Система упражнений и их типология в процессе обучения испанскому языку

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Система упражнений и их типология в процессе обучения испанскому языку

Аннотация

В данной статье рассматривается процесс использования системы упражнений и их типология при обучении испанскому языку и ее влияние на повышение успеваемости учащихся. В статье рассматривается значение системы и типологии упражнений, используемых в формировании, развитии и совершенствовании коммуникативной компетентности при обучении иностранным языкам, особенно испанскому, то есть методике преподавания языка, рецептивным упражнениям, репродуктивным упражнениям и комплексным языковым упражнениям. а также коммуникативные и языковые навыки учащихся. Обсуждаются эффективность и преимущества системы и типологии развивающих упражнений. В данной статье подробно анализируются методические аспекты использования системы упражнений в процессе обучения испанскому языку и ее роль в образовательном процессе. Особое внимание уделено системе упражнений и их типологии, используемым при обучении иностранным языкам, особенно испанскому, с целью формирования, развития и совершенствования коммуникативной компетентности. В статье освещены следующие вопросы: значение системы упражнений в обучении языку, рецептивные упражнения для развития понимания посредством аудирования и чтения, репродуктивные упражнения для выражения своего мнения и формирования навыков использования языка на практике, комплексные языковые упражнения для Развивать развитие нескольких навыков одновременно. Коммуникативная компетентность отражает возможности повышения академических достижений учащихся за счет сочетания различных методов развития речевых навыков учащихся. В статье рассматривается система упражнений и ее положительное влияние на мотивацию и успехи учащихся в изучении языка. . При этом автор подчеркивает, что при выборе упражнений они должны соответствовать принципу градации и индивидуальным особенностям учащихся.

Ключевые слова:

обучение испанскому языку коммуникативная компетентность методика преподавания языка типология упражнений система упражнений

Kirish.  Ilm-fan va texnologiyaning jadal rivojlanishi bilan bir qatorda ta’lim vazifasining o‘rni ham yuqori darajalarda oshdi. Xorijiy tillarni oʻrgatish va oʻrganishda ta’lim o‘z funksiyasini bajarishi uchun ta’lim sifatini doimiy rivojlanishda boʻlishi kerak va sifatini oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlar talabalarning erishgan yutuqlarini sezilarli darajada oshiradi. Talabalarning  erishgan yutuqlarini oshirish uchun ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlar zarur. Ta’limda talabalarning erishgan yutuqlari haqida juda samarali omillardan biri o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan o‘qitish tamoillari va sifatidir. 

 Til o‘rganish jarayoni ko‘p qirrali, o‘z ichiga ham nazariy bilimlarni, ham amaliy ko‘nikmalarni olgan murakkab jarayondir. Bu jarayondagi har bir element bevosita o‘qitishning mashqlari bilan bog‘liqligi va til materiallari va har bir til ko‘nikmasini egallashda o‘ziga xos mashq sistemalaridan foydalanishimiz mashqlarning til o‘qitishdagi ahamiyatini ko‘rasatadi. O‘z navbatida, har bir til ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirishga xos mashq sistemalariga qo‘yilgan talablar mavjud.

Masalan, tinglab tushunishga qaratilgan mashqlar quyidagilarni ta’minlashi lozim: 1. Mashqlarning tinglanayotgan xabarning psixologik va lingvistik murakkabligiga mosligi.

  1. Tinglash jarayonining boshqa nutq turlari, ayniqsa, gapirish bilan korrelyatsiyalash imkoni.
  2. Tinglab tushunish bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini boshqara olishi.
  3. Amaliy maqsadni va ta’lim maqsadini amalga oshirishi.

Mashqlar tipologiyasi mashqlarni majud xususiyatlariga koʻra sinflash demakdir. Mashqlariy faoliyatga tayyorlash  tayyorlovchi, til mashqlari va mashqlariy faoliyatda ishtirok etishini ta’minlash mashqlariy, kommunikativ  mashqlarning asosiy sinflash belgilari hisoblanadi. 

