisbatan mehr-u shafqat bilan to‘lib toshgan, bunday muhabbatdan faxrlanadi, sadoqatini izhor qiladi. Muhabbati shunchalar kuchliki, Ali beyning jonini qutqarish uchun o‘z jonini fido qilishga, o‘zligidan kechishga tayyor, asar so‘ngida shunday qiladi ham. Ammo birgina tuhmat qizning pok sevgisini Ali bey nazdida yo‘qqa chiqarish uchun yetarli bo‘ladi. Diloshub xarakteri hamisha ham muallifning to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’rifi bilan emas, balki uning o‘qilmagan xatlari, harakatlari va xususan sukutlari orqali ochiqlanadi. Diloshub aniq so‘zlar bilan emas, turli ishoralar, ekspressiyalar, badiiy detallar orqali sevgisini ifodalaydi

Personajlarning o‘zaro yaqin jihatlari shundaki, ular nafaqat go‘zalligi bilan, balki axloqiy fazilatlari, iffat va vafosi bilan ham ajralib turadi. Bu obrazlarda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi turk va o‘zbek jamiyatlarida ayoldan kutilgan ijtimoiy roli va axloqiy ideallar mujassamlashgan. Qodiriy romanidagi Kumush o‘t yetti yoshda, unda yoshlikning bor go‘zalligini ko‘ramiz. Muallif uning “to‘lg‘an oydek g‘uborsiz yuzi”ni, “qop-qora kamon” qoshlarini madh etib, Kumushni “qiz suratida ko‘ringan malak” deya ta’riflaydi. U shunchalar dilbarki, Otabekdek yetuk yigit bir ko‘rishda unga oshiq. Surati go‘zal bo‘lganidek yuksak ma’naviyatli Kumush ayni paytda qo‘rqmas va jasur yor hamdir, u otasi va qallig‘ini qutqarish uchun qushbegi ostonasigacha keladi. Kumush xarakterini ochib berishda uning Otabekka, qolaversa, onasiga yozgan maktublari ham, ijodkorning yuksak mahoratidan dalolat beradi. Maktublardan birida u o‘z holatini ismining ziddi o‘laroq “Tuproqbibi” tashbehi orqali ifodalaydi, bu orqali ruhiy iztiroblar va muhabbat azoblari bilan to‘lgan ichki dunyosiga ishora qiladi, ya’ni tashqi go‘zalligiga zid ravishda, sevgida oyoq osti bo‘lgan, lekin ma’naviy ustuvorlikni yo‘qotmaganini ta’kidlaydi. Boshqa bir xatida esa muhabbatini doston qahramonlarining ishqiga mengzaydi: “Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig‘lagan Layli otidan...” Kumushning Otabekka bergan savollari, aytgan gaplari tizimida uning ruhiy holati to‘laligicha ifodalanadi. “Tuproqbibi” tashbehi uning ruhiy iztiroblar va muhabbat azoblari bilan to‘lgan ichki dunyosiga ishoradir – ya’ni tashqi jozibadorlikka zid ravishda, sevgida “paymol” bo‘lgan, lekin ma’naviy ustuvorlikni yo‘qotmagan ayol. Qiz sevgilisiga nisbatan mehr-u shafqat bilan to‘lib toshgan, bunday muhabbatdan faxrlanadi, sadoqatini izhor qiladi. Shuning barobarida, Zaynab to‘g‘risida xabardor ekanligini yashirmaydi, ayollik g‘ururini baland tuta olgan holda, baxtli onlarda o‘zini unutmaslikni so‘raydi. Shu kabi xususiyatlari Kumushni yanada go‘zallashtiradi. Kumushdagi qalb va aql, muhabbat va e’tiqod muvozanati Qodiriyning ayolga nisbatan chuqur hurmat va bag‘rikeng munosabatini, zamonaviy ma’nodagi feministik kamolotni tasvirlashga urinishini namoyon qiladi. Kumush nafaqat sevadi, balki sevgidan iztirob chekishni, o‘z sha’ni va g‘ururini saqlashni ham biladi. Qodiriy uni psixologik jihatdan murakkab, o‘z fikriga ega, muhabbat va jamiyat o‘rtasida tanlov qila oladigan shaxs sifatida tasvirlaydi. Kumush obrazida hayot va his-tuyg‘ular muvozanatlashgan; u real va tipik, ya’ni o‘zining ma’naviy olamini hamda tuyg‘ularini anglay oladigan, kuchli shaxs sifatida o‘quvchiga yaqin qilib berilgan.

