Лингвистические особенности пословичных фразеологизмов

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Лингвистические особенности пословичных фразеологизмов

Аннотация

 В данной статье рассмотрены вопросы универсальности в провербальных фразеологизмах. В ней анализируется формирование провербальных фразеологизмов национально-культурного характера под влиянием экстралингвистических факторов. Однако в их интерпретации важную роль играет этимологический анализ. Также в рамках изучаемых языков провербальные фразеологизмы имели универсальное и национально-культурное содержание, отражали сходства и различия в мировоззрении народов. Образ жизни, уровень психического развития, менталитет и историческое развитие народов с разными культурами связаны с национально-культурной самобытностью. Несмотря на универсальный характер мышления человечества, существующая общенациональная культурная среда своеобразно усваивается языковыми средствами. Большинство имеющихся в языке провербальных фразеологизмов относятся к национально-культурному признаку, сохраняя в памяти коллектива межтекстовую связь фразеологизмов с культурным кодом. Переформулировка ономастических единиц в провербальном фразеологизме служит важным инструментом в межпоколенческой передаче следов культуры и обеспечении универсальности и уникальности этих пословиц. Привлеченные к анализу пословицы provebila делятся на группы, связанные с традиционными именами, народными легендами, обычаями, именами исторических личностей, персонажей художественной литературы. Признаки универсальности в провербальных фразеологизмах отличаются близостью образов и разнообразием их структуры.

Ключевые слова:

провербиальные фразеологизмы универсальные фразеологизмы национальная идентичность этимологический анализ экстралингвистические факторы притча ономастическое единство народная легенда обычаи.

Maqollar ekstralingvistik omillarni hosil qilishda faol ishtirok etadi, u – murakkab leksik-grammatik va alohida semantik tuzilishga ega til birligi. Agar frazeologizmlar universal bo‘lsa, uning qaysidir belgilari va o‘ziga xos xususiyatlari dunyodagi barcha tillar uchun umumiy, ya’ni milliy emas, balki baynalmilal xarakterga ega bo‘ladi. A.V.Nazaryan, A.V.Kunin, Yu.P.Solodublar frazeologizmlarning universal belgilariga turli tillardagi frazeologizmlarning semantik obrazliligini asos qilib ko‘rsatadi (Akhmedovna & Sodikovna, 2021; 1291-1307).

Bunday semantik obrazlar idiomalar sanaladi, ya’ni ularning lug‘aviy ma’nosi tarkibidagi leksik komponentlar ma’nosiga muvofiq kelmaydi, biroq shu ma’noga ko‘ra obrazli asosga ega bo‘ladi. Ularning tarkibiga dunyo tillarida turli xil tuzilishli universal ko‘rinishga ega baynalmilal frazeologizmlar ham kiradi. Masalan, fr.: Qui langue a, à Rome va, o‘zbek tilidagi muqobili: So‘ragan Makkani topadi. Fr. L’ordre règne à Varsovie – (istehzoli). Xotirjamlik tiklandi, qayta tartib o‘rnatildi; o‘zbekchada hazil-mutoyiba tarzidagi muqobili: Bog‘dodda hammayoq tinch ishlatilishi mumkin, o‘zbek tilidagi muqobili Puling bo‘lsa xaltada, dam olasan Yaltada (varianti: Pul bo‘lsa, jangalda sho‘rva), Ezop tili, Sog‘ odamga Suqrotning keragi yo‘q kabi (Shomaqsudov & Shorahmedov, 2001; 148).

Universal maqollarning ikkinchi turiga semantik tuzilishli bir xil baynalminal frazeologik birliklar kiradi. Masalan, umuman yetib bora olmaydigan, xayoliy joy haqida gap ketganda barcha tillarda Ko‘hi Qof mifotoponimni misol keltirish mumkin: (Qof - butun yer yuzini o‘rab olgan afsonaviy tog‘); fransuz tilida: La montagne du Calvaire – Ko‘hi Qof tog‘i Isoning iztiroblari ramzi va qatlini ifodalovchi tepalik nomi; o‘zbek tilida: Gap desang, qop-qop, ish desang, Ko‘hi Qofdan top topokomponentli frazeologizm mavjud (Shomaqsudov & Shorahmedov, 2001; 48); fransuz tilida: Comme la frontière de Tournai, où il ne passe pas une souris qu’on ne sache combien elle a de poils (ПФ.)( Rat, 1999; 148); o‘zbek tilida: Bu yerda hamma narsa kaftdagidek, yaqqol ko‘rinadi, barcha sirli narsalar ochiladi. (so‘zma-so‘z.: hattoki sichqonning nechta tuki borligini bilmaslik uchun bitta ham sichqon o‘tib keta olmaydigan Turne chegarasidek). Turne – Shelda daryosi bo‘yidagi Belgiyaning shahri (Eno provinsiyasi).

