Гендерный аспект стратегий вежливости в спонтанной диалогической речи

Авторы

  • Ферганский государственный университет
Гендерный аспект стратегий вежливости в спонтанной диалогической речи

Аннотация

В данной статье анализируются гендерные особенности стратегий вежливости в спонтанной диалогической речи. Анализируются особенности употребления мужчинами и женщинами стратегий позитивной и негативной вежливости, а также их прагматические и социальные функции. Исследование опирается на труды Брауна и Левинсона (1987), Лича (1983), Холмс (2013) и Таннен (1990). В рамках гендерной лингвистики отмечается, что женщины и мужчины используют различные речевые стратегии в процессе общения. На основе теории вежливости, предложенной Личем, рассматриваются способы речевого взаимодействия мужчин и женщин, направленные на «сохранение социального лица» (face-saving) и обеспечение социального согласия в процессе естественного диалога. В качестве метода исследования используется анализ примеров из корпуса спонтанных разговоров. Установлено, что женщины чаще придают значение вежливости, тогда как мужчины склонны использовать более прямолинейные стратегии. В заключение подчеркивается, что гендерные особенности вежливости зависят от социального статуса участников, их отношения к ситуации и индивидуальной речевой культуры. Результаты исследования способствуют более глубокому пониманию гендерных различий в коммуникации и предлагают теоретические и практические выводы, применимые в лингвистике, прагматике и социальной психологии.

Ключевые слова:

Диалог спонтанный диалогический дискурс вежливость гендер коммуникация

Kirish

Til va gender o‘rtasidagi munosabat masalasi zamonaviy tilshunoslik, sotsiolingvistika va pragmatika fanlarining eng muhim va ko‘p qirrali tadqiqot yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Inson jamiyatda nafaqat biologik jins, balki ijtimoiy-madaniy jihatdan shakllangan gender roli bilan ham namoyon bo‘ladi. Shu sababli, til tizimi va muloqot jarayonida gender omili insonlarning o‘zaro aloqasi, ularning fikrni ifodalash usuli, nutq ohangi, so‘z tanlovi va kommunikativ maqsadlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Gender lingvistika fanining shakllanishi 1970-yillarda ingliz tilshunosligida boshlangan bo‘lib, keyinchalik bu yo‘nalish til va jamiyat o‘rtasidagi murakkab ijtimoiy munosabatlarni, shuningdek, erkaklar va ayollarning nutqiy xatti-harakatlaridagi farqlarni aniqlashga qaratilgan keng ilmiy maktabga aylandi. Til – bu nafaqat aloqa vositasi, balki ijtimoiy tuzilmaning aksidir. Har bir madaniyatda so‘zlashuv odatlari, muloyimlik darajasi, ifoda shakllari, hattoki nutqdagi sukutning o‘zi ham ijtimoiy jins bilan bog‘liq ierarxik tizimlarni aks ettiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, erkaklar va ayollar muloqotda bir xil grammatik yoki leksik vositalardan foydalansalar ham, ularning pragmatik maqsadi va ijtimoiy strategiyasi turlicha bo‘lishi mumkin. Til va gender o‘rtasidagi bu o‘zaro aloqadorlik nafaqat muloqot madaniyatini, balki jamiyatdagi ijtimoiy rollar va qadriyatlar tizimini ham aks ettiradi. Shu bois, til orqali genderning ijtimoiy mohiyatini o‘rganish – bu faqat grammatik yoki leksik masala emas, balki madaniy identifikatsiya, ijtimoiy tenglik va nutq etikasi masalalarini ham qamrab oluvchi keng sotsiopragmatik muammodir. Spontan dialogik nutqda bu jarayon yanada yaqqol namoyon bo‘ladi, chunki bunday muloqot tabiiy, tayyorgarliksiz sharoitda yuz beradi va so‘zlovchining haqiqiy ijtimoiy, hissiy hamda madaniy pozitsiyasini ochib beradi. Shu sababli, til va gender o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni o‘rganish zamonaviy lingvistikaning nafaqat nazariy, balki amaliy yo‘nalishlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Til va gender o‘rtasidagi munosabat so‘nggi o‘n yilliklarda lingvistikaning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Gender lingvistika insonlarning ijtimoiy roli, identifikatsiyasi va nutqdagi xulqini o‘rganadi. Xushmuomalilik esa bu jarayonda ijtimoiy uyg‘unlik va o‘zaro hurmatni ta’minlovchi pragmatik mexanizmdir. Brown va Levinson (Brown & Levinson, 1987) muloyimlikni insonning ijtimoiy “yuzi”ni himoya qiluvchi strategiyalar majmui sifatida talqin etadilar. Leech (Leech, 1983) esa muloyimlikni muloqot etikasi asosiy tamoyillaridan biri sifatida belgilaydi. Shu asosda gender farqlari xushmuomalilikning strategik qo‘llanishida o‘z aksini topadi: ayollar ko‘proq ijobiy aloqani mustahkamlashga yo‘naltirilgan, erkaklar esa masofani saqlovchi strategiyalarni tanlaydilar. Ushbu maqolada spontan dialogik diskurs (ya’ni oldindan rejalashtirilmagan, tabiiy muloqot) tahlil qilinib, unda xushmuomalilikning genderga xos ko‘rinishlari aniqlanadi.

