Интерактивные методы и технологии обучения грамматике

Авторы

  • Чирчикский государственный педагогический университет
Интерактивные методы и технологии обучения грамматике

Аннотация

Образовательный процесс в 21 веке представляет собой сложный и трудоемкий процесс, нацеленный на взаимодействие педагога и студента. В данной работе описано понятие интерактивных методов обучения грамматике английского языка: какими они бывают, на что влияют и чему способствуют при обучении. Интерактивные методы являются эффективными в образовательном процессе, имеют мотивационный потенциал. Также приведены примеры некоторых интерактивных технологий, позволяющих сделать процесс обучения усовершенствованным и интересным, применяя различные методы и технологии в современных реалиях.

Ключевые слова:

интерактивное обучение методы обучени современные технологии интерактивные технологии

Xorijiy tillarni o‘rgatish bugungi kunda nafaqat ko‘nikma va malakalarni  shakllantirishga, balki o‘quvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishga ham qaratilgan. Shaxsni rivojlantirish maqsadi esa o‘z navbatida ta’lim tizimini shaxsning shakllanishi va rivojlanishi masalasiga qayta murojaat qilishga undaydi. Shu bilan birga, ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarga samarali yechim topishga intiladi. "Zamonaviy ta'lim texnologiyalari nafaqat o‘qitish jarayonini, balki talabaning faolligini ham oshiradi" (Scrivener, 2011).

Garchi muqobil o‘qitish usullarining aniq afzalliklari mavjud bo‘lsa-da, interaktiv o‘qitish usullariga alohida e’tibor qaratish zarur. Interaktiv o‘qitish zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, uning asosida o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi bilim faoliyati yotadi. Ushbu yondashuv o‘quvchilarni faollikka, mustaqil fikrlashga va birgalikdagi ishlashga rag‘batlantiradi. Bax (2003) ta’kidlaganidek, "Interaktiv texnologiyalar orqali talabalar murakkab grammatik tuzilmalarni osonroq tushunib, ular bilan ishlashni o‘rganadi." Ushbu yondashuv murakkab qoidalarni oddiy va tushunarli shaklda tushuntirish imkonini beradi, natijada o‘quvchilarning bilimlarini yanada chuqurroq shakllantiradi.

Hozirgi kunda o‘qituvchining vazifasi amaliy va pragmatik ahamiyatga ega bo‘lib, u o‘quvchini rag‘batlantirishga, o‘zini-o‘zi o‘rgatishga va shaxsiy malakalarni rivojlantirishga qaratilgan ko‘p funksiyali umumta’lim ko‘nikma va faoliyatlarini birlashtirishdan iboratdir. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarning bilim olish jarayonini faollashtirish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashi, har bir talabani jarayonga jalb etishi va ularning individual ehtiyojlarini hisobga olishi zarur. Shu bilan birga, o‘qituvchi har bir talabaga o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratishi lozim.

Interaktiv o‘qitishning muhim afzalliklaridan biri uning kommunikativlikka qaratilganligidir. Bu usul yordamida talabalar o‘z fikrlarini erkin ifodalashni, o‘zaro muloqot qilishni va jamoadagi muhokamalarda faol qatnashishni o‘rganadilar. Ushbu yondashuv, ayniqsa, grammatikani o‘rgatishda juda muhimdir, chunki grammatik tuzilmalarni tushunish va ulardan amaliy foydalanishni o‘zlashtirish o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Interaktiv usullar talabalarni o‘rganish jarayoniga yanada chuqurroq kirishishga undaydi va ularning bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkonini beradi.

Interaktiv o‘qitish shuningdek, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Masalan, dars davomida guruhlarda ishlash yoki jamoaviy muammolarni hal qilish kabi vazifalar o‘quvchilarni o‘z fikrlarini boshqalar bilan baham ko‘rishga undaydi. Bu nafaqat bilim olishni samarali qiladi, balki o‘quvchilarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchini ham oshiradi. Interaktiv mashg‘ulotlar o‘quvchilarni dars davomida faol qatnashishga jalb qiladi va ularni qiziqarli topshiriqlar yordamida rag‘batlantiradi.