 Mazkur grek hamda rim miflari bilan bog‘liq baynalminal maqollarni ham misol tariqasida keltirishimiz mumkin: fransuz tilida: Mieux vaut être le premier au village que le second dans Rome (ПФ) – o‘zbek tilida: Ўзга юртда шоҳ бўлгунча, ўз юртингда гадо бўл, Tomber de Charybde en Scylla (Rat, 1999; 48) – Икки ўт орасида қолмоқ, ёмғирдан қочиб, дўлга тутилмоқ, kabi.

 Maqollarning milliyligi xalqning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi moddiy-madaniy shart-sharoitlarda namoyon bo‘ladi. Bu xususda V.N.Teliya: “Proberbial frazeologik birlik tarkibidagi obrazlar tizimi millat dunyoqarashning shakllanishi, uning moddiy, ijtimoiy yoki ma’naviy madaniyati bilan bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ham ular o‘sha millatning milliy-madaniy tajribasi, an’analari, urf-odatlari haqida ma’lumot beradi” (Teliya, 1999; 13-24.), deb ta’kidlasa, O.A.Leonovich: “ Idioma shu tilda gaplashuvchi xalqning tarixi, madaniyati, an’analari hamda adabiyoti bilan uzviy bog‘liqlik va bu bog‘liqlik atoqli ot komponentli frazeologik birliklarda yaqqol namoyon bo‘ladi” (Leonovich, 1994; 28), deb aytadi. Yu.S.Stepanov (Stepanov, 1997; 124) va V.V.Katerminalar xalqning madaniy kontseptida inson obrazi asosiy o‘rinni egallashini, antroponimlar va toponimlar milliy-madaniy o‘ziga xoslikni namoyon etib, insonning jamiyat, jamiyatning inson bilan uzviy aloqasini ko‘rsatishda muhim rol o‘ynashini ta’kidlashadi (Katermina, 1998; 35).

Tilga tegishli birliklarning milliy-madaniy o‘ziga xosligini tadqiq etganda, ularning umumiy antropologik aspekti tahlilini unutmaslik kerak. Insonga xos his-tuyg‘ular fiziologik, ijtimoiy psixologik ehtiyojlar bilan bog‘liq o‘xshash hayotiy vaziyatlar, ijobiy yoki salbiy odob-axloq, xulq-atvor insonlarning bir-birini tushunishiga yordam beradi. Olamning frazeologik manzarasini aks ettiruvchi frazeologizmlar o‘zi mansub bo‘lgan xalqning kundalik turmushi, diniy, moddiy va ma’naviy, milliy madaniyatining umumiy yashash qoidalari hamda muloqot tarzi bilan uzviy bog‘liq. Xalq og‘zaki ijodi asosida hosil bo‘lgan aksariyat maqol hamda matallar,  idiomalar tilda obrazli va ramziy ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.

 Aynan antroponim va toponimlar lingvistik madaniy dominant sifatida proverbial frazeologiyada milliy-madaniy komponent vazifasini bajaradi, muayyan millat til birligining xarakterli belgilarini namoyon qiladi. Masalan, fransuz tilida: Il y a plus d’un âne à la faire qui s’appelle Martin (il y a plusieurs ânes à la faire qui s’appellent Martin; il y a à la faire, plus d’un âne qui s’appelle Martin) (ПФ) – o‘zbek tilida: Беш қўл баравар эмас,бир ота-онадан ҳар хил бола туғилади. Fr: C’est le prètre Martin qui chante et qui répond– o‘zb: Ҳам тикувчи, ҳам ўроқчи, ҳам сурнайчи (ҳамма иш қўлидан келади ёки ҳамма ишни ўзи қилишга мажбур маъносида). Fr: Сousin à la mode de Bretagne (de Picardie)oncle, neveu, nièce, tante à la mode de Bretagne, être marié à la mode de Bretagne (Rat, 1999 ; 248) – o‘zb:1) амаккивачча, яқин қариндош; 2) бир қозонга қўшиб қайнатилса қони қўшилмас.

