Искусство создания персонажей в малой прозе Тары Кэмпбелл

Авторы

  • Бухарский государственный университет
  • Бухарский государственный университет
Tara Kampbel mitti hikoyalarida xarakter yaratish san’ati

Аннотация

Подход Тары Кэмпбелл к созданию персонажей в жанре короткой прозы отличается использованием уникальных литературных приемов, глубоким психологизмом и способностью побуждать читателя к размышлениям. В её рассказах персонажи оживают благодаря лаконичным, но выразительным фразам, внутренним монологам и диалогам. В данной статье анализируются рассказы The Wolf at the Door и The Impossibility of Bats, рассматривая, как автор использует метафоры, символические образы и экспериментальные техники для создания ярких персонажей. Исследование посвящено психологическим и художественным аспектам, которые делают малую прозу Кэмпбелл уникальной.

Ключевые слова:

Тара Кэмпбелл малая проза создание персонажей метафора психологический анализ литературные приемы целостность экспериментальный стиль символические образы.

Kirish. Zamonaviy adabiyotning eng ta’sirchan janrlaridan biri bo‘lgan mitti hikoya o‘zining ixchamligi va semantik zichligi bilan ajralib turadi. Ushbu janrda yozuvchi qisqa hajm ichida obrazlarni yaratish, voqealar rivojini aks ettirish va o‘quvchiga kuchli estetik ta’sir ko‘rsatish mahoratini namoyon qilishi lozim. Tara Kampbel zamonaviy mitti hikoya ustalaridan biri bo‘lib, uning asarlarida xarakter yaratishning o‘ziga xos badiiy jihatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Kampbel hikoyalarida personajlar chuqur psixologik tahlil va ramziy obrazlar orqali jonlantiriladi. U qisqa, lekin mazmunan boy jumlalar, ichki monologlar va o‘ziga xos dialoglardan foydalanib, o‘quvchini voqea ichiga tezda olib kiradi. Ayniqsa, “The Wolf at the Door” va “The Impossibility of bats” hikoyalari yozuvchining xarakter yaratishdagi badiiy mahoratini yaqqol namoyish etadi. Ushbu asarlarda metaforalar, eksperimental uslublar va ramziy tasvirlar kuchli ishlangan bo‘lib, ular orqali inson ruhiyati, shaxsiy qarama-qarshiliklar va jamiyatdagi o‘zaro munosabatlar yoritiladi.

Tara Kampbelning mitti hikoyalarida xarakter yaratish san’ati nafaqat qahramonlarning xatti-harakatlari va dialoglari orqali, balki kontekst va ramziy tasvirlar vositasida ham ochib beriladi[1]. Uning hikoyalarida real va fantastik elementlarning uyg‘unligi, o‘quvchini chuqur fikrlashga undaydigan noaniqliklar va ochiq qoldirilgan tafsilotlar muhim rol o‘ynaydi.  Ushbu maqolada Tara Kampbelning mitti hikoyalarida xarakter yaratish san’ati tahlil qilinib, yozuvchining qahramonlarini shakllantirishdagi uslublari, badiiy vositalari va psixologik kuchli ruhiyatni yaratishdagi mahorati muhokama qilinadi. Shu bilan birga, uning asarlarida mitti hikoya janrining imkoniyatlaridan qay tarzda samarali foydalanilgani ham o‘rganiladi.

Tadqiqotlar materiallari va metodologiya. Ushbu mavzuni yoritish maqsadida, Tara Kampbel mitti hikoyalarida xarakter yaratish uslublarini tahlil qilish  uchun bir necha ilmiy metod va metodologiyalardan foydalanildi. Tadqiqot jarayonida asosan quyidagi usullar qo‘llanildi. Adabiy-tahliliy metodi – Kampbel hikoyalaridagi qahramonlarning shakllanishi, ularning psixologik xususiyatlari, dialog va monologlar orqali ochib berilishi tahlil qilindi. Xususan, “The Wolf at the Door”[2] va “The Impossibility of bats”[3] hikoyalari asosida xarakter yaratish texnikalari o‘rganildi.  Psixologik metod – Kampbel personajlarining ruhiy kechinmalari hamda ichki ziddiyatlari psixologik tahlil asosida baholandi. Ushbu yondashuv orqali yozuvchining inson psixologiyasini qanday aks ettirgani o‘rganildi. Kampbel qahramonlarining nutqi va tasviriy ifoda uslublari tahlil qilindi.

