Понятие импликатуры в прагмалингвистике: на примере узбекского медиадискурса (подкаст “Курултой”)
Аннотация
Данная статья исследует теорию импликатуры, одного из центральных понятий современной прагмалингвистики. Изучаются конвенциональные и конверсационные формы импликатуры, опираясь на Принцип Сотрудничества Г.П. Грайса и его максимы. В качестве объекта исследования выбран эпизод “Узбекские свадьбы: вчера и сегодня” из подкаста “Курултой” в узбекском медиадискурсе. В статье на примере фрагментов подкаста контекстуально, прагматически и дискурсивно анализируются как конвенциональные импликатуры (например, дополнительные значения, выражаемые лексическими средствами, такими как “но”, “потому что”, “во-первых”), так и конверсационные импликатуры (скрытые значения, выводимые из контекста, речевой ситуации и стилистических фигур). Результаты анализа показывают, что использование импликатур говорящими играет важную роль в воздействии на слушателей, побуждая их к глубоким размышлениям о социально-финансовых проблемах, связанных со свадьбами. Этот анализ помогает глубже понять, как формируются и воспринимаются невысказанные смыслы в коммуникации. Результаты исследования показывают, что использование говорящими импликатур в медиадискурсе играет важную роль в воздействии на слушателей, побуждая их к глубоким размышлениям о социально-финансовых проблемах, связанных со свадьбами, и к критическому осмыслению темы. Через эти подходы ярко проявляются прагматические функции языка и его роль в обществе.
Ключевые слова:
Pragmalingvistika implikatura H.P. Grays suhbat maksimlari konventsional konversatsional implikatura mediadiskurs tagma’noKirish
Barchamizga sir emas, bugungi zamon bevosita jadal o‘sish-rivojlanishlar, yangliklar davri hisoblanadi. Ayniqsa bugungi kundagi globallashuv va axborot asrida tilshunoslik ilmi o‘zining turlicha markzaiy, tayanch tushunchalari bilan nutqiy muloqotning turli murakkabliklarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Ana shunday muhim tilshunoslik sohalaridan biri pragmalingvistika antropotsentrik paradigmada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, tilshunoslar tomonidan qiziqish bilan o‘rganilayotgan yo‘nalishdir. Ushbu pragmalingvistika yo‘nalishining muhim, tayanch tushunchasi sifatida qaraladigan implikatura nazariyasini o‘zbek mediadiskrusida o‘rganish, tahlil qilish hozirgi ilmiy tadqiqotimizning asosini tashkil qiladi. Implikatura, so‘zlovchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytilmagan, ammo tinglovchi tomonidan suhbat konteksti va umumiy mantiqqa asoslanib xulosa qilinadigan ma’nolarini anglatadi.
Implikatura nazariyasining zamonaviy asoslari amerikalik faylasuf va tilshunos H.P. Grays (H.P. Grice, 1975) tomonidan, “Mantiq va Suhbat” (Logic and Conversation, 1975) nomli fundamental asarida ishlab chiqilgan. Grays suhbat ishtirokchilarining samarali muloqot qilish uchun “hamkorlik prinsipi” (Cooperative principle) va uning to‘rtta maksimiga (miqdor, sifat, aloqadorlik va usul) rioya qilishni ta’kidlaydi. So‘zlovchi ushbu maksimalarga rioya qilganda yoki ularni ataylab buzganidda implikaturalar yuzaga keladi va tinglovchi aytilgan so‘zlardan tashqari qo‘shimcha ma’nolarni anglaydi. Implikaturalar shuningdek, konventsional(so‘zning o‘z ma’nosidan kelib chiquvchi) va konversatsional (nutqiy vaziyat va kontekstga bog‘liq) turlarga bo‘linadi.
O‘zbek tilshunosligida ham implikatura tushunchasi va uning lingvistik xususiyatlari borasida qator tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, zamonaviy mediadiskurs, xususan, podkastlar kabi yangi kommunikatsiya platformalarida implikaturaning namoyon bo‘lishi alohida ilmiy qiziqish uyg‘otadi. Bu platformalar tabiiy nutq, jonli muloqot va auditoriyaga ta’sir etishning o‘ziga xos usullarini o‘zida mujassam etadi.