Adabiyotlar tahlli va Metodlar

Xushmuomalilikning genderga oid xususiyatlari tilshunoslikda sotsiopragmatika, sotsiolingvistika va gender lingvistika yo‘nalishlari kesishgan nuqtada o‘rganiladi. Gender lingvistikada xushmuomalilikning ahamiyati shundaki, u erkak va ayol so‘zlovchilarning nutqdagi ijtimoiy roli, munosabat ifodasi va muloqot uslubidagi farqlarni aniqlash imkonini beradi. Xushmuomalilik (politeness) – bu nafaqat madaniy yoki ijtimoiy norma, balki ijtimoiy identifikatsiya va kommunikativ strategiyaning ko‘zgusidir. Erkaklar va ayollar muloqotda bir xil grammatik vositalardan foydalansalar ham, ularning xushmuomalilikni ifodalashdagi usullari, maqsadi va intensivligi ko‘pincha farqlanadi. Gender lingvistika nuqtai nazaridan xushmuomalilik ijtimoiy tenglik va muloqot madaniyatining muvozanatini ta’minlaydi. U muloqot jarayonida shaxsning nafaqat til kompetensiyasini, balki ijtimoiy sezgirlik, empatiya va kontekstni to‘g‘ri baholash qobiliyatini ham namoyon etadi.

Shuningdek, xushmuomalilik strategiyalari orqali so‘zlovchilar o‘z gender roli va madaniy qadriyatlarini ong osti darajasida aks ettiradilar. Shu sababli, xushmuomalilikni gender nuqtai nazardan o‘rganish – bu faqat til shaklini emas, balki jamiyatdagi ijtimoiy struktura, hokimiyat munosabatlari va kommunikativ muvozanatni anglashga xizmat qiladi. Bu boradagi nazariy asoslar Goffman (1967) ning “yuz” (face) konsepsiyasiga, Brown va Levinson (1987) ning Politeness Theory modeliga hamda Leech (1983) ning Pragmatika tamoyillariga tayanadi. Ushbu nazariyalar muloqotda so‘zlovchining ijtimoiy obro‘sini saqlash, hurmat va hamkorlikni ta’minlash mexanizmlarini tushuntiradi. Holmes (2013) va Tannen (1990) tadqiqotlari genderning xushmuomalilik strategiyalariga bevosita ta’sirini ochib beradi – ayollar muloqotda         ijobiy xushmuomalilik, ya’ni hamdardlik, qo‘llab-quvvatlash va kelishuv strategiyalarini ko‘proq qo‘llasalar, erkaklar ko‘proq salbiy xushmuomalilik, ya’ni mustaqillikni saqlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr bildirish va masofa ushlab gapirishga moyil bo‘ladilar. Tadqiqot metodologiyasi nazariy-pragmatik tahlil, diskursiv yondashuv va sotsiolingvistik tahlil tamoyillariga asoslanadi. Tahlil jarayonida Brown va Levinson (Brown & Levinson, 1987) ning “yuzni saqlash” strategiyalari, Leech (1983) ning muloyimlik maksimlari hamda Holmes (2013) ning gender va nutq etikasi haqidagi konsepsiyalari uyg‘unlashtirildi.