Mashqlarni tipologiyalash, turlash, sinflash ham til oʻqitish metodikasining bahsli jihatlaridan biridir. Mashqlarni sinflarga ajratishga koʻplab urinishlarni kuzatishimiz mumkin. Ayrim uslubshunoslar mashqlar tipologiyasi aniq bir kriteriyaga koʻra amalga oshirilishi kerak, deb hisoblashsa ma’lumotning oʻzgarish darajasiga koʻra til elementlaridan foydalanishga imkon beradi.

Asosiy qism. Mashqlar tipologiyasi va tizimiga boʻlgan yondashuvlar tarixiy rivojlanish jarayonida sezilarli oʻzgarishlarga duch kelgan. Dastlabki davrlarda til aspektlariga yo‘naltirilgan mashqlar ustunlik qilgan boʻlsa, zamonaviy yondashuvlarda kommunikativ yo‘naltirilgan mashqlarga koʻproq e’tibor qaratilmoqda. Mashqlarning asosiy tipologiyalari orasida til va mashqlar, retseptiv va reproduktiv mashqlar, kompleks til mashqlari, o‘quv mashqlar muhim oʻrin tutadi. Har bir tipologiya o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, til o‘rgatish jarayonining turli bosqichlarida va maqsadlarida qo‘llaniladi (Ахмедова, 2012).

Samarali mashqlar tizimiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar kompleks xarakterga ega. Bular orasida kognitiv jarayonlarni rivolantirish, barcha til aspektlari va mashqlariy faoliyat turlarini qamrab olish, qiyinchilik darajasining o‘sib borishi, o‘zaro bogʻliqlik, takroriylik va kommunikativ yo‘naltirilganlik alohida ahamiyatga ega. Mashqlar tizimini shakllantirishda til oʻrganuvchilarning psixologik xususiyatlari, til materialining murakkabligi va kommunikativ maqsadlar inobatga olinishi zarur. Bu omillarning muvozanatli hisobga olinishi mashqlar tizimining samaradorligini oshiradi. Zamonaviy til  o‘qitish metodikasida kommunikativ  kompetensiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan mashqlar tizimi  eng  samarali  hisoblanadi. Bunday tizim til bilimlarini amaliy muloqot jarayonida qo‘llash imkonini beradi. Mashqlarni samarali qo‘llash uchun ularning o‘zaro bogʻliqligi, ketma-ketliligi va kommunikativ yoʻnaltirilganligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu prinsiplar  asosida tuzilgan  mashqlar  tizimi til o‘rganish jarayonini yanada  samarali va  maqsadli qiladi (Бакиева, Караева, Коршунова, Краева, Тешабаева & Фролова, 2012).

O‘tgan asning 60-yillar boshlarida metodik adabiyotlarda mashqlarni ularda nutqiy muloqot aktiga taqlidning mavjud yoki mavjud emasligiga ko‘ra tiplarga ajratish taklif qilindi. Mashqlar tushunchasining sinonimi sifatida kommunikativ mashqlar termini paydo bo‘ldi. Bu terminning paydo bo‘lishi bilan grammatik, leksik va fonetik mashqlar kommunikativ va nokommunikativlarga ajratila boshlandi (Patricia, & Cabrera, 1999).

Bu terminlarning afzalligi ularning nutqiy faoliyat nazariyasi, muloqot nazariyasi va psixologlarning nutqiy harakat haqidagi izlanishlariga mos kelishi bilan bog‘liq. 

Bu terminlarning afzalligi ularning nutqiy faoliyat nazariyasi, muloqot nazariyasi va psixologlarning nutqiy harakat haqidagi izlanishlariga mos kelishi bilan bog‘liq. Kommunikativ mashqlarda tildan foydalanish shakllari nutqiy harakatlarni aks ettiradi va nutqiy muloqotni talab qiladi (Livingstone, 2011).

