Языковая особенность атов единиц и фразеологизмов в устном творчестве народа

Авторы

  • Каршинский государственный университет
Языковая особенность атов единиц и фразеологизмов в устном творчестве народа

Аннотация

Фразеологический фонд языка считается ценным источником информации о культуре и менталитете народа. К фразеологизмам относятся мифы, предания, легенды, обычаи, традиции, духовность, мораль и т.п. определенного народа. его воображение воплотится. Тот факт, что язык является социальным явлением, как наиболее удобное и активное средство общения, должен также служить регулированию и развитию существующих отношений между членами общества. Ценность и важность изучения языка возрастает лишь тогда, когда оно осуществляется непосредственно в связи с живой жизнью. С этой же точки зрения фольклор существовал раньше письменной литературы и сохранился до наших дней. Как один из примеров фольклора, пословица имеет свое место и значение. В пословицах воплощены жизненный опыт, отношение к обществу, истории, душевное состояние, этико-эстетические чувства, положительные качества предков. На протяжении веков оно усовершенствовалось в народе и превратилось в краткую и простую поэтическую форму. Как образец фольклора, пословицы чрезвычайно богаты по тематике.

Ключевые слова:

пословица образование идея время система человек

Kirish. Bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan soʻz bilan ifodalanib, predmet yoki voqea-hodisalarning hozirgi zamonda yoki zamondan tashqarida mavjudligini tasdiqlovchi bir bosh boʻlakli gap nominativ, yoki atov gap deyiladi. Nominativ gaplarda fikrning nisbiy tugalligi, predikativlik intonatsiya orqali ifodalanadi. Intonatsiya mazkur gaplarda alohida ahamiyat kasb etadi. Intonatsiya tufayli oddiy soʻz gapga aylanadi. Nominativ gap, odatda, yakka holda qoʻllanmaydi, undan soʻng koʻpincha boshqa bir gap keladi.

Nominativ gaplarda nutq soʻzlanib turgan paytda mavjud boʻlgan predmet yoki voqea-hodisalar nomlanadi, qayd etiladi. Bunday gaplar quyidagi semantik xususiyatga ega:

  1. Aniq predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi: Bir chetdagi stol ustida katta-kichik limonlarning suratlari. Boshqa stolda mikroskop.Mayda shishachalarda limon suvlari, yaproq tolqonlari, limon poyalari.
  2. Mavhum predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi: Avazlarning hovlisida boshqa oʻylar, boshqa tashvishlar.
  3. Oʻrin-joyning mavjudligini tasdiqlaydi: Choʻl! ... Choʻlning ham oʻz gashti bor, zavqi bor! Tanish koʻcha. Yoʻl yoqasida oʻsha novcha daraxtlar!
  4. Aniq paytini tasdiqlaydi: Mayning oxirlari. Vodiylarda barvaqt xazon boʻlgan lolaqizgʻaldoqlar Turkiston tizma togʻining etaklarida endi ochilgan.

Xazonrezlik payti. Xirot bogʻlariga suv beradigan Hiriyrud daryosi va Injil anhorining qirgʻoqlariga za’faron yaproqlar toʻkilgan.

  1. Hayot voqealarini tasdiqlaydi: Yoqimli ohang, zavqli qoʻshiqlar. Anorxon yoʻlidan toʻxtab tinglaydi.
  2. Koʻrsatishni ifoda qiladi: Manna, yosh-yosh chinorlar! Barglari toʻkilmabdi. Shoxlarini qor bosgan. Ana, archalar. Ana, akasi bilan yangasi turadigan imorat. Bu imorat Zeboga yaqin, aziz koʻrinib ketdi.

Nominativ gap yigʻiq va yoyiq boʻlishi mumkin. Yigʻiq nominativ gap bosh boʻlakning oʻzidan iborat boʻlsa, yoyiq nominativ gap bosh boʻlakdan tashqari ikkinchi darajali boʻlaklardan tashkil topadi. Masalan: Kechqurun. Quyosh ufqni qip-qizil qondek lovillatib botib bormoqda. Iliq tun. Qumlarning shitirlashi suv yuzida engilgina suzgan qayiq sasiyday mayin sadoni eslatadi.

