Археоэтнологическое изучение памятников Андроновской культуры Ферганской долины
Аннотация
В данной статъе освещено археоэтнологическое изученние памятников андроновской културы Ферганской долине и процессов их производства. Сообщества андроновской културы в Ферганской долине считаются скотоводческими, а их памятники состоят преимущественно из курганов. Предметы, найденные в курганах, рассматриваются преимущественно с археоэтнологическое точки зрения.
Ключевые слова:
андроновская культура тип Ош Вадиль кладбище Чещское кладбище бронзовый нож золотой цирк браслет светы.KIRISH.
Andronova madaniyatini o‘rganilish tarixini boshlangan davriga 100 yildan oshdi. Hozirgi paytga kelib, uy joylarining arxitekturasi, turar-joylarning tarxi (plani), xo‘jalik ishlarining turlari, ko‘mish marosimlari yaxshi o‘rgangan. Hatto bronza davri ayollar libosi to‘liq rekontruksiyasi qilingan.
Miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmi davomida Yevroosiyo dasht qabilalari Farg‘ona vodiysining janubiy va g‘arbiy hududlariga ham kirib keladilar. Bu haqida dastlabki xabarni arxeolog A.N.Bernshtam bergan. U 1940-yilda Sulaymon tog‘ining janubidan topilgan sopol parchalari bilan tanishib, bu sopollar bronza davrining Andronova madaniyatiga tegishli ekanligini ta’kidlaydi va uni mil. avv. II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlari bilan belgilaydi (Bernshtam, 1952, p. 186). Hozirgi Qozog‘iston hududida tarqalgan ushbu madaniyat Qirg‘iziston hududiga ham yetib borgan. Bu jarayonni qazishmalar davrida chiqayotgan topilmalar ko‘rsatadi.
N.G.Gorbunova va B.Z. Gamburglar 1950-yillarda Janubiy Farg‘onaning adirlik joylaridan bronza davrining Vodil va Qaramko‘l yodgorliklarini topadilar. Vodil qabristoni maydonidan 273 ta toshqo‘rg‘onlar borligini aniqlab, ular uch tipdagi toshqo‘rg‘onlar ekanlini aniqlaydilar: birinchi tip – qo‘rg‘onlar tuproq aralash yirik toshlardan qurilgan, ikkinchi tip – mayda tosh aralash tuproq qo‘rg‘onni eslatadi. Uchinchi tip esa, mayda shag‘al aralash yassi toshqo‘rg‘ondan iborat (Hamburg & Gorbunova, 1956, pp. 85, 93). Vodil hamda Qaramko‘l mozor-qo‘rg‘onlari bronza davrining eng muhim yodgorliklaridan hisoblanadi. Toshqo‘rg‘onlarning ko‘plab topilishi, alohida, alohida oilaviy jamoalar yashaganidan dalolat beradi. Farg‘onaning janubiy adirlik qismlari tosh hamda mayda shag‘allardan tarkib topgan. Kuchli sellar natijasida ko‘plab loyqa tarkibida shag‘allar ham oqib kelgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
Andronova madaniyati chorvadorlarining migratsiyalarini juda mukammal o‘rgangan olimlardan biri bu Kuzmina hisoblanib, uning fikricha, bu qabilalar bir necha bor shimoli-sharqiy hududlardan janub tomonlarga yurganliklari ma’lum deydi. B. G‘ofurovning “Tadjiki” nomli kitobida esa, Andronova madaniyati chorvadorlari O‘rta Osiyoning barcha hududlarini bosib olgandan keyin Hindistongacha borib, Kavkaz tomonga ham borganliklari to‘g‘risida arxeologik ma’lumotlar uchraydi (G‘ofurov, n.d.).