Diloshub va Kumush obrazi o‘z zamonasi adabiyotida ayol qiyofasining ideallashtirilgan namunasi sifatida namoyon bo‘ladi. Ular nafaqat muhabbat tuyg‘usi orqali, balki axloqiy barkamollik, hissiy chuqurlik va fidokorlik kabi insoniy fazilatlar bilan ham o‘quvchi qalbiga yo‘l topadi.  Diloshub “Intiboh”da go‘yoki “ishq qurboni”, lekin shu bilan birga qiyofasi, siyrati, sadoqati va hayosi tajassumi bilan muallif nazdida kamolotga yetgan obrazdir. Uning muhabbati fidokorlik va qalb pokligining cho‘qqisi sifatida talqin etiladi. Muallif uning tom ma’nodagi sukutlari, boshqacha aytganda, romandagi passiv faoliyati orqali go‘yoki samimiy muhabbat hamisha ham jo‘shqin bo‘lavermasligi, ba’zida sokinlik bilan ham yetkazilishi mumkinligini isbotlashga urinadi, ishqni faqat ehtiros emas, balki bag‘rikenglik, kechirish, fidokorlik deb anglashga undaydi. Kumush tashqi jihatdan noyob latofat                 sohibi bo‘lishi bilan birga, o‘z davri ayoli           uchun noodatiy darajada ma’nan yetuk, fikrlaydigan va his qiladigan shaxs sifatida yaratilgan (Rebina, 2016). Kumush nafaqat muhabbat timsoli, balki qat’iy qarorlar                   qabul qiladigan, jasorat bilan harakat qiluvchi, faol ayol obrazidir. Uning otasi va qallig‘ini qutqarish maqsadida qo‘rqmasdan Qushbegining huzuriga borishi, Otabek               bilan munosabatlarida o‘ziga xos sha’ni va oriyatni saqlashga harakat qilishi, xatlari orqali fikr bildirishi uning faol obraz ekanini tasdiqlaydi.

Har ikki obrazda ham maktublar muhim badiiy vosita sifatida xizmat qiladi. Har ikkalasining xatlari orqali nafaqat xarakter xususiyatlari ochiladi, balki ahvoli, ruhiy iztiroblari, qalbiy kechinmalari ham tasvirlanadi. Maktub – bu ayolning tashqi dunyoga chiqarmagan, ichidagi tuyg‘ularini ifodalash imkoniyatidir. Shu ma’noda, maktublar ikkala romanda xususiy bir adabiy shakl sifatida “ichkaridan tashqiga qarab yuzlanish”, ya’ni introspeksiya va subyektivlikni bayon etish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Kumush va Diloshub obrazlari turli adabiy maktablar va ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda yaratilgan bo‘lsa-da, muhabbat, sadoqat va ma’naviyat nuqtayi nazaridan ularni o‘zaro muqobil deyish mumkin. Diloshub sakinat, iffat, sevgida fidokorlik ramzi bo‘lsa; Kumush jasorat, g‘urur, ishqda insoniy tenglik g‘oyasini tashuvchi qahramondir. Bu obrazlar nafaqat bosh qahramonga ta’sir qiluvchi muhabbat manbai, balki romanning ma’naviy va badiiy chorrahasi, g‘oyaviy markazi sifatida ham yuksak ahamiyatga ega (Lazy, 2019).