Aynan frazeologizmlar til egasining dunyoni, hodisalarni oʻziga xos koʻrishini namoyon etadi. Har bir tilning frazeologizmlarida xalq hayotiga mansub ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar, axloqiy va ma’naviy-madaniy meyorlar, diniy tasavvurlar, milliy an’ana va urf-odatlar, madaniy stereotiplar va arxetiplar oʻz aksini topgan boʻlib, ular avloddan-avlodga uzatiladi. F. I. Buslayevga koʻra, frazeologizmlar oʻziga xos kichik dunyo boʻlib, ular ajdodlar tomonidan avlodlarga meros qilib qoldirilgan axloqiy qoidalar va haqqoniy fikrlarni oʻz ichiga olgan qisqa, hikmatli ifodalardir. Ular millatning oʻziga xos ruhini betakror obrazlar vositasida ifodalaydigan har qanday milliy tilning jonidir (Buslaev, 1954).

Frazeologizmlarning aksariyatida aniqlanishi lozim boʻlgan milliy madaniyatning “izi” mavjud.

Frazeologik birliklarning ichki shaklida obektiv olamning u yoki bu hodisalarini obrazli tasavvuri boʻlgan madaniy informasiya saqlanadi va u frazeologizmga madaniy-milliy boyoq beradi). V.A. Maslova frazeologizmlar tahlil qilib, ular haqida quyidagi gipotezani ilgari suradi:

Madaniy-milliy oʻziga xoslikni aniqlashda madaniy-milliy konnotasiyani ochish juda muhimdir (Maslova, 2001). Ma’lumki, xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbayi boʻlgan tilning frazeologik fondini boyitishda yozuvchilarning oʻrni beqiyosdir. Oʻzbek milliy frazeologizmlarining boyishi va rivojlanishiga yeng katta hissa qoʻshgan yozuvchilardan biri A. Qahhordir. Yozuvchining xalq iboralaridan foydalanish mahorati, uning frazeologik novatorligi qator ilmiy tadqiqotlarda oʻrganilgan. Chunki, A. Qahhor qoʻllagan frazeologizmlarning aksariyatida madaniy-milliy konnotasiya kuchli, ularda milliy madaniyatning ruhi, “izi” mavjud.

“Xalqning soʻz donoligini mukammal yegallagan yozuvchi oʻz hikoyalarida iboralardan muntazam va ifoda maqsadiga favqulodda muvofiq tarzda foydalanadi. Oʻzi ham yangi iboralar yaratadi, ammo bu yangi iboralar xalqning oʻzida mavjud boʻlgan iboralarning modeliga asoslangan boʻladi. Shuning uchun yozuvchining yangi iborasini oʻqiganda, xalqning oʻzidagi tegishli ibora ham yesga tushadi. Aytish mumkinki, yozuvchchi bitta iborani qoʻllaydi, lekin yozuvchi maqsadi uchun bir paytning oʻzida ikkita ibora “ishlaydi”. Mana bir dalil: “Yeshakni yashirsangiz, hangrab sharmanda qiladi (“Ikki yorti bir butun” hikoyasi). Ayni ibora Qahhorniki, bu iborani oʻqish bilan “Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi” degan xalq iborasi yesga tushadi, ya’ni tekstda implisit ravishda bu ibora ham ishtirok yetadi, uni birinchi ibora ovozsiz “chaqiradi”. Bu– qahhorona mahorat” (Mirtojiyev, 1992).

  1. Qahhorning xalq iboralari modeli asosida yaratgan va bizga meros qilib qoldirgan ayrim iboralari bugungi kunda haqiqiy xalq iborasiga aylangan. Oʻzbek tilida “tekinxoʻr” ma’nosini ifodalagan tekin tomoq iborasi mavjud. “A.Qahhor mana shu iboraning strukturasi va tayanch komponenti tekin soʻzi asosida yangi, original ibora yaratadi: tekin quloq. Bu ibora tamomila yangi tushunchani, ya’ni qarshiliksiz quloq soladigan, toqat bilan tinglaydigan odam” tushunchasini ifodalaydi: Odamlarki bor, halol mehnat bilan oʻzini koʻrsatgani yerinadi-yu, olamda borligini ma’lum qilib turish uchun koʻproq gapirishga harakat qiladi; majlis-pajlisda soʻz tegib qolsa, foydali biron fikr aytish uchun yemas, gapirish, faqat gapirish uchun gapiradi. Jamiyatda oʻzi koʻrinmay, faqat tovushi chiqadigan bu xildagi odamlar, tekin quloq topilsa, bitta yeski toʻppi toʻgʻrisida sakkiz soat suv ichmasdan gapiradi (Tanlangan asarlar, I- t., 1957; 279).

