Гибридное и смешанное обучение: интегрированные подходы в современном образовании

Аннотация
В данной статье рассматриваются теоретические и практические различия между гибридными и смешанными моделями обучения в условиях современной цифровой трансформации, а также их интеграция в систему среднего и высшего образования. Проанализированы преимущества гибридного подхода в образовательном процессе, такие как адаптация учебной деятельности студентов и возможность участия через синхронные и асинхронные взаимодействия. Основные различия между гибридным и смешанным обучением определены на основе уровня синхронности между ними. Кроме того, на основе научных взглядов и опыта зарубежных ученых рассматриваются возможности внедрения этих моделей в систему образования Узбекистана.
Ключевые слова:
Гибридное обучение смешанное обучение синхронное и асинхронное обучение цифровые технологии педагогическая модель ориентированный на студента подход непрерывное образование интерактивные методы.Kirish qismi
Hozirgi raqamli iqtisodiyot davrida fan va texnika sohasidagi yutuqlar o‘quv jarayonlarini takomillashtirishda muhim o‘rin tutmoqda. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish nafaqat o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshiradi, balki ularga fundamental tushunchalarni o‘zlashtirish va amalda qo‘llash imkoniyatini beradi. O‘quvchilarning bilim olish jarayonini interfaol va moslashuvchan qilib, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda Hybrid learning modeli katta ahamiyat kasb etadi.
So‘nggi yigirma yillikda nafaqat oliy ta’lim muassasalari talabalari balki, umumta’lim maktab o‘quvchilarining ehtiyojlarini va ularning professional va shaxsiy hayotlariga bo‘lgan talablarni qondirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yordamida ta’limda bir qator o‘zgarishlarni kuzatdik. Shuningdek, Hybrid learning modeli dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida, uzluksiz ta’limning barcha qatlamida, chet tillarni o‘qitishda muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.
O‘zbekiston ta’lim tizimida bir qator ta’lim modellari, xususan, Hybrid learning modeli yordamida o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish keng imkoniyatlar va afzalliklarni taqdim etmoqda. Ta’lim modeli o‘qitish va o‘rganish muhitining tasviri sifatida ta’riflanishi mumkin, bunda darsni o‘tkazish jarayonida o‘qituvchilarning va o‘quvchilarning xulqi namoyon bo‘ladi (Joyce, B., & Weil, M,1972) Demak, bu model o‘quvchilarga ma’lumotlar, g‘oyalar, ko‘nikmalar, qadriyatlar, fikrlash usullari va o‘zlarini ifoda etish vositalarini o‘zlashtirishga yordam beradi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Xorijiy ilmiy ishlanmalarda an’anaviy ta’lim texnologiyalari “teacher-centered” (o‘qituvchiga yo‘naltirilgan ta’lim) deb ataladi, bunda o‘qituvchi asosiy boshqaruvchi va nazorat qiluvchi rolni bajaradi, o‘quv jarayonini boshqaradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta’lim esa “student-centered” (o‘quvchilarga yo‘naltirilgan ta’lim) deb yuritiladi. O‘qituvchiga yo‘naltirilgan va o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim modellari o‘rtasidagi asosiy farqlarni tahlil qilish, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos ta’lim yondashuvlarini ishlab chiqishning ahamiyatini ko‘rsatadi. (1-chi jadvalga qarang)
Elementlar |
O‘qituvchiga yo‘naltirilgan (teacher-centered) |
O‘quvchiga yo‘naltirilgan (student-centered) |
Bilim (knowledge) |
O‘qituvchi tomonidan uzatiladi (Transmitted) |
O‘quvchilar tomonidan mustaqil shakllantiriladi (Constructed) |
O‘quvchi ishtiroki (student participation) |
Passiv (Passive) |
Aktiv (Active) |
O‘qituvchining roli (role of lecturer) |
Yetakchi/Avtoritet (Leader/Authority) |
Yo‘lboshchi/O‘rganishda hamkor (Facilitator/Partner in Learning) |
Baholashning roli (role of assessment) |
Kam testlar, asosan baholash uchun (Few Tests, Mainly for Grading) |