Lekin quyidagi ikkita holat bu atamadan foydalanishni qiyinlashtirgan. Birinchidan, kommunikativlik metodik adabiyotlarda bir ma’noda sharhlanmasdi. Agar mashq, hech bo‘lmaganda, kommunikativ muloqatning tashqi tarafini aks ettirsa, bu mashq kommunikativ hisoblangan. Masalan, aytilgan gapning ta’kid yoki inkor qilinishi ham kommunikativlik hisoblangan.

Nutq mashqlari turli nutqiy faoliyatlar gapirish, yozish, tinglab tushunish, oʻqishda tabiiy muloqot mashqlari; oʻquv nutqiy yoki shartli mashqlariy mashqlar, oʻqish sharoitida nutqiy kommunikatsiyaga taqlid qiluvchi mashqlar (Sabirova, 2024).

Koʻrib turganimizdek, terminologik farqlarga qaramasdan, barcha mashqlar til materiali va nutq mashqlariga ajratilgan bo‘lib, ularni til o‘rgatish jarayonida to‘g‘ri qo‘llash va natijada o‘rganuvchini eng maqbul mashqlar yordamida muloqotga mohirona tayyorlash zarur.

Ispan tilini o‘rganish jarayonida foydalaniladigan mashqlar turli xil bo‘lib, ular tilning barcha asosiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Nutq faoliyati turlaridan tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish va gapirish kompetensiyalari uchun quyida asosiy mashq turlari va ularni qanday bajarish kerakligi haqida ma’lumot beriladi. Eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirish mashqlari. Audio va videolarni tinglash: ispan tilida tayyorlangan podkastlar, hikoyalar, filmlar yoki yangiliklarni tinglash (Sabirova, 2024).

Tinglangan so‘zlarni yoki gaplarni ovoz chiqarib qayta takrorlash.

Gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish mashqlari.

Rol o‘ynash. Hayotiy vaziyatlarni o‘ynash (do‘konda xarid qilish, restoranda buyurtma berish va hokazo). So‘z boyligini oshirish uchun so‘z o‘yinlari. Qisqa matn yoki hikoya tuzish uchun tasodifiy so‘zlardan foydalanish.

Til o‘rganish do‘stlari bilan suhbatlar. Tilni o‘rganuvchilar yoki mahalliy so‘zlashuvchilardan iborat guruhlarga qo‘shilish.

Kunlik kundalik yuritish. Har kuni chet tilida bir nechta gap yozish va ovoz chiqarib o‘qish.

 O‘qish ko‘nikmasini rivojlantirish mashqlari.

Matnni tahlil qilish. Matndan yangi so‘zlarni ajratib olib, ularning ma’nosini o‘rganish. O‘qilgan materialga savol berish. Matndan olingan asosiy fikrlar, tafsilotlar va so‘zlar ustida ishlash.

 Matnni o‘qib, uning qisqa mazmunini yozish yoki og‘zaki aytib berish.

Yozish ko‘nikmasini rivojlantirish mashqlari.

Diktantlar yozish. Audio materialni tinglab, so‘zlarni yoki gaplarni yozish.

Erkin yozuv mashqlari. Ma’lum bir mavzuda qisqa matn yozish.

Grammatika mashqlari. To‘g‘ri grammatik tuzilmalarni o‘rgatishga mo‘ljallangan topshiriqlarni bajarish. Tuzatilgan matn ustida ishlash. O‘zingiz yozgan matnni o‘qituvchi yoki do‘stingiz bilan tahlil qilib, xatolarni tuzatish.

 Lug‘at boyligini oshirish mashqlari.

So‘zlarni tasniflash. Yangi so‘zlarni mavzular bo‘yicha ajratib yozish (masalan, ovqat, sayohat, tabiat va boshqalar). Krossvord yoki so‘z qidirish o‘yinlari. Yangi so‘zlarni eslab qolishga yordam beradi.

Interaktiv mashqlar. Mobil ilovalar. Duolingo, Memrise, Quizlet kabi ilovalar tilni qiziqarli va interaktiv tarzda o‘rganish imkonini beradi.