Tadqiqot natijalari va muhokama.

Tara Kampbelning mitti hikoyalarida xarakter yaratish uslubi boshqa hikoyalardan farqli ravishda an’anaviy tasvirlash metodlariga bog‘lanib qolmaydi. U personajlarning ichki dunyosini ochib berishda metafora va ramziy obrazlardan keng foydalanadi, dialoglar va ichki monologlar orqali ularning psixologik ziddiyatlarini aks ettiradi hamda eksperimental usullar orqali voqelikni subyektiv qabul qilishni ifodalaydi. Quyida ushbu xususiyatlar "The Wolf at the Door" va "The Impossibility of Bats" hikoyalari asosida batafsil tahlil qilindi. Kampbel mitti hikoyalarida xarakterlarni batafsil tasvirlash o‘rniga, ularning shaxsiyati va psixologik holatini qisqa, lekin mazmunli detallarga asoslangan tarzda ochib bergan va bu uslub minimalizmning samarali qo‘llanishini ko‘rsatib beradi. Masalan, Freyd nazariyasiga ko‘ra, inson xulq-atvori ko‘pincha uning ong osti istaklari bilan belgilanadi. "The Wolf at the Door" hikoyasidagi bo‘ri obrazini shunchaki ertaklardagi salbiy qahramon sifatida emas, balki bosh qahramon ayolning ong osti istaklarini ifodalovchi ramz sifatida ko‘rish mumkin. Bo‘ri — bu istak, vasvasa, o‘tmishdagi jozibador, ammo xavfli munosabatning timsolidir. U eshikda turib, shakar so‘raydi — tashqi jihatdan oddiy iltimos, ammo bu aslida ichki qarama-qarshilikni uyg‘otadi. Hikoya davomida bosh qahramon o‘ziga nisbatan tanqidiy yondashadi: “hech kim menga ishonmaydi”, “osmon to‘g‘risida xavotir olganimdan keyin, tulkiga uchganim, endi bo‘ri bilan bu holat...”[2]. Bu iboralar ayolning ichki superego — ijtimoiy me’yor va tamoyillarga asoslangan o‘zini baholash tizimi — tomonidan azoblanayotganini ko‘rsatadi. U o‘zini doimo xato qiladigan, ishonchsiz inson sifatida ko‘radi:

 “First worrying about the sky, then falling for that fox, now with this wolf at your door…”[2]

Id (shahvoniy va instinktiv istaklar) – “falling for that fox” ifodasi jozibali yoki vasvasali narsa (masalan, sevgi yoki vasvasa) tomon intilishni anglatishi mumkin. Bu idning roli bo‘lib, inson ongsiz istaklariga asoslangan harakatlarini aks ettiradi. Fox (tulki) majoziy ma’noda ayyorlik, joziba yoki yo‘ldan ozdiruvchi xilqatni anglatadi. Ego (reallik tamoyiliga asoslangan men) – “worrying about the sky” qismi tashvish va o‘z ongida real muammolarni idrok etishni bildiradi[5]. Bu egoning o‘z vazifasini bajarib, odamning tashqi muhitdagi xavflar haqida o‘ylantiradi. Superego (axloqiy me’yorlar) – “this wolf at your door” iborasi yaqinlashib kelayotgan xavf yoki jazoni ifodalashi mumkin[6]. Bu superego roli bilan bog‘liq bo‘lib, odatda inson ichidagi axloqiy qoidalar va jazodan qo‘rqish bilan bog‘liq bosimni anglatadi. Bo‘rining (wolf) eshik oldida turishi axloqiy yoki ijtimoiy qoidalarga zid harakatlarning oqibatiga ishoradir.

