Дидактическая эффективность использования платформ Duolingo, ImmerseMe и Replika при обучении теме «Описание мест»

Авторы

  • Самаркандский государственный институт иностранных языков
  • Самаркандский государственный институт иностранных языков
Дидактическая эффективность использования платформ Duolingo, ImmerseMe и Replika при обучении теме «Описание мест»

Аннотация

В данной статье анализируется опыт использования трёх современных виртуальных образовательных платформ (Duolingo, ImmerseMe и Replika) при изучении темы «Описание мест» на английском языке. Рассматриваются методические преимущества каждой платформы, их технологические возможности и роль в развитии языковых навыков учащихся (лексика, грамматика, произношение, устная коммуникация), а также перспективы их применения в условиях образовательной системы. Duolingo отличается геймифицированной и уровневой структурой обучения; Replika предоставляет реальные и персонализированные диалоги на основе искусственного интеллекта; ImmerseMe формирует интерактивный образовательный опыт в культурном контексте посредством иммерсивной VR-среды. В совокупности это способствует созданию персонализированной учебной среды, учитывающей индивидуальные потребности студентов. Кроме того, посредством интегрированного подхода показываются возможности комплексного формирования языковых навыков по теме описания мест. В частности, постепенно развиваются такие компетенции, как закрепление лексики, применение грамматических конструкций в контексте, автоматический анализ произношения, ведение реальных и персонализированных диалогов, анализ культурных элементов. На основе полученного опыта в статье предлагается передовая, современная и инновационная методическая модель обучения иностранному языку с использованием информационно-коммуникационных технологий.

Ключевые слова:

Replika ImmerseMe Duolingo описание мест виртуальная языковая лаборатория геймификация VR AI-диалог произношение учебная мотивация

Kirish

So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar ta’lim sohasining barcha bosqichlariga chuqur kirib bormoqda. Bu jarayon maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’lim va uzluksiz kasbiy rivojlanishgacha bo‘lgan barcha pog‘onalarni qamrab olmoqda. Ayniqsa, pandemiya davrida masofaviy o‘qitish shakllarining jadallashuvi bilan birga, onlayn platformalar, mobil ilovalar, sun’iy intellekt, virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) texnologiyalarining o‘quv jarayoniga jadal sur’atlarda integratsiyalashuvi kuzatildi. Raqamli ta’lim vositalari yordamida o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalari rivojlanmoqda, o‘quv resurslariga erkin kirish imkoni kengaymoqda va ta’lim individual yondashuv asosida tashkil etilmoqda. Bu esa o‘qituvchilardan yangicha metodik yondashuvlar, o‘quvchilardan esa raqamli savodxonlik, moslashuvchanlik va faol ishtirokni talab qilmoqda. Shu sababli, zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalar nafaqat yordamchi vosita, balki asosiy didaktik komponentga aylanmoqda.

Adabiyotlar tahlili

Til o‘rgatish jarayonida esa interaktiv va sun’iy intellekt asosidagi platformalardan foydalanish nafaqat o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirmoqda, balki ularning til ko‘nikmalarini real hayotiy kontekstda shakllantirish imkoniyatini yaratmoqda (Blyth, 2018; Burston, 2015; Godwin-Jones, 2018). Xususan, ingliz tilini o‘rganishda joy, muhit va manzaralarni tasvirlashga oid “Describing Places” mavzusi til egallashda asosiy kommunikativ ko‘nikmalardan biri sanaladi. Ushbu mavzuni zamonaviy texnologiyalar orqali o‘rgatish talabalarga leksik boylik, grammatik aniqlik, ravon talaffuz va madaniy kontekstda so‘zlashuv malakalarini hosil qilishga xizmat qiladi (Burston, 2015; Kukulska-Hulme, 2020).

