Концепция адекватного перевода в процессе перевода

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Tarjima jarayonida adekvat tarjima tushunchasi

Аннотация

В данной статье рассматривается понятие адекватного перевода как ключевого аспекта переводческого процесса, особенно в контексте межъязыковой и межкультурной коммуникации. Анализируются сходства и различия адекватного перевода на международном уровне, а также даётся характеристика конкретных переводческих единиц. Особое внимание уделяется тому, что понятие адекватности в переводе в каждом языке обладает собственной спецификой, отражающейся как в лексических, так и в культурных аспектах. Национальная колоритность, исторически сложившиеся идиоматические выражения, пословицы и устойчивые обороты речи придают 

 

каждому переводу особую глубину и индивидуальность. В аннотации 

подчёркивается важность точной передачи смысла оригинального текста при сохранении его стилистических и прагматических особенностей. Научный анализ сопровождается примерами из различных языков, особенно через народные пословицы, что способствует более глубокому пониманию языковых закономерностей и развитию переводческих навыков в образовательной среде. Таким образом, адекватный перевод рассматривается как неотъемлемая часть эффективного межъязыкового взаимодействия.

Ключевые слова:

Aдекватный перевод типологичекий перевод концепция функциональная противоположность колоритность языка доскональный перевод.

Adekvat tarjima tushunchasining mualliflari bo‘lgan A.V.Fedorov va Ya.I.Resker tarjimani aniq hikoya qilib berish deb tushunmaslikka da’vat etadilar (Федоров, А. В., Рецкер, Я. И. (1976)). Tarjima nazariyasida “adekvat tarjima” tushunchasi muhim o‘rin tutadi. Adekvat tarjima deb, tarjima jarayonida muallif tomonidan ifodalangan fikr va g‘oyalarni, uslubni buzmagan holda, to‘g‘ri, tiniq, tushunarli qilib boshqa tilda ifodalash sanaladi. Tarjima ham, hikoya qilib berish ham, agar ular yuqori saviyada amalga oshirilgan bo‘lsa, tarjima qilingan til norma qoidalariga muvofiqdir. Yoki bo‘lmasa, asl matn mazmunini buzmasdan, soddalashtirishsiz yoki chalkashtirmasdan tarjima qilishdir (Barxudarov, 1973).

Adekvatik tarjima – bu mukammal tarjima va asl nusxani to‘liq aks ettiruvchi, unga muvofiq va u bilan tenglashadigan tarjimadir. Misol tariqasida quyidagi maqollarning tarjimasiga e’tibor beraylik:

  • O‘zbek tilida: – Ko‘rpangga qarab oyoq uzat.
  • Ingliz tilida: – Cut your coat according your cloth.
  • O‘zbek tilida: – Temirni qizig‘ida bos.
  • Ingliz tilida: – Strike the while it is hot. Ekv. (make hey white the sun shines)
  • O‘zbek tilida: – Baliq boshidan sasiydi.
  • Rus tilida: – Рыба тухнет с головы.
  • Ingliz tilida: - Fish begins to stink at the head.

Dinamik (funksional) teng ma’nolilik tushunchasi

Tarjimada funksional teng ma’nolilik tushunchasi amerikalik olim Yudnin Nayda tomonidan kiritilgan. Odatda tarjimada teng ma’nolilik asliyat matnini tarjima bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. Nayda asl nusxa matnini o‘qigan kishi bilan tarjima matnini o‘qigan kishining nechog‘lik ta’sirlanganini taqqoslashni taklif etadi. Agar o‘sha ta’sirlanishlar o‘zlarining umumiy sifatlari bilan bir-biriga muqobil bo‘lsa, o‘shanda matn tarjimasi asliyatga muqobil sanaladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ta’sirlanishlar muqobilligi deganda etnolingvistik va milliy madaniy tafovutlar tufayli erishib bo‘lmaydigan aynanlik emas, balki o‘xshashlik nazarda tutiladi. Ushbu konsepsiya tushunchasi tarjima muqobilligi haqidagi barcha nuqtai nazarlardan tubdan farq qiladi. Tarjima muqobilligi boshqa barcha tushunchalar doirasida asl nusxa va tarjima matnini qiyoslash yo‘li bilan aniqlansa, (funksional) muqobillik o‘sha matnlarni qabul qiluvchilarning tildan tashqari ta’sirlanishlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi.