Adabiy-tahliliy metodi asosida tahlil qilinganda badiiy shakl va xarakter yaratish uslubi bir qator xususiyatlari bilan boshqa hikoyalardan ajralib turadi. Masalan, hikoya ikkinchi shaxs ("you") shaklida yozilgan bo‘lib, bu o‘quvchini bevosita qahramon bilan suhbatlashishga undaydi[8]. Bu usul orqali o‘quvchi qahramonning ichki monologini bevosita kuzatadi. Hikoya modernist va postmodernist elementlarga ega. Ichki monologlar, protagonistning o‘ziga shubhalari – bular psixologik realizm uslubiga xos. “The wolf is at the door...” hikoyasi oddiy syujet ortida murakkab ijtimoiy va shaxsiy muammolarni, gender rollari, ishonch, vasvasa va kuch dinamikasini yoritadi. Tara Campbell bu hikoyani deyarli bir uzun gapdan iborat qilib yozgan. Bunday sintaktik qurilish postmodern adabiyotda tez-tez uchraydi.

“...you take a deep breath before you lean down to the mail slot—which you’ve been meaning to tape over for months, not because you think he could get in (you’re not that paranoid, despite what everyone says)...”[2]

Ushbu uzun parcha qahramon ongining chalkash, shubhali va tahliliy jarayonini aks ettiradi. Oddiy harakat (pochta yorig‘iga egilish) chuqur ichki fikrlar, xavotirlar va o‘zini oqlash bilan boyitilgan. Kampbell hikoyani klassik “Bo‘ri va Qo‘zichoq”, “Qizil qalpoqcha” kabi ertaklar interteksti asosida quradi. Bo‘ri — xavf, yolg‘on, manipulyatsiya timsoli. Ammo Kampbell bu obrazni zamonaviy kontekstga olib kiradi.

“The wolf is at the door asking for a cup of sugar…”[2]

Bu jumla — klassik ertaklardagi “eshik oldidagi bo‘ri” sahnasining zamonaviy va metaforik talqini. Bo‘ri endi ayovsiz yirtqich emas, balki “qahva uchun shakar” so‘rovchisi sifatida namoyon bo‘ladi. U muloyim, lekin baribir xavfli. Hikoya ayolning ichki kurashi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini tiklash jarayonini ko‘rsatadi. U ilgari "fox" (ayyor kishi), hozir "wolf" (bo‘ri)ga uchganini tan oladi — bu ijtimoiy stereotiplarga, ishonchsizlikka va erkaklar manipulyatsiyasiga qarshi pozitsiyani bildiradi.

“and you realize it was no wonder people didn’t take you seriously, first worrying about the sky, then falling for that fox, now with this wolf at your door…”[2]

Bu joyda ayol o‘zining o‘tmishdagi xatolarini tan oladi, ammo bu tan olish uni zaif emas, balki ongli va mustahkam qilib ko‘rsatadi.

and you don’t feel one bit sorry when you shove the packet of Splenda through the mail slot and say, ‘Suck on that.’”[2]

Bu jumla ayolning o‘z jur’atini topgani, rad etishni o‘rgangani va metaforik “eshikni yopgani”ni bildiradi. Tara Campbellning “The wolf is at the door…” hikoyasi adabiy jihatdan o‘ta qatlamli, obrazlar orqali fikr yuritishga asoslangan asar hisoblanadi. Unda postmodernist uslub, intertekstual yondashuvlar, ayol psixologiyasi va kuch dinamikasi o‘zaro uyg‘unlashgan.

Kampbelning “The Impossibility of Bats” hikoyasida insonning real va noreal olam o‘rtasidagi ziddiyatli holati ko‘rsatiladi. Oila ichidagi kelishmovchiliklar va noaniqliklar dialog orqali berilgan. Ushbu hikoyadagi qisqa jumlalar va tezkor javoblar juftlik o‘rtasidagi ziddiyat, tushunmovchilik hamda hissiy beqarorlikni ochib beradi. Hikoyada ko‘rsatilgan chaqaloq va ko‘rshapalak ziddiyati aslida ota-onalik mas’uliyatidan qo‘rquvni bildiradi[7]. Hikoya psixoanalitik metod orqali tahlil qilinganda, Freud nuqtai nazaridan, farzand o‘rnida ko‘rshapalak haqida fikr yuritish bu -id(ong ostidagi xohish, ota-ona ma’suliyatidan qochish), chaqaloq esa superego (ijtimoiy me’yorlar va majburiyatlarni) ifodalaydi. Masalan,

“You only care about bats.”[3]

Ko‘rshapalak — bu ramziy jihatdan ozodlik, mas’uliyatsizlik va cheklovlardan xoli yashash istagidir. Id darajasida, bu obraz qahramonning farzandli bo‘lishning doimiy javobgarligiga tayyor emasligini bildiradi.

