“Dictogloss” texnikasi orqali o‘rta darajadgi talabalarda lug‘at boyligini oshirish

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
“Dictogloss” texnikasi orqali o‘rta darajadgi talabalarda lug‘at boyligini oshirish

Аннотация

Hozirgi kun zamonaviy o‘qitish jarayonlarida qo‘llaniladigan texnikalardan biri bo‘lgan “Dictogloss” texnikasiga tarif va tasnif, yo‘nalishga oid umumiy tushunchalar, qo‘llanilish usullari va natijalari xaqida so‘z yuritadigan ushbu maqola, ayni usulning bugungi kundagi qo‘llanilishini yoritadi. Tillarni o‘qitishda turli texnikalar mavjud bo‘lib, xar biri o‘zining ayni natija beradigan yo‘nalishlari mavjud. Dictogloss metodi xam ulardan biri xisoblanib tillarning baarcha aspektlarida birdek foydali va natijali xisoblanadi.

Ключевые слова:

dictogloss usul texnika aspect making notes formative baholash

Dictogloss – bu til o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan interaktiv va hamkorlikka asoslangan usul bo‘lib, ushbu texnika o‘quvchilarga eshitish, yozish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek dars jarayonida talabalarning faolligini oshiradigan usullardan biri xisoblanadi. Bu texnikaning asosiy xususiyatlari tilning turli aspektlarida turlicha talqinda namoyon bo‘ladi[1]. Tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi sifatida quyidagicha tasniflash mumkin; O‘qituvchi qisqa matnni ovoz chiqarib o‘qiydi, o‘quvchilar diqqat bilan tinglaydilar va muhim fikrlarni eslatmalarga  (making notes) yozadilar. Tinglov tugagach, o‘quvchilar juftliklar yoki kichik guruhlarda o‘z eslatmalaridan foydalanib, matnni qayta tiklaydilar. Har bir guruh o‘z versiyasini yozadi, grammatikani va leksikani e’tiborga olib, matnni mantiqiy va izchil ravishda qayta ifodalaydi. O‘qituvchi guruhlar o‘z matnlarini taqdim etganda muhokama o‘tkazadi va asl matn bilan taqqoslaydi. Bundan tashqari, o‘quvchilar og‘zaki nutqni tushunish qobiliyatini oshiradilar va qabul qilingan ma’lumotlarni qaytadan (retell) qilish jarayonida og‘zki nutqlarini xam rivojlantiradilar. Qo‘shimcha tarzda, talabalarda guruhda ishlash qobiliyatini xam rivojlantirishga yordam beradi, guruh ishida fikr almashish va muloqot qilish imkoniyatini yaratadi. Dictogloss texnikasi o‘quvchilarga til ko‘nikmalarini rivojlantirishda, shuningdek, ijtimoiy va madaniy bilimlarni oshirishda samarali usuldir. Ushbu metodni o‘z darslarida qo‘llagan o‘qituvchilar o‘quvchilarni faol ishtirok etishga va o‘zaro hamkorlikka undashlari mumkin[2].

Mazkur texnikani qo‘llashda ko‘pincha ba’zi qiyinchiliklar yuzaga kelgan, misol qilib oladigan bo‘lsak, turli darajadagi o‘quvchili guruhlarda ishlash jarayonida til bilish darajalari xal xil bo‘lgan talabalar uchun ayni bir darajadagi material tanlash bu guruxdagi baland darajada bilmga ega talabalar va boshlang‘ich datajadagi talabalarga umumiy bitta material mos kelmasligi va natijada mavzuni tushunmaslik yoki oddiy darajadagi darsdan zerikish kabi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari ushbu jarayon an’anaviy usullarga nisbatan ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin. Ba’zi o‘quvchilar eslab qolish yoki o‘z fikrlarini ifodalashda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Hozirgi kunda dictogloss texnikasini amalga oshirishda raqamli ta’lim resurslari va platformalaridan keng foydalanilmoqda. O‘qituvchilar onlayn matnlarni tanlab, video yoki audio materiallar orqali tinglash jarayonini osonlashtirishi mumkin. Bu o‘quvchilarga uydan chiqmasdan ham ta’lim olish imkoniyatini beradi. Ko‘plab o‘qituvchilar dictoglossni interaktiv darslar bilan birlashtirishmoqda. Masalan, o‘quvchilar matnni qayta tiklayotganda raqamli vositalar (Google Docs, Padlet) orqali birgalikda ishlashlari mumkin. Bu esa hamkorlikni kuchaytiradi va ijodiy fikrlashni rag‘batlantiradi. Dictogloss texnikasi ikki tilni o‘rganish jarayonida ham samarali ishlatilmoqda. O‘qituvchilar bir matnni ikki tilda tinglab, o‘quvchilarga ikki tilni bir vaqtning o‘zida o‘rganishga yordam berishmoqda. Bu yondashuv, o‘z navbatida, madaniy farqlarni anglashni kuchaytiradi.O‘qituvchilar dictoglossni turli darajadagi o‘quvchilar uchun moslashtirishda yangi strategiyalarni ishlab chiqishmoqda. Masalan, ba’zi guruhlar uchun matnlarni oddiylashtirish yoki ko‘proq vizual materiallar (rasmlar, diagrammalar) qo‘shish orqali murakkablik darajasini kamaytirish.

