Спортсмены Узбекистана на международной арене (1950-1980-е гг.)) (Исторический анализ)

Авторы

  • Каршинский государственный университет
 Спортсмены Узбекистана на международной арене (1950-1980-е гг.)) (Исторический анализ)

Аннотация

В этой статье анализируется международное сотрудничество Узбекской ССР в области развития спорта в период с 1950 по 1980 годы. В этот период Узбекистан был частью Советского Союза, и Спортивная политика проводилась в основном централизованно. Узбекские спортсмены в составе советской делегации принимали участие в различных международных соревнованиях, включая Олимпийские игры, чемпионаты мира и Европы. В данной статье освещается роль Узбекистана на международной спортивной арене в рамках советской системы, сотрудничество с авторитетными спортивными организациями и влияние этого процесса на развитие спортивной инфраструктуры страны.

Ключевые слова:

Узбекская ССР советская спортивная система международные спортивные организации олимпийское движение спортивная дипломатия международные соревнования политика физического воспитания.

Sport XX asrning ikkinchi yarmida dunyo siyosatining ajralmas qismiga aylandi. Ayniqsa, Sovet Ittifoqi sport sohasini xalqaro maydonda o‘zining kuchini namoyon qilish vositasi sifatida ko‘rgan va shu asosda keng ko‘lamli sport siyosatini olib borgan. O‘zbekiston ham bu jarayondan chetda qolmadi va 1950–1980 yillar oralig‘ida sport infratuzilmasining rivojlanishi, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik, tajribali murabbiylar yetishtirish va sportchilarning xalqaro maydonda ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borildi.
Bu davrda O‘zbekiston SSR sporti xalqaro maydonga asosan SSSR tarkibidagi sport tizimi orqali chiqdi. O‘zbekistonlik sportchilar Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari va xalqaro turnirlarda qatnashib, Sovet sport maktabining bir qismi sifatida o‘z natijalarini ko‘rsatdilar. Xalqaro sport tashkilotlari, jumladan XOQ (Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi), FIFA, UEFA, FIBA, Xalqaro yengil atletika federatsiyasi bilan Sovet Ittifoqi orqali hamkorlik amalga oshirilgan.
O‘zbekistonning xalqaro sport aloqalarida faol ishtiroki nafaqat sport ish tajribasini o‘zaro boyitish vositasi, balki mehnatkashlarning tinchligi, do‘stligi va hamjihatligini mustahkamlash, demokratiya uchun kurashish, xalqaro sport harakatida irqiy va boshqa kamsitishlarga barham berishga qaratilgan respublika tashqi siyosatining yo‘nalishlaridan biri hisoblangan (Issledovanie putey..., 1978, p. 35).

1950–1980 yillar davomida O‘zbekiston SSR sporti xalqaro maydonda o‘z o‘rnini mustahkamlab bordi. Bu davrda sport rivoji nafaqat ichki siyosatning, balki xalqaro hamkorlikning ham ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston SSR nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etish va xorijiy mamlakatlar bilan sport aloqalarini kengaytirishga katta e’tibor qaratdi.
1950-yilda o‘zbekistonlik kurashchi G. Gamarnik jahon chempioni bo‘ldi, bu esa xalqaro sport maydonida mamlakat sportchilarining salohiyatini namoyon etdi. 1952-yilda toshkentlik gimnastikachi G. Shamray Xelsinki Olimpiya o‘yinlarida medalga sazovor bo‘ldi. Bu O‘zbekiston SSR vakillarining Olimpiya harakatida faol ishtirok etishining dastlabki natijalaridan biri bo‘ldi. Shu bilan birga, yengil atletika bo‘yicha sportchi V. Bollod Angliyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, O‘zbekiston sportining xalqaro miqyosdagi yutuqlariga hissa qo‘shdi.
Ushbu davrda xalqaro hamkorlik nafaqat sportchilarning musobaqalarda qatnashishi bilan cheklanib qolmay, balki xorijiy delegatsiyalar almashinuvi va ikki tomonlama uchrashuvlar orqali ham rivojlandi. Xususan, 1955-yilda Toshkent shahrida "Paxtakor" futbol jamoasi Efiopiya jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi, bu esa Afrika qit’asi bilan sport aloqalarining rivojlanishiga turtki berdi. Keyinchalik 1958-yilda "Paxtakor" jamoasi Xitoy Xalq Respublikasi jamoasi, 1960-yilda esa Yaponiya jamoasi bilan xalqaro bellashuvlarda qatnashdi (Issledovanie putey..., 1978, p. 31).

