Yozuv darslarida TBLT (task-based language teaching) dan foydalanish

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Yozuv darslarida TBLT (task-based language teaching) dan foydalanish

Аннотация

Yozuv darslarini metodik jihatdan samarali o‘tkazish uchun bir qator ta’lim metodlari va texnologiyalari mavjud bo‘lib ularnig ichida vazifaga asoslangan ta’lim  ya’ni TBLT (task-based language teaching) muhim o‘rin egallaydi. U o‘qituvchini kuzatuvchi sifatida, til o‘rganuvchilarini esa vazifa ishtirokchilari va erkin o‘rganuvchilar roliga qo‘yadi. TBLT 3 asosiy qismga bo‘linadi va o‘z o‘rnida qator afzalliklar va kamchiliklarga egadir.

Ключевые слова:

TBLT (task-based language teaching) kompetensiya metod pedagogik vazifalar kontekst

Har bir jamiyatning rivojlanishi  va tarixda yo‘l qo‘ygan xatolarga yana qayta duch kelmasligi uchun avvalo ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratishi lozim. Zero, buyuk mutafakkir, turkiy xalqlar shoiri Yusuf xos Hojib, mashhur asari “Qutadg‘u bilig” da shunday hikmatli so‘zni ilgari surgan “O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lur, Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lur”. Bilim va tarbiya asosiy o‘rinni egallagan davlatlarda rivojlanish yuqori cho‘qqilarga chiqmoqda. Buning yorqin misolini ikki jahon urushida ham mag‘lublar qatorida bo‘lgan Yaponiya timsolida ko‘rishimiz mumkin. QS World University Rankings maʼlumotlariga koʻra, 2015-yilda Osiyoning eng yaxshi oʻttizta universiteti: Tokio universiteti (12-oʻrin), Osaka universiteti (13-oʻrin), Kioto universiteti (14-oʻrin), Tokio texnologiya instituti (15-oʻrin), Toxoku Universitet (20-oʻrin), Nagoya universiteti (21-oʻrin), Xokkaydo universiteti (25-oʻrin), Kyushu universiteti (28-oʻrin)ni egallagan. Ta’limga ajratilgan ham e’tibor, ham moddiy qo‘llab-quvvatlash orqali hozirgi kunda Yaponiya rivojlangan davlatlar qatoriga chiqib oldi. O‘zbekiston ham mustaqillikdan so‘ng eng avvalo “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturini” qabul qilish orqali ta’limga yuksak e’tibor qaratayotganini isbotladi. Nafaqat bu ikki huquqiy hujjatlar, balki yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagi uchun bag‘ishlangan “Taraqqiyot strategiyasi”ning  ilk ustuvor yo‘nalishi “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” qismidagi “1.1. Ta’lim tizimidagi islohotlar” rejasi ham asosiy yo‘riqnoma vazifasini o‘taydi. Ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan islohotlar bilan bir qatorda, bu tizimda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi va murabbiylarga ham katta mas’uliyat yuklatilgan. Davlatimiz rahbari Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillariga yoʻllagan tabrik nutqida taʼkidlaganidek, “Maktabda oʻqitish metodikasi oʻzgarmasa, taʼlim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham oʻzgarmaydi”.  Shuning uchun, hozirgi kunda o‘qituvchilarga qo‘shimcha metod kunlar tashkil etilib, bu kunlarda ular o‘z mahoratlarini oshirish yo‘llarini izlab, foydali xorijiy adabiyotlarni mutolaa qilib, o‘z pedagogik va kasbiy kompetensiyalarini o‘sitirishga astoydil harakat qilishmoqda.

Hashimi va boshqalar (2012:256) Task-Based Language Teaching (TBLT) maqsadni amalga oshirish yoki topshiriqni bajarish uchun qayta ishlash talabalarga samarali o‘zlashtirishlari kerak bo‘lgan materiallarni taqdim etadigan usul bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Bu odatdagi vazifalarga o‘xshaydi odamlar har kuni choy tayyorlash, qog‘oz yozish, kimdir bilan telefonda gaplashish kabi ishlarni bajaradilar, TBLT talabalarga topshiriq berish va undan keyin uni hal qilish uchun o‘sha  tildan  foydalanishga intilish tushuniladi.

TBLTni tushunish birinchi navbatda “Vazifa” tushunchasidan boshlanishi kerak. Nunan (2004: 1) buni ta’kidladi “vazifa” tushunchasi o‘quv rejasini tuzishda, sinfda o‘qitishda va o‘quvchilarni baholashda  muhim elementga aylandi. U bir nechta muhim tadqiqotlarga tayanch vazifasini o‘taydi ayniqsa, ESL va EFL tartiblarini ishlab chiqishda  ishlab chiqish. Avvalo, “Vazifa”  so‘zini tushunish eng muhim nuqta bo‘lib, “Vazifa” so‘zining ba’zi ta’riflari mavjud:

Long (1985), vazifa - bu o‘zi yoki boshqalar uchun erkin holda yoki nimadir evaziga bajariladigan ish. Boshqacha qilib aytganda, “vazifa” deganda odamlarning kundalik hayotda, ishda, o‘yinda amalga oshiradigan 101 narsalari;

Carroll (1993) ga ko‘ra, vazifa - bu shaxs ishtirok etadigan har qanday faoliyat bo‘lib,uning uchun mos sharoit va maqsad bolishi kerak;

Bygate va boshqalar. (2001), vazifa - bu o‘quvchilarga tildan foydalanishni talab qiladigan harakat, ma’noga urg‘u berib, maqsadni amalga oshirishni bildiradi.

