Analysis of the interpretation and functions of the notion “image” based on various fields of modern linguistics

Authors

  • Bukhara State University
 Анализ интерпретации и функций понятия «образ» на основе различных областей современной лингвистики

Abstract

This article describes the interpretation and functions of the term “image” in various fields of modern linguistics, such as cognitive linguistics, psycholinguistics, semisology, linguoculturology and others. The stages of the formation of the image in human consciousness as a model of knowledge, its expression in various types of media discourse, and the possibilities of its use as a force influencing individuals in society are also analyzed. The image formed about a certain thing, object, individual, territory, period appears in the human mind under the influence of certain factors. A person’s mentality, behavior, culture, environment, social origin, social status, genesis, etc., create the basis for the formation of a certain image. The concept of image is dynamic and subject to constant change, shifting from negative to positive evaluations or vice versa depending on social, cultural, and communicative conditions. Images constructed in human consciousness may acquire dynamic qualities through stylistic and axiological means of influence. Within media discourse, the use of metaphors, metonymy, synecdoche, personification, irony, and other stylistic devices enables the reshaping and reconfiguration of images disseminated to the public. Furthermore, values cherished and transmitted across generations serve as linguo-axiological markers supporting image formation and stabilization. The article also discusses the viewpoints and theoretical reflections on the concept of image proposed by prominent linguists, integrating their scholarly contributions into the analysis.

Keywords:

Lexico-semantic category semasiology imagery metaphorical image cognitive unit megacomponent nominative field mental representation linguistic picture of the world spiritual universals anthropocentric semantics

Zamonaviy tilshunoslikda “obraz” tushunchasiga beriladigan ilmiy ta’rif xilma-xil hisoblanadi, u nafaqat tilshunoslik, balki boshqa fanlararo munosabatlarga kirishadigan unsurdir. Tilshunoslikda “til obraz”i tushunchasiga beriladigan tavsif lisoniy tadqiqotlarning yo‘nalishiga bog‘liq. Bu masaladagi asosiy fikrlarni tahlil qilib o‘tamiz.

  1. Obraz so‘z strukturasining semantik jihatdan tarkibiy qismi sifatida

Tilshunoslikda leksik-semantik kategoriya sifatida obrazlilik konsepsiyasi A.A. Potebnya hamda Sh.Ballining ishlarida shakllana boshlangan. Semasiologiyada (leksik semantika) qabul qilingan mazkur konsepsiyaga ko‘ra so‘z ma’nosining obrazli komponentini uning semantik strukturasidagi ikki qatlamligi bilan bog‘lashadi, unda realiya haqidagi hissiy tasavvurlar ma’noning ikkinchi darajali unsuri sifatida namoyon bo‘ladi. Tushuncha va tasavvurni “uyg‘unlashtirish” (o‘zaro birlashtirish)ga qaratilgan harakat kognitiv tilshunoslik doirasida amalga oshiriladi, ushbu fan elementi hissiy obraz sanaladigan, keng qamrovli fikr-mulohaza qilish birligi bo‘lgan konseptni tadqiq qilishni maqsad qiladi (Стернин & Розенфельд, 2008).

Semasiologiyada obrazlarning quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi: dastlabki hissiy obrazlar yoki xotira obrazlari (ular leksik birlikning predmet-anglash tarkibi bilan aloqador) hamda yanada murakkabroq obrazlar “tasavvur (qilish) obrazlari”- ular “xotira obrazlarining o‘zaro birlashishidan” yoki hissiy hamda ko‘rinishli obrazlar (ikkinchi darajali ikki qatlamli metaforik obrazi)ning qayta mulohaza qilish yo‘li orqali paydo bo‘ladi (Юрина, 2004). Aksariyat hollarda turli ilmiy maktablar obrazni “ikki kartinaning qo‘shilgan ko‘rinishi” deya ta’riflashadi, ya’ni inson tasarruvidagi hamda real holatdagi ko‘rinishlarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan individ nazdidagi umumiy obraz nazarda tutiladi. Obrazlilik esa leksik-semantik kategoriya hisoblanib, tilning leksik-frazeologik darajasidagi birliklarning xususiyatlarini umumlashtiradi.