O‘zbekiston SSR o‘z hududida Yaponiya, Indoneziya, Shri-Lanka, Finlyandiya, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR), Vetnam Demokratik Respublikasi (VDR) kabi davlatlardan kelgan sport delegatsiyalarini qabul qildi. Bu jarayon xalqaro sport diplomatiyasi vositasida O‘zbekiston SSRning sport infratuzilmasi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga, ushbu hamkorlik Sovet Ittifoqining xalqaro sport siyosati doirasida O‘zbekiston SSRning o‘ziga xos rolini mustahkamladi.

Ushbu jarayonlar O‘zbekiston SSR sportchilarining nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilishiga zamin yaratdi. Masalan, XOQ (Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi), FIFA, UEFA, Xalqaro Gimnastika Federatsiyasi (FIG) kabi tashkilotlar orqali O‘zbekistonlik sportchilar jahon sport maydonida o‘z mahoratlarini namoyish etish imkoniga ega bo‘ldilar.

1959–1980 yillar oralig‘ida O‘zbekiston SSR sportchilari xalqaro miqyosda jiddiy yutuqlarga erishdi. Ushbu davrda sport rivoji nafaqat mahalliy darajada, balki xalqaro maydonda ham sezilarli o‘sishga erishdi. O‘zbekiston SSR sportchilari Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lishiga qaramay, o‘ziga xos natijalar ko‘rsatib, nufuzli musobaqalarda o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar.

1959–1965-yillar davomida O‘zbekiston sportchilari 3 ta jahon rekordi, 22 ta Butunittifoq rekordi va 457 ta Respublika rekordini yangiladilar. Ushbu muvaffaqiyatlar O‘zbekiston SSR sport maktabining rivojlanganligidan dalolat beradi. Shuningdek, ushbu yillar davomida sport sohasida murabbiylarning xizmatlari yuqori baholanib, 77 nafar murabbiy "O‘zbekiston SSRning Mehnat Shuhrati" unvoni bilan taqdirlandi (Yunusov, 1976, p. 25).

O‘zbekiston SSR sportchilari Sovet Ittifoqi, Yevropa, jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlarida 46 ta oltin, 93 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Ushbu natijalar O‘zbekiston SSR sportchilari xalqaro maydonda raqobatbardosh ekanligini isbotladi. Ayniqsa, bu yutuqlar Sovet sport tizimi doirasida O‘zbekiston sport maktabining yuqori darajada ekanligini ko‘rsatdi (Yunusov, 1976, p. 25).

Mazkur yillarda O‘zbekiston SSRda sport infratuzilmasi yanada kengaydi, sport bazalari soni ortdi va sportchilarni tayyorlashning ilg‘or metodlari joriy etildi. Murabbiylar V. I. Barishev, N. N. Bikov, A. A. Vink, Yu. T. Zokirov, V. P. Bessekernix O‘zbekiston sportchilari tayyorgarligini oshirishda katta hissa qo‘shdilar va samarali faoliyat olib bordilar. Ularning sa’y-harakatlari e’tirof etilib, "O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy" faxriy unvoni bilan taqdirlandilar (Issledovanie putey..., 1978, p. 39).