Xushmuomalilik hodisasini o‘rganishda bir nechta metodologik yondashuvlar qo‘llaniladi, ularning har biri muloqotdagi ijtimoiy, madaniy va pragmatik omillarni turlicha yoritadi. Eng samarali usullardan biri    bu lingvopragmatik tahlil bo‘lib, u nutq birligining yuzaki shakliga emas, balki so‘zlovchi maqsadi, niyat va kontekstga    e’tibor qaratadi. Ushbu metod orqali so‘zlovchi qanday strategiyalar yordamida “yuzni saqlash” yoki “tahdidni yumshatish”ga erishishini aniqlash mumkin (Brown & Levinson, 1987). Shuningdek, diskursiv tahlil (discourse        analysis) xushmuomalilikni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Bu metod muloqotni          izchil jarayon sifatida tahlil qiladi, ya’ni xushmuomalilik strategiyalari qanday qilib muloqot davomida shakllanadi, o‘zgaradi va ijtimoiy rollarga bog‘liq ravishda qo‘llaniladi, degan savollarga javob beradi. Diskursiv           tahlil ayniqsa spontan dialogik nutqda xushmuomalilikning tabiiy ifodasini aniqlash uchun qulaydir. Bundan tashqari, konversatsion tahlil (conversation analysis) xushmuomalilikni o‘rganishda amaliy usul sifatida qo‘llaniladi. Ushbu metod muloqotning tuzilmasini – so‘z navbati (turn-taking), suhbatdagi tuzatishlar (repairs), pauzalar, javob shakllari kabi elementlarni o‘rganib, xushmuomalilik strategiyalarining real nutqdagi ishlash mexanizmini ochib beradi. Sotsiolingvistik tahlil esa xushmuomalilikni ijtimoiy kontekstda, ya’ni so‘zlovchining yoshi, jinsi, mavqei, madaniy muhitiga bog‘lab o‘rganadi. Bu yondashuv yordamida gender, madaniyat va ijtimoiy tabaqa xushmuomalilik darajasiga qanday       ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi (Holmes, 2013). Ba’zi tadqiqotchilar (Leech, 1983) shuningdek pragmatik tamoyillar tahlili (pragmatic principles analysis) ni ham qo‘llaydilar, unda takt, maqtab gapirish, rozilik va kamtarlik maksimlari asosida xushmuomalilikning etik va muloqotdagi ahamiyati o‘rganiladi. Deskriptiv-analitik va kontekstual tahlil metodlari yordamida erkak va ayol so‘zlovchilarning spontanik muloqotdagi nutqiy xatti-harakatlari o‘rganilib, ularning xushmuomalilik strategiyalari ijtimoiy rol, kommunikativ maqsad va madaniy qadriyatlarga ko‘ra farqlanishi aniqlanadi.