Ushbu maqola pragmalingvistikadia implikatura tushunchasini nazariy jihatdan yoritish bilan birga, uning o‘zbek mediadiskursidagi amaliy namoyon bo‘lishini tahlil qilishni maqsad qilgan. Tadqiqot obyekti sifatida o‘zbek jamoatchiligida muhokamalarga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-madaniy mavzularni yorituvchi “Qurultoy” podkastining “O‘zbek to‘ylari: kecha va bugun” nomli epizodi tanlab olindi. Maqolada ushbu podcast materiallari asosida konventsional va konversatsional implikaturalar aniqlanadi, ularning kontekstual, pragmatik va diskursiv xususiyatlari atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek nutqiy kommunikatsiyasida implikaturaning ahamiyatini ko‘rsatib, yashirinma’nolarning nutqiy ta’sirchanlikni oshirishdagi rolini ochib beradi.
Adabiyotlar tahlili
Implikatura tushunchasi tilshunoslikda uzoq yillardan beri muhokama qilinib kelayotgan murakkab hodisa bo‘lib, uning zamonaviy pragmalingvistik tadqiqotlardagi markaziy o‘rni H.P. Graysning “Mantiq va Suhbat” (Logic and Conversation, 1975) fundamental asari bilan chambarchas bog‘liqdir. Grays o‘z nazariyasida nutqiy muloqotning asosiy tamoyili sifatida Hamkorlik prinsipini (Cooperative principle) ilgari surdi. Ushbu prinsip suhbat ishtirokchilari muloqotga o‘z hissalarini uning umumiy maqsadiga muvofiq ravishda qo‘shishini nazarda tutadi. Grays hamkorlik prinsipiga bo‘ysunuvchi to‘rtta asosiy maksimani ajratib ko‘rsatgan: miqdor maksimasi (zaruriy vayetarli miqdordagi axborotni berish), aloqadorlik maksimasi (mavzuga doir bo‘lish) va usul maksimasi (aniq, tartibli va tushunarli bo‘lish.)
Graysga ko‘ra, aynan shu maksimalarga rioya qilish yoki ularni ataylab buzish orqali implikaturlaar yuzaga keladi, ya’ni so‘zlovchi aytilmagan, lekin tinglovchi tomonidan kontekstga asoslanib xulosa qilinadigan ma’nolarni uzatadi.
Grays nazariyasining yana bir muhim jihatlaridan biri implikaturalarning konventsional va konversatsional turlarga ajratilishidir. Konventsional implikaturalar so‘z yoki iboralarning o‘ziga xos leksik ma’nosi yoki sintakstik tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, suhbat kontekstidan qat’iy nazar yuzaga keladi. Graysning o‘zi “lekin” (but), “shuning uchun” (therefore), “hatto”(even) kabi so‘zlarning qo‘shimcha, implikativ ma’nolarini qanday yaratishini tahlil qilgan. Bu turdagi so‘zlar o‘zini ng asosiy semantic yukidan tashqari, ma’lum bir pragmatik ma’noni ham anglatadi. Masalan, “U dangasa, lekin boy” jumlasida “lekin” bog‘lovchisi orqali dangasalik va boylik o‘rtasidagi qarama-qarshilikni implikatsiya qiladi, garchi bu qarama-qarshilik jumlaning literal ma’nosiga kirmasa ham (Sobolev, 2023). O‘zbek tilidagi hatto, ammo, biroq, lekin, shuning uchun, shu kabi, deyarli, shunga qaramay, zo‘rg‘a, bazo‘r kabi bog‘lovchi, yuklama vazifasida keluvchi bir qator so‘zlar ham konventsional implikatura hosil qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Aksincha, konversatsional(yoki nonkonventsional) implikaturalar biror bir so‘z yoki tuzilmaga bog‘liq bo‘lmay, asosan nutq vaziyati va kontekstga aloqador bo‘ladi. Bu turdagi implikaturalar suhbatdoshlar orasidagi umumiy qoidalar va kontekst asosida anglashiladi. Rusminto (2009) va Arifianti (2018) kabi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, konversatsional implikaturalar tilde yashiringan, suhbatning asosiy maqsadini yashirishi yoki asl haqiqatdan farqli, o‘zgacha ma’nolarni anglatishi mumkin (Kartikasari & Sofyan & Setyari, 2023). Desnita esa ularni suhbatga bog‘liq kontekstga asoslanuvchi ma’nolar sifatida tavsiflaydi (Desnita, 2021). Suhbat implikaturalari nutqni tashkil etish tamoyillari, kontekst, intonatsiya, urg‘u, so‘z tanlashdagi o‘ziga xosliklar hamda ironiya, kinoya, metafora kabi nutq figuralari orqali yuzaga kelishi mumkin. Bu vositalar ko‘pincha berilgan literal ma’nodan farqli qarama-qarshi yoki tanqidiy ma’nolarni keltirib chiqaradi.