Zamonaviy texnologiyalarning ta’lim jarayonida qo‘llanilishi interaktiv o‘qitishni yanada samarali qiladi. Elektron doskalar, multimedia vositalari va onlayn platformalar yordamida darslar yanada qiziqarli va mazmunli bo‘ladi. Masalan, o‘quvchilar o‘z bilimlarini onlayn testlar orqali mustahkamlashlari, interaktiv mashqlarni bajarish orqali esa o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishlari mumkin. Shu bilan birga, interaktiv texnologiyalar talabalarning diqqatini jalb qilishda va ularni o‘qitish jarayoniga faol ishtirokchi sifatida jalb qilishda samarali vosita hisoblanadi.

Albatta, har qanday ko‘nikma o‘quvchiga o‘qituvchi ko‘magi bilan yetib boradi. O‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro faoliyati o‘qituvchidan talabalar mustaqil ishini me’yorlash va boshqarish bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarni talab qiladi. Ushbu jarayon oxir-oqibat shaxsiy rivojlanish va shakllanish poydevori sifatida ta’lim faoliyatini rejalashtirish va maqsadlarni belgilashga olib keladi. (Шевченко, 2020)

Zamonaviy ingliz tili darsi – bu murakkab kommunikativ jarayon bo‘lib, uning asosiy maqsadi va mazmuni pedagogik jarayon subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir muammolarini hal qilish amaliyotiga qaratilgan. Ushbu maqsadga erishish va mazmunni o‘zlashtirishning asosiy usuli esa turli darajadagi murakkablikka ega bo‘lgan motivatsion kommunikativ vazifalardan iborat. Ta'lim jarayonida muloqotni shartli ravishda ikki turga bo‘lish mumkin ularning birinchisi bir tomonlama muloqotdir. Bu turda asosan frontal ishlash shakllari ustunlik qiladi, ya’ni asosiy tashabbus o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. O‘qituvchi talabalarni so‘roq qilib, ularni og‘zaki faoliyatga undaydi, o‘quvchilar esa qo‘yilgan savollarga javob beradi. Shubhasiz, bunday ishlash shakli ko‘pchilik o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun keng tarqalgan va odatiy holatdir. Biroq, savol tug‘iladi: bu formatda biz o‘zimizni qulay his qilamizmi va eng muhimi, o‘quvchilar qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechiradi? Ikkinchisi esa ko‘p tomonlama muloqot hisoblanadi. Bu shakl o‘quvchilarning bir-biri bilan yanada faolroq ishtirok etishi va o‘zaro ta’sir qilishini nazarda tutadi, chunki bunda jamoaviy va guruh shakllaridagi ishlar amalga oshiriladi. Amalda barcha o‘quvchilar o‘qitish jarayoniga jalb qilinadi, ularga mavjud bilim va g‘oyalarni tahlil qilish imkoniyati beriladi. (Warschauer M., 2000)

 Ushbu jarayon biron bir qatnashuvchi yoki g‘oyaning ustunlik qilishini istisno qiladi. Muhimi, bu jarayon xushmuomala muhitda va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash atmosferasida kechishi lozim.

Interaktiv o‘qitish bu dialog asosidagi o‘zaro ta’sir bo‘lib, unda o‘quvchilar birgalikda ishlaydi, murakkab masalalarga yechim topadi, jamoaviy ish davomida olingan ma'lumotlarni tahlil qiladi. Bunday holda, o‘quvchi va o‘qituvchi teng huquqli ta’lim subyektlari sifatida namoyon bo‘ladi.