Tarjima nazariyasi – amaliy fan bo‘lib, uning vazifasi amaliyotda tadbiq etiladigan tarjima muqobilligining ayrim mezonlarini, unga erishish yo‘llarini ko‘rsatishdan iboratdir. Funksional muqobillik tushunchasining afzalligi shundaki, u tarjima muqobilligini istagan o‘zaro fikr almashuv nuqtai nazaridan aniqlaydi.

To‘liq leksik muvofiqlik – ingliz va o‘zbek tillarida kamdan-kam uchraydigan holat. Odatda, ular quyidagi leksik guruhlarga tegishli bo‘ladi:

  1. atoqli ot va geografik joy nomlari;
  2. ilmiy va texnik atamalar; 
  3. oy, hafta, kun va sonlar.

Qisman leksik muvofiqlik. Tarjima amaliyotida leksik birliklarning qisman mosligi ko‘p kuzatiladi. Qisman moslik manba matndagi so‘zning tarjima tilida bir qancha muvofiqliklari mavjud bo‘lganda ro‘y beradi. Uning sabablari quyidagilar:

  1. so‘zlarning sinonimik qator bo‘yicha tanlanishi va izohlanishi.
  2. tildagi ko‘plab so‘zlar polisemantik (ya’ni ko‘p ma’noli) bo‘lib, bir tildagi so‘z ma’nosi bilan boshqa tildagi so‘z ma’nosi bir-biriga to‘lig‘icha mos kelmaydi. Masalan: house (uy, boshpana, parlament va h. k), head (bosh, kalla, rahbar, boshliq va h. k). Shuning uchun so‘zlarni tarjima qilish jarayonida ularning ma’nolari kontekst ichida ochib beriladi;

Sinonimlardan foydalanganda ularning semantik belgilari mohiyatini aniqlash zarur. Shunday qilinganda sinonimik qator uzvlarining ma’nolari, leksik va stilistik ma’nolaridagi farqlar, sinonimik qatorlar ayrim komponentlarining birikish imkoniyatlari hisobga olinadi: dismiss, discharge – ishdan bo‘shatmoq (kitobiy tilda); sack, are – haydamoq (og‘zaki nutqda);

  1. har bir so‘z o‘zining nominativ ma’nosiga ega. Turli tillarda nominativ birliklar bir xil ma’no anglatishi mumkin. Chunki har bir tilning nominativ birligida shu tilga xos “voqelikni turli qismlarga bo‘lib ifodalashning turli tamoyillari” mavjud.

Belgilar turlicha bo‘lishiga qaramay, tarjima qilinayotganda hisobga olinishi kerak bo‘lgan miqdorni tashkil qiladigan ekvivalentlik aynan bir xil ma’noga ega emas: hot milk with skin on it – qaymoq tutgan issiq sut. Umuman mos kelmaslik. Xos so‘zlarni tarjima qilishda lug‘aviy birliklarning o‘zaro leksik muvofiq kelmasligi kuzatiladi. Quyidagi guruhga kiruvchi so‘zlarni leksik muqobili mavjud bo‘lmagan turga kiritish mumkin: 1) kundalik hayotda ishlatiladigan xos so‘zlar (do‘ppi, chopon, beshik); 2) atoqli otlar va geografik joy nomlari; 3) tabrik va qutlovlar; 4) gazeta va jurnallar nomlari; 5) og‘irlik va uzunlik o‘lchov birliklari va shu kabilar. 

