Методологические основы концептуализации и категоризации антропофеноменов как лингвоментальных и лингвокогнитивных категорий

Аннотация
В данной работе исследуются методологические основы процессов концептуализации и категоризации антропофеноменов в рамках когнитивной лингвистики и лингвокультурологии. Антропофеномены анализируются как ментальные конструкции, отражающие культурно обусловленные представления о мире, человеческом опыте и социальной реальности. Особое внимание уделяется изучению лингвоментальных и лингвокогнитивных механизмов, через которые данные феномены формируются и организуются в сознании носителей языка. В работе анализируются семантические, ассоциативные и концептуальные структуры, лежащие в основе процессов концептуализации и категоризации. Описываются методы когнитивного моделирования, семантической деривации и прототипирования, а также подчеркивается значение культурных кодов и национально-культурной специфики при формировании антропоцентрических концептов. Полученные результаты способствуют более глубокому пониманию роли языка как средства ментального отображения реальности и когнитивной репрезентации человеческого опыта. Предоставленное исследование будет полезно специалистам в области когнитивной лингвистики, лингвокультурологии, психолингвистики и всем, кто изучает взаимосвязь языка, мышления и культуры.
Ключевые слова:
Антропофеномены концептуализация категоризация лингвоментальные категории лингвокогнитивные процессы когнитивное моделирование ментальные репрезентации язык и мышление культурно-языковая спецификаKirish
Lingvomental va lingvokognitiv antropofenomenlarni kategoriyalashtirish va лonseptuallashtirishni qiyosiy tahlil qilishga xizmat qiluvchi metodologik apparat lingvomental sohalarning tuzilishini lingvokognitiv yondashuv asosida o‘rganishga qaratilgan jarayonlar, metodlar va usullar majmuasini qamrab oladi. Ushbu usullar, odatda, lingvokognitiv tadqiqotlarning shakllangan yo‘nalishlari va ilmiy maktablari bilan bevosita bog‘liqdir. Lingvomental sohalarni inson tafakkuriga xos bo‘lgan murakkab aqliy hodisalar sifatida o‘rganish esa, ularning ko‘p qatlamli va murakkab tarkibini samarali tahlil qilishga imkon beruvchi tadqiqot strategiyalarini talab etadi. Bu tarkib nafaqat tushunchaviy elementlarni, balki psixologik, ijtimoiy va madaniy omillarni ham o‘z ichiga oladi. Har qanday lingvomental maydon ma’lum bir etnosga xos bo‘lgan assotsiatsiyalar, emotsiyalar, baholovchi munosabatlar, konnotatsiyalar va milliy tasavvurlar bilan boyitilgan bo‘ladi. Shu sababli, "lingvomental soha" atamasi o‘z ichiga madaniyat bilan uzviy bog‘langan barcha semantik unsurlarni oladi. Bugungi bosqichda kognitiv tilshunoslikda bu sohalarni izchil va yagona uslubda tahlil qilishga oid barqaror metodologik asoslar hali to‘liq shakllanmagan. Ko‘plab olimlar lingvomental sohalarni an’anaviy tilshunoslik, psixolingvistika, etnolingvistika va lingvomadaniyatshunoslik kabi yo‘nalishlar bilan uyg‘unlashgan holda o‘rganishga harakat qilmoqdalar. Shu jihatdan, Ye.S. Kubryakovaning kognitiv tilshunoslikni antropotsentrik paradigma doirasidagi kichik paradigma sifatida tavsiflagani alohida e’tiborga loyiq (Kubryakova, 1995). Qoidaga muvofiq “paradigma” tushunchasi uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:
- tayanch-asos beruvchi (fanning asosiy tamoyillari va dastlabki farazlari);
- predmet-bilish (nimani bevosita tahlil sohasi deb qabul qilinishi);
- aniq tartib-qoidalar yoki texnik (amaliy) – (mavjud tahlil usullari va aniq jarayonlari, asosiy modellar va boshqalar).
Paradigmani yo‘l-yo‘riqlar bilan bir qatorda u yoki bu nazariyani to‘ldirishi kerak bo‘lgan va ilmiylikka da’vo qiladigan talablar ham tashkil etadi. R.M.Frumkinaning aniq ta’kidlashicha, inson haqidagi fanlar tarixida, xususan tilshunoslikda ham, ikkita keng qamrovli paradigma galma-gal keladi va bu tebranma harakat sezilarli vaqt oralig‘ini qamrab oladi: “Bir paradigma doirasida tadqiqotchi tadqiqot obyektiga go‘yo insonni faqat tabiat yaratgandek munosabatda bo‘ladi. Boshqa paradigma tadqiqotchini, insonni birinchi navbatda madaniyat shakllantirganini esda tutishga undaydi” (Frumkina, 1995).
