Формирование и развитие фразеологизмов в английской и узбекской лингвистике

Авторы

  • Государственный институт искусства и культуры Узбекистана
Формирование и развитие фразеологизмов в английской и узбекской лингвистике

Аннотация

В данной статье представлены сведения о формировании и развитии фразеологизмов в английском и узбекском языкознании, а также проанализированы исследования фразеологизмов обоих языков в лингвистике. Сегодня фразеология, придающая особый облик нашему общению, привлекла внимание многих ученых, ведь фразеология является популярной областью различных филологических исследований. По мнению ученых, фразеологизмы связаны с пониманием как явления культуры, а их культурные особенности изучаются в предложениях, в которых они принимают участие. Таким образом, слово «фразеологизм» вошло в сферу социолингвистики. Одно из лучших определений фразеологизма такое: это устойчивое, связное сочетание слов, частично или полностью переносное.

Ключевые слова:

фразеология фразеологизм лингвистика узбекский английский язык

Frazeologizm – frazeologik birlik, frazema – ikki yoki undan ortiq topgan, maʼnoviy jihatdan o‘zaro  o‘zaro bog‘liq so‘z birikmasi yoki gapga teng keladigan,  yaxlitligicha ko‘chma maʼnoda qo‘llaniladigan va bo‘linmaydigan, barqaror (turg‘un) bog‘lanmalarning umumiy nomi.

Frazeologizmlar, shaklan o‘zlariga o‘xshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutqda so‘zlarni erkin tanlash, flmashtirig yo‘li bilan yuzaga kelmaydi, balki maʼno va muayyan leksikgrammatik tarkibli, avvaldan tayyor material sifatida qo‘llaniladi, yaʼni frazeologizm tarkibidan biror qismni chiqarib taglash, tushirib qoldirish mumkin emas: anqoning urug‘i, arpasini xom urmoq, chuchvarani xom sanamoq, terisiga sig‘may ketmoq, kapalagi uchmoq, kungli joyiga tushmoq, qo‘li ochiq, qulog‘i og‘ir va boshqalar.

Frazeologizmlar tarixiy qo‘llanish meʼyorlariga, usullariga ega bo‘lib, ularning maʼnolari muayyan nutqiy jarayonda oydinlashadi. Frazeologizmlarning quyidagi turlari farqlanadi: frazeologik chatishma  - frazemaning maʼnosi uning tarkibidagi so‘zlarning maʼnosiga bog‘liq bo‘lmaydi, frazemadan anglashilgan ko‘chma maʼno uning tarkibidagi so‘zlarning maʼnosi bilan izohlanmaydi: to‘nini teskari kiymoq, oyog‘ini qo‘liga olib chopmoq, boshini olib chiqib ketmoq va boshqalar.

Frazeologik butunlik (birlashma) – frazemaning maʼnosi uning tarkibidagi so‘zlarning maʼnolari asosida izoxlanadi, shu maʼnolar asosida umumlashtiruvchi ko‘chma maʼno ifoda qilinadi (ko‘pincha bunday birlashmalarning o‘z maʼnosida qullanadigan variantlari ham mavjud bo‘ladi): yog‘ tushsa yalagudek, yeng shimarmoq, xamirdan qil sug‘urgandek, to‘ydan oldin nog‘ora chalmoq.

Frazeologik qushilma – bunda frazemalar tarkibidagi bir so‘z ko‘chma maʼnoda qo‘llanadi, boshqasi esa o‘z lug‘aviy maʼnosini saqlaydi: gapning tuzi, qo‘li gul, ishtahasi ochildi va boshqalar.

Tilshunoslikning boshqa sohalari singari frazeologiya ham o‘zining shakllanishi va rivojlanish bosqichlariga ega. Frazeologizmlar kelib chiqishi jihatdan juda qadimiy bo‘lsada, frazeologiya fani qariyb ikki yuz yilni o‘z ichiga oladi (Antrushina, 1985).