1954-yilda arxeologik qazishmalar Vodil mozor-qo‘rg‘onining uchinchi tip hududida olib borildi. Ular ostidan oval shaklidagi tosh yashiklar ochiladi. Ana shunday, tosh yashiklarda marhumlar g‘ujanak holatda yotqizilgan. Ochilgan qabrlarning 11 tasida marhum bosh chanog‘i g‘arbga, 1 tasida esa janubga qaratib ko‘milgan. Qabrlar juda kambag‘al, ularning deyarli barchasi o‘g‘irlangan, odam suyaklari qabr bo‘ylab sochilib yotibdi. Ulardan faqat ikkitasidagina skeletlar anatomik tartibda, sopollar o‘z joyida topilgan. Bronza davrining, Andronova chorvadorlarining izlari sopol parchalari, shoxdor bilakuzuklar sifatida O‘sh va O‘zganda ham topilgan (Bernshtam, 1952, p. 86). E’tiborli jihati Farg‘ona vodiysining Andronova madaniyati tarkibiga kiruvchi mozor-qo‘rg‘onlarining ko‘pi o‘z vaqtida “qabr o‘g‘rilari” tomonidan o‘g‘irlangan. O‘g‘irlash jarayonida ko‘plab suyaklarning sochilib tashlanishi xulosa chiqarishda katta qiyinchilik tug‘dirmoqda. Vodil qabristonida qazish ishlari 1955-yilda davom ettirilib, yana 31 ta mozor-qo‘rg‘onlar ochiladi. Tosh yashiklar ustiga tosh plitalarning yotqizilganligi kuzatiladi. Bu holat Janubiy Sibir va tog‘li Oltoy bronza davri Andronova madaniyati yodgorliklarini eslatadi (Kiselev, 1951, pp. 68, 70). Chorvador jamoalarning yashash manzilgohlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, juda ko‘pchiliklarida tosh plitalarni uchratamiz. Aynan plitaning bronzadan emas, toshdan tayyorlanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Bizning fikrimizcha bronza toshga qaraganda kamyob va qimmat bo‘lganligi bois plitalar toshdan tayyorlangan. Shu xildagi bronza davriga oid qabrlar Tyanshanda, Arpa daryosi vodiysida ham uchraydi (Bernshtam, 1952, pp. 19, 22). Demak, bu madaniyat vakillarining ushbu hududlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazganligidan dalolat beradi.
Vodil qabristonidan topilgan bronza munchoqlar, bronza uzuklar, sopol idishlar shakli va ularning naqshlariga ko‘ra, G‘arbiy Qozog‘iston va Janubiy Sibir Andronova madaniyatini aynan o‘zidir (Gryaznov, n.d., p. 202). Andronova madaniyati eng ko‘p tarqalgan hudud bu Qozog‘iston hududi hisoblanib, bu hududdagi manzilgohlar, shuningdek, mozor-qo‘rg‘onlar juda mukammal o‘rganilgan. Qozog‘istondagi mozor-qo‘rg‘onlarni geografik jihatdan, shuningdek, tipologik va davrlashrirish masalalari mukammal o‘rganilgan.
Vodil qabristonidan topilgan antropologik materiallar V.V.Ginzburg tadqiqotiga ko‘ra, dolixokefal yevropaliklar tipining andronoid variantiga tegishli ekanligi aniqlangan (Hamburg & Gorbunova, 1957, pp. 133, 135). Vodil qabristoni sanasini Andronova madaniyatining Fyodorov bosqichi davri bilan belgilash mumkin. Vodil qabristonidan 40 km.lar chamasi shimoli-sharqda, Qaramko‘l adirligida 16 ta qo‘rg‘on ochilgan.
Vodil mozor-qo‘rg‘onidan Qaramko‘l yodgorligining farqi geografik joylashuvi hisoblanadi. Ular xuddi Vodil qabristoni qo‘rg‘onlari kabi mayda tosh va shag‘al aralash tuproq qo‘rg‘onlardan iborat. Ular ostida skeletlar tosh yashiklarga chap yoki o‘ng yoni bilan, boshi g‘arbga qaratilgan holda ko‘milgan. Mozorlarning barchasi o‘g‘irlangan, ashyoviy dalillar deyarli uchramaydi. Faqat bir mozorda (№ 2) pastadan ishlangan atigi bitta bezak topilgan bo‘lib, unga o‘xshash taqinchoqlar qadimgi Xorazmning Ko‘kcha 3 qabristonida uchraydi (Itina, 1961, p. 28). Andronova madaniyatida ishlab chiqarish texnikalari bir xilligi bois, madaniyat tarqalgan hududlardagi buyumlar bir-biriga juda ham o‘xshashligini ko‘rishimiz mumkin.
NATIJALAR.
