Прескриптивный и дескриптивный подходы в обучении переводоведению

Авторы

  • УзГУМЯ
Tarjimashunoslik ta’limida preskriptiv va deskriptiv yondashuvlar

Аннотация

Данная статья посвящена сущности прескриптивного и дескриптивного подходов в переводоведении и различиям между ними. В ней анализируются традиционные прескриптивные взгляды, основанные на строгих правилах и нормах перевода, а также ограниченные возможности такого подхода. Одновременно подробно рассматриваются причины возникновения дескриптивного направления в последние десятилетия, его теоретические основы и значение в научных исследованиях. Основными принципами дескриптивного подхода названы изучение перевода как естественного продукта языкового и межкультурного взаимодействия, анализ переводческой деятельности на основе эмпирических данных и учет реальных условий переводческой практики. В статье сделаны выводы о взаимном влиянии этих двух подходов, их месте в современной методологии переводоведения и влиянии на научные исследования. Кроме того, проводится анализ исторического доминирования прескриптивной модели и ее влияния на традиционную дидактику. Подчеркивается, что развитие дескриптивного направления способствовало усилению роли эмпирических методов исследования в науке о переводе. В ходе исследования показано значение наблюдения, корпусного анализа и экспериментальных методов в изучении перевода. Отмечается, что дескриптивный подход как новая научная парадигма раскрывает творческую и адаптивную природу переводческого процесса. В статье подчеркивается, что интеграция этих подходов является перспективным направлением для будущих исследований, а полученные результаты могут быть применены при совершенствовании учебных программ и методологии научных исследований в области переводоведения.

Ключевые слова:

Прескриптивно-дескриптивный подход перекодирование и декодирование функционально-семантический перенос динамическая эквивалентность

Kirish

Tarjima nazariyasi va amaliyotida ikki katta yondashuv bo‘lib, zamonaviy tarjimon bu ikki yondashuvni bir-biridan farqli va o‘xshash jihatlarini, ulardan tarjima jarayoni, tarjima tadqiqotlarida foydalanishni bilishi lozim. Ular preskriptiv va deskriptiv tarjima yondashuvlaridir. Quyida ular haqida kengroq to‘xtalib o‘tamiz.

Preskriptiv yondashuvni grammatika, leksika va sintaksis darajasida “to‘g‘ri” va “noto‘g‘ri” tarjimalarni ajratib beruvchi yondashuv deb ham ta’riflash mumkin. Tarjimaga baho berishda u tatistic mezonlarga tayangan holda harakat qiladi. Bu yondashuv, ayniqsa, darsliklar, qonunchilik hujjatlari va rasmiy matnlar tarjimasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Deskriptiv yondashuv esa tarjima nazariyasida “tarjima amalda qanday amalga oshirilmoqda?” degan savolni o‘rganadi. Bu yondashuv tarjima jarayonini real voqelik sifatida kuzatadi, tavsiflaydi va tahlil qiladi. Deskriptiv yondashuvda hech qanday qat’iy me’yorlar yo‘q – uning asosiy vazifasi tarjimonlar qanday qarorlar qabul qilayotganini, qanday strategiya va texnikalarni qo‘llayotganini aniqlashdir. Ushbu yondashuv korpus lingvistikasiga, tarixiy tarjima amaliyotiga, sotsiomadaniy kontekstga asoslanadi va tarjimalarni statistikasi asosda o‘rganadi. Ya’ni u tarjimani qanday bo‘lishi kerakligidan emas, balki qanday bo‘layotganidan kelib chiqadi. Tarjimaning ko‘p variantli va kontekstual xususiyatlarini hisobga oladi, shuningdek, maqsad tilidagi madaniy va stilistik moslikni chuqur o‘rganadi.

Ushbu jadvalda tarjima nazariyasidagi ikki asosiy yondashuv – preskriptiv va deskriptiv tarjima o‘rtasidagi ilmiy farqlar mezonlar asosida taqqoslab ko‘rsatilgan.

 

 

 

Asosiy mezonlar

Preskriptiv tarjima

Deskriptiv tarjima

1.

Yondashuvning tabiati

Normativ, me’yoriy

Empirik, tasviriy

2.

 

Asosiy maqsadi

 

 

Tarjimaning qanday bo‘lishi kerakligini ma’lum qoidalar asosida belgilaydi.

Tarjimaning real holatdagi amaliyotini o‘rganadi.