O‘rta asrlarda yashab ijod etgan adib Al-Johiz “Fazoyili atrok” (“Turkiylarning fazilatlari”) nomli asarida qadim turkning nomusli, oqko‘ngil, yovuzlik va botil fikrlardan uzoq insonlar bo‘lganini; jangda ham, tinchlikda ham ayyorlik qilmaganini; o‘zi ham, so‘zi ham to‘g‘riligini; boshqaning mulkiga xiyonat, ikkiyuzlamachilik, manmanlik, kattani behurmat qilish ajdodlarimizning xayoliga ham kelmaganini (Al Johiz, 1993) ta’kidlaydi. Bundan chiqadiki, Yaratganning o‘zi turk  ulusini komil axloq bilan siylagan. “Intiboh”da ham,  “O‘tkan kunlar”da ham millatga xos shu kabi fazilatlar ularning ziddi bo‘lgan nuqsonlar bilan o‘zaro qarama-qarshilikda mukammal tarzda badiiy talqin qilinganini kuzatamiz. Har ikkala romanda shunday obrazlar borki, ular sevishganlarning baxtiga raxna soluvchi, rashk va ko‘rolmaslik balosi ortidan tubanlikka yuz tutgan xarakterlar sifatida namoyon bo‘ladi. Mohpaykar va Zaynab obrazlarini umumlashtirib turuvchi muhim jihat, shubhasiz, rashk va hasaddir. Rashk tuyg‘usi adabiy psixologiya, feministik adabiyotshunoslik va inson psixoanalizi nuqtayi nazaridan tahlil etiladi.

Adabiyot  nazariyasida rashk ko‘proq qahramonning ichki hissiyotlarini ochib berish, ruhiy iztirobini namoyon qilish va muallifning axloqiy pozitsiyasini ifoda etish vositasi sifatida xizmat qiladi. Realizm va romantizm yo‘nalishlarida rashk qahramonlarning tanazzulini belgilab beruvchi asosiy holat sifatida talqin etiladi. Z. Freyd rashkni libidoning buzilishi natijasida vujudga keladigan, insonning hissiy barqarorligiga tahdid soluvchi va ichki psixologik to‘siqlardan kelib chiqadigan destruktiv (yovuz) tuyg‘u sifatida ta’riflaydi(Freyd, 1991). Unga ko‘ra, inson libidosi – ya’ni shahvoniy hissi – ma’lum sabablarga ko‘ra inkor etilganda, u yo‘nalishini yo‘qotib, rashk, hasad, agressiya kabi salbiy holatlarga olib boradi. Bu jarayon orqali shaxsning ichki dramasi va ruhiy iztiroblari yuzaga chiqadi. Shu nuqtayi nazardan rashk, shaxsiy xohishlar bilan real hayotdagi cheklovlar o‘rtasidagi ziddiyatning oqibati sifatida paydo bo‘ladi. Agar shaxs ichki istaklarini qondirolmasa, yoki uning libidosi tanazzulga uchrasa, bunday ruhiy holat boshqa hislar, masalan, nafrat, qo‘rquv, hasad va rashk shaklida namoyon bo‘ladi. Shu jihatdan rashk – psixoanaliz nazariyasida shaxsning ichki muvozanatini buzuvchi, haddan tashqari kuchli va yo‘naltirilmagan ehtiros sifatida ko‘rinadi. Mohpaykarning Ali beyga bo‘lgan munosabati shahvoniy xarakterga ega: Uzun uzadıya düşündükten sonra bir türlü şehvet düşkünlüğünü yenerneyerek baştan ayağa sitemle dolu bir mektupla feleğin kendi için beslediği geleceğin başlamasını hızlandırmaya kalktı (88) (Uzoq o‘yladi, ammo shahvatini yenga olmadi va boshdan-oyoq aybnomadan iborat maktub yozib, falakning o‘zi uchun hozirlab qo‘ygan istiqbolni tezlashtirishga urindi). Ammo ayolning bunday urinishlari besamar ketgach, voqealar rivoji Freydning yuqoridagi ta’limoti bo‘ylab shakllanadi: endi ayol qasos olish payiga tushadi.

Zaynabda ham xuddi Mohpaykardek, ichki adovat aynan shahvoniy xohishlarning qondirilmasligidan kelib chiqqan, deyilsa haqiqatga to‘liq mos tushmasligi mumkin. Ammo eridan mehr va e’tibor kutish ham ayolning shaxsiy istaklari doirasiga kirishini hisobga olsak, ikkala personajning ruhiy tanazzulining asosi bir nuqtaga borib taqaladi, qolaversa Zaynabda ham ko‘rsatilgan sabablarning hammasini kuzatish mumkin:

  • Menga uylanganingizga qancha bo‘ldi?
  • ..
  • Shu ikki yildan menga bo‘lg‘an aloqangiz bir zarra ham o‘zgargan emas, dedi Zaynab, meni xotin o‘rnida ko‘rmaysiz!
  • Bekor gap...
  • Bekor gap emas, jonim, dedi Zaynab qizishqan holda. Marg‘ilondan qaytkandan keyingi kunlaringizni mehmonxonada kechirib kelishingizdan albatta tona olmassiz. Shu ham umid bilan bir yostiqqa bosh qo‘yg‘an edi, deb manim to‘g‘rimda o‘ylab qaramaslig‘ingizning sababi ham o‘zingizga...