Zamonaviy semasiologiyada metaforik obraz konseptga tenglashtiriladi. U “til tashuvchisi uchun so‘zsiz psixologik reallikga ega” kognitiv struktura sifatida anglashiladi (Илюхина, 2010). Boshqacha qilib aytganda, obraz tabiatan kognitiv birlik sifatida tan olinadi. Leksik qatlamga olib chiqilganda, obraz “leksik-semantik paradigmaning maxsus tipi – assotsiativ-semantik maydon” sifatida baholanib, “boshqa mashhur paradigmalar tipiga aloqador deya tavsiflanadi: leksik-semantik hamda tematik guruhlar, leksik-semantik, derivativ-semantik hamda assotsiativ maydonlar”.

So‘z ma’nosining obrazli komponenti psixolingvistik tajribalar, izohli lug‘atlardagi so‘z ma’nolarining tahlili, obrazli kontekstni tadqiq qilish orqali aniqlanadi.

  1. Obraz konseptning tarkibiy qismi sifatida

Tilshunos olim Sh. Safarov o‘zining “Kognitiv tilshunoslik” kitobida “konsept asosida tushuncha, obraz va lisoniy ma’no umumlashmasi yotadi, konseptlar inson ongida shakllanadigan turli kategoriyalarning asosini tashkil qiladi hamda ular uchun tayanch nuqta bo‘lib xizmat qiladi”, deb yozadi (Safarov, 2006). Demak, konsept asosida tushuncha hamda lisoniy ma’no bilan birgalikda obraz ham mavjud, zero obraz bo‘lmasa, ma’no ham bo‘lmaydi. O‘.Q. Yusupov konsept hamda obraz aloqadorligini shunday ta’riflaydi: “Konsept bu ongimizda mavjud tashqi yoki ichki dunyodagi biror narsa yoki hodisa haqidagi bilimlar majmuasi, u haqidagi obrazlar va unga bo‘lgan ijobiy, salbiy yoki neytral munosabatdir”. “Tushuncha” aks ettirgan predmet yoki hodisaning yangi belgi-xususiyatlari ochilishi bilan yoki o‘sha predmet-hodisaga nisbatan munosabat (baholash) yoki obraz hosil bo‘lishi bilan “konsept” paydo bo‘ladi. Bunda, konsept o‘sha tushuncha asosida paydo boladi va uni o‘z ichiga oladi”. Yuqoridagi fikrlardan konseptning hosil bo‘lishida obraz katta o‘rin egallashini anglash qiyin emas albatta. A.E. Mamatov ham obraz haqida o‘z fikrlarini quyidagicha ta’kidlab o‘tgan: bunda tasvirlanayotgan voqea-hodisalar obrazlar orqali izohlanadi. Obraz esa “tashqi olamning predmetlari va hodisalarining ong yordamida qayta ifodalanishi” (Mamatov, 2019).

Obrazning konsept tushunchasi bilan aloqadorligi hamda uning tarkibiy qismi ekanligiga doir ilmiy nazariyalar birinchi navbatda kognitiv tilshunoslik fanida bajarilgan ilmiy ishlarda muhokama qilingan. Obraz entsiklopedik va interpretatsion maydonlar bilan bir qatorda konseptning struktur megakompenenti hisoblanadi. Konsept faqatgina hissiy obrazlardan iborat bo‘lishi mumkin, biroq u shuningdek, refleksiv kognitiv belgilarni ham o‘z ichiga oladi, bu holatda konsept hissiy-ratsional mazmunga ega bo‘ladi. Obrazni o‘rganish konseptni tadqiq qilish metodlari yordamida amalga oshiriladi. Obrazning so‘z semantikasi bilan aloqadorligi ham ta’kidlanadi. Nutq jarayonida obraz konseptni nominatsiyasida ishlatiladigan so‘z semantikasining hissiy komponenti sifatida, ya’ni ratsional, umumlashtirilgan tasavvur kabi namoyon bo‘ladi. Tabiiyki, obrazni o‘rganish konseptning nominativ maydonidagi birliklarning semantik tahlilini amalga oshirishni talab qiladi. Obraz so‘zlarning obrazli komponentlaridan hosil bo‘ladi, ular obrazni izohlash, tasvirlash, obraz-prototiplarni, adabiy manbalarni yaratishda qo‘llaniladi. Ma’noning obrazli komponenti nutqda aktuallashtirilishi mumkin. Obrazni ma’no hamda konseptda o‘rganishning asosiy metodlari quyidagilar: izohli lug‘atlardagi ma’nolarni o‘rganish, so‘zning ichki shaklini tahlil qilish, so‘zlarning o‘zaro mos kelishi, uyg‘unligini aniqlash, so‘zning metaforik ma’nolarini hamda qo‘llanilishini tadqiq etish.

