INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI TEMIR YO‘L TERMINOLOGIYASIDA SINONIMLARNING NAMOYON BO‘LISHI
Abstract
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek temir yo‘l terminologiyasida sinonimiya hodisasining shakllanish xususiyatlari tahlil qilindi. L.B. Tkacheva, V.A. Tatarinov, M.D. Stepanova, S.V. Grinev-Grinevich kabi olimlarning ilmiy qarashlari asosida terminologik sinonimiyani tasniflash va ularni struktur-semantik nuqtai nazardan qiyoslash amalga oshirildi. Tadqiqot davomida ingliz tilida 2000 termin ichida 1000 tasi (18%), o‘zbek tilida esa 1000 termin ichida 376 tasi (16%) sinonimik munosabatga ega ekanligi aniqlandi. Sinonimlar tuzilishi, kelib chiqishi, semantik ekvivalentligi hamda Britaniya va Amerika ingliz tili variantlaridagi terminlarning farqlanishiga e’tibor qaratildi. Natijalar temir yo‘l terminologiyasida sinonimiya terminlar mazmunini aniqlashtirishga va tizimning rivojlanish qonuniyatlarini anglashga xizmat qilishi isbotlandi.
Keywords:
temir yo‘l terminologiyasi sinonimiya dublet struktur-semantik tahlil xalqaro terminlar termin tizimi.Kirish
Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – ingliz va o‘zbek temir yo‘l terminologiyasida sinonimiya hodisasining shakllanish omillarini ilmiy asosda tadqiq qilishdir. Terminologiyada sinonimiyalar mavjudligi bir tushunchani turlicha ifodalash zarurati, tilning rivojlanishi hamda texnologik yangilanishlarning doimiy davom etishi bilan izohlanadi.
L.B. Tkacheva terminologiyada dubletlar va mutlaq sinonimlarni farqlaydi. Dublet shakllari fonetik-morfologik farqlar yoki o‘zlashtirish bosqichlaridagi tafovutlar natijasida yuzaga keladi [Tkacheva, 1987]. V.A. Tatarinov esa sinonimiyani bir xil tushunchaning turli jihatlarini aks ettirish vositasi sifatida talqin etadi [Tatarinov, 1996]. M.D. Stepanova sinonimiyani so‘zlar semantik umumiyligi asosida izohlaydi [Stepanova, 2003].
S.V. Grinev-Grinevich esa sinonimlar grafik, so‘z-yasash va sintaktik variantlar sifatida shakllanishini ta’kidlaydi [Grinev-Grinevich, 2008].
Ingliz tilida sinonimik qatorda bir predmetli mantiqiy mazmunga ega, biroq stilistik yoki funksional farqlanishga ega birliklar kuzatiladi:
carriage – coach – car – vagon
accumulator – storage battery – cell – akkumulyator
baggage-check – baggage ticket – luggage voucher – bagaj kvitansiyasi
18% terminlar sinonimik munosabatga ega (300 ta).
Shuningdek, Britaniya–Amerika varyantlaridagi terminlar ham alohida guruhni tashkil etadi:
|
British English |
American English |
O‘zbekcha |
|
facing point |
facing switch |
qarama-qarshi o‘tkazgich |
|
train staff |
trainmen |
poyezd xodimlari |
|
covered wagon |
box car |
yopiq vagon |
Mazkur guruh jami sinonimlarning 30% ini tashkil qiladi.
O‘zbek temir yo‘l terminologiyasida sinonimiya
O‘zbek terminologiyasida sinonimlar uch turda namoyon bo‘ladi:
xalqaro terminlar: konveksiya – convection
milliy terminlar: sinish – fracture
dubletlar: vokzal – temir yo‘l stansiyasi
Umumiy ulushi – 16% (376 ta).
Sinonimlarning struktur-modellashtirilishi
Demishkevich modellariga tayangan holda sinonimik munosabatlar quyidagicha tasniflandi:
Sodda + Sodda: chipta – bilet
Sodda + Murakkab: metro – yer osti temir yo‘li
Murakkab + Murakkab: railway – railroad
Sodda + Birikma: dispatcher – traffic superintendent
Erkin terminologik birikmalar eng yuqori mahsuldorlikka ega:
average speed – mean speed, waterproof umbrella – hoseproof hood va h.k.
Xulosa
Olib borilgan tahlil asosida quyidagilar aniqlandi:
Ingliz va o‘zbek temir yo‘l terminologiyasida sinonimiya termin tizimining rivoji, xalqaro aloqadorligi va texnologik yangilanib borishi bilan bevosita bog‘liq. Sinonimik birliklar termin ma’nosini aniqlashtirish, qo‘llanish kontekstini belgilashga xizmat qiladi. Britaniya va Amerika ingliz tilidagi leksik tafovutlar temir yo‘l terminologiyasi sinonimiyasining alohida qatlamini tashkil etadi. Struktur-semantik jihatdan sinonimlar tizimning ochiqligi va boyish omili sifatida namoyon bo‘ladi.
References
Tkacheva L.B. Osnovnye zakonomernosti angliyskoy terminologii. – Tomsk: Izdatel’stvo Tomskogo universiteta, 1987. – 144 s.
Tatarinov V.A. Teoriya terminovedeniya. T.1. Teoriya termina: Istoriya i sovremennoe sostoyanie. – Moskva: Moskovskiy litsey, 1996. – 172 s.
Stepanova M.D., Chernyshova I.I. Leksikologiya sovremennogo nemetskogo yazyka. – Moskva: Akademiya, 2003. – 251 s.
Grinyov-Grinevich S.V. Terminovedenie. – Moskva: Akademiya, 2008. – 304 s.
Demishkevich E.V. Sotsiolingvisticheskoe issledovanie angliyskoy terminologii zheleznodorozhnogo transporta. Dis. ... kand. filol. nauk. – Omsk, 2012. – 97 s.
Mirsagatova D.U. O‘zbek temiryo‘l transporti terminlari tematik guruhlarining o‘ziga xos xususiyatlari // Til va adabiyot ta’limi. – Toshkent, 2022. – №1/12. – B. 36–39.
Mirsagatova D.U. Termin: ta’rif va uning asosiy xususiyatlari // Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. – Namangan, 2023. – №4/4. – B. 726–729.
Published
Downloads
How to Cite
License
Copyright (c) 2025 Dilorom Ubaydullayevna MIRSAGATOVA

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
