Вопросы формирования письменной речи в обучение иностранному языку

Авторы

  • Ташкентский государственный педагогический университет
письменной речи

Аннотация

Как известно, обучение иноязычной речи на практических занятиях осуществляется через аудирование, говорение, чтение и письмо. В данной статье всесторонне изучены особенности формирования письменной речи на занятиях по иностранному языку. Проанализированы исследовательские работы зарубежных и отечественных ученых в рамках данной темы. Предложены эффективные методы обучения студентов письменной речи при обучении иностранному языку. Как известно, письменная речь выражается чтением и письмом. В процессе  анализа текстов, относящихся к виду речевой деятельности, учащиеся при восприятии мысли автора выражают свое отношение к содержанию текста, высказывают положительное и критическое мнение по отношению к нему. Посредством письменно-речевой деятельности учащиеся создают текст в рамках определенной темы, которая побуждает их кружиться и реагировать. Также в результате развития навыков письма посредством регулярных упражнений учащиеся становятся активными участниками общественной жизни. На практических занятиях предлагается использовать ассоциаграмму, кластер, W-вопросы(W-Fragen) и другие методы письма. Благодаря эффективным методам письменной речи при обучении иностранному языку учащиеся получают лингвистические, лингвокультурологические знания.

Ключевые слова:

иностранный язык немецкий язык метод образование формирования виды речевой деятельности письмо.

Kirish.

  Ma’lumki, chet til ta’limida yozma nutqni shakllantirish deganda o‘qish va yozuv nutq faoliyat turi nazarda tutiladi. Aslida o‘qish deganda, yozma ma’lumotni tushunish va uni talqin etishni o‘z ichiga olgan kognitiv jarayoni tushunilsa, yozuv esa tilning turli vositalari orqali fikr bayon etishni o‘z ichiga oladi. 

Chet til o‘qitish metodikasida yozma nutq faoliyati turlari asosan (o‘qish orqali) biron-bir ma’lumotga ega bo‘lishda va uni (yozuv orqali) qayd etuvchi ta’lim vositasi hisoblanadi. So‘nggi paytlarda esa ikkala nutq faoliyat turi ko‘proq maqsad maqomiga ega bo‘lib bormoqda.  

Mazkur maqolada biz chet til mashg‘ulotlarida o‘qish va yozuvning   maqsad maqomiga to‘xtalib, bu borada mavjud qiyinchiliklarni bartaraf etishning samarali usullarini taklif etamiz.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.

Chet til o‘qitish metodikasida yozma nutq olimlarning diqqat markazida bo‘lib, asosan E.G.Azimov, N.D.Galskova, J.Jalolov A.A.Leontyev, A.R.Luriya, M.V.Lyaxovitskiy, R.K.Minyar-Beloruchev, A.A.Mirolyubov, G.V.Rogova, F.M.Rabinovich, T.E.Saxarova, A.N.Shukin, I.А.Zimnaya va boshqalarning ilmiy asarlarida atroflicha o‘rganilib chiqilgan.

Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada yozma nutgning umumnazariy muammolari  va uning o‘ziga xos lingvodidaktik xususiyatlarini aniqlashda hamda ularni tahlili jarayonida induktiv va deduktiv metodlardan foydalanildi, ya’ni induktiv metod yordamida  asosan muammoni umumiy qonuniyalari aniqlash va ularni to‘plash asoslangan bo‘lsa, deduktiv metod orqali dastlabki qoidalar asosida ma’lumotlar tahlil qilinib, yangi ma’lumotlarni aniqlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, nemis tili mashg‘ulotlarida yozma nutqning maxsus, ya’ni oqish nutq faoliyat turning “tanqidiy o‘qish” va yozuvning “Kreativ yozuv”, “Assotsiagramma”, “W-Fragen” metodlarini qo‘llash imkoniyatlari taklif etildi.

Tahlil va natijalar.

Dastlab biz amaliy mashg‘ulotlarda oqishdan foydalanishning samarali metodlarini atroflicha o‘rganib, bu borada mavjud qiyinchiliklar va ularni bartaraf etishning usullariga to‘xtalib o‘tamiz.

Aslida lingvodidaktikada oʼqishning 50dan ortiq ta’rifi mavjuv bo‘lib, quyida ularning ba’zilariga to‘xtalib o‘tamiz: O‘qish deganda, harfiy belgilarda ifodalangan nutqiy axborotni idrok etish va uning mazmunini payqash jarayoni tushuniladi [Berman, 1977]. Yoki boʼlmasa oʼqish bu – axborot yozma (grafik) kodlar orqali ifodalanganda u oʼqib tushuniladi [Klichnikova, 1983]. O‘qish – grafik koddagi axborotni undan butunlay farq qiladigan kodga oʼtkazish jarayonidir [Berman, 1977].