O‘zbekiston SSR sport sohasidagi xalqaro hamkorligi doirasida murabbiylar va sportchilar almashinuvi ham rivojlandi. 1974-yil iyun oyida O‘zbekiston SSRning voleybol jamoasi Bangladeshda bo‘lib, u yerda o‘z mahoratini namoyish etdi (Arxiv Sportkomiteta UzSSR, 1970–1974). Ushbu voleybol uchrashuvlaridan so‘ng, Bangladesh Sport Qo‘mitasi O‘zbekistondan uzoq muddatli murabbiy tayinlashni so‘radi, bu esa xalqaro sport hamkorligi rivojlanishining yana bir muhim bosqichi bo‘ldi. Ushbu hamkorlik O‘zbekiston SSR sport murabbiylarining tajribasi xalqaro miqyosda ham yuqori baholanganini ko‘rsatdi.

1970–1980-yillar davomida O‘zbekiston SSR sportchilari xalqaro miqyosda o‘z mavqeini yanada mustahkamladi. Bu davrda faqat sportchilar emas, balki murabbiylar ham turli davlatlarga tajriba almashish va sportni rivojlantirish maqsadida yuborildi. Jumladan, ayrim sport turlarini rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish uchun o‘zbek murabbiylari Suriya Arab Respublikasiga bir yil muddatga jo‘natildi. Bu tashabbus O‘zbekiston SSR sport mutaxassislarining xalqaro miqyosda e’tirof etilganidan dalolat beradi.

Shuningdek, 1976-yilda boks murabbiyi Sh. Zokirov va A. I. Koneyev Kubaga borib, u yerdagi sport tizimi bilan tanishdi hamda tajriba almashdi. Ushbu tashrif xalqaro sport aloqalarini mustahkamlash va O‘zbekiston SSR murabbiylarining professional bilimlarini yanada oshirishga xizmat qildi.

Bu yillarda O‘zbekiston SSR sportchilari Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lishiga qaramay, xalqaro miqyosda yirik natijalarga erishdi. Ular Sovet delegatsiyasi tarkibida SSSR, Yevropa va jahon chempionatlari hamda Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Xususan, 1976-yilda o‘zbekistonlik sportchilar xalqaro musobaqalarda 76 ta medalni qo‘lga kiritdi, ulardan 29 tasi oltin medal bo‘lib, bu O‘zbekiston SSR sportchilarining yuqori salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi (Issledovanie putey..., 1978, p. 46).

Bu davrda sport tizimini takomillashtirish va murabbiylar mehnatini qadrlashga alohida e’tibor qaratildi. “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy”, “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi”, “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi” faxriy unvonlari ta’sis etilishi ushbu jarayonning muhim o‘zgarishlaridan biri bo‘ldi (Issledovanie putey..., 1978, p. 46). Bu unvonlar tajribali murabbiylar va sportchilarni rag‘batlantirish hamda sport sohasida samarali faoliyat yuritishlari uchun qo‘shimcha motivatsiya yaratdi.

1979–1980-yillarda O‘zbekiston SSR sportchilari nafaqat individual musobaqalarda, balki jamoaviy chempionatlarda ham katta natijalarga erishdi. Ayniqsa, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti jamoalarining yutuqlari sport sohasida yangi sahifa ochdi. Mazkur yillarda institut sportchilari o‘z mahoratini namoyon etib, talabalar o‘rtasida SSSR chempionati, Butunittifoq va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishdi.

Dzyudo bo‘yicha institut jamoasi ketma-ket ikkita talabalar o‘rtasidagi SSSR chempionatida g‘olib bo‘lib, SSSR chempioni unvonini qo‘lga kiritdi (Uzbekskogo gosudarstvennogo instituta..., 1980, p. 160). Bu yutuq institutning sport ta’limi tizimi va murabbiylarining yuqori darajada ekanligini yana bir bor isbotladi. Shuningdek, "Burevestnik" SSSR Sport Jamiyati og‘ir atletika jamoasi ham chempionlikni qo‘lga kiritib, mamlakatning ushbu sport turi bo‘yicha yetakchiligini mustahkamladi.

O‘zbekiston SSR sport sohasida o‘zining keng qamrovli ishtirokini namoyon etib, institutning basketbol jamoasi O‘zbekiston chempionatida birinchi o‘rinni egalladi. Bu natija nafaqat institut sportchilari, balki O‘zbekiston SSR sport maktabining jamoaviy sport turlari bo‘yicha rivojlanganligini ko‘rsatdi.

