Значение лингвистической компетенции для студентов-филологов

Аннотация
В данной статье проанализированы актуальность и пути развития лингвистической компетенции у студентов филологических направлений в условиях глобализации и стремительного развития информационных технологий. Лингвистическая компетенция рассматривается как система взаимосвязанных знаний — грамматических, лексических, фонетических и прагматических, которая позволяет студентам не только теоретически овладеть языком, но и применять его в практике, а также в культурном и социальном контексте. Освещены значение лингвистической компетенции для будущих филологов, её основные компоненты и методы формирования. Язык представлен не только как средство общения, но и как профессиональный инструмент для анализа, перевода и интерпретации текстов. В исследовании использованы дескриптивный, сравнительный и аналитический методы для изучения компонентов лингвистической компетенции. Также рассмотрена роль цифровых технологий, интерактивных платформ и инновационных подходов в развитии языковых навыков. Статья включает рекомендации по оценке лингвистической компетенции, повышению квалификации преподавателей и развитию межкультурной коммуникации, а также содержит теоретические и практические подходы к повышению качества образования в филологической сфере.
Ключевые слова:
Лингвистическая компетенция студенты-филологи профессиональная подготовка грамматическая компетенция дискурсивная компетенция социолингвистическая компетенция стратегическая компетенция межкультурная коммуникация критический анализ.Kirish.
Globalizatsiya va axborot texnologiyalari rivojlanib borayotgan bugungi davrda chet tillarni o‘rganish va ulardan samarali foydalanish masalasi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Xususan, xorijiy tilni chuqur o‘rganishga ixtisoslashgan filologiya yo‘nalishi talabalari uchun til bilimlari nafaqat bilim sifatida, balki kasbiy faoliyatning asosiy vositasi hisoblanadi. Bunday sharoitda lingvistik kompetensiya- ya’ni til tizimini chuqur anglash, to‘g‘ri va kontekstga mos qo‘llay bilish qobiliyati har bir filolog mutaxassis uchun muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Lingvistik kompetensiya talabaning fonetik, grammatik, leksik va pragmatik bilimlarini bir butun tizimda shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, filolog talabalarning nafaqat og‘zaki nutqda erkin fikr bildira olishi, balki tarjima faoliyatida ham aniq izchillikni ifodalay olishiga ham imkon beradi. Turli xil madaniy kontekstlarni maromiga yetkazib tarjima qilish qobiliyatini shakllantiradi. Shu bois, filologiya yo‘nalishida tehsil olayotgan talabalar uchun lingvistik kompetensiyani rivojlantirish ularning kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatlari bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Lingvistik kompetensiya atamasi ilk bor amerikalik tilshunos olim Noam Xomskiy tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u bu tushunchani insonning cheksiz sonli gaplarni to‘g‘ri shakllantirish va tushunish qobiliyati sifatida ta’riflagan. Xomsky (1965) til tizimi va uning ishlatilishiga oid bilimni «kompetensiya» deb atagan bo‘lsa, uning real nutqdagi namoyon bo‘lishini «perfomans» deb ajratgan. Keyingi yillarda bu tushuncha til o‘rganish metodikasi va lingvodidaktika sohalarida keng qo‘llanila boshladi. Keyingi tadqiqotlarda, masalan, Dell Hymes (1972) tomonidan lingvistik kompetensiya tushunchasiga kommunikativ jihatlar ham qo‘shilib, kommunikativ kompetensiya tushunchasi shakllantirildi. Hymes fikricha, tilni bilish faqat grammatik qoidalarni egallash bilan emas, balki uni kontekstda to‘g‘ri va samarali qo‘llay bilish bilan ham chambarchas bog‘liq. Bu yondashuv ayniqsa filologiya yo‘nalishi talabalari uchun muhim, chunki ular nafaqat tilni o‘rganadilar, balki uni adabiyot, tarjima, madaniyatshunoslik sohalarida faol qo‘llaydilar.