Ko‘p qo‘llaniladigan antroponimlarning tuzilishi kommunikativ proverbial frazeologik birliklarga teng:  Jean ne le saura jamais – Yoshlikda o‘rganilgan hunar, o‘zingga o‘ljaga qolar yoki Yoshlikda o‘rganilgan bilim, toshga o‘yilgan naqsh; il y a à la faire, plus d’un âne qui s’appelle Martin – besh qo‘l baravar emas; Prêtre Martin – bir vaqtning o‘zida ham so‘raydigan, ham javob bera oladigan XVI asrda yashagan bir vaqtning o‘zida ham qo‘shiq kuylab, ham shu qo‘shiqqa javob bergan qo‘shiqchining laqabi. Mazkur ibora ta’sirida quyidagi proverbal frazeologizm (PF)lar  hosil bo‘lgan: C’est le prètre Martin qui chante et qui répond – ham tikuvchi, ham o‘roqchi, ham surnaychi (hamma ish qo‘lidan keladi yoki hamma ishni o‘zi qilishga majbur ma’nosida); qui aime Martin, aime son chien, qui aime le cavalier, aime l’écuyer  – Meni panohingga olsang, otimni ham boq ma’nosida, o‘zbek tilida ushbu proverbial frazeologizmning  quyidagi varintini keltirish mumkin: Savob qilsang, butun qil.

Xalq tarixi va real tarixiy shaxslar bilan bog‘liq frazeologik birliklarning etimologiyasini sharhlashda sinonomlar katta rol o‘ynaydi. Masalan, o‘zbek tilidagi Daqqiyunus zamonida (qadim-qadim zamonda) iborasining muqobili frantsuz tilida quyidagi sinonomlar qatorni tashkil etadi:

1) du temps que les bêtes parlaient – hayvonlar tilga kirgan zamonda (Lafonten masalidan olingan sitata);

2) c’était quand Jésus-Christ portait encore des bretelles – Iso izmida bo‘lgan paytlarda;

3) du temps qu’on se mouchait sur sa manche – uzun yengga burun artganda, ya’ni uzun yeng kiyish urf bo‘lganda;

4) au temps où les rois épanouissaient les bergères – qirollar cho‘pon qizlarga uylangan zamonlarda;

5) au temps où les reines Berthe filait – qirolicha Berta to‘qigan paytlarda;

6) du temps du roi Dagobert – qirol Dagober zamonida;

7) du temps du roi Guillemont – qirol Giyemon zamonida (Skorobogatova, 2009; 124).

Mazkur frazeologizmlar qatorining mazmuni, uslubiy bo‘yoqdorligi va hissiy-ta’sirchanlik darajasi teng. Ular ko‘p hollarda hazil-mutoyiba tarzida yoki istehzo, kinoya tarzida ishlatiladi. Har bir iboraning asosida tarixiy obraz yotadi. Masalan, au temps où les reines Berthe filait iborasida Buyuk Karlning onasi, qadimiy poemalarda to‘qish bilan shug‘ullanganligi ifodalangan. Du temps du roi Dagobert iborasi  631 yilda qirol Klotariya II vafotidan so‘ng, Franksning monarxiya qiroli etib saylagan o‘g‘li Dagober obrazi bilan bog‘liq. 

Tarixda Daqqiyunus degan shaxs bo‘lmaganidek, fransuzlardagi qirol Giyemo ham ertak personajlaridan sanaladi. Masalan, La Reine des Fées ertagi Giyemo nomi bilan boshlanadi: Il y avait une fois un roi qu’on appelait le roi Guillemot, c’était bien le meilleur prince de la terre, qui ne demandait qu’amour et simplesse, on assure même qu’il se mouchait à la manche de son pourpoint; il n’avait aucun empressement pour le mariage.

Qadim zamonlarda Giyemo ismli qirol yashagan ekan, u yer yuzidagi eng mashhur qirollardan bo‘lib, unga faqat muhabbat va oddiylikkina kerak bo‘lgan, aytishlaricha, u kamzulining yengiga burnini artar va  uylanishga sira ham shoshmas ekan.

Proverbial frazeologizmlarning milliy-madaniy ma’noli komponenti avval erkin ibora hisoblanib ko‘chma ma’nodagi obrazli milliy frazeologizmga aylanadi, uning tarkibidagi komponentlar ma’nosidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri anglashiladi.

Masalan, les oies du frère Philippe – ayollar ma’nosini beruvchi frazeologik birlik ma’nosi Lafonten masaliga aloqador. (Bu masalda monastirda tarbiyalangan o‘smir o‘tib ketayotgan  ayol rohibalarni birinchi marta ko‘rganida, yepiskop  Fillipdan: “Bu nima?” deb  so‘raganida,  u: “Bular g‘ozlar”, deb javob bergani hikoya qilinadi) (La Fontaine, 1998; 44-45).

