Модель урока технологии CLIL и её содержание и сущность

Авторы

  • Национальный университет Узбекистана
Модель урока технологии CLIL и её содержание и сущность

Аннотация

В статье подробно раскрывается модель урока и сущность технологии CLIL (Content and Language Integrated Learning), а также её практическая значимость в современном образовательном процессе. Подход CLIL позволяет одновременно овладевать иностранным языком и усваивать профессиональные дисциплины, формируя у обучающихся двойную компетенцию. При этом иностранный язык выступает не только средством общения, но и инструментом более глубокого понимания предметного содержания, развития аналитического мышления и применения знаний в реальных ситуациях. В статье рассматриваются модели soft-CLIL и hard-CLIL, проводится их сравнительный анализ, показываются особенности и результаты использования в учебной аудитории. Отдельное внимание уделяется этапам урока по CLIL: активизация предыдущих знаний, углубление понимания материала, развитие коммуникации через язык и заключительная рефлексия. Роль преподавателя описывается как ключевая: он выполняет функции методического координатора и интегратора языка с содержанием. Сделан вывод, что модель урока CLIL способствует развитию коммуникативной компетенции, междисциплинарного мышления, критического анализа и профессиональной подготовки студентов. Таким образом, CLIL выступает как инновационная педагогическая технология, играющая важную роль в повышении качества образования.

Ключевые слова:

CLIL soft-CLIL hard-CLIL технология урок модель предмет и язык преподаватель компетенция интеграция методика когниция

Kirish

Ingliz tili darslarini CLIL Metodi asosida o‘qitishni tashkil etish fanlararo aloqalarni kuchaytirishga, talabalarning turli fanlardan kerakli  ma’lumotlarni olish va mavzularga oid axborotlarni to‘plash, ulardan nutqiy vaziyatga mos holda foydalanish kompetensiyasini rivojlantirishga yordam beradi. Bunda sohaviy ingliz tilini o‘qitishda nutq faoliyatining rivojlantirib borilishi nihoyatda muhim bo‘lib, talabalarning o‘z faoliyatida turli fanlardan egallagan bilimlarini nutq faoliyati turlarining to‘rt turi – tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozishda qo‘llay olish malakalarini shakllantirishga yordam beradi.

Dars bu o‘qituvchi va o‘quvchining muayyan reja asosida tashkil etilgan, maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni bo‘lib, bunda bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalar amalga oshiriladi. Dars – o‘qitishning asosiy shakli sifatida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy faoliyati va kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi (Wolff, 2007).  Dars modeli bu darsni tashkil etish, o‘tkazish va baholashning nazariy-metodik asoslaridan iborat bo‘lgan konseptual yondashuvdir. Boshqacha aytganda, dars modeli bu darsning maqsadiga, mazmuniga, metodlariga, vositalariga va shakliga bog‘liq bo‘lgan umumiy tizim bo‘lib, u muayyan pedagogik yondashuvga asoslanadi. Masalan: an’anaviy dars modeli, interfaol dars modeli, kompetensiyaviy yondashuv asosidagi dars modeli va boshqalar.

Adabiyotlar tahlili: Til va akademik fanlarni bir vaqtda o‘rgatish orqali CLIL an’anaviy o‘qitish modeliga nisbatan tez taraqqiy etayotgan zamonaviy texnologiya sifatida e’tirof etilmoqda. D.Marsh, Frigols (2008). CLIL muhitini ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganuvchi talabalar uchun kontekstda akademik sharoitda umumiy aloqa vositasi sifatida ishlatiladigan muhit deb ta’riflaydi. Boshqacha qilib aytganda, talabalar ushbu tilni asosan darslarda eshitib foydalanadilar. Ko‘pchilik mualliflarning ta’kidlashicha, CLILning eng asosiy xususiyati bu til va fanni o‘qitishning ikki tomonlama e’tiboridadir.