 Frazeologiya ilmining asoschisi shveytsariyalik olim Sharl Ballidir. U o‘zining “Fransuz stilistikasi” (1909) nomli asarida so‘z birlashmalari, yaʼni frazeologik birliklarni tadqiq etuvchi maxsus boblar kiritgan. Ferdinand de Sossyur esa sintagma, uning belgilari haqida o‘z qarashlarini bayon etgan. Tilda shunday tayyor birliklar borki, ularning lisoniy tabiati maʼnosi va sintaktik xususiyatidan kelib chiqdi, bunday birikmalar tayyor holda, anʼanaga ko‘ra qo‘llanadi, degan edi (Bafoyeva, 2003).

Sh. Raxmatullayevning “O‘zbek frazeologiyasining baʼzi masalalari” nomli monografiyasi bilan tildagi frazeologik birliklarni lug‘aviy birlik sifatida o‘rganishni asosladi.

Ingliz tilshunosligidagi frazeologizmlarning aksariyati “Oxford Dictionary of English Idioms”, “Longman Dictionary of English Language and Culture”, “Word worth Dictionary of Phrase and Fable” kabi lug‘atlarda berilgan.

Yuqorida taʼkidlab o‘tilganidek, har ikki tilda ham  biz tahlil qilayotgan ingliz va o‘zbek tillarida frazeologizmlar kelib chiqishi jihatdan  juda qadimiy bo‘lsada, ikki tilda ham asrlar davomida shakllangan frazeologizmlar og‘zaki nutqda, badiiy adabiyotda hamda publitsistikada o‘tkir, taʼsirchan tasviriy vosita sifatida keng qo‘llanadi. Yozuvchilar o‘z asarlarida frazeologizmlardan unumli foydalanish bilan birga mavjud frazeologizmlarni asar ruhiga moslagan holda qisman o‘zgartiradilar. 

O‘zbek va ingliz tillarining frazeologik birliklari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar nimada, ular tilda asosan qanday namoyon bo‘ladi; ular qanday intralingvistik va ekstralingvistik omillar bilan belgilanadi, somatik frazeologik birliklarning tillararo ekvivalentligi darajasi qanday degan savollarga javob topish mumkin bo‘ladi. Frazeologizmning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u ozmi-ko‘pmi, tilning yaruslaridagi asosiy xususiyatlarini aks ettiradi. Frazeologik birliklar uchun leksika yoki so‘z birikmasi asos hisoblandi. Frazeologik birliklar so‘zlarning o‘zaro uyushmasidan shakllanadi. Shu sababli qiyosiy frazeologik tahlilning o‘ziga xos xususiyati – birlamchi tizimlarni –leksika va grammatikani, shuningdek ularning frazeologiyada namoyon bo‘lish xususiyatlarini hisobga olish zaruriyati kelib chiqib o‘rganiladi (Kunin, 2016).

Frazeologiya tilshunoslikning alohida mustaqil sohasi sifatida shakllandi. Taniqli frazeolog olima N.N. Amosova to‘g‘ri ta‘kidlaganidek “bu lingvistik sohaning shakllanishi va taraqqiyoti ko‘plab frazeolog olimlarning turli tillar bo ‘yicha olib borgan tadqiqoti samarasidir”. Tilshunoslikda frazeologiya fanining rivojlanish tarixini uch davrga bo‘lib o‘rganish mumkin:

