Исследовательские основы новых классифицированных методов обучения иностранному языку

Авторы

  • Каршинский государственный университет
Исследовательские основы новых классифицированных методов обучения иностранному языку

Аннотация

В данной статье рассматривается роль интерактивных методов в обучении иностранным языкам, особенно подчеркивается их эффективность в активном обучении, развитии языковых навыков и вовлеченности учащихся. Исследуется эволюция методов преподавания языка и подчеркивается переход от традиционных методов, ориентированных на преподавателя, к подходам, ориентированным на учащихся и основанным на общении. Например, основные теории, повлиявшие на изучение языка; Обсуждаются коммуникативное обучение языку (CLT), обучение на основе задач (TBL) и командное обучение. В итоговой работе над проектом будут продемонстрированы различные интерактивные методы, такие как групповая работа, ролевые игры и проектные задания, а также их использование в классе. На основе анализа литературы и практических примеров показано, что интерактивные методы помогают развивать навыки говорения, аудирования и культурного общения, а также повышают мотивацию и самостоятельность учащихся. Однако в классе также обсуждаются такие вопросы, как управление, временные ограничения и интеграция технологий. Вывод данной проектной работы заключается в том, что, несмотря на значительные преимущества интерактивных методов, их успешная реализация требует хорошего планирования и адаптации к различным условиям обучения. Мы знаем, что такие методы требуют активного участия учащихся, они побуждают учащихся решать задачи, работать в группах и обмениваться идеями.

Ключевые слова:

интерактив CLT TBL технология коммуникативность навык метод преподаватель

Ingliz tilini o‘qitish metodikasida yangi usullarni ishlab chiqish va qo‘llash ta’lim tizimining samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Chet tilini o‘qitishda amaliy va nazariy yondashuvlar har doim rivojlanib, zamon talablariga moslashib boradi. Bugungi kunda, kommunikativ yondashuv, interaktiv metodlar, texnologiyalar yordamida o‘qitish kabi yangi pedagogik usullar chet tili o‘qituvchilarining faoliyatida keng qo‘llanilmoqda.

Chet tilini (ingliz tilini ) o‘qitish metodologiyasida o‘zgarishlar va yangiliklar bilan birga, o‘quvchilarning ehtiyojlari, o‘qituvchining malakasi, texnologiyalar va globalizatsiya kabi omillar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, chet tilini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish, ularning tilni o‘zlashtirishdagi muvaffaqiyatini oshirish maqsadida ilg‘or metodologik usullarni qo‘llash talab etiladi. Boshqa fanlar kabi chet tili o‘qitishda ham ilmiy tadqiqotlar, tajribalar va tahlillar yordamida o‘quv jarayonini optimallashtirish va yangilash zarurati yuzaga kelgan. Bunda yangi pedagogik yondashuvlar, texnologiyalar va metodikalar sinovdan o‘tkazilib, samaradorligi tahlil qilinadi. Ushbu jarayonning tadqiqiy asoslarini o‘rganish, chet tili o‘qituvchilarining metodik kompetentsiyasini oshirishga xizmat qiladi.

Kommunikativ yondashuv (Communicative Approach). Chet tilini (ingliz tilini) o‘qitishda kommunikativ yondashuv bugungi kunda eng samarali usul sifatida keng tarqalgan. Ushbu yondashuv o‘quvchilarning tilni amaliyotda, real hayotdagi vaziyatlarda qo‘llash qobiliyatini rivojlantiradi. Kommunikativ yondashuvning tadqiqiy asoslari til o‘rganish jarayonida muloqotning ahamiyatiga asoslanadi. Bu usulda o‘quvchilarga tilning grammatik va leksik tizimidan tashqari, uning ijtimoiy va madaniy kontekstini tushunish ham o‘rgatiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu yondashuv o‘quvchilarning o‘zaro muloqotda faol ishtirok etishiga, tilni erkin va ravon ishlatishiga imkon yaratadi.

Integratsiyalangan yondashuv (Integrated Approach). Ushbu yondashuvda o‘qituvchi o‘quvchilarni turli ko‘nikmalarni integratsiyalashgan tarzda o‘rgatadi. Masalan, tinglash, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini birlashtirish orqali o‘quvchilarga keng ko‘lamli til amaliyoti taqdim etiladi. Integratsiyalashgan yondashuv nafaqat tilni o‘rganishning samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchilarga turli vaziyatlarda tilni qo‘llashda yordam beradi. Tadqiqotlarda, bu yondashuvni qo‘llash orqali o‘quvchilarning umumiy til ko‘nikmalari sezilarli darajada yaxshilanganligi aniqlangan.