Ko‘p testlar, doimiy fikr-mulohaza uchun (Many Tests, for Ongoing Feedback) |
Urg‘u (emphasis) |
To‘g‘ri javoblarni o‘rganish (Learning Correct Answers) |
Chuqur tushunishni rivojlantirish (Developing Deeper Understanding) |
Baholash usuli (assessment method) |
Bir o‘lchovli testlash (One-Dimensional Testing) |
Ko‘p o‘lchovli testlash (Multidimensional Testing) |
Akademik madaniyat (academic culture) |
Raqobatbardosh, individualistik (Competitive, Individualistic) |
Hamkorlikka asoslangan, qo‘llab-quvvatlovchi (Collaborative, Supportive) |
Jadval 1. O‘qituvchiga yo‘naltirilgan va o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim modellari o‘rtasidagi asosiy farqlar
Aktiv o‘quvchi (Active Student) mustaqil ravishda o‘quv yo‘nalishini va o‘qish vaqtini rejalashtiradi va tanlaydi. O‘qituvchi rahbarligida yoki mustaqil ravishda o‘quvchi o‘quv materiallarini “sinxron”, “asinxron yoki “an’anaviy” o‘qib o‘rganadi, guruh yoki boshqa ishtirokchilar bilan chatlar va forumlarda, elektron pochta orqali muloqot qiladi, o‘z kompetensiyalarini elektron testlash orqali tekshiradi va boshqa usullarni qo‘llaydi. Har bir usulning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va cheklovlari mavjud bo‘lib, ular ta’lim tizimida turli ehtiyojlarga qarab qo‘llaniladi. (1-rasmga qarang)
An’anaviy o‘qitish formati o‘quvchilar va o‘qituvchining sinfda bo‘lishini talab qiladi. Masofaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llashda esa samarali yondashuv sifatida qaralgan aralash ta’lim formatlari vujudga keladi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari o‘qituvchi va o‘quvchining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofadan yoki qisman masofadan olib boriladigan aloqasi hisoblanadi. Aralash ta’lim (blended learning) formati bu ta’limda an’anaviy o‘qitish usullarini onlayn o‘rganish bilan birlashtiruvchi modeldir. Bundan ko‘rinadiki, masofaviy ta’lim texnologiyalari o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi aloqaning yangi shakllarini yaratadi. Aralash formatlar esa an’anaviy darslar va masofaviy ta’limning elementlarini uyg‘unlashtirib, o‘quvchilarga o‘z vaqtini va o‘qish uslubini moslashtirish imkoniyatini beradi. Bunday yondashuv o‘qituvchilarga talabalarga individual yondashuvni taqdim etishda yordam beradi, shu bilan birga, o‘quvchilarga o‘qish jarayonida ko‘proq mustaqil faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Aralash formatda o‘qish va o‘rgatish jarayonida innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlar qo‘llaniladi, bu esa o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va ta’lim sifatini yaxshilaydi. Ular quyidagicha ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkun (2-chi rasmga qarang).
Rasm 1. Sinxron, asinxron va an’anaviy o‘qitish usullarining asosiy farqlari
Ta’lim tadqiqotchilari aralash ta’limning amaliy modellari ustida faol ish olib bormoqda, shu bilan birga uning mohiyatini aniqlash uchun asoslarni topish davom etmoqda. Hozirgacha tahliliy sharhlarning sezilarli qismi yaqin tushuncha – “aralash ta’lim” (blended learning) ga bag‘ishlangan bo‘lib, gibrid format faqat bilvosita ta’riflanadi (Байдикова Н.Л. (2020).
Garrison, Kanuka va Graham, Dziuban kabi olimlar o‘z ilmiy ishlarida aralash ta’limni shunday atashadi: «Aralash ta’lim» (blended learning) — bu ingliz tilidagi ilmiy diskursda ta’limning auditoriya va onlayn ta’limni, yoki kompyuter texnologiyalari yordamida o‘rgatishni integratsiyalovchi format (computer-mediated, technology-mediated)(2004). Bu o‘qitishning aralashlik kategoriyasini aniqlashdagi evolyutsion birinchi yondashuv bo‘lib, 1990-yillarning oxiri — 2000-yillarning boshlarida onlayn ta’limning jadal rivojlanishi va internet texnologiyalarining keng tarqalishi natijasida yuzaga keldi. Aynan shu hodisa oliy ta’limda B. Ross va K. Geyj tomonidan yangi an’anaviy model (new traditional model) deb nomlangan (2006).