Bugungi kunda bunday imkoniyatni taqdim etuvchi platformalar sirasiga Duolingo’ning “Phrases 2”, ImmerseMe’ning “Travel” va “Replika” platformalari kiradi. Duolingo mashq takrorlovi (spaced repetition), o‘yinlashtirish va tilni bosqichma-bosqich o‘rganishga asoslangan modullar orqali o‘quvchini muntazam rag‘batlantiradi (Loewen, 2020). Replika sun’iy intellekt orqali o‘quvchi bilan matnli yoki ovozli suhbat yuritish imkonini berib, tabiiy suhbat muhiti yaratadi (Wilks, 2015). ImmerseMe esa virtual reallik (VR) asosida immersive tajribani taklif etib, o‘quvchini sayyohlik, restoran, tarixiy obidalar kabi real muhitlarga “joylashtiradi” va uning talaffuzini ASR (automatic speech recognition) texnologiyasi orqali baholaydi (Blyth, 2018; Wilks, 2015).

Xususan, ingliz tilining “Describing Places” (joylarni tasvirlash) mavzusi talabalarda joy, muhit va manzaralarni ingliz tilida ifodalash, leksik va grammatik tuzilmalarni kontekstda qo‘llash, talaffuz va suhbat ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Bu mavzuni zamonaviy texnologik vositalar bilan uyg‘unlashtirish samaradorlikni oshiradi. Ta’lim tizimida bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, virtual til laboratoriyalarini joriy etish tajribalari, innovatsion didaktik vositalarni sinfga olib kirish zaruratini ko‘rsatmoqda (Karimova, 2021; Rasulova, 2022; Beknazarova, 2023; Beknazarova, 2024; Sidikova, 2025).

Shu nuqtai nazardan, ushbu maqolada ingliz tilini onlayn o‘rgatish uchun keng qo‘llanilayotgan Duolingo platformasining “Phrases2” moduli, ImmerseMe platformasining Travel” moduli va sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan Replika suhbatdosh platformasi tahlil qilinadi. Har bir platformaning metodik imkoniyatlari, o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash darajasi, talaffuz, leksika va suhbat ko‘nikmalariga ta’siri va ta’lim tizimida tatbiq qilish imkoniyatlari chuqur o‘rganiladi (Soliyev, 2020; Xasanova, 2023).

Asosiy qism

Mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish maqsadida interaktiv, moslashuvchan va immersive virtual til laboratoriyalarini yaratish va joriy etish       ta’lim tizimini zamonaviylashtirishda muhim qadam hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun Duolingo, Replika va ImmerseMe kabi platformalar asosida virtual laboratoriyalar loyihalashtiriladi, bu esa talabalarning ingliz tilini o‘zlashtirishda ma’ruza, grammatika, talaffuz va suhbat ko‘nikmalarini kompleks tarzda rivojlantirishga xizmat qiladi. Interaktivlik jihatidan, platformalar talabalarni faol ishtirok etishga jalb qiladi: masalan, Duolingo’ning o‘yinlashtirilgan mashqlari o‘quv jarayonini qiziqarli qiladi, Replika virtual suhbatdosh orqali tabiiy muloqot tajribasini taqdim etadi, ImmerseMe esa 360 daraja videolar va virtual reallik (VR) orqali talabalarni real hayotiy senariylarga “joylashtiradi”. Moslashuvchanlik nuqtai nazaridan, bu platformalar talabalarning bilim darajasiga mos ravishda moslashtiriladi: Duolingo zaif tomonlarga ko‘proq mashqlar taklif qiladi, Replika suhbat mavzularini talaba qiziqishlariga  qarab shakllantiradi, “ImmerseMe”ning “Typing Mode” va “Immersion Mode” rejimlari esa individual o‘quv uslublariga mos keladi. Talabalarning leksika, grammatika, talaffuz va suhbat ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida platformalar turli mashq turlarini taqdim          etadi: Duolingo da tarjima va bo‘shliq to‘ldirish mashqlari, Replika da ovozli suhbatlar, ImmerseMe da esa immersiv senariylar orqali murakkab leksika (picturesque, bustling) va grammatik tuzilmalar (Second Conditional) o‘rgatiladi.Mahalliy madaniy kontekstga moslashtirilgan o‘quv kontentini integratsiya qilish O‘zbekiston talabalari uchun o‘quv jarayonini yanada mazmunli va jozibador          qiladi. Masalan, o‘qituvchilar Registon, Chorsu bozori yoki Bukhoro Ark kabi joylarning rasmlari, videolari yoki virtual turlarini darslarga kiritib, talabalarga “Registan is a historic place with breathtaking architecture” kabi iboralar yordamida o‘z madaniyatini ingliz tilida tasvirlash imkonini beradi. Bu nafaqat til ko‘nikmalarini rivojlantiradi, balki talabalarning milliy o‘zlik tuyg‘usini mustahkamlaydi va madaniy tushunchasini oshiradi. O‘zbek           tilidagi tushuntirishlar, xususan, Duolingo’da mavjud bo‘lgan grammatik qoidalar va            tarjima mashqlari, mahalliy talabalar uchun murakkab tushunchalarni osonlashtiradi. O‘qituvchilar va talabalarni virtual platformalardan foydalanishga o‘rgatish loyihaning muvaffaqiyati uchun muhimdir. O‘qituvchilar uchun maxsus treninglar tashkil qilinadi, unda platformalarni boshqarish, mahalliy kontekstni integratsiya qilish va xatolarni tahlil qilish usullari o‘rgatiladi.             Texnik infratuzilma ham muhim ahamiyatga ega: barqaror internet, kompyuterlar, mikrofonlar va ixtiyoriy ravishda VR garnituralari talab qilinadi. Masofaviy darslar uchun Zoom yoki boshqa onlayn platformalar integratsiyasi talabalarga istalgan joyda o‘qish imkonini beradi. Ushbu yondashuv Ta’lim tizimida ingliz tilini o‘qitishni xalqaro standartlarga moslashtiradi, talabalarni global muloqotga tayyorlaydi va mahalliy madaniyatni til o‘rganish jarayoniga muvaffaqiyatli integratsiya qiladi.