K. E. Kanale va M. Svain (1980) lingvistik kompetensiyani kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy qismlaridan biri deb baholagan va uni to‘rtta asosiy komponentga ajratgan:
1. Grammatik kompetensiya – morfologiya, sintaksis, leksika, orfografiya va fonologiyani egallash;
2. Diskurs kompetensiyasi – matnlarni bog‘liq va mantiqiy tarzda tuzish;
3. Sotsiolingvistik kompetensiya – tilni ijtimoiy kontekstda to‘g‘ri qo‘llash;
4. Strategik kompetensiya – kommunikatsion muammolarni hal etish uchun strategiyalardan foydalanish.
O‘zbek tilshunosligida ham bu tushuncha asta-sekin chuqurlashtirilmoqda. Masalan, Q. Yo‘ldoshev (2007) va M. Yusupova (2014) kabi olimlar lingvistik kompetensiyaning til o‘rgatishdagi o‘rnini milliy kontekstda izohlab berganlar. Ularning tadqiqotlarida til o‘rganish jarayonida fonetik va grammatik bilimlar bilan birga madaniy omillarni ham hisobga olish zarurligi ta’kidlanadi. N. Mamatqulova (2022) ta’kidlaganidek hozirgi kunda tadqiqotchilar til kompetensiyasini o‘rganishda fonetik, grammatik va leksik kompetensiyalarini rivojlantirish va takomillashtirishning turli jihatlarini tahlil qilmoqdalar.
Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqolani yozish davomida tahliliy yondashuv asosida tadqiqot olib borildi. Lingvistik kompetensiyaning mazmun-mohiyatini aniqlash va uning filologiya yo‘nalishida tehsil olayotgan talabalar uchun ahamiyatini ochib berish maqsadida bir necha metodlar kompleks tarzida qo‘llanildi. Avvalo, deskriptiv (ta’rifiy) metod orqali lingvistik kompetensiya tushunchasiga doir turli manba va adabiyotlar tahlil qilindi. Ushbu metod yordamida terminologik aniqlik kiritilib, tilshunoslik va lingvodidaktika sohalaridagi asosiy nazariy qarashlar umumlashtirildi. Qiyosiy metod vositasida turli olimlarning lingvistik kompetensiyaga bergan tariflari, yondashuvlari va komponentlari o‘zaro solishtirilib, ularning umumiy va farqli jihatlari aniqlab berildi. Analitik metod asosida lingvistik kompetensiyaning tarkibiy qismlari (grammatik, leksik, fonetik, pragmatik) va ularning filologiya talabalarining o‘quv jarayonidagi o‘rni tahlil qilindi. Tadqiqot doirasida xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy maqolalari, darsliklar, monografiyalar hamda til o‘rgatish metodikasi bo‘yicha so‘nggi yutuqlar asosiy manba sifatida o‘rganildi.
Tahlil va natijalar. Olib borilgan adabiy manbalar tahlili va mavjud ilmiy-nazariy yondashuvlar asosida lingvistik kompetensiyaning filologiya yo‘nalishidagi o‘rni va amaliy ahamiyati samarali o‘rganildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, lingvistik kompetensiya bugungi kunda zamonaviy tilshunoslik va ta’lim metodikasi doirasidagi asosiy tushunchalardan biriga aylangan. U tilni to‘liq va mukammal o‘zlashtirish, muloqotda erkinlikka erishish va madaniy hamda ijtimoiy kontekstda samarali ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan kompleks bilim va ko‘nikmalar yig‘indisidir. Bir nechta xorijiy va mahalliy tadqiqotlar tahlil qilinganda, filologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun lingvistik kompetensiyaning quyidagi jihatlari muhim ahamiyat kasb etishi aniqlandi:
1. Kasbiy tayyorgarlikning asosi: Til – filologlar uchun nafaqat aloqa vositasi, balki tadqiqot, tarjima, tahlil va ijodiy ishning asosiy obyekti va vositasidir. Shuning uchun, lingvistik kompetensiya filologik faoliyatning tayanch poydevoridir.