Ammo o‘sha paytda, shuningdek keyingi va hozirgi tadqiqotlarda (Helms S.A. (2014), ilmiy nashrlarda bir-biriga murojaat qilinadigan, ba’zan esa bir xil asarda (Olapiriyakul K., Scher J.M., 2006) blended learning va hybrid learning tushunchalari o‘zaro almashtirib ishlatilgan. Natijada, aralash ta’lim (blended learning) va gibrid ta’lim (hybrid learning) dastlabki tadqiqotlarda to‘liq sinonim tushunchalar sifatida qabul qilingan (Moskal P.D., Dziuban C.D., Hartman J.,2013): auditoriya va onlayn ta’limning kombinatsiyasi formatni belgilash uchun keng kontseptual doirani taqdim etgan, va raqamli texnologiyalar darajasi ushbu formatlarni aniqroq farqlashga imkon bermagan.
Rasm 2. Aralash ta’lim formatlari (o‘qituvchi va o‘quvchi joylashuvi misolida)
Aralash ta’lim bo‘yicha meta-tahlil (Smith K., Hill J.,2018), va boshqa nashrlar (Ossiannilsson. E, 2017) shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan o‘n yillikning o‘rtalarida aralash ta’limni tasvirlash uchun hali ham turli sinonim tushunchalar ishlatilgan (3-rasmga qarang).
Terminologik bazaning shakllanishini, xususan, kontakt darslarini elektron o‘rganish bilan birlashtirilgan kurslar tasviri orqali ko‘rsatish mumkin: hybrid e-learning face-to-face courses (Smith G., Kurthen H.,2007). Demak, ushbu manbada kontakt darslar iborasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ya’ni sinf xonasida, an’anaviy tarzda o‘tiladigan darslar ma’nosida qo‘llanilganligini ko‘rib chiqdik. O‘rganishning turli ta’riflaridan qat’i nazar, blended learning tushunchasi asta-sekin kengroq ma’no kasb etgan va turli ta’lim obyektlarining integratsiyasiga asoslangan aralash ta’lim formatini anglatadigan bo‘ldi (Graham Ch.R., 2013). 2002 yilda M. Driskoll aralash ta’lim doirasida to‘rt asosiy kombinatsiya yo‘nalishlarini ta’riflagan (2002).
- turli formatdagi internet-texnologiyalar (virtual auditoriya, o‘zini o‘zi boshqaradigan o‘rganish, hamkorlikda o‘rganish, guruhli ish, audio- va video translyatsiyalar va boshqalar);
- pedagogik yondashuvlar (kognitivizm, bxeviorizm, konstruktsionizm);
- turli tashuvchilarda pedagogik texnologiyalar (videomagnitofon, CD-ROM, internet) va o‘qituvchi tomonidan boshqariladigan o‘rganish, yuzma-yuz o‘zaro ta’sir orqali;
- pedagogik texnologiyalar va professional (amaliyotga yo‘naltirilgan) vazifalar.
Rasm 3. Aralash ta’limni tasvirlovchi sinonim tushunchalar
Aralash ta’lim formatini ta’riflashda ikki asosiy jihatni ajratish mumkin: pedagogik jihat, ya’ni turli o‘qitish metodlarini (leksiya, seminar, mustaqil ish) birlashtirish, va rasmiy (texnik) jihat, ya’ni o‘qituvchi bilan bevosita o‘zaro ta’sir orqali o‘rganish va kompyuter texnologiyalari yordamida o‘rganishni birlashtirish, ya’ni bilvosita o‘rganish. (Alammary A., Sheard J., Carbone A., 2014) . Demak, ushbu formatning asosiy xususiyati sifatida tadqiqotchilar dastlab o‘qish strukturasi ichida onlayn-komponentni integratsiyalashni ko‘rgan, bu komponent nafaqat ta’limni to‘ldirgan, balki auditoriya ishining ma’lum qismini almashtirgan. Onlayn-komponentning o‘qishda (kursda, dasturda) ulushi yangi ta’lim formatini aniqlovchi omilga aylangan, bu formatni to‘liq (avtonom) onlayn ta’limdan bir tomondan va an’anaviy kontaktli ta’limdan boshqa tomondan ajratib turadi (Garrison D.R., Kanuka H.,2004). Bundan ko‘rinadiki, R. Garrison va H. Kanuka onlayn va oflayn o‘quv shakllarining o‘zaro bog‘liqligini (thoughtful integration) va ular orasidagi nisbatni aniq tushunish