Способы и средства выражения прагматического значения в разговоре

Авторы

  • Самаркандский государственный институт иностранных языков
Способы и средства выражения прагматического значения в разговоре

Аннотация

Эффективность коммуникации определяется прежде всего адекватным пониманием замысла высказывания, то есть прагматического смысла. Хотя языковые средства – лексические, грамматические и синтаксические – играют ключевую роль в кодировании содержания, намеченный смысл часто полностью проявляется через невербальные факторы: контекст, коммуникативную ситуацию, социальные роли участников, просодику, кинесику и культурные сценарии. Их согласованность раскрывает не только «что» сказано, но и «как» и «зачем». Осмысление труднодоступных слоёв – импликатур, пресуппозиции и коннотаций – требует системного изучения средств и методов формирования прагматического содержания. На этой основе в анализ привлекаются речевые стратегии и нормы поведения, вежливость, «разыгранное» взаимодействие, а также принцип релевантности. В результате существенно сокращаются возможные недопонимания в общении, включая межкультурные семантические смещения, неясные намёки и неверные интерпретации коммуникативного намерения. Следовательно, развитие прагматической грамотности является приоритетом языкового образования и обеспечивает устойчивые результаты в переводе, медиа и педагогической практике.

Ключевые слова:

Денотативное значение коннотативное значение контекст предложение референция экспликатура импликатура пресуппозиция инференция

Kirish

So‘nggi yillarda xorijiy tillarni o‘rganish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlardan bo‘lib, bu orqali jahon standartlariga munosib bo‘lgan, turli sohalarda amalga oshirilayotgan yangiliklarni o‘rganib, ilm-fanni rivojlantirishga hissa qo‘sha oladigan  kadrlarni yetishtirish maqsad qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi PQ №5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ta'limning barcha bosqichlarida xorijiy tillarni o‘qitishni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsad qilingan. Shunday ekan, xorijiy tillarni o‘qitish amaliyotidan ko‘zlangan natija, albatta, chet tilida samarali muloqot qilish hisoblanadi. Yurtimizda so‘nggi o‘n yilliklarda xorijiy tillarni o‘qitish  kommunikativ metodikaga asoslangan bo‘lib, kommunikativ grammatika, kommunikativ so‘z boyligi kabi o‘quv adabiyotlari keng ko‘lamda qo‘llanila boshlandi. Ammo kommunikativlik atamasi chet tili o‘qitish metodikasida “navbatchi” atama darajasini egallagan bo‘lsada, bu tushuncha nimalarga tayanishi to‘liq anglab yetgan kadrlar kam sonni tashkil qiladi, nazarimizda.