Interaktiv ta’limning vazifalari va grammatikani o‘rgatishning ahamiyati haqida to‘htalib o‘tiladigan bo‘lsak,  interaktiv ta’lim bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim vazifalarni hal qiladi:

  • Kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish: Bu o‘quvchilar o‘rtasida hissiy aloqa o‘rnatilishiga yordam beradi va ularning muloqot qilish qobiliyatlarini mustahkamlaydi.
  • Informatsion vazifalarni bajarish: O‘quvchilarni zarur ma'lumotlar bilan ta'minlaydi, bu esa birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun muhimdir.
  • Umumta’lim ko‘nikmalarini rag‘batlantirish: Analiz qilish, sintez qilish, maqsad qo‘yish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirib, ta’limiy va rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi.
  • Tarbiyaviy vazifalarni bajarish: Interaktiv usullar jamoada ishlashga, boshqalarning fikrini tinglashga odatlantiradi va bu malakalarni rivojlantiradi.

Grammatikani o‘rgatish xorijiy til ta’limining eng muhim jihatlaridan biridir, chunki muloqot grammatik asoslarsiz amalga oshmaydi. Grammatik bilimlarning tarkibiy qismi tilni muvaffaqiyatli egallash uchun zarurdir. Bu o‘quvchilarning tilni to‘g‘ri va samarali qo‘llash qobiliyatini shakllantirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Har qanday zamonaviy darsning asosiy elementi bu interaktiv mashqlar va topshiriqlardir. Ular yordamida o‘quvchilar nafaqat avval o‘zlashtirilgan materialni mustahkamlaydi, balki yangi mavzularni ham o‘zlashtiradi.

Biroq, har qanday dars odatda nutqiy mashqlar yoki "warming up" (qizdirish) bilan boshlanadi. Bu jarayon o‘tgan darsda o‘rganilgan grammatik materialni qayta ko‘rib chiqish va mustahkamlash imkonini beradi.

Misol uchun, grammatik mavzu “The Present Perfect” va leksik mavzu Food” bo‘yicha juftliklarda ishlash talabalarga qiziqarli va samarali bo‘ladi. O‘quvchilar bir-birlaridan ertalab nonushta qilib yoki umuman nonushta qilishganmi, deb so‘rashlari mumkin. Keyin esa o‘rinlarini almashtirib, boshqa sheriklardan ham xuddi shu savollarni so‘rashlari mumkin.

Ushbu grammatik mavzuni boshqa leksik kontekst bilan ham bog‘lash mumkin, masalan, “Travelling” (sayohat) mavzusi. Bu usulda talabalar juftliklarda bir-birlariga o‘z tajribalari haqida so‘zlab berishga undaladi. Javoblarni yozib olish va xulosa chiqarish orqali ular grammatik va leksik ko‘nikmalarini mustahkamlashadi.

Bunday mashqlar nafaqat bilimlarni mustahkamlaydi, balki o‘quvchilarni tilni amaliy qo‘llashga faol jalb qiladi.

 “Reported Speech” (Kosviy nutq) mavzusida juftliklarda yoki guruhlarda mashq qilish o‘quvchilarning grammatik strukturalarni, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri nutqni kosviy nutqqa o‘zgartirish qoidalarini mustahkamlashga yordam beradi. Ushbu mashqlar til ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Mashqning bosqichlari haqida batafsil to‘htalib o‘tamiz.

Guruhli “Brainstorm” (Aqliy hujum): O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Undan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri nutqni kosviy nutqqa aylantirishda qaysi o‘zgarishlar sodir bo‘lishini eslab, ularni jadval shaklida tasvirlashadi (masalan, vaqt shakllarining o‘zgarishi, ko‘rsatkich olmoshlari va boshqalaridir) (Penny Ur, 2012).

Jamoaviy topshiriq bosqicha esa o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi. Har bir o‘quvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri nutqda bitta gap yozadi (masalan, “I am going to the market,” said John.). Keyin ular o‘z yozgan gaplarini o‘ng tomonidagi qo‘shnisiga beradi. Qo‘shnisi bu gapni kosviy nutqqa aylantiradi (John said that he was going to the market). Shu bilan birga, yangi bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri nutq gapini yozadi va uni chap qo‘shnisiga uzatadi.