zarurligini ta’kidlab, bu ko‘rsatkichlarning o‘rganilishini muhim deb hisoblashgan. Keyinchalik, aralash (gibrid) kurslar bo‘yicha o‘tkazilgan meta-tahlil natijalari, onlayn va oflayn shakllarning kursdagi o‘rni o‘zgaruvchanligini, ba’zi holatlarda ular teng ravishda taqsimlangan, ba’zilarida esa onlayn shaklning afzalligi ko‘zga tashlanganini ko‘rsatgan (Bernard R.M., Borokhovski E., Schmid R.F., Tamim R.M., Abrami Ph.C.,2014). Shu bilan birga, onlayn va oflayn o‘quv shakllari o‘rtasidagi nisbat, aralash ta’lim formati uchun muhim dastlabki belgilardan biri sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. G. Smith va H. Kurten, hatto, bu nisbat asosida aralash ta’limni gibrid ta’limdan ajratib ko‘rsatishgan (Smith G., Kurthen H.,2007). Biroq, bu farqlashlar onlayn ta’lim va aralash ta’lim formati bo‘yicha keng tarqalgan tadqiqotlar orasida umumiy qabul qilingan emas (1.2-jadvalga qarang).
Mualliflar |
An’anaviy (auditoriyali, kontaktli) ta’lim |
Auditoriyali (kontaktli) ta’lim, onlayn texnologiyalarni jalb qilish bilan |
Auditoriyali ta’lim va onlayn ta’limni integratsiyalashgan ta’lim |
Avtonom onlayn ta’lim
|
|
Garrison, Kanuka, 2004 |
|
E-learning |
|||
Enhanced Internet based learning |
Blended learning |
|
Fully online learning |
||
Kaleta, Aycock, 2004 |
|
Web-enhanced (1–20%) |
Hybrid learning (20-80%) |
|
Fully online e-learning (80%+) |
Allen, Seaman, Garrett, 2007 |
Traditional (0%) |
Web facilitated (1–29%) |
Blended/ Hybrid (30–79%) |
|
Online (80%+) |
Smith, Kurthen, 2007 |
|
Web-enhanced |
Blended (<45%) |
Hybrid (45–80%) |
Fully online (80%+) |
Alammary, Sheard, Carbone, 2014 |
|
Low-impact blend |
Medium-impact blend |
High-impact blend |
|
Sinxron o‘qitish |
Asinxron o‘qitish |
||||
Chaeruma, Wibawa, Syahrial, 2018 |
Live Synchronous |
Virtual Synchronous |
Collaborative Asynchronous |
Self-paced Asynchronous |
|
Beatty, 2019 |
HyFlex( hybrid flexible ) |
Jadval 2. Ta’lim turlarini onlayn ta’lim ulushi va sinxronlik darajasi bo‘yicha farqlash, turli mualliflarning konsepsiyalarida (onlayn ta’lim ulushi ko‘rsatilgan, %)
Bundan tashqari, onlayn va oflayn formatlarning aralash ta’limining asosiy mezoni sifatida o‘zaro nisbatini o‘rganish bilan birga, yangi didaktik «aralashuv» prinsiplari va gibrid hamda aralash ta’limni ajratish mezonlarini izlash boshlanmoqda. Yangi o‘quv formatlarini ko‘plab tadqiqotchilar «texnologiyalar» tushunchasi orqali aniqlaganliklari sababli, M. Horn, H. Staker va K. Christensen ularni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni asosiy belgi sifatida ko‘rib chiqadilar va bu formatlarni qo‘llab-quvvatlovchi va inqilobiy texnologiyalarni birlashtirish usuliga qarab ajratadilar. Ushbu yondashuv keng tarqalgan bo‘lib, u blended learningni tavsiflashda ham qo‘llaniladi (Christensen C.M., Horn M.B., Staker H.,2013). Shunday qilib, aralash ta’lim (blended learning) o‘qitishda ma’lum va yangi eng yaxshi amaliyotlarni birlashtirishni, jumladan, o‘quv onlayn materiallari va boshqa texnologiyalarni o‘qitishda ishlatishni anglatadi (mix of old and new best practice in pedagogy, such as using online tutorials or other technology in pedagogy), holbuki gibrid ta’lim (hybrid courses) texnologiyalarni ishlatgan holda an’anaviy ta’lim bilan masofaviy ta’limning birlashtirilgan usuli (method of educating at a distance that uses technology, combined with traditional education) deb tushuniladi (Hinterberger H., Fassler L., Bauer-Messer B.,2004).