O‘zbek tilshunosligida hamimplikatura nazariyasi Sh. Safarov kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan. Safarov Grays nazariyasini tahlil qilib, nutqda bevosita ma’lum qilinayotgan ma’no va nazarda tutilayotgan yashirin ma’no mavjudligini ta’kidagan (Safarov, 2017). Uning qayd etishicha, so‘zlovchi nutqida bevosita ifodalayotgan ma’no gapning mantiqiy mudarijasiga (propozitsiyaga) mos keladi, qolgan qismi esa, “tagiga yetish” usulida aniqlanadigan implikaturani tashkil etadi. Bu kabi mahalliy tadqiqotlar implikatura nazariyasining o‘zbek tili nutqiy xususiyatlarini o‘rganishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi.
Ushbu adabiyotlar tahlili maqolaning nazariy poydevorini shakllantirib, implikatura tushunchasining ko‘pqirrali xususiyatini namoyon etadi. Keyingi bo‘limlarda, “Qurultoy” podkastidagi real nutqiy materiallar amaliy tahlil qilinadi.
Metodologiya
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi implikatura tshunchasining o‘zbek mediadiskursidagi pragmalingvistik tahlilini o‘rganishdan iborat, bunda asosan deskriptiv-tahliliy metodologiya asos qilib olindi. Tadqiqot H.P. Graysning implikatura nazariyasiga, xususan, uning Hamkorlikprinsipi (Cooperative principle) va unga bo‘ysunuvchi to‘rtta asosiy maksimalarga tayandi.
Tadqiqot obyekti sifatida o‘zbek mediadiskursining muhim elementlaridan biri bo‘lgan “Qurultoy” podkastining “O‘zbek to‘ylari: kecha va bugun/o‘zbek xalqining hayotidagi eng muhim marosim” nomli epizodi tanlandi. Ushbu podcast epizodiijtimpoiy-madaniy-siyosiy muammolarni yoritishga qaratilgan bo‘lib, undagi jonli va tabiiy nutq implikatura namunalarini tahlil qilish uchunboy material taqdim etadi. Tadqiqot uchun podkastning tegishli qismlari transkripsiya qilindi va matn ko‘rinishiga keltirildi.
Maqolada matnni tahlil qilish metodi asosiy usul sifatida qo‘llaniladi. Bunga qo‘shimcha ravishda, content tahlil, pragmatik tahlil hamda diskursiv tahlildan foydalanildi. Kontent tahlilda, podkast parchalari diqqat bilan o‘rganilib, ularda yuzaga kelgan implikatura namunalari aniqlandi. Matndagi har bir gap va ibora nafaqat o‘zining literal(so‘zma-so‘z) ma’nosi balki suhbat kontekstida anglashiladigan qo‘shimcha ma’nolari nuqtai nazaridan ham ko‘rib chiqildi.
Pragmatik tahlil metodida esa, implikaturalarning yuzaga kelish mexanizmlari H.P. Graysning Hamkorlik prinsipi va uning maksimalari doiraasida tahlil qilindi. So‘zlovchining niyati, tinglovchining xulosalari va nutq vaziyatining implikatura hosil qilishdagi roli o‘rganildi. Ayniqsa, so‘zlovchi maksimalarga qanday rioya qilishi yoki ularni buzishi natijasidayuzaga keladigan ma’nolar diqqat markazida bo‘ldi.
Diskursiv tahlil metodidan implikaturalarning kengroq diskursiv kontekstdgi funksiyalari va ularning muloqotning umumiy maqsadiga qanday hissa qo‘shishi tahlil qilindi. Nutq birliklarining o‘zaro bog‘liqligi va ularning tinglovchiga emotsional va ratsional ta’siri o‘rganildi.
Muhokama
Maqolamizning ushbu qismida, “Qurultoy” podkasti epizodidagi konventsional implikaturalarni namuna va misollar orqali yoritib beramiz.