Tarjimada ekvivalentlik darajalari bir necha xil bo‘lishi mumkin. Jumladan, matn darajasidagi ekvivalentlik – bu darajadagi tarjimada asl matndagi barcha ma’lumotlar to‘liq saqlanadi. Bu – eng mukammal va ayni paytda eng kam uchraydigan darajadir (Nida, 1978). Ilmiy adabiyotlarda bir millatga xos narsa, buyum, voqea-hodisalarning yoki, umuman, xorijiy so‘zlarning o‘zga tillarga ko‘chib yurishi birgina adabiy aloqalarning, xususan, tarjimaning rivojlanishiga bog‘liq emas. Bu xalqaro aloqalarning, siyosiy-tarixiy, madaniy voqea-hodisalarning o‘zga xalqlar dunyoqarashiga ta’siri bilan ham bog‘liq. 

Gap darajasidagi ekvivalentlik – bu gap mazmunining saqlanishidir. Gapdagi sintaktik tuzilish, ma’lumotlar o‘zaro mos tushadi. Gapdagi so‘zlar soni ham mos keladi (Hojiyev, 2002). Mikrotext darajasidagi ekvivalentlik — bu darajadagi tarjimada mikromatn (ikki yoki undan ortiq gap) mazmuni to‘liq saqlanadi. Gaplar o‘zaro bog‘langan va bir fikrni ifodalovchi bo‘ladi (G‘ulomov, Mirtayev, & Usmonov, 1992).

So‘z darajasidagi ekvivalentlik – bunda faqat muayyan so‘zlar tarjimasi ekvivalent bo‘ladi, lekin gapning boshqa qismlari buziladi yoki to‘liq saqlanmaydi. Bu darajadagi ekvivalentlik ko‘proq terminlar tarjimasida uchraydi (Rasulov, 1986).

Tarjimada adekvatlikka erishish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

  1. Tarjima qilinayotgan matn mazmunini to‘g‘ri anglash.
  2. Matn mazmunini buzmagan holda uni boshqa tilda bayon eta bilish.
  3. Tarjimada madaniy xususiyatlarni hisobga olish.
  4. Tarjimada grammatik va uslubiy normalarga rioya qilish.
  5. Tarjimada lug‘aviy boylikdan foydalanish (Rahmatullayev, 2009).

Demak, tarjima jarayonida adekvatlik va ekvivalentlikni ta’minlash tarjimaning sifatli bo‘lishiga olib keladi. Tarjimon nafaqat til bilimiga, balki madaniyatlararo muloqotga, stilistik sezgirlikka va tarjima nazariyasi asoslariga ham ega bo‘lishi kerak (Nida, 1978; Hojiyev, 1966). Tarjimashunoslik nazariyasining bu jihatlari hozirgi zamon o‘zbek tilshunosligida ham chuqur tadqiq etilmoqda (G‘ulomov, Mirtayev, Usmonov, G‘oziyev, & Mo‘minov, 2008).

Adekvat tarjima aslida bir necha marta qayd etilganidek, bir tildagi matnni ikkinchi bir tilga o‘girishdir. Shuningdek, ana shu jarayonni tilshunoslik nuqtai nazaridan tarjima jarayoni deb atash mumkin. Bundan tashqari, tarjimani transformasiyalarning o‘ziga xos bir turi deb atash ham mumkin. Boshqacha aytganda, tarjima nazariyasi tillararo transformasiyalarga, ya’ni tarjima jarayoniga bo‘lgan ilmiy qarashlarning o‘rganilishi, yoritilishi sanalsa, yaratilgan tarjima namunalari uning tadqiqot ob’ekti sifatida xizmat qiladi. Adekvat tarjimashunoslik 4 asosiy aspektlardan iborat:

  1. adekvat tarjimashunoslikka kirish;
  2. adekvat tarjima tarixi;
  3. adekvat tarjima nazariyasi;
  4. adekvat tarjima tanqidi.

Bu aspektlar tarjimashunoslikning o‘ziga xos yo‘nalishlari bo‘lib, har biri bugungi kunda alohida fan sifatida o‘rganiladi. Tarjimashunoslik fan sifatida, L.S.Barxudarov fikriga ko‘ra, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. qiyosiy metod (chunki tarjima ikki tilni qiyoslash asosida amalga oshiriladi);
  2. tarkibiy qismlarga ajratish (componential method) yoki temalarga ajratib tahlil qilish metodi (componential method semes);
  3. transformasiya metodi (ikki til turlari va vositalariga xos xususiyatlarni aniqlab, natijalarni tahlil qiluvchi metod). Leksik, grammatik transformasiyalar);
  4. statistik tahlil metodi;
  5. oppozisiyali (qarama-qarshi qo‘yib tahlil qilish) metod (boy-boys, came did not come).