 

3.

 

Tilga yondashuvi

 

Original matn tiliga sodiqlikni saqlaydi.

Tarjima tilidagi real qo‘llanilishni hisobga oladi.

4.

 

Baholash mezoni

 

Tarjimaga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri degan baho beriladi.

Tarjima qanday amalga oshirilgani tahlil qilinadi.

5.

 

Ilmiy nazariya asoschilari

E. Nida, P. Newmark, J. Vinay va J. Darbelnet

G. Toury, M. Baker,

A. Lefevere, I. Even-Zohar

6.

 

 

 

Tarjima jarayoniga bo‘lgan metodologik yondashuvi

 

Tarjimaga me’yoriy baho berish mezonlarini shakllantiradi.

 

Korpuslar asosida tarjimalar orasidagi moslik va o‘zgarishlarni tavsiflovchi yondashuvni qo‘llaydi.

7.

 

Qo‘llanish sohasi

 

Rasmiy hujjatlar, darsliklar, qonunchilik matnlari

Tarjima korpuslari, tarjima tarixiy tahlillari.

8.

 

Metodologik yondashuv

Nazariy mezonlarga tayanadi.

 

Amaliy, kuzatuvga asoslangan.

 

9.

 

 

 

 

Manba va maqsad tiliga munosabat

 

 

 

Formal va statistik adekvatlikni saqlagan holda tarjima qilish ustuvor deb hisoblanadi.

 

Korpus asosida tarjima tilida ishlatiladigan tarjima modellarining amaliy kontekstdagi ko‘rinishlari aniqlanadi.

10.

 

 

 

 

 

 

Misol orqali izoh

 

 

 

 

 

 

Ingliz tilidagi “I’m hungry” iborasini o‘zbek tiliga “Men ochman” deb tarjima qilish talab etiladi, chunki bu adekvat va grammatika qoidalariga to‘g‘ri keladi.

 

“I’m hungry” iborasi tarjima matnlarida turlicha: “Och qoldim”, “Ochligimni sezdim”, “Qornim och” tarzida ishlatilgan. Bu real tarjima variantlarini tahlil qilish deskriptiv yondashuvga xos.

1.3. 2-jadval. Preskriptiv va deskriptiv yondashuv farqlari

 

 

Preskriptiv yondashuvga E. Nayda (Nayda, 1964) asos slogan tarjima jarayonini lingvistik uzatish (linguistic transfer) deb emas, balki mazmun va tushunchalarni bir til tizimidan ikkinchisiga o‘tkazish jarayoni deb tushuntiradi. Bu jarayon ikki asosiy bosqichga ajratiladi: dekodlash (Decoding) va rekodlash (Re-encoding).

Dekodlash bosqichida original matn tili tatisti jihatdan tahlil qilinadi, ya’ni asl matnning yuzaki til shakllari orqasidagi chuqur mazmun ajratib olinadi. Bu bosqichda:

  1. leksik va grammatik tahlil;
  2. statistik strukturalarni aniqlash;
  3. statistik kontekstni tushunish;
  4. madaniy-referensial ma’lumotlarni ajratish kabi amallar qilinadi.

Masalan, “break the ice” iborasining tarjimasini tahlil qilamiz. Bu ibora “muzni sindirmoq” deb dekodlanadi. Semantik dekodlash – ijtimoiy suhbatda sukunatni buzish, muhitni erkinlashtirish, odamlarni erkinroq muloqotga undash ma’nolarini bildiradi.

Rekodlash (re-encoding) – bu bosqichda dekodlangan statistik ma’lumotlar tarjima tilida tabiiy va kontekstga mos shaklda qayta ifodalanadi. Uni amalga oshirish bosqichlari quyidagilar:

  1. maqsad tilining leksik va sintaktik vositalaridan foydalanish;
  2. ma’lumotni maqsad auditoriyasining madaniy kontekstiga moslashtirish;
  3. stilistik va funksional moslikni ta’minlash.

O‘zbek tilidagi rekodlangan tarjima variantlari: “suhbatni jonlantirdi”, “sukutni buzdi”, “yuzlarni kuldirdi”, “gapni boshladi” kabi ma’nolarda keladi. Masalan,

“She told a funny story to break the ice.”

Gapini rekodlangan o‘zbekcha tarjima quyidagicha:

“U suhbatni ochish uchun kulgili voqea aytib berdi/ hazil qildi.”