Ingliz tilini o‘rgatishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirish va talabalarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. “O‘qish va yozuv amaliyoti” fanidagi “Describing places” mavzusini o‘qitishda sinovdan o‘tkazilgan Duolingo (“Phrases 2” moduli), Replika (suhbatga yo‘naltirilgan AI platformasi) va ImmerseMe (“Travel” moduli) virtual tillarni o‘rganish platformalarining samaradorligi tahlil qilinadi. Har bir platformaning metodologiyasi, afzalliklari, kamchiliklari va mahalliy kontekstiga moslashuvi ko‘rib chiqilib, talabalarning o‘quv natijalari baholanadi. Tahlil talabalari uchun ingliz tilini o‘qitishda virtual laboratoriyalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishga qaratilgan.

Replika platformasidan foydalanish. Replika – sun’iy intellektga asoslangan virtual suhbatdosh bo‘lib, o‘quvchilarga ingliz         tilida matnli yoki ovozli suhbat olib borish imkonini beradi. U ijtimoiy muloqotga asoslangan bo‘lib, suhbatni foydalanuvchining qiziqishiga, til darajasiga va psixologik tayyorgarligiga mos tarzda moslashtiradi. Bu esa, ayniqsa, chet tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun tabiiy va qulay kommunikativ muhit yaratadi.

Platformaning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • O‘quvchi sun’iy intellekt bilan har qanday vaqtda ingliz tilida fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
  • Mavzular foydalanuvchining oldingi suhbatlariga yoki o‘rganish maqsadlariga mos shakllantiriladi;
  • Replika foydalanuvchining xatolarini yumshoq va ijobiy ohangda tuzatadi, to‘g‘ri iboralarni taklif qiladi.

Amaliy dars jarayonlarida o‘quvchilar Replika bilan 5-7 jumlalik muloqotlar quradi, unda ular o‘z shahrini, bozorini yoki diqqatga sazovor bo’lgan bironta joyni ingliz tilida tasvirlaydi. Masalan:

“My hometown is small and quiet. There is a big market in the center, and the people are very friendly.”

“The Registan square is a beautiful and historic place with colorful tiles and domes.”