2. Ko‘p tillilik va madaniyatlararo muloqot: Lingvistik kompetensiyaga ega bo‘lgan filolog tilning madaniy xususiyatlarini ham anglay oladi. Bu esa uni global muloqotda raqobatbardosh qiladi.
3. O‘quv jarayonining samaradorligi: Lingvistik kompetensiya kuchli bo‘lgan talaba til materialini tezroq o‘zlashtiradi, yangi bilimlarni tizimlashtira oladi, matnlar bilan ishlashda faol va mustaqil bo‘ladi.
4. Ijodiy fikrlash va tanqidiy tahlil: Lingvistik kompetensiyasi har tomonlama rivojlangan talabalar matnlar tahlilida, stilistik va semantik tahlillarda, tarjima jarayonlarida chuqurroq ishlashga qodir bo‘ladi.
Empirik asoslarga tayangan holda aytish mumkinki, talabalar orasida til bilimining shaklan mavjud bo‘lishi yetarli emas. Ularni turli kontekstlarda to‘g‘ri qo‘llay olish, tilning nozik jihatlarini anglash, madaniy va kommunikativ muvofiqlikni ta’minlash ham zarur. Shu nuqtai nazardan, lingvistik kompetensiyaning quyidagi elementlari alohida ajratib ko‘rsatildi:
•Grammatik va leksik bilimlar – til qurilishining asosiy elementlari sifatida;
• Fonetik va ortoepik ko‘nikmalar – og‘zaki muloqot sifati uchun muhim;
• Pragmatik bilimlar – ma’noni anglash va yetkazish aniqligi uchun zarur;
• Stilistik sezuvchanlik – turli matn janrlarini farqlay olish va mos uslubda ifoda topish.
Yana bir muhim jihat – raqamli texnologiyalar vositasida lingvistik kompetensiyani rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Onlayn platformalar (Duolingo, Quizlet, BBC Learning English), interaktiv mobil ilovalar, sun’iy intellekt asosidagi mashqlar va ovozli tahlil ilovalari til o‘rganishda shaxsiylashtirish, tezkor fikr-mulohaza va erkin mashq qilish imkonini bermoqda. Bu vositalar ayniqsa filologiya talabalari uchun mustaqil va ijodiy o‘rganish imkoniyatlarini kengaytiradi. Sh. Xamroyeva (2024) fikriga ko‘ra lingvistik kompetensiyani rivojlantirish talabalarda ko‘plab o‘lchovlarni o‘z ichiga olgandinamik jarayon bo‘lib, unga fonologik, morfologik, sintaktik, semantik va pragmatik kompetensiya kiradi. Bu jarayon atrof-muhit, genetik va ta’lim faktorlarining, shuningdek, madaniy va ijtimoiy ta’sirlarning o‘zaro murakkab ta’siri bilan shakllanadi. Lingvistik kompetensiyani rivojlantirish jarayoni chaqaloqlikdan boshlanadi, erta bolalik davrida davom etadi, o‘smirlik va kattalik davrida uzayadi, har bir bosqich insonning til ko‘nikmalarining umumiy yetukligiga hissa qo‘shadi.
Shuningdek tahlil davomida quyidagilar aniqlandi:
- Lingvistik kompetensiya rivojlanmagan talaba fikrini aniq ifoda etishda qiynaladi, Bu qiyinchilikning mavjudligi ayniqsa yozma va og‘zaki matnlar yaratishda ko‘zga tashlanadi.
- Nazariy bilimlar amaliyot bilan uyg‘unlashmasa, kompetensiyaning shakllanishi sekin kechadi.
- Lingvistik kompetensiyani baholashda oddiy testlardan tashqari portfoliolar, erkin yozuvlar, og‘zaki nutq namunalarini tahlil qilish kabi usullar samaraliroq hisoblanadi.
