Развитие коммуникативной компетентности на занятиях по испанскому языку и ее компонентах

Аннотация
В статье развитие коммуникативной компетенции на уроке испанского языка – это процесс обучения учащихся эффективно и правильно использовать язык, то есть обеспечивать взаимопонимание языка в общении не только с грамматической точки зрения, но и с культурной и социальной точки зрения. Считается, что коммуникативная компетентность при изучении языка охватывает не только грамматические аспекты языка, но также его культурные, социальные и эмоциональные аспекты. В процессе преподавания испанского языка это взаимно и помогает обучать изучающих язык быть активными и эффективно общаться. Развитие коммуникативной компетентности также во многом способствует улучшению международного и межкультурного общения на языке. Данная статья посвящена теме «Развитие коммуникативной компетенции на уроке испанского языка и ее компонентам», теоретическим взглядам на роль современных технологий в образовании, представленным в научных исследованиях различных ученых, и опыту их использования при переводе. изучаются исследования в нашей стране и за рубежом. В процессе преподавания испанского языка это взаимно и помогает обучать изучающих язык быть активными и эффективно общаться. В статье рассматривается развитие коммуникативной компетентности, направленное на повышение активности учащихся в процессе изучения языка, развитие их мастерских навыков.
Ключевые слова:
коммуникатив компетентность лингвистический прагматический социальныйJahonda jamiyatning ijtimoiy buyurtmasidan kelib chiqib, xorijiy tillarni boshlang‘ich sinflarda va kommunikativ maqsadlarda o‘qitilishi nutq mavzulari, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablar hamda til materialidan iborat chet til o‘qitish mazmunini modernizatsiyalashtirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish, o‘qituvchining kasbiy kompetentligini oshirishga bo‘lgan extiyojni yanada kuchaytirdi (Byram, 2008). Ta’limda xorijiy tillarni o‘qitishda o‘quvchilarning til o‘rganishga ishtiyoqi, layoqati va munosabati kabi individual jihatlarini, tafakkur, xotira, diqqat kabi yoshga oid psixologik xususiyatlarini, til tajribasi va til ta’lim sharoitini inobatga olib sifat va samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kembrij, Oksford, Aston va York universitetlarida chet til bo‘yicha darajalar uchun ta’lim mazmuni, talablari va vositalarini kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, til o‘rganish usul va strategiyalarini hisobga olib takomillashtirish Zamonaviy tillar Yevropa markazi, Varshava universiteti, Gyote universitetida boshlang‘ich sinflarda chet tilini madaniyatlararo muloqot vositasi sifatida o‘qitish, Oslo Akershus va Joyensu unversitetlarida boshlang‘ich sinflarda ayrim fanlarni chet tilida o‘qitish (CLIL), Inchon, Beyjing, Leshan, Linton, Xankuang universitetlarida o‘quvchilarga chet tilini tabiiy nutqqa taxminiy yaqinlashish va og‘ziki nutqning ilgarilashi tamoyillari asosida nutq namunalari va muloqot modellarini o‘qitish ilgari surildi. Kommunikativ kompetensiya - bu tilni samarali va to‘g‘ri muloqotda ishlatish qobiliyati, ya'ni til o‘rganuvchi shaxsning tilni faqat grammatik jihatdan to‘g‘ri qo‘llash emas, balki maqsadli va muhitga mos ravishda foydalana olish qobiliyati. (Baxronova & Turamuratova, 2024, May). Bu tushuncha, asosan, tilshunoslik va til o‘rgatish jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘rganilayotgan tilning faqat texnik jihatlarini (grammatika, lug‘at) emas, balki kommunikatsion vaziyatni, kontekstni va ijtimoiy normativlarni ham hisobga olishni talab qiladi.
