Лингвистические особенности и дискурсивные стратегии дипломатических текстов

Авторы

  • Ферганский государственный университет
Лингвистические особенности и дискурсивные стратегии дипломатических текстов

Аннотация

В данной статье рассматриваются лингвистические особенности и дискурсивные стратегии дипломатических текстов с использованием методов критического дискурс-анализа (CDA) и корпусной лингвистики. Дипломатический дискурс характеризуется формальностью, нейтральностью и ориентацией на смягчение конфликтов, что проявляется в широком использовании модальных глаголов, пассивного залога, неопределённых выражений и стратегий вежливости. Результаты исследования показывают, что эти языковые особенности играют ключевую роль в убеждении, достижении консенсуса и выражении политических интересов в международных переговорах. Анализ, основанный на официальных документах ООН и Европейского Союза, выявляет, каким образом лингвистические элементы способствуют прагматическим и дискурсивным функциям дипломатических текстов. Определяя характерные черты дипломатического дискурса, данное исследование формирует прочную основу для дальнейших научных исследований стратегического использования языка в международных отношениях.

Ключевые слова:

дискурс дипломатический дискурс дискурс-анализ дипломатический текст политическая риторика.

Kirish. Diskurs tahlili – bu til va kommunikatsiyani o‘rganish orqali jamiyatdagi ijtimoiy, madaniy va hokimiyat tuzilmalarini ochib beruvchi metodologik yondashuvdir. Ushbu yondashuv tilni faqat aloqa vositasi sifatida emas, balki ijtimoiy tashkil qilingan hodisa sifatida ko‘rib chiqadi, ya’ni til ham mavjud haqiqatni aks ettiradi, ham uni shakllantiradi. Shu bilan birga, diskurs tahlili kontekst va hokimiyat munosabatlarining ahamiyatini ta’kidlaydi.

Diskurs – muayyan ijtimoiy yoki madaniy kontekstga mos keluvchi, o‘ziga xos qoidalar, normalar va umumiy tushunchalar asosida shakllangan muloqot shaklidir (Jorgensen & Phillips, 2002). U faqat lingvistik elementlardan iborat bo‘lib qolmay, balki mazmun yaratish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadigan kengroq ijtimoiy-madaniy va tarixiy kontekstlarni ham o‘z ichiga oladi. Diskurs axborotni yetkazish, g‘oyalarni ifodalash, shaxsiy va ijtimoiy identifikatsiyani shakllantirish hamda hokimiyat munosabatlarini belgilashda muhim rol o‘ynaydi.

Etimologik jihatdan "diskurs" (discourse) atamasi lotincha discursus” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, "suhbat" yoki "nutq" degan ma’nolarni anglatadi (Fairclough, 2020; Fraser, 2021; Wennerstrom, 2016). Biroq, zamonaviy lingvistika va akademik kontekstda bu tushuncha yanada kengayib, tilning barcha shakllarini, ya’ni aniq bir kontekstda ma’no yaratishga xizmat qiladigan barcha til elementlarini qamrab oladigan bo‘ldi. Diskurs faqat shaxsiy suhbat yoki og‘zaki muloqot bilan cheklanmay, balki yozma matnlar, institutlarning rasmiy bayonotlari va jamiyatdagi umumiy kommunikatsiya usullarini ham o‘z ichiga oladi.

Diskurs turli omillar ta’sirida shakllanadi, jumladan, ijtimoiy normalar, madaniy qadriyatlar, tarixiy jarayonlar, hokimiyat tuzilmalari va kommunikativ maqsadlar unga ta’sir qiladi. U rasmiy yoki norasmiy shaklda bo‘lishi mumkin, shuningdek, og‘zaki va yozma diskurs shaklida ham namoyon bo‘ladi. Diskurs shaxslar va jamiyatlarning atrof-muhitni qanday idrok etishlari va talqin qilishlariga katta ta’sir ko‘rsatadi (Wang, 2021). Masalan, siyosiy diskurs siyosat, mafkura va boshqaruv atrofida muayyan narrativlarni shakllantirsa, ilmiy diskurs esa akademik va tadqiqot jamoalarida bilim va tushunchalar uyg‘unligini ta’minlaydi (Widdowson, 2008; Wodak & Meyer, 2001).

