История входа Амира Темура в политическое поле в интерпретации Марги де Тилли

Аннотация
В статье рассматривается история политических процессов, происходивших в Мавераннахрии в XIV веке, в труде французского историка XVIII века Маргариты де Тилли «История Тамерлана, императора монголов и завоевателя Азии». На основе источников эпохи Тимуридов проанализированы наблюдения французского востоковеда о взаимоотношениях Амира Хаджи Барлоса и Амира Темура в борьбе за контроль над Кешем. В исследовании использовались методы сравнительного анализа и проблемно-хронологического анализа. На основе источников исследованы взгляды французского востоковеда на борьбу Амира Темура за создание централизованного государства, обсуждены ошибки и недостатки.
Ключевые слова:
Амир Казаганбек Баёнкулихан Амир Абдулла Тоглак Темурхан Хаджи Барлос Амир Хусайн Амир Темур Ильясходжа Ибн Арабшах Шарафиддин Али Яздий Марга де Тилли Мавараннахр Моголистан.I.KIRISH. XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib Fransiya tashqi siyosati Yaqin Sharq hamda Fors mintaqasida joylashgan hududlarga egalik qilish istagi mazkur mamlakatda sharqshunoslikning ilmiy jihatdan rivojlanishiga zamin yaratdi. Shu bois, 1669-yilda bosh vazir Jan-Batist Kolber ma’sulligida “Yosh tilshunoslar maktabi” (École des Jeunes de langues) tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshladi [8]. Endilikda, fransuz sharqshunoslari Sharq davlatchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etgan hukmdorlar tarixini tadqiq etishni ilmiy jihatdan o‘rganishni boshlashgan. Natijada, Amir Temur faoliyatiga oid ayrim manbalar ham XVII va XVIII asr boshlarida fransuz tiliga tarjima etilishi, Fransiyada temurshunoslik yo‘nalishini yangi bosqichga olib chiqqan. Chunki, XVIII asrga qadar faqatgina Amir Temur tarixi qamrab olingan ilmiy tadqiqotlar mavjud bo‘lmagan. Bu borada Jan-Baptist Marga de Tilli Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatiga ilmiy tus bergan dastlabki tadqiqotchi bo‘lib, sharqshunos 1739-yilda “Mo‘g‘ullar imperatori va Osiyoni zabt etgan Tamerlanning tarixi” nomli ikki qismdan iborat asarini chop etgan [7].
II.ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha ma’lumot beruvchi asar “Mo‘g‘ullar imperatori va Osiyoni zabt etgan Tamerlanning tarixi” nomli adabiyot bo‘lib, Marga de Tillining mazkur tadqiqoti Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Muiniddin Natanziy, Ahmad Ibn Arabshoh, Fasix Havofiy, Xondamir, Haydar Mirzo kabi temuriylar davri muarrixlarining asarlari bilan qiyosiy hamda tanqidiy tahlil etilib, ilmiy xulosalar asoslantirildi. Shunindek, ilmiy adabiyotlarda keltirilgan ilmiy qarashlarni tadqiq etishda ilmiylik, xolislik, tarixiylik tamoyillaridan kelib chiqib, qiyosiy tahlil uslubidan foydalanildi.
III.NATIJA VA MUHOKAMALAR. Fransiyada Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatini XVIII asrda izchil o‘rgangan sharqshunoslardan biri bu Marga de Tillidir. Olim o‘zining “Mo‘g‘ullar imperatori va Osiyoni zabt etgan Tamerlanning tarixi” nomli asarini Amir Temur tarixiga bag‘ishlagan. Mazkur asarning kirish qismida muallif, tadqiqoti davomida foydalangan manbalar hamda adabiyotlarga o‘z munosabati bildirgan. Manbashunolik masalasida asosan, Ahmad ibn Arabshohning “Ajoyib al-maqdur, fi tarixi Taymur” hamda Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” kabi asarlarining fransuz tiliga tarjima etilgan nusxalaridan foydalangan [7: VIII-IX]. Muallif, tarixshunoslik qismida esa, fransuz olimlaridan faqatgina Senyor de Sanktonning “Buyuk Tamerlan tarixi” nomli asari haqida so‘z yuritib, ushbu tadqiqotni Amir Temur faoliyatiga mos kelmaydigan adabiyotlardan biri deb topgan [7: XII].