Yurtimizda CLIL texnologiyasiga oid dissertatsiyalarni tahlil jarayonida CLILning ikki turini ya’ni soft CLIL va hard CLILni o‘zbek tiliga tarjimasida turlicha tarjima qilingan Masalan, Zebo Norqo‘ziyeva “CLIL texnologiyasi asosida bo‘lajak muhandis-texnologlarning kasbiy muloqat kompetensiyasini rivojlantirish” nomli Phd dissertatsiyada “Kuchli CLIL (Hard CLIL), kuchsiz CLIL (Soft CLIL ) deb ilmiy ishiga kiritgan.  Xusnora Saydullayeva “Konchilik yo‘nalishi talabalarida ingliz tili o‘qitishda leksik kompetensiyani rivojlantirish metodikasi” nomli Phd dissertatsiyasida esa “Qat’iy CLIL (Hard CLIL), o‘zgaruvchan CLIL (Soft CLIL) deb nomlangan. Biz ilmiy ishimizda bu ikki yo‘nalishni o‘z holicha (tarjima qilmasdan)  “Soft CLIL” va “Hard CLIL” deb kiritdik. “Soft CLIL” va “Hard CLIL” bu CLILni muhum ikki yo‘nalishi Grade University va Europass Teacher Academy tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.CLIL olimlaridan Wolffni takidlashicha bu esa til egallashni alohida o‘rgatishdan ko‘ra samaraliroq bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Ilmiy tahlillarimiz mobaynida CLIL texnologiyasi asosida dars jarayoni, dars modelini ishlab chiqqan va ilmiy asoslab bergan yetakchi olimlar hamda ularning yondashuvlari haqida ma’lumotlarni o‘rganib chiqdik. Masalan CLIL texnologiyasining bosh asoschilaridan biri ingliz olimi David Marsh CLILni umumta’lim fanlari mazmuni orqali chet tilini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuv sifatida ta’riflagan. Marsh ko‘plab CLIL loyihalarida faol ishtirok etib, bu metodning xalqaro miqyosda tan olinishiga hissa qo‘shgan. CLIL texnologiyasini baholash va lingvistik kompetensiyani shakllantirish masalalarida taniqli olimalardan biri Yolanda Ruiz de Zarobe hisoblanadi. Uning tadqiqotlari Ispaniyada CLILning amaliyotdagi natijadorligi va til o‘rganishga ta’sirini empirik asosda tahlil qiladi. Christiane Dalton-Puffer esa CLIL darslarida nutq faoliyati va diskursiv yondashuv muhimligini ta’kidlagan. U “Discourse in CLIL Classrooms” asarida CLIL metodining til va mazmunni birgalikda o‘zlashtirishdagi afzalliklarini lingvodidaktik nuqtai nazardan tahlil qiladi.

CLIL o‘qituvchilarini tayyorlashga oid metodik yondashuvlar Peeter Mehisto tomonidan ishlab chiqilgan. U CLIL o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalar va ularni rivojlantirish bosqichlarini o‘z ichiga olgan “European Framework for CLIL Teacher Education” konsepsiyasining mualliflaridan biridir. Shuningdek, Ana Llinares CLIL kontekstida fan tili, til funksiyalari va til shakllarining integratsiyasiga asoslangan Language Triptych modelini taklif etgan. Ushbu model CLIL darslarida baholash mezonlarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi.

Cummins (1999) ham CLIL dasturlari mazmun va tilni birgalikda samarali o‘rganish uchun qulay platforma ekanini ta’kidlaydi, chunki bu yondashuv talabalarga o‘z fan sohasi bo‘yicha chuqur bilim olish imkonini berar ekan, ular shu bilan birga chet tilida ham yuqori darajaga erishadilar.