Diplomatik matnlar xalqaro munosabatlarda muhim rol o‘ynab, davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni boshqarish, muzokaralar olib borish va ishontirish uchun ishlatiladi. Ushbu matnlar rasmiy uslub, strategik noaniqlik va madaniy moslashuvni o‘z ichiga olgan maxsus diskurs janri hisoblanadi. Diplomatik diskurs va yozishmalar siyosiy manfaatlarni ifodalash, mojarolarni oldini olish yoki hal qilish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Diplomatik tilning asosiy xususiyatlaridan biri uning neytrallik va xushmuomalalikka asoslanganligidir. Ushbu maqola diplomatik matnlarning lingvistik xususiyatlari va diskurs strategiyalarini tanqidiy diskurs tahlili (CDA) va korpus lingvistikasi usullari asosida o‘rganadi. Diplomatik diskursda tilning o‘ziga xos tarzda ishlatilishi kuzatiladi. Ushbu matnlarda quyidagi lingvistik xususiyatlar ajralib turadi.
Diplomatik matnlarda modal fe’llar (masalan, may, might, can, could, shall, should) keng qo‘llaniladi. Bu fe’llar aniq talab yoki buyruq shakllaridan qochish, neytrallikni saqlash va ehtimollikni ifodalash uchun ishlatiladi. Masalan, “This agreement may contribute to regional stability” kabi iboralar qat’iy da’volardan qochishga xizmat qiladi. Majhul nisbat rasmiy hujjatlarda subyektning aniqligini yashirish yoki muayyan harakatga nisbatan ma’suliyatni umumlashtirish uchun ishlatiladi. Masalan, "Necessary measures will be taken to resolve the issue." Bu uslub diplomatik tilning noaniqlikka moyilligini ko‘rsatadi. Diplomatik matnlarda aniqlikdan qochish, og‘ir iboralarni yumshatish va har qanday keskinlikni kamaytirish maqsadida mavhum iboralar keng qo‘llanadi. Masalan, "constructive dialogue," "mutual understanding," "shared commitment" kabi iboralar har qanday tomon tomonidan ijobiy talqin qilinishi mumkin. Xushmuomalalik diplomatik diskursning muhim qismi bo‘lib, u hamkorlik va kelishuv muhitini yaratishga xizmat qiladi. Masalan, "We appreciate the efforts made by our partners…" yoki "We acknowledge the concerns expressed by…" kabi iboralar yordamida tomonlar o‘z pozitsiyalarini muloyimlik bilan ifodalashga harakat qilishadi.

Diplomatik matnlarda qo‘llaniladigan diskurs strategiyalarini quyidagi asosiy yo‘nalishlarga ajratish mumkin. Diplomatik matnlar ishontirish strategiyasidan foydalanib, boshqa tomonlarni muayyan qarorga yo‘naltirishga harakat qiladi. Bunda asosiy vositalar – dalillar, ijobiy til va neytral tahlil uslubidir. Masalan,"The proposed resolution aligns with international principles and has been supported by multiple stakeholders." Muzokaralar jarayonida tilning neytralligini saqlash va tomonlarni kelishuv sari yo‘naltirish muhimdir. Masalan, "We believe that continued dialogue will lead to a mutually acceptable solution." bu kabi iboralar qarama-qarshilikni kamaytirishga qaratilgan. Diplomatik matnlar mojarolarni oldini olish yoki yumshatish uchun til vositalaridan foydalanadi. Keskin fikrlar yumshoqroq shaklda ifodalanadi, masalan: "We recognize the complexity of the situation and remain committed to peaceful negotiations." Diplomatik diskursda hokimiyat dinamikasi til orqali ifodalanadi. Kuchli davlatlarning diplomatik matnlarida yumshoq bosim o‘tkazish usullari kuzatiladi, masalan: "We encourage all parties to uphold their commitments under the agreement."

Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Diplomatik matnlarning lingvistik xususiyatlari va diskurs strategiyalarini tahlil qilishda bir qator muhim ilmiy tadqiqotlar asosiy manba sifatida foydalanildi. Ushbu bo‘limda diplomatik diskursni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etuvchi nazariy va metodologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Bhatia  o‘zining Analysing Genre: Language Use in Professional Settings asarida janr tahlilini ilgari surib, kasbiy va institutsional matnlarning lingvistik va kommunikativ jihatlariga e’tibor qaratadi. Muallifning ta’kidlashicha, har qanday janr, jumladan, diplomatik matnlar ham, muayyan kontekst va maqsadlarga xizmat qiladi hamda ularda o‘ziga xos diskursiv xususiyatlar shakllanadi. Unga ko‘ra, diplomatik matnlar neytral, rasmiy va ehtiyotkorlik bilan tuzilishi bilan ajralib turadi (Bhatia, 1993). Chilton Analysing Political Discourse: Theory and Practice asarida siyosiy diskursni lingvistik va kognitiv nuqtai nazardan tahlil qiladi. Uning fikriga ko‘ra, diplomatik diskurs strategik noaniqlik tamoyiliga asoslangan bo‘lib, muzokaralar jarayonida keskinlikni pasaytirish va taraflar o‘rtasida murosaga erishish uchun foydalaniladi. Muallif shuningdek, siyosiy va diplomatik matnlarda hokimiyat dinamikasi qanday aks etishini tahlil qiladi va "diplomatik diskurs ochiq siyosiy ritorikadan farqli ravishda, yumshoq bosim o‘tkazish va murosaga yo‘naltirish strategiyalarini qo‘llaydi" deb ta’kidlaydi (Chilton, 2004, p. 56). Fairclough Language and Power asarida diskursning ijtimoiy jihatlari va hokimiyat munosabatlarini shakllantirishdagi rolini tadqiq qiladi. Uning fikricha, til nafaqat aloqa vositasi, balki ijtimoiy hokimiyatni mustahkamlash yoki unga qarshi chiqish vositasi hamdir. U "til diskurs orqali ijtimoiy strukturalarni saqlash yoki o‘zgartirish qudratiga ega" deb ta’kidlaydi (Fairclough, 2001, p. 91). Diplomatik matnlar ushbu tamoyilga asoslanib, muayyan davlatlarning siyosiy pozitsiyalarini ifodalash va ularni xalqaro miqyosda maqbul shaklda ilgari surish uchun ishlatiladi. Wodak va Meyer tomonidan yozilgan Methods of Critical Discourse Analysis asari tanqidiy diskurs tahlilining metodologik asoslarini yoritadi. Mualliflar diskurs nafaqat lingvistik hodisa, balki ijtimoiy amaliyotning ajralmas qismi ekanligini ta’kidlaydilar. Ularning fikricha, diplomatik matnlar turli manfaatlarni ifodalash va muayyan mafkuraviy yo‘nalishlarni ilgari surish vositasi sifatida xizmat qiladi. Wodak va Meyer (2009) "diskurs hokimiyat va mafkura qanday ifodalanishini ochib beruvchi vosita sifatida tahlil qilinishi lozim" deb ta’kidlaydi (p. 5).

Yuqorida keltirilgan adabiyotlar diplomatik matnlarning lingvistik xususiyatlarini tahlil qilishda muhim ilmiy asos yaratadi. Bhatia (1993) diplomatik matnlarni janr tahlili nuqtayi nazaridan o‘rganib, ularning rasmiy va neytral diskursga asoslanganligini ko‘rsatadi. Chilton (2004) siyosiy diskurs va hokimiyat dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib berib, diplomatik matnlarda strategik noaniqlikdan foydalanish tamoyilini tahlil qiladi. Fairclough (2001) til va hokimiyat munosabatlarini diskurs doirasida o‘rganib, diplomatik matnlarning siyosiy maqsadlari bilan bog‘liq xususiyatlarini yoritadi. Wodak va Meyer (2009) esa tanqidiy diskurs tahlili metodologiyasi yordamida diplomatik diskursning ijtimoiy va mafkuraviy jihatlarini aniqlash imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Ushbu adabiyotlar asosida olib borilgan tadqiqotlar diplomatik matnlarning lingvistik va pragmatik xususiyatlarini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.

