Негативное влияние родного языка на овладение письменной речью на английском языке

Авторы

  • Джизакский государственный педагогический университета
Ingliz tili yozma nutqini o‘rganishda ona tilining salbiy ta’siri

Аннотация

 

Аннотация: Данное научное исследование посвящено изучению негативного влияния родного узбекского языка на развитие письменной речи у студентов, изучающих английский язык как второй. В рамках исследования проанализированы случаи грамматической, синтаксической и лексической интерференции, наблюдаемые в письменной речи, а также раскрыты причины их возникновения на основе лингвистических и психолингвистических подходов. В частности, на основе анализа реальных письменных работ рассматривается, как типологические особенности узбекского языка влияют на английскую письменную речь. Ошибки, возникающие в результате интерференции, систематизируются и предлагаются эффективные методические решения по их предотвращению. Исследование направлено на более глубокое понимание роли родного языка в формировании письменной компетенции на английском языке, своевременное выявление ошибок и выдвижение рекомендаций по их исправлению. Основная цель исследования – выявить случаи негативной интерференции узбекского языка в английских письменных текстах, проанализировать их причины и степень влияния, а также разработать практические и методические рекомендации по устранению данных проблем. В работе использованы как качественные методы (наблюдение, анализ письменных работ), так и количественные (опрос, результаты тестов). Наиболее распространённые ошибки в студенческих письменных работах проанализированы на примерах и классифицированы с типологической точки зрения.

Ключевые слова:

интерференция компетенция межъязыковая интерференция внутриъязыковые ошибки коннотативное несоответствие когнитивная нагрузка стилистические ошибки

Yozma nutq kompetensiyasi – bu til o‘rganayotgan shaxsning o‘z fikrini mantiqan to‘g‘ri, grammatik jihatdan aniq, uslubiy va madaniy me’yorlarga muvofiq yozma shaklda ifoda eta olish qobiliyatidir. Zamonaviy til o‘rgatish metodikasida yozma nutq kommunikativ kompetensiyaning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. U o‘rganuvchining so‘z boyligini, grammatik bilimlarini, mantiqiy fikrlash darajasini, shuningdek, ma’lum bir uslubda yozish malakasini talab qiladi.

Yozma nutqni rivojlantirish bir necha bosqichda amalga oshadi:

·  Tayyorgarlik bosqichi – o‘rganuvchi matn tuzishning asosiy elementlari bilan tanishadi, oddiy jumlalarni tuzadi.

·  Model asosida yozish – talabalar namunaviy matn asosida o‘z fikrlarini shakllantiradilar.

·  Mustaqil yozish – o‘rganuvchi mavzuni mustaqil tahlil qiladi va o‘z nutqini ishlab chiqadi.

·  Ijobiy va tanqidiy fikr bildirish – rivojlangan bosqichda o‘quvchi matn mazmunini baholaydi, asosli fikr bildiradi.

Yozma nutq o‘z mohiyati bilan og‘zaki nutqdan farq qiladi: u oraliq fikrlashni, tuzilmaviy izchillikni va stilistik aniqlikni talab qiladi. Ayniqsa ingliz tilida yozish jarayonida grammatik, sintaktik va uslubiy moslashuv muhim ahamiyatga ega. Bu bosqichlarda o‘rganuvchining ona tilidagi fikrlash modeli ko‘p hollarda ingliz tilidagi yozma ifodaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Til interferensiyasi – bu o‘rganuvchining ona tilidagi til birliklari va fikrlash modeli ikkinchi tilni egallashga to‘sqinlik qiladigan holatdir. Bu termin ilk bor tilshunos olim U. Vaynrayx tomonidan 1953-yilda ilmiy muomalaga kiritilgan. Vaynrayx interferensiyani “bir tilning elementlari ikkinchi tilda qo‘llanishi oqibatida yuzaga keladigan lingvistik hodisa” deb ta’riflaydi.

Keyinchalik E. Kellogg, R. Lado, S. Krashen, J. Kummings kabi tilshunoslar interferensiyani ikkinchi tilni o‘rganishdagi asosiy psixolingvistik to‘siqlardan biri deb hisobladilar. Masalan, R. Lado kontrastiv tahlil asosida interferensiyani til strukturalaridagi farqlar bilan bog‘ladi. U o‘xshashliklar o‘rgatishni yengillashtirsa, farqlar esa xatolarga olib kelishini isbotlagan.

S. Krashen esa til o‘rganishning tabiiyligi va tafakkur asoslariga urg‘u beradi. Unga ko‘ra, tilni o‘zlashtirishda ona tilining ta’siri faqat grammatik jihatdan emas, balki fikr shakllanishi va ma’no tushunchasida ham o‘z aksini topadi. Aynan shu sababdan, ona tilidagi nutq modelini to‘liq ingliz tiliga o‘tkazishga harakat qilish noto‘g‘ri yozmalarga olib keladi.