Natijalar va Muhokama

Ayollar spontanik muloqotda ko‘pincha ijobiy xushmuomalilik strategiyalarini qo‘llaydilar. Ular suhbatdoshni rag‘batlantirish, hamdardlik bildirish yoki o‘z fikrini yumshatish orqali ijtimoiy yaqinlikni mustahkamlashga intiladilar. Ayollar nutqida ijobiy xushmuomalilik (positive politeness) strategiyalari ustun bo‘lishining asosiy sababi – ularning muloqotdagi asosiy maqsadi ijtimoiy uyg‘unlik, yaqinlik va hissiy aloqani saqlash bilan bog‘liq. Pragmatika nuqtai nazaridan, ayollar ko‘proq “suhbatdoshni qo‘llab-quvvatlash” va “hamfikr muhitni yaratish”ga intiladilar (Holmes, 2013; Tannen, 1990). Quyida ayollar nutqidan misollar keltiramiz:

Ayol A: “Men o‘sha seminarni unchalik tushunmadim.”

Ayol B: “Ha, men ham bir oz qiynaldim, lekin birgalikda ko‘rib chiqamiz, to‘g‘rimi?”

Bu misolda ayol B ijobiy xushmuomalilikning hamdardlik va hamkorlik shaklidan foydalanadi. U suhbatdoshni tanqid qilmaydi, balki o‘zini unga teng qo‘yadi – bu “yuzni saqlash” (face-saving) strategiyasidir.

Ayol: “Kechirasiz, sizning fikringizni eshitish men uchun juda foydali bo‘ldi.”

Bu holatda ayol hurmat va minnatdorchilik orqali ijobiy xushmuomalilikni ifodalayapti. Bunda u suhbatdoshni qadrlash orqali ijtimoiy yaqinlikni mustahkamlaydi. Ayollar nutqidagi bunday strategiyalar, Leech (1983) ning “approbation maxim” tamoyiliga muvofiq, boshqalarni maqtash va qo‘llab-quvvatlash orqali muloqotdagi uyg‘unlikni ta’minlaydi. Quyida asarlardan olingan parchalar orqali misollar keltiramiz. Masalan, Jeyn Ostenning “Pride and Prejudice” (“G‘urur va G‘araz”) romanida ayol personajlar muloqotda xushmuomalilik orqali ijtimoiy uyg‘unlikni saqlashga intiladilar. Elizabet Bennet suhbat davomida bevosita tanqid o‘rniga yumshatuvchi iboralardan foydalanadi:

“I could have not thought you capable of such behaviour, but perhaps I was mistaken.”

Bu gapda Elizabet to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblov o‘rniga “perhaps I was mistaken” (balki men adashgandirman) deb, o‘z fikrini yumshatadi. Bu – positive politenessning aniq ko‘rinishi bo‘lib, so‘zlovchi suhbatdoshning “yuzini saqlash”ga harakat qilmoqda. Shunga o‘xshash holatni Virginia Woolfning “Mrs. Dalloway” romanida ham kuzatish mumkin. Asarda ayol qahramonlar o‘zaro muloqotda har doim “tinchlik va samimiyatni saqlash”ga intiladilar. Masalan:

“Oh, you must forgive me – I didn’t mean to upset you.”

Bu ifoda Leech (1983) tomonidan ta’riflangan tact maximga mos keladi – ya’ni so‘zlovchi o‘z xatari bilan boshqaga zarar yetkazmaslikka intiladi.

Erkaklar esa ko‘proq salbiy xushmuomalilik (negative politeness) strategiyalariga moyil bo‘ladilar, chunki ular muloqotda mustaqillik, masofa va o‘z pozitsiyasini himoya qilishni muhim deb biladilar (Brown & Levinson, 1987). Erkaklarning nutqida “to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr bildirish”, “tanqidni yashirmaslik” yoki “buyruqli ohangda gapirish” holatlari ko‘proq kuzatiladi. Bu holatlar, bir qarashda, impolaytlikdek tuyulsa-da, aslida ular uchun ob’ektivlik va kuchlilik belgisi sifatida qabul qilinadi.

Erkak A: “Bu masalani shunday qilib hal qilaylik, boshqasi vaqtni oladi.”