Natijalar va muhokama. Tahlil qilingan adabiyotlar diplomatik matnlarning lingvistik xususiyatlari va diskurs strategiyalarini o‘rganish uchun mustahkam ilmiy asos yaratadi. Ushbu tadqiqotlar janr tahlili, siyosiy diskurs tahlili, tanqidiy diskurs tahlili (CDA) va ijtimoiy-semiotik yondashuvlar orqali diplomatik tilning o‘ziga xosliklarini aniqlash imkonini beradi. Bhatia (1993) janr tahlili orqali diplomatik matnlarning o‘ziga xos pragmatik tuzilishini tahlil qiladi. Olimning fikriga diplomatik matnlar rasmiylik, neytrallik va murosaga undovchi xususiyatlarga ega, ushbu matnlar strategik noaniqlik orqali tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni yumshatishga qaratilgan, til konstruksiyalarida mavhum iboralardan keng foydalaniladi, masalan, "constructive dialogue", "mutual understanding", "shared commitment". Chilton (2004) diplomatik diskursni siyosiy muloqot doirasida tahlil qilib, uning hokimiyat va manipulyatsiya elementlarini ochib beradi. Chilton diplomatik matnlar strategik noaniqlik tamoyiliga asoslanib, aniq baholashlardan qochadi, muzokaralarda keskin pozitsiyalarni yumshatish uchun modal fe’llar (may, might, can, could) qo‘llaniladi, diskurs vositalari orqali yumshoq bosim o‘tkazish kuzatiladi, masalan: "We encourage all parties to uphold their commitments under the agreement." Fairclough (2001) diplomatik matnlarda tilning hokimiyatni shakllantirishdagi rolini tahlil qiladi. Diplomatik matnlarda majhul nisbat keng qo‘llanadi, bu esa subyektni yashirish yoki ma’suliyatni umumlashtirish imkonini beradi, masalan: "Necessary measures will be taken to resolve the issue." Xushmuomalalik diplomatik diskursning ajralmas qismi bo‘lib, tomonlarning pozitsiyasini yumshoq shaklda ifodalashga xizmat qiladi. Tanqidiy diskurs tahlili va mafkuraviy elementlar (Wodak & Meyer, 2009). Wodak va Meyer (2009) tanqidiy diskurs tahlili (CDA) metodologiyasi yordamida diplomatik matnlarning ijtimoiy va mafkuraviy jihatlarini o‘rganadi. Diplomatik diskurs ijtimoiy kontekst va xalqaro manfaatlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u turli tomonlarning manfaatlariga mos ravishda shakllantiriladi. Nutq aktlari tahlilida diplomatik matnlarning konstruktiv leksik birliklardan foydalanishi kuzatiladi, masalan: "We appreciate the efforts made by our partners…" yoki "We acknowledge the concerns expressed by…".

Tahlil qilingan adabiyotlar diplomatik matnlarning lingvistik va diskursiv xususiyatlarini tasdiqlaydi. Ushbu matnlarning asosiy maqsadi xalqaro munosabatlarni boshqarish, muzokaralar olib borish va siyosiy manfaatlarni muvozanatlashdir. Natijalardan kelib chiqib quyidagi xulosalar chiqarish mumkin. Diplomatik matnlar neytrallik va xushmuomalalik tamoyillariga asoslanadi, bu esa mojarolarni oldini olishga va muloqotni ijobiy yo‘nalishda rivojlantirishga xizmat qiladi. Modal fe’llar va majhul nisbat keng qo‘llanilib, matnning rasmiy uslubga moslashishi ta’minlanadi. Strategik noaniqlik diplomatik matnlarga xos bo‘lib, aniq baho berishdan qochish va mojarolarni yumshatish uchun ishlatiladi. Hokimiyat dinamikasi va mafkuraviy elementlar diskurs vositalari orqali shakllantiriladi, kuchli davlatlar o‘z pozitsiyalarini yumshoq bosim bilan ilgari suradi.