Adabiyotlar tahlili

Ma’lumki, o‘tgan asrning 70-yillarida                 D. Hayms tomonidan muvaffaqiyatli muloqotni ta’minlaydigan kommunikativ yondashuv taklif qilinganligi  tilning lisoniy tomoni, ya’ni grammatika va so‘z boyligi bilan bog‘liq bilimlarning yetarli emasligini ko‘rsatdi, balki undan ijtimoiy-madaniy me’yorlarga tayangan holda foydalanish, ya’ni tilning sotsiolingvistik tomoni ham mavjudligi pragmatik bilimlarga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatdi (Hymes, 1972).            D. Haymsning g‘oyalarini rivojlantirgan olimlar G. Kenel va J. Sveinlar 1980-yillarda kommunikativ kompetensiya tushunchasining yangi modelini taklif qilishdi. Unga ko‘ra leksikologiya, morfologiya, sintaksis, semantika va fonologiyani o‘z ichiga oluvchi grammatik kompetensiya, ijtimoiy-madaniy vaziyatga bog‘liq ravishda til birligini to‘g‘ri tanlay olishni taqozo etuvchi sotsiolingvistik qobiliyat va muloqotda uchrab turadigan kamchiliklarni to‘ldirishga xizmat qiladigan verbal va noverbal vositalarni munosib qo‘llay olish qobiliyati – strategik qobiliyatlar kommunikativ qobiliyatning muhim tarkibiy qismlarini tashkil etadi (Canale, Swain, 1980). Keyinchalik tilshunos M. Kenel nutqiy muloqotda bog‘liqlik (coherence) va kogerentlikni o‘rganuvchi diskursiv qobiliyatni kommunikativ qobiliyatning to‘rtinchi komponenti  sifatida qo‘shdi (Canale, 1980). Yuqoridagi modellarda pragmatik qobiliyat tushunchasi sotsiolingvistik qobiliyat tarkibida yotardi. Ammo o‘n yillar           vaqt o‘tib, tilshunos Bachman kommunikativ qobiliyatning asosiy tarkiblaridan biri pragmatik qobiliyat ekanligini ta’kidlay boshladi (Bachman, 1990). Shuningdek,                     M. Sels-Mursia kommunikativ qobiliyat tarkibi lingvistik, sotsiolingvistik, strategik, diskursiv va faoliyat qobiliyatlari kabi qismlardan tashkil topgan, deb hisoblaydi (Celse-Mursia, 2007). Bunda u faoliyat qobiliyati orqali muloqot maqsadini tushuntirib va tushunib olish qobiliyatini nazarda tutgani ehtimoldan holi emas. Zero, muloqot samarasini faqat             lingvistik bilimlar, jumladan, tinglab tushunish, so‘zlashish, o‘qish va yozish kabi- asosiy ko‘nikmalar, shuningdek, grammatika, so‘z boyligi va to‘g‘ri talaffuzni mukammal o‘rganish orqali amalga oshirishning o‘zi yetarli hisoblanmaydi. Chunki lisoniy bilimlar orqali ifodalangan axborot turli ijtimoiy va kontekstual ta’sirlar orqali turli ma’noda tushunilishi mumkin. Bunda lisoniy axborot ifodalagan propozitsion ma’no turli omillar natijasi qo‘shimcha ma’nolarga (konnotativ yoki pragnmatik mazmun) ega bo‘lishi mumkin. Masalan, well – ingliz tilida kirish so‘z sifatida qo‘llanganda, muloqot vaziyatiga qarab fikrni jamlab olish uchun qo‘llanilishi, oldingi aytilgan fikrga qo‘shilishni ifodlashi, yoki suhbat mavzusini o‘zgartirish kabi turli maqsadlarda qo‘llaniladi. Bunda gapiruvchi shaxs yoki muallifning tinglovchi yoki kitobxonning diqqat e’tiborini tortish, ularga kommunkativ ta’sir qilish, qiziqtirib qo‘yish, fikrini jalb qilish yoki, aksincha, chalg‘itish hayajonga solish, to‘lqinlashtirish, ishontirish yoki aldashga urinishida so‘zninng, so‘z birikmasining ekspressiv-emotsional-baholovchi konnotativ ma’nosini, ya’ni pragmatik ma’nosini tadqiq etish ehtiyoji yuzaga keladi. Shunday qilib so‘z ifodalaydigan qo‘shimcha ma’noni qo‘llash kommunikativ-pragmatik ehtiyojlar tufayli ro‘y beradi (Ko‘chiboyev, 2016; 10).

Tadqiqot metodologiyasi

Muloqotda lisoniy birliklar orqali ifodalangan jumla yagona propozitsion ma’noga ega bo‘lsada, ular ekstralingvistik omillar tufayli turli illokutiv maqsadlarni ifodalashi mumkin. Nutqda mo‘ljallangan illokutiv ma’noni anglash kontekst, fon bilimlar, muloqot presuppozittsiyasi, suhbatdoshlar orasidagi masofaga asoslanadi. Xorijiy tilni o‘zlashtirish jarayonida esa bunday ekstralingvistik omillarni inobatga olishda o‘rganilayotgan tildagi shaxslararo munosabatlar normasini, milliy-madaniy qadriyatlar tizimini egallashga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatadi. Bu esa chet tili didaktisini rivojlantirishda kommunikativ-funksional paradigma yutuqlariga tayanish muloqot samarasini oshirishiga imkon beradi. Shunday ekan chet tili ta’limida kommunkativ yo‘nalishni qo‘llashni faqat lingvistik tomoniga urg‘u bermay, lisoniy vositalar orqali qo‘llanilgan jumlalar yagona propozitsiyaga ega bo‘lsada, ularning muloqotda faollashuvi natijasida turli pragmatik mazmun bilan boyishini e’tibordan chet qoldirmaslikka chaqiradi.