Shunday qilib, tadqiqot natijalari lingvistik kompetensiya filologiya ta’limining markaziy elementi bo‘lib, uni tizimli, bosqichma-bosqich va interfaol metodlar orqali rivojlantirish zarurligini ko‘rsatdi.
Xulosa va takliflar. Lingvistik kompetensiya filologiya yo‘nalishidagi talabalar uchun muhim kasbiy ko‘nikma bo‘lib, til o‘rganish jarayonida ularning tilga oid nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishda asosiy omil hisoblanadi. Filologiya mutaxassisligi o‘zining mazmuni va ta’lim uslubi bilan boshqa sohalardan farq qiladi, chunki bu yo‘nalish tilning grammatik va sintaktik tomonini o‘rganibgina qolmay, balki madaniy, pragmatik, sotsiolingvistik jihatlarini ham chuqur o‘rganishni talab qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, filologiya mutaxassisi uchun tilni faqat nazariy jihatdan bilish emas, balki tilni ijtimoiy va madaniy kontekstda to‘g‘ri qo‘llay olish ham muhim. Shu ma’noda, lingvistik kompetensiyaning asosiy tarkibiy qismlari: grammatik, leksik, fonetik, pragmatik va madaniy-kommunikativ kompetensiya filologiya talabalarining kasbiy salohiyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Til o‘qitish metodikasida lingvistik kompetensiyaning roli haqida Avstraliyalik olim D.Nunan quyidagicha fikr bildiradi: “Inson chet tilida gapira olishi uchun, albatta, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, yetarli lug‘at zaxirasiga ega bo‘lish va sintaksisni yaxshi bilish lozim – bularning yig‘indisi lingvistik kompetensiyani tashkil etadi. Ammo faqat lingvistik kompetensiya mavjud bo‘lishi yetarli emas, til o‘rganuvchi samarali muloqot qila olishi uchun bundan ko‘proq narsa zarur.”
Xulosa qilib aytganda, lingvistik kompetensiya – filologiya yo‘nalishidagi talabalarning asosiy kasbiy ko‘nikmasidir. Bu bir tomondan tilni mukammal o‘zlashtirish, boshqa tomondan tilni muloqotda samarali qo‘llay olishni anglatadi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, lingvistik kompetensiya filologiya mutaxassislarining kasbiy faoliyatida talab qilingan barcha til ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi va uni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun maxsus ta’lim metodologiyalari va yondashuvlari zarur. Lingvistik kompetensiyaning rivojlanishi talabalarning tilni tez va samarali o‘rganishiga yordam beradi. Tahlil qilinayotgan metodologiyalar asosida, filologiya talabalari nafaqat grammatikani, balki tilni amaliyotda qo‘llashni, nutq jarayonlarini boshqarishni o‘rganadilar. Bu esa ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat qozonishlariga imkon yaratadi. Ta’limda lingvistik kompetensiyani rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni katta. Digital texnologiyalar, onlayn ta’lim platformalari, mobil ilovalar va interaktiv materiallar talabalarga tilni o‘rganishda yordam beradigan zamonaviy vositalardir. Bu vositalar til o‘rganishni individuallashtirishga imkon beradi, shuningdek, talabalarni real vaqt rejimida nutqni kuzatish va tahlil qilish imkoniyatlari bilan ta’minlaydi. Filologiya yo‘nalishida ta’limni zamonaviy usullar bilan yangilash kerak. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, lingvistik kompetensiyani shakllantirishda faqat nazariy bilimlarga emas, balki amaliy ko‘nikmalarga ham katta e’tibor qaratish zarur. Filologiya talabalarining lingvistik kompetensiyasini shakllantirishda interaktiv darslar, guruhli ishlar va muloqotli metodlar samarali bo‘ladi.