Kognitiv tilshunoslik aniq bir nazariya emas, balki bir qator asosiy fundamental tamoyillar, farazlar va postulatlarga asoslangan tadqiqot dasturlari birlashmasidir. V. Evansning fikricha, bunday mazmunda kognitiv tilshunoslik funksional yondashuvlarga mansub bo‘lsa-da, “inson tili – tafakkur – ijtimoiy-jismoniy tajriba” uchligini o‘rganishga qaratilgan umumiy va keng qamrovli yo‘nalishi bilan ajralib turadi (Evans, 2012). Fikrimizcha, ushbu triadaning uchinchi tashkil qiluvchisini “ijtimoiy-psigologik-jismoniy” deb qo‘shimcha qilish zarur. Zero, inson tili va tafakkuri orqali nafaqat ijtimoiy tajribalar markazida, balki hissiy-emotsional holatlarga ham duch keladi va uni “boshidan o‘tkazadi”.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan, til kategoriyalash amallarini bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi asosiy vazifalarni ado etadi: yuboruvchining miyasida kategoriyalarni hosil qilish, ularni muayyan maqsad bilan ifodalash va uzatish, hamda qabul qiluvchining miyasida mos kategoriyalarning paydo bo‘lishi. Ushbu to‘rtta kategoriyalash amali – yaratish, tashqi ifodalash, aloqa o‘rnatish va faollashtirish – tilning barcha qo‘llanilishi va uning an’anaviy belgilangan vazifalarining asosini tashkil etadi.
- Lakoff (1990) ta’kidlaganidek, kognitiv tilshunoslik paradigmasi ikki muhim tamoyilga asoslanadi. Ushbu asosiy yondashuvlardan bir qator nazariy xulosalar kelib chiqadi. Bu tamoyillarni V. Evans (2012) ishlarini inobatga olgan holda tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Umumlashmaga yo‘naltirilgan tamoyil (generalization commitment) tadqiqotchilarni til hodisalarini insonning umumiy kognitiv qobiliyatlaridan kelib chiqib, yagona tizim sifatida o‘rganishga undaydi. Bu yondashuv tilni butun bir kognitiv tizimning integratsiyalashgan qismi sifatida ko‘radi, bu esa N. Xomskiy tomonidan ilgari surilgan modulli yondashuvdan farq qiladi. Modulli yondashuv tilni mustaqil komponentlarga – fonologiya, sintaksis, semantika va morfologiyaga – ajratilgan alohida bloklar sifatida tasvirlaydi. Kognitiv yondashuv esa aksincha, bu qismlarning o‘zaro aloqadorligi va inson tafakkuri bilan bog‘liqligiga urg‘u beradi. Masalan, leksik semantikadagi "prototip effekti" (E. Rosh) bu nuqtai nazarni tasdiqlaydi, J. Lakoff (1987) esa bu g‘oyalarni nazariy jihatdan chuqurlashtirgan.
Kognitiv moslik tamoyili (cognitive commitment) esa kognitiv fanlar, xususan kognitiv psixologiya va neyrofanlardan olingan ma’lumotlarni tilshunoslikdagi nazariyalar bilan uzviy bog‘lash zaruratini belgilaydi. Bunda muhim jihat shundaki, agar sof tilshunoslikdagi umumlashmalar kognitiv fanlarda aniqlangan miya faoliyati haqidagi faktlarga zid kelsa, ustuvorlik oxirgilarga beriladi. Ya’ni, kognitiv tilshunoslik “til ichidagi” nazariyalar bilan emas, balki tilni inson tafakkuri va bilish jarayonlari bilan bog‘lovchi umumiy qonuniyatlar bilan ishlaydi (Fauconnier, 1999).
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kognitiv tilshunoslik doirasidagi nazariyalar inson tafakkurining haqiqiy (real) mexanizmlariga zid keluvchi har qanday elementni inkor qiladi. Ustunlik faqatgina mantiqiy izchillikka emas, balki tajriba asosida tasdiqlangan kognitiv xususiyatlarga mos keluvchi lingvistik modellar asosida belgilanadi. Kognitiv tilshunoslikdagi umumlashtirishlar boshqa tilshunoslik yo‘nalishlaridagi natijalar bilan har doim ham to‘g‘ri kelavermaydi, chunki ko‘plab an’anaviy yondashuvlarda psixologik yoki neyrobiologik asoslar talab etilmaydi. Masalan, lingvistik kategoriyalarni o‘rganishda kognitiv tilshunoslar ularning klassik emasligini kutishadi, chunki tabiiy tildagi (J. Lakoff terminologiyasi bo‘yicha – “kognitiv”) kategoriyalarning aksariyati an’anaviy chegaralarga to‘g‘ri kelmaydi (Sergiyenko, 2023). Shu sababli, kognitiv yondashuv lingvistik kategoriyalarni realistik tarzda, ya’ni prototiplar asosida va noan’anaviy tuzilishda shakllantirishni maqsad qiladi. Agar kimdir klassik kategoriyalarni qo‘llamoqchi bo‘lsa, u holda ular prototipik ta’sirga ega emasligini amaliy tajriba asosida isbotlashi lozim bo‘ladi. Xuddi shunday, kognitiv yondashuv tuzilmasiz yoki ierarxik bo‘lmagan ro‘yxatlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashishni taqozo etadi, chunki bu kabi strukturaviy yondashuvlar inson tafakkurining murakkab tarmoqli tizimiga mos emas. Shuning uchun, tabiiy tildagi kategoriyalash mexanizmlarini tushuntirishda kognitiv nazariya nafaqat asosiy metodologik poydevor, balki nazariy mezon sifatida ham maydonga chiqadi. Bu nuqtai nazardan, tabiiy til asosida amalga oshiriladigan kategorizatsiyani ikki asosiy yo‘nalishda tahlil qilish zarur: birinchidan, til va tafakkur o‘rtasidagi chuqur bog‘liqlik haqidagi tushunchalarimizni yanada kengaytirish, ikkinchidan esa, lingvokognitiv nazariyalarni yaratish uchun zarur bo‘lgan ilmiy-metodologik asoslarni aniqlashtirish (Sergiyenko, 2023).