Ispan tili darsida kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish, o‘quvchilarda tilni nafaqat grammatik jihatdan to‘g'ri ishlatish, balki turli ijtimoiy va madaniy kontekstlarda samarali va mantiqiy muloqot qilish qobiliyatini shakllantirishni anglatadi. Kommunikativ kompetentsiya nafaqat tilni bilishni, balki uni turli vaziyatlarda va maqsadlarga muvofiq ishlata olishni ham o‘z ichiga oladi (Canale, M., & Swain, M. 1980).
Kommunikativ kompetensiya, umuman olganda, Hymes tomonidan ilgari surilgan va asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat bo‘lgan kontseptsiya sifatida qaraladi:
Kommunikativ kompetensiya, umuman olganda, Hymes tomonidan ilgari surilgan va asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat bo‘lgan kontseptsiya sifatida qaraladi:
- Lingvistik kompetentsiya (til kompetentsiyasi):
- Tilning grammatik va leksik qoidalarini bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish qobiliyati (masalan, sintaksis, morfologiya).
- Grammatika: Ispan tilining grammatik qoidalarini bilish va ularni to‘g'ri qo‘llay olish.
- Leksika: So‘z boyligini oshirish va so‘zlarni to‘g'ri tanlash.
- Fonologiya: To‘g'ri talaffuz va intonatsiya.
- Sotsial-kommunikativ kompetentsiya:
- Ijtimoiy kontekstni tushunish: Tilni qanday vaziyatda va kim bilan ishlatishni bilish, muloqotning ijtimoiy va madaniy kontekstini tushunish.
- Vaziyatga moslashuvchanlik: Formal va informal muloqot turlarini farqlay olish, ijtimoiy maqomga mos ravishda nutq shakllarini tanlash (Kramsch, C. 1993).
- Diskursiv kompetentsiya:
- Muloqotning tuzilishi: O‘quvchi nafaqat so‘zlashuvda, balki muloqotning lojiq tuzilishiga e'tibor berib, jumlalarni mantiqiy bog'lashni, fikrlarni ravon ifodalashni o‘rganadi.
- Tahrir qilish va muvofiqlashtirish: Muloqot davomida nutqni yaxshilash, savollar berish, fikrni aniqroq qilish.
- Strategik kompetentsiya:
- Muammolarni hal qilish: Til o‘rganuvchisi muloqotda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun turli strategiyalarni (masalan, so‘zlarni o‘zgartirish, gapni takrorlash yoki qayta so‘rash) qo‘llay olishi kerak.
- Noaniqliklarni bartaraf etish: Tilni bilmaydigan yoki noaniq bo‘lgan holatlarda so‘zlashuvni davom ettirish uchun kontekstga asoslanib fikrni tushuntirish yoki so‘rovlar qilish.
- Pragmatik kompetentsiya:
- Ma'no va xulq-atvor: Tilni to‘g'ri va madaniyatga mos tarzda ishlatish; turli madaniyatlar o‘rtasidagi farqlarni hisobga olish.
- Kontekstual ma'no: O‘zaro muloqotda tushunishni o‘z ichiga olgan muloqot qoidalariga amal qilish (masalan, hazilni, o‘zaro hurmatni, yoki rasmiylikni bilish).
Ispan tili o‘qitishida kommunikativ kompetensiyaning ahamiyati katta. Kommunikativ kompetensiya - bu nafaqat tilni grammatik jihatdan to‘g‘ri ishlatish, balki uni to‘g‘ri va samarali tarzda muloqot qilish, fikrlarni aniq va o‘zaro tushunishga erishish qobiliyatidir. (Hymes, D. 1972). Ispan tilini o‘qitishda bu kompetensiyaning ahamiyati quyidagicha tushuntirilishi mumkin:
Tilni faol qo‘llash imkoniyati: Kommunikativ kompetensiya tilni nafaqat akademik tarzda o‘rganish, balki real hayotda ham muloqot qilish imkonini beradi. O‘quvchilar tilni kundalik vaziyatlarda ishlatish, suhbatlar, muhokamalar, bahslar o‘tkazish orqali o‘rganadilar.