 Onlayn testlar va o‘yinlar. Grammatik, lug‘aviy yoki talaffuz bo‘yicha testlarni bajarish. Har bir mashqni amalga oshirganda maqsadga muvofiqlikni va bosqichma-bosqich yondashishni unutmaslik kerak. Har kuni oz miqdorda bo‘lsa ham muntazam ishlash katta natijalarga olib keladi. Mashqlarning ma’lum tizim holida boʻlishligi ularning muvaffaqiyatli qoʻllanilishining eng birinchi va asosiy xususiyatidir. Mashqlar tizimining kamchiligi esa koʻp sonli va koʻp vaqt bajariladigan mashqlarning samarasiz natijalarning asosiy sababidir. Til oʻqitish shart-sharoitlarining tizimini yaratish muammosi amaliy va nazariy jihatdan juda muhim hisoblanadi (Салахова, 2020).

Metodikaning bugunga qadar yetarli, ma’lum maqsadda yoʻnaltirilgan mashqlar tizimiga ega emasligi bilan belgilanadi. Chet tilini oʻqitishda qoʻllaniladigan mashqlarning ayrim tip va turlari samarali boʻlsa, ular til oʻrgatishning butunlay muvaffaqiyatli boʻlishligini belgilaydi. Til oʻrgatishdagi muvaffaqiyat faqat mashqlarning samarali tizimini ta’minlashi mumkin. Bu muammo nazariy jihatdan eng murakkab hisoblanadi. Bugungi kunda  oxirgacha hal qilinmagan metodikaning vazifalari sifatida mashqlar tizimidagi quyidagi tushunchalar “tizim”, “kichiktizim”, “seriya”, “sikl”, “mashqlar guruxi” kabi tushunchalarni koʻrsatish mumkin (Tashpulatova, 2024).

 Bu terminlarning ma’nosini quyidagi misolda koʻrsatamiz. Chet tillarni oʻqitishda qoʻllaniladigan mashqlar tizimiga toʻrtta kichik tizimdagi mashqlar kiradi:

  1. Gapirishni oʻrgatadigan mashqlar.
  2. Tinglab tushunishni oʻrgatadigan mashqlar
  3. Oʻqishni oʻrgatadigan mashqlar.
  4. Yozuvni oʻrgatadigan mashqlar.

Har bir kichik tizimdagi mashqlar oʻz navbatida bir necha xususiy koʻnikmalarga oʻrgatadigan mashqlar yigʻindisini oʻz ichiga olishi mumkin. Masalan, diologik mashqlarni oʻrgatadigan mashqlar  yigʻindisi monologik mashqlarni oʻrgatadigan mashqlar toʻplami.

Har bir mashqlar toʻplami mashqlariy va texnikaviy malakalarni oʻrgatadigan uchta mashqlar seriyasidan tashkil topadi. Har bir mashqlar seriyasi oʻz navbatida qator mashqlar tizimini oʻz ichiga oladi. Masalan, talaffuzni oʻrgatadigan mashqlar, gapirishni sintaktik tomonini oʻrgatadigan mashqlar, og‘zaki mashqlarning morfologik malakalarini oʻrgatadigan mashqlar sikli. Mashqlar sikli ma’lum, til hodisalarini oʻrgatadigan ancha kichik mashqlar guruhiga boʻlinishi mumkin.

Mashqlar tizimini tuzishdagi asosiy metodik tamoyillar. Har bir mashq kichik tizimini tuzishdagi birinchi metodik tamoyil mashqlarning asosiy tiplari va turlarini oʻrgatilayotgan mashqlar faoliyati turi lingvopsixologik xarakteristikalariga mos kelishlik tamoyili hisoblanadi. Ushbu tamoyilga muvofiq gapirishni oʻrgatadigan mashqlar kichik tizimida gapirishda qo‘llanadigan kommunikativ mashqlar, kishini oʻrgatadigan mashqlar kichik tizimida o‘qishda qoʻllaniladigan kommunikativ mashqlar asosiy oʻrinni egallashi kerak (Хамракулова, 2024).