Tahlil va natijalar
Yuqorida keltirilgan nazariy asoslardan kognitiv tilshunoslikning bir qator muhim qoidalari kelib chiqadi. Bu qoidalar lingvokognitiv kategoriyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ularni tahlil qilishda biz V.Evansning (Evans, 2012) ishida shakllangan tezislarga asoslanamiz.
- Embodied cognition postulati – insonning tushunchaviy tuzilishi uning tanasi va atrof-muhit bilan o‘zaro aloqalariga asoslanadi. Lakof (1987) bu holatni “mujassamlashgan tajriba” yoki “tajribaviy realizm” deb ataydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kategoriyalar nafaqat tajribani aks ettiradi, balki tildagi kodlash voqelikni idrok etishga, jumladan ranglarni qabul qilishga ham ta’sir ko‘rsatadi (Thierry, 2009).
- Ensiklopedik semantika postulati – kognitiv oqimlarda semantik va konseptual tuzilmalar o‘rtasidagi munosabat turlicha talqin qilinadi. Kognitiv grammatikada R. Langacker bu ikki tuzilma o‘zaro teng deb hisoblasa, V. Evans (2012) ular ikki alohida, va semantik tuzilma konseptualga kirish imkonini beradi deydi. Masalan, ingliz tilidagi “red” so‘zi qizil, qizg‘ish yoki jigarrangni, “blue” esa ko‘k, moviy yoki osmon rangini anglatishi mumkin. Bu ma’nolar lingvistik belgilardan ko‘ra, kontekst, konseptual bilimlar va ensiklopedik tajribaga tayanadi.
- Ramziylik (symbolic thesis) postulati – tilning asosiy tuzilmaviy birligi ramziy birikmalardir (Langacker, 2007), konstruktivistlarda esa bu “konstruksiya” deb ataladi (Goldberg, 2006). Bu birliklarga morfemalar, so‘zlar, iboralar, sintaktik tuzilmalar va sxematik strukturalar kiradi va ular tilning turli darajadagi ma’no funksiyalarini ifodalaydi (Sergiyenko, 2023). Ramziy birliklar o‘rtasidagi struktura “montaj” deb qaraladi va ular murakkab grammatik butunlikni hosil qiladi.
- Meaning is conceptualization postulati – kognitiv tilshunoslik til ifodasidagi ma’noni konseptualizatsiya deb talqin qiladi, ya’ni bu jarayon nolisoniy, yuqori darajadagi kognitiv funksiyalarni o‘zida mujassam ettiradi. Til birliklari miya ichida konseptual bloklarni yuzaga keltiradi, bu esa boshqa kognitiv operatsiyalar va nolisoniy integratsiya asosida shakllanadi. Shu tarzda ular turtki sifatida ishlaydi va til ifodasi tushunarli konseptual shakllarga aylantiriladi. Bu yondashuv lisoniy va nolisoniy bilimlar oralig‘idagi chegarani yo‘q qiladi hamda so‘z qanday fikrni ifodalashini yaxshiroq tushuntiradi. Til konseptualizatsiyaning ko‘p model va tasvirlarini beradi. Ifontologik ma’nolar umuman inson ongida mavjud bo‘lgan konseptlardan faqat bir qismini aks ettiradi, i.e., lingvistik belgilar ensiklopedik bilimlarning tarkibida mujassamlanadi (Langacker, 2007).
- Usage-based postulati – til tuzilishi til qo‘llanishining o‘zidan kelib chiqadi (Tomasello, 2003). Bu yondashuv asosida: til bilimlari qo‘llanishdan hosil bo‘ladi; tilni bilish tilni ishlatishni bilishni anglatadi; til faoliyati lingvistik tuzilmaning ajralmas qismi hisoblanadi. Til birliklari so‘zlovchi ongida doimiy amaliy rutinga aylanadi (entrenchment) va bu miya faoliyati bilan barqaror bog‘lanadi (Evans, 2012).