Shuningdek, obraz psixolingvistikada ham o‘rganiladi. Hissiy obraz konseptning komponenti, universal predmet kod birligi, tafakkur, ongning instrumenti, borliqni noverbal mental reprezentatsiya qilish shakli sifatida qabul qilinadi.

  1. Til (lisoniy) obrazi yoki obraz-konsept tilda bilimni aks ettiradigan va olamning lisoniy manzarasini tasvirlashda qo‘llaniladigan unsur sifatida

Til (lisoniy) obrazi tushunchasi ma’noviy universallarning lisoniy ifodasini o‘rganadigan hamda umumlashgan holda olamning lisoniy manzarasini ifoda etadigan antroposentrik semantika asosida amalga oshiriladi. Til (lisoniy) obrazi “til belgisini qabul qilish jarayonida inson tasavvurida hosil bo‘ladigan obraz” sifatida emas, balki “tilda bilimlarni aks etuvchi hamda insonning borliq haqidagi tasavvurlari” kabi talqin qilinadi. Antroposentrik semantika tilda borliqdan olingan alohida bir fragmentning (inson, tabiat, sevgi va hokazoning lisoniy obrazi) aks etishini yoki olamning lisoniy manzarasida biror narsaning obrazini (misol uchun insonni yoki tabiatni) tahlil qiladi. Antroposentrik semantika ma’noviy universallar hisoblanadigan konseptlardan til (lisoniy) obrazlarga qarab harakatlanadi, shu sababdan ham u uchun eng muhim termin bu til (lisoniy) obraz-konsept hisoblanadi. Mana shu yo‘nalishda insonning lisoniy obrazini yaratish, modelini shakllantirish maqsadida qator tadqiqotlar bajarib kelinmoqda.

  1. Obraz lingvokulturologik tipaj sifatida

Lingvokulturologiyada obraz tushunchasi “tanish uydirma yoki milliy-madaniy ahamiyaga ega, leksik hamda diskursiv qatlamlarda amalga oshiriladigan stereotiplashtirilgan xarakterli xususiyatlarga ega real tipli personaj” sifatida talqin qilinadi. Kognitiv tilshunoslik hamda lingvokulturologiya kabi tilshunoslikga oid yangi fanlarning kesishmasida lingvokulturologik obrazlar masalasida ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Hozirga qadar bir nechta lingvokulturologik obraz hamda tipajlar tilshunoslik sohasida yaratilgan, misol uchun o‘qituvchi, immigrant, tabib, tadbirkor va boshqalar. Shu o‘rinda lingvokulturologik obraz sifatida nafaqat shaxslar, balki obyektlar, buyumlar, tarixiy obidalar, joylar va umuman olganda insonlarni o‘rab turgan olam, borliqdagi har qanday jism ham obraz kabi talqin etilishi mumkin. Zero, nafaqat individlar, balki, jism, obyekt, joy va hokazolar ham u yoki bu xalq milliyligini, madaniyatini, sa’natini va umuman tarixiy moddiy-madaniy merosini tashkil etishi mumkin albatta, shubhasiz, har bir xalq, jamiyat, millat uchun qadrli bo‘lgan, ular uchun ahamiyatli bo‘lgan, moddiy boyliklardan ustun bo‘lgan narsalar yoki artifaktlar borki, ular nafaqat shu millat tarixi yoki madaniyati haqida so‘zlaydi, balki butun insoniyat tamadduniga, hamjamiyatiga tegishli o‘ta kerakli ma’naviyat hamda madaniyat ustunlari haqida turli kerakli ma’lumotlar beradi va ularni tarannum etadi. Bunday buyumlar faqat ma’lum bir madaniyatgagina tegishli bo‘lib, boshqa madaniyatlar, jamiyatlar bu milliy-madaniy unsurni tushunmasliklari mumkin, ularning onglarida qandaydir bir mavhum obrazlar paydo bo‘lishi mumkin, lekin bolalikdan shu guruh, shu xalq va jamiyatda ulg‘ayganlar uchun o‘sha lingvokulturologik buyum yoki obraz osongina tushunarli bo‘lishi mumkin. Bunday milliy-madaniy obrazlar xalq sivilizatsiyasi, madaniyati, tarixiy rivojlanishida katta rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Shu o‘rinda, bir madaniyatdagi obraz boshqasida mutlaqo o‘zgacha mazmunlarni, ma’nolarni berishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilishimiz darkor. Zero, shved madaniyati uchun oddiy ko‘ringan “non” obrazi o‘zbek madaniyati uchun nihoyatda ko‘p va keng qamrovli, ma’noli ekanligiga shubha yo‘q, yoki yapon madaniyati uchun “choy” obrazi ming yillardan buyun saqlanib kelinayotgan tarix hamda madaniyat jarayonlarini gavdalantirsa, island madaniyati uchun bu obraz shunchaki “isinish”, “dam olish”, “chanqoqni bosish” vositasi sifatida talqin qilinishi mumkin. Yana bir qo‘shimcha shundan iboratki, lingvokulturologiyada mavjud bo‘lgan konseptlar aynan obrazlar majmuasi yordamida yaratiladi.