“-Assalomu alekum, hurmatli tinglovchilar, hurmatli tomoshabinlar, shu yerga taklif qilganilar uchun silarga katta rahmat aytaman. Birinchidan, mavzuga yondashish nuqtai nazaridan sizlarning yo‘nalishlaringni hurmat qildim man, sababi, biz doimiy ravishda u yoki bu mavzuni ko‘targan paytimizda, odamlar ensasini qotiradigan mavzular berilsa, odamlar oxirgi paytlar eshitmay ham qo‘ydi. Lekin noodatiy,ya’ni fanda, hozirgi kunda ilmiy tilda kreativ deyiladi, yondashilayotgan paytda, bu masalaning ko‘tarilishi, hozirgi kunda judayam muhim, sababi biz,to‘yga ilgarigidek, ma’lum bir hayotni, odam hayotining bosqichi sifatida qarasak, endi unday qarab bo‘lmaydi, ya’ni bunga biz iqtisodiy, siyosiy, diniy, kerak bo‘lsa, madaniy masala sifatida ham qarashimiz kerak, va bu bugungi mavzuni boshqacharoq tomondan yoritish mumkin,to‘ylar haqida o‘ylar deb ham aytish mumkin.”
Ko‘rib turganimizdek, ushbu podkastdan olingan diskursiv matn bir necha konventsional implikaturalardan tashkil topgan, ana endi ularni birgalikda kontekstual, pragmatik va diskursiv jihatdan tahlil qilamiz. Birinchi gapni chuqurroq tahlilga tortsak, berilgan gapdagi so‘rashuv ohangi, tinglovchilarga bo‘lgan hurmatni, e’tiborni anglatadi, keyingi so‘zlar hurmat bilan tinglovchilarga qaratilishini konventsional tarzda bildiradi.
Birinchidan, mavzuga yondashish nuqtai nazaridan sizlarning yo‘nalishlaringni hurmat qildim, man, sababi biz doimiy ravishda u yoki bu mavzuni ko‘targan paytimizda, odamlar ensasini qotiradigan mavzular berilsa, odamlar oxirgi paytlar eshitmay ham qo‘ydi.
Podkastning ushbu qismi konventsional implikaturalar bilan boyitilgan, misol uchun, gap boshidagi birinchidan,so‘zining ishlatilishi, aytilayotgan fikrning naqadar muhimligini, va bundan boshqa yana bir qator fikrlar mavjudligiga, hamda aynan ushbu fikrning ahamiyati yuqoriroqligiga nisbatan ishora qilyapti. Birinchi navbatda shu kabi mulohazaga so‘zlovchining urg‘u berishi, tomoshabinlarga ushbu muammoning naqadar dolzarbligini konventsional implikatura orqali anglatib kelyapti, va o‘z-o‘zidan tinglovchida bir qancha fikrlardan tashkil topgan ro‘yxatning boshlanganligi to‘g‘risida kutuv, tushuncha hosil bo‘ladi.Kontekstual jihatdan tahlil qilinsa, bu parchadan suhbatning boshlanganligini, mehmonga so‘z berilganini ya’ni suhbatning kirish qismi tashkillashtirilganini anglash qiyin emas. Pragmatik hamda diskursiv jihatdan esa, so‘zlovchi o‘z fikrlarini tinglovchiga tartib bilan yetkazish, hamda qulay, tushunarli vaziyat yaratish uchun qo‘llanilishi bilan bir qatorda, ushbu birinchidan so‘zi diskursning strukturaviy elementi sifatida ahamiyatga ega bo‘lib, fikrning boshlanishini belgilab kelmoqda.
Sababi, doimiy ravishda, eshitmay ham qo‘ydi leksik vositalarining ham jumla tarkibidagi konventsional implikaturalarning namoyon bo‘lishida ahamiyati katta.
“Sababi” bog‘lovchisi keyingi gapning oldingi aytilgan fikrning sababini, asosini yoki tushuntirirshini keltirib o‘tayotganligini, ya’ni birinchi keltirilgan fikrni izohlab kelayotganligini konventsional tarzda bildiradi. Kontekstdan kelib chiqib tahlil qilsa, so‘zlovchi o‘zining ushbu podkast tashkilotchilariga bo‘lgan hurmatini izohlash uchun ushbu bog‘lovchidan foydalangan. Pragmatik nuqtai nazardan, so‘zlovchi o‘zining pozitsiyasini asoslash, tinglovchini ishontirish uchun sababini keltirib o‘tyapti.
“Doimiy ravishda” ravishidan anglashiladiki, bu kabi podkastlarning uzluksiz, muntazam ravishda berib borilishi konventsional tarzda namoyon bo‘ladi. Bu so‘z orqali so‘lovchi, hozirgi kundagi podkast tashkilotchilarining mavzular tanlashda oddiy usullardan foydalanishini ishora qilmoqda, va bunda so‘zlovchi o‘z kuzatuvlarini umulashtirish hamda ta’kidlash uchun ham foydalanganligi ko‘rinib turibdi.