Bunday suhbatlar davomida o‘quvchilar oddiy iboralardan murakkab sintaktik tuzilmalarga o‘tishni mashq qilib, o‘z so‘z boyligini kengaytiradi. Replika sun’iy intellekt bo‘lgani sababli o‘quvchini tanqid qilmaydi, bu esa sinfda gapirishdan uyaladigan o‘quvchilar uchun ayniqsa samarali bo‘ladi. Platformaning emotsional neytral javoblari o‘quvchilarni suhbatga jalb etishda va ishonchni oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Replika shuningdek, o‘quvchilarning yozma nutqini ham rivojlantirishda foydali vosita bo‘lib xizmat qildi. O‘qituvchi topshirig‘i asosida o‘quvchilar suhbat skriptini saqlab, uni yozma insho tarzida qayta ishlaydilar. Bu esa grammatik tuzilmalarni mustahkamlashga, so‘z tanlash va tuzilishiga e’tibor qaratishga imkon beradi.

Shu bilan birga, Replika platformasining ba’zi kamchiliklari ham mavjud: u o‘zbek                tilini qo‘llab-quvvatlamaydi, o‘quvchilarning grammatik xatolarini to‘liq izohlamaydi va ba’zi funksiyalar faqat pullik versiyada mavjud.          Biroq, darsda o‘qituvchi yo‘riqnomasi asosida va boshqa ta’lim vositalari (masalan, Duolingo) bilan integratsiyada ishlatilsa, bu platforma “Describing places” mavzusini samarali o‘rganishda foydali yordamchi vosita bo‘la oladi. Shu sababli, Replika platformasi “Describing Places” mavzusini samarali o‘rganishda nafaqat foydali yordamchi vosita bo‘la oladi, balki sun’iy intellekt asosidagi real vaqtli suhbatlar orqali o‘quvchilarning nutqiy faolligini oshiradi, shaxsiy fikr bildirish malakasini shakllantiradi hamda ularni        mustaqil va ishonchli muloqotga tayyorlaydi. Platforma orqali o‘z shahrini, maktabini, tarixiy joylarini yoki turistik obyektlarni tasvirlash orqali o‘quvchilar ingliz tilidagi tasvirlovchi iboralarni kontekstda qo‘llashga, gap tuzishda mos grammatika va leksik birliklardan foydalana olishga va eng muhimi, nutqiy ijtimoiylik (social interaction) malakasini mustahkamlashga erishadilar. Shu bilan birga, platformaning moslashuvchan va tanqid qilmaydigan muloqot muhiti o‘quvchilarda til o‘rganishga nisbatan ijobiy psixologik kayfiyat va o‘ziga ishonch hosil qiladi.

Duolingo “Phrases 2” modulidan foydalanish haqida to’xtaladigan bo’lsak, Duolingo – ingliz tilini mustaqil o‘rganish uchun mo‘ljallangan mashhur interaktiv platformalardan biri bo‘lib, undagi “Phrases 2” moduli ingliz tilidagi joy va muhitlarni tasvirlashga oid “Describing Places” mavzusini o‘rganishda katta yordam beradi. Modul tarkibida mavzuga mos bo‘lgan iboralar (masalan, beautiful, quiet, noisy, crowded, historic), odatiy gaplar (“Let’s meet at the café”, “The town is very busy today”) hamda grammatik tuzilmalar (modal fe’llar, First Conditional, Present Perfect) keng yoritilgan.

Platformaning XP tizimi (tajriba ballari), “streak” motivatsiya tizimi (ketma-ket mashg‘ulot kunlari), “crown” darajalari va lingot mukofot tizimi o‘quvchilarda raqobat ruhini uyg‘otadi hamda ularni har kuni o‘z mahoratini sinab ko‘rishga undaydi. Ayniqsa, mashqlarni muntazam takrorlashga asoslangan Spaced Repetition algoritmi orqali iboralar va grammatik konstruktsiyalar ongga mustahkam o‘rnashadi, bu esa uzoq muddatli xotirani shakllantiradi.