Mashqlar tuzishda qoʻllanadigan ikkinchi tamoyil oʻquv jarayonida turli mashqlar faoliyati turlarining bir-biriga ijobiy ta’sir etilishlarini hisobga olishlik tamoyilidir. Mashqlar faoliyati turlari: Tinglab tushunish, Oʻqish, Yozish, Gapirish.

  1. Chet tillarni oʻqitish mashqlari va turlari

Mashqlar tizimi mashq tiplariga boʻlinadi. Mashq tiplari esa oʻz ichiga mashq turlarini oladi yoki tiplari mashq turlarining yigʻindisidir. Metodistlar mashqlarni oldin 2 ta tipga ajratganlar:

Til mashqlari

Mashqlar mashqlari.

Til mashqlari. Til mashqlari til materiallarini oʻrgatish, oʻzlashtirishni, ularni oʻrgatishdagi qiyinchiliklarni yoʻqotishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Shuning uchun ular leksika, grammatika, fonetika yoki talaffuz, orfografiyani oʻrgatish mashq turlariga boʻlinadi. Mashqlar mashqlari esa til materiallari fonetika, leksika, grammatika, orfografiya asosida mashqlar faoliyati (tinglab tushunish, gapirish, oʻqish, yozuv)turlarini shakllantirish, oʻrgatish, rivojlantirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Shu sababdan bu mashq tipini tushunish, gapirish, yozuv mashq turlariga boʻlish mumkin. Keyinchalik esa til mashqlari tayyorlov mashq tiplari deb atala boshlandi.

Til mashqlari mashqlarni rivojlantirish, lug‘at boyligini oshirish va tilni o‘rganish jarayonida yordam beruvchi muhim usullardan biridir. Quyida turli darajadagi til o‘rganuvchilar uchun mashqlari keltirilgan:

 Boshlang‘ich daraja:

 Yangi so‘zlar o‘rganish.

  • Har kuni 5-10 ta yangi so‘z o‘rganib, ularni gaplarda qo‘llash
  • So‘zlarni tasviriy lug‘at yordamida o‘rganish.

 Oddiy gap tuzish.

  • Har bir o‘rganilgan yangi so‘z bilan 2-3 ta sodda gap tuzish.

Masalan: “Libro” so‘zi bilan: Yo leo el libro

Audio tinglash:

  • O‘rganayotgan tilda oddiy dialog yoki qisqa hikoyalarni tinglash.
  • So‘zlarning talaffuziga e’tibor berish.

O‘rta daraja:

Matnlar bilan ishlash:

  • Kichik hikoya yoki maqolani o‘qish va uning mazmunini qayta hikoya qilish.
  • Matndan yangi so‘zlarni ajratib olib, ularning ma’nosini yozib olish.

Savol-javoblar:

  • Matn asosida savollar tuzish va ularga javob berish.
  • Masalan: Nima uchun bu hikoya muhim? kabi savollar.

So‘z boyligini oshirish:

  • Sinonim va antonimlarni izlab topish, gaplarda qo‘llash. Ejemplos: katta - ulkan, kichik - mitti*.

 Yuqori daraja:

 Insholar yozish: 

  • O‘zingizni qiziqtirgan mavzuda qisqa insho yozish.
  • Yozgan matningizni o‘qib, grammatik va stilistik xatolarni topish.

Bahslar va muhokamalar:

  • Tanlangan mavzuda o‘z fikringizni bildirish.
  • Qarama-qarshi fikrni himoya qilishga harakat qilish.

Murakkab matnlarni tahlil qilish:

  • Adabiy asar, maqola yoki ilmiy ishni o‘qish.
  • O‘qilgan matn asosida savollar tuzish va ularning javobini batafsil yozish.

Barcha darajalar uchun.