“U yoki bu” jumlasidagi ayiruvchi bog‘lovchisi keyingi so‘z yoki iboraning oldingi so‘z yoki iboraga muqobil yoki boshqa bir variant sifatida qarash kerakligini konventsional tarzda ifodalab kelyapti. Kontekstdan kelib chiqib tahlil qilinganda, bu ibora mavzularning noaniqligini, yoki tanlash imkoniyatini ko‘rsatish uchun ishlatilingan. Bu kabi holatda, pragmatik jihatdan so‘zlovchi umumiyroq gapirishni maqsad qilganini anglash qiyin emas.
“Ensasini qotiradigan” iborasi, hozirgi kundagi ayrim podkastlarning zerikarli, qiziqarsiz hamda tinglovchining e’tiborini tortadigan darajada yetarlicha dolzarb emasligiga konventsional tarzda ishora qilinganligini ifodalaydi. Bu iborasi orqali, so‘zlovchi tinglovchilar bu kabi mavzulardan anchagina zerikkanini ishora qilayapti va pragmatik jihatdan, tinglovchilarning potentsial reaksiyasini oldindan taxmin qilyapti.
“Eshitmay ham qo‘ydi” iborasi, odamlar bu kabi mavzulardan charchaganini, hamda oxirgi payt ularga qiziq bo‘lmay qolganining, tinglovchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu kabi mavzularga qaratilgan podkastlarni eshitishdan bosh tortayotganligini yaqqol ifoda qilib keluvchi implikatura sifatida namoyon bo‘lyapti.
“Lekin” so‘zi orqali anglashilgan konventsional implikatura oldingi aytilgan fikrga umuman qarama-qarshi, zid bo‘lgan fikrni ifodalashda ishlatiladi. Ushbu berilgan kontekstda “lekin” so‘zining ishlatilinishi zerikarli mavzulardan farqli ravishda, yangicha “kreativ” yondashuvning o‘zgachaligini, afzalliklarini ta’kidlash uchun, tinglovchining ushbu podkast mavzusiga e’tiborini jalb qilish uchun ishlatilmoqda.
Konversatsional implikaturalarning ushbu mediadiskurs tarkibidagi ishtirokini va tahlilini quyidagi parchalar orqali ko‘rib chiqishimiz mumkin:
…-ha, sababi to‘ylarimizdagi odatlarni qo‘yib turaylik, to‘ylar tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlar odamlarni o‘ylanishga majbur qiladi, ya’ni, o‘sha men ko‘p joyda aytaman, tarixchi bo‘lganligim uchun,1917-yilda Rossiyada revolyutsiya amalga oshirilgandan keyin, hamma yaxshi bilsa kerak, o‘shanda Mikrochevchenskiyni kitobi chiqqan bo‘lishi kerak, keyinroq ham chiqqan bo‘lishi kerak, adashayotgan bo‘lsam, uzr so‘rayman,ya’ni “chto nado delat’?”degan, ya’ni “endi nima qilish kerak?” degan. Bizni to‘ylarga ham bu savolni hozir qo‘ysak bo‘laveradi. Sababi o‘ta dolzarb masala, bu masalaning dolzarbligi, boya yuqorida ta’kidlaganimizdek,bugungi kun bilan bog‘liq emas, o‘ta qadim tarix bilan bog‘liq va bu tarixiy jarayonlar to‘yga o‘zbeklar juda katta mas’uliyat sifatida qaraydi. Taniqli o‘zbek olimi G‘aybulla Assalomning shunaqa bir ajoyib fikrlari bor: “O‘zbekning to‘yi va a’zasidan hudo saqlasin” deganakanlar-da. Ya’ni, shu darajada,bu masala jiddiyki, o‘shanday olimlarni ham o‘ylantirib qo‘ygan.”
Yuqorida tahlil qilganimizdek, konversatsional implikaturalar kontekst, so‘zlovchining kooperativlik tamoyiliga rioya qilishi(yoki qilmasligi) va tinglovchining mantiqiy xulosalari asosida yuzaga keladi.
…-ha, sababi to‘ylarimizdagi odatlarni qo‘yib turaylik, to‘ylar tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlar odamlarni o‘ylanishga majbur qiladi, ya’ni, o‘sha men ko‘p joyda aytaman, tarixchi bo‘lganligim uchun,1917-yilda Rossiyada revolyutsiya amalga oshirilgandan keyin, hamma yaxshi bilsa kerak, o‘shanda Mikrochevchenskiyni kitobi chiqqan bo‘lishi kerak, keyinroq ham chiqqan bo‘lishi kerak, adashayotgan bo‘lsam, uzr so‘rayman,ya’ni “chto nado delat’?”degan, ya’ni “endi nima qilish kerak?” degan. Bizni to‘ylarga ham bu savolni hozir qo‘ysak bo‘laveradi.