Vodil va Qaramko‘l yodgorliklarining aholisi etnik jihatdan nafaqat O‘rta Osiyoning bronza davri dasht qabilalari bilan qon-qorindosh, balki ularning kelib chiqish tarixiy ildizlari shimolning dasht qabilalariga borib taqaladi. 1956-yilda Farg‘ona viloyatida toshqo‘rg‘onlardan Yapagi va Chek qabristonlari topilib, o‘rganilgan (Gorbunova, 1995, pp. 13, 30). Qazishmalar natijasida juda ko‘plab, tosh va bronzadan yasalgan mehnat qurollari topildi. Bu buyumlar bizga etnologik xulosa chiqarishimizga yordam berdi. Yapagi qabristonida 12 ta mozor ochilgan bo‘lib, ularning ichki tuzilishi katakomba shaklida bo‘lib, lahadga kirish teshigi dromos ikki-uch zinali, lahad oval yoki to‘g‘ri burchak shaklida qurilgan. Mozorlarning barchasi o‘g‘irlangan, suyaklar qabr bo‘ylab sochilib yotibdi. Qabrlarda ashyoviy buyumlar juda oz topilgan. Bir qabrda (qabr №8) 1 ta sopol idish va mis oynacha topilgan. Boshqa birida (qabr № 2) mayda mis va argelit munchoqlar, qo‘yning oshig‘i, ikkita mis uzuk va ikkita sirg‘a parchalari topilgan, xolos. Uning davriy sanasi mil.avv. XIII–XII asrlar bilan belgilanadi (Gorbunova, 1995, p. 15). Bundan ko‘rinib turibdiki, yuqorida aytib o‘tganimizdek, qabrlar o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin. Chek qabristonida 11 ta mozor ochilgan. 11 ta mozordan 6 tasida jasadlar toshdan qilingan yashiklarda ko‘milgan. Mozorlar o‘g‘irlangan, odam suyaklari qabrda sochilib yotibdi. Faqat bitta mozorda skeletning joylashishi anatomik tartibda, oyoq-qo‘llari buklanib, ko‘milgan marhum boshi bilan g‘arbga qaratilgan. Bir mozorda dasht qabilalari madaniyatiga xos sopol parchasi, boshqa bir mozordan bronzadan yasalgan xalqa topilgan. Boshqa mozorlarda hech bir zot topilmadi.
Farg‘ona o‘lkashunoslik muzeyi xodimlari 1972-yilda Janubiy Farg‘ona adirlaridan Arsif qabristonida arxeologik qazishmalar olib borgan. Qabriston 26 ta tosh halqalardan iborat bo‘lib, ularning 19 tasida qazish ishlari olib borildi. Tosh halqalarning tashqi diametri 3–4 m atrofida. Tosh halqa bir qator yer yuzasiga terilgan silliq toshlardan yasalgan. Ularning burchaklarida yirik va uzun toshlar tik o‘rnatilib, tashqi tosh halqaga qandaydir me’moriy mahobat berilgan. Tosh halqa markazida oval shaklida qiya tik o‘rnatilgan toshlar bo‘lib, ular ichki tosh halqa qurilmasini tashkil etadi. Ichki halqa oval yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, u yirik va uzun yassi toshlardan yasalgan qabr kamerasi bo‘lgan. Barcha, tosh mozorlar o‘g‘irlangan, odam suyaklari kamera bo‘ylab tartibsiz yotibdi. Atigi bir mozorda skelet anatomik tartibda saqlangan. Qabr ashyolari sopol parchalari va ikkita bronza buyumlardan iborat. Arsif topilmalari qadimgi Farg‘onaning so‘nggi bronza davri dasht qabilalari madaniyati tarkibiga kiradi (Piotrovsky, 1973, pp. 465–466). Qabrlardagi suyaklarning sochilib yotganligi davrlashtirish masalasida ancha qiyinchilik tug‘diradi. Faqat birgina mozor-qo‘rg‘onda joylashgan skeletning to‘liq saqlanganligi bu qabrning yer sathidan ancha pastda joylashganligi bo‘lishi mumkin.