Hozirgi tilshunoslik kognitiv paradigmasi tilni madaniy va tarixiy kontekstda ijtimoiy hodisa sifatida ko‘rib chiqadi, ayni paytda kategoriyalash mexanizmi uning asosiy ilmiy ob’ekti bo‘lib qolmoqda. Bu tahlillar nafaqat til‑tafakkur munosabatlarini chuqurlashtiradi, balki zamonaviy lingvokognitiv nazariyalarni shakllantirish uchun ham ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi (Sergiyenko, 2023). Qo‘llanish sohasiga qarab umumilmiy (universal) va ixtisoslashtirilgan tamoyillar farqlanadi. Ixtisoslashtirilgan tamoyillar fanning muayyan sohalariga, masalan, psixologik tadqiqotlar tamoyillari, falsafiy tamoyillar va hokazolarga, yoki aniq ilmiy nazariyalarga, jumladan, til kategoriyalash tamoyillari, filologik tahlil tamoyillari va shu kabilarga taalluqli bo‘ladi. N.N.Boldirеv kognitiv tilshunoslikning asoslanаdigаn quyidаgi аsosiy tаmoyillаrini qаyd etаdi:
Kognitiv tilshunoslikda bir qator muhim tamoyillar mavjud bo‘lib, ularning har biri tilni inson ongi bilan bog‘liq murakkab hodisa sifatida tahlil qilishga xizmat qiladi. Jumladan:
- Antropotsentriklik tamoyili tilning shakllanishi va ishlatilishida inson markaziy rol o‘ynashini anglatadi;
- Fanlararo yondashuv esa tilni tahlil qilishda psixologiya, neyrobiologiya, madaniyatshunoslik va boshqa sohalar yutuqlaridan foydalanishni talab qiladi;
- Til insonning umumiy bilish qobiliyatlaridan biri sifatida ko‘riladi, bu esa uni boshqa kognitiv tizimlar bilan bog‘laydi;
- Til birliklarining ko‘p qatlamli ma’noga ega bo‘lishi tilni faqat formal tizim emas, balki kontekstual va kognitiv jihatdan boy hodisa sifatida tahlil qilish zaruratini bildiradi;
- Lisoniy konseptualizatsiya va toifalash jarayonlarining darajali xususiyati (Boldyrev, 2004; 2013) til mazmunining ierarxik tuzilishini namoyon etadi.
Tarkibiy-funksional yaxlitlik tamoyiliga ko‘ra esa til va nutq yagona tahlil obyekti sifatida qaraladi (Boldyrev, Alpatov, 2008). Ye. S. Kubryakova fikriga ko‘ra, til ikki asosiy – kognitiv va kommunikativ funksiyani bajaradi va ular o‘zaro teng muhim hisoblanadi (Kubryakova, 2012). N. A. Besedina bu fikrni davom ettirib, agar e’tibor til mazmuniga qaratilsa, u holda kognitiv tarkib tahlil qilinadi; agar esa ma’lumot qanday taqdim etilganiga urg‘u berilsa, diskursiv qirralar o‘rganiladi. Besedina, shuningdek, tilni o‘rganishda fanlararo va kognitiv-diskursiv yondashuv bilan bir qatorda til va nutqning konseptual birligi, ko‘p omillilik va tizimlilik tamoyillariga ham alohida e’tibor qaratadi. Uning fikricha, til hodisasi faqat aloqa vositasi emas, balki murakkab ijtimoiy va kognitiv tizimlarning bir qismi sifatida talqin qilinishi lozim. Bu nuqtai nazardan, konseptual va semantik darajalarni farqlash tamoyili alohida ahamiyat kasb etadi – bu orqali til orqali yaratilgan dunyo manzarasi bilan konseptual darajadagi bilimlar o‘rtasidagi farq belgilanadi (Besedina, 2010).
- G. Skrebsova (2011) tomonidan kognitiv tilshunoslikning asosiy metodologik tamoyillari quyidagicha tavsiflanadi:
- Til, tafakkur va matn hosil qilish qobiliyatini yagona kognitiv tizim sifatida o‘rganish;
- Til bilimini umumiy bilish faoliyatining ifodasi sifatida qarash;
- Til va ruhiy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini e’tirof etish;
- Antropotsentrik yondashuvni asosiy tamoyil sifatida qabul qilish;
- Konseptlar shakllanishida insonning jismoniy tajribasining hal qiluvchi roli;
- Bilish jarayonlariga subyektiv omillarning ta’sirini hisobga olish;
- Tilni uni amalda qo‘llash kontekstida tahlil qilish;
- Til va tafakkur o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida til ma’nolariga e’tibor qaratish;
- Eksplanatorlik tamoyili – til hodisalarini nafaqat tasvirlash, balki ularni sababiy jihatdan tushuntirishga intilish;
- Lingvokognitiv tadqiqotlarning boshqa sohalarga ochiqligi tamoyili.
- Kognitiv lingvistika doirasida kategoriyalash tamoyillariga ham alohida e’tibor qaratilgan. K. M. Abisheva (2013) bu borada quyidagi tamoyillarni ajratadi:
- Prototipiklik – E. Rosh ta’riflaganidek, har bir toifa eng yaxshi vakil – prototipga ega bo‘lishi kerak.
Toifalashning qat’iy emasligi – bu toifalar chegarasining moslashuvchan va o‘zgaruvchan bo‘lishini bildiradi (Kubryakova, 1996).
Ko‘p asoslilik va xilma-xillik – inson tajribasining turli shakllari asosida turlicha toifalash mumkinligini tan olish;
Uzluksizlik tamoyili – bu jismoniy obyektlarning fazoviy yaxlitligi bilan bog‘liq.
Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarda ishonchli natijalarga erishish uchun metodologik yondashuvlar muhim o‘rin tutadi. Bunda quyidagi usullar keng qo‘llaniladi:
Tavsifiy tahlil; Leksikografik manbalarni tekshirish; Lug‘at ta’riflarini o‘rganish; Komponent tahlil usuli; Kontrastiv (qiyosiy) tahlil; Sotsiolingvistik va psixolingvistik tadqiqotlar, jumladan erkin assotsiatsiyalar va reflektiv tahlil.
Konsept belgilarini kognitiv va tasnifiy kognitiv jihatdan markazga yoki yaqin/uzoq/chekka periferiya zonasiga tegishli ekanligini aniqlash jarayonida maydon stratifikatsiya va prototipik tahlil metodlari qo‘llaniladi. Maydon stratifikatsiyasi usuli lingvokognitiv hodisa va kategoriyaning mazmuniy mohiyatini ko‘rgazmali tarzda namoyish etish maqsadida qo‘llaniladi. Bu usul yordamida maydonning turli darajalari, shartli ravishda ajratilgan markaziy (yadro) hududdan chekka tomonga qarab tahlil qilinadi. Tasnifiy belgilarning tartibli maydonning u yoki bu qismiga mansubligini ularning tilga olinish chastotasiga ko‘ra aniqlanadigan yorqinlik darajasi belgilaydi. A. V. Bondarkoning (Bondarko, 2004) tadqiqotlariga ko‘ra, eng ko‘p uchraydigan belgilar yoki tasniflagichlar prototipik va muhim deb hisoblanadi, chunki prototip sifatida ishlashining yuqori darajadagi muntazamligi bilan tavsiflanadigan belgini ko‘rib chiqish mumkin. Shunga muvofiq, prototipik (takrorlanuvchi) kognitiv belgilar va tasniflagichlar yadro zonasiga kiradi, prototipik bo‘lmaganlari esa maydonning yaqin, uzoq va eng chekka chegaralariga taqsimlanadi. Kognitiv talqin yoki umumlashtirish bosqichida mazmun jihatidan o‘xshash bo‘lgan semantik komponentlar lingvokognitiv hodisaning kognitiv belgilarini aniqlash maqsadida birlashtiriladi. Bu belgilarni tartiblash miqdoriy ma’lumotlarni hisobga olgan holda miqdoriy usul yordamida amalga oshiriladi. Belgi ravshanligi yoki ravshanlik indeksi kognitiv belgini shakllantiruvchi leksemalarning o‘xshash ma’nolari asosida birlashgan ma’nolar sonining ajratilgan ma’nolar umumiy soniga nisbati bilan belgilanadi. Yana bir metod bu lingvokognitiv kategoriyani modellashtirish usuli sun’iy abstrakt kategoriya modelini “ideallashtirilgan obyekt” sifatida aniqlash imkonini beradi. Bu model “asliyatning mumkin bo‘lgan tuzilishi to‘g‘risidagi taxminlar asosida” (Guiom, 1992) quriladi yoki “olamning lisoniy manzarasining bir qismi” (Apresyan, 1982) deb hisoblanadi. U “o‘rganilayotgan obyektning haqiqiy yoki taxmin qilinayotgan xususiyatlari aks ettirilgan aniq tasviri” (Kravtsova, 2023) sifatida qaraladi. Kognitiv modellashtirish til va aqliy hodisalar o‘rtasidagi munosabatni aniqlash hamda kognitiv modelni bilimlarni qayta ishlash va saqlashning asosi sifatida ko‘rib chiqish imkonini beradi. Bu usulga J. Lakoff (propozitsional, tasviriy, metaforik, metonimik kognitiv modellar), J. Fokonye (mental fazo nazariyasi), Ch. Fillmor (freymlar nazariyasi), R. Leneker (kognitiv sohalar nazariyasi), V. Z. Demyanov, Yu. D. Apresyan, E. S.Kubryakova, A. A. Zaliznyak, E. V. Paducheva, Yu. V. Kravtsova, N. Yu. Shvedova, K. M. Shilixina kabi olimlar murojaat qilganlar.
Keyingi usul lingvokognitiv tadqiqotlarda faol qo‘llaniladigan psixolingvistik yondashuvning klassik va zamonaviy shakllari (A. A. Potebnya, A. A. Leontev, L. S. Vigotskiy, Ch. Osgud, N. Xomskiy, N. V. Ufimtseva, I. A. Sternin, R. M. Frumkina, V. V. Krasnix, A. A. Zalevskaya, Ye. V. Xarchenko, T. A. Gridina, L. O. Butakova va boshqalar) o‘zining metodologik asosiga ega bo‘lib, bu asos so‘zlarning psixolingvistik ma’nosini o‘rganishga qaratilgan. Ye.A. Maklakova (Maklakova, Sternin, 2015) bu ma’noni til ongida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan semantik komponentlar sifatida ta’riflaydi, ular muayyan tovush qobig‘i bilan bog‘liq bo‘ladi. Asosiy usul sifatida Yu. N. Karaulov, Yu. S. Sorokin, N. F. Ufimtseva, I. A. Sterninlar tomonidan ishlab chiqilgan erkin verbal-assotsiativ tajriba varianti qo‘llanildi. Yuqorida ko‘rsatilgan tajriba turi lingvokognitiv xususiyatga ega bo‘lib, taqdim etilgan stimul so‘zga og‘zaki reaksiyani (alohida so‘z, so‘z birikmasi, turg‘un ibora va boshqalarni) o‘z ichiga oladi. Bunda respondentning beradigan reaksiyalari soni cheklanmagan bo‘lishi mumkin, chunki ikkinchi va keyingi assotsiatsiyalar o‘rganilayotgan lingvokognitiv fenomenning periferik va interpretatsion belgilariga ishora qilishi mumkin. Qolaversa, erkin verbal-assotsiativ tajriba olamning sodda lisoniy manzarasini o‘rganish yo‘llaridan biridir, chunki uning natijalari muayyan ijtimoiy-madaniy hamjamiyatdagi muayyan so‘z ortidagi bilimlarni aks (Ufimceva, 2015).