Kognitiv rivojlanish: Til o‘rganish jarayonida o‘quvchilar boshqa madaniyatni anglash, boshqa fikrlar va nuqtai nazarlarni tushunish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu o‘z navbatida ularning fikrlash va mantiqiy tafakkurini rivojlantiradi.
O‘zaro tushunishni oshirish: Kommunikativ kompetensiya o‘quvchilarga nafaqat tilni to‘g‘ri ishlatishni, balki turli madaniyatlar o‘rtasidagi farqlarni hurmat qilish va ularga moslashishni ham o‘rgatadi. Bu, ayniqsa, ispan tilini o‘rganishda muhim, chunki ispan tili turli mamlakatlar va madaniyatlarni o‘z ichiga oladi.
Motivatsiyani oshirish: O‘quvchilarni tilni o‘rganish jarayonida faollashtiradi va ularga til o‘rganishning amaliy foydasini ko‘rsatadi. Muloqot qilish uchun o‘rgatilgan til, o‘quvchilarga o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi va tildan foydalanishga rag‘batlantiradi.
Tilni o‘rganishda har tomonlama yondashuv: Kommunikativ kompetensiyaning rivojlanishi nafaqat grammatik va leksik bilimlarni, balki nutqni tushunish, nutqni shakllantirish, tinglash va gapirish kabi turli til ko‘nikmalarini ham o‘z ichiga oladi. Bu o‘quvchilarga tilni kompleks tarzda o‘rganish imkonini beradi.( Sabirova, N. A. 2022).
Shu tariqa, kommunikativ kompetensiyaning ahamiyati ispan tili o‘qitishida shunchalik katta ekanligini ko‘rsatadi. Bu kompetensiya o‘quvchilarga tilni faqat nazariy jihatdan bilish emas, balki uni real hayotda samarali va ishonchli tarzda ishlatish imkoniyatini taqdim etadi. Kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish metodlari:
- Rol o‘ynash: Turli kommunikativ vaziyatlar, masalan, restoranda buyurtma berish, do‘stlar bilan suhbatlashish, ish suhbatlari o‘rnatish kabi rollarda ishtirok etish.
- Gruppaviy ishlar: O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, jamoaviy ishlash va o‘z fikrlarini ravon ifodalashga undash.
- Debatlar va munozaralar: Fikrlarni dalillar bilan ta'minlash, qarama-qarshi fikrlarni hurmat bilan baholash va ifodalash.
- Real hayotdan misollar: Yangi tilni o‘rganayotgan shaxslarni real hayotdagi vaziyatlarda tilni qo‘llashga undash, masalan, kundalik suhbatlar, videolar orqali tilni o‘rganish. (Sabirova Nilufar Kamiljonovna, 2024).
Komunikativ kompetentsiyaning darsda amaliyotga tatbiqi:
- Interaktiv metodlar: O‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi muloqotni rag'batlantiradigan metodlar, masalan, "kommunikativ o‘yinlar" yoki "problemsizlik sinflari"ni qo‘llash.
- Tahliliy yondoshuv: O‘quvchilarni matnlarni o‘qib, tahlil qilib, savollarni muhokama qilishga jalb qilish.
- Video va audio materiallar: Ispan tilidagi dialoglarni tinglash va ularga javob berish, shuningdek, o‘quvchilarni auditoriya va video materiallarga asoslangan faoliyatlarga jalb qilish.