Mazkur metodlardan tashqari tarjima usullari ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. ma’lumotlarni qisqa va lo‘nda qilib yozib olish (kerakli joylarini qisqa qayd etish) va ularga tayanib o‘girish usuli (masalan, og‘zaki tarjimada);

2. tarjimada asl nusxa materialini ma’noli bo‘laklarga ajratib o‘girish usuli (barcha tarjima turlarida);

3. matnni leksik, grammatik transformasiyalar orqali o‘girish usullari:

a) og‘zaki transformasiyalar orqali o‘girish usuli;

b) yozma transformasiyalar orqali o‘girish usuli;

c) og‘zaki-yozma transformasiyalar orqali o‘girish usuli;

d) antonimik vositalar orqali o‘girish usuli;

e) sinonimik vositalar orqali o‘girish usuli;

f) transkripsiya orqali o‘girish usuli;

g) transliteratsiya orqali o‘girish usuli;

h) kal’ka orqali o‘girish usuli;

i) kompensasiya usuli;

j) umumlashtirish usuli;

k) konkretlashtirish usuli;

l) ixchamlashtirish usuli;

Tarjimalarning turlanishi quyidagi parametrlar (o‘lchovlar) asosida namoyon bo‘ladi:

  1. Tarjima qilinayotgan tilning va asl nusxaning o‘zaro bog‘liqligiga qarab;
  2. Tarjimonlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub’ektning tarjima qilinayotgan matnni muallifiga munosabati va tarjima xarakteriga qarab;
  3. Tarjima qilinayotgan matnni tarjimaviy parchalanishiga qarab;
  4. Tarjima matni va original matnning taqdimot turiga qarab;
  5. Tarjima xarakteri va sifatiga qarab;
  6. Tarjima qilinayotgan materialning janriga qarab;
  7. Tarjimaning to‘liqligi va asl nusxaning ma’nosi uzatilishiga qarab;
  8. Tarjimaning asosiy funksiyalariga (vazifalariga) qarab;
  9. Asl nusxaning birlamchiligiga qarab.

Tarjimaning bu turi o‘z navbatida bir qator kichik guruhlarga ajralib ketadi. Bular quyidagilardan iborat.

Bir til ichidagi tarjima:

  • diaxronik tarjima (eski tilda yozilgan tarixiy matnni zamonaviy tilga tarjimasi);
  • transpozisiya (bir janrda yoki funksional uslubda yozilgan matnni boshqa janr yoki uslubdagi tarjimasi).

Tillararo tarjima:

  • binar tarjima (bir jonli tildan boshqa jonli tilga tarjima qilish);
  • intersemiotik tarjima (jonli tildan sun'iy tilga tarjima qilish);
  • transmutasiya (bir sun'iy tildan boshqa sun'iy tilga tarjima qilish).
  1. Tarjimonlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub’ektning tarjima qilinayotgan matnni muallifiga munosabati va tarjima xarakteriga qarab.

Tarjimaning bu turini quyidagicha tasniflashimiz mumkin:

  • matn muallifi bo‘lmagan kishi tomonidan qilingan tarjima;
  • avtotarjima (muallifning o‘zi qilgan tarjima);
  • avtorlashtirilgan tarjima (muallif ma'qullagan tarjima);
  • mashina tarjimasi (komp'yuterda qilingan tarjima);
  • aralash tarjima (qismi komp'yuterda, qismi inson tomonidan qilingan tarjima).

2. Tarjima qilinayotgan matnni tarjimaviy parchalanishiga qarab.

Mazkur tarjima turi o‘z navbatida quyidagi kichik guruhlarga ajraladi:

  • morfemalar tarjimasi;
  • so‘zma - so‘z tarjima;
  • jumlama - jumla tarjima;
  • butun matn tarjimasi.