Tahlil va Natijalar

Bunda pragmatik mazmunni shakllantirishda propozitsiya, referensiya, eksplikatura, implikatura, presuppozitsiya, inferensiya kabi turli til hodisalari ishtirok etadi. Ularni qisqacha tushuntirish esa, so‘zlar har doim ham o‘zi ifodalagan denotativ ma’nodan iborat emasligini aniqlashga yordam beradi. Xususan, propozitsiya, avvalo, asosan tilshunoslikning semantika bo‘limida tahlilga tortilsada, uni pragmatika bilan chambarchas bog‘liqligini ta’kidlash lozim.  Chunki propozitsiya har doim ham darak gaplar mazmuniga va bu gapning rost yiki yolg‘onligiga ishora qilishdangina iborat bo‘lmay, balki yagona propozitsiya turli kontekstda turli xabar mazmuniga ega ekanligi pragmatika doirasidagi ahamiyatini ko‘rsatadi.

Masalan,

  1. John should know better (nimadan yoki kimdan yaxshiroq biladi?)
  2. Mary is too old (nima uchun?)
  3. The girls left early (nima uchun tark etdi?)

Keltirilgan gaplar grammatik jihatdan tog‘ri tuzilganligiga qaramay, propozitsion ma’nosi tugal emas, chunki bu gaplarning  qavslar ichida keltirilgandek tugallikka erishishda kontekst talab qilinadi va bu gaplardan anglashilayotgan axborotning rost yoki yolg‘onligi ham kontekstda aniqlashadi.

Referensiya ham propozitsiya hodisasi singari denotativ semantika doirasida talqin qilinsada, bu hodisada lisoniy nomni voqelik bilan bog‘lashda “shaxslararo harakat” asosida hosil bo‘lishini inobatga olib, voqelikdagi obyekt va lisoniy birlik o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish muloqotda oldin va keyin aytilgan jumlaga ishora qilishi hisobga olinsa,  pragmatik mazmunni shakllantirishga xizmat qilayotganini tushunish mumkin. Referensiya muloqotda olmosh, artikl, turli deyktik iboralar, shaxs nomlari, illokutiv iboralar yordamida voqelanadi.

Masalan,

It is stated in the book that Zuhri and Didi got married at the end of 2019. Shortly after that, they stayed in a small house in the peaceful village, far away from people who always disturb them. Two years later, they had a beautiful and cute baby boy, named Taajudin. They named him Taajudin as they wish that he will be a great-man in the future, contributing for the religion and country life. (anaforik referensiya)

Yesterday, I walked through the farm and unpredictably I saw it in the fish pool. A big python snake! (kataforik referensiya)

Eksplikatura – muloqotdan ko‘zlangan maqasadni ochiq ifodalashni anglatib, bu hodisa implikaturaga qarama-qarshi qo‘yiladi. Bunda ekplikatura propozitsiya ifodalagan ma’noga – ya’ni haqiqatga to‘liq mos keladi. Yuqori darajadagi eksplikatura esa propzitsiyaga qo‘shimcha holda propozitsiya ifodalagan illokutiv ta’sir va propozitsion munosabatga mos kelishdir, ya’ni axborotning aytilmay qolgan qismini to‘ldirish propozitsiyani to‘liq tushunishga yordam beradi va yetishmayotgan axborot tiklanadi.

Masalan,

The sun is not larger than some planets: it is larger than all planets.

Implikatura – doimiy bo‘lmagan, muloqotda tez o‘zgarib turadigan, hatto yo‘qolishi mumkin bo‘lgan ma’no, mazmun elementidir (Safarov, 2016;123). Bunda nutqiy tuzilma ma’nosini so‘zlovchi va tinglovchi hayotiy tajribalariga tayanib, tafakkur orqali fahmlaydilar. Implikatura nutq vaziyati va muloqot tamoyillariga asoslanadigan muloqot implikaturasi va umummaqbul qoidalar asosida yuzaga keladigan implikatura turlariga ajratiladi.