Shuningdek, talaffuz sinovlari o‘quvchilarning fonetik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Mikrofonga aytilgan iboralar avtomatik tahlil qilinib, foydalanuvchining talaffuzi to‘g‘riligiga baho beriladi. Bu holat o‘quvchining intonatsiya, urg‘u va nutq oqimini yaxshilashiga zamin yaratadi.

Amaliy tajriba shuni ko‘rsatdiki, talabalar ushbu modul orqali o‘zlarining so‘z boyligini oshirgan holda, “Describing Places” mavzusida qisqa matnlar tuzishga muvaffaq bo‘lishgan. Masalan:

“My neighborhood is very quiet. There is a small park near my house where children play.”

“If I have time this weekend, I will go to the old town. It’s very beautiful and peaceful.”

Biroq, Duolingo asosan yozma va tanlovli mashqlarga asoslangan bo‘lgani sababli, o‘quvchilarda og‘zaki nutqni mashq qilish imkoniyati cheklangan. Shu sababdan, platformadan foydalanishda u qisqa iboralar va grammatikani mustahkamlovchi vosita sifatida qaralishi, esa og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun Replika yoki ImmerseMe kabi interaktiv suhbat platformalari bilan birgalikda ishlatilishi tavsiya etiladi.

ImmerseMe “Travel” modulidan foydalanish. ImmerseMe platformasi ingliz       tilini o‘rganayotgan talabalar uchun virtual reallik (VR) muhitida immersiv ta’lim        tajribasini taqdim etadi. Ayniqsa “Travel” moduli orqali foydalanuvchilar o‘zlarini Parij, Rim, Barselona, London kabi shaharlarda sayohat qilayotgandek his qiladilar. 360 darajali video muhitlar va jonli vizual sahnalar o‘quvchini do‘kon, mehmonxona, aeroport, bozor yoki restoran kabi joylarda tabiiy suhbatga jalb etadi. Ushbu yondashuv tilni passiv emas, balki faol tarzda egallashga yordam beradi.

Modulning eng muhim jihatlaridan biri - ASR (Automatic Speech Recognition) texnologiyasidir. Bu texnologiya foydalanuvchining talaffuzini real vaqt rejimida tahlil qilib, uning to‘g‘riligini baholaydi va zarur hollarda tuzatish bo‘yicha fikr bildiradi. Masalan, foydalanuvchi “I’d like to book a room” iborasini noto‘g‘ri talaffuz qilsa, tizim bu holatni aniqlab, to‘g‘ri variantni taklif qiladi. Bu orqali talabalar talaffuz, urg‘u va intonatsiyani yaxshilashga erishadilar.

“Travel” moduli bosqichma-bosqich o‘quv yondashuvini qo‘llaydi:

Typing mode – gapni eshitib yozish;

Translation mode – tarjima asosida gap tuzish;

Speech mode – mikrofonda nutqni aytish;

Immersion mode – real senariyda to‘liq muloqot qilish.

Bunday ko‘p bosqichli mashg‘ulotlar o‘quvchining tinglab tushunish, yozish, gapirish va tarjima qilish ko‘nikmalarini parallel tarzda rivojlantiradi. Amaliy tajribalarda talabalar “If I were a tourist, I would visit the Colosseum”, “It’s a vibrant market full of local colors” kabi murakkab tuzilmalarni mustaqil tarzda ishlatishga erishgan.

Shuningdek, modul tarkibidagi diqqatga sazovor joylarning taqdimoti (masalan, Eiffel minorasi, Big Ben, Colosseum va boshqalar) orqali o‘quvchilar nafaqat tilni, balki madaniyatlararo kompetensiyani ham rivojlantiradilar. Bu esa ularning ingliz tilida global kontekstda fikrlash qobiliyatini oshiradi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ImmerseMe platformasidan foydalanish uchun VR qurilmalari, mikrofon va barqaror internet aloqasi talab etiladi. Biroq, bu texnik shartlar bajarilganda, dars jarayonining interaktivligi va samaradorligi sezilarli darajada oshadi. Shu sababli, “Describing Places” mavzusini mukammal o‘rgatish uchun ImmerseMe “Travel” moduli eng ilg‘or va natijador vositalardan biri hisoblanadi.