Tadqiqot metodologiyasi sifatida lingvodidaktik tahlil, CLIL (Content and Language Integrated Learning) texnologiyasining nazariy asoslarini              o‘rganish, xorijiy va mahalliy tajribalarni solishtirish, veterinariya ta’limi mazmunida kasbiy terminologiyani integratsiyalashga qaratilgan eksperimental ishlanmalarni yaratish  kabi yondashuvlar qo‘llanildi. Mazkur metodologiya doirasida sifat va miqdoriy             tahlil, ekspert baholash  ma’lumotlarni qayta ishlash usullari uyg‘unlashtirildi. Shuningdek, CLIL metodikasining samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov guruhlari o‘rtasida taqqoslash, kompetensiyalar rivojlanish dinamikasini monitoring qilish va pedagogik kuzatuv metodlari tatbiq etildi.

Tahlil va natijalar: CLIL texnologiyasi olimlari CLIL asosini uch muhim asosga ajratib, uni quyidagicha  izohlaydilar.

  • Fan (content): Ushbu metod orqali o‘quvchilar o‘zlashtirayotgan fan yoki fan doirasidagi mavzu.
  • Til (language): Ta’lim berilayotgan til (odatda chet tili).
  • Integratsiya (integration) turli elementlar o‘rtasida uyg’unlik yaratish, samaradorlikni oshirish hamda umumiy maqsadlarga erishishni osonlashtirishdir.

CLIL darsining asosiy jihati talabalarni turli fanlarni xorijiy tilda o‘zlashtirishga o‘rgatishdir. Bu jarayon o‘quvchilarning lingvistik va kognitiv ko‘nikmalarini bir vaqtda rivojlantirish imkonini beradi. So‘ngi tadqiqotlarga ko‘ra, CLIL darslari talabalarning kognitiv rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Fan mazmunini xorijiy til yordamida o‘rganish, o‘quvchilarning diqqatni jamlash, tushunchalarni tez anglab olish, murakkab savollarni yechishda analitik qobiliyatlarini rivojlantiradi.CLIL darsning eng katta afzalliklaridan biri bu ko‘p tomonlama rivojlanishga yo‘naltirilganligi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida ikki sohada fan va til o‘rganishda muvaffaqiyatga erishadilar.

CLILni boshqa texnologiyalardan farqli tomoni shundaki, CLIL moslashuvchan texnologiyaligi ya’ni talabalarning til bilish darjasidan kelib chiqan holda fan mavzulari moslashtiriladi. Fikrimizni dalili sifatida CLIL texnologiyasining ikki turi soft CLIL va hard CLILni misol keltirmoqchimiz.

Soft CLIL bu moslashuvchan va moslashtiriladigan ta’lim yondashuvi bo‘lib, o‘quvchilarga chet tilini asta-sekin o‘zlashtirish bilan birga boshqa fanlarni ham o‘rganish imkonini beradi.(Llinares, Morton, & Whittaker, 2012). Hard CLIL dan farqli o‘laroq, bu yondashuvda darslar to‘liq chet tilida olib borilmaydi, balki til qo‘shimcha vosita sifatida ishlatiladi. Ushbu yondashuvda asosiy e’tibor tilni o‘rgatishga qaratiladi, fan mazmuni esa o‘quvchilarning o ‘z ona tilida tushuntirilishi mumkin. Masalan, Veterinariya yo‘nalishiga mo‘ljallangan ingliz tili darslarda chet tilida ayrim terminlar yoki qisqa matnlar keltiriladi, biroq asosiy tushuntirish va muhokamalar o‘zbek tilida olib boriladi. Bu usul asta-sekin talabalarning til ko‘nikmalarini ortiqcha zo‘riqishsiz shakllantirishga yordam beradi.

Hard CLIL bu integratsiyalashgan ta’limning eng intensiv shakli hisoblanadi. Ushbu yondashuvda butun fan chet tilida o‘qitiladi. (Llinares, Morton, & Whittaker, 2012). Masalan, biologiya yoki geografiya darslari to‘liq ingliz, ispan yoki o‘quvchilarning ona tili bo‘lmagan boshqa bir chet tilida olib borilishi mumkin.

Hard CLIL va soft CLIL o‘rtasidagi asosiy farqlarni aniq ko‘rsatib berish maqsadida quyidagi jadvalga kiritdik.