Bu esa shunday xulosaga olib keladiki, talabalar til o‘rganish maqsadi yo‘lida har qanday vazifani yoki harakatni amalga oshiradilar. Sinf vazifasi - bu o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan faoliyatdir, u muayyan maqsad va u jarayonda ishlatiladigan kommunikativ tilni o‘z ichiga oladi.  Vazifaning ekstralingvistik soha bilan o‘zaro aloqasi bolgani uchun, u har qanday sinf mashqi qatorida keladi. Darsni TBLT bilan samarali o‘tkazish uchun, nafaqat vazifa, balki boshqa kerakli komponentlar yoki darsning boshqa tarkibiy qismlari ham mavjud. Hashimiy va boshqalarga ko‘ra. (2012: 527-528), TBLTda 3 ta umumiy ibora mavjud, ya’ni  darsning ketma-ketligiga asoslangan holda:  pre-task (vazifadan oldin), during task (vazifa davomida) va post task (vazifadan keyin).

1) Pre-task (Vazifadan oldingi) bosqich: Bunda asosiy maqsad talabalarni vazifani bajarish orqali eslab qolishni qo‘llab-quvvatlashdir. Vazifani taqdim etish yo‘li orqali o‘rganuvchilar rag‘batlantirilishi zarur.

2) During-task (Vazifa davomida) bosqich: Metodik jihatdan bu bosqich o‘qituvchilarga 2 qadamni taklif qiladi.  Birinchisi, “task performance” - “vazifani amalga oshirish”, bunda o‘qituvchi tomonidan rejalashtirilgan vazifaga haqqiqatda qanday javob berishdan avval amalga oshiriladigan turli xil variantlar; ikkinchisi, “process option” - “jarayonga bog‘liq variantlar”, bunda o‘qituvchi va ta’lim oluvchining o‘zaro birgalikda qaror qabul qilish jarayoni o‘laroq, bu vazifani uddalash jarayoni bilan birgalikda uni yakunlash tushuniladi..
3) Post-task (Vazifadan keyin) bosqich: Bu bosqichning 2 ta asosiy pedagogik maqsadlari bor: a) vazifani takroriy bajarish imkoniyatini taqdim etish; b) vazifani qanday amalga oshirilganligi haqida mulohaza yuritishga undash.

Task-based language teaching (TBLT) ning afzalliklari va kamchiliklari:  

Afzalliklari:

1) TBLT barcha yoshdagi va  turli darajadagi talabalar uchun  qo‘llaniladi va mos keladi.  2) Talabalar TBLT orqali  tilga ancha xilma-xil ta’sir ko‘rsatadilar.  Ular dars davomida o‘z bilgan lug‘at va grammatikadan foydalanishlari uchun erkinlikka ega. 3) Bu metod mazmunli muloqotga imkon beradi va talabalarni tilda yanada faol bo‘lishga undaydi.

Kamchiliklari:

TBLT muayyan kontekstda masalan muhojir bolalarning kichik sinf o‘lchamlari kabi ijobiy  natijalar berishi mumkin lekin har bir usulda bo‘lgani kabi TBLT ham ba’zi zaifliklarga ega.

1) Broadyning ta’kidlashicha TBLT yetarli darajada o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini  ta'minlamasligi mumkin. 2) Bruton boshqa  tashvishlarni aniqlaydi:

- Yangi grammatika yoki lug‘aviy xususiyatlarni o‘zlashtirish imkoniyati yo‘q.

- O‘qituvchiga barcha mas’uliyat yuklanadi.

- Barcha talabalar TBLT tomonidan motivatsiya qilinmaydi yoki bo‘lmaydi.

- Ba’zi talabalar ko‘proq rahbarlikka muhtoj bo‘lib til shakllarini (grammatikani) yoki boshqa aniqlik elementlarini sezmaydilar.

- Talabalar odatda topshiriqlarni bajarishda maqsadli tildan emas balki o‘z L1 (ona tili) laridan ko‘p qismini tarjima qilib ishlatadilar. (Brodiy 2006).

Библиографические ссылки

Frost, Richard. "A Task-based Approach". British Council Teaching English. Retrieved September 21, 2015.

Azimova A.S., The psychological and behavioral influence of children’s fiction to the upbringing of a child , Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development, 2022

Narziyeva I.Z., Teaching languages to young learners, Republican scientific -practical online conference, 2021

Narziyeva I.Z., Using brainstorming in a foreign language teaching,International scientific conference,Vol. 1,NO 2, 2023

Ur, Penny 1996 A course in language teaching : practice and theory [M]Cambridge University Press,

Willis, Jane 1996 A framework for task-based learning [M]: Longman,

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Анора Азимова ,
Узбекский государственный университет мировых языков

Stajyor-o‘qituvchi

Как цитировать

Азимова , А. (2024). Yozuv darslarida TBLT (task-based language teaching) dan foydalanish. Лингвоспектр, 2(1), 113–115. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/121

Похожие статьи

<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.