Mustaqillikning dastlabki yillarida Tarix fanining rivoji uchun sa’y harakatlar va ularning natijalari

Авторы

  • Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека
Mustaqillikning dastlabki yillarida Tarix fanining rivoji uchun sa’y harakatlar va ularning natijalari

Аннотация

Ushbu maqola istiqlolning ilk yillaridagi tarix fanida mavjud boʻlgan muammolar va keying yillarda ularni bartaraf etish borasida qilingan ishlar, shu orqali erishilgan natijalarga hamda bu partdagi soha doirasidagi yetakchi fakultet olib roʻy bergan amaliy ishlarning mohiyatini ochib berishga bagʻishlanadi.

Ключевые слова:

Tarix va Arxeologiya institutlari “Ipak yoʻli” YUNESKO Oʻzbekiston tarixi muzeyi “Meros” “Oʻrta Osiyo manbashunoslik, arxivshunoslik va muzeyshunoslik” “Tarixni oʻqitish uslubi”

Avvalambor, har bir xalq ayniqsa, mustaqil davlat qurilishi oldida turgan xalq oʻz-oʻzligini anglamogʻi, qaysi zamon, qanday iqtisodiy, madaniy va tarixiy sharoitda, qanday etnik komponentlar qorishmasidan tarkib topganligini aniqlab olmogʻi va ana shu tarixiy va madaniy qadriyatlar talabidan kelib chiqqan holda bugungi, ertangi va kelajak taraqqiyotni belgilab olmogʻi kerak. Koʻp asrlik murakkab tariximizning qay darajada yoritilishi tarix fanining ana shu bosh masalasini yechimiga bogʻliqdir. Shunday ekan, oʻzbek xalqining etnogenez va etnik tarixi tarix fanining bosh masalasi boʻlib qoladi. Masalaning yechimi tarixchi, arxeolog manbashunos, etnograf, lingvist, antropolog va qator boshqa soha mutaxassislarining birgalashib kompleks ilmiy izlanishlar qilishiga bogʻliq. Bu sohada ancha ishlar qilingan (Oʻzbekiston ijtimoiy fanlar jurnali, 1992a). Ammo sovet fanida, jahon tarixshunoslari tasavvurida bu masalada hozirgacha yakdillik yoʻq. Xalq tarixi bilan unga etnik nisbat qilib berilgan nom oʻrtasida katta xronologik tafovut hamda Movarounnahrning turkiy tilda gapiruvchi qadimiy oʻtroq aholisini shu tilda soʻzlashuvchi Dashti Qipchoqning Shayboniyxon bilan birga XVI asrning boshlarida Movarounnahrga kelgan koʻchmanchi oʻzbeklar nomi bilan atalishi ba’zi birovlarga milliy adovat oʻyinini oʻynashga imkon bermoqda. Shuning uchun bu masalaga tarixchilarimiz juda jiddiy qarashlari kerak, uning ob’ektiv ilmiy yechimi ustida kompleks izlanishlar oʻtkazilishi zarur (Oʻzbekiston ijtimoiy fanlar jurnali, 1993a).

Arxeolog va etnograf olimlarning ilmiy faoliyatini ekspeditsiyalarsiz koʻz oʻngimizda keltirish qiyin. Ilmiy ekspeditsiyalar esa mablagʻ sarflashni taqazo etadi. Har yili Arxeologiya institutidan respublikamiz boʻylab oʻttizdan ortiq ekspeditsiya va otryadlar dala qidiruv izlanishlarini oʻtkazdi. Bu yil esa umumiy iqtisodiy tanglik tufayli arxeologlarimiz shunday imkoniyatlardan mahrum. Shu vaziyatni hisobga olgan holda arxeologlar yaqin 2-3 yil davomida quyidagi muammolar bilan shugʻullanishlarini zarur deb hisolaymiz (Oʻzbekiston ijtimoiy fanlar jurnali, 1993b):

  1. a) Koʻp yillar davomida juda boy arxeologik materiallar toʻplandi. Ular qadimgi va oʻrta asr davri tariximizning barcha tarixiy bosqichlariga tegishli. Yaqin 2-3 yil davomida arxeologlarimiz barcha ilmiy, limit-texnik kuchlarni ana shu materiallarni ilmiy tahlil qilishga va rejalashtirilgan besh tomli Oʻzbekiston arxeologiyasini tayyorlash va chop etish bilan shugʻullanmoqlari kerak (Toshkent shahar Markaziy Davlat Arxivi, n.d.-a).
  2. b) Tarix va Arxeologiya institutlari Oʻzbekiston xalqlari tarixining 6 jildli yangi variant ustida ish boshlagan. Ana shu koʻp jildli Oʻzbekiston tarixini 1- va 2-tomlarini tayyorlash arxeologlar zimmasiga yuklatilgan. Ikki tom boʻyicha tegishli materiallar yigʻib boʻlingan. Endigi dolzarb vazifa kechi bilan ikki yil ichida ana shu tomlarni tayyorlab chop etishdan iborat boʻlmogʻi kerak.