  1. Obraz til materialini hamda matn tahlili birligini qabul qiladigan “obrazli aks ettirish” belgisi sifatida

Obrazni yuqoridagi ko‘rinishda talqin etish bir nechta stilistikaga oid ilmiy ishlarda amalga oshirilgan. Bunda obraz “biror bir olam haqiqatiga oid faktga aloqador ko‘rinishli tasavvurni, voqea-hodisalar hamda predmetlarni mujmal ifodasi maqsadli tarzda ularning shunday belgilari tanlab olinadiki, ular orqali ushbu tushunchani aniq majoziy shaklda taqdim etish mumkin” bo‘ladi. Ya’ni, bu jarayonda obraz lisoniy vositalar yordamida matnda obyektivatsiyani qabul qiladi hamda badiiy matndagi ma’no hamda birlikni tahlil qilishda qo‘llaniladi. Shuningdek, qisqaroq qamrovda ham lisoniy ham nutqiy obrazlilikni birinchi navbatda ajralib turishlik, yorqinlik kabi xususiyatlar bilan xarakterlashadi, ya’ni obrazlilik nutqning qabul qilinish jarayonida ekspressivlikni kuchaytirishga bo‘lgan harakatidir, qabul qilish esa faqatgina tafakkur qilishni emas, balki hissiyotlarni ham uyg‘otadi. Obrazlilik bu poetik nutq xususiyati hisoblanib, ma’lumotni (his qilish, qabul qilish, ifoda etish) og‘zaki obrazlar yordamida nafaqat mantiqiy, balki hissiy tarzda qabul qilishga undaydi. Obrazlilik fikr bildirishning kommunikativ xususiyati bo‘lib, tinglovchi yoki kitobxonda yorqin, yaqqol ko‘zga tashlanadigan, tasvirlangan predmetlarni ifoda etishda qo‘llaniladigan baho beruvchi turli obrazlarni uyg‘otish qobiliyatiga ega. Lisoniy obrazlilik “bizni atrofimizda o‘rab turgan borliqdagi hodisa, predmetlarni anglashda mavhum mohiyatni hissiyotlar hamda tashqi ko‘rinish orqali ifoda etuvchi ma’lum bir til vositalaridan iborat unsurlar” sifatida talqin etiladi. So‘z va iboralarning ko‘chma ma’nolarda qo‘llanilishiga asoslangan obrazlilikni esa “tropeik” deb atashadi, ya’ni unda ikki tasvirning umumlashgan holati yoki ko‘rinishidir. Badiiy obraz turli poetik vositalar yordamida ifodalanadi: o‘xshatish, metafora, epitet, metonimiya, sinekdoxa, bo‘rttirish, parallelizm va boshqalar. Mazkur stilistik vositalar yoki troplar avtologiyadan farq qiluvchi metalogiyani ifoda etishadi. Notropeik obrazlilik esa “muallifning estetik vazifasiga” mos keladigan turli nutqiy vositalar yordamida ifodalanadi. Leksik birliklardan tashqari obrazlilikni shakllantiradigan nutqiy birliklarga shuningdek, ritm, ovoz va gapning sintaktik qurilishi ham kiritiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, obrazlilikni ko‘plab tilshunos olimlar keng qamrovli sanaladigan ekspressivlik kategoriyasiga kiruvchi “universal espressiv-stilistik kategoriya sifatida talqin qilishadi.