Duolingo - o‘yinlashtirish elementlari, asosiy grammatik strukturalarni o‘rgatish va muntazam mashq qilish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Replika esa sun’iy intellekt asosida ishlovchi virtual suhbatdosh sifatida o‘quvchiga real va shaxsiylashtirilgan suhbat qurish muhitini yaratadi, bu orqali o‘quvchi muloqotdagi psixologik to‘siqlardan xalos bo‘ladi va o‘z fikrini erkin ifodalashga odatlanadi. ImmerseMe platformasi esa immersiv virtual muhitda muloqotni taqdim etib, o‘quvchilarning talaffuzini avtomatik ravishda tahlil qiladi hamda global madaniyatlar bilan tanishtiradi.

Ushbu uch platformaning har biri o‘ziga xos didaktik yondashuv va texnologik vositalarga ega bo‘lsada, ularni integratsiyalashgan yondashuv asosida birlashtirish orqali o‘quvchilarda to‘liq va muvozanatli til ko‘nikmalarini shakllantirish mumkin: Duolingo yordamida leksik va grammatik asos yaratiladi, Replika orqali shaxsiy va erkin suhbatga o‘rgatiladi, ImmerseMe esa bu bilim va ko‘nikmalarni realistik kontekstda mustahkamlaydi. Shunday qilib, har uch platformaning kuchli jihatlari asosida qurilgan integratsiyalashgan o‘quv modeli “Describing Places” mavzusini chuqur, qiziqarli va zamonaviy tarzda o‘rgatishga xizmat qiladi hamda til o‘rganishda yuqori samaradorlikka erishishni ta’minlaydi.

Xulosa va takliflar

Har uchala platformaning o‘ziga xos afzalliklari mavjud bo‘lib, ularning bir-birini to‘ldiruvchi funksional imkoniyatlari “Describing Places” mavzusini o‘rganishda o‘ta samarali integratsiyalashgan yondashuvni shakllantirishga zamin yaratadi. Duolingo orqali talabalar joylarni tavsiflash uchun zarur bo‘lgan asosiy leksik birliklar va grammatik konstruktsiyalarni o‘zlashtiradilar. Bu esa ularning yozma nutqida oddiy va to‘g‘ri iboralar tuzish ko‘nikmasini shakllantiradi. Replika platformasi orqali o‘quvchilar sun’iy intellekt bilan shaxsiy va ijtimoiy suhbat olib borish orqali o‘z fikrlarini erkin va psixologik to‘siqlarsiz ifodalashga odatlanadilar, bu esa ularning og‘zaki nutqdagi ishonch va faolligini oshiradi. ImmerseMe esa immersiv, realistik VR muhit orqali o‘quvchining talaffuzini takomillashtirish, kontekstual nutq tuzish va madaniyatlararo kompetensiyasini rivojlantirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, platformalarning samaradorligini yanada oshirish uchun mahalliy kontekstdagi materiallardan (masalan, Registon, Ichan-Qal’a, Chorsu bozori) foydalanish, juftlik yoki guruhli suhbatlarni tashkil etish va yozma topshiriqlarni (insho, tavsif matnlari, suhbat stsenariylari) berish muhim metodik chora hisoblanadi. Bunday faoliyatlar nafaqat kommunikativ ko‘nikmalarni, balki tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv va madaniy ifoda qobiliyatini ham rivojlantiradi. Integratsiyalashgan holda qo‘llanilgan bu platformalar orqali “Describing Places” mavzusi o‘quvchilar tomonidan chuqur anglanadi, ongli qo‘llaniladi va tilga nisbatan ijobiy munosabat shakllantiriladi. Duolingo, Replika va ImmerseMe platformalarining har birida mavjud bo‘lgan o‘ziga xos yondashuvlar – masalan, o‘yinlashtirish orqali rag‘batlantirish, shaxsiylashtirilgan suhbatlar orqali mustaqil fikrlash, va immersiv muhit orqali real hayotga yaqin tajriba – o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi, ularni passiv bilim oluvchidan faol muloqotchi darajasiga olib chiqadi. Shu bilan birga, mavzuga oid leksika va grammatik birliklar nafaqat yodda qoladi, balki turli kontekstlarda faol ishlatiladi. Bunday integratsiya asosida shakllangan o‘quv modeli o‘quvchilarda tilga nisbatan funksional yondashuvni, madaniy sezgirlikni, hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan maqsadli foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu esa, o‘z navbatida, chet tilini o‘rganish jarayonining samaradorligini oshirib, uni hayotiy ehtiyoj va kommunikativ vazifalar bilan bog‘laydi.