Tarixchilarimiz zimmasiga ana shu 6 jildli fundamental ishning 4 tomi yuklatilgan. 3-tomi tayyor boʻldi. Nasib etsa, oʻzbek va rus tilidagi nusxalari yil oxiriga qadar oʻquvchilar qoʻliga borib yetadi, degan umiddamiz. 4-tomi esa yaqin kunlarda institut ilmiy kengashida muhokama etiladi. Tarixchilarimiz, endi asosiy kuchni Oʻzbekiston tarixining sovet davri tomlari ustida jiddiy ishlashiga qaratmogʻlari zarur (Oʻzbekiston ijtimoiy fanlar jurnali, 1992b).

Oʻrta Osiyo tarixining qadimgi va oʻrta asrlar davrida, to Temuriylar sulolasining inqiroziga qadar “Ipak yoʻli”ning mamlakat siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi roli beqiyos katta boʻlgan. Dengiz yoʻli ochilgunga qadar Sharq bilan Gʻarbni bogʻlab turgan “Ipak yoʻli” quruqlikdan dengizga koʻchishi bilan Oʻrta Osiyo koʻp jabhalarda inqirozga yuz tuta boshladi. “Ipak yoʻli”ning tariximizdagi salmoqli oʻrni bugungi kunda u bilan bogʻliq boʻlgan tarixiy va madaniy jarayonlar muammosi ustida fundamental ilmiy izlanishlarni olib borishni taqozo etadi (Oʻzbekiston ijtimoiy fanlar jurnali, 1993a).

YUNESKOning bu masalada oʻrtaga tashlangan “Buyuk Ipak yoʻli – yoʻllar muloqoti” nomli ilmiy va madaniy dasturi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu muammoning naqadar dolzarbligi, ayniqsa 1989 va 1991-yillarda YUNESKO tomonidan uyushtirilgan xalqaro ekspeditsiya natijalari yana bir bor tasdiqladi (Toshkent shahar Markaziy Davlat Arxivi, n.d.-b). Bu dasturning hayotiy va amaliy tomonlari ham bor. Qadimgi Ipak yoʻli boʻylab xalqaro turizm marshrutlarini tashkil etish yoʻlida izlanishlar oʻtkazish zarur. Bugungi kunda “Ipak yoʻli”ning zamonaviy koʻrinishi – mintaqalararo transkontinental Osiyo poyezd yoʻlini tiklash mumkinligi real haqiqatga aylanmoqda. Tarixchi, arxeolog, etnograf va sharqshunos olimlarimiz bu masalada chetda qolmasliklari zarur (Oʻzbekiston ijtimoiy fanlar jurnali, 1993a).

Yaqin 2-3 yil davomida muzeyshunos olimlarimizda, respublika ahli, xalqimiz Oʻzbekiston tarixi muzeyini yangi binoda zamona talabi asosida barpo etishlarini kutmoqda. Muzey uchun bundan zarur va dolzarb masala boʻlmasa kerak. Shu bilan birga muzeyshunosligimizning katalogini tuzib borishni rejalashtirmoqlari hamda respublikadan chetga ketgan madaniy merosimiz boyliklarini qaytarish yoʻlida zarur hujjatlar tayyorlash ustida bosh qotirmoqlari zarur (Toshkent shahar Markaziy Davlat Arxivi, n.d.-c).

Yuqorida qayd etilgan va hal qilinishi zarur vazifalaga hukumatimiz tomonidan ham e’tibor qaratilgan boʻlib, keying yillarda sezilarli natijalar qoʻlga kiritildi.