Ushbu natijalar diplomatik matnlarning lingvistik va pragmatik tahlili bo‘yicha yanada chuqurroq tadqiqotlar olib borish uchun asos yaratadi. Diplomatik diskurs xalqaro munosabatlarda muhim rol o‘ynashi sababli, uning lingvistik va strategik xususiyatlarini chuqur o‘rganish diplomatiya va lingvistika sohalarida ilmiy ahamiyatga ega.

Xulosa. Diplomatik matnlar rasmiy, neytral va murosali diskursga asoslangan bo‘lib, lingvistik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu matnlar xalqaro munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi va ularda ishontirish, mojarolarni yumshatish va kelishuvga undash kabi strategiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot diplomatik diskursni lingvistik jihatdan chuqurroq tushunishga hissa qo‘shadi va kelgusida tilshunoslik, diplomatiya va xalqaro munosabatlar sohalarida qo‘shimcha tadqiqotlar uchun asos yaratadi.

Библиографические ссылки

Bhatia, V.K. (1993). Analysing genre: Language use in professional settings. Longman.

Chilton, P. (2004). Analysing political discourse: Theory and practice. Routledge.

Fairclough, N. (1992). Discourse and social change. Polity Press.

Fairclough, N. (2001). Language and power (2nd ed.). Longman.

Fairclough, N. (2020). Analyzing discourse: Textual analysis for social research (Vol. 21,Issue http://journal.um-surabaya.ac.id/index.php/JKM/article/view/2203

Fairclough, N. (2020). Critical discourse analysis: The critical study of language (3rd ed.). Routledge.

Foucault, M. (1972). The archaeology of knowledge (A. M. Sheridan Smith, Trans.). Pantheon Books. (Original work published 1969)

Fraser, B. (2021). An introduction to discourse markers. In New Directions in Second Language Pragmatics (pp. 314–335). https://doi.org/10.1515/9783110721775-021

Gal, S. (1989). Language and political economy. Annual Review of Anthropology, 18(1), 345-367. https://doi.org/10.1146/annurev.an.18.100189.002021

Gee, J.P. (1999). An introduction to discourse analysis: Theory and method. Routledge.

Goffman, E. (1959). The presentation of self in everyday life. Doubleday.

Jørgensen, M., & Phillips, L. J. (2002). Discourse analysis as theory and method. Sage Publications.

Schiffrin, D., Tannen, D., & Hamilton, H. E. (Eds.). (2001). The handbook of discourse analysis. Blackwell.

van Dijk, T.A. (2008). Discourse and context: A sociocognitive approach. Cambridge University Press.

Wang, W. (2021). Critical discourse analysis, critical discourse studies, and beyond. Southern African Linguistics and Applied Language Studies, 39(3). https://doi.org/10.2989/16073614.2021.1950555

Wennerstrom, A. (2016). Discourse analysis in the language classroom. https://doi.org/10.3998/mpub.8751

Widdowson, H.G. (2007). Discourse analysis. Oxford University Press.

Wodak, R., & Meyer, M. (Eds.). (2001). Methods of critical discourse analysis. SAGE Publications.

Wodak, R., & Meyer, M. (2009). Methods of critical discourse analysis (2nd ed.). Sage.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Равшаной Хамракулова ,
Ферганский государственный университет

Преподаватель

Как цитировать

Хамракулова , Р. (2025). Лингвистические особенности и дискурсивные стратегии дипломатических текстов. Лингвоспектр, 2(1), 193–197. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/407

Похожие статьи

<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.