Agar bu ibora so‘zma-so‘z tarjima qilinsa – “U muz sindirdi” – bu kontekstual jihatdan noto‘g‘ri yoki noaniq bo‘ladi. Shuning uchun dekodlash bosqichida asl ma’no ajratib olinadi va rekodlash bosqichida u o‘zbek tilidagi ijtimoiy muloqotga mos variant bilan almashtiriladi. Bunda – dinamik ekvivalentlik tamoyiliga mos, statisti yadro saqlanadi, lekin leksik shakl o‘zgaradi. Bu holatda rekodlash bosqichi asl ifodaning mazmuniy ekvivalentini tarjima tilida yaratadi, lekin grammatik yoki stilistik jihatdan aynan mos kelmasa ham, va kommunikativ jihatdan adekvat hisoblanadi. E. Nayda bu modelni psixolingvistik jarayon sifatida ko‘radi. Tarjimon faqat so‘zlarni emas, balki fikrlar, tushunchalar va madaniy konnotatsiyalarni anglab, ularni qayta ifodalashi kerak.

Dekoder sifatida: til birliklarini statistik birliklarga aylantiradi.

Rekoder sifatida: statistik birliklarni yangi til kodida qayta shakllantiradi.

  1. Nayda uchun tarjima faqat tildan tilga o‘tkazish emas, madaniy kontekstlararo kommunikatsiyani ta’minlash vositasidir. Dekodlash–rekodlash modeli faqat lug‘aviy darajada emas, balki madaniy tafakkur darajasida ishlaydi. Masalan, Bibliya tarjimalarida:

“Lamb of God” iborasi ba’zi tillarda “xudo yuborgan begunoh qurbon” deb rekodlanadi, chunki har doim jonivor metaforasini berish to‘g‘ri anglanmasligi mumkin.

Dekodlash–rekodlash modeli tarjima nazariyasida funksional-semantik transfer yondashuvining asosini tashkil qiladi. E. Nayda bu model orqali tarjimonni ikkita madaniyat o‘rtasida ko‘prik bo‘lib xizmat qiladigan til vositachisi sifatida tasvirlaydi. Bu model preskriptiv nazariyaning eng mantiqiy va amaliy jihatdan asoslangan shakli sifatida e’tirof etilgan.

Deskriptiv yondashuvni asos solgan olimlardan biri Gideon Toury (Toury, 1980) bo‘lib, u 1995-yilda e’lon qilgan “Descriptive Translation Studies and Beyond” nomli fundamental asarida bu yondashuvning metodologik, amaliy va nazariy asoslarini ishlab chiqqan.

Deskriptiv yondashuvning asosiy xususiyatlari quyidagilar:

  • Tarjimaga amaliy yondoshiladi. Tarjima qilingan real matnlar kuzatiladi va tahlil qilinadi.
  • “Tarjima qanday bo‘lishi kerak?” degan savol emas, balki “Qanday tarjima qilinmoqda?” degan savol asosida ishlaydi.
  • Tarjima madaniy, ijtimoiy va tarixiy kontekstda o‘rganiladi.
  • Sifat baholash bilan emas, kuzatish bilan shug‘ullanadi.

Gideon Touryning konsepsiyasiga ko‘ra, har bir tarjima matni “ikkilamchi” matndir va u ma’lum madaniy normativlar asosida yaratiladi. Toury quyidagi tushunchalarni ilgari suradi:

Initial norm (Boshlang‘ich me’yor): tarjimon aslga sodiq qoladimi yoki tarjima tili me’yorlariga moslashadimi?

Preliminary norms: tarjima qilishdan oldingi tanlovlar (masalan, qanday matnlar tarjima qilinadi).

Operational norms: tarjima davomida amal qilinadigan stilistik va grammatik me’yorlar.

Masalan, 1. Stilistik me’yorni o‘zgartirish

ST (Inglizcha): “I gotta go now.” (So‘zlashuv uslubi)

TT (O‘zbekcha tarjima): “Men endi ketishim kerak.” (Adabiy uslub)

Bu holatda tarjimon rasmiylashtirish (normalization) amaliyotini qo‘llagan. Deskriptiv yondashuvda bu real tanlov sifatida qabul qilinadi, baholanmaydi, lekin sabablari tahlil qilinadi: madaniyatga moslashish, tildagi o‘quvchi uchun qulaylik.