Bugungi kunda tilshunoslikda lingvokognitiv kategoriyalashtirish va konseptuallashtirish xususiyatlarini o‘rganish hamda tavsiflashning bir nechta usullari ishlab chiqilgan. Bular qatoriga S. M. Proxorovaning vertikal sintaktik maydonlar nazariyasi, E. Bartminskiyning profillash nazariyasi, O. S. Axmanova va I. Gyubbenetning vertikal kontekst nazariyasi kiradi. Kognitiv tuzilmalarni tadqiq etishga bag‘ishlangan nazariyalar orasida Ch. Fillmorning freym semantikasi, M. Minskiyning freym nazariyasi, E. Roshning prototip nazariyasi, J. Lakoffning metafora va metonimiya nazariyasi, shuningdek, R. Shenk va R. Abelsonning ssenariylar nazariyasi mavjud.
Lingvomental sohalarni o‘rganish usullari, asosan, ularning madaniy ahamiyatga ega tushunchalar sifatidagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Chunonchi, ma’lum bir so‘z chuqur lug‘aviy ishlanganlik sharti asosida lingvomental soha maqomiga da’vogar bo‘lishi mumkin. Shu sababli, har qanday lingvomental sohani tadqiq etishda turli lug‘atlardan olingan ma’lumotlardan foydalanish lozim: etimologik, ensiklopedik, izohli, sinonimik, frazeologik va hokazo. So‘z-konseptlarning majburiy aksiologik belgilanganlik tamoyili, xususan, ularning qo‘llanilish kontekstlari tahlili asosida, shuningdek, frazeologizmlar (maqollar) tadqiqi orqali ham isbotlanishi mumkin. Zero, lingvomental soha aksiologik belgilangan mohiyat bo‘lib, voqelikni axloqiy-qadriyatli toifalash va tushunchalash jarayonlari natijasida shakllanadi.
Ma’lumki kognititologiya tamoyillarida faqat muayyan xalqning aqliy dunyoqarashi uchun muhim bo‘lgan so‘zlargina konseptga aylanadi. Bu borada Ye. O. Golubovska shuday yozadai: “Asosiy, muhim ya’nikalit so‘zlar har bir madaniyat uchun o‘ziga xos bo‘lgan lug‘atga taalluqli bo‘lib, ular orqali etnos o‘zini atrofdagi voqelikni ma’lum tarzda his qiladigan, fikrlaydigan, qabul qiladigan va baholaydigan til egalarining jamoasi sifatida o‘zini anglaydi” (Golubovska, 2004). A. Vejbitskaya yoqirdagi fikrga yaqin: “aytish mumkinki ma’lum bir madaniyat haqida muhim va g‘ayrioddiy fikrlar bildirish imkoniyatini beradi” (Vezhbickaya, 2002) va albatta bu konseptni madaniyatning tayanch so‘zi sifatida to‘g‘ri amalga oshirilgan tahlil natijasidan kelib chiqadi deb hisoblyamiz.
- V. Pimenova (Pimenova, 2001) lingvomental sohalarni tahlil qilishni quyidagicha amalga oshirishni taklif etadi: birinchi bosqichda tushuncha nomini ifodalovchi so‘zning leksik ma’nosi va ichki shakli tahlil qilinadi. Keyin tadqiqotchi tushunchani namoyon etuvchi leksemalarning sinonimik qatorini aniqlashi lozim. Keyingi qadam til manzarasida tushunchani kategoriyalash usullarini tavsiflash bo‘lib, bu tegishli leksemalarni ikkilamchi aniqlash usullarini belgilashga, ya’ni konseptual metaforalar va metonimiyalarni tahlil qilishga qaratilgan. Yakuniy bosqichda kategorial mazmunni rivojlantirish ssenariylarini o‘rganish amalga oshiriladi.
Fikrimizcha, lingvomental, lingvokognitiv antropofenomenlarni o‘rganish usullarining xilma-xilligi va ularning tadqiqot konsepsiyasining mohiyatiga qarab o‘zgarishi nafaqat tadqiqot predmetining o‘ziga xos xususiyatlarini, balki tahlilga nisbatan o‘ziga xos ilmiy yondashuvni yaratish imkonini beradi. Bu yondashuv tahlil muammosini hal qilishning individual ko‘rinishini, ingvokognitiv antropofenomenlarni tavsiflash va talqin qilish yo‘llarini tushunishni, tahlilni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlarini, hamda toifalash va konseptuallashtirish xususiyatlarini aks ettiradi.