  1. 1. XVIII asrning o‘rtalaridan XX asrning 30 yillarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr frazeologik tadqiqotlarning yo‘lga qo‘yilishidir. Birinchi davrda yetuk tilshunos olimlar M.V.Lomonosov, V.I.Dal, A.A.Potebnya, F.F.Fortunatov, F.I.Buslayev, Sharl Balli, A.A.Shaxmatovlarning ilmiy faoliyati rivojlandi va sohaning shakllanishida poydevor vazifasini o‘tadi. O‘sha davrda frazeologiya, leksikologiya, leksikografiya, ya‘ni amaliy lug‘atshunoslik obyekti bo‘lib xizmat qilgan va asosan frazeologik birliklarning lug‘atlarda aks ettirishi, ularning ma‘nosini, etimologiyasini izohlashga alohida ahamiyat berilgan.
  2. XX asrning 30-50 yillari frazeologiya sohasining rivojlanishida ikkinchi davr hisoblanadi. Bu davrni frazeologiyaning mustaqil lingvistik soha sifatida shakllanishi davri ham deyish mumkin (Hojiyeva, 2012). Bu davrda yetuk tilshunos olimlar Y.D.Polivanov, V.V.Vinogradov, S.I.Abakumov, G.K.Danilov, G.O.Vinokur, A.I.Yefimov kabi tilshunoslar frazeologiya sohasida samarali mehnat qilib, qator ilmiy asarlar, monografiya, darsliklar yaratdilar. Bu davrda ko‘plab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari frazeologizmlar tadqiqiga bag‘ishlandi (Jann Huizenga, 2000).
  3. 3. XX asrning 60 yillaridan boshlab hozirgacha frazeologiya sohasining uchinchi davridir. Bu davr frazeologik tadqiqotlarda va metodlarning qo‘llanishi, frazeologik nazariyalarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Bu davrda ko‘plab tadqiqotlar yuzaga keldiki, frazeologiya alohida soha sifatida tilshunoslikda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo ‘ldi.

Jahon tilshunosligida frazeologiya tadqiq obyektining frazema, idioma, fraza, ibora, qanotli iboralar tadqiqi evaziga kengayib borayotganligi mazkur birliklarning ilmiy paradigmalar misolidagi keng talqiniga yo‘l ochmoqda. Zotan, frazeologiya va uning istiqboldagi rivojiga qaratilgan izlanishlar bir necha asrki, tilshunoslarning diqqat markazida bo‘lmoqda. Bugungacha qo‘lga kiritilgan ilmiy yangiliklar, mavjud tadqiqotlarni esa asosiy ikki: yaʼni frazeologik birliklarni ularning lisoniy tabiatidan kelib chiqib tavsiflovchi olimlarning ilmiy xulosalarini bir guruhga va aksincha, turg‘un birikmalarni ulardagi antropogen hamda lisoniy xususiyatlar birga tekshiruvchi olimlarning qarashlarini ikkinchi guruhga ajratib tasniflash mumkin. Shunga muvofiq, hozirda turg‘un birliklarni “realiyalar olamining tizimli munosabatlari hamda til sohiblari ongida obyektiv olamni aks ettirishning shakli” sifatida tushunish holati ommalashgan.

So‘nggi yillarda ikki tillarni yoki tillar guruhlarini qiyosiy tahlil qilishga qaratilgan ko‘plab monografik ilmiy ishlar yuzaga keldi. Ular frazeologizmlarning xususiy (individual) xususiyatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, turli tizimdagi tillar frazeologiyasi, bir xil tuzilishga va funksiyaga ega bo‘lgan frazeologik birliklarni, turg‘un tuzilishga ega frazeologik birliklarni, turli xil modelli frazeologik birliklarni, frazeologik birliklarning o‘ziga xos komponentlari tahlili amalga oshirildi. Somatik komponentlar, harakat feʼllari, ranglarni ifodalaydigan komponentlar, bir xil semantikaga ega maydonlar va guruhlar va nihoyat, tillarning frazeologik fondlari u yoki bu tarzda o‘rganildi (Yo‘ldoshev & Rashidova, 2016).

Zamonaviy tilshunoslikda qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillarning frazeologiyasini qiyosiy o‘rganish ingliz, rus va o‘zbek tillari frazeologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshiroq anglashga, tillararo frazeologik birliklarning mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Jumladan, taqqoslangan tillarning tabiatidan kelib chiqqan holda aloqador (ingliz va nemis), uzoq qarindoshlik (rus va nemis); o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan (ingliz va o‘zbek); aralash (nemischa-ruscha-o‘zbekcha)farqlanadi. Semantik-struktural tabiati bo‘yicha esa 1) tuzilishi va vazifasi bir xil bo‘lgan frazeologik birliklar guruhi; 2) frazeologik birliklar guruhi, shu jumladan semantik jihatdan o‘xshash komponent; 3) bir xil tipdagi ishoraviy maʼnoga ega bo‘lgan frazeologik birliklar guruhi; 4) bir xil leksik-grammatik tuzilishga ega va turli tillarda birlashtirilgan semantikaga ega bo‘lgan frazeologik birliklar guruhini aniqlash va tadqiq etish imkonini yaratadi.