  1. Ekspressivlikni kamaytirish

ST: “That man was a complete fool!” (Emotsional, salbiy)

TT: “U odam unchalik aqlli emas edi.” (Neutrallashtirilgan)

Tarjimon ekspressiyani yumshatgan. Deskriptiv yondashuv bunga baho bermaydi, faqat shunday stilistik o‘zgarishlar tarjimada ko‘p uchrashini qayd etadi va bu universallardan biri – simplification sifatida tavsiflanadi.

Xulosa

Bugungi kunda korpus lingvistikasi deskriptiv yondashuvni yanada kuchaytirmoqda. Korpuslar orqali minglab tarjimalar tahlil qilinadi. Mona Baker (M.Baker, 1993) Translational English Corpus (TEC) asosida tarjima matnlarida leksik xilma-xillik kamayishi, stilistik neytrallik kuchayishi kabi tendensiyalarni aniqlagan.

Sara Laviosa (S.Laviosa, 2002) tarjimalarda stilistik soddalashtirish va normallashtirish hodisalarini TEC yordamida tahlil qilgan.

Bu tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tarjimalarda ba’zi uslubiy o‘zgarishlar muntazam ravishda yuz beradi. Deskriptiv yondashuv aynan mana shu doimiy kuzatiladigan hodisalarni ilmiy    tushuntiradi.

Deskriptiv yondashuv orqali tarjima darslari olib borilsa quyidagi natijalarga erishishga olib keladi:

  1. Talabalar shablon, “ideal tarjima” degan tasavvurlardan voz kechib, real tarjima variantlarini tushunishni o‘rganadilar.
  2. Tarjimonlik kompetensiyasida reflektiv fikrlash shakllanadi: “Nega men bu so‘zni tanladim? Qanday uslubda tarjima qilayapman?”
  3. Dars jarayonida parallel korpuslar yordamida stilistik o‘zgarishlar tahlil qilinadi.

Deskriptiv yondashuv tarjimashunoslikda real holatni kuzatish, stilistik, leksik va grammatik tendensiyalarni tahlil qilishga asoslanadi. Bu yondashuv nafaqat ilmiy tadqiqotlar uchun, balki tarjima ta’limi, tarjimon tayyorlash va tarjima sifatini tizimli o‘rganish uchun ham katta imkoniyatlar yaratadi.

 

Библиографические ссылки

Baker, M. (1993). Corpus linguistics and translation studies: Implications and applications. Amsterdam: John Benjamins.

Baker, M. (1992). In other words: A coursebook on translation. London/New York: Routledge.

Baker, M. (2000). Translation and activism: Emerging patterns of narrative community. The Translator, 6(1), 23.

Hurtado Albir, A. (2005). Competence in translation: Beyond training. In M. Olohan (Ed.), Intercultural faultlines: Research models in translation studies II (pp. 3–20). Manchester.

Laviosa, S. (2002). Corpus-based translation studies: Theory, findings, applications. Amsterdam/New York: Rodopi.

Laviosa, S. (2009). Corpus-based translation studies 15 years on: Theory, findings, applications. Perspectives: Studies in Translatology, 17(1), 45–57.

Pym, A. (2011). Training translators and building translation competence: Some research models and strategies. In K. Malmkjær & K. Windle (Eds.), The Oxford handbook of translation studies (pp. 212–218). Oxford.

Toury, G. (1995a). A rationale for descriptive translation studies. In B. Lewandowska-Tomaszczyk & M. Thelen (Eds.), Translation and meaning (Part 3, pp. 197–210). Maastricht: Maastricht School of Translation and Interpreting.

Toury, G. (1995b). Descriptive translation studies and beyond. Amsterdam/Philadelphia: John Benjamins.

Toury, G. (1980). In search of a theory of translation. Tel Aviv: Porter Institute for Poetics and Semiotics, Tel Aviv University.

Toury, G. (1998). The nature and role of norms in translation. In M. Baker (Ed.), Translation studies: An interdiscipline (pp. 198–211). Amsterdam/Philadelphia: John Benjamins.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Анорхон Ахмедова ,
УзГУМЯ

Вр. и.о. доцента, PhD по филологическим наукам

Как цитировать

Ахмедова , А. (2025). Прескриптивный и дескриптивный подходы в обучении переводоведению. Лингвоспектр, 7(1), 207–213. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/995

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.