Xulosa va takliflar
Bizning tadqiqotimiz metodologiyasi umumiy tilshunoslikning V.fon Gumboldt, I.A. Boduen de Kurtene, E. Benvenist asarlarida shakllantirilgan nazariy qoidalariga, neogumboldt yo‘nalishi vakillari (L. Vaysberger, E. Sepir, B. Uorf) g‘oyalariga, lingvokognitiv tadqiqotlarga (R. Jakkendoff, Ye.S. Kubryakova, I. A. Sternin), lingvokulturologik izlanishlarga (N. N. Boldirev, A. Vejbitskaya, S. G. Vorkachev, I.A. Golubovskaya, V. I. Karasik, V. A. Maslova, G. G. Slishkin, Yu. S. Stepanov, V. N. Teliya va boshqalar), shuningdek, madaniyatshunoslik, falsafa va etik-falsafiy sohalardagi tadqiqotlarga (R. Benedikt, V. Vindelband, T. Kun, K. Levi-Stross, B. Rassel, G. Rikkert va boshqalar) asoslanadi.
Lingvomental va lingvokognitiv va shu bilan birga unlarning ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-psixologik kabi variatsiyalarga AFlarni o‘rganishda biz quyidagi metodikani va undagi tahlil bosqichlarini taklif qilamiz:
- Ilk tahlil lingvomental va lingvokognitiv antropofenomnelarning o‘xshash, farqli, umumiy va ularning kesishish chegarasini tasvirlashdan boshlanadi;
- Konseptualizatsiya va kategorizatsiya jarayonlari: jarayonlarning bosqichlari, ketma-ketligi, bir-birini to‘ldirishi, bir-biriga bog’liq bo‘lgan omillarni tasvirlash;
- Tadqiqotga tortilishi mumkin bo‘lgan lingvokognitiv va lingvomental AFlarni:
- lingvomental ijtimoiy-madaniy yoki lingvomental ijtimoiy-psixologik;
- lingvokognitiv ijtimoiy-madaniy yoki lingvokognitiv ijtimoiy-psixologik;
- lingvomental yoki lingvokognitiv statik (turg’un) yoki dinamik aniq tamoyillar kategoriyalash;
- Leksikografik lisoniy manzarasida LKAM va LMAFlarni konseptuallash va kategoriyalash xususiyatlarining tavsifi (lug‘atshunoslik manbalarini o‘rganish asosida);
- Obrazli lisoniy manzarasida LKAF va LMAF konseptuallash va kategoriyalash xususiyatlarining tavsifi (frazeologik manbalarni o‘rganish asosida);
- Lisoniy-fenomenal olam manzarasida lingvokognitiv va lingvomental AFlarning konseptualizatsiya va kategorizatsiyalash xususiyatlarini tavsifi;
- Psixolingvistik eksperiment o‘tkazish va olamning soda manzarasida LKAF va LMAFlarni konseptuallashtirish va toifalash xususiyatlarini tavsifi (ushbu tahli bevosita so‘rovnoma ishtirokchilarining javoblari asosida amalga oshiriladi);
- LKAF va LMAF konseptuallashtirishning va toifalashtirishning xususiyatlarini o‘rganish natijalarini statistik tahlili;
- O‘zbek va ingliz lingvomadaniyatlaridagi tadqiqot natijalarini qiyosiy tahlili;
- O‘zbek va ingliz lingvomadaniyatlarida LKAF va LMAFlar tarkibidagi toifalar tasnifini tavsiflash;
- Lingvomadaniyatlarni toifalashning omili sifatida bipolyar dominantalarning ustunvor (toifaviy) belgilarini tavsifi.
Yuqorida bayon etilgan lingvistik tahlil usullari va tamoyillarining uyg‘unlashtirilgan holda qo‘llanilishi yaqin qarindosh va qarindosh bo‘lmagan til madaniyatlarida AFlarning lingvokognitiv toifalanishidagi o‘ziga xos xususiyatlarni samarali o‘rganishga yordam beradi. Bu masala dissertatsiyamizning keyingi boblarida batafsil ko‘rib chiqiladi.
Библиографические ссылки
Abisheva, K. M. (2013). Kategorisatsiya i eye osnovnye printsipy [Categorization and its main principles]. Voprosy kognitivnoy lingvistiki, (2), 21–30.
Apresyan, Yu. D. (1986). Deiksis v leksike i grammatike i naivnaya model mira [Deixis in lexicon and grammar and naive world model]. Semiotika i informatika, (28), 5–33.
Besedina, N. A. (2010). Metodologicheskie aspekty sovremennykh kognitivnykh issledovaniy v lingvistike [Methodological aspects of modern cognitive research in linguistics]. Nauchnye vedomosti. Seriya Filosofiya. Sotsiologiya. Pravo, 20(91)(14), 33–35.
Boldyrev, N. N. (2004). Kontseptualnoe prostranstvo kognitivnoy lingvistiki [Conceptual space of cognitive linguistics]. Voprosy kognitivnoy lingvistiki, (1), 18–37.