Interaktiv metodlar o‘quvchilarni faollashtiradigan va ularga o‘z fikrlarini erkin ifodalash imkoniyatini beradigan usullarni o‘z ichiga oladi. Darslarda guruhli ishlar, rolli o‘yinlar, munozaralar va simulyatsiyalar yordamida o‘quvchilarning muloqot va ijtimoiy ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bu metodlar, o‘quvchilarning o‘zaro fikr almashish va tilni amaliyotda qo‘llash qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Tadqiqotlar interaktiv metodlar yordamida o‘quvchilarning tilni o‘rganish motivatsiyasi va samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.

Texnologiyalardan foydalanish (Blended Learning). Zamonaviy texnologiyalar chet tilini o‘qitishda muhim o‘rin tutadi. Kompyuter, internet, mobil ilovalar va boshqa interaktiv vositalar orqali o‘quvchilarga yangi usullar yordamida ta’lim berish samaradorligini oshiradi (Krashen, 1981). Blended learning (aralash ta’lim) modeli, onlayn va oflayn metodlarni birlashtirib, o‘quvchilarga ko‘proq imkoniyatlar yaratadi. Bu yondashuvda o‘quvchilarni texnologiyalar orqali mustaqil o‘rganishga rag‘batlantiradi. Tadqiqotlar, texnologiyalar yordamida o‘qitishning o‘quvchilarning til o‘rganishdagi muvaffaqiyatlarini sezilarli darajada oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Kognitiv yondashuv. Kognitiv yondashuv ingliz tilini o‘rganishda o‘quvchining ongini va aqliy jarayonlarini, xususan, eslab qolish va tushunishni rivojlantirishga qaratilgan. Bu usul o‘quvchining o‘z-o‘zini anglashiga, tilning strukturalarini tushunishga, fikrlash va tilni faol qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kognitiv yondashuv yordamida o‘quvchilar tilni yanada chuqurroq o‘zlashtiradilar va uni samarali qo‘llashda yaxshilanishlar kuzatiladi.

Madaniy yondashuv. Chet tilini o‘rganish faqat grammatika va leksikani o‘zlashtirishdan iborat emas, balki o‘quvchiga o‘sha tilni gapiradigan xalqning madaniyatini tushunish ham muhim ahamiyatga ega. Madaniy yondashuv orqali o‘quvchilar tilning ijtimoiy, tarixiy va madaniy kontekstini o‘rganadilar. Bu yondashuvning tadqiqiy asoslari madaniyat va tilning bir-biriga bog‘langanligini ko‘rsatadi. O‘quvchilar tilni o‘rganish jarayonida nafaqat lingvistik ma’lumotlarga ega bo‘lishadi, balki chet el madaniyatini, qadriyatlarini, urf-odatlarini ham o‘rganadilar (Ausubel, 1994).

XIX asr: grammatika-translyatsiya usuli (Grammar Translation Method). XIX asrda til o‘rgatish usullari asosan grammatika-translyatsiya usuliga asoslangan edi. Ushbu usulda til o‘rganish, grammatik qoidalarni yodlash va so‘zlarni tarjima qilish orqali amalga oshirilardi. Bu yondashuv asosan yozma va akademik tilni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, muloqotli nutqni rivojlantirishga unchalik e’tibor berilmagan (Birdsong, 2001). Wilhelm Viyotor (1848-1922) – Viyotor grammatika-translyatsiya usulini tanqid qilib, til o‘rganish jarayonida muloqotga asoslangan usullarning zarurligini ta’kidlagan. Uning fikricha, til o‘rganishda muloqot va praktika muhim ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Franz Bopp (1791-1867) – til o‘rgatishda grammatika qoidalarini asosiy ahamiyatga ega deb bilgan va tilni o‘rganishning mantiqiy jihatini ta’kidlagan.

