Methodology of developing professional lexical competences of journalism students

Authors

  • University of Journalism and Mass Communications of Uzbekistan
Методика развития профессиональных лексических компетенций студентов журналистики

Abstract

This graduation project is dedicated to the issues of advanced pedagogical practices in higher educational institutions, pedagogical experiments, mathematical and statistical analysis of results; theoretical analysis of the philosophical-pedagogical, methodological and pedagogical-psychological literature on the research topic; analysis of research results; organization of experimental trials of a correspondent approach; self-assessment; conduct individual and group interviews; pedagogical experiment; It focuses on the processing of statistical data and the verification of advanced scientific views. Special attention is paid to the use of modern educational technologies in the world education system, innovative organization of educational forms, introduction of information technologies, modernization education in new quality levels. Much attention is paid to improving the content of academic infrastructure number and educational institutions.

Keywords:

authentic materials academic purpose Cluster communication real life traditional preference researchers Reporting/Broadcasting/Podcasting

Hozirgi kunda jurnalistika yo‘nalishi OTMlarida xorijiy ta’limning o‘rni va roli, ommaviy axborot vositalari terminlarini (ingliz tilida) o‘qitish orqali talabalarning leksik kompetensiyasini shakllantirishning mazmun-mohiyati; ommaviy axborot vositalari terminlarini o‘qitishning lingvo- didaktik xususiyatlari, media sohasiga oid termin va terminologiyaning o‘ziga xos jihatlari hamda ularning lingvistik va strukturaviy xususiyatlari yoritilgan.

Ta’lim faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayoni bilimni uzatish, uni qabul qilish, anglash, esda saqlash va amalda qo‘llay olishni nazarda tutadi. Bugungi kunda ta’limning barcha bosqichlarida yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ulardan samarali va oqilona foydalanish va yuqori samaradorlikka erishishga alohida ahamiyat berilmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab dars o‘tish o‘quvchilarda ilmiy-nazariy bilimlarni mustaqil egallash, bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va shu asosida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini tarkib toptirish hamda faolligini oshiradi. Ijodiy qobiliyatlarini aniqlash, ro‘yobga chiqarish, o‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligini shakllantirish va kafolatlangan yakuniy natijaga erishishishni ta’minlaydi, o‘quvchini o‘quv jarayonining faol qatnashchisiga aylantiradi. Bundan ko‘rinadiki, yuksak ma’naviy-axloqiy salohiyatga ega bo‘lgan avlodni voyaga yetkazish, ularning ilmiy dunyoqarashini bugungi kun talablari asosida shalllantirish ta’lim oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardandir.

Keng ma’noda “innovatsiya” pedagogik tizimga yangilik kiritish yo‘li bilan ta’lim-tarbiya jarayonini maqbullashtirish, samaradorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Pedagogik tizimga uning ichki imkoniyatlarini hisobga olgan holda sifat va samaradorlikni oshirish maqsadida kiritilgan yangiliklarnigina innovatsiya deb tushunamiz. Ushbu tizimni takomillashtirib, yuqori sifat va natijadorlikka erishishga oid fikr, g‘oya, nazariya, qoida, shakl, metodlar va vositalar tizimini pedagogik innovatsiyalar sifatida qabul qilish mumkin. ( Shevchenko, 2004)

Innovatsion ta’lim shundayki, u o‘zini rivojlantirish istagiga ega barcha ishtirokchilarning to‘laqonli rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, boshqacha aytganda, innovatsion ta’lim rivojlanuvchi va rivojlantiruvchi ta’limdir. O‘quvchilarda o‘qish istagini shakllantirish va buni malakaga aylantirish – barcha innovatsion ta’limning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bunday ta’lim jarayoni o‘quvchining o‘quv-bilish faoliyatida faol ishtirokini va uning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishni nazarda tutadi.

Jurnalistika ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilini kasbiy-sohaviy o‘qitish, ya’ni maxsus maqsadlarda o‘qitish (English for specific purposes, ESP) ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng ommalasha boshlagan. Ingliz tilini maxsus maqsadlarda o‘qitish jurnalistika yo‘nalishi talabalarini kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun puxta tayyorlash, butun dunyo bo‘ylab tan olingan kadrlar sifatida yetishishlariga ko‘maklashadi.