Masalan,

A: What time is it?

     B: The newspaper has not arrived yet.

B so‘zlovchi ikkala muloqotdoshlarga ham ma’lum bo‘lgan odatdagi gazeta yetkarib berish vaqtiga ishora qilish orqali javob beryapti, bu orqali u soatni aniq necha bo‘lganligini bilmasligini muloqotdoshga bilvosita yetkaryapti.

Presuppozitsiya hodisasi nutqiy tuzilmaning haqiqat bo‘lishi shart bo‘lgan semantik bo‘lagidir. Bunda jumladan anglashiladigan taxmin va xulosani chiqarish mantiqiy tamoyillarga asoslanadi. Ba’zi tilshunoslar presuppozitsiya markazida so‘zlovchining kommunikativ maqsadi turadi, deb hisoblaydi (Сафаров, 2023; 222).

Masalan,

Where is the salt?

Ushbu jumla orqali dasturxonda tuz yo‘qligidan xabar bersa, bir vaqtning o‘zida, tuzning qayerdaligini kimdir bilishi taxmin qilinyapti.

Inferensiya – bilvosita usulda ifodalangan axborotda deduktiv yoki induktiv usul orqali erishilgan natija xulosa bo‘lib, uning asosida nutqiy aktning kommunkativ maqsadi yotadi.

Masalan,

John went to school.

Ushbu jumladan Jonning maktab o‘quvchisi ekanligi haqida xulosa olish mumkin.

Xulosa va Takliflar

Shunday qilib, kommunikativ faoliyatda samarali muloqotni tashkil qilishda lingvistik, enslopedik va interaktiv bilimlarni o‘zlashtirish talab qilinadi. Bunda verbal munosabatlardan anglashiladigan ma’nolarni kontekstga asoslanib tushunish aynan biz yuqorida mushohada qilgan pragmatik mazmunni shakllanishiga ta’sir qiladigan usul va vositalarni o‘zlashtirish va ularni muloqot jarayonida qo‘llay olish, ya’ni pragmatik qobilyatni shakllanish va rivojlantirish ahamiyati haqida so‘z yuritilyapti.

Библиографические ссылки

Ko‘chiboyev, A. (2016). Matn pragmatikasi: O‘quv-uslubiy qo‘llanma. Samarqand.

Canale, M., & Swain, M. (1980). Theoretical bases of communicative approaches to second language teaching and testing. Applied Linguistics, 1(1), 1-47.

Canale, M. (1980). Theoretical bases of communicative approaches to second language teaching and testing. Applied Linguistics, 1(1), 1.

Hymes, D. H. (1972). On communicative competence. In J. Pride & J. Holmes (Eds.), Sociolinguistics. 269-293. Penguin.

Bachman, L. (1990). Fundamental considerations in language testing. Oxford University Press.

Canale, M., & Swain, M. (1980). Theoretical basis of communicative approaches to second language teaching and testing. Applied Linguistics, 1(1), 1-47.

Celce-Murcia, M. (2007). Rethinking the role of communicative competence in language teaching. In E. Alcon Soler & M. P. Safont Jordà (Eds.), Intercultural language use and language learning. 41-57. Springer.

Campbell, R., & Wales, R. (1970). The study of language acquisition. In J. Lyons (Ed.), New horizons in linguistics. 242-260. Penguin Books.

Safarov, Sh. (2008). Pragmalingvistika. Tashkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.

Safarov, Sh. (2023). Tilshunoslik terminlari lug‘ati. Tashkent: Lesson Press.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Феруза Сатторова,
Самаркандский государственный институт иностранных языков

Cтарший преподаватель, PhD, докторант

Как цитировать

Сатторова, Ф. (2025). Способы и средства выражения прагматического значения в разговоре. Лингвоспектр, 10(1), 14–18. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1082

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.