  1. Obraz informatsion model sifatida

Medialingvistika obrazni nafaqat “inson ongida mediadiskursning lisoniy vositalari ta’siri ostida hosil bo‘ladigan obyektning aks etishi natijasi” sifatida emas, balki “qandaydir haqiqat modeli” sifatida ham talqin etishi kerak, zero obraz o‘zini har biri alohida o‘rganiladigan kategorial sxemalarning “majmui” (to‘ri) sifatida namoyon etadi. Ommaviy axborot vositalari tomonidan yaratiladigan mazkur model “informatsion model” deb nomlanadi. Misol uchun, dunyodagi ko‘plab davlatlar, hududlar, shaharlar, qit’alar va hokazolar informatsion model sifatida tadqiq qilingan, bugungi kunda juda ham ko‘p aholi soniga ega bo‘lishiga qaramasdan ham iqtisodiy ham zamonaviy informatsion texnologiyalar, yengil va og‘ir ishlab chiqarish sanoat sohalarida tobora shiddat bilan rivojlanayotgan Xitoy mamlakati bir nechta OAV vositalarida, ilmiy tadqiqotlarda informatsion model sifatida ancha mukammal tarzda o‘rganilgan. Mazkur model doirasida obrazning bir qator fragmentlari (kategorial sxemalar) ajratib ko‘rsatiladi: “Xitoyning iqtisodiy o‘sishi”, “Xitoy ideologiyasi”, “Xitoyda tadbirkorlikning rivojlanishi” va hokazolar. Mazkur fragmentlar yordamida ushbu mamlakat haqidagi umumiy bir obraz shakllanadi. Obrazning informatsion model sifatida ishlatilishi hozirda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda u yoki bu davlatlar haqida ma’lum mediafikrlar hosil qilish, ularning turli sohalardagi faoliyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatini taqdim qiladi.

  1. Obraz imij sifatida (imij so‘zini izohlash uchun qo‘llaniladigan tushuncha)

Lisoniy yoki nutqiy obraz tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlaridan biri hisoblangan lingvoimagologiyaning tadqiqot obyekti sanaladi.

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy tilshunoslikning barcha sohalarida eng ko‘p tilga olinadigan bilim modellaridan biri sifatida belgilangan “obraz” tushunchasi keng funksional vazifalarga ega. Obrazlar insonlar ongida bolalikdan shakllanib boradigan model, u dinamik xarakterga ega bo‘lib, ma’lum lisoniy va nolisoniy ta’sir vositalari orqali o‘zgarishi ham mumkin. Obraz predmet, obyekt, individ, hudud, davr, mamlakat va hokazolarga nisbatan tafakkur vositalari tahlil qilishi natijasida paydo bo‘ladi. Obraz u yoki bu jamiyatning olamning lisoniy manzarasidagi turli obyektlarga nisbatan berilgan hukm, fikr sifatida nihoyatda qadrlidir.

References

Илюхина, Н. А. (2010). Метафорический образ в семасиологической интерпретации (Монография). Флинта; Наука.

Стернин, И. А., & Розенфельд, М. Я. (2008). Слово и образ (Монография; И. А. Стернин, ред.). Истоки.

Юрина, Е. А. (2004). Комплексное исследование образной лексики русского языка. Вестник Томского государственного университета. Бюллетень оперативной научной информации, (38), 3–215.

Mamatov, A. E. (2019). Zamonaviy lingvistika: o‘quv qo‘llanma. Noshir.

Safarov, Sh. S. (2006). Kognitiv tilshunoslik. Sangzor.

Published

Downloads

Author Biography

Mirzo Maxmudovich Tursunov,
Bukhara State University

 Dotsent

How to Cite

Tursunov, M. M. (2026). Analysis of the interpretation and functions of the notion “image” based on various fields of modern linguistics. The Lingua Spectrum, 12(1), 5–11. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1398

Similar Articles

<< < 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.