Ta’lim jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida innovatsiyalashtirish pedagogik jarayonda pedagog va o‘quvchi o‘rtasida yuzaga keluvchi muloqot jarayonining samarali bo‘lishi, mazkur jarayonning innovatsion mazmun-mohiyat kasb etilishidir. Dars jarayoniga yangiliklarni kiritish innovatsiya natijasi sifatida tushuniladi. Innovatsion jarayon quyidagi uchta asosiy bosqichlarning rivojlanishi sifatida qarab chiqiladi:

fikrlarning shakllantirilishi;

o‘quvchilar tomonidan gipotezalar ishlab chiqish;

amaliy tarzda g‘oyalarning ishlab chiqilishi va yangilikning amaliyotda qo‘llanilishi.

O‘qituvchi ta’lim tizimi bo‘yicha yangilik va g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etib borishi fanni o‘qitishda innovatsion texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi.

Jurnalistika yo‘nalishi 1–2-kurs dasturlari tahliliga oid asosiy kamchilik va muammolar o‘rganildi, shu asosda tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu borada mutaxassislikka oid ba’zi adabiyotlar tahlilga tortildi. Darsliklar tahlili tadqiqot mazmuni va maqsadiga qarab bir nechta tamoyil va yondashuvlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Biroq, darsliklarni tahlil qilishda ko‘pincha e’tiborga olinadigan ba’zi umumiy tamoyillarga quyidagilar kiradi:

  1. Tarkibni tahlil qilish. Darslikning lug‘at, grammatika va sintaksis kabi mazmunini tahlil qilish uning bilimlarni qanday taqdim etishi haqida tushuncha
  2. Pedagogik tahlil. Darslik qanday tamoyillar asosida tuzilgani, materiallarning joylashtirilishi, turli xil ta’lim metodlari, madaniy yo‘nalishlar va axloqiy qadriyatlar kabi savollarga qanday munosabatda bo‘lish masalasi ko‘rib
  3. Madaniy tahlil. Darslikning madaniy jihatlarini, masalan, darslik yozilgan madaniy kontekst, undagi turli madaniyat guruhlari, stereotiplar va tarafkashliklar aks ettirilgani yortiladi.
  4. Ijtimoiy-siyosiy tahlil. Darslikda davlat ta’siri, hokimiyat vakilligi va ijtimoiy tengsizlik kabi siyosiy va ijtimoiy masalalarning o‘rni ochib beriladi.
  5. Kognitiv tahlil. Darslik o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, mulohaza yuritish va ijodkorlikni qanday rivojlantirishi tahlil qilinadi.

Bular darslikni tahlil qilishda ko‘pincha e’tiborga olinadigan ba’zi tamoyillardir. Maqsad – darslikning kuchli va zaif tomonlari hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qanday hissa qo‘shishi haqida aniq tushunchaga ega bo‘lish. Shu sababli tadqiqotda o‘quv qo‘llanma va darsliklar tahlili kognitiv tamoyil asosida amalga oshirildi. Masalan, G.H. Bakiyeva, D.M. Teshabayeva, E.Y. Shermatovlar tomonidan yaratilgan “Foreign language (English for journalism)” o‘quv qo‘llanmasi tahlilidan aniqlanishicha, asosiy e’tibor talabalarda media va ijtimoiy mavzular doirasidagi leksik va grammatik bilimni egallashga qaratilgan. Bundan tashqari, qo‘llanmada, asosan, terminlar bo‘yicha leksik kompetensiyani shakllantirishga doir mashqlar mavjud va ularning shakllari barcha mavzularda deyarli bir xil. Lekin ko‘nikma va malakaga yo‘naltirilgan interaktiv va kommunikativ topshiriqlar yetarli emas (Bakiyeva, Teshaboyeva, Shermatov, 2018).

Tahlillar davomida Nick Ceremella va Elizabeth Leelarning “Cambridge English for the Media” darsligi mukammal ishlab chiqilgani, uning til o‘rganish jarayonida ingliz tilida kasbiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgani, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy mavzularga urg‘u berilgani aniqlandi.

L.T. Axmedova filolog-talabalarga rus tilini o‘qitish orqali leksik, grammatik mashqlar, reproduktiv-ijodiy mashqlar, sof nutqiy mashqlarni tavsiya etadi. M.X. Gulyamova filolog-talabalarning ingliz tilida kommunikativ kompetensiya – sini rivojlantirishning ikki bosqichli mexanizmini ko‘rsatadi: 1-bosqichda retseptiv, reproduktiv, produktiv, 2-bosqichda situativ-kommunikativ, ijodiy va integrativ mashqlarni qo‘llashning ahamiyatli jihatlarini asoslaydi (Ikramova, 2023).