Amaliy harakatlar natijasida Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi va V.I. Lenin markaziy muzeyining sobiq Toshkent filiali asosida respublika fanlar akademiyasining Oʻzbekiston tarixi muzeyi barpo etildi. Shuning uchun 1993-yilda muzey xodimlari Oʻzbekiston tarixining eng qadimgi davridan to hozirgi (1993-yil) kunga qadar boʻlgan voqealarni xolisona aks ettiruvchi yangi ekspozitsiyasini tashkil etish boʻyicha ish olib bordilar va uni nihoyasiga yetkazdilar. Qariyb 5 yil turgʻunlikdan keyin yangi muzey ishga tushurishga tayyorladilar. Shuning bilan birga muzey fondlari 897 ta yangi eksponatlarga koʻpaytirildi. Oʻtgan yili ularning soni 800 ta edi. Numizmatika jamgʻarmasi esa, jami 689 ta qadimiy va oʻtmish davrlarga oid tangalar bilan boyitildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Toshkent, Namangan, Urganch, Termiz shaharlarida OʻzFA Arxeologiya institutining mintaqaviy boʻlimlari tashkil etildi.

Boy tarixiy-madaniy merosimizni saqlash, oʻrganish maqsadida respublika “Meros” jamgʻarmasi tuzildi.

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni rivojlanitirsh uchun budjetdan 66,7 mln soʻm mablagʻ ajratildi. Bu esa, 1991-yilgi 9,4 mln soʻmga nisbatan 7 marta koʻproqdir. Bu yerda albatta narx-navoning koʻtarilganini ham hisobga olish kerak. Shunday boʻlsa ham bu mablagʻ fanni rivoji uchun katta imkoniyatdir. Ajratilgan mablagʻlarning koʻpchiligi barcha qatori olimlarimizni himoyalashga sarf qilindi.

Hukumat tomonidan hisobot davrida respublika aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash boʻyicha besh marta tadbir oʻtkazildiki, bular ilm ahliga mutlaqo daxldordir. Xususan

  1. 1992-yil 1-yanvardan ish haqi 100 foizga oshirildi
  2. 1992-yil 16-martidan ish haqqi 70 foizga oshirildi
  3. 1992-yil 1-iyulidan ish haqqi ilmiy hodimlarga 80 foiz oshirildi.
  • Qolgan barcha xodimlarga ish haqi 50 foizga oshirildi (undan 25 foizi ichki imkoniyatlar hisobiga).
  1. 1992-yil 1-sentabrdan ish haqi 25 foziga oshirildi
  2. 1992-yil 1 oktabrdan ish haqi 60 foizga oshirildi.

1992-yil 1-dekabrdan Akademiya a’zolarining oylik gonorarlari ham oshirildi.

Tarix fanining rivoji uchun yuqorida qayd etilgan va erishilgan yutuqlar albatta quvonarli holder. Chunki xalqning bu kelajakda ma’naviyatini yuksaltirishda tarixning oʻrni roli beqiyosdir. Amaliy ishlarning koʻlami Oliy oʻquv yurtlarining tarix fakultetlarida ham olib borildi. Bu vaqtda Toshkent Davlat (hozirgi Oʻzbekiston Milliy) universitetining tarix fakultetida salmoqli ishlar olib borildi. Bu yillarda fakultetda yangi kafedralar tashkil etildi va koʻplab yangi fan dasturlari ishlab chiqilib, ma’ruzalar oʻqilishi yoʻlga qoʻyib borildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 1991-yilning 23-yanvardagi 42-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangani asosida ToshDu rektorining 01-59 sonli buyrugʻi bilan ushbu “Tarix va madaniyat nazariyasi” kafedrasi kafedra tashkil etildi. Uni ochishdan asosiy maqsad esa Oʻrta Osiyo xalqlarining madaniyatini oʻrganish, qadimgi davrdan bugungi kunga qadar (1991-yil) kishilik madaniyatining oʻzaro aloqalarini oʻrganish orqali talabalarning bu boradagi bilimlarini yanada boyitish hisoblanadi. Ayni shu vaqtda 1991-yilning 1-sentabrida “Oʻrta Osiyo manbashunoslik, arxivshunoslik va muzeyshunoslik” deb nomlangan holda tashkil etildi. Tashkil etilgan vaqtda dots. F.R. Irgashev mudirlik qilgan lekin uning oʻzi rektorga murojaat qilib, bu lavozimga dots. O.O. Toshmuhammedovni tavsiya qildi. Ushbu nomzod rektorga ham ma’qul boʻldi. “Tarixni oʻqitish uslubi” nomli kafedrasi ham oʻz faoliyatini xuddi shu vaqtda boshlashi ham tarix fanini talaba yoshlarga oʻqitish orqali keng koʻlamda targʻib qilish va xalqimizni xolis tarix bilan tanishtirishdek oliyjanob ishga munosib hissa qoʻshish hisoblanadi.