Erkak B: “Xo‘p, o‘ylab ko‘ramiz, lekin men boshqa variantni afzal deb bilaman.”

Bu misolda har ikki so‘zlovchi salbiy xushmuomalilikni qo‘llamoqda: ular bir-birining fikrini inkor qilmayapti, lekin mustaqil qaror va masofani saqlab turibdi.

Erkak: “Sizningcha, bu unchalik to‘g‘ri emas, to‘g‘rimi?”

Bu savolda yumshatuvchi so‘zlar (“sizningcha”, “to‘g‘rimi”) ishlatilgan bo‘lsa-da, u tanqidni bilvosita shaklda yetkazmoqda. Bu – salbiy xushmuomalilikning klassik ko‘rinishi. Brown va Levinson (1987) nazariyasiga ko‘ra, erkaklar muloqotda “negative face”, ya’ni o‘z erkinligini va fikr mustaqilligini saqlashga intiladilar. Shu sababli, ular ayollar singari hissiy yaqinlikni ifodalashga kamroq e’tibor qaratadilar. Erkaklar nutqidagi salbiy xushmuomalilik strategiyalarini esa ko‘plab adabiy asarlarda kuzatish mumkin. Masalan, Ernest Hemingwayning “The Old Man and the Sea” asarida qahramon Santyago muloqotda kamso‘z, ammo qat’iy:

“You have to take it like a man. Don’t complain.”

Bu jumlada so‘zlovchi buyruqli ohangda gapirmoqda, lekin bu tajovuz emas – balki erkaklik va kuchlilikni ifodalovchi madaniy norma. Bunda negative politeness            strategiyasi – hissiyotlarni yashirish va masofani saqlash – yaqqol namoyon bo‘ladi. Yana bir misol sifatida George Orwellning “1984” asaridagi Winston obrazini keltirish mumkin. U muloqotda ehtiyotkor, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr bildirishdan qochadi:

“If you mean that I am wrong, perhaps you are right.”

Bu yerda perhaps (balki) so‘zi orqali salbiy xushmuomalilik amalga oshmoqda – so‘zlovchi o‘z fikrini bildirish bilan birga, suhbatdoshining obro‘sini saqlab qolishga harakat qilmoqda.

Tahlil natijalariga ko‘ra, ayollarda ijobiy xushmuomalilik strategiyalari ko‘proq emotsional yaqinlik, qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilsa, erkaklarda salbiy xushmuomalilik mustaqillikni, muloqotdagi ierarxiyani va fikr erkinligini saqlashga yo‘naltirilgan. Shu sababli, gender farqlari til orqali nafaqat muloqot uslubida, balki ijtimoiy o‘zaro ta’sirning strategik mexanizmlarida ham aks etadi.     Ayollar o‘zaro muloqotda ijobiy ijtimoiy yaqinlikni saqlovchi strategiyalarga tayanadilar, erkaklar esa masofani saqlash va o‘z pozitsiyasini himoya qilishga qaratilgan usullardan foydalanadilar. Shuningdek, ayollar ko‘proq kechirim, minnatdorchilik, rag‘bat orqali ijtimoiy uyg‘unlikni ta’minlasalar, erkaklar yumshatish, qayta ifoda, va modal shakllar orqali yuzni himoya qiladilar. Bu farqlar      ijtimoiy rollar, madaniy stereotiplar va kommunikativ maqsadlarning o‘zgaruvchan tabiati bilan bog‘liq. Ushbu kuzatishlar Brown va Levinsonning fikrlarini tasdiqlaydi: har bir muloqotda so‘zlovchilar o‘zining ham, suhbatdoshining ham “yuzini” (face) saqlashga harakat qiladilar, ammo gender omili bu jarayonda strategik farqlanishga sabab          bo‘ladi. Gender lingvistika nuqtai nazaridan, ayollar ijobiy xushmuomalilikni ko‘proq          hissiy yaqinlik, empatiya va hamkorlikni kuchaytirish uchun ishlatsalar, erkaklar salbiy xushmuomalilikni muloqotda mustaqillik            va hokimiyat pozitsiyasini saqlash vositasi sifatida qo‘llaydilar (Tannen, 1990; Holmes, 2013). Shunday qilib, xushmuomalilik strategiyalaridagi bu farqlar nafaqat lingvopragmatik, balki madaniy va ijtimoiy psixologik mohiyatga ham ega.