Marga de Tilli mazkur asarining kirish qismida qiziq bir masalaga to‘xtalib o‘tgan. Unda muallif, Amir Temur ismini tadqiqoti davomida “Tamerlan” nomi bilan qayd etganligiga to‘xtalib o‘tib, ushbu fikrini quydagicha izohlagan. “Men janob Peti de la Kruaning imperatorimizga Temurbek ismini berish sabablarini to‘liq ma’qullagan bo‘lsam-da, shunga qaramay, uning oramizda juda mashhur bo‘lgan eski nomini unga saqlab qolishni to‘g‘ri deb bildim. Tamerlan nomi ongda ajoyib g‘oyalarni uyg‘otadigan, qiziqish uyg‘otadigan va e’tiborni jalb qiladigan mashhur ismlardan biridir. Charlemagne, Charlequint va boshqa ko‘plab ismlar saqlanib qolish huquqiga ega, garchi grammatik taqdimot qoidalariga zid bo‘lsa ham. Biz Cyrus, Darius, Alexandreni bilamiz va agar ular bizga Effrusrab, Dara va Eskender nomlari bilan taqdim etilsa, biz juda g‘azablangan bo‘lardik, chunki Levant xalqi ularni shunday ataydi” [7: XVII-XVIII]. Fransiyada Tamerlan so‘ziga ijobiy munosabat bo‘lish g‘oyasini kiritgan Marga de Tilli, mazkur tadqiqotida Amir Temur shaxsi haqida ham so‘z yuritgan. Muallifning ta’kidlashicha, Chingizxon tomonidan Osiyoda asos solingan mo‘g‘ullar imperiyasiga qarshi kurashish uchun ulug‘vorlik kuchi faqat Amir Temurda topilgan [7: 1-2]. Lekin ayrim turk va arab yozuvchilari Amir Temur shon-shuhratini kamsitish maqsadida, uni cho‘ponning o‘g‘li hamda qaroqchi deb tasvirlashgan [7: 2]. Biroq, Ibn Arabshohning ma’lumotlarini rad etgan Marga de Tilli, Amir Temurni Chig‘atoy ulusining asosiy beklaridan bo‘lgan Keshning hokimi Amir Tarag‘ayning o‘g‘li bo‘lganligini ta’kidlab, milodiy 1336-yilda tavallud topganligini bayon etgan [7: 3]. Bu borada Amir Temur tug‘ilgan yilni to‘g‘ri qayd etgan dastlabki fransuz sharqshunosi bo‘lgan.
Marga de Tilli Amir Temurning hokimiyatga kelishidan avval, XIV asrning 50-yillarida Movarounnahrda sodir bo‘lgan voqealarga to‘xtalib o‘tib, ayrim bahs-munozaraga sabab bo‘luvchi fikrlarni bildirgan. Muallifning ta’kidlashicha, Malik Husaynning fitnalari natijasida Chig‘atoy ulusi hukmdori Bayonqulixon taxtdan ag‘darilib, o‘ldirilgan [7: 13]. Sharafiddin Ali Yazdiy Amir Qazag‘anbekning Xurosonga qilgan yurishlari davrida Bayonqulixon hamda Malik Husayn qarama-qarshiliklarini yoritgan bo‘lsa-da, lekin, 1358-yilda Chig‘atoy ulusi xoni Amir Abdulla tomonidan o‘ldirilganligini qayd etgan [6: 17; 19]. Bu masalaga oid ma’lumotlar o‘rin olgan boshqa manbalarda ham ana shunday jarayon bo‘lib o‘tganligi bayon etilgan [2: 86]. Demak, fransuz sharqshunosining Bayonqulixon vafoti yuzasidan bildirilgan mulohazasi xatodir. Shuningdek, Marga de Tilli XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrdagi siyosiy vaziyatni ham yoritgan. Unda bayon etilishicha, o‘lkada feodal tarqoqlik hukmronlik qilayotgan bo‘lib, Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temurxon Chig‘atoy ulusi hamda Jetani birlashitirish maqsadida bostirib kirgan; mahalliy amirlar esa mo‘g‘ul hukmdoriga bazo‘r qarshilik qilishgan [7: 15]. Muallifning Movarounnahrdagi siyosiy tarqoqlikni temuriylar davri manbalaridagi ma’lumotlarga monand yoritgani e’tiborga molikdir [3: 30-33; 6: 19-20; 2: 51-55; 5: 39-41].