Natijani baholash bosqichada guruhlar o‘z vazifalarini kim tezroq bajarganini aniqlaydi. Eng tez va to‘g‘ri bajargan jamoa qo‘shimcha ball oladi. Keyin guruhlar o‘zaro yozma ishlarni almashtirib, bir-birining javoblarini tekshiradi va baholaydi.

Ushbu mashq o‘quvchilarni grammatikani faol qo‘llashga undaydi, ularning diqqatini oshiradi va guruhda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu bilan birga, o‘quvchilar kosviy nutq qoidalarini amalda takrorlash imkoniga ega bo‘ladilar.

Texnologik rivojlanish hamda internet-resurslarning mavjudligi ma'lumotlarni izlash va qayta ishlash jarayonini ancha osonlashtiradi. Bu esa o‘qituvchilarga qiziqarli va ijodiy mashqlarni ishlab chiqish imkonini beradi.

Grammatik shakllarni, xususan, Present Continuous” vaqt shaklini o‘rgatishda bir nechta samarali usullarni qo‘llash mumkin: Rasmlar va illyustratsiyalardan foydalanish usulida talabalar rasmlarda nima sodir bo‘layotganini tasvirlashadi. Masalan: “The boy is running in the park.” Ushbu topshiriq oddiy bo‘lsa-da, samaradorligi va ijodiy yondashuvni talab qilishi bilan ajralib turadi. Ijodiy hikoyalar yaratish usuli orqali talabalarga rasm asosida voqealar hikoyasini o‘ylab topish topshiriladi. Bu nafaqat “Present Continuous”ni o‘rganishga, balki ijodiy fikrlash va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga ham yordam beradi. San’at mavzusi bilan bog‘lash: Talabalarga mashhur rassomlarning rasmlarini tanishtirish va o‘zlarini ushbu rasm ichida tasavvur qilish so‘raladi. Masalan:

  • Ular o‘z his-tuyg‘ularini tasvirlashlari kerak bo‘ladi.
  • Rasmda nega paydo bo‘lganliklari yoki undagi odamlar bilan qanday aloqasi borligini izohlashlari so‘raladi.
  • Ushbu topshiriq mavzu bo‘yicha lug‘at boyligini rivojlantiradi, ijodiy fikrlashni kuchaytiradi va san’at asarlarini o‘rganish orqali madaniy bilimlarni boyitadi.

Grammatikani o‘rgatishda deduktiv va induktiv usullaridan biri deduktiv usulida o‘qituvchi avval qoidalarni tushuntiradi, so‘ngra talabalarga ularni mashqlar orqali qo‘llash imkonini beradi. Bu usul Presentation Practice Production (PPP) tizimiga to‘g‘ri keladi: Presentation: Grammatika qoidalari aniq va tushunarli tarzda taqdim etiladi. Practice: Talabalar olingan bilimlarni oddiy mashqlar orqali mustahkamlaydi. Production: Talabalar o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llaydilar. Deduktiv usul vaqtni tejashga yordam beradi, ammo nazariy tushuntirishning uzoq davom etishi talabalarni charchatishi va passivlashtirishi mumkin (Penny Ur, 2012).

Grammatikani o‘rgatishda deduktiv va induktiv usullaridan biri induktiv usulida talabalar misollar, matnlar yoki audio/videomateriallar orqali grammatik qoidalarni mustaqil ravishda aniqlaydilar. Ushbu usul o‘quvchilarning faol ishtirokini talab qiladi va qoidalarni yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi. Induktiv usul esa ko‘proq vaqt va o‘qituvchidan puxta tayyorgarlik talab etadi, ammo uning samarasi ancha yuqori bo‘ladi.