Kuzatuvlar natijasida: 1) frazeologik birliklarning grammatik xususiyatlari; 2) frazeologik birliklarning leksik (tarkibiy) tarkibi; 3) frazeologik semantika va frazeologik tizimdagi semantik munosabatlar; 4) frazeologizmdagi uslubiy xususiyatlar va hodisalar; 5) frazeologizmlarning miqdoriy xususiyatlari o’rganiladi.

Muayyan frazeologik birliklarni taqqoslash tarjima nazariyasida, frazeografiya nazariyasida, qiyosiy tipologik tadqiqotlarda frazeologik birliklarning tillararo bog‘liqligining turli jihatlariga asoslangan bo‘ladi.

Turli tillardagi frazeologik birliklarning funksional-semantik korrelyatsiyasi taqqoslanadigan frazeologik birliklarning umumiy tarkibidagi semantik tarkibning o‘ziga xosligini, funksional-semantik o‘ziga xoslik kombinatsiyasini va to‘liq frazeologik ekvivalentlarni ifoda etishini ko‘rsatadi. Masalan: : Armed to the teeth ‒ tish tirnog‘igacha qurollangan.yoki the eye of heaven - samoviy ko‘z. yoki tarkibiy farqlarning ahamiyati

Masalan : a heart of stone ‒ tosh yurak ko‘zga tashlanadi.

Taqqoslanayotgan tillardagi frazeologik birliklar faqat mavhum obrazli model bilan birlashtirilgan bo‘lsa, unda ularning funksional- semantik korrelyatsiyasi o‘z xarakterini yo‘qotadi, chunki bunday mavhum modelga muvofiq bir xil maʼnoga ega bo‘lgan bir qator frazeologik birliklar shakllanishi mumkin. Faqatgina mavhum obrazli model mos keladigan bo‘lsa, frazeologik birliklarning funksional-semantik korrelyatsiyasi odatda to‘liq bo‘lmaydi.

Xullas, turli xususiyatlarga ega boʻlgan frazeologizmlar majmui tilning frazeologik qatlamini tashkil etadi. Tilning frazeologik qatlami doimiy ravishda yangi frazeologizmlar bilan boyib boradi va xalqning madaniytarixiy tajribasini, shuningdek, muayyan tilning tarixiy taraqqiyot qonunlarini aks ettiradi. Frazeologik birliklar qaysi tilga yoki mavzuga oid bo‘lmasin ular til egasi bo‘lgan xalqning turmush tarzi, urf-odati, milliy madaniyati, og‘zaki ijodda tasvirlangan ruhiy kechinmalari, bugungi va ertangi kun orzu – istaklari ifodasi asosida yuzaga keladi. Boshqacha aytilganda frazeologizmlar xalq tomonidan yaratilgan til birligidir.

 

Библиографические ссылки

Antrushina G.V. (1985). English Lexicology. Moscow.

Bafoyeva M. (2003). Badiiy nutqda frazeologik sinonimlardan foydalanish. O‘TA, 2. Toshkent, 43-45.

Hojiyeva Z. (2012). Vyjavlenie nacional'no-kulturnoj specifiki frazeologicheskih edinic: Sovremennye podhody. – BuxDU Ilmiy Axboroti. № 3 (47), 96-99.

Jann Huizenga (2000) .Stories and idioms for real life Oxford University Press.

Kunin A.V. (2016). Frazeologiya sovremennogo angliyskogo yazыka, 15-24.

Rahmatullayev Sh. (1966). O‘zbek frazeologiyasining baʼzi masalalari. Toshkent.

Yo‘ldoshev B., Rashidova U. (2016). O‘zbek frazeologiyasi (Bibliografik ko‘rsatkich), Toshkent, 190.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Хумора Усманова ,
Государственный институт искусства и культуры Узбекистана

Старший преподаватель

Как цитировать

Усманова , Х. (2025). Формирование и развитие фразеологизмов в английской и узбекской лингвистике. Лингвоспектр, 1(1), 122–125. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/325

Похожие статьи

<< < 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.