Milliy koloritni ifodalovchi mazkur antroponim komponentli PFlarni o‘zbek tilida tasviriy tarzda ifodalashimiz mumkin. Ularning ba’zilari o‘zbek tiliga muqobillik asosida  berilsa, ba’zilari xalq realiyasini aks ettirgani uchun ham o‘z muqobiliga ega emas. Bunday frazeologik birliklar og‘zaki va yozma nutqda funktsiyaviy-uslubiy bo‘yoqdorlik, emotsional-ekspressivlik va baho, munosabatni namoyon etib, frazeologizmlarning jonli, obrazli bo‘lishini ta’minlaydi hamda ularga milliylik baxsh etadi.

 O‘zbek tilida X-XI asrda vujudga kelgan “Mahmudning qadami yetgan yerda o‘t o‘smas” proverbial frazeologizmda Mahmud G‘aznaviyning harbiy harakatlari natijasida xalqning chekkan azob-uqubati va unga nisbatan el-yurtning nafrati o‘z ifodasini topgan. Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi” hajviy asaridagi personaj qori Ishkamba nomi xalq orasida xasislarga nisbatan qo‘llaniladi. Alisher Navoiyning asarlaridagi personajlar nomidan hosil bo‘lgan Qorabotir bo‘moq, Laylini ko‘rish uchun Majnunning ko‘zi kerak, kabi antroponim komponentli frazeologizmlar o‘zbek xalqiga xos realiyalarni vujudga keltirgan.

 Shuningdek, o‘zbek tilida an’naviy ismlar Ali, Vali, Eshmat, Toshmat ismlari bilan bog‘liq frazeologizmlar ham mavjud. Masalan, Ali desang, Vali deb turadi, Aybni Ali qiladi, kaltakni Vali yeydi. Fransuz, ingliz va o‘zbek tillaridagi milliy-madaniy toponim komponentli frazeologizmlar ham xalqning ijtimoiy fr: il vient de Marseille – ko‘pirtirmoq, cho‘pchak to‘qimoq, o‘zb: Olti xotin bor joyda Oloy bozori ochiladi), moddiy-madaniy ingl: Currants – Korinf uzumi, kichkina danakli mayiz; Mirzai azimda ming Xorunning xazinasi-yu, tuman Jamshidning davlati bor, iqtisodiy; o‘zb. Mirzacho‘lga tayoq bilan borgan kishi toyli bo‘lib keladi; hayot kabi omillar bilan bog‘liq (Shomaqsudov & Shorahmedov, 2001; 248).

 Xalq bilimlari ko‘pincha Jan de Lafontenning hikoyalarida ishlatilgan. U fransuz va boshqa maqollarning ruhi, ma’nosi va hayotiy saboqlarini o‘z ertaklarida, hatto ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatmasa ham o‘zida mujassam etgan. Uning asarlari inson tabiatini ham, folklor tarkibidagi axloqiy tamoyillarni ham chuqur tushunishni namoyish etadi. Esop va Fedrusning ertaklari Lafonten asarlari uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qildi va natijada uning ba’zi ertaklari boshqa an’anaviy so‘zlar bilan birlashtirildi. Bu unga xalq donoligi klassik meros bilan birlashtirilgan o‘ziga xos uslubni ishlab chiqish imkoniyatini berdi. Keyinchalik uning ertaklari mashhurlikka erishdi va keng auditoriya uchun tushunarli bo‘ldi.

Lafonten xalq maqollari va masallari to‘plamidagi “Tulki va uzum” asarida imkonsiz narsa past baholanadi. Fransuz tilida “On fait toujours le mépris de ce qu’on ne peut avoir”; O‘zbek tilidagi ekvivalenti “Bo‘y yetmagandan keyin, puf sassiq bo‘ladi”, deyiladi maqolda.

 Inson erisha olmaydigan narsani o‘zi uchun ahamiyatsiz deb baholaydi. Nordon uzum mavzusi – odamlar yo‘q narsalarini past baholashlari bu ertakda yoritilgan.

Bu imkonsiz narsaga behuda vaqt sarflamaslikka undashga ogohlantirish bo‘lib xizmat qiladi.

Tulkining ta’kidlashicha, “uzum hali pishmagan” va shuning uchun balandda osilgan uzimni iste’mol qila olmasligini oqlaydi.