“Bats could live in ottomans”, “Babies can’t”

Ushbu jumla orqali, yozuvchi asar qahramonlarining bolaga bo‘lgan e’tiborni majoziy ma’noda ko‘rshapalaklar bilan taqqoslab, ota-onalik  ma’suliyati bilan real hayotda yuzma-yuz turishdan qochishini ko‘rsatadi. Freudga ko‘ra, inson psixikasi og‘riqli haqiqatlardan himoyalanish uchun himoya mexanizmlaridan foydalanadi. Ushbu hikoyada quyidagi holatlar yaqqol ko‘rinadi: Sublimatsiya – istaklarni ijtimoiy maqbul shaklga o‘zgartirish: “Bats could live in ottomans.”[3]

Chaqaloq (real mas’uliyat) o‘rniga ko‘rshapalak (tasavvuriy mas’uliyat) — bu istakni o‘zgartirishdir. Ko‘rshapalak real emas, lekin ular orzu qilingan tartibsiz, hech narsaga majbur qilmaydigan mavjudot. Psixoanalitik jihatdan, ushbu hikoya ota-onalik mas’uliyatidan qo‘rquv, real hayot va orzular o‘rtasidagi ajralish, ichki konflikt va muhabbatda xavf-xatarni anglash, til orqali yuzaga chiqqan ongsiz istaklar, mas’uliyat va erkinlik o‘rtasidagi kurash haqida.

Bu hikoya adabiy-tahliliy metod orqali tahlil qilinsa, buzilish darajasiga yetgan bir nikohda ota-onalik mas’uliyati, sevgi va nafrat, fantaziya va haqiqat o‘rtasidagi ziddiyatlarni kinoya va absurd tarzida ko‘rsatadigan satirik miniature ekanligi yaqqol ma’lum. “Bats” (ko‘rshapalaklar) va “babies” (chaqaloqlar) – bu er-xotin orasidagi kelishmovchiliklarning ramziy ifodasi. Hikoya kulgili ohangda yozilgan bo‘lsa-da, undagi uyatsiz kinoya, achchiq haqiqatlar va qochib bo‘lmaydigan psixologik og‘riqlar uni kuchli adabiy matnga aylantiradi.

“You only care about bats. If you have to listen to anything screaming... let it be bats.”[3]

Bu satrda bola bilan bog‘liq mas’uliyatdan eshitiladigan chaqaloq qichqirig‘ining salbiy hissiy ma’nosi ochiladi. Bola bu yerda  real mas’uliyat, ko‘rshapalak esa fantaziya, javobgarliksiz “farzand”. Ramziy ma’noda keltirilgan (bats) ko‘rshapalak  g‘ayritabiiy, tungi, ko‘rish qobiliyati zaif, yolg‘izlikda yashovchi hayvon. U er-xotinning o‘zaro munosabatidagi so‘nib borayotgan mehr, qorong‘ilik va aloqa yo‘qligini bildiradi. Ko‘rshapalak chaqaloqning aksi, ya’ni ota-onalik mas’uliyatining rad etilishi. Chaqaloq – yangi hayot, mas’uliyat, o‘sish va orzu. Ammo bu hikoyada:

“Now the only screaming we can hear is from the babies we’ll never have.”[3]

Bu satr — e’tiborsiz, yetarli quvvat va mehrsiz qolgan orzularni bildiradi. Endi bu orzular amalga oshmasligi aniq bo‘lganligini ifodalaydi.

Hikoyaning uslubi dialogga asoslangan, bu esa o‘quvchini voqealarning ichiga tortadi. Ironik va satirik, ammo og‘ir psixologik mavzularni ko‘taradi. Masalan,

“Want to hear some real screaming?” Bu satr kinoya bilan aytilgan, ammo ortida jahl, dard va kuchsizlik yashiringan. “Haqiqiy qichqiriq” — bu psixologik og‘riq va buzilgan munosabatlar qichqirig‘idir.