Marga de Tilli Amir Temurning siyosiy jarayonlardagi dastlabki faoliyatini, Tug‘luq Temurxonning birinchi marotaba Movarounnahrga bostirib kirishi davridan yoritishni boshlagan. Mo‘g‘ullarning Kesh tomon harakatlanishi Amir Temurni o‘z hududlarini merosxo‘riga aylantirgan, bu esa Hoji Barlosga xush kelmagan [7: 16]. Amir Temur mutlaq suverenitetga ega emasligi hamda kam sonli kuchlar bilan ulkan mo‘g‘ul qo‘shiniga qarshi kurasha olmasligi muallif tomonidan qayd etilgan [7: 16]. Fransuz sharqshunosi tomonidan Amir Temur davlatchilik sohasining dastlabki davriga ijobiy baho berganligini manbalaridagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi [3: 30-33; 6: 21; 2: 53; 5: 39-41]. Shuningdek, mazkur jarayonlar yuzasidan o‘z mulohazasini davom ettirgan Marga de Tilli, Amir Temur diplomatiyasini ilk ko‘rinishiga to‘xtalib o‘tgan. Muallifning fikricha, Amir Temur Tug‘luq Temurxonning Movarounnahrga uyushtirgan dastlabki hujumi natijasida mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatni ikki xil tarzda tahlil etgan.
Birinchidan, ushbu jarayonda Amir Temur eng avvalo o‘z xalqining xavfsizligini birinchi darajaga qo‘ygan; shu bois, Hoji Barlos barcha mahalliy amirlarni mo‘g‘ullarga qarshi birlashtirish harakatida bo‘lgan davrda Jeta xoning huzuriga borish Amir Temur uchun eng to‘g‘ri yo‘l bo‘lgan [7: 21-22].
Ikkinchidan, agar Movarounnahr qo‘shini mamlakatdan dushmanni siqib chiqarsa ham mahalliy aholi yuzaga kelgan jiddiy muammodan xalos bo‘lishi o‘ylangan, aksincha, ushbu qarama-qarshilikda mo‘g‘ullar g‘alaba qozonsa oddiy xalq Amir Temurning say’i-harakatlari evaziga Tug‘luq Temurxon qahridan qutulib qolishi nazarda tutilgan [7: 16-17]. Mahalliy bek va amirlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar natijasida yuzaga kelagan vaziyatni to‘g‘ri baholagan Amir Temur, mo‘g‘ul xonining oldiga borishni avvaldan reja qilgan bo‘lib, ushbu qarori orqali Kesh boshqaruvini ham qo‘lga kiritishini yaxshi anglagan [7: 17]. Marga de Tilli Amir Temurning mazkur diplomatik missiyasini “Himoyachi va do‘st” [7: 18] tizimida bo‘lganligiga ishora qilib, unda Hoji Barlosning Amir Temurga boshqaruvni boy berganligini quydagicha yoritgan. “Togluc Bei u (Amir Temur – ta’kid biziniki, N.I)ni ma’qullab, izzat-ikrom bilan qabul qildi, yosh amir amakisini shunday ayyorlik bilan himoya qildiki, o‘zining aybsizligini isbotlayotgandek, aslida uni jinoyatchiga yanada ko‘proq ko‘rsatib qo‘ydi. Hadgi-Berlasning bo‘ysunish uchun kelmaganidan xafa bo‘lgan Xon, uni Kesh knyazligidan mahrum deb e’lon qildi va u Tamerlanga olib bordi va atrofdagi mamlakatlarni qo‘shib qo‘ydi” [7: 18].
Marga de Tilli Mo‘g‘uliston hukmdori Tug‘luq Temurxonning ikkinchi marotaba Movarounnahrga bostirib kirishi yuzasidan ham so‘z yuritgan. Muallifning ta’kidlashicha, mo‘g‘ul xoni barcha mahalliy amirlarni bo‘ysundirgach, Movarounnahrda Respublika tuzimini tugatib, o‘g‘li Ilyosxo‘ja boshchiligidagi hokimiyatni o‘rnatgan [7: 21]. Amir Qazag‘anbek vafotidan so‘ng, Movarounnahr hududi bir nechta kichik mulklarga bo‘linib, mahalliy amirlar tomonidan idora qilinganligiga o‘z e’tiborini qaratgan Marga de Tilli, davlatchilik tushunchasi qarashlarida mazkur boshqaruv tizimni “Respublika” deb nomlagan. Aslida, XIV asrning 60-yillari boshida Movarounnahr hududida siyosiy tarqoqlik hukmrolik qilgan bo‘lib, hech qanday huquqiy boshqaruv tizimi amalda bo‘lmagan. Aksincha, ushbu mintaqa mahalliy amir va beklarning o‘zaro kurashlari bilan band bo‘lgan bo‘lib, mazkur masala to‘g‘risida temuriylar davri muarrixlari tomonidan so‘z yuritilgan [6: 69; 2: 113-115].