 

Jihatlari

Hard CLIL

Soft CLIL

Tilni o‘qitish

Asossan chet tilida

Ona tili va chet tili

Til darajasi

Yuqori (B2 va C1)

Past (A2-B1)

Moslashuvchanlik darajasi

 

Kamroq, chunki darslar to‘liq chet tilida olib boriladi.

 

Yuqori, chunki o‘qituvchilar tilni talabalar darajasiga moslashtira oladi.

Dars materili

 

 

 

 

 

Darsning asosiy qismi fanni chet tilida o‘qitishga qaratiladi va chet tilida olib boriladi.

Tilni o‘qitish esa faqat muayyan topshiriqlar va dars elementlari orqali qo‘llaniladi.

 Dars materiallari fanga oid mavzular, matnlar va resurslar oddalashtitirilgan matnlardan iborat bo‘ladi.dars  ikki tilda olib boriladi.

 

Talabaga qo‘yildigan talab

Chet til darjasi yuqori bo‘lishi lozim. Fanga oid bilimlari ahamiyatsiz.

Chet tilidan yetarli darjada bilishi lozim.

O‘qituvchiga qo‘yildigan talab

 

 

 

 

O‘qituvchi fan va chet tilini ham mukammal darajada egallagan bo‘lishi, til va fanni birgalikda o‘qitish bo‘yicha puxta metodik tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur.

 

O‘qituvchidan til va fanni integratsiyalashgan va soddalashtirilgan shaklda taqdim etishi, til va fanni talabalar til darajasiga qarab o‘zgartira olish malakasi talab etiladi.

1-jadval.

 

 

Soft CLILda maqsad tilni yordamchi vosita sifatida ishlatadi, asosan til o‘rganish va asosiy so‘z boyligini rivojlantirishga qaratiladi. Soft CLIL o‘rganuvchilari odatda yosh o‘quvchilar yoki  tilni endi o‘rganayotgan boshlang‘ich darajadagi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Fanga oid ba’zi mavzular o‘qitilishi mumkin, lekin tushunchalarni tushuntirishda o‘z ona tilidan ham foydalaniladi. Misol: A2 yoki B1darajadagi talabalarga ingliz tili darsida oddiy so‘z boyligini (masalan, hayvonlar nomi) ingliz tili va o‘zbek tilida o‘rgatish.

Hard CLIL maqsadi esa butun darsni ingliz tilida (boshqa tilda) o‘qitishni o‘z ichiga oladi. Asosiy maqsad fan mazmunini o‘qitishga qaratilgan bo‘lib, dars to‘liq  ingliz tilida (boshqa tilda) tilida olib boriladi. Odatda tilni yaxshi biladigan yuqori darjadagi B2 va undan yuqori talabalar uchun mo‘ljallangan.             Butun darslar ingliz tilida (boshqa tilda) olib boriladi, o‘zbek tili juda kam ishlatiladi.              Oliy ta’limda butun bir dars ingliz tilida      o‘qitish.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, CLIL dars modeli statik yoki yagona shakldagi texnologiya bo‘lib qolmasdan, balki o‘qituvchi tomonidan fan xususiyatlariga mos tarzda moslashtirilishi mumkin bo‘lgan metodik vositadir. Shu nuqtai nazardan, ushbu bobda CLIL texnologiyasining asosiy komponentlari va Do Coyle (2007) tomonidan ishlab chiqilgan CLIL dars modeli veterinariya yo‘nalishidagi kasbiy-ta’limiy ehtiyojlarga moslashtirildi, “Hard CLIL” va ”Soft CLIL” tahlil qilindi va veterinariya talabalari uchun “Soft CLIL” tamoyillari asosida o‘qitish orqali talabalarga CLIL darslarini samarali deb topildi.  Natijada, CLIL asosida ishlab chiqilgan dars modeli veterinariya ta’limida nafaqat til kompetensiyasini, balki kasbiy va mantiqiy fikrlash, madaniyatlararo qarashlar hamda terminologik kompetensiyani ham birgalikda shakllantirish imkonini berishi mumkin.