Zaynab so‘zini bitira olmadi, chetka qarab ko‘z yoshisini to‘kdi. Otabek go‘yo tog‘ ostida qolg‘an edi.

  • Siz tamom boshqacha tushunibsiz...
  • Bo‘lmasa, bu gaplarning sababi nima?
  • Sababi juda ochiq, dedi Otabek. Lekin nimani sabab qilib ko‘rsatishni o‘zi ham bilmas edi.
  • Aytingiz axir?
  • O‘zingiz ham bilarsiz, deb o‘ylayman.
  • Men hech narsa bilmayman.
  • Bilasiz!
  • Xudo haqqi bilmayman.
  • .. dedi bek, bilmaganingiz yaxshi. Sizga o‘z og‘zim bilan iqror qilishg‘a uyalaman...
  • Mendan-a, xotiningizdan uyalasizmi?
  • Uyalmayinmi?
  •  
  • .. mizojim zaif...

Zaynab ishonar-ishonmas unga qaradi.

  • To‘g‘ri so‘zlamadingiz...
  • Ishonmasangiz o‘zingiz biling, lekin haqiqat gap shu, sizdan uzoqda yurishimning sababi ham shunda.
  • Ishong‘animda ham bu hol tashqarida yotib yurishingiz uchun katta sabab bo‘la olmaydir. Chunki men faqat shuning uchun sizdan o‘pkalamayman, dedi va ko‘zini to‘ldirib Otabekka qaradi. Menga sizning mizojingiz kerak emas... O‘zingiz!.. dedi va yig‘lab yolborg‘an holda Otabekning quchog‘ig‘a o‘zini tashladi (308).

Amerikalik psixoanalitik K. Xorni (1993) rashkni insondagi xavfsizlik ehtiyojining buzilishi orqali paydo bo‘ladigan nevrotik holat sifatida ko‘radi. Uning nazariyasida bunday tuyg‘ular shaxsiy kamchiliklarni to‘ldirishga bo‘lgan ichki urinish bilan bog‘liq bo‘lib, bu, ayniqsa, raqobat muhitida kuchli namoyon bo‘ladi. Ayni ta’rifga muvofiq izohni “Intiboh”da kuzatamiz:

“Kadınlara göre en can yakıcı davranış bir rakibin üstünlüğü gücüyle yenilmektir. Özellikle rakip kahrına uğrayan kadında güzellikten başka bir meziyet olmadığından bu hakaret üzerine Mehpeyker’in bütün arzularını vefasız sevgilisinden zalimce bir intikam almak hırsı kapladı. Saf olmayan bir aşkın ne zaman kesilmeye kalkışılırsa şefkatsiz bir kine dönüşmesi doğaldır” (90) (Ayollarni eng ko‘p qiynaydigan narsa raqibining ustunligi tufayli yengilishdir. Alam o‘tida yonayotgan ayolning raqibasi oldida chiroyidan boshqa afzalligi qolmadi, bunday haqoratdan keyin Mohpaykarni bevafo sevgilisidan ayovsiz o‘ch olish istagi qurshab oldi. Pok bo‘lmagan muhabbat oxir-oqibat beshafqat adovatga aylanishi tabiiy hol).

Avvaliga Mohpaykar o‘zining xotirjamligi uchun, ko‘nglini xushlash uchun Ali beyga intilgan bo‘lsa, endi unga yetishish orzusi avvalgidan ham kuchliroq alangalana boshlaydi, hasad va intiqom o‘ti bu olovni borgan sari lovullataveradi. Avvaliga shaxsiy mag‘lubiyatdan aziyat chekkan ayol Ali beydan kelgan javob maktubidan keyin intiqom va hiylakorlikning boshini tutadi va asar davomida yuz beradigan fojealarga sabab bo‘ladi. O‘z o‘rnida Zaynabning xatti-harakatlarida ayni jihatlar roman voqealari davomida shakllanib boradi.