XX asr boshlaridagi yondashuvlar.Tilni muloqot orqali o‘rgatish. XX asrning boshlari va o‘rtalarida tillarni muloqot orqali o‘rgatish g‘oyasi ommalashdi. Bu davrda til o‘rganishning ko‘proq amaliy va muloqotga yo‘naltirilgan yondashuvlari paydo bo‘ldi.

  1. Natural usul (The Direct Method)

Natural usul, Friedrich Schleiermacher va Franz Hegel kabi olimlarning ishlariga asoslanadi. Bu usulda tilni o‘rganish tabiiy metodlar orqali, ya’ni gapirish, tinglash, o‘qish va yozish kabi amaliy faoliyatlarni takrorlash orqali amalga oshiriladi. Bu metodda grammatikani yodlashdan ko‘ra, tilni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot orqali o‘rganishga e’tibor qaratiladi. Maximilian Berlitz (1852-1921). Berlitz tizimi bu metodning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. U, tilni o‘rganish jarayonida grammatik qoidalarni o‘rgatishdan ko‘ra, tilni amaliy ishlatishga e’tibor qaratishni maqsad qilgan. Harold Palmer (1877-1949) – Palmer, tilni o‘rgatishda har qanday ilmiy izohlar yoki tarjima ishlatishdan ko‘ra, muloqotni asosiy vosita deb bilgan.

  1. Audiolingval usul (Audiolingual Method)

1940-1950-yillarda, ikkinchi jahon urushidan so‘ng, AQShda audiolingual usul paydo bo‘ldi. Ushbu usulda til o‘rgatish asosan takrorlash va imtihonlardan o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lib, to‘g‘ri talaffuz va grammatikaning avtomatik shakllanishiga urg‘u berildi. Charles Fries (1900-1967) – Audiolingval usulning asoschisi sifatida tanilgan, Fries tilni o‘rgatishda mashqlar va grammatikaviy qayta ishlashni muhim deb hisoblagan. U, til o‘rganishni nutq va tinglash orqali samarali amalga oshirishni ta’kidlagan. Zoltan Dornyei – u audiolingual usulning foydaliligini, lekin til o‘rganishda ijtimoiy va madaniy omillarni hisobga olish kerakligini ta’kidlagan.

60-70 yillarda: kognitiv yondashuv va tilni o‘rganishning kognitiv modeli

1960-yillarda kognitiv yondashuvlar rivojlandi. Bu yondashuv, til o‘rganish jarayonida miyaning faol ishtirokini ta’kidlab, tilni faqat tashqi muloqot vositasi emas, balki ong va xotirani rivojlantirish vositasi sifatida ko‘radi. Noam Chomsky tomonidan ishlab chiqilgan universal grammatika nazariyasi kognitiv yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydi. Noam Chomsky – Chomskyning universal grammatika nazariyasi, til o‘rganishni tabiiy ravishda amalga oshiriladigan jarayon sifatida tasavvur qiladi. U, tilning psixologik aspektlarini va o‘rganish jarayonida miya qanday ishlashini o‘rganishga katta e’tibor qaratgan. Jerome Bruner – til o‘rganish jarayonida tushuncha va ma’lumotni kognitiv ravishda qayta ishlash muhim ekanligini ta’kidlagan. U tilni o‘rgatishning ijtimoiy va madaniy aspektlarini rivojlantirgan.

80-90-yillar: Kommunikativ yondashuv (Communicative Approach)

1980-yillarda kommunikativ yondashuv keng tarqaldi. Bu yondashuv tilni o‘rgatishda muloqotni asosiy maqsad deb biladi. Til o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga real hayotdagi vaziyatlarda tilni qo‘llashga imkoniyat yaratish zarur. Michael Halliday – Halliday til o‘rganishni faqat tilning grammatik tuzilmasi emas, balki uning ijtimoiy va kommunikativ rolini ta’kidladi. Canale va Swain ular, kommunikativ kompetensiyani, ya’ni tilni ijtimoiy kontekstda samarali qo‘llashni rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo‘yishdi.