Ispan tilini chet tili sifatida o‘rgatishda kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish – bu talabalar tilni faqat grammatik jihatdan o‘rganish emas, balki ularni real hayotda, turli ijtimoiy va madaniy kontekstlarda samarali muloqot qilishga tayyorlashdir (Салахова, 2020). Kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirishda asosiy maqsad – tilni to‘g'ri va oqilona ishlatish, til o‘rganuvchilarining real muloqotda o‘zini ifoda etish qobiliyatini oshirishdir. Quyida kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish bo‘yicha ba'zi samarali metodlar keltirilgan:
- Muloqotga yo‘naltirilgan o‘quv metodlari
- Muloqotga asoslangan metod (CLT - Communicative Language Teaching): Bu metodda talaba tilni asosan muloqot uchun o‘rganadi. Mashg'ulotlar talabalarning tilni o‘zaro muloqotda ishlatishiga qaratilgan bo‘ladi. Misol uchun, guruhli va juftlik ishlari, rolli o‘yinlar, debatlar va simulyatsiyalar orqali talabalar tilni faol ravishda qo‘llaydilar.
- Muammoli vaziyatlar: Talabalar bilan turli real hayotdan olingan vaziyatlarni yaratish. Masalan, restoranda buyurtma berish, sayohatga chiqish, yoki do‘stlar bilan suhbatlashish kabi vaziyatlar asosida mashqlar o‘tkazish. Bu usul tilni faqat grammatik jihatdan emas, balki kontekstda ishlatishni rivojlantiradi.
- Interfaol metodlar va kooperativ o‘qitish
- Juftlik va guruh ishlari: Talabalar bir-biri bilan faol muloqot qilishlari uchun kooperativ metodlar yordamida ularni o‘qitish. Masalan, juftlikda fikr almashish, guruhlar bilan o‘yinlar o‘ynash yoki bir-biriga savollar berish orqali kommunikativ kompetensiya rivojlantiriladi.
- Rol o‘ynash (Role play): Talabalar turli rollarda (masalan, restoran xodimi, sayohatchi, ofis menejeri) o‘ynab, tilni kundalik vaziyatlarda qanday ishlatishni o‘rganadilar.
- Tilni kontekstda o‘rganish
- Kontekstga moslashtirilgan materiallar: Talabalarga turli kontekstlarda ishlatiladigan matnlar (maqolalar, hikoyalar, videolar, reklama va boshqalar) berish, shunda ular nafaqat tilni, balki madaniy, ijtimoiy va psixologik kontekstni ham tushunishlari mumkin.
- Madaniy kompetensiyani rivojlantirish: Tilni o‘rganish faqat lug'at va grammatikani o‘zlashtirish bilan cheklanmaydi. Madaniy kompetensiyani rivojlantirish uchun ispan tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar madaniyati, odatlari, urf-odatlari, ijtimoiy normalari haqida o‘rgatish kerak.
- O‘zaro fikr almashish va munozara
- Debatlar va munozaralar: Talabalar o‘rtasida bahslar va munozaralar tashkil etish, bu esa ularga fikrlarini ispan tilida ifoda etish va fikr almashish imkonini beradi. Munozara mavzulari turli ijtimoiy va madaniy masalalar bo‘lishi mumkin.
- Fikr bildirish mashqlari: Talabalarga o‘z fikrlarini erkin va to‘liq ifoda etishga imkon beradigan mashqlar. Masalan, "Sizningcha, ispan tilini o‘rganishning eng samarali usuli qanday?" kabi savollar orqali talabalar o‘z fikrlarini izchil ifodalashga o‘rgatish.
- Eski va yangi tilni birlashtirish
- Ispan tilidagi autentik materiallar: Ispan tilidagi video, audio materiallar, filmlar va musiqalarni tomosha qilish. Bunday materiallar yordamida talabalar tilning to‘g'ri talaffuzi va urg'ularini o‘rganadilar, shuningdek, turli ijtimoiy holatlarda qanday so‘zlashishni tushunadilar.
- Tilni kundalik hayotda qo‘llash: Talabalar bilan real hayotdagi vaziyatlar asosida suhbatlar o‘tkazish. Masalan, do‘konda xarid qilish, restoranda buyurtma berish yoki sayohat qilish kabi vaziyatlar. (Tashpulatova, F.S. 2024).