Fransuz sharqshunosi Amir Husaynning Movarounnahr boshqaruvi uchun kurashda Amir Temurga mag‘lub bo‘lishi sabablariga ham to‘xtalib o‘tib, quydagi fikrlarni bildirgan: “Amir Husayn ajoyib fazilatlarga ega bo‘lsa-da, lekin, ochko‘z bo‘lgan, uning tinimsiz boyligini ko‘paytirish uchun eng past vositalardan foydalanishi Amir Temurga Chig‘atoy ulusini boshqarishga yo‘l ochgan” [7: 57]. Shuningdek, Amir Husayn tomonidan kichik bahonalar bilan mahalliy amir va beklarning mol-mulkni tortib olinishi, ularni Amir Temur atrofida birlashishiga olib kelgan [7: 57-58]. Movarounnahr boshqaruvi uchun ikki amir o‘rtasidagi kurashni yoritishda manbalardagi ma’lumotlarni tahlil etib, o‘zining ijobiy munosabatini bildirgan Marga de Tillining mazkur mulohazasi ilmiy jihatdan yuqori ahamiyatga egadir.
IV.XULOSA. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, XVIII asrning birinchi yarmidan boshlab Fransiyada sharqshunoslar Amir Temur tarixini o‘rganishda masalanining manbashunoslik hamda tarixshunoslik kabi jihatlarini tahlil etishni boshlashdi. Bu esa XVIII asrga qadar Yevropada mavjud bo‘lgan Amir Temur haqidagi ko‘plab salbiy ma’lumotlarga fransuz tarixshunoslari tomonidan ilmiy jihatdan ijobiy munosabat bildirilishiga xizmat qildi. Shu bois, Marga de Tilli Amir Temurning siyosiy maydonga kirib kelishini temuriylar davri manbalarini chuqur tahlil etgan holda yoritgan. Ayniqsa, Amir Temurning mo‘g‘ullarga qarshi strategik kurashini bir nechta bosqichlarda, ijobiy tarzda yoritgani bugungi kun uchun ham ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Библиографические ссылки
Ибн Арабшоҳ. Ажойиб ал-мақдур фи тарихи Таймур: Темур тарихида тақдир ажойиботлари. /Сўз боши, араб тилидан таржима ва изоҳларни У. Уватов тайёрлаган. К.I. –Т.: Меҳнат, 1991. – 328 б.
Муиниддин Натанзий. Мунтахаб ут-таворихи Муиний. / Форс тилидан таржима, сўз боши ва изоҳлар муаллифи – Ғулом Каримий – Т.: Ўзбекистон. 2011. – 264 б.
Низомиддин Шомий. Зафарнома / Форс тилидан ўгирувчи – Ю.Ҳакимжонов, таржимани қайта ишлаб нашрга тайёрловчи ва маъсул муҳаррир – А.Ўринбоев, изоҳлар ва луғатларни тузувчи – Ҳ.Кароматов (жуғрофий номлар изоҳи – О.Бўриевники), Ҳофизу Абруни «Зафарнома»га ёзган «Зайл»и(«Илова»)ни форсийдан ўгирувчи ва изоҳларини тузувчи – О.Бўриев.– Т.: Ўзбекистон, 1996. – 528 б.
Фасих Хавафи. Муджмал-и Фасихи / Пер. предис. примеч. и указатели Д.Ю.Юсуповой. – Т.: Фан, 1980. – 346 с.
Хондамир Ғиёсиддин. Ҳабиб ус-сийар фи ахбори афроди башар / Форс тилидан таржима, муқаддима муаллифлари – Жалил Ҳазратқулов, Исмоил Бекжонов, Изоҳлар муаллифлари – Ашраф Аҳмедов, Исмоил Бекжонов, – Т.: Ўзбекистон. 2013. – 1272 б.
Шарафиддин Али Йаздий. Зафарнома. /Сўз боши, табдил, изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифлари А.Ахмад ва Ҳ.Бобобеков.– Т.: Шарқ, 1997. – 384 б.
Margat J. B. Histoire de Tamerlan, empreur des Mogols et conquerant de l’Asie. – Paris: Chez Hippolite-Louis Guerin, 1739. – part I 298 p; part II 392.
https://en.wikipedia.org/wiki/%C3%89cole_des_Jeunes_de_langues
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Нодир Исраилов

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.