Gibrid ta’lim va aralash ta’limni ajratish uchun qo‘shimcha farqlovchi omil, ta’lim jarayonidagi ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning sinxron/asinxronligi hisoblanadi. Sinxron o‘zaro aloqalar gibrid ta’lim formatiga xosdir (Chaeruman U. A., Wibawa B., Syahrial Z.,2018). Bunga qo‘shimcha ravishda R. Garrison va H. Kanuka aralash ta’lim formatining konsepsiyasi dastlab sinxron ta’lim faoliyatlarini auditoriyada o‘qituvchi bilan bevosita o‘zaro aloqada (synchronous face-to-face learning) va internet texnologiyalari yordamida matnlar asosida asinxron ta’limni (asynchronous text-based Internet learning) birlashtirishni nazarda tutgan edi. O‘sha paytda texnologiyalar ta’lim jarayonidagi ishtirokchilar o‘rtasidagi videokonferensiya aloqasini ta’minlay olishmagan (kamida ommaviy ta’lim uchun), shuning uchun sinxron vositalar bilan amalga oshiriladigan masofaviy (distant) o‘zaro aloqalar shu kontekstda hali ko‘rib chiqilmagan edi.
Asinxron va sinxron (auditoriyali) ta’limning bir ta’lim voqeasi doirasida uyg‘unlashtirilishi aralash ta’limning ajralmas xususiyatiga aylandi. Aralash ta’limni tashkil etish prinsipi turli ta’lim darajalarida: mashg‘ulotda, modulda, kursda, dasturda sinxron va asinxron formatlarni almashlab turishni nazarda tutadi. Gibrid ta’lim esa ta’lim voqeasida (ta’lim maydonida) o‘quvchilarning o‘zaro aloqada bo‘lib, o‘qituvchi bilan auditoriyada bevosita o‘zaro aloqada bo‘lishlarini, shuningdek, o‘quvchilarning onlayn videokonferensiya orqali ta’lim voqeasida ishtirokchilar bilan sinxron aloqada bo‘lishlarini taqozo etadi. Bunday gibrid ta’lim tushunchasi dunyo bo‘ylab oliy ta’limda keng tarqalgan (Guo P., Rijst R.,2022), shu jumladan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida, masalan, TDU, TPU, TDSU, ADU, NDU, uning tarqalishiga pandemiya vaqtida ushbu ta’lim formatiga majburiy o‘tish yordam berdi. Umumta’lim maktablarda esa, gibrid ta’lim hozirgi kunda keng miqyosda joriy qilinmagan, ammo ayrim maktablarda, ayniqsa pandemiya davrida masofaviy ta’limning bir qismi sifatida gibrid formatlar qo‘llanilgan. Bu esa ilmiy ishimizning ahamiyatini belgilaydi.