 O‘yinlar va interaktiv mashqlar.

  • Lug‘at o‘yinlari (rebuscar, embrollo).
  • Aniq bir mavzu bo‘yicha so‘z qidirish yoki jumla tuzish.

Mobil ilovalar va onlayn resurslardan foydalanish.

  • Duolingo, Memrise, Quizlet kabi platformalarda mashq qilish.

Kunlik kundalik tutish.

  • Har kuni 3-5 jumla yozib, tavsiflash.

 Mashqlar soʻzlash qobiliyatini oshirish uchun juda foydali boʻlib,quyida  turli mashqlar tipologiyasi keltirilmoqda.

  • Tovushlar ustida ishlash: Har bir tovushni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun maxsus mashqlarni bajarish. Unli tovushlarini kuchli talaffuz qilinishi. Misol: Bir matnni avval shivirlab, keyin odatiy ohangda, oxirida esa baland ovozda o‘qib chiqish. Harflarni to‘liq va aniq talaffuz qilishga e’tibor berish.

 Matn o‘qish.

  • Har kuni 5-10 daqiqa sekin va aniq matn o‘qib mashq qilish.
  • Jumlalarning ohangini va mantiqiy urg‘ularini to‘g‘ri qo‘yishga harakat qilish.

 So‘z boyligini oshirish.

  • Yangi so‘zlarni yodlab, ular bilan jumlalar tuzish.
  • Kun davomida o‘qigan matnini yoki ko‘rgan film haqida qisqa mashqlar tayyorlash.

 Qiyin so‘zlarni talaffuz qilish

  • Qiyin yoki kam ishlatiladigan so‘zlarni talaffuz qilishni mashq qilish.

Masalan: “Statistika”, “Ekspeditor”, “Nafislik”

 Dialog mashqlari

  • O‘z-o‘zingiz bilan yoki sherik bilan savol-javob qilib mashqlar so‘zlashni mashq qilish.
  • Kundalik hayotiy vaziyatlarni sahnalashtirish.

Masalan: Do‘konga borish, tanishuv, suhbat.

Yaxshi notiqlar, aktyorlar yoki diktorlarning mashqlarini eshitib, ularning talaffuzini va ohangini takrorlash.

  • Kommunikativ mashqlar.
  • Kommunikativ boʻlmagan mashqlar.

Kommunikativ mashqlar: Til o‘rganishda o‘zaro muloqotni, mashqlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar bo‘lib, ular o‘quvchilarning muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu mashqlar mashqlarning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratadi. So‘zlashuv ko‘nikmasini rivojlantirish: O‘quvchilar o‘z fikrlarini ifodalashda faol qatnashadilar.

Tinglab tushunish: Suhbatdoshning mashqlarini tinglash va tushunishga o‘rgatadi.

Erkin mashqlarni rivojlantirish: Qiziqarli mavzularda suhbatlashish orqali erkin ifoda qilish ko‘nikmasi shakllantiriladi.

Qaror qabul qilish: O‘quvchilar muloqot jarayonida muayyan qarorga kelishni o‘rganadilar.

Kommunikativ mashqlar turlari:

Dialog va suhbatlar: Juftlikda yoki kichik guruhlarda suhbat tashkil qilish (savol-javob orqali muloqot qilish)

Rolli o‘yinlar: O‘quvchilarni muayyan vaziyatga mos rollarni bajarishga undash( do‘konda xarid qilish, sayohatga tayyorgarlik ko‘rish)

Muammoli vaziyatlar: Muammoni hal qilish bo‘yicha fikr almashish

Guruh loyihalari: Guruh bo‘lib biror mavzuda loyiha tayyorlash va uni taqdim etish. Masalan: “Men  orzu  qilgan shaharcha” mavzusida loyiha yaratish.

Ko‘rgazmali materiallar bilan ishlash: Surat, video yoki audiomaterial asosida muloqot. Masalan: bir suratni ko‘rsatib, gapirtirish.