Quyidagi amaliy tavsiyalar berishni joiz deb bilindi:
1. Filologiya yo‘nalishida lingvistik kompetensiya asosidagi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish. Bu dasturlar talabalarni nafaqat til o‘rganishga, balki tilni ijtimoiy va madaniy kontekstlarda qo‘llay olishga ham tayyorlashi lozim. Dasturlarni yaratishda kommunikativ kompetensiyaning barcha tarkibiy qismlarini hisobga olish zarur. Masalan, grammatika va leksikaning zamonaviy metodlar orqali o‘rganilishi, pragmatik ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun simulyatsiyalar va roliklarni qo‘llash.
2. Raqamli platformalar va texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish. Lingvistik kompetensiyaning rivojlanishiga yordam beradigan innovatsion vositalardan foydalanish talabalarni mustaqil va samarali o‘rganishga rag‘batlantiradi. Onlayn testlar, interaktiv ilovalar va virtual muloqotlar samarali o‘rganish vositalarini tashkil etadi.
3. Lingvistik kompetensiyani baholashda an’anaviy testlardan tashqari, talabaning og‘zaki nutqi, yozma ishlarini tahlil qilish hamda ularning kommunikativ qobiliyatlarini o‘lchash usullaridan foydalanish zarur. Portfoliolar, nutq va yozuv sinovlari, tinglovchilar bilan interaktiv muloqot talabalarning real ko‘nikmalarini aniqroq baholash imkonini beradi.
4. Talabalarning madaniyatlararo muloqotini rivojlantirish uchun xorijiy tillarni o‘rganish bilan birga, turli millatlar va xalqlar madaniyatlari haqidagi bilimlarni oshirish kerak. Bu talabalar tilni nafaqat grammatik jihatdan, balki madaniy kontekstda ham to‘g‘ri qo‘llashga yordam beradi. Tashqi tillar va madaniyatlar bo‘yicha keng qamrovli kurslar va seminarlar tashkil etish zarur.
5. O‘qituvchilarni malakasini oshirishda lingvistik kompetensiyaning yangi metodologiyalarini o‘rgatish. O‘qituvchilarni lingvistik kompetensiyaning zamonaviy yondashuvlari bilan tanishtirish, ularning o‘quvchilarga tilni mukammal o‘rgatishda samarali usullarni qo‘llashlarini ta’minlash zarur.
Библиографические ссылки
Abdullaeva FS. Conception of learning tourism terms. International Journal of Early Childhood Special Education. 2022 Jul 1;14(5).
Gebhard, J.G. (1996). Teaching English as a foreign language: A teacher self-development and methodology guide. The University of Michigan Press.
Hymes, D. (1972). On communicative competence. In Sociolinguistics. Retrieved from http://samdu.uz
Khalilova, H.K. (2022). Some issues of teaching English for specific purposes. Porta Linguarum, 37. https://doi.org/10.30855/porta.v0i36.1397
Khamrayeva, Sh. (2024). Importance of linguistic competence and factors influencing on the issue. European Journal of Learning on History and Social Sciences, 1(5), 13–16. https://doi.org/10.61796/ejlhss.v1i5.530
Khamrayeva, Sh. Sh., Diyorova, N. O., & others. (2022). Modern information technologies and their impact on education process. Porta Linguarum. https://doi.org/10.30864/porta.v0i36.13988
Mamatkulova, N., & Mamatkulova, M. kizi. (2022). The importance of learner-centered approach in vocabulary development. Jurnal Cakrawala Pendidikan, 41, Article e43538. https://doi.org/10.21831/cp.v41i3.43538
Nunan, D. (1989). Designing tasks for the communicative classroom. Cambridge University Press. Retrieved from https://dialnet.unirioja.es
Shadmanbekova, K.A. (2022). Intercultural communication and methods of teaching at higher educational institutions. Modern Journal of Social Sciences and Humanities, 9. ISSN: 2795-4846
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Арофат Абдугаффарова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.