Hozirgi davr: texnologik yondashuvlar va onlayn o‘qitish

Bugungi kunda, texnologik yondashuvlar til o‘rgatish jarayonida katta rol o‘ynaydi. Kompyuterlar, mobil ilovalar, va onlayn platformalar yordamida til o‘rganish yanada interaktiv va samarali bo‘ldi. O‘quvchilar global miqyosda boshqa til va madaniyatlar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega. Mark Warschauer – Warschauer, texnologiyaning til o‘rgatishda samarali vosita ekanligini, ayniqsa onlayn muloqot va virtual o‘quv muhitlarining ahamiyatini ta’kidladi. David Nunan – yangi texnologiyalar yordamida kommunikativ yondashuvni rivojlantirish va talabalarga real va virtual muloqot orqali tilni o‘rgatishni maqsad qilgan. Til o‘rgatish usullarining evolyutsiyasi vaqt o‘tishi bilan doimiy ravishda o‘zgarib, yangi yondashuvlar, nazariyalar va metodikalar ishlab chiqilgan. Har bir davr o‘zining maqsadlariga va ehtiyojlariga mos ravishda til o‘rgatish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan. Ushbu usullar tilni o‘rgatishning nafaqat grammatik va struktural jihatlarini, balki kommunikativ, kognitiv va texnologik aspektlarini ham hisobga oladi (Bornstein, 2000).

Tillarni o‘rgatishda interaktiv metodlar o‘quvchilarga bilimlarni faqat passive tarzda qabul qilish emas, balki faol tarzda olish va o‘zaro muloqot orqali tilni amalda qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Interaktiv metodlarning asosiy mohiyati shundaki, ular o‘quvchilarning fikr almashishini, muammolarni hal qilishni, faol ishtirok etishni va o‘z bilimlarini faol ravishda o‘rganishni rag‘batlantiradi. Bu metodlar o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil fikrlash, shuningdek, kommunikativ ko‘nikmalarini oshirishda katta ahamiyatga ega. Quyida interaktiv metodlarning mohiyati va turlari haqidagi olimlarning fikrlari va amaliy misollar keltirilgan.

O‘quv jarayonida chet tillarini o‘qitishning samaradorligini oshirishda interaktiv metodlarning o‘rni juda katta. Ushbu metodlar talabalarga til o‘rganish jarayonini faollashtirish, ularga mustaqil fikrlash va o‘zaro hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Bu bitiruv loyiha ishida interaktiv usullar talabalarga tilni nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy ravishda, ya’ni kommunikativ maqsadlar asosida o‘rganishga yordam berishi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shu bilan birga, interaktiv metodlarni qo‘llash o‘quvchilarning o‘z fikrlarini erkin ifodalashga, fikrlarini mantiqiy ravishda tuzishga, o‘zaro fikr almashish orqali o‘z bilimlarini kengaytirishga imkon yaratadi. Ularning kommunikativ qobiliyatlarini oshirish bilan birga, mustaqil o‘rganish va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, chet tillarini o‘qitishda interaktiv metodlarning qo‘llanilishi o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ta’lim samaradorligini yuqorilaydi hamda o‘quv jarayonini qiziqarli va interaktiv qiladi. Shu bilan birga, o‘qituvchilar uchun ham yangi pedagogik yondashuvlarni sinab ko‘rish va amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Chet tillarini o‘qitishda interaktiv metodlar nafaqat talabalarning faolligini oshiradi, balki ularning til o‘rganish jarayoniga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi, o‘zaro muloqot va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ushbu metodlar o‘qituvchi uchun o‘quv jarayonini qiziqarli, samarali va interaktiv tarzda tashkil etishga yordam beradi. Shuningdek, interaktiv metodlar o‘quvchilarga tilni mustaqil va amaliy ravishda o‘rganish imkoniyatini yaratadi, bu esa ularning kommunikativ kompetentsiyasini oshiradi.

Библиографические ссылки

Ausubel D.P. Adults versus children in second-language learning: psychological considerations, Modern Language Journal, 48. 1994. – P.420-24.

Birdsong D., & Molis M. On the evidence for maturational effects in second language acquisition, Journal of Memory and Language, 44. 2001. – P.235-249.

Bornstein M. H. Sensitive periods in development: Structural characteristics.

Krashen, S. D. Ikkinchi tilni o‘zlashtirish va ikkinchi tilni o‘rganish. Oksford: Pergamon. 1981.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Oрзигуль Oтамуродова,
Каршинский государственный университет

Преподаватель

Как цитировать

Oтамуродова O. (2025). Исследовательские основы новых классифицированных методов обучения иностранному языку. Лингвоспектр, 4(1), 122–126. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/279

Похожие статьи

<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.