3. Tarjima matni va original matnning taqdimot turiga qarab.

Tarjimaning bu turini quyidagi bo‘limlarga ajratish mumkin:

Yozma tarjima:

  • yozma matnning yozma tarjimasi;
  • og‘zaki matnning yozma tarjimasi.

         Og‘zaki tarjima:

  • og‘zaki matnning og‘zaki tarjimasi:
  • sinxron tarjima;
  • ketma – ket tarjima;
  • bir tomonlama tarjima;
  • ikki tomonlama tarjima;
  • yozma matnning og‘zaki tarjimasi.

4. Tarjima xarakteri va sifatiga qarab.

  • erkin tarjima;
  • interpretasiya;
  • adekvat (mos, to‘laqonli) tarjima;
  • aniq tarjima;
  • autentik tarjima;
  • tasdiqlangan tarjima.

5. Tarjima qilinayotgan materialning janriga qarab.

  • ilmiy-texnik tarjima;
  • ijtimoiy-siyosiy tarjima;
  • adabiy tarjima;
  • harbiy tarjima;
  • yuridik (huquqiy) tarjima.

Tarjima nazariyasida adekvat tarjima va funksional teng ma’nolilik tushunchalari tarjima sifatining asosiy mezonlari sifatida muhim o‘rin tutadi. Adekvat tarjima matn mazmunini, uslubini va muallifning asosiy g‘oyalarini buzmasdan, tarjima qilinayotgan tilda to‘g‘ri va tushunarli ifodalashdir. Funksional teng ma’nolilik esa tarjima natijasida qabul qiluvchilarda asl matn bilan o‘xshash ta’sir qoldirishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, madaniy va lingvistik tafovutlarga qaramay, tarjima natijasining samaradorligini o‘lchaydi.

Tarjimada mukammallikka erishish uchun leksik va grammatik muvofiqlik, kontekstni hisobga olish, madaniyatlararo farqlarni inobatga olish kabi omillar muhimdir. Shu bilan birga, tarjima usullari va metodlari keng doirada qo‘llanilib, har xil turdagi matn va vazifalarga moslashtiriladi. Tarjimonning nafaqat til bilimiga, balki madaniyat, stilistika va tarjima nazariyasi asoslariga ega bo‘lishi sifatli tarjima uchun zarur shart hisoblanadi.

Natijada, tarjimashunoslikda adekvatlik va funksional muqobillik tushunchalari tarjima jarayonini to‘liq, mazmunan boy va madaniyatlararo muloqot uchun samarali qilib ko‘rsatadi hamda tarjima sifatining asosiy tamoyillaridan biri sifatida qabul qilinadi.

Библиографические ссылки

Barxudarov, L. S. (1973). Yazyk i perevod (Voprosy obshchey i chastnoy teorii perevoda). Moskva: Mezhdunarodnye otnosheniya.

G‘ulomov, A. G‘., Mirtayev, M., & Usmonov, S. (1992). O‘zbek tili. Toshkent: O‘qituvchi.

G‘ulomov, A. G‘., Mirtayev, M., Usmonov, S., G‘oziyev, E., & Mo‘minov, I. (2008). O‘zbek tili. Toshkent: O‘qituvchi.

Hojiyev, A. P. (1966). Ko‘makchi fe’llar. Toshkent: Fan.

Hojiyev, A. P. (2002). Lingvistik terminlar izohli lug‘ati. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

Nida, E. A. (1978). The Theory and Practice of Translation. Leiden: E.J. Brill.

Rahmatullayev, Sh. (2009). Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

Rasulov, R. (1986). O‘zbek tilida fe’lning holat shakllari. Toshkent: Fan

Федоров, А. В., Рецкер, Я. И. (1976). Введение в теорию перевода. М.: Высшая школа.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Холиддин Шомухаммадов,
Узбекский государственный университет мировых языков

Преподаватель кафедры Интегрированный курс английского языка–3 

Как цитировать

Шомухаммадов, Х. (2025). Концепция адекватного перевода в процессе перевода. Лингвоспектр, 5(1), 558–564. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/876

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

<< < 45 46 47 48 49 50 51 52 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.