Mashqlar tizimi muammosi chet tillarni o‘qitish metodikasining muhim masalalaridan biridir. Turli tamoyil va yondashuvlarga asoslangan ko‘plab tasniflar mavjud bo‘lib, quyidagi mashqlar tizimini jurnalistika yo‘nalishi talabalarida terminlar bo‘yicha leksik kompetensiyani rivojlantirishda samarali deb hisoblaymiz.

Xulosa qilib aytganda, ommaviy axborot vositalari terminlarini ingliz tilida o‘qitish asosida bo‘lajak jurnalistlar leksik kompetensiyasini shakllantirish muammosini tadqiq qilish asosida quyidagi xulosalarga kelindi:

  1. O‘zbekistondagi jurnalistika oliy ta’lim muassasalari talabalariga xorijiy tillarni o‘qitishning asosiy maqsadi xorijiy tilda erkin muloqot qiladigan mutaxassislarni tayyorlash bo‘lib, bu esa jahon bozorida raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi. Olib borilayotgan tadqiqotlar muayyan fan sohasidagi maxsus so‘zlashuvga, asl matnlarni o‘qish va tinglashga, ixtisoslashtirilgan maqolalar bilan ishlashga, shuningdek, maxsus matnlarni yozishga yo‘naltirilgan ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratiladi.
  2. Jurnalistikaga ixtisoslashgan ta’lim yo‘nalishida ingliz tili kasbiy kommunikativ kompetensiyani shakllantirishda, jumladan, jurnalistikaga oid terminlarni vazifasi, strukturaviy tuzilishi va lingvistik xususiyatlarini bilish va kasbiy muloqotda erkin foydalana olish ko‘nikmasini shakllantirish xalqaro miqyosda axborotni qayta ishlash, yaratish va tarjima qilishda o‘zaro integratsiyalashgan yondashuvni samaraligiga asoslanadi (Abdullayeva, 2024).
  3. Oliy ta’lim muassasalari jurnalistika yo‘nalishi talabalarining bilim darajasi va kasbiy faoliyatiga oid terminlar bo‘yicha leksik kompetensiyasini rivojlantiruvchi materiallarni tanlash va ulardan foydalanishdagi asosiy muammo sohasiga oid terminlarni o‘qitishga yo‘naltirilgan maxsus metodika va mashqlar jamlanmasining mavjud emasligi hisoblanadi.
  4. Terminlarning har tomonlama tahlil etilishi (leksik-semantik, leksik- pragmatik, derivatsion jarayoni) ularning asliyatini o‘rganishga va leksik kompetensiya shakllanishiga katta imkoniyatlar yaratadi. Terminlarni tahlil etishga doir mashqlarning tizimli qo‘llanishi samarali natijalarni ta’minlaydi.
  5. Ingliz tilini maxsus maqsadlar asosida o‘rgatish bo‘lajak jurnalistlarning ommaviy axborot vositalari terminlari bo‘yicha leksik kompetensiyasini “Shakllantirish”, “Rivojlantirish”, “Farqlash”, “Tavsiflash” va “Foydalanish” kabi mashqlar jamlanmasini integratsiya qilish asosida shakllantirishning ahamiyatli jihatlarini asoslaydi (Berardo, 2006).
  6. Jurnalistika yo‘nalishi talabalariga sohaga oid ma’lumotlarni ingliz tilida o‘qitishning terminlarni o‘rgatish qismi aniq ketma-ketlikka asoslanishi hamda muayyan tizimli dasturlar asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Semestr boshlanishidan oldin va yakunlanganidan so‘ng terminlarga oid bilim darajasini tekshirish uchun test olinishi, tahlillar o‘tkazilishi, keyingi semestr boshida erishilgan natijalardan kelib chiqib talabalarning bilim darajasi doirasida tizimli dastur belgilab olishning samaradorligi asoslandi.
  7. Talabalarning ingliz tilini bilish darajasi yuqori emasligi, ayniqsa, ingliz tilida lug‘at boyligining kamligi tajriba-sinov jarayonida aniqlandi. Bu esa ingliz tilini o‘qitish jarayonida ommaviy axborot nashrlari terminlari bo‘yicha talabalar leksik kompetensiyasini shakllantirishga to‘siq ekanini ko‘rsatadi. Shu nuqtayi nazardan yondashilib, talabalarning ingliz tilini bilish minimumi B2 darajada bo‘lishi tavsiya etildi.

Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, jurnalistning kasbiy bilim, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslariga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq:

Birinchidan, talabalar jurnalistika asoslari to‘g‘risida tushunchaga, jurnalistika tamoyillari va usullari, jumladan, reportaj tayyorlash, intervyu olish, maqola yozish, tahrirlash va boshqa asoslari bo‘yicha fundamental bilimlarga ega bo‘lishi lozim. Bu ularga kasb asoslarini tushunish va umumiy jurnalistik mahoratini shakllantirish imkonini beradi.

Ikkinchidan, talabalar jurnalistikaning axloqiy tamoyillari, jumladan, aniqlik, adolatlilik va mustaqillik kabi muhim tamoyillar bilan tanish bo‘lishi darkor. Shuningdek, shu tamoyillarga muvofiq ishlash uchun professional standartlar va amaliyotlardan xabardor bo‘lishlari kerak.

Uchinchidan, bo‘lajak jurnalist uchun tadqiqot ko‘nikmalari muhimdir, ya’ni talabalar ma’lumotni tadqiq qilish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishlari kerak. Bunga faktlarni tekshirish, ishonchli manbalarni qidirish, ma’lumotlar va statistikani tahlil qilish, ishonchlilik uchun ma’lumot manbalarini baholash qobiliyati kiradi.

To‘rtinchidan, zamonaviy jurnalist turli media-texnologiyalar va vositalarni yaxshi bilishlari lozim. Bunga raqamli kameralar va jihozlardan foydalanish, video, audio va fotosuratlarni tahrirlash, ijtimoiy media va kontentni tarqatish platformalaridan foydalanish malakasi kiradi.

Beshinchidan, yosh jurnalistni kasbiy tayyorlashda yozma va og‘zaki shaklda muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishlari kerak. Bu intervyu olish, dialoglar o‘tkazish, maqola va hisobotlar yozish hamda auditoriyaga ma’lumot taqdim etish qobiliyatini o‘z ichiga oladi.

Oltinchidan, talabalarni jurnalistikada ijodkorlik va innovatsiyalarni rivojlantirishga undash kerak. Bunga axborotni taqdim etishning yangi va original usullarini topish, yangi media formatlaridan foydalanish, turli janr va uslublar bilan tajriba o‘tkazish kiradi. Shuningdek, jurnalistning kasbiy bilim va kompetentligini rivojlantirish jurnalistika sohasidagi joriy tadqiqotlar va ilg‘or tajribalarga asoslanishi zarur deb hisoblaymiz.

 

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875-sonli qarori.

Abdullaeva D.M. (2024). Technologies for developing students’ professionally oriented lexical competences. International English language teaching standards and assessment tools. Tashkent: TSPU, 1013.

Bakiyeva G.H., Teshabayeva D.M., Shermatov E.Y. (2018). Foreign Language (English for Journalism), Toshkent: O‘quv qo‘llanma.

Berardo, S. A. (2006). The Use of Authentic Materials in the Teaching of Reading: LinkSuccess. The Reading matrix, 6 (2). Retrieved December, 10th, 2010.

Breen, M. (1985). Authenticity in the language classroom. Applied Linguistics (6), 60-70.

Dudley-Evans T., St. John M.J. (1998). Developments in English for Specific Purposes: A Multi-disciplinary Approach, Cambridge: Cambridge University Press.

Hutchinson T., Waters A. (1987). English for Specific Purposes: A Learning-Centred Approach, Cambridge: Cambridge University Press.

Hyland K. (2006). English for Academic Purposes: An Advanced Resource Book, London: Routledge.

Muhiddinovna, I. D. (2023). Professionally oriented legal vocabulary in linguistics and methodology. Science and Innovation, 2(4), 758-761.

Nation I.S.P., Macalister J. (2010). Language Curriculum Design, New York: Routledge.

Shevchenko C.I. (2004). Formirovanie kommunikativnoj kompetencii v chtenii na anglijskom jazyke s primeneniem komp'juternyh tehnologij v vuze: Avtoref. diss. ... kand. ped. nauk. Kiev, 24.

Published

Author Biography

Dilfuza Abdullayeva,
University of Journalism and Mass Communications of Uzbekistan

Teacher

How to Cite

Abdullayeva, D. (2025). Methodology of developing professional lexical competences of journalism students. The Lingua Spectrum, 4(1), 155–159. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/285

Similar Articles

<< < 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.