Podkast parchasining ayni shu qismiga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, konversatsional implikaturalarning qiziqarli namoyon bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin.Bu yerda implikatura sifatida so‘zlovchining o‘zbek to‘ylarini tashkil etish jarayonlarini 1917-yildagi inqilobdan keying murakkab vaziyatga qiyoslashini olishimiz mumkin. “Endi nima qilish kerak?”degan savolni to‘ylarga nisbatan qo‘yish orqali, u to‘ylardagi mavjud muammolarning dolzarbligi va ancha o‘ylanishga majbur qilishligiga va jamiyat ularga nisbatan yangi yechimlar izlashi kerakligiga implikatsiya qiladi. Graysning hamkorlik tamoyiliga ko‘ra, Kooperativlik maksimasi (Aloqadorlik)ni ko‘rishimiz mumkin. Tarixiy voqeani parallel keltirib, mavzuning muhimligini urg‘ulamayotgandek ko‘rinadi, lekin aslida shunday qilayotganini anglash qiyin emas. Ya;ni, o‘sha davrdagi vaziyatning dolzarbligi, ahamiyatliligi qay darajada bo‘lsa, hozirgi kunda o‘zbek to‘ylari ham shu qadar dolzarblik darajasida ekanligini ta’kidlamoqda. Miqdor maksimasiga ko‘ra, so‘zlovchining biroz chalkash va taxminiy gapirayotganini ko‘rishimiz mumkin, bu taxminiylik, asosan quyidagi jumlalarda namoyon bo‘ladi: “chiqqan bo‘lishi kerak, keyinroq ham chiqqan bo‘lishi kerak, adashayotgan bo‘lsam uzr so‘rayman”. Bu jumlalar uning aniq ma’lumotga ega emasligini, lekin keltirayotgan fikrning mohiyatiga ishonchini implikatsiya qilib kelyapti.
Sababi o‘ta dolzarb masala, bu masalaning dolzarbligi, boya yuqorida ta’kidlaganimizdek,bugungi kun bilan bog‘liq emas, o‘ta qadim tarix bilan bog‘liq va bu tarixiy jarayonlar to‘yga o‘zbeklar juda katta mas’uliyat sifatida qaraydi.
Podkastning ushbu parchasiga nazar tashlasak, to‘ylarning dolzarbligi hozirgi kundagi yangi paydo bo‘lgan muammolardan emas, balki, bu vaziyat, holatlarning ildizi qadim tarix bilan, o‘tmishdagi o‘ziga xos urf-odat, an’analar bilan mustahkamlanganligini ta’kidlab, buning yechimi ham osonlikcha hal qilinmasligini, o‘zbek to‘ylaridagi urf-odatlarni qisqartirish, kamaytirish natijalariga erishish anchagina vaqt talab qilishini implikatsiya qilyapti. O‘zbeklarning to‘yga juda katta mas’uliyat sifatida qarashligi to‘g‘risidagi jumla esa, muammoning ijtimoiy ahamiyatini oshiradi. Bu parchada mavzuning dolzarbligi hamda tarixiy ildizlari haqidagi qo‘shimcha ma’lumotning anglanishi aloqadorlik maksimasi orqali namoyon bo‘ladi.
Taniqli o‘zbek olimi G‘aybulla Assalomning shunaqa bir ajoyib fikrlari bor: “O‘zbekning to‘yi va a’zasidan hudo saqlasin” deganakanlar-da. Ya’ni, shu darajada,bu masala jiddiyki, o‘shanday olimlarni ham o‘ylantirib qo‘ygan.”
G‘aybulla Assalomning bu iqtibosi o‘zbek to‘ylari va a’zalarining naqadar katta muammo, tashvish va moliyaviy kuch ekanligini kuchli tarzda implikatsiya qiladi. Odatda, o‘zbek xalqi biron bir yomon holat, vaziyatlarda, yoki birorta tabiiy ofatlarida, og‘ir kasalliklarda “hudo saqlasin” iborasini ishlatadilar. To‘ylarga nisbatan bu iboraning ishlatilishi, o‘zbek to‘ylarining ham o‘ziga yarasha xarajatlari yetarliligi, hamda to‘y o‘tkazayotgan insonlarga yaxshigina moddiy jihatdan yetishmovchiliklar olib kelishiga kuchli ishora sifatida foydalanilgan. Graysning kooperativlik maksimalaridan sifat maksimasi so‘zlovchining o‘z fikrini ifodalashda taniqli shaxsning fikrini iqtibos qilib keltirishi, ushbu masalaning jiddiyligi, kuchli ahamiyatga ega ekanlik darajasini oshiradi.