Interferensiyaning turlari quyidagicha tasniflanadi:

·  Grammatik interferensiya (gap bo‘laklari, zamonlar, kelishiklar);

·  Sintaktik interferensiya (gap tuzilmasi, so‘z tartibi);

·  Leksik interferensiya (bevosita tarjima, kalka);

·  Fonetik interferensiya (yozma shaklda kamroq);

·  Stilistik interferensiya (ona tiliga xos uslubda yozish).

Til o‘rganish jarayonida o‘rganuvchi ona tilining grammatik, fonetik va semantik xususiyatlarini yangi o‘rganilayotgan tilga ko‘chirib, bu tilning tabiiy qonuniyatlariga zid bo‘lgan xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Bu holat tilshunoslikda "interferensiya" deb ataladi. Interferensiya holati til o‘rganishning barcha bosqichlarida, ayniqsa boshlang‘ich davrida tez-tez uchraydi va bu xatolar tahlili til o‘rgatish metodikasi uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Til o‘rganishdagi interferensiya hodisasi nazariy jihatdan bir necha asosiy yondashuvlar orqali izohlanadi. Interferensiya va intertilga oid dastlabki yondashuvlar 1970-yillarga borib taqaladi. Selinker (1972) tomonidan ilgari surilgan "intertil" atamasi, o‘rganilayotgan tilning grammatik normalarini o‘zlashtirishga intilayotgan o‘quvchining mustaqil til tizimi sifatida ta’riflangan. Bu yondashuv Corder (1967) tomonidan ishlab chiqilgan xatolar tahlili nazariyasiga asoslanadi. Unga ko‘ra, o‘rganuvchining qilgan xatolari ularning tildagi real holatini, strategiyalari va usullarini aniqlashda muhim ilmiy manba hisoblanadi.

Saville (2006) ta’kidlashicha, L1 va L2 o‘rganish jarayonida bir qator farqlar mavjud bo‘lib, o‘rganuvchilar boshlang‘ich bosqichda o‘xshash yo‘nalishda harakat qilishlariga qaramay, keyingi bosqichda ular o‘zlarining ichki til tizimini – intertilni shakllantiradilar. Selinker (Tarone, 2006) fikriga ko‘ra, intertil quyidagi besh psixolingvistik omil asosida shakllanadi: ona tilidan transfer, ikkinchi til qoidalarini haddan tashqari umumlashtirish (overgeneralization), o‘rgatish jarayonining ta’siri (transfer of training), kommunikativ strategiyalar va ikkinchi tilni o‘rganish strategiyalari.

Birinchi psixolingvistik jarayon – bu ona tilidan transfer. Dong (2013) qayd etganidek, L2 o‘rganayotganlar ko‘pincha inter-lingval identifikatsiya qiladi, ya’ni ona tilidagi strukturani ikkinchi tilga ko‘chiradi. Odlin (1989) til transferini ona til bilan nishon til o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlar orqali izohlaydi. Richard va Schmidt (2002) bu transferni ikki turga ajratadi: ijobiy (positive) va salbiy (negative). Ijobiy transfer holatida ona tili va nishon til o‘rtasida o‘xshashliklar mavjud bo‘lib, bu holat til o‘rganishni osonlashtiradi (masalan, ingliz tilidagi "dad" va o‘zbek tilidagi "dada"). Salbiy transfer esa, ya’ni interferensiya, ona tilidagi strukturani ikkinchi tilga noaniq tarzda ko‘chirish natijasida yuzaga keladi (masalan, "I to school go" – o‘zbekcha so‘z tartibining inglizcha tuzilishga noto‘g‘ri qo‘llanilishi).

Ikkinchi muhim omil – bu ikkinchi til qoidalarini haddan tashqari umumlashtirish. Dong (2013) bu holatni L2 o‘rganuvchilarning tildagi umumiy qoidalarni anglab, ularni istisnosiz holda har doim ishlatishga intilishi bilan izohlaydi. Puspita (2019) fikricha, o‘rganuvchilar o‘tgan zamon shakli -ed qo‘shimchasi orqali hosil bo‘lishini o‘rganib, uni barcha fe’llarga qo‘llashadi (masalan, hitted, goed, drinked o‘rniga hit, went, drank). Bu esa ularning qoidani o‘zlashtirganini ko‘rsatsa-da, istisnolarni chuqur o‘rganmaslik natijasida xatolik yuzaga keladi. Puspita (2019) bu xatolarni o‘quvchining boshqa o‘rgangan tillari yoki mavjud bilimlari asosida yuzaga kelgan interferensiya bilan bog‘laydi.