Hikmat: odamlar qo‘lidan ish kelmasa osongina shu vazifadan voz kechib ketadilar. Bu ertak xatolarimiz va muvaffaqiyatsizliklarimizni oqilona tushuntirishga ogohlantirish bo‘lib xizmat qiladi. Inson duch kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarga qaramay, o‘zidagi kamchiliklarni tushunishi va shaxsiyatini takomillashtirishga intilish muhimdir.

Lafontenning “Boʼri bilan qoʼzichoq” (Le Loup et l’agneau) masalida boʼri tomonidan ariqdagi suvni loyqatishda ayblangan qoʼzichoq haqida:

La raison du plus fort est toujours la meilleure :

Nous l’allons montrer tout à l’heure.

(La Fontaine, 1998; 44-45).

Tarjimasi: Yogʼochning boʼshini qurt yeydi doim

Tarixda misollar juda k’op bunga

Tarix to‘g‘risida qolaylikda jim, ertak so‘ylaylik quloq ber

bunga.

O‘zbek tilida mazmuni: “Boʼsh-bayov, oʼta muloyim, ogʼzi boʼsh, kim nima desa oʼshaning gapiga kiraveradigan boʼlsang, odamlar sening “burningdan ip oʼtqazib”, oʼz yoʼllariga boshlab yuradilar, oʼz manfaatlari yoʼlida sendan osongina foydalanadilar, ayyor, tekinxoʼr odamlar bor-yoʼgʼingni talab yeydilar”, deyilmoqchi. Var.: “Yogʼochning yumshogʼini qurt yeydi, Odamning yumshogʼini bit yeydi”; “Kana sigirning tuyogʼiga tushmaydi, qulogʼiga tushadi” (“Kana sigirning tuyogʼiga, yaʼni qattiq joyiga emas, balki qulogʼiga, yaʼni yumshoq joyiga yopishib, qonini soʼradi”, deyilmoqchi); “Yuvosh tuya - yulishga yaxshi” (Qoʼy-echkilarning junini qirqib oladilar, tuyaning junini esa qoʼl bilan yulib-yulib oladilar); “Yuvosh otning manglayi qattiq” (“Yuvosh otni har kim minib ketaveradi.) Manglayi qattiqligining, yaʼni hamma vaqt holdan toyib yuraverishining boisi ham – shu yuvoshligidan”, deyilmoqchi); “Yuvosh ganani podachi minadi, Yuvosh odamni har kim soʼzga iladi”; “Oʼzing qoʼy boʼlganingdan keyin - choʼpon haydagan tarafga yurasan”; “Qoʼy boʼlmasang, boʼri seni yemaydi”. “Ha, ha, - dedi (Olaxoʼja) koʼzlarini pirpiratib, - ular seni doʼpposlasa, boʼyningni egib qarab turasanmi? Boʼsh kelmaslik kerak. Daraxtning boʼshini qurt yeydi” (Parda Tursun, “Oʼqituvchi” romani) (Shomaqsudov & Shorahmedov, 2001; 115).

Insonning xarakterli tavsifi ikkala tilda ham aks etgan. Ijtimoiy munosabatlar quyidagi mezonlar bo‘yicha aniqlanishi mumkin: boylik/kambag‘allik, mehnatga munosabat, raqobatbardoshlik, do‘stlik va b. Boylik/kambag‘allik munosabati fransuz va o‘zbek tillari tizimida o‘ziga xos tarzda aks etgan. Masalan, fr. Perrette – Lafontenning La laitière et le pot au lait nomli masalining qahramoni; Être Gros – Jean comme devant – teshik tog‘ora oldida qolmoq; o‘zb: Daqqiyunus xazinasi; Rajab tullak tegirmonchi bo‘ldi, xotini o‘marmonchi bo‘ldi; Xudo erta turganga rizq beradi.

Tahlil etilayotgan ikki tildagi frazeologizmlarda, asosan, pul, boylikka ega bo‘lish yoki moddiy ta’minlanganlik holati aks etgan. Biroq ularga bo‘lgan munosabat turlicha, fransuzcha frazeologik birliklarda yashirin boylik qayerdan kelgani noma’lum bo‘lsa, o‘zbek tilida frazeologik birliklarda bu dunyo boyligiga erishishga urinish befoydaligi aytilgan.

Mehnatga munosabat – faqat tadqiq etilayotgan tillardan bittasida aks etgan. Fransuz tilida  mehnatga munosabatni ifodalovchi shaxs nomi bilan bog‘liq frazeologik birliklar mavjud emas.