Mazkur maqolada CLIL texnologiyasining dars modeli va uning mazmun-mohiyati ilmiy hamda amaliy jihatdan tahlil qilindi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, CLIL yondashuvi nafaqat xorijiy tilni o‘rganishga, balki o‘quvchilarning mutaxassislik fanlarini chuqur o‘zlashtirishiga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Til va fan integratsiyasi asosida tashkil etilgan dars modeli o‘quvchilarda ikki tomonlama kompetensiya – kommunikativ ko‘nikma va kasbiy tayyorgarlikni shakllantirishga yordam beradi.

Soft-CLIL va hard-CLIL modellari o‘rtasidagi farqlarni taqqoslash shuni ko‘rsatdiki, ular har xil ta’lim sharoitida o‘ziga xos natijalar beradi. CLIL darsining bosqichlari – bilimlarni faollashtirish, tushunishni chuqurlashtirish, muloqotni rivojlantirish va yakuniy refleksiya – o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlab, o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi.

Shuningdek, o‘qituvchi CLIL texnologiyasida muhim shaxs sifatida ko‘rib chiqiladi. U faqat bilim beruvchi emas, balki metodik rahbar, til va fan integratsiyasining boshqaruvchisi sifatida jarayonni yo‘naltiradi. CLILning ustunliklari shundaki, u tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, hamkorlik va fanlararo bilimlarni qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Xulosa qilib aytganda, CLIL dars modeli bugungi kunda zamonaviy ta’limning innovatsion shakli bo‘lib, u ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni xalqaro standartlarga mos holda tayyorlash hamda ularning global maydonda muvaffaqiyatli raqobatlasha olishini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Библиографические ссылки

Marsh, D., & Frigols, M. J. (2007). CLIL as a catalyst for change in language education. In D. Marsh (Ed.), CLIL/EMILE – The European Dimension: Actions, Trends and Foresight Potential. Brussels: European Commission.

Wolff, D. (2007). CLIL: Bridging the gap between school and working life. In D. Marsh & D. Wolff (Eds.), Diverse Contexts – Converging Goals: CLIL in Europe (pp. 11–23). Frankfurt: Peter Lang.

Cummins, J. (1999). Bilingual education and English immersion: The Ramirez report in theoretical perspective. Bilingual Research Journal, 16(1), 91–104.

Mehisto, P., Marsh, D., & Frigols, M. J. (2008). Uncovering CLIL: Content and Language Integrated Learning in Bilingual and Multilingual Education. Oxford: Macmillan Education.

Dalton-Puffer, C. (2013). A construct of cognitive discourse functions for conceptualising content–language integration in CLIL and multilingual education. European Journal of Applied Linguistics, 1(2), 216–253.

Llinares, A., Morton, T., & Whittaker, R. (2012). The Roles of Language in CLIL. Cambridge: Cambridge University Press.

Cenoz, J., Genesee, F., & Gorter, D. (2014). Towards an integrated plurilingual approach in CLIL and multilingual education. Applied Linguistics, 35(5), 601–621.

Sylven, L. K., & Tomlinson, B. (2010). Task-based language teaching in CLIL contexts. In D. Lasagabaster & Y. Ruiz de Zarobe (Eds.), CLIL in Spain: Implementation, Results and Teacher Training (pp. 69–86). Cambridge: Cambridge Scholars Publishing.

Dourmashkin, P. A., & McWilliams, E. (2008). Technology-enabled active learning (TEAL). Massachusetts Institute of Technology (MIT).

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Зарина Бекниёзова,
Национальный университет Узбекистана

Докторант

Как цитировать

Бекниёзова, З. (2025). Модель урока технологии CLIL и её содержание и сущность. Лингвоспектр, 9(1), 246–251. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1057

Похожие статьи

<< < 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.