Boldyrev, N. N. (2013). Teoreticheskie i metodologicheskie problemy kognitivnoy lingvistiki i terminovedeniya [Theoretical and methodological problems of cognitive linguistics and terminology]. Vestnik Chelyabinskogo gosudarstvennogo universiteta, 24(82), 7–13.
Boldyrev, N. N., & Alpatov, V. V. (2008). Kognitivno-matrichnyy analiz angliyskikh khristianskikh toponimov [Cognitive-matrix analysis of English Christian toponyms]. Voprosy kognitivnoy lingvistiki, (4), 5–14.
Bondarko, A. V. (2004). Tsentr – periferia, polevye struktury [Center–periphery, field structures]. In L. A. Verbitskaya (Ed.), Teoreticheskie problemy yazykoznaniya: sbornik statey k 140-letiyu kafedry obshchego yazykoznaniya filologicheskogo fakul'teta SPbGU (pp. 188). Saint Petersburg: SPbGU Press.
Evans, V. (2012). Cognitive linguistics. Wiley Interdisciplinary Reviews: Cognitive Science, 3(2), 129–141.
Fauconnier, G. (1999). Methods and generalizations. In Th. Janssen & G. Redeker (Eds.), Cognitive linguistics: Foundations, scope and methodology (pp. 95–127). Berlin: Mouton de Gruyter.
Frumkina, R. M. (1995). Est li u sovremennoj lingvistiki svoja epistemologija? [Does modern linguistics have its own epistemology?]. In Yazyk i nauka kontsa XX veka: sb. st. (p. 104). Moscow: Russian State University for the Humanities.
Goldberg, A. (2006). Constructions at work. Oxford: Oxford University Press.
Golubovska, I. O. (2004). Etnichni osoblyvosti movnykh kartyn svitu: monohrafiya [Ethnic features of linguistic worldviews: monograph] (2nd ed., revised). Kyiv: Logos.
Guiom, G. (1992). Printsipy teoreticheskoy lingvistiki [Principles of theoretical linguistics] (P. A. Skrelina, Trans.). Moscow: Progress.
Kravtsova, Yu. V. (2014). Modelirovanie v sovremennoy lingvistike [Modeling in modern linguistics]. Visnyk Zhytomyrs'koho derzhavnoho universytetu. Filolohichni nauky, 5(77), 182.
Kubryakova, E. S., et al. (1996). Kratkiy slovar kognitivnykh terminov [Short dictionary of cognitive terms]. Moscow: Philological Faculty of Moscow State University.
Kubryakova, E. S. (1995). Evolyutsiya lingvisticheskikh idey vo vtoroy polovine XX veka: opyt paradigmatičeskogo analiza [Evolution of linguistic ideas in the second half of the 20th century: experience of paradigmatic analysis]. In Yazyk i nauka kontsa XX veka (pp. 144–238). Moscow.
Kubryakova, E. S. (2012). V poiskakh sushchnosti yazyka: kognitivnye issledovaniya [In search of the essence of language: cognitive studies]. Moscow: Znak.
Lakoff, G. (1987). Women, fire, and dangerous things: What categories reveal about the mind. Chicago; London: University of Chicago Press.
Lakoff, G. (1990). The invariance hypothesis: Is abstract reason based on image-schemas? Cognitive Linguistics, 1(1), 39–74.
Langacker, R. W. (1987). Foundations of cognitive grammar (Vol. 1: Theoretical prerequisites). Stanford: Stanford University Press.
Maklakova, E. A., & Sternin, I. A. (2015). Teoreticheskie problemy semnoy semasiologii: monografiya [Theoretical problems of sign semasiology: monograph]. Moscow: Direct-Media.
Pimenova, M. V. (2001). Kontsepty vnutrennego mira cheloveka: russko-angliyskie sootvetstviya [Concepts of the human inner world: Russian-English correspondences] (Doctoral dissertation). St. Petersburg.
Sergienko, N. A. (2023). Lingvomentalnaya antroposfera kak faktor kategorizatsii lingvokultur [Linguomental anthroposphere as a factor of linguocultural categorization] (Doctoral dissertation). Surgut.
Skrebtsova, T. G. (2011). Kognitivnaya lingvistika: kurs lektsiy [Cognitive linguistics: lecture course]. St. Petersburg: Philological Faculty of St. Petersburg State University.
Thierry, G., Athanasopoulos, P., & Wiggett, A. (2009). Unconscious effects of language-specific terminology on preattentive color perception. Proceedings of the National Academy of Sciences, 106(11), 4567–4570.
Tomasello, M. (2003). Constructing a language: A usage-based theory of language acquisition. Cambridge, MA: Harvard University Press.
Ufimceva, N. V. (2015). Znachenie slova kak otrazhenie sotsiokul'turnoy real'nosti [Word meaning as a reflection of sociocultural reality]. Voprosy psiholingvistiki, 3(25), 84.
Vezhbickaya, A. (2001). Ponimanie kul'tur cherez posredstvo klyuchevykh slov [Understanding cultures through key words] (A. D. Shmeleva, Trans.). Moscow: Yazyk slavyanskoy kul'tury.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Феруза Маматова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.