O‘zbIshni qiladi Ali, kaltakni yeydi Vali;  Janjal boshlagan Berdiali, kaltak yegan Turdiali;  Ashir topganini tashir; Ahmoq oyog‘idan yitar, mug‘ombir – bo‘ynidan. Mazkur maqollarda  o‘zbek tilida mehnatga munosabat, dangasalik, mehnat qilishga noqobillik, qo‘shnichilik, uzoq qarindoshlik munosabatlari muhokama qilinadi.

Raqobatbardoshlik munosabatlari fransuzcha frazeologik birliklarda aks etgan: fr: decoiffer (déshabiller) saint Pierre pour coiffer (habiller) saint Paul – birovning zarariga ish bitirmoq; Hippocrate dit oui, mais Galien dit non – Gippokrat ha desa, Galen yo‘q deydi; fikrlar o‘zaro zid keladi. O‘zb: Men Ali desam sen Vali deysan; Men bog‘dan kelsam, sen tog‘dan kelasan.

Do‘stlikka munosabat o‘zbek tilida quyidagilarda shunday yoritilgan: Muhammad payg‘ambar qo‘llab quvvatlasin (omin) – yaqin do‘stlar, qon-qarindoshlar o‘rtasida duo o‘qilganda aytiladi; Hamma hamma bilan Eshmuhammat xotini bilan, ikkita odam bir-birovini to‘ldiradi.

Oilaviy va qarindoshlik munosabatlari ikkala tilda ham mavjud. Chunonchi, fr.c’est le mariage de Jean des Vignes, tant tenu, tant payé – kelajagi yo‘q nikoh; la religion de saint Joseph – (og‘zaki) nikoh; coiffer saint Catherine (Sainte-Catherine) – qari qiz bo‘lib qolmoq; decoiffer saint Catherine (Sainte-Catherine) – turmushga bermoq; mère Gigogne – ko‘p bolali ona.

O‘zb: Oti yomon – Oypora; Iskandar xo‘ja, bulturgi jo‘ja, bola ochadi, tashlab qochadi; Laylini ko‘rish uchun Majnunning ko‘zi kerak; Farhod sevishi uchun Shirin bo‘lish kerak; Otabeklar o‘lgan, Zaynablar omon.

Shaxs ismi bilan bog‘liq ushbu frazeologik birliklar oilaning muhimligi, oilada bola tarbiyasi, oilaviy hayotdagi kelishmovchiliklar, xiyonat kabi munosabatlarni aks ettiradi.

Tashqi ko‘rinishni ifoda etuvchi frazeologik birliklar fransuz va o‘zbek tillarida mavjud.

Fr: coiffé comme Saint-Roche – shapkasi qiya kiyilgan; o‘zb: Tentakning oyog‘i sakkiz; Dakan xo‘roz; Kichkina mitti, Xonxo‘jani yiqitdi, varianti: Kichkina demang bizni, ko‘tarib uramiz sizni.

Shunday qilib, fransuz tilidagi frazeologik birliklarda tashqi ko‘rinishni aks ettirishda soch turmagi, yurish-turish tarzi, kiyinishga alohida e’tibor qaratiladi. O‘zbek tilida esa insonning xarakterli belgilari insonning o‘zini tutishi, tashqi ko‘rinishiga sifat beriladi.

 Aqllilik/ahmoqlik tavsifi ikkala tilda ham aks etgan. Masalan, fr.  Jean farine (Jean fait tout; Jean logne; Jean tout à droit) – (so‘zlashuvda) sodda Jak;  quand Jean bête est mort, il a laissé des héritiers – ahmoqlar dunyoda ko‘p; bemaza qovunning urug‘i ko‘p bo‘lganidek, ahmoqlar ham ko‘p ma’nosida; ahmoqlar o‘zi tug‘iladi; ignorant comme une carpe comme une cruche, comme la mule de dom Miguel, comme un pot – (so‘zlash.) o‘ta johil, bilimsiz odam; devoir une (bonne/frère) chandelle à Saint-Mathurin (la vierge) –  (so‘zlash.) aqldan ozmoq, jinni bo‘lmoq; fin comme Gribouille – g‘irt ahmoq; Grand Jacquot – befahm, g‘irt ahmoq; faire le Jacques – (so‘zlash.) o‘zini laqma, ahmoq qilib ko‘rsatmoq; faire comme Saint-Jean qui donnait le baptême sans l’avoir reçu – o‘zi tushunmagan narsani birovga o‘rgatishga urinish. Quyidagi aql-idrok haqida gapirilgan yagona frazeologik birlik iste’moldan  chiqqan:  Laisser faire à Georges, c’est il est un homme d’âge –  buyuk aql va namunali xulq-atvor sohibi.