Xulosa. Tara Kampbellning mitti hikoyalarida xarakter yaratish san’ati uning yozuvchilik mahoratini va zamonaviy (flash fiction) mitti hikoyalar janrining imkoniyatlarini yaqqol namoyon qiladi. Jumladan, “The Wolf at the Door” va “The Impossibility of Bats” hikoyalari hajm jihatidan qisqa bo‘lishiga qaramay, murakkab ruhiy holatdagi, ziddiyatli va ramziy obrazlarni yaratishda muallifning kuchli uslubini ko‘rsatadi. Har ikki hikoyada ham xarakterlar voqelik orqali emas, balki ularning ichki monologi, ramziy ifodalari va nozik psixologik o‘zgarishlari orqali chuqur tasvirlanadi. “The Wolf at the Door” hikoyasida Kampbell jamiyatdagi tahdid, tashqi xavf va ichki qo‘rquvdan iborat psixologik portretni yaratadi. Qahramonlarning harakatsizligi orqali insonning o‘ziga va atrofga bo‘lgan loqayd munosabati ochib beriladi. Hikoyaning markazida bo‘ri — klassik xavf timsoli — mavjud bo‘lib, u tashqi xavf bo‘lishi bilan birga, inson ongidagi ichki qo‘rquv, tashvish va ong osti darajasidagi xavotirlarni ham ifodalaydi. Qahramonlar bo‘rining eshik ortida turganidan xabardor bo‘lsalar-da, hech qanday chora ko‘rmaydi, balki loqaydlik va harakatsizlik bilan yashashni davom ettiradilar[4]. Bu esa insoniyatning muammolardan ko‘z yumish, ijtimoiy befarqlik va ichki zaiflikka berilish kabi holatlarini yoritadi. Hikoyadagi personajlar jismonan faol bo‘lmasa-da, ularning ichki dunyosidagi taranglik, qo‘rquv va umidsizlik so‘zlar va ramzlar orqali ochib beriladi.

Kampbell bo‘ri obrazini ko‘p qirrali ramzga aylantiradi – u nafaqat tashqi tahdid, balki jamiyatdagi bosim, noto‘g‘ri qarorlar, ruhiy turg‘unlik va hatto passiv agressiyaning ramzidir. “The Impossibility of Bats” hikoyasida esa Kampbell psixologik murakkablik, oilaviy inqiroz va ruhiy beqarorlikni keskin, ammo yumoristik tarzda ochib beradi. Qahramonlar orasidagi dialoglar chuqur psixologik ziddiyatlar va munosablikdatlardagi muammolardan dalolat beradi. “Bats” va “babies” (ko‘rshapalak va bolalar) qarama-qarshiligi orqali ota-onalik instinkti, emotsional yetuklik va qo‘rquv ramziy ifoda topadi. Masalan, “If we had one, I’d have to hide it in the ottoman every time Mommy got mad” kabi satrlar orqali personajlar orasidagi tahdid, zulm va noto‘g‘ri muomala nozik ishora bilan beriladi. “Bats could live in ottomans” degan g‘oya esa haqiqatdan qochish, hissiy sovuqlik va irratsional istaklarning aksidir. Muallif ruhiy tushkunlik, inkor, stress va hissiy charchoqni tasvirlaydi[4]. Bu hikoya orqali Kampbell murakkab his-tuyg‘ular va ichki ziddiyatlar fonida insoniy munosabatlardagi psixologik noaniqlikni ochib beradi.

Har ikki hikoyada Kampbell xarakterlarni o‘ta qisqa matnlar vositasida, ammo murakkab psixologik va ramziy qatlamlar orqali yaratadi. Bu uslub, albatta, zamonaviy flash fiction janrining kuchli tomonlaridan biridir. U har bir obrazni nafaqat tashqi tasvir orqali, balki ichki ovoz, ramz, metafora va muloqot orqali jonlantiradi.

Опубликован

Загрузки

Биографии авторов

Феруза Хаджиева,
Бухарский государственный университет

Доктор филологических наук (DSc), профессор

Парвина Шарипова,
Бухарский государственный университет

Магистрант

Как цитировать

Хаджиева, Ф., & Шарипова, П. (2025). Искусство создания персонажей в малой прозе Тары Кэмпбелл. Лингвоспектр, 4(1), 724–729. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/682

Похожие статьи

<< < 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.