Fauziati (2016) tomonidan keltirilishicha, Brown (1994) intertilning o‘tkazuvchanlik xususiyatini birinchi bo‘lib ta’kidlagan. Undan so‘ng Connor (1996) til o‘rganuvchilarning xatolarini ikki turga ajratgan: inter-lingval va intra-lingval. Inter-lingval xatolar – bu ona tilining yoki tashqi omillarning ta’siri natijasida yuzaga keladigan xatolar bo‘lsa, intra-lingval xatolar esa o‘rganuvchining ichki bilimlari yoki o‘rganilayotgan tilning o‘ziga xos tizimi bilan bog‘liq xatolardir. Brown shuni ham qayd etadiki, til o‘rganishni endigina boshlayotgan o‘quvchilar, ko‘pincha faqatgina o‘z ona tilining tizimiga tayangan holda fikrlaydilar. Natijada, ushbu bosqichda yuzaga keladigan ko‘plab xatolar ona tilining bevosita ta’siri bilan izohlanadi.

Ona tili va chet tili strukturasi o‘rtasidagi farqlar ko‘pincha yozma nutqdagi interferensiyalarning asosiy manbai hisoblanadi. O‘zbek va ingliz tillari tipologik jihatdan mutlaqo turlicha: o‘zbek tili agglutinativ, ingliz tili esa flektiv til guruhiga mansub.

Quyidagi asosiy farqlar interferensiyaga olib keladi:

Interferensiyaga sababchi bo‘luvchi asosiy farqlar (1.1 jadval)

 

Til jihati

O‘zbek tili

Ingliz tili

So‘z tartibi

S + O + V (U kitobni o‘qidi)

S + V + O (He read the book)

Fe’l zamon shakllari

Qo‘shimchalar orqali

Yordamchi fe’llar orqali

So‘z yasalishi

Qo‘shimcha (kitob+lar+imiz+dan)

Old qo‘shimcha, so‘z almashuvi

Ko‘plik shakllari

-lar qo‘shimchasi

-s, -es, ba’zida o‘zgartiriladi

Gap bog‘lovchilari

Juda keng

Chegaralangan, aniqlikka urg‘u

Jadval 1.1

Til o‘rganish psixologik va kognitiv jarayon bo‘lib, bunda shaxsning aqliy modeli va tafakkuri muhim o‘rin tutadi. Tilni yozma shaklda o‘zlashtirishda o‘rganuvchi o‘z fikrini ona tilida shakllantirib, uni tarjima qilishga urinadi. Bu esa ko‘pincha so‘zma-so‘z tarjima va konnotatsiyaviy nomuvofiqlik kabi muammolarga olib keladi.

Psixolingvistlar (masalan, V. Xomsk, A. Leontyev, G. P. Veynrax) tilni o‘rganish jarayonida aqliy faoliyat, fikrlash modeli, ijtimoiy tajriba va madaniy tafakkur birgalikda harakat qilishini ta’kidlaydilar. Agar o‘rganuvchi fikrni ingliz tilida emas, o‘zbek tilida shakllantirib tarjima qilsa, interferensiya xatolari muqarrar yuzaga chiqadi.

Chet tilida fikr bildirishda, ayniqsa yozma shaklda, o‘quvchilar ko‘pincha avval fikrni ona tilida shakllantiradilar, so‘ng uni so‘zma-so‘z ingliz tiliga tarjima qiladilar. Bu esa sintaktik, semantik va stilistik darajadagi xatolarga sabab bo‘ladi. Ushbu hodisa interlanguage (oraliq til) va mental translation (mental tarjima) tushunchalari bilan bog‘liq.

Tarjima asosida fikrlashda quyidagi asosiy muammolar kuzatiladi:

1.   Sintaktik noto‘g‘riliklar – o‘zbek tilidagi gap tuzilmasini ingliz tiliga ko‘chirish (masalan, She my teacher is o‘rniga She is my teacher bo‘lishi kerak);

2.   Bevosita leksik tarjima – idiomatik ifodalarni so‘zma-so‘z tarjima qilish (masalan, He gave the soul o‘rniga He passed away);

3.   Stilistik nomuvofiqlik – chet tilidagi uslubga mos kelmaydigan ifodalar (masalan, I want to say that I am very glad from this o‘rniga I’m very happy about it);

4.   Kognitiv yuklama – ikkinchi tilda fikrlashning rivojlanmaganligi tufayli murakkab jumlalarni ifodalashda qiyinchilik yuzaga keladi.