Mohpaykar va Zaynab obrazini butunlay bir xil deb bo‘lmaydi, ammo ular xarakter xususiyatlariga ko‘ra bir-biriga ancha yaqin keladi. Ikkisi ham, ichki ziddiyatlar va ruhiy iztiroblar ta’sirida harakat qiladigan, muhabbat borasida mutlaq egoistik munosabatni namoyon etadigan obrazlar sifatida talqin etiladi. Bunday holatda, rashk tuyg‘usi ularning ichki dunyosini shakllantiruvchi asosiy omillardan biri bo‘lib, boshqa personajlar bilan munosabatlariga ham keskin ta’sir ko‘rsatadi. Shu jihatdan, Mohpaykar va Zaynab obrazlari badiiy adabiyotda ayol shaxsiyatining murakkab va ziddiyatli tasvirini ochib berishda muhim rol o‘ynaydi.

Mohpaykar va Zaynab obrazlari rashk, badgumonlik va ikkillanish kabi tuyg‘ularning kuchli ta’siri ostida faoliyat ko‘rsatuvchi ayollardir. Mohpaykarning ikkiyuzlamachiligi asar boshidanoq yaqqol ko‘zga tashlanadi, u Ali bey bilan tanishish jarayonida o‘zining asl yuzini mohirona yashiradi, sodda yigitda osonlik bilan yaxshi taassurot qoldirishga muvaffaq bo‘ladi: “Şiddetli etkilere yine şiddetli etkilerle üstünlük sağlanır. Mehpeyker ise bu inceliği oldukça iyi bilirdi. Dokunaklı sözler en ciddi sözlerin bile şiddetini artırır. Hanım ise bu gerçeği bilmez değildi. Bu yüzden Ali Bey'in duygularını kaynamanın hararetiyle erimiş bir maden gibi her kalıba dökülmeye uygun görünce o parlak gözlerine kederli bir ifade yerleştirdi. Zihni arzu ve pişmanlığın tereddüt kar maşasında acı çekiyormuş gibi bakışını yere doğru dikerek gücenikliğin şiddeti ve sabırsızlıktan oluşan hüzünlü bir tavırla...” (28). (Kuchli ta’sirdan ustun kelish uchun qarshingdagini yanada kuchliroq ta’sirlantirish kerak. Mohpaykar esa bunday nozik masalaning hadisini olgandi. Mohirona qo‘llangan so‘z eng jiddiy gaplaning ham ta’sirchanligini ooshiradi. Ayol esa, bu haqiqatdan bexabar emasdi. Shuning uchun ham, Ali beyning qaynoq tuyg‘ularini o‘z haroratidan erigan ma’dan singari istalgan qolipga quyish darajasiga kelganini ko‘rgach, porlab turgan ko‘zlariga mahzunlik ifodasini joyladi. Ko‘zlarini istak bilan o‘kinch orasida azob chekayotgandek yerga qadab, mahzunlik va betoqatlikdan hosil bo‘lgan g‘amgin qiyofada...). Mohpaykar ikkiyuzlamachiligi bilan kuchli manipulyator obraz sifatida namoyon bo‘ladi, o‘zidagi mana shu jihati sabab Ali beyni istagan ko‘yiga soladi. Zaynabda bu xususiyat birovni  boshqarishga yaramaydi, ammo unda ham ikkiyuzlamachilik xarakteri yo‘q emas. Zaynabning bu jihati roman yakunlariga qarab, Kumushning Toshkentga keishidan keyin namoyon bo‘la boshlaydi. Avvaliga “Zaynab ham uncha xafa ko‘rinmas, qayin onasining buyruqlarini eski holicha bajarib yurar va hozirda uyga kirib olib mehmonlar kelib tushdi deguncha, oldilarig‘a yozish uchun dasturxon yasatar edi” (309). Ammo keyinroq uning fe’li o‘zgaradi, badgumonligini bildirib qo‘yadi:

“Egachi-singil bo‘lib ketarsiz-a? deb takror so‘radi qayin ota.

  • ..
  • Nega tag‘in bilmay qolding?

Zaynab bir muncha vaqt o‘ylanib qoldi.