1986-yilda Farg‘ona shahridan 6 km shimolda, Qo‘chqorchi massiviga suv quvuri o‘rnatish vaqtida qadimgi qabristonga duch kelinadi. 1986-yilda Farg‘ona shahar atroflarini, shu jumladan, Qo‘chqorchi massivini o‘zlashtirish munosabati bilan qadimgi mozorlar ochilib qoladi. Mozorlar ichki tuzilishiga ko‘ra, katakomba shaklida bo‘lib, ularning dromosi yer sathidan 30 sm chuqurlikda ko‘rina boshlaydi. U uzun koridor shaklida, kengligi 150 sm, shimoli-g‘arbdan janubiy sharqqa cho‘zilgan, yer sathidan 140 sm chuqurlikda bo‘lgan. Dromosning shimoliy-sharqiy tomonida diametri 50 sm.li qabr kamerasiga kirish teshikchalari bor. U teshikchalar xarsang toshlar bilan berkitilgan. Yaxshi saqlangan dromoslarning joylashish tartibiga ko‘ra, qabrlar bir-birlariga yaqin, bir yo‘nalishda, zanjir halqasimon tartibda joylashgan. Arxeolog G.P.Ivanov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ochilgan 6 qabr bir liniyada, ularning chuqurligi yer sathidan 370 sm. Ochilgan mozorlarning barchasi quvur o‘rnatish paytida buzilgan. Faqat, qabr №1 o‘z asl holatida saqlanib qolgan. Qabrda skelet chap biqini bilan, g‘ujanak holatda, boshi g‘arbga qaratilgan holda yotibdi. Qabrlarda uchratilgan odam suyaklarida qizil oxra izlari kuzatiladi. Qabr № 1da surmatosh, oltin zirak, bronza tugmacha topilgan. Qabr №1 va qabr №2 oralig‘ida uchta sopol idish, mis bigiz, yana bitta oltin zirak topilgan. Qabr №2 maydonidan tosh qirg‘ich, qo‘sh tig‘li bronza pichog‘i va sopol parchalari topilgan. Qabr №3 da ikki tig‘li bronza pichoq, mis bigizcha, 6 ta bronza munchoqlar, kattagina oltin zirak topilgan. Qabr №4 da bronza zirak va bir necha bo‘lak sopol idish parchalari topilgan. Qabr №5 da 20 dan ortiq bronza munchoqlari va sopol idish parchalari, ikkita kumush zirak hamda ikkita sopol idish parchalari topilgan. Qabr № 6 da bir necha sopol parchalari, bronza bilakuzuk va mitti tosh qayroq topilgan (Ivanov, 1988, p. 45). Bu yodgorlikda arxeolog G.Ivanov qazishma ishlarini olib borgan. Bu yodgorlikning boshqa mozor-qo‘rg‘onlaridan farqi tasodifiy topilganligidadir. Qabrlardan 3 ta oltin zirak va 2 ta kumush zirakning topilishini o‘zi Qo‘chqorchi qabristoni sopollari shakli hamda bronza bilakuzuklar tarkibiga ko‘ra, Andronova choragi bilan madaniyatining Fyodorov bosqichini eslatadi. Uning yil sanasini mil. avv. II mingyillikning oxirgi davri deb belgilash mumkin.
Janubiy Farg‘onadan topilgan qabristonlar ashyoviy dalillari orasida topilgan karnaygul shaklidagi bronza baldoqlar alohida ahamiyat kasb etadi. N.A.Avanesova Andronova madaniyatining metall buyumlarini kompleks tahlildan o‘tkazar ekan, shunday sirg‘alarni O‘rta Osiyo yodgorliklarida mil. avv. XIII–XII asrlarga tegishli ekanini isbotlagan (Avanesova, 1979, pp. 17, 24). Andronova madaniyati vakillarining xo‘jalik yuritishdagi boshqa madaniyat vakillaridan farqi metall buyumlardan ko‘plab foydalanganidir.
Karnaygul shaklidagi sirg‘alar Yapagi va Arsif qabristonlarida ham topilgan. Qo‘chqorchi qabristonida ham oltin va kumushdan yasalgan shunday sirg‘alar topilgan (Ivanov, 1988, pp. 44, 47). Bu holat chorvadorlarda taqinchoqlarning yasalish tarzi bir xil ekanligini ko‘rsatadi. Karnaygul shaklidagi buyumlar Mo‘minobod mozor qo‘rg‘onida ham uchraydi.