Xalq ogʻzaki ijodiyoti, dostonlar, turli-tu­man afsona va rivoyatlar frazeologizmlarni shakllantiradi, ularga sayqal beradi, ularni xalq mulkiga aylantiradi. Binobarin, “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli”, “Rustamxon”, “Kuntugʻmish” kabi ulkan dostonlarda oʻzbek xalqining koʻhna va hamisha navqiron tili oʻzining butun imkoniyatlari va goʻzalligi bilan “jilvalangan”.

“Alpomish” dostonidagi betakror, gʻoyatda nozik iboralarni koʻrib lol qolasiz. Ana shunday iboralardan biri “gap yetaklamoq”dir. “Yurishimiz qirqin qizlar bilmasin, U qurgʻurlar gap yetaklab yurmasin, Yel ichida malomat soʻz boʻlmasin”. Mazkur iboraning hozirgi tilimizdagi muqobili boʻlmish “gap(ni) koʻtarib yurmoq” iborasida gapning bevosita harakati yoʻq, u goyo oddiy bir narsa, uni faqat koʻtarib yuradilar, xolos. “Gapni yetaklab yurmoq” iborasi shuning uchun oʻtkir va oʻzgʻirki, unda gapning oʻzi bevosita yuradi, faol harakatga qodir, faqat uni chirkin maqsadlarga xizmat qildirish uchun qayoqqa xohlashsa, oʻsha yoqqa yetaklab yuradilar, bechora gap yetovdagi molday iznini noʻxtachiga tamoman tutqazib ketaveradi, noʻxtachining muddaosi yesa gapning ma’noyu mantiq muvozanatini butunlay boshqa burchakka burib yuborishdan iborat. “Gap” va “yetaklamoq” soʻzlaridan tarkib topgan bu ibora ana shunday ma’no nozikliklari, zakiy ishoralar bilan toʻyinib betakror bir ifoda sifatida she’rga, badiiy mazmunga koʻrk bergan”.

Xullas, frazeologizmlar dunyo, obektiv borliq va jamiyat haqida madaniy informasiya tashuvchi lingvomadaniy birlik hisoblanadi. Shuning uchun ham frazeologik birliklar oʻzida xalq mentaliteti va madaniyatini saqlovchi “hikmatlar xazinasi” boʻlib, ular avloddan avlodga meros qilib qoldiriladi. Oʻzbek tilining frazeologik boyligi haligacha toʻliq toʻplanmagan. Frazeologizmlar lingvomadaniy jihatdan oʻrganilmagan. Shuning uchun frazeologik birliklarni yigʻish, tasniflash, lingvomadaniy nuqtayi nazardan tadqiq yetish, ularni oʻzga madaniyat iboralari bilan qiyosiy oʻrganish bugungi oʻzbek tilshunosligining kechiktirib boʻlmaydigan dolzarb masalalaridan biridir.

Ingliz tilida xalqaro sohada koʻplab lingvistik vositalardan, xususan, soʻz yasalishidan foydalaniladi. Binobarin, ingliz tilida terminlar yasash maqsadida (prefiksatsiya, sufiksatsiya) bir nechta soʻz yoki soʻz birikmalaridan foydalanishi mumkun. Quyida ingliz tilida terminlarning yasalish tamoillari va uslublarini keltiramiz: Prefiksatsiya yordamida terminlar, asosan, ingliz tilida old soʻz qoʻshimchalari (pre, inter, im, re, de, com, con, dis, ex) orqali yasaladi va biror bir ish-harakatning oldindan bajarilganlidini yoki bajarilishi kerakligini bildirishi mumkun.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi (2004). 12 jildlik, 6-jild. – Toshkent: (O‘zME), 161.

Buslayev F.I. (1954). Russkiye poslovitsy i pogovorki, sobrannyye i ob"yasnennyye. Moskva, 37.

Fjodorov. A. I. (2008). Frazeologicheskij slovar' russkogo literaturnogo jazyka. Astrel', AST. Moskva.

Maslova V.A. (2001). Lingvokul'turologija. Akademija. Moskva, 43.

Mirtojiyev M., Mahmudov N. (1992). Til va madaniyat. “O‘zbekiston”. Toshkent, 90.

(Tanlangan asarlar, I t., 1957, 279-bet).

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Уткир Нормуминов ,
Каршинский государственный университет

Преподаватель

Как цитировать

Нормуминов , У. (2025). Языковая особенность атов единиц и фразеологизмов в устном творчестве народа. Лингвоспектр, 1(1), 112–115. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/323

Похожие статьи

<< < 16 17 18 19 20 21 22 23 24 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.