“…Demak, biz, to‘yga ma’lum bir, siz aytmoqchi, o‘zbek hayotining muhim bo‘g‘ini sifatida emas, kerak bo‘lsa, uning, aynan eng muhim bo‘g‘ini sifatida qarash kerak. Muhimmas, aynan eng muhim bo‘g‘ini sifatida qarash kerak, a, buni fransuzlarda bir maqol bor, “Baxtni tevarak-atrofdan izlama, u sening yoningdadir” deydi. Men baxt bilan birgalikda baxtsizlikni ham tevarak atrofda o‘zimizni yonimizda turibdi bu masalalar, shuning uchun, sababi, har qanday odam bu marosimni o‘tkazish jarayonida o‘zini iqtisodiy jihatdan emas, kerak bo‘lsa, ruhiy jihatdan ham, kerak bo‘lsa, jismoniy jihatdan ham tayyorlash kerak degan xulosaga kelganman…”
Podkastning ushbu qismida ham bir qancha konversatsional implikaturalarni ko‘rishimiz mumkin, misol uchun, fransuz maqolini keltirish orqali, so‘zlovchi to‘ylardagi ortqicha dabdaba va tashvishlarning aslida keraksiz ekanligini, baxt, ikki yoshning kelajakdagi baxtli hayoti bu narsalarga bog‘liq emasligini implikatsiya qilyapti. Shu bilan birga, so‘zlovchi nafaqat baxt, balki baxtsizlikning sababi ham o‘zimizda ekanligini ta’kidlab, to‘ydagi ortiqcha dabdabaga berilgan, ortiqcha xarajatlarni baxt deb, keyin undan qoladigan asoratlar haqida, ya’ni ba’zi birovlar to‘y o‘tkazaman deb qarz olishi, yoki to‘yda ketgan xarajatlarni qoplash uchun chet ellarga ketayotgani ham sir emasligini ishora qilib kelyapti. Bu fikrlari bilan, so‘zlovchi to‘yga faqatgina iqtisodiy jihatdan qarash kerak emasligini uqtirib, boshlanayotgan yangi hayotda yoshlarning ruhiy, jismoniy yetukligi, ongidagi o‘zgarishlarning muhimligi aslida kerakliroq ekanligiga, ikki yoshning hayotida kattalarning ham ruhiy, ma’naviy yordami ahamiyatliligiga ishora qilib, to‘y masalalariga jiddiy qarash kerakligini va shunchaki yuzaki qarash bilan muammo hal bo‘lmasligini uqtirmoqchi bo‘lyapti. Ushbu parchada aloqadrolik maksimasini ko‘rishimiz mumkin, sababi bu yerda to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘ylar haqida gapirilmasa ham,asosiy mazmuni to‘ylarni tashkil etishdagi real muammolar haqidaligiga ishora qiladi.
Natijalar
Ko‘rib turganimizdek, o‘zbek diskursida so‘zlovchilarning implikaturalardan foydalanishi tinglovchiga u yoki bu darajada ta’sir etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi tahlillarda konventsional va konversatsional implikaturalar kontekstni tahlil qilish orqali, diskursiv va pragmatik jihatdan amalga oshirish orqali aniqlandi. Har bir tahlil qilingan implikatura tinglovchilarga ta’sir jihatdan kuchli yetib boradi hamda ularda bevosita to‘ylarning ortiqcha dabdabaga berilganligi, moliyaviy yuk sifatida qarashning ustunligi to‘g‘risidagi fikrlarni uyg‘otadi. So‘zlovchi o‘z fikrlarini turli maqollar,hamda avtoritetli shaxslarning so‘zlaridan iqtiboslar keltirib mustahkamlashi, tinglovchilarning, o‘zbek xalqining miyasida, ongida o‘rnashgan to‘y o‘tkazishdagi qotib qolgan urf-odatlarning aslida xalqni biroz bo‘lsada qiyinchilikka, moliyaviy yetishmovchilikka sabab bo‘layotgani haqida chuqur mulohaza qilishga, hamda kerak bo‘lsa bu fikrlarni, urf-odatlarni o‘zgartirish vaqti kelganini ta’kidlayapti.