Yapagi qabristoni arxeologik kompleksi tarkibiga kirgan bronza oynasi Qayroqqum madaniyati arxeologik kompleksida ham uchraydi (Litvinsky, n.d., p. 78). Oltindan yasalgan shunday sirg‘alar Samarqand viloyatining Mo‘minobod qabristonidan ham topilgan (Asqarov, 1970, p. 122). Shularni hisobga olganda, Yapagi va Chek qabristonlarini yoshini mil. avv. XIII–XII asrlar bilan belgilash mumkin.
XULOSA. Bronza davrida Farg‘ona vodiysi Andronova madaniyati yodgorliklarining arxeoetnologik jihatdan amalga oshirilgan mazkur tadqiqotda madaniyat aholisining xo‘jaligida chorvachilik asosiy o‘rinda turganligidan dalolat beradi. Andronova madaniyati yodgorliklari asosan mozor-qo‘rg‘onlardan tashkil topgan. Mozor-qo‘rg‘onlardan chiqqan buyumlarni arxeoetnologik nuqtayi nazardan qaraganimizda, ko‘plab ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlarga guvoh bo‘lamiz. Yodgorliklardan chiqqan buyumlar Farg‘ona vodiysidan tashqari, boshqa hududlarda ham ko‘plab uchraganini ko‘rishimiz mumkin. Bu holat mustahkam madaniy aloqalarning rivojlanganidan dalolat beradi. Andronova madaniyatining Farg‘ona vodiysi g‘arbiy qismidagi yodgorliklari yaxshi saqlangan hamda “qabr o‘g‘rilari” tomonidan deyarli o‘g‘irlanmagan. Lekin madaniyatning Farg‘ona vodiysi janubiy adirlik hududlaridagi yodgorliklarining ko‘pi o‘g‘irlanganini ko‘rishimiz mumkin. Andronova madaniyatining rivojlanishida, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ishlab chiqarishdan tashqari, boshqa qo‘shni madaniyatlar bilan aloqalari ham sabab bo‘lgan.
Библиографические ссылки
Аскаров А. Могильник эпохи бронзы в Муминабаде. Сб. «Археологические изучение Средней Азии». // КСИА. Москва, 1970.
Бернштам А.Н. Историко–археологические очерки Центрального Тянь–Шаня и Памиро–Алая. Москва– Ленинград. 1952.
Бернштам А.Н. Историко–археологические очерки Центрального Тянь–Шаня и Памиро–Алая. Москва– Ленинград. 1952.
Бернштам А.Н. Историко–археологические очерки Центрального Тянь-Шаня и Памиро-Алая. МИА, № 26, Москва. 1952.
Гамбург Б.З., Горбунова Н.Г. Новые данные о культуре эпохи бронзы Ферганской долины. // СА № III, 1957.
Гамбург Б.З., Горбунова Н.Г. Могильник эпохи бронзы в Ферганской долине. КСИА, Вып.63. Москва. 1956.
Грязнов М.П. Погребения эпохи бронзы в Западном Казахистане. Сб. “Казаки” , Вып. № XI. Ленинград, рис. 65.
Горбунова Н.Г. О культуре степной бронзы Ферганы. «Археологический сборник Гос. Эрмитажа» № 32, Санкт–Петербург.
Горбунова Н.Г. О культуре степной бронзы Ферганы. «Археологический сборник Гос. Эрмитажа» № 32. Санкт–Петербург. 1995
Пиотровский Ю.Ю. Памятник эпохи поздней бронзы в Ферганской долине. «Археологические открытия 1972 года» Москва. 1973.
Итина М.А. Раскопки могильника Тазабагъябской культуры Кокча III. “МХЭ”, Вып.V, Москва, 1961.
Иванов Г.П. Кашкарчинский могильник–новый памятник эпохи поздней бронзы в Фергане. // ОНУ, № X, Т.: 1988. C
Иванов Г.П. Кашкарчинский могильник–новый памятник эпохи поздней бронзы в Фергане. // ОНУ, № X, Т.: 1988. C
Киселев С.В. Древняя история Южной Сибири. Москва, 1951.
Литвинский Б.А. Изучение курумов в северо–восточной части Ленинабадской области в 1957 г. В кн.
Аванесова Н.А. Проблемы истории андроновского культурного единства (по металлическим изделиям). Автореф. канд. Дисс. Ленинград, 1979.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Шукурулло Абдуганиев

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