   O‘zbek tilida, aqllilik tushunchasi: Og‘ziga Xizr tuflagan, Yigit Orif bo‘lsa, aslini so‘rama; Komilni Komil bilar;  ahmoqlik tushunchasi: Ali jinni, Ali jinnining bari jinni; Agar jonni Magarjonga uylantirsang, koshki degan bola tug‘iladi; Har kim o‘z aybini bilsa, Vali bo‘ladi kabi.  

   Umuman olgan bunday xarakterli tavsif barcha tilda o‘z ifodasiga ega, fransuz tilida ahmoqlik tavsifini ifodalovchi antroponim komponentli frazeologik birliklar ko‘proq, o‘zbek tilida esa, aksincha aqllilik, olimlik tushunchasi bilan bog‘liq antroponim frazeologik birliklar uchraydi;

  Ovqatga va kundalik turmush ashyolariga munosabat quyidagi fransuz frazeologik birliklarida aks etgan: Vin de la vierge Marie (argo) – sut; prison de Saint-Grépin – mustahkam boshmoqlar (so‘zma-so‘z.: avliyo Grepin qamoqxonasi); dame Jeanne (so‘zlash.)  –katta butilka; tout son Saint–Jean – barcha mayda-chuyda, lash-lushlar; o‘zbek tilida: Ichgani oshi yo‘q, itining oti Boytevat, varianti:  Uyida bir osh uni yo‘q, Itining oti – Marjongul; Ishni Ismat qiladi, lofni Toshmat uradi; Borida Hotam, yo‘g‘ida motam kabi PF lar mavjud.

  Odob-axloq va insonning salbiy xarakterini ochib beruvchi jihatlar shaxs ismi bilan keluvchi frazeologik birliklarda yaqqol ko‘rinadi.

Maqtanchoqlik illati: fr. S’imaginer être de la côte de Saint Louis – o‘zining soxta nasl-nasabi bilan maqtanmoq; se croire sorti de la côte d’Adam de la cuisse de Jupiter – nasl-nasabi bilan kibrlanmoq, kekkaymoq, o‘ta takabbur bo‘lmoq; o‘zb. Ilyosxo‘ja kechagi jo‘ja; Minnatli Qovulning qovunidan, Beminnat Tolibning tarragi yaxshi.

Birovning ustidan mazax qilish, mensimasdan munosabatda bo‘lish fransuz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarda mavjud. Chunonchi, fr. s’en soucier  moquer comme de Colin-tampon –(so‘zlash) hech kim va hech narsa bilan hisoblashmaslik; s’en moquer comme Jean de Wert – (eskirgan) hech kim va hech narsa bilan hisoblashmaslik; se moquer de Gotier et Garguille – (eskirgan) kimnidir ustidan mazax qilmoq; o‘zb. Alixo‘ja-Xo‘jaali; Zamona oxir bo‘lsa, echkining oti – Abdukarim; Otangning oti Toymon puchuq, senga kattalik nechuk va h.k.

Sergaplik, vaysaqilik, og‘zi bo‘shlik: Marie Bredasse – g‘iybatchi, vaysaqi; s’est (un) Saint-Jean (saint Jean) Bouche d’Or (bouche d’or) – u har doim haq gapni gapiradi; bu gapdon, vaysaqi kamtarin emas (hazil mutoyiba).

Takabburlik munosabatlari: c’est le chien de Jean de Nivelle, il s’enfuit quand on l’appelle – kerak bo‘lganda yo‘q.

Ayyorlikka munosabat  fransuz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarda qayd etilgan: fr. Faire Charlemagne (so‘zlash) – yutqazgandan so‘ng o‘yindan chiqmoq (so‘zma-so‘z.: xuddi Buyuk Karl singari bo‘lmoq) lettre de Bellerophon – yolg‘on noma; o‘zb. Rajab “tulki” qorovul bo‘ldi, xotini erovul bo‘ldi.

Ochko‘zlik ham fransuz ham o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarda mavjud: fr. Avare comme Harpagon – xasis odam; o‘zb. Qori Ishkamba – Sadriddin Ayniyning personaji, ochko‘z, xasis sudxo‘r odam; Solih Maxdum– Abdulla Qodiriyning personaji, ochko‘z va xasis.

 O‘zim bo‘larlik/johillik, zolimlik, odamovilik, jasurlik, yolg‘onchilik fransuz va o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarda uchraydi: Verre d’eau de Bossuet (so‘zma-so‘z: Bossyuening bir stakan suvi) – oliyjanob ish, mardonavor harakat; Offre de Saint-Grépin c’est Saint (so‘zma-so‘z.: avliyo Grepin so‘zi) – yolg‘on va’da.