Ushbu mashqlar o‘quvchilarni erkin muloqotga o‘rgatadi va tilni amalda qo‘llash qobiliyatini mustahkamlaydi.

Kommunikativ bo‘lmagan mashqlar: Til o‘rgatish jarayonida tilning grammatik yoki leksik qoidalarini mashq qilish va takomillashtirishga qaratilgan. Bu turdagi mashqlarda asosiy e’tibor qoidalarni to‘g‘ri qo‘llashga qaratiladi va ular odatda muloqot orqali amalga oshirilmaydi. Quyida kommunikativ bo‘lmagan mashqlarga misollar keltiriladi.

Bo‘shliqni to‘ldirish mashqlari. 

Berilgan jumlalardagi bo‘sh joylarni kerakli so‘z yoki grammatik shakl bilan to‘ldirish: Misol: Julieta Venegas 

Nació en Tijuana (Mexico) en 1970. A los ocho años 1............................. a estudiar piano clásico. Cuando. 2........................... estudiante, empezó. 3.................................. en él grupo Chantaje, por investigación de un amigo, y a componer canciones. Tras formar. 4................................ otros grupos, en 1996 se 5.............................. simplemente en Julieta Venegas.

(a tocar, Carrera, participado, comenzó, actualmente, guitarra)

Grammatik qoidalarni yodlash va qo‘llash

O‘quvchilarga qoidalarni yodlatish va shu asosda gaplar tuzdirish. 

Misol: Mayl  zamonlarida jumlalar tuzish: 

Completa las oraciones con el Pretérito Perfécto  de indicativo

  1. ¿Tú (ver)____________ este película hoy? (has visto)
  2. Por la mañana los estudiantes (llegar)__________temprano a la universidad (han legado)

Bu mashqlar muloqot qilish maqsadini ko‘zlamaydi, balki til strukturasi bo‘yicha bilimni mustahkamlashga xizmat qiladi. Keyinchalik, bu bilimlarni kommunikativ mashqlar orqali amaliyotda qo‘llash mumkin.

Talaffuz mashqlari

Talaffuz mashqlari mashqlarni aniq va ravon qilish uchun muhimdir. Quyida talaffuzni yaxshilashga yordam beradigan bir nechta mashqlar keltirilgan:

Tovushli mashqlar - Harf va tovushlarni mashq qilish.

Unli tovushlarni aniq va kuchli talaffuz qilinishi.

Undosh tovushlarning artikulatsiyasida oʻzgarishlari.

Audio yoki video yozuvlar: O‘zingizni yozib olish va eshitish. Xatolarni aniqlab, ularni to‘g‘irlashga harakat qilish.

Leksik mashqlar

Leksik mashqlar – bu soʻz boyligini oshirish, soʻzlarning ma’nosini yaxshiroq tushunish va ularni toʻgʻri qoʻllashga yordam beruvchi mashqlar toʻplamidir. Quyida leksikani rivojlantirish uchun bir nechta mashq turlari keltirilgan: 

Sinonim va Antonimlarni topish.

  • Soʻzlar juftligini berib, ular orasidan sinonim yoki antonimlarni topish soʻraladi. Masalan: Sinonimlar:  grande- enorme, bonito-guapo  

Antonimlar:  claro - oscuro, rico - pobre

Soʻz yasalishi boʻyicha mashqlar

- Berilgan fe’llardan yangi soʻzlarni hosil qilish. Masalan: escribir-escritor, escrita.

 Matndan yangi soʻzlarni oʻrganish. Oʻqilgan matndan bilmagan soʻzlarni ajratib olib, ularning ma’nolarini aniqlash va jumlada qoʻllash.

 Oʻxshash soʻzlarni topish: Soʻzlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash. Masalan: Mar-agua, sol-rayo (Sabirova, 2024).