- Tilni faol eshitish va tinglash mashqlari
- Tinglash va tushunish: Talabalarni ispan tilida turli audiolarni tinglashga undash, so‘ngra ular haqida savollar berish. Bu ularning tinglash qobiliyatini rivojlantiradi va tilni tezda tushunishga yordam beradi.
- Interaktiv tinglash mashqlari: Talabalar audio yoki video materiallarni tinglab, asosiy fikrlarni topish, muhokama qilish, tafsilotlarga e'tibor berish kabi mashqlarni bajaradilar.
- Kompetensiyani tekshirish va baholash
- Tahlil qilish va javob berish mashqlari: Talabalar, o‘rgangan mavzulari bo‘yicha
tanqidiy fikrlar bildirishi, o‘z fikrlarini izchil va tushunarli tarzda bayon etishi kerak.
Bu tilni o‘rganishda talabaning kommunikativ kompetensiyasini tekshirishning samarali usulidir.
- Xatoliklarni tahlil qilish: Talabalar o‘zlarining xatolarini aniqlash va to‘g'irlashga o‘rgatilishi kerak. Bu usul til o‘rgatishda samarali bo‘lib, ularning o‘z-o‘zini tahlil qilish qobiliyatini oshiradi.
- Motivatsiya va talabalarga individual yondashuv
- Shaxsiylashtirilgan yondashuv: Talabalarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun ular uchun qiziqarli va individual mashqlar yaratish. Talabalar o‘zlari qiziqadigan mavzularda suhbatlashish orqali o‘z kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantiradilar.
- O‘zini ifoda etish: Talabalarga o‘z fikrlarini, his-tuyg'ularini, hayotiy tajribalarini ifoda etishga imkon berish. Bu orqali ular tilni o‘z shaxsiy ehtiyojlariga mos ravishda ishlatishni o‘rganadilar.
Bu metodlar, talabalarning ispan tilini samarali o‘rganishi va kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga yordam beradi. Ularni darslarda ijodiy va samarali tarzda qo‘llash, o‘quvchilarning tilni yanada tez va muvaffaqiyatli o‘zlashtirishiga imkon yaratadi. (Xamrakulova, B.A. 2023).
Komunikativ kompetentsiyani rivojlantirish uchun darslarda o‘quvchilarga qiziqarli va samarali o‘yinlarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Bunday o‘yinlar talabalarga ispan tilida muloqot qilishni rag'batlantiradi, ularning tilni amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini oshiradi va o‘rganilgan materialni yanada mustahkamlashga yordam beradi. (Xamrakulova, B.A. 2024). Kommunikativ kompetensiyaning ahamiyati shundaki, bu o‘quvchilarga tilni faqat yozma va og‘zaki kommunikatsiyada muvaffaqiyatli qo‘llashni emas, balki madaniyatlararo aloqalarda ham samarali muloqot qilishni o‘rgatadi. Shuningdek, ularning tilga bo‘lgan qiziqishini oshirib, o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali qiladi.5 Ispan tili o‘qitishidagi kommunikativ kompetensiyaning ahamiyati haqida quyidagi xulosani chiqarish mumkin:
Kommunikativ kompetensiya tilni nafaqat grammatik jihatdan to‘g‘ri ishlatish, balki real hayotdagi muloqotlarda samarali qo‘llash qobiliyatini ham o‘z ichiga oladi. Ispan tili o‘qitishida kommunikativ kompetensiyaning rivojlanishi o‘quvchilarga tilni faqat akademik nuqtai nazardan emas, balki kundalik hayotda muloqot qilishda ham mustahkam bilim va ko‘nikmalarni beradi.