Xulosa
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, podcast nutqida ham konventsional, ham konversatsional implikaturalar faol qo‘llanilgan. Konventsional implikaturalar nutqning ichki mantiqiy bog‘liqligini ta’minlab, so‘zlovchining ta’limotini tartibli va aniq yetkazish niyatini aks ettiradi (“birinchidan”, “sababi”, “lekin” kabi leksik vositalar). Ular so‘zlovchining fikrlarini tizimlashtirishga va tinglovchi ushun axborotni oson qabul qilishga yordam beradi.
Ayni paytda, konversatsional implikaturalarpodkast muhokamasiga chuqur, yashirin va ta’sirchan ma’nolarni olib kirish uchun xizmat qiladi. “O‘zbekning to‘yi va a’zasidan hudo saqlasin” kabi iboralar yoki “Endi nima qilish kerak?” degan savolga o‘xshash qiyoslar, to‘ylarning jiddiy ijtimoiy-moliyaviy yuk ekanligini, jamiyatda chuqur muammolar mavjudligini va ularga yechim izlash zarurligini kuchli tarzda implikatsiya qildi. Bu turdagi implikaturalar so‘zlovchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmasdan turib, tinglovchining ongiga ta’sir o‘tkazish, ularni tanqidiy fikrlashga undash va mavjud vaziyatga nisbatan yangi mulohazalar shakllantirishga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, Graysning implikatura nazariyasi o‘zbek nutqiy kommunikatsiyasini, xususan mediadiskursdagi yashirin ma’nolarni tahlil qilish uchun samarali ilmiy vosita hisoblanadi. Bu tadqiqot nafaqat tilshunoslik nazariyasiga hissa qo‘shadi, balki kommunikativ jarayonlarda nutqiy ta’sir mexanizmlarini tushunish uchun ham amaliy ahamiyatga ega.
Implikaturaning o‘zbek tilidagi boshqa janr va diskurs turlarida (masalan, siyosiy nutq, reklama, badiiy adabiyot) namoyon bo‘lishini shuningdek, madaniy omillarning implikatura yaratish va tushunishdagi rolini chuqurroq o‘rganish kelajakdagi tadqiqotlar uchun istiqbolli yo‘nalish sifatida qaralishi mumkin.
Библиографические ссылки
Baxtiyorovna, M. U. (2024, June 2). Pragmalinguistics: Exploring the social dynamics of language use. In Innovative and integrative problems of foreign language development in a multilingual environment: International scientific-practical conference (pp. 634–638). UzSWLU. https://doi.org/10.5281/zenodo.11419487
Dobrosklonskaya, T. G. (2006). Mediadiskurs kak ob’ekt lingvistiki i mezhkul’turnoy kommunikatsii. Vestnik Moskovskogo Universiteta. Seriya 10: Zhurnalistika.
Grice, H. P. (1975). Logic and conversation. In P. Cole & J.L. Morgan (Eds.), Syntax and semantics: Vol. 3. Speech acts (pp. 41–58). Academic Press.
Kartikasari, P. W., Sofyan, A., & Setyari, A.D. (2023). Conversation implications in the stand-up comedy “Youtuber Many Haters” on Raditya Dika’s YouTube channel. International Journal of English and Applied Linguistics (IJEAL), 3(2), 81–90. https://doi.org/10.47709/ijeal.v3i2.2444
Kotorova, E. G. (2019). Pragmatics among linguistic disciplines: Problems of definition and classification. Russian Journal of Linguistics, 23(1), 98–115.
Safarov, Sh. (2017). Sotsio-madaniy va kognitiv pragmalingvistika yo‘nalishlari. Xorijiy Filologiya, 40–45.
Shesterina, A., Kaminskaya, T., & Zvereva, E. (2024). Media discourse as a research and media educational problem: Approaches and scientific schools. Mediaobrazovanie, 3, 519–527. https://doi.org/10.13187/me.2024.3.51
T., Z. K. (2023). Tilshunoslikda diskurs tushunchasi mohiyatining yoritilishi. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 34–39.
Желтухина, М. Р. (2007). О содержании дискурса масс-медиа. Вісник Луганського пед. ун-ту ім. Т. Шевченка. Серія «Філологічні науки», 11(128), 27–40.
Соболев, И. А. (2023). Критерии различия пресуппозиций и конвенциональных импликатур. Epistemology & Philosophy of Science, 60(4), 86–103. https://doi.org/10.5840/eps202360460
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Дилрабо Назиркулова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