Xulosa. Ispan tilini o‘qitishda va o‘rganishda mashqlardan foydalanish bo‘yicha ilmiy xulosalar ta’lim metodikasi, lingvistika, psixologiya va pedagogika  tadqiqotlariga asoslanib quyida xulosalar keltiriladi ya’ni mashqlarni tanlash va tuzishning ahamiyati foydalaniladigan mashqlar o‘quvchilarning bilim va malaka darajasiga moslashtirilishi kerak. Juda oson yoki murakkab bo‘lgan mashqlar o‘quvchilarning ilm va bilimga boʻlgan ishtiyoqini kamaytiradi. Ispan tilini oʻrganish jarayonida ma’lumotlarni takrorlash, mashqlar orqali yangi o‘rganilgan materiallar qayta-qayta ishlatilishi lozim. Takrorlash materialni mustahkamlashda juda muhimdir.

Mashqlarni turli maqsadlarda qo‘llash ya’ni leksik va grammatika mashqlar yangi so‘zlar va grammatik qoidalarni o‘rgatishda zarur. Mashqlar ko‘nikmalari uchun  suhbatga asoslangan mashqlar tilni muloqot vositasi sifatida o‘zlashtirishga yordam beradi. Mashqlar faoliyati turlaridan tinglab tushunishni rivojlantirish va yozuv ko‘nikmalari uchun mashqlar asosan audio yoki video materiallar asosida mashqlar tinglash malakasini shakllantirib insholar yozish, jumla tuzish kabi mashqlar  esa ifodali yozishni rivojlantiradi. Ispan tilini o‘qitishda mashqlar toʻplamini qo‘llashda psixologik omillarni hisobga olish zarur. Bu omillar Motivatsiya, Individual yondashuv, Ilmiy  yoʻnalishga asoslangan omillar tarkibi o‘quvchining qobiliyatlari va o‘zlashtirish tezligi, mustaqil fikrlashi, samaradorlikni oshirishi kabi bilim, koʻnikma va malakasini oshiradi.

Библиографические ссылки

Ахмедова, Л. (2012). Теория и практика обучения профессиональной русской речи студентов-филологов (на материале художественных текстов). Каталог авторефератов, 1(1), 1-46.

Бакиева,Х., Караева,Б.Х., Коршунова,Е.Н., Краева,И.А., Тешабаева,Д.М., & Фролова,Г.М. (2012).Узбекский язык для стран СНГ.

Patricia, G., & Cabrera, A.F. (1999). Evaluación de Competencia Comunicativa en Español como Lengua Extranjera. Concepción: Editorial Dirección de Docencia, Universidad de Concepción.

Livingstone, K.A. (2011). La evaluación de un modelo metodológico mixto para mejorar las habilidades productivas y receptivas en español como segunda lengua: un estudio cuasi-experimental. Lengua y Habla, (15),33-58.

Sabirova, N.K. (2024). Factores cognitivos que influyen en la adquisición del español como segunda lengua. European Scholar Journal, 5(2), 47-48. Retrieved from https://www.scholarzest.com/index.php/esj/article/view/4309

Sabirova N.A. (2024). Talabalarning yozma nutqini o‘stirishda yozma ishlarning ahamiyati. Journal of Research and Innovation, (2(3)), 14-18.

Салахова, Д.С. (2020). Использование изобразительной наглядности для обучения письменной речи на уроке иностранного языка. Интернаука, (37-1), 34-36.

Tashpulatova, F. S. (2024). Ispan tili leksikasini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘rgatishning maqsad va vazifalari. образование наука и инновационные идеи в мире, 43(3), 108-112.

Хамракулова, Б. А. (2024). Цифровые инструменты и их эффективность в совершенствовании коммуникативных навыков студентов. Журнал гуманитарных и естественных наук, (14 (2)), 81-89.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Феруза Ташпулатова,
Узбекский государственный университет мировых языков

Старший преподаватель

Как цитировать

Ташпулатова, Ф. (2024). Система упражнений и их типология в процессе обучения испанскому языку. Лингвоспектр, 3(1), 171–179. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/178

Похожие статьи

<< < 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.