O‘zbek tilida o‘zim bo‘larlik/johillik, zolim, odamovilik, jasurlik, yolg‘onchilik: jasurlik quyidagilarda aks etadi: Oti bor – Alpomish; o‘zim bo‘larlik: Suvdan kechguncha echkiga Rustamu Doston derlar, Suvdan o‘tguncha yo Bahovuddin, suvdan o‘tgach, qoch Bahovuddin; Ishi bitguncha Xoldor ko‘sani amaki deysan; johillik, zolimlik: Bo‘ji keldi, Bo‘ji keldi, Chingiz bilan Jo‘ji keldi. Asfandiyor xon bo‘ldi, og‘zi burnim qon bo‘ldi; yolg‘onchilik: Durug‘go‘yning shahrida shoh bo‘lguncha, Rostgo‘yning chorbog‘ida giyoh bo‘l (durug‘go‘y – yolg‘onchi).

Shu tariqa proverbial frazeologizmlarda universallik va ularni o‘rganish zarurligi frazeologizmlarning milliy xususiyatlarini qiyoslashda muhim ahamiyatga ega. Ta’kidlaganimizdek, maqollarda millatlar va elatlarning madaniy izlari yotadi, ularning yashash tarzlari, o‘zaro madaniy va iqtisodiy aloqalari haqida ma’lumot yetkazadi. Atrof-muhitning farqlanuvchi milliy-madaniy o‘ziga xosligi boshqa omillaridan ko‘ra maqol va matallarda yorqinroq namoyon bo‘ladi. Chunki xalqning turmush tarzi alohida olingan semantik so‘zdan ko‘ra proverbial frazeologik birliklarda teranroq aks etadi.

Proverbial frazeologizm tarkibidagi dominant so‘z frazeologizm hosil qilishda denotativ ma’noga ega emas, balki ibora ifoda etgan ramziy ma’noga asoslanadi. Demak, proverbial frazeologizmlarda universallik belgilarini quyidagicha izohlash mumkin: 1) maqollar semantikasini ifoda etgan obrazlar bir-biriga yaqin; 2) baynalmilal maqollar tuzilishga ko‘ra turli-tuman.

Библиографические ссылки

Akhmedovna, I.J., & Sodikovna, G.K. (2021). Problems of linguo-cultural analysis of phraseological units in the French and Uzbek languages. Linguistics and Culture Review, 5(S2), 1291-1307. https://doi.org/10.21744/lingcure.v5nS2.1798

Katermina, V.V. (1998). Lichnoe imya sobstvennoe: Natsional’no-kul’turnye osobennosti funktsionirovaniya (na materiale russkogo i angliyskogo yazykov) [Author’s abstract of the candidate dissertation]. Krasnodar State University.

La Fontaine. (n.d.). Fables choisies en 2 volumes: Tome I, livres 1 à 6 [Selected fables in two volumes: Volume I, books 1 to 6]. Paris: Nouveaux classiques Larousse.

Leonovich, O.A. (1994). Ocherki angliyskoy onomastiki: Posobiye dlya prepodavateley [Essays on English onomastics: A manual for teachers]. Interpraxis.

Rat, M. (1999). Dictionnaire des expressions et locutions traditionnelles [Dictionary of traditional expressions and phrases]. Larousse – Bordas.

Shomaqsudov, Sh., Shorahmedov, Sh. (2001). Ma’nolar maxzani [The treasury of meanings]. Tashkent: O‘zbekiston milliy davlat ensiklopediyasi.

Skorobogatova, T.I. (2009). Frantsuzskaya frazeologiya v zerkale istoricheskoy pamyati [French phraseology in the mirror of historical memory]. Logos.

Stepanov, Y.S. (1997). Konstanty: Slovar’ russkoy kul’tury. Opyt issledovaniya [Constants: A dictionary of Russian culture. An essay on the study]. Yazyki russkoy kul’tury.

Teliya, V.N. (1999). Perwoocherednye zadachi i metodologicheskie problemy issledovaniya frazeologicheskogo sostava yazyka v kontekste kultury. In Frazeologiya v kontekste kultury (pp. 13-24). Yazyki russkoy kul’tury.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Гульджахон Шарипова ,
Узбекский государственный университет мировых языков

Преподаватель

Как цитировать

Шарипова , Г. (2025). Лингвистические особенности пословичных фразеологизмов. Лингвоспектр, 4(1), 5–12. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/618

Похожие статьи

<< < 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.