Bu yillarda har bir kafedraning ilmiy ish mavzusi boʻlib bir oʻquv yili davomida belgilangan mavzuda tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, Oʻzbekiston tarixining dozarb mavzulariga oid fan dasturlari ham ishlab chiqilgan boʻlib, ular esa bu paytda fanning mohiyatini yoritib berishga xizmat qiladi. Quyida fanlarning ma’ruzalarini oʻqigan professor-oʻqituvchilar tomonidan olib borildi:

  1. Oʻrta Osiyo va Rossiya munosabatlari (XVII – XVIII asrlar) - Gʻulomov X.G.
  2. Oʻrta Osiyo va Hindiston munosabatlari (IX – XIX asrlar) – Roʻziyev E.T.
  3. Oʻzbekiston sanoati – Xolliyev G.G.
  4. Oʻzbekistonda madaniy hayot (XIX asrdan 1924-yilgacha) – Usmanova N.X.
  5. Milliy ozodlik harakatlari – Choriyev Z.U.
  6. Qadimgi Oʻrta Osiyo davlatlari – Pidayev Sh.R.
  7. Qadimgi Oʻrta Osiyo dehqonchilgi – Raxmonov U.V.
  8. Oʻzbekistonning yangi shaharlari – Nurmuhammedov X.U.
  9. Oʻrta Osiyoning oʻrta asrlardagi shaharlar tarixi – Mukminova R.G.

Mamlakatimizning tarixini yangitdan yozish borishda ham fakultetning professor-oʻqituvchilar tomonidan salmoqli ishlar qilingan. Jumladan, 1992-yilda professor G.A. Hidoyatovning “Mening jonajon tarixim” kitobi oʻzbek tilida nashr etildi. Dotsent O.O. Toshmuhammedov “Oʻzbekiston agrar tuzumi (XIX asr)” nomli monografiyasi (12 b.t.). Yuqorida qayd etilgan jarayonlar keying yillarda yuqori saviyada olib borilgan boʻlib, uning uzluksiz davom ettirib borilishi uchun tizimli chora-tadbirlar koʻrib borildi. Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, bu kabi olib borilgan ishlar oʻzining sezilarli natijasini bermasdan qolmadi. Zero, tarix oʻtmish va bugun orasidagi koʻprik vazifasini bajarishi ekanligi barchamizga a’yondir.

Библиографические ссылки

ЎЗБЕКИСТОНДА ИЖТИМОИЙ ФАНЛАР ЖУРНАЛИ. Ўзбекистон Фанлар академияси “Фан” нашриёти. 1992 ЙИЛ, 7 – 8 СОН, 27-28 б.

ЎЗБЕКИСТОНДА ИЖТИМОИЙ ФАНЛАР ЖУРНАЛИ. Ўзбекистон Фанлар академияси “Фан” нашриёти. 1993 ЙИЛ, 1-СОН, 7-б.

ЎЗБЕКИСТОНДА ИЖТИМОИЙ ФАНЛАР ЖУРНАЛИ. Ўзбекистон Фанлар академияси “Фан” нашриёти. 1993 ЙИЛ, 1-СОН, 11-б.

Toshkent shahar Markaziy Davlat Arxivi. 38-fond, 2-roʻyxat, 769-yigʻma jild, 1-varaq.

Muallifning “Manbashunosik va Arxivshunoslik” kafedrasi katta oʻqituvchisi V.G. Iofia bilan suhbatdan. 20.09. 2024-yil.

Toshkent shahar Markaziy Davlat Arxivi. 38-fond, 2-roʻyxat, 1064-yigʻma jild, 8-varaq.

Toshkent shahar Markaziy Davlat Arxivi. 38-fond, 2-roʻyxat, 1052-yigʻma jild, 3-varaq.

ТошДУ илм ва маърифат маскани. – Т.: “Университет”, 1995, 221-бет.

Toshkent shahar Markaziy Davlat Arxivi. 38-fond, 2-roʻyxat, 1384-yigʻma jild, 4-varaq.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Husan Ergashev,
Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

Oʻqituvchi

Как цитировать

Ergashev, H. (2024). Mustaqillikning dastlabki yillarida Tarix fanining rivoji uchun sa’y harakatlar va ularning natijalari. Лингвоспектр, 2(1), 187–190. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/144

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.