Til o‘qitishda ishtiyoq va motivatsiyani oshirish uchun o‘yin elementlaridan foydalanish

Авторы

  • Андижанский государственный институт иностранных языков
Til o‘qitishda ishtiyoq va motivatsiyani oshirish uchun o‘yin elementlaridan foydalanish

Аннотация

Til o‘qitish jarayoni nafaqat bilim berish, balki talabalarni faol ishtirok etishga undash va ularning motivatsiyasini oshirishni talab etadi. Bugungi kunda o‘yin elementlari ta’lim jarayonida keng qo‘llanilmoqda, chunki ular o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi va o‘rganishni qiziqarli qiladi. O‘yinlar nafaqat o‘qituvchilarga, balki talabalar uchun ham ta’lim jarayonini yanada yoqimli qiladi. Ushbu maqolada til o‘qitishda o‘yin elementlaridan foydalanish usullari va bu usullar orqali ishtiyoq va motivatsiyani qanday oshirish mumkinligi ko‘rib chiqiladi.

Ключевые слова:

element o‘yin kahoot ro‘lli raqobat motivatsiya

Xorijiy tillarni o‘rgatish jarayonida bir qator qiziqarli o‘yinlar mavjud. Shuni aytib o‘tish joizki, bolalarga til o‘rgatishda shunday o‘yinlardan foydalanish kerakki, unda barcha o‘quvchilar birdek ishtirok etishsin hamda darsadan yangilik olishsin (masalan, yangi lug‘atlar yodlab ketishi mumkin, har kuni shu jarayon takrorlansa, o‘quvchining lug‘at boyligi yuqori darajaga ko‘tariladi). O‘quvchilarga darsni grammatik tushunchalar bilan boshlash noo‘rindir, ayniqsa kichik sinf o‘quvchilarini tezda zerikishiga sabab bo‘ladi. Natijada darsga bo‘lgan qiziqish so‘nishi mumkin (Abdullaeva, 2019; Kapp, 2012). Ular bilan hattoki salomlashish jarayonini ham noan’anaviy tarzda boshlash kerak, masalan, o‘qituvchi kirishi bilan darsni qandaydir salomlashishga oid inglizcha qo‘shiq bilan boshlash usuli samarali usuldir (Tashkent State University of Economics, 2020). Shu tariqa dars davom etsa, o‘quvchilar dars davomida har bir topshiriqqa bo‘lgan e’tiborini yo‘qotishmaydi. Hatto ular ingliz tili darslarini intizorlik bilan kutishadigan bo‘lishadi. Albatta, bularning barchasini o‘qituvchi tashkillashtirishi kerak va bu pedagogning zimmasida. Shunday ekan chet tilini o‘rganishni qiziqarli qilish uchun ba’zi o‘yin turlarini keltirib o‘tish mumkin (Kadirov & Aripova, 2021).

Ingliz va rus tillari darslarining samaradorligini oshirish uchun “Rolli o‘yinlari”dan foydalanish mumkin. Bu o‘yinning afzallik tomonlari shundaki, bu vaziyatdan kelib chiqib o‘ynaladi. Bu o‘yin nafaqat fan o‘rganilishi uchun foydali, shu bilan birga aqliy qobiliyatni shakllantirishga ham yordam beradi (Xudoyberdiyeva, 2022). Bu o‘yinda mavzular tanlab olinib, bolalar dialoglar tashkil qilishadi. Masalan, yo‘lovchining taksini to‘xtatgan jarayonidagi suhbati yoki kiyim do‘konlaridagi muloqotlar — bularning barchasini ingliz tilida ham gapirib, ham ko‘rsatib berishadi. Aynan shu o‘yinda, guruh bilan ishlash taktikasini qo‘llasak ham bo‘ladi, ya’ni o‘quvchilarni guruhlarga ajratib turli mavzularni bo‘lib berish. Bu holatda raqobatlashuv ham vujudga keladi. Raqobat — yuksalish mezonidir (Dörnyei, 2001). Topshiriqni yaxshi bajargan guruh rag‘batlantirilsa, qolgan o‘quvchilarning intilishi ham kuchayadi. Bundan tashqari, ingliz tili darslarini mazmunli o‘tkazish uchun didaktik o‘yinlardan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir (Qodirov, 2021).

O‘yin elementlarining ta’limdagi roli: O‘yin elementlari, masalan, raqobat, mukofotlar va qiziqarli vazifalar, talabalarning diqqatini jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi. O‘yinlar yordamida talabalar o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Masalan, ingliz tilini o‘rgatishda "Kahoot!" platformasidan foydalanish mumkin (Gee, 2003). Bu platformada o‘qituvchi savollar tayyorlaydi va talabalar o‘z smartfonlari orqali raqobatlashadilar. Har bir to‘g‘ri javob uchun ball to‘playdilar, bu esa ularning motivatsiyasini oshiradi (Kapp, 2012).

Motivatsiyani turlariga keladigan bo‘lsak, motivatsiya ikki asosiy turga bo‘linadi: ichki va tashqi. Ichki motivatsiya talabalarni o‘z-o‘zidan o‘rganishga undaydi, tashqi motivatsiya esa mukofotlar va raqobat orqali kuchaytiriladi (Dörnyei, 2001). O‘yin elementlari yordamida ikkinchi turdagi motivatsiyani kuchaytirish mumkin. Masalan, talabalar uchun "Til qahramonlari" o‘yinini tashkil etish mumkin. Bu o‘yinda har bir talaba o‘zining tilni bilish darajasiga qarab qahramon tanlaydi va har bir muvaffaqiyatli vazifadan so‘ng yangi darajaga o‘tadi. Bu ichki motivatsiyani oshirishga yordam beradi (Abdullaeva, 2019).