Demak, pandemiya sharoitida o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun optimal ta’lim sharoitlarini yaratish maqsadida turli gibrid ta’lim formatlari joriy etildi va bu jarayonni davom ettirish va yanada takomillashtirish uchun ko‘plab oliy ta’lim muassasalari o‘z ta’lim metodologiyasini va texnologik infratuzilmasini rivojlantirib bormoqda. Ushbu tadqiqotda o‘rganilayotgan hodisaning aniqroq ta’riflari «gibrid ta’lim formati» (mode of study), «gibrid formatdagi mashg‘ulot (kurs)», «gibrid formatdagi o‘qitish» yoki «ta’lim faoliyatini gibrid tarzda tashkil etish» deb hisoblanishi lozim (Barannikov K.A., Karlov I.A., Leshukov O.V., Nazajkinskaya O.L., Sukhanova E.A., Froumin I.D.,2020) . Gibrid ta’limda sinxronlik prinsipi ahamiyatini ta’kidlash maqsadida tadqiqotchilar uning nomiga «sinxron» xarakteristikasini qo‘shadilar: synchronous hybrid learning (Raes A., Detienne L., Windey I., Depaepe F.,2020)
Ushbu tadqiqotda gibrid ta’limni o‘rta ta’limda tushuntirish ishlov berilgan ta’rifi sifatida ko‘rib chiqiladi. Gibrid ta’limni bitta ta’lim maydonida bir vaqtning o‘zida onlayn va oflayn o‘quvchilarni birlashtiruvchi format sifatida tushunish, uni aralash ta’limga qarshi qo‘yishga imkon beradi. Aralash ta’lim esa barcha o‘quvchilar uchun sinxron va asinxron o‘quv formatlarining almashib turishini nazarda tutadi. Blended learning tushunchasi shuningdek «zonali atama» (hiperonim) sifatida ishlatiladi va bu rolda u aralash ta’limning barcha mumkin bo‘lgan variantlarini o‘z ichiga oladi (Chaeruman U.A., Wibawa B., Syahrial Z.,2018). Demak, hiperonimlar bir nechta o‘xshash ob’ektlar(giponimlar), tushunchalar yoki kategoriyalarni birlashtiruvchi so‘zlar sifatida ishlatiladi. «Aralash» va «gibrid» tushunchalari bugungi kunda kurslar yoki ta’lim dasturlari (hybrid/blended course, hybrid/blended program) kontekstida o‘zaro almashtiriladigan bo‘lib, unda barcha ishtirokchilar uchun (masofaviy va auditoriyali) formatlarning almashib turishi ko‘zda tutilgan. Yuqorida berilgan ilmiy adabiyotlardagi olimlarning fikridan xulosa qiladigan bo‘lsak, “hybrid learning” ya’ni gibrid ta’lim zamonaviy “blended learning” boshqacha qilib aytganda “aralash ta’lim”ning bir turi sifatida ta’riflanadi. Ikkala modelning asoslari umumiy prinsiplar asosida qurilgan bo‘lsa-da, ular o‘rtasida ba’zi farqlar mavjud. Gibrid va aralash ta’lim ko‘pincha chalkashtirib yuboriladi, chunki har ikkisida ham onlayn va an’anaviy o‘qish shakllarining birlashtirilishi nazarda tutiladi. Biroq, ularning asosiy farqi ishtirokchilarning o‘qish jarayonidagi sinxronizatsiyasi bilan bog‘liqdir. Bizning fikrimizcha, aralash modelda ishtirokchilar o‘qishning maqsadlari va turiga qarab, formatni moslashtiradilar — masalan, an’anaviy darslardan keyin onlayn mashqlarni bajarish. Gibrid ta’lim esa, o‘qish jarayonida bir vaqtning o‘zida turli o‘qish muhitlarida ishlash imkonini taqdim etadi. Shunday qilib, ta’lim formatlarining batafsil farqlarini ko‘rib chiqdik (1.3-jadvalga qarang).
O‘quv formati |
An’anaviy format |
Aralash format |
Gibrid format |
Onlayn format |
Ta’rif |
100% darslar an’anaviy o‘qish formatida o‘tkaziladi, lekin onlayn vositalar (masalan, viktorinalar yaratish xizmatlari va boshqalar) bilan qo‘llab-quvvatlanishi mumkin. |
Ta’lim an’anaviy (leksiyalar, seminorlar) va elektron (onlayn ta’lim, video, audio materiallar) texnologiyalarining kombinatsiyasiga asoslangan. |
O‘quvchilar bir vaqtda o‘qiydilar, onlayn va oflayn o‘quvchilar o‘rtasidagi chegara yo‘qoladi. |
100% darslar onlayn tarzda sinxron o‘tkaziladi. |
Afzalliklari |
- Shaxsiy aloqalar |
- Materialni chuqurroq tushunishga yordam beradi |
- Onlayn materiallarning mavjudligi darslarni o‘tkazish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi |
- Avtonomiya va mustaqillik |
Onlayn miqdori |
Kamroq onlayn |
Ko‘proq onlayn |
Ko‘proq onlayn |
100% onlayn |
Jadval 3. Ta’lim formatlarining farqlari(afzalliklari va onlayn miqdori misolida)Blended learning tushunchasi shuningdek «zonali atama» (hiperonim) sifatida ishlatiladi va bu rolda u aralash ta’limning barcha mumkin bo‘lgan variantlarini o‘z ichiga oladi (Chaeruman U.A., Wibawa B., Syahrial Z.,2018). Demak, hiperonimlar bir nechta o‘xshash ob’ektlar(giponimlar), tushunchalar yoki kategoriyalarni birlashtiruvchi so‘zlar sifatida ishlatiladi. «Aralash» va «gibrid» tushunchalari bugungi kunda kurslar yoki ta’lim dasturlari (hybrid/blended course, hybrid/blended program) kontekstida o‘zaro almashtiriladigan bo‘lib, unda barcha ishtirokchilar uchun (masofaviy va auditoriyali) formatlarning almashib turishi ko‘zda tutilgan. Yuqorida berilgan ilmiy adabiyotlardagi olimlarning fikridan xulosa qiladigan bo‘lsak, “hybrid learning” ya’ni gibrid ta’lim zamonaviy “blended learning” boshqacha qilib aytganda “aralash ta’lim”ning bir turi sifatida ta’riflanadi. Ikkala modelning asoslari umumiy prinsiplar asosida qurilgan bo‘lsa-da, ular o‘rtasida ba’zi farqlar mavjud. Gibrid va aralash ta’lim ko‘pincha chalkashtirib yuboriladi, chunki har ikkisida ham onlayn va an’anaviy o‘qish shakllarining birlashtirilishi nazarda tutiladi. Biroq, ularning asosiy farqi ishtirokchilarning o‘qish jarayonidagi sinxronizatsiyasi bilan bog‘liqdir. Bizning fikrimizcha, aralash modelda ishtirokchilar o‘qishning maqsadlari va turiga qarab, formatni moslashtiradilar — masalan, an’anaviy darslardan keyin onlayn mashqlarni bajarish. Gibrid ta’lim esa, o‘qish jarayonida bir vaqtning o‘zida turli o‘qish muhitlarida ishlash imkonini taqdim etadi. Shunday qilib, ta’lim formatlarining batafsil farqlarini ko‘rib chiqdik (1.3-jadvalga qarang).
Xulosa
Zamonaviy ta’lim tizimida gibrid va aralash ta’lim modellari o‘quv jarayonini rivojlantirish va samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ta’lim texnologiyalarining integratsiyasi yordamida o‘quvchilarga ko‘proq moslashuvchanlik, interaktivlik va mustaqil o‘rganish imkoniyatlarini yaratadi. Gibrid va aralash ta’lim formatlari o‘qituvchilarga individual yondashuvni amalga oshirish imkonini berib, o‘quvchilarning bilim olishdagi motivatsiyasini oshiradi hamda o‘quv jarayonining sifatini yaxshilaydi. Sinxron va asinxron ta’lim metodlari o‘rtasidagi balans, har bir o‘quvchining ehtiyojlariga qarab moslashuvchan va samarali ta’lim olishga yordam beradi.O‘zbekiston ta’lim tizimida, gibrid ta’lim modellari pandemiya sharoitida keng tarqalgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli qo‘llanildi. Shu bilan birga, umumta’lim maktablarida bu formatlar hali to‘liq joriy qilinmagan bo‘lsa-da, ayrim maktablarda sinovdan o‘tkazilgan va bu tajribalar kelajakda kengaytirilishi mumkin. Ta’limning mazkur modellari jahon tajribasiga asoslanib, O‘zbekiston ta’lim tizimiga integratsiyalashgan holda yanada samarali va o‘quvchilarga yo‘naltirilgan ta’lim metodologiyasini shakllantiradi.
Aralash va gibrid ta’limni kengaytirish va rivojlantirish uchun pedagogik yondashuvlar, texnologik infratuzilma, o‘qituvchilarni tayyorlash va ta’lim jarayonida interaktiv metodlarni qo‘llashni davom ettirish zarur. Shuningdek, bu modellarning samarali qo‘llanilishi o‘quvchilarning ta’lim olishdagi muvaffaqiyatini oshirishga, o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Kelajakda gibrid ta’lim va aralash ta’lim modellari o‘quv tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biriga aylanishi mumkin, bu esa ta’lim jarayonining zamonaviylashtirilishini va o‘quvchilarning global kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Азиза Тожиддинова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.