Bu kompetensiya o‘quvchilarga:
- Tilni to‘g‘ri va samarali ishlatish,
- Madaniyatlararo farqlarni tushunish va ularga moslashish,
- Muloqotda o‘z fikrlarini aniq va tushunarli ifodalash,
- Boshqalarni tinglash va ularning fikrlarini to‘g‘ri tushunish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Shu tariqa, ispan tili o‘qitishida kommunikativ kompetensiyaning ahamiyati - bu kompetensiya o‘quvchilarni nafaqat til bilimlari bilan ta'minlabgina qolmay, balki ularni real hayotda muvaffaqiyatli muloqot qilishga tayyorlaydi. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi, ularni tilni erkin va mustaqil qo‘llashga rag‘batlantiradi, shuningdek, ularga global madaniyatlararo aloqalarda muvaffaqiyat qozonishga yordam beradi.
Bugungi kunda dunyo aholisining qariyb 60 foizi ikki yoki undan ortiq tillarda so‘zlasha oladi. Jahonda globallashuv jarayonlarini tezlashtirish, erkin bozor munosabatlariga o‘tish va ishlab chiqarishga yuqori texnologiyalarni joriy etishning rag‘batlantirilishi «lingvistik kapital»ga, ya’ni chet tillarni mukammal egallagan mutaxassislarga ehtiyojni kuchaytirdi. Chet til ta’limida sifat va samaradorlikni ta’minlash maqsadida chet tillarni o‘rganish/o‘rgatish yoshini qisqartirish tajribasi ommalashib, xalqaro fenomen tusini oldi.
Kommunikativ kompetensiya - bu insonning til orqali samarali va o‘zaro tushunish asosida muloqot qilish, axborot almashish va ijtimoiy munosabatlarni qurish qobiliyatidir. Ilmiy ishda keltirilgan tahlillar, kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning ta'lim tizimida, shuningdek, kundalik hayotda insonlar o‘rtasidagi muloqotning sifatini oshirish uchun ahamiyatini ko‘rsatadi.
Библиографические ссылки
Byram, M. (2008). From Foreign Language Education to Education for Intercultural Citizenship. Clevedon: Multilingual Matters.
Baxronova, D., & Turamuratova, I. (2024, May). Xorijiy tillarni o ‘qitishning inson shaxsiy va ijtimoiy kamolotidagi ahamiyati. In Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit (pp. 208-212).
Canale, M., & Swain, M. (1980). *Theoretical Bases of Communicative Approaches to Second Language Teaching and Testing*. Applied Linguistics, 1(1), 1-47.
Kramsch, C. (1993). Context and Culture in Language Teaching. Oxford: Oxford University Press.
Hymes, D. (1972). On Communicative Competence. In J. B. Pride & J. Holmes (Eds.), Sociolinguistics (pp. 269-293). Harmondsworth: Penguin.
Sabirova, N. A. (2022). Lingvisticheskie i universal'nie tipologii na urokax E/LE. Universum: psixologiya i obrazovanie, (2 (92)), 7-9.
Sabirova Nilufar Kamiljonovna. (2024). Factores cognitivos que influyen en la adquisición del español como segunda lengua. European scholar journal, 5(2), 47-48. Retrieved from.
Салахова, Д. С. (2020). Использование изобразительной наглядности для обучения письменной речи на уроке иностранного языка. Интернаука, (37-1), 34-36.
Tashpulatova, F.S. (2024). Ispan tili leksikasini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘rgatishning maqsad va vazifalari. Образование наука и инновационные идеи в мире, 43(3), 108-112.
Xamrakulova, B.A. (2023). Texnologiya razvitiya kommunikativno-pragmaticheskoy kompetentnosti budushix prepodavateley (na primere ispanskogo yazika). Jurnal gumanitarnix i yestestvennix nauk, (1), 13-18.
Xamrakulova, B. A. (2024). Sifrovie instrumenti i ix effektivnost' v sovershenstvovanii kommunikativnix navikov studentov. Jurnal gumanitarnix i yestestvennix nauk, (14 (2), 81-89.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2024 Барчиной Хамракулова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.