O‘yin elementlarini qo‘llash usullari ham turlichadir. Bular:

  1. Raqobatli o‘yinlar: Talabalarni guruhlarga bo‘lish va ularni raqobatga jalb qilish orqali o‘zaro hamkorlik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish (Vygotsky, 1966). Masalan: "Krossvord" o‘yinini tashkil eting, bunda talabalar guruhlarga bo‘linib, berilgan so‘zlarni topishga harakat qilishadi. Eng ko‘p so‘z to‘playdigan guruh g‘olib bo‘ladi.
  2. Mukofot tizimlari: Har bir muvaffaqiyatli vazifadan so‘ng talabalarni mukofotlash orqali ularning ishtiyoqini oshirish (Kapp, 2012). Masalan: O‘qituvchi "Yilning eng yaxshi o‘quvchisi" sovrinini e'lon qilishi mumkin, bunda eng faol ishtirok etgan talaba tanlanadi va mukofotlanadi.
  3. Rol o‘yinlari: Talabalarga turli rollarni bajarish imkoniyatini berish orqali tilni amaliyotda qo‘llash (Xudoyberdiyeva, 2022). Masalan: Talabalar "Restoran" rol o‘yinida xizmat ko‘rsatish va buyurtma berish vazifalarini bajaradilar. Bu ularning til ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

O‘yin elementlarining ta’lim jarayonidagi samaradorligi ko‘plab tadqiqotlarda tasdiqlangan. O‘rganish jarayonida talabalar o‘zlarini qulay his qilishadi va bu ularning bilim olish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘yinlardan foydalanadigan sinflarda talabalar an'anaviy darslarga nisbatan 30% ko‘proq ma’lumotni eslab qoladilar (Dörnyei, 2001). Bu esa o‘qituvchilar uchun o‘qitish usullarini yangilash zarurligini ko‘rsatadi.

O‘yinlardan foydalanishda ularni bolalarning bilimiga va yoshiga qarab o‘zgartirishimiz, ya’ni osonlashtirish yoki murakkablashtirishimiz mumkin (Abdullaeva, 2019). Ushbu yuqorida keltirilgan o‘yinlarning maqsadi o‘quvchilarning xotirasini kuchaytirish, aqliy salohiyatini oshirish, tezkorlik, ziyraklik, yangi so‘zlarni oson esda saqlash va eng asosiysi darsni mazmunli tashkil qilishdir. Bugungi kunda ta’lim jarayoni asosan an’anaviy tarzda olib borilayotgan bo‘lsada, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarini uzluksiz o‘rganishni tashkillashtirish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishni taqozo etadi (Kadirov & Aripova, 2021; Tashkent State University of Economics, 2020). Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiyalari bilan ta’lim berishning ilg‘or uslublarni joriy etish yo‘li bilan o‘sib kelayotgan yosh avlodni shu o‘rganayotgan tillarining mutaxassisi bo‘lishi va buning negizida ular shu tillarda bemalol so‘zlash olishlari maqsadga muvofiqdir. Zero, barchasi yoshlarimizning buyuk kelajagi, yurtimiz ravnaqi uchundir.

Xulosa: O‘yin elementlari til o‘qitishda ishtiyoq va motivatsiyani oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Ular nafaqat darslarni qiziqarli qiladi, balki talabalar orasida raqobatni ham kuchaytiradi. O‘qituvchilar o‘yin elementlarini qo‘llash orqali talabalarning bilim olish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilishlari mumkin.

 

Библиографические ссылки

. Abdullaeva, M. (2019). O‘zbek tilini o‘qitishda o‘yin texnologiyalarining roli. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi..

Dörnyei, Z. (2001). Teaching and Researching Motivation. Pearson Education.

Gee, J. P. (2003). What Video Games Have to Teach Us About Learning and Literacy. Computers in Human Behavior.

Kadirov, B., & Aripova, A. X. (2021). ZAMONAVIY TA’LIMDAGI MUAMMOLAR. Scientific progress, 2(1), 699-704.

Kapp, K. M. (2012). The Gamification of Learning and Instruction: Game-based Methods and Strategies for Training and Education. Wiley.

Qodirov, A. (2021). Til o‘qitishda interaktiv metodlar va o‘yinlar. Toshkent: O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi nashri.

Tashkent State University of Economics (2020). O‘qitishda innovatsion texnologiyalar va o‘yin elementlaridan foydalanish. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Xudoyberdiyeva, N. (2022). O‘qitishda o‘yin elementlaridan foydalanish: nazariya va amaliyot. Tashkent: O‘zbekiston davlat pedagogika universiteti.

Выготский Л.С. Игра и ее роль в психологическом развитии ребенка // Вопросы психологии. – 1966.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Хикматой Мадиханова,
Андижанский государственный институт иностранных языков

O‘qituvchi

Как цитировать

Мадиханова, Х. (2024). Til o‘qitishda ishtiyoq va motivatsiyani oshirish uchun o‘yin elementlaridan foydalanish. Лингвоспектр, 2(1), 77–79. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/109

Похожие статьи

<< < 1 2 3 4 5 6 7 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.