Dictogloss jarayonida o‘quvchilarning yutuqlarini baholash uchun formativ baholash usullari keng qo‘llanilmoqda. O‘qituvchilar o‘quvchilarning yozma va og‘zaki muloqotini tahlil qilib, individual va guruh darajasida qayta aloqa berishmoqda. Quyida Dictogloss texnikasidan foydalanish uchun bir qancha misolar keltiramiz[3]:

O‘qish va Tinglash; matn: O‘quvchilar bir qisqa hikoyani tinglaydilar, masalan, "Qizil Shapka". O‘qituvchi matnni o‘rtacha tezlikda o‘qiydi.

Jarayon:

  • O‘quvchilar hikoyani tinglashadi va muhim fikrlarni eslatmalarga yozadilar.
  • So‘ng, juftliklarda o‘z eslatmalaridan foydalanib hikoyani qayta tiklaydilar.

Madaniyatlararo Muloqot; matn: O‘qituvchi turli madaniyatlar haqida qisqa matn o‘qiydi, masalan, "Bayramlar va An’analar".

Jarayon:

  • O‘quvchilar eshitganlarini eslatmalarga yozadilar.
  • Guruhlarda, har bir guruh o‘z madaniyatlariga oid bayramlarni kiritgan holda matnni qayta tiklaydi.

 Ijtimoiy Mavzu; matn: O‘qituvchi ijtimoiy muammolar, masalan, "Atrof-muhitni muhofaza qilish" haqidagi matnni tinglatadi.

Jarayon:

  • O‘quvchilar eslatmalar yozadilar.
  • Guruhlar birgalikda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha o‘z fikrlarini va yechimlarini taqdim etadigan matnni tiklaydilar.

O‘qitish Strategiyalari; matn: O‘qituvchi o‘qitish usullari haqida qisqa matn o‘qiydi.

Jarayon:

  • O‘quvchilar metodlarni va ularning foydalarini eslatmalarga yozadilar.
  • Guruhda, har bir guruh o‘z usulini tanlab, o‘qitishning qanday foyda keltirishini bayon qiladi.

 

[1] Brown, H.  D.  (2007). Teaching by Principles:  An Interactive Approach to Language Pedagogy. (2 ed.). New York: Longman

[2] Kowal, M. & Swain, M. (1997). From semantic to syntactic processing: How can we promote it in the immersion classroom? In R. Johnson & M. Swain (Eds.) Immersion Education: International Perspectives (pp. 284-309). New York: Cambridge University Press.

[3] Mitra, S. (2003). Improving English pronunciation: An automated instructional approach. Information Technologies and International Development Journal, 1(3), 39-46.

Библиографические ссылки

Brown, H. D. (2007). Teaching by Principles: An Interactive Approach to Language Pedagogy. (2 ed.). New York: Longman

Campbell, B., Farrow, M. & Riley, S. n/DLiT/2004/13DLT/Teach Metho

dologies.htm. (Diunduh 22 Oktober 2017)

Kowal, M. & Swain, M. (1997). From semantic to syntactic processing: How can we promote it in the immersion classroom? In R. Johnson & M. Swain (Eds.) Immersion Education: International Perspectives (pp. 284-309). New York: Cambridge University Press.

Mitra, S. (2003). Improving English pronunciation: An automated instructional approach. Information Technologies and International Development Journal, 1(3), 39-46.

O‘Malley, J. M., & Chamot, A. U. (1990). Learning Strategies in Second Language Acquisition. Cambridge: Cambridge University Press. (2004). “Development learning &

teaching”http://ehlt.flinders.edu.au/educati

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Дурдона Турдалиева ,
Узбекский государственный университет мировых языков

 Ingliz tili funksional leksika kafedrasi o‘qituvchisi

Как цитировать

Турдалиева , Д. (2024). “Dictogloss” texnikasi orqali o‘rta darajadgi talabalarda lug‘at boyligini oshirish. Лингвоспектр, 2(2), 138–139. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/231

Похожие статьи

<< < 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.