Psixolingvistik yondashuvlar

Bu muammoni chuqurroq tushunish uchun ba’zi psixolingvistik nazariyalarni ko‘rib chiqish zarur:

·  Stiven Krashenning “Monitoring Hypothesis” nazariyasiga ko‘ra, o‘quvchi tilni avtomatik ravishda ishlatmaydi, balki grammatika qoidasini xotirada tutib, doimo tahrir qilishga intiladi. Bu esa yozma nutqning sekinlashuviga va xatolik ortishiga olib keladi.

·  Lev Vygotskyning “Ichki nutq” (inner speech) konsepsiyasi o‘quvchilarning avval ona tilida ichki fikr shakllantirib, keyin uni chet tilida ifodalash tendensiyasini tushuntiradi.

·  Jim Cumminsning “Common Underlying Proficiency” (CUP) modeli esa tillararo umumiy bilish qobiliyatining mavjudligini ko‘rsatadi, ammo strukturaviy tafovutlar interferensiyaga sabab bo‘lishi mumkinligini ham tasdiqlaydi.

O‘quvchilarda kuzatiladigan psixolingvistik holatlar

Quyida ayrim real yozma ishlar asosida psixolingvistik interferensiya namunalari keltiriladi:

·  Xato: I am thinking about to go to the cinema.
Izoh: “about to go” ifodasi o‘zbek tilidagi “borish haqida o‘ylayapman” shaklining bevosita tarjimasidir. To‘g‘risi: I am thinking about going to the cinema.

·  Xato: From this book I get many good information.
Izoh: O‘zbekcha “ko‘p yaxshi ma’lumotlar oldim” gapining so‘zma-so‘z tarjimasi. Ingliz tilida “information” sanalmaydigan ot bo‘lgani uchun a lot of useful information shakli to‘g‘ri bo‘ladi.

·  Xato: I feel myself tired.
Izoh: O‘zbek tilidagi “o‘zimni charchagan his qilyapman” iborasi asosida yasalgan xato.
To‘g‘risi: I feel tired.

Muammoni bartaraf etish yo‘llari

Tarjima asosida fikrlash muammosini kamaytirish uchun quyidagi strategiyalar samarali hisoblanadi:

·  To‘g‘ridan-to‘g‘ri fikrlashni o‘rgatish – o‘quvchilarga ingliz tilida sodda jumlalar bilan fikrni shakllantirish ko‘nikmasini rivojlantirish;

·  Tarjimani cheklash – har doim tarjimadan foydalanmasdan, tilni kontekst asosida o‘zlashtirishga undash;

·  Kontrastiv tahlil ishlatish – ingliz va o‘zbek tillarining strukturaviy farqlarini amaliy misollar orqali solishtirish;

·  Ichki nutq mashqlari – o‘quvchilardan biror topshiriqni bajarishdan oldin fikrni ingliz tilida ichki ravishda ifodalashni mashq qilishlarini so‘rash.

Mazkur maqolada ingliz tili yozma nutqini o‘rganish jarayonida ona tilining – xususan o‘zbek tilining – salbiy ta’siri, ya’ni interferensiya holatlari atroflicha tahlil qilindi. Tadqiqotning nazariy va amaliy asoslari, psixolingvistik omillar, grammatik, leksik, sintaktik va uslubiy xatolar, shuningdek, ularni kamaytirishga xizmat qiluvchi metodik va innovatsion yondashuvlar chuqur o‘rganildi.

 

 

Библиографические ссылки

Corder, S. P. (1981). Error Analysis and Interlanguage. Oxford: OUP.

Dong, G. (2013). On the nature of interlanguage. Research on Humanities and Social Sciences, 3(18), 42–45

Ellis, R. (2003). Task-Based Language Learning and Teaching. Oxford University Press.

Fauziati, E. (2017). Native and Target Language Influence on Students’ Interlanguage Production: A Case of Indonesian EFL Composition. Indonesian Journal of Applied Linguistics, 7(1), 54-63

Harmer, J. (2007). The Practice of English Language Teaching. Pearson Longman.

James, C. (1998). Errors in Language Learning and Use. London: Longman.

Karimov, G. (2021). Ingliz tilini o‘qitish metodikasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.

Krashen, S. (1982). Principles and Practice in Second Language Acquisition. Pergamon Press.

Larsen-Freeman, D. (2000). Techniques and Principles in Language Teaching. Oxford University Press.

McCarthy, M. (2001). Issues in Applied Linguistics. Cambridge University Press.

Rahmonova, D. (2018). Til o‘rganishda interferensiya muammolari. Toshkent: Fan nashriyoti.

Richards, J. C., & Rodgers, T. (2014). Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge University Press.

Опубликован

Загрузки

Как цитировать

Аманова , М. (2025). Негативное влияние родного языка на овладение письменной речью на английском языке. Лингвоспектр, 4(1), 910–915. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/713

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.