Grammatikani o‘qitishda ijodiy va interaktiv yondashuvlar, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darslarni yanada qiziqarli va samarali qiladi. Deduktiv va induktiv usullarni muvozanatda qo‘llash esa o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yanada osonlashtiradi va ularni faollashtiradi.

Induktiv usulda o‘quvchilarni qoidalarni tahlil qilish va mustaqil ravishda xulosa chiqarishga undaydi. Ushbu yondashuvda o‘qituvchi talabalarni yetarli darajadagi misollar, matnlar, audio va videomateriallar, hamda muloqot asosidagi dialoglar bilan ta’minlaydi. Talabalarning darsda faol ishtirok etishi va o‘zlari qoidalarni o‘rganish jarayoniga kirishishi bilimni yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi. Ammo ushbu usulni samarali amalga oshirish uchun o‘qituvchidan puxta tayyorgarlik va qo‘shimcha vaqt talab etiladi (Razzakberdiyevna D., 2024).

Interaktiv o‘qitishda bugungi kunda turli xil texnologik uskunalar yordamida amalga oshirilmoqda. Ushbu uskunalar darslarni yanada mazmunli va qiziqarli qilish imkonini beradi. Innovatsion qurilmalar yordamida materiallarni taqdim etish samaradorligini oshirish quyidagi usullar orqali ta’minlanadi:

  • Interaktiv doskalar va proektorlar: Ushbu qurilmalar yordamida grafikalar, sxemalar va yorqin taqdimotlar qo‘llanilib, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi oshiriladi.
  • Multimediyali resurslar: Rang-barang grafika va interaktiv hikoyalar yordamida darslar jonlantiriladi.

Kompyuter sinflari o‘quvchilarni individual ishlash imkoniyati bilan ta’minlaydi. Har bir o‘quvchi o‘z kompyuterida ishlash orqali materiallarni mustaqil o‘zlashtiradi. Bundan tashqari, Moodle platformasi kabi ta’lim resurslari dars jarayonida ham, uy vazifalarida ham ishlatilishi mumkin. Moodle orqali turli topshiriqlarni yuklash, testlar tashkil qilish va talabalarning bilimlarini baholash mumkin.

Xorijiy tilni o‘rganish real kommunikatsiya sharoitlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan nutqiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan. Bu o‘quvchining ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni professional faoliyatga tayyorlash, va ko‘nikmalarini takomillashtirish kabi muhim vazifalarni bajaradi.

Interaktiv o‘qitish usullari yuqori motivatsion salohiyatga ega bo‘lib, o‘quvchining shaxsiy va professional rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Zamonaviy texnologiyalar va usullardan foydalanish xorijiy tilni muvaffaqiyatli o‘rganishning ajralmas qismi hisoblanadi.

 

Библиографические ссылки

Bax, S. (2003). CALL: Past, present, and future. ELT Journal.

Ur, P. (2012). A Course in Language Teaching. Cambridge University Press.

Scrivener, J. (2011). Learning Teaching. Macmillan Education.

Warschauer, M. (2000). Technological change and the future of CALL. TESOL Quarterly.

Шевченко, Н. И. (2018, April 24). Интерактивные методы как условие интерактивного образования. Interactiv.su. Retrieved September 20, 2020, from https://interactiv.su/2018/04/24/

Интерактивные методы и приемы обучения на уроках английского языка. (n.d.). Infourok. Retrieved September 23, 2020, from https://infourok.ru/interaktivnie-metodi-ipriemi-obucheniya-na-urokah-angliyskogo-yazika-406624.html

Razzakberdiyevna U. D. Teaching Phrasal Verbs in EFL Classes with HIIT Method //Texas Journal of Philology, Culture and History. – 2024. – Т. 28. – С. 15-17.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Дилафруз Умарова ,
Чирчикский государственный педагогический университет

Преподаватель

Как цитировать

Умарова , Д. (2024). Интерактивные методы и технологии обучения грамматике. Лингвоспектр, 3(1), 96–100. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/165

Похожие статьи

<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.