Библиографические ссылки

Beknazarova, I. Yo., & Jo’rayeva, D. U. (2023). The role of competency elements in teaching English sounds and their pronunciation. International Journal of Literature and Languages, 3(2). https://doi.org/10.37547/ijll/Volume03Issue02-02

Beknazarova, I. Yo., & Jo’rayeva, D. U. (2024). Ingliz tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar va pedagogik mahoratdan foydalanish. Samarqand davlat universiteti ilmiy Axborotnomasi, 2(144/2), 14-19. https://axborotnoma.uz/ru/research/2645/

Blyth, A. (2018). Language learning in virtual reality: ImmerseMe and the future of immersion. Language Learning & Technology, 22(3), 123-131.

Burston, J. (2015). Twenty years of MALL project implementation: A meta-analysis of learning outcomes. ReCALL, 27(1), 4-20. https://doi.org/10.1017/S0958344014000159

Godwin-Jones, R. (2018). Using mobile technology to develop language skills and cultural understanding. Language Learning & Technology, 22(3), 104-115.

Karimova, M. A. (2021). Chet tillarini o‘qitishda raqamli platformalarning o‘rni. O‘zbekiston tilshunosligi jurnali, 2(1), 45-50.

Kukulska-Hulme, A. (2020). Mobile-assisted language learning: Affordances and challenges. In F. Farr & L. Murray (Eds.), The Routledge handbook of language learning and technology. 307-320. Routledge.

Loewen, S., Isbell, D., & Sporn, Z. (2020). The effectiveness of app-based language instruction. Foreign Language Annals, 53(2), 209-233. https://doi.org/10.1111/flan.12457

Rasulova, D. M. (2022). Ingliz tilini o‘rgatishda virtual laboratoriyalardan foydalanish samaradorligi. Innovatsion ta’lim texnologiyalari jurnali, 4(3), 37-43.

Sidikova, N. N., Beknazarova, I. Yo., & Jo’rayeva, D. U. (2025). Ingliz tilini o‘qitishda o‘zbek o‘yinlaridan foydalanish. Samarqand davlat universiteti ilmiy Axborotnomasi. Gumanitar fanlar seriyasi, 2(150/1), 38-44. https://doi.org/10.59251/2181-1296.2025.v1.150.1.3342

Soliyev, M. (2020). Chet tilini o‘qitishda AR va VR texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari. Pedagogika va psixologiya jurnali, 5(5), 81-85.

Wilks, Y., & Ballim, A. (2015). Artificial companions and conversational agents. AI & Society, 30(4), 537-546. https://doi.org/10.1007/s00146-015-0592-6

Xasanova, Z. A. (2023). Raqamli texnologiyalar asosida chet tilini o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari. Xalq ta’limi, 1(2), 66-70.

Опубликован

Загрузки

Биографии авторов

Ирода Бекназарова,
Самаркандский государственный институт иностранных языков

Ассистент-преподаватель

Диёра Жураева,
Самаркандский государственный институт иностранных языков

Студент 4-го курса

Как цитировать

Бекназарова, И., & Жураева, Д. (2025). Дидактическая эффективность использования платформ Duolingo, ImmerseMe и Replika при обучении теме «Описание мест». Лингвоспектр, 9(1), 213–220. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1053

Похожие статьи

<< < 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.