Xulosa

Spontan dialogik nutq tahlili shuni ko‘rsatadiki, xushmuomalilik strategiyalari genderga qarab farqlanadi. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xushmuomalilik strategiyalari nafaqat til tizimining, balki insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy va psixologik munosabatlarning ham ajralmas qismidir. Spontan dialogik nutqda xushmuomalilik strategiyalari tabiiy, tayyorgarliksiz sharoitda yuzaga kelgani sababli, so‘zlovchining shaxsiy, madaniy va gender xususiyatlarini eng real tarzda aks ettiradi. Gender nuqtai nazaridan olganda, xushmuomalilik muloqotdagi tenglik va ijtimoiy muvozanatni saqlashda vositachilik rolini bajaradi.

Xushmuomalilik strategiyalaridagi gender tafovutlari muloqotning maqsadi va ijtimoiy kontekstiga bevosita bog‘liqdir. Mazkur tadqiqot xushmuomalilikni o‘rganishda lingvopragmatik, konversatsion va sotsiolingvistik metodlarning uyg‘un qo‘llanishi samarali ekanini ko‘rsatdi. Ular yordamida so‘zlovchilarning niyati, ularning “yuzni saqlash”ga qaratilgan strategiyalari, hamda genderga xos kommunikativ o‘ziga xosliklar aniqlanadi. Bu yondashuv tilshunoslikda xushmuomalilikni nafaqat nutqiy hodisa, balki madaniy va ijtimoiy fenomen sifatida baholash imkonini beradi. Xulosa qilib aytganda, xushmuomalilik strategiyalarining gender aspektini o‘rganish til va jamiyat o‘rtasidagi murakkab aloqalarni chuqurroq anglash, shuningdek, zamonaviy muloqot madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha keyingi tadqiqotlar turli madaniyatlarda xushmuomalilikning        milliy o‘ziga xosliklarini va ularning gender tizimidagi o‘rni va ta’sirini yanada kengroq yoritishga xizmat qiladi.Ayollar ko‘proq ijobiy strategiyalar orqali yaqinlikni saqlashga intiladilar, erkaklar esa salbiy strategiyalar yordamida mustaqillikni himoya qiladilar.     Biroq har ikkala holatda ham xushmuomalilikning maqsadi bir — ijtimoiy uyg‘unlikni ta’minlash va yuzni saqlash. Kelgusidagi tadqiqotlarda turli yosh, madaniyat va ijtimoiy mavqedagi respondentlar nutqi asosida gender farqlarining yanada chuqurroq tahlili kutilmoqda.

Библиографические ссылки

Brown, P., & Levinson, S. C. (1987). Politeness: Some universals in language usage (2nd ed.). Cambridge University Press.

Leech, G. (1983). Principles of pragmatics (1st ed.). Longman.

Holmes, J. (2013). An introduction to sociolinguistics (4th ed.). Routledge.

Tannen, D. (1990). You just don’t understand: Women and men in conversation (1st ed.). HarperCollins.

Goffman, E. (1967). Interaction ritual: Essays on face-to-face behaviour (1st ed.). Anchor Books.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Зумрадхон Хакимова,
Ферганский государственный университет

Докторант

Как цитировать

Хакимова, З. (2025). Гендерный аспект стратегий вежливости в спонтанной диалогической речи. Лингвоспектр, 10(1), 77–83. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1091

Похожие статьи

<< < 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.