Chet til oʻqitish metodikasiga oid ilmiy adabiyotlarni tahlili natijasida o‘qishning grafik belgi, harf va so‘zlarni idrok etish xususiyati muhim deb hisoblaymiz. Ma’lumki, talabalar chet tildagi matnning tahlil qlar ekanlar, bu jarayonda yangi soʻz va iboralarni payqashga harakat qiladilar. Matnning ma’nosini tushunish bilan birga uning tuzilishini oʻrganish ahamiyatli bo‘lib, bu oʻz oʻrnida matn tuzilishiga oid dastlabki tasavvurga ega boʻlish hamda leksik vositalarning soʻzma-soʻz yoki muqobil variantlarini taklif qilishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. O‘qish jarayonida ta’lim oluvchilar tomonidan muallifning fikri idrok qilinib, matn mazmuniga o‘z munosabatlarini bildiradilar, natijada matnga nisbatan ijobiy va tanqidiy fikr bayon qilinadi. Matn ma’nosini fahmlash talabalarda ijobiy ta’sir koʻrsatadi.

Chet til mashg‘ulotlarida o‘qishga o‘rganishning dastlabki bosqichida ta’lim oluvchilar notanish so‘zni tarjimasini qidirish yoki tovushni tahlil qilish usullaridan keng foydalanadilar. Shuningdek, matnlarning tahlili jarayonida gapning tuzilishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, jumlalar tuzish va ularning o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Amaliy mashgʻulotda talabalar qisqa matnlarni o‘qishni xush ko‘radilar. Lekin 5-6 betdan iborat matnlarni idrok qilish jarayoni ta’lim oluvchilarda chalgʻish hissini uygʻotishi tabiiy. Buning natijasida talabalarda ongli ravishda yuk ortadi va o‘qish samaradorligining pasayishiga va matnni tushunishning yomonlashishiga olib keladi. Bunday holatda qisqa matnlarni ovoz chiqarib oʻqishning samarali metodi, ya’ni “tez aytish”dan foydalanish mumkin, misol uchun nemis tilida quyidagilarni kuzatishimiz mumkin:

  • Als Anna abends aß, aß Anna abends Ananas;
  • Wenn der Benz bremst, brennt das Benzbremslicht;
  • Früh fressen freche Frösche Früchte. Freche Frösche fressen früh Früchte;
  • Kluge kleine Kinder kaufen keine kleinen Kleiderknöpfe;
  • Zehn zahme Ziegen zogen zehn Zentner Zucker zum Zoo;
  • Russische Russen rutschen russische Rutschen russisch runter.

O‘zbek tilidagi tez aytish nemis tilida “Zungenbrecher”, ya’ni so‘zma-so‘z “til sindiruvchi”, “til yoruvchi” tarzida tarjima qilinadi, talaba ularni takroriy o‘qish orqali ularning talaffuzida xatolik kuzatiladi. Bu esa o‘z o‘rnida talabalarni faollashuviga olib keladi.

Albatta oʻqish bilan bir qatorda yozuv nutq faoliyat turiga ham toʻxtalib oʻtish lozim. Yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish asosan quyidagilarda namoyon boʻladi, birinchidan, yozuv talabalarni fikrlashga undaydi, ya’ni ular ma’lum bir mavzuga munosabat bildiradilar. Ikkinchidan, muntazam mashq qilish orqali yozuv ko‘nikmasi rivojlantiriladi va nihoyat yozma muloqot ta’lim oluvchilarni ijtimoiy hayotini faol ishtirokchisiga aylantiradi. Ular asosan yozuvning quyidagi metodlarida namoyon bo‘ladi: assotsiagramma, klaster, v-savollar(W-Fragen). Quyida ularga to‘xtalib o‘tamiz. Assotsiagramma metodi orqali ta’lim oluvchilar amaliy mashg‘ulotlar jarayonida mazkur metod yordamida biron-bir mavzuga oid so‘z va tushunchalarni qayd qilishga harakat qiladilar, ya’ni diqqat markazida “Oila” tushunchasi yozilib, uni ifodalovchi so‘zlar  aks ettiriladi:

Bu metod orqali talabalar oilaga oid so‘z va iboralar(opa-uka, g‘amxorlik qilish, bag‘rikeng va b.)ni qayd etadilar.

  Yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish “V-savollar(W-Fragen)” metodi yordamida kuzatishimiz mumkin. Bu metodda nemis tilidagi “W” harfi bilan boshlanadigan so‘roq so‘zlar(kim, nima, qanday, nima uchun, qanday qilib va b.) yordamida ma’lum bir predmet yoki hodisaga oid savollarni tuzadilar:

Bu metod talabalar uchun gap tuzishning samarali usuli bo‘lib xizmat qiladi, desak xato bo‘lmaydi. Albatta bu kabi metodlar talabalarni firklashga undaydi, ya’ni yozuv ko‘nikmasiga faqat muntazam yozuv orgali  erishish mumkin ekanligini yaqqol isboti bo‘ladi. Chet til o‘qitish metodikasida yozuv ko‘nikmasini shakllanishiga qaratilgan ko‘pgina metodlar mavjuv bo‘lib, bu ro‘yhatni kengaytirish mumkin. Nemis tili mashg‘ulotlarida yozuv ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali metodlari haqiqa Sh.Atayev o‘zining “Methodik des kreativen Schreibens im interkulturellen Lernen”(Madaniyatlararo ta’limda kreativ yozuv metodikasi) nomli maqolasida batafsil tahlil qilib chiqqan [Atayev, 2017]. Muallif tomonidan ko‘pchilik olimlar tomonidan taklif qilingan kreativ yozuvning o‘ziga xos xususiyatlari va tasnifini berash bilan birga,  bu nutq faoliyatiga oid “Eine etwas andere Vorstellung”, “Ich in Farben, als Getränk”, “Eigenschaften-Gedicht”, “ Haiku”, “Assoziatives Schreiben zu Musik”, “Autonomisches Schreiben”, “Dinge, die ich getan haben muss/ohne die ich nicht leben kann” metodlari orqali yoritib berilgan. Shuningdek, kreativ yozuv odatda voqelik kontekstida kreativ g‘oyalarni amalga oshirish uchun asosiy omil bo‘lib takidlab o‘tilgan.

Xulosa va takliflar.

Chet til mashg‘ulotlarida ta’lim oluvchilarga yozma nutqni shakllantirish natijasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: o‘qish va yozuv nutq faoliyati turlari – bu grafik va fonologik ma’lumotlarni qayd etish va ularni idrok etish hamda ularni talqin qilish, shuningdek sintaktik tuzilmalarni qayta ishlash va ma’no chiqarishni o‘z ichiga olgan ko‘p qirrali lingvistik jarayon. Ushbu bosqichlarning har biri insonning bilim qobiliyatlari, xotirasi, tajribasi va tilni bilishi bilan chambarchas bog‘liq.

Shuningdek, o‘qish nutq faoliyat turi chet til o‘qitish metodikasida katta ahamiyatga ega bo‘lib, xorijiy tildagi matnni oʼqish jarayonida taʼlim oluvchilar lingvistik, lingvokulturologik bilimlarini takomillashtirish bilan birga, bu nutq faoliyati turining umumtaʼlimiy va rivojlantiruvchi taʼsirini oshiradi, yaʼni insonni komilllik sari yetaklovchi omil boʼlib xizmat qiladi, desak xato boʼlmaydi. Shuningdek, umumiy o‘rta taʼlim yuqori va yakunlovchi bosqichlarida chet til ta’limida yozma nutq faoliyatiga oʼrgatish mexanizlarini ishlab chiqish va oʼquv jarayoniga tatbiq etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Библиографические ссылки

Азимов, Э.Г., Щукин А.Н. Новый словарь методических терминов и понятий. – М.: Издательство ИКАР, 2009. – 448 c.

Гальскова, Н.Д. Современная методика обучения иностранным языкам: Пособие для учителя. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: АРКТИ, 2003. – 192 с.

Гез, Н.И., Ляховицкий М.В., Миролюбов А.А. и др. Методика обучения иностранным языкам в средней школе. – М.: Высшая школа, 1982. – 373 с.

Клычникова З.И. Психологические особенности обучения чтению на иностранном языке. Пособие для учителя. // – М. Просвещение, 1983. – 207 с.

Очерки методики обучения чтению ва иностранных языках/ под ред. Берман и В.А.Бухбиндера. – Киев: Высшая школа, 1977. – 334 с.

Jalolov J. Chet til oʻqitish metodikasi. – T.: Oʻqituvchi, 2012. – 432 b.

Atayev Sh. Methodik des kreativen Schreibens im interkulturellen Lernen. The Way of Science International scientific journal, № 3 (37), 2017. – S. 95-97.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Шукур-Али Атаев ,
Ташкентский государственный педагогический университет

кандидат филологических наук, доцент

Как цитировать

Атаев , Ш.-А. (2025). Вопросы формирования письменной речи в обучение иностранному языку. Лингвоспектр, 3(1), 414–418. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/553

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.