  • Qars ikki qo‘ldan chiqadir, dedi Zaynab, men yaxshi bo‘lg‘anim bilan opam yomon bo‘lsa, hozirgi bergan va’damdan nima foyda bo‘lsin

(306). Voqealar rivojida uning ruhiy holati yanada keskinlashib boradi, bu holat uning Kumush bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan suhbatlarda namoyon bo‘ladi. Opasi Xushro‘ybibi bilan bo‘lgan suhbatdan keyin, ayniqsa Kumushning oy-kuni yaqin qolganda adovati yuqori darajaga yetadi. Zaynabdagi ikkiyuzlamachilik nafaqat atrofdagilar bilan munosabatida, balki ichki ruhiy holatida           ham namoyon bo‘ladi: u bir tomondan muhabbatga muhtoj va sadoqat istaydi, ikkinchi tomondan esa, o‘z maqsad va manfaatlarini har qanday yo‘l bilan amalga oshirishga tayyor. Mohpaykar va Zaynab obrazlari vositasida Nomiq Kamol va Abdulla Qodiriy ayol tabiatidagi qarama-qarshi tuyg‘ular – muhabbat va nafrat, sadoqat va xiyonat, umid va mahkumlikni bir zehn doirasida mujassamlashtirishga uringanlar. Shuningdek, bu ikki personaj badiiy matnda konfliktni keskinlashtirish,  qahramon dramatizmini oshirish va asarning psixologik chuqur qatlamlarini ochib berishda muhim funksiya bajaradi.

Mohpaykar va Zaynab obrazlarini tipologik qiyoslash shuni ko‘rsatadiki, har ikkisida hasad va adovat shaxsiy baxtsizlik manbai bo‘lib, ularning fojiali taqdiri aynan ichki qarama-qarshilik va ruhiy muvozanatning yo‘qolishi bilan bog‘liq. Bu jihatdan ular nafaqat badiiy obraz sifatida, balki ma’naviy tanazzulga uchragan jamiyatdagi ayol shaxsiyatining ramziy ifodasi sifatida ham talqin etilishi mumkin. Shunday qilib, “Intiboh” va “O‘tkan kunlar” romanlari personajlar tizimi orqali jamiyatning ma’naviy-axloqiy muammolarini badiiy talqin etadi. Diloshub va Kumush obrazlari fidoyilik, ma’naviy ustuvorlik va sof muhabbat ramzi sifatida, Mohpaykar va Zaynab obrazlari esa rashk va hasad tufayli halokat            sari yuz tutgan ayol shaxsiyatining tipik ko‘rinishlari sifatida namoyon bo‘ladi. Bu qiyosiy tahlil ikki roman o‘rtasidagi tipologik mushtaraklik va farqlarni ochib berish bilan birga, turkiy xalqlar romanchiligida ayol obrazining ijtimoiy-axloqiy talqinini aniqlash imkonini beradi.

Библиографические ссылки

Bartosch, B., & Kirkpatrick, A. (2017). Teaching vocabulary in CLIL and TBLT classrooms. London: Routledge.

Кан, Х. (2008). Формирование лексической компетенции студентов языковых вузов. Москва: Флинта.

Кроу, Д. (2011). Словарь как средство развития языковой личности. Санкт-Петербург: Златоуст.

Lazy, T., & Barker, J. (2012). Digital tools in vocabulary learning: A comparative study. Journal of Language Teaching and Research, 3(2), 324-330.

Ребина, И. А. (2016). Методика формирования лексических навыков у студентов педагогических вузов. Казань: Казанский педагогический университет.

Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and methods in language teaching (3rd ed.). Cambridge: Cambridge University Press.

Савина, Н. В. (2019). Контекстный подход в обучении лексике иностранных языков. Язык и культура, 2(46), 78-83.

Смит, Р., & Ларсон, М. (2015). Современные подходы к обучению лексике. Вестник высшей школы, (6), 45-51.

Томахин, Г. Д. (2013). Реалии и реалии культуры в преподавании английского языка. Москва: Высшая школа.

Шмидт, А. А. (2014). Лексическая компетенция как компонент профессиональной подготовки учителя иностранного языка. Иностранные языки в школе, (4), 12-17.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Ойша Шукурова,
Ташкентский государственный институт востоковедения

Докторант

Как цитировать

Шукурова, О. (2025). Типология образа женщины в романах “Интибах” и “Минувшие дни”. Лингвоспектр, 9(1), 198–206. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1049

Похожие статьи

<< < 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.