Shuningdek, institutning eng kuchli sportchilari Butunittifoq va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jumladan, S. Zemlyanova SSSR terma jamoasi tarkibida gandbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritib, ilk bor SSSR Sport Ustasi (MS MK) darajasini bajarishga muvaffaq bo‘ldi (Uzbekskogo gosudarstvennogo instituta..., 1980, p. 160).

Bundan tashqari, "Burevestnik" SSSR Sport Jamiyati jamoasining yetakchi sportchilari qatorida Zaychikov S., Vorobyov P., Parfenov Ye., Gertsev Ye., Chernikov V., Saidzimov S., Yelkin S., Xabibullayev M. va boshqalar faoliyat olib bordilar. Ularning muvaffaqiyatlari O‘zbekiston SSR sportchilari xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishishga qodir ekanligini isbotladi (Uzbekskogo gosudarstvennogo instituta..., 1980, p. 160).

1979–1980-yillarda O‘zbekiston SSRdan 290 dan ortiq sportchi SSSR terma jamoalariga tavsiya etilgan, ulardan 35 nafari turli SSSR terma jamoalariga qabul qilingan, yana 45 nafar sportchi "Burevestnik" SSSR Sport Jamiyati Markaziy Qo‘mitasiga nomzod sifatida tavsiya etildi. Bu O‘zbekiston sportchilarining Sovet sport tizimidagi muhim o‘rnini va xalqaro sport maydonida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini ko‘rsatdi (Uzbekskogo gosudarstvennogo instituta..., 1980, p. 160).

1970–1980-yillar davomida O‘zbekiston SSR sport infratuzilmasi va sportchilarning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki sezilarli darajada kengayib, xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qildi. Bu yutuqlar keyinchalik mustaqil O‘zbekiston sportining rivojlanishi uchun muhim zamin yaratdi.

Xulosa qilib aytganda 1950–1980-yillar davomida O‘zbekiston SSR sport sohasida xalqaro maydonda o‘z o‘rnini mustahkamlab bordi. Ushbu davrda o‘zbekistonlik sportchilar Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lishiga qaramay, xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etdi va yuksak natijalarga erishdi. Ayniqsa, Olimpiya o‘yinlari, jahon va Yevropa chempionatlarida ko‘rsatgan yutuqlari orqali O‘zbekiston SSR sport maktabi mustahkam poydevorga ega ekanligini isbotladi.

Библиографические ссылки

Исследование путей, методов и средств совершенствования системы физического воспитания. Выпуск II // Сборник научных трудов Tашкентского педагогического института им. Низами. Том 235.- Ташкент, 1978.- С.35.

Исследование путей, методов и средств совершенствования системы физического воспитания. Выпуск II // Сборник научных трудов Tашкентского педагогического института им. Низами. Том 235.- Ташкент, 1978.- С.31.

Юнусов Т.М. Деятельность компартии Узбекистана в физическом воспитании масс (1959 - 1965 г.г.) // Межвузовская республиканская научная конференция по физическому воспитанию и спорту ( тезисы докладов) - Тошкент, 1976. –C.25.

Юнусов Т.М. Деятельность компартии Узбекистана в физическом воспитании масс (1959 - 1965 г.г.) // Межвузовская республиканская научная конференция по физическому воспитанию и спорту ( тезисы докладов) - Тошкент, 1976. –C.25.

Исследование путей, методов и средств совершенствования системы физического воспитания. Выпуск II // Сборник научных трудов Tашкентского педагогического института им. Низами. Том 235.- Ташкент, 1978.- С.39.

Архив Спорткомитета УзССР, дело № 01—63, 1970—1974 гг.

Исследование путей, методов и средств совершенствования системы физического воспитания. Выпуск II // Сборник научных трудов Tашкентского педагогического института им. Низами. Том 235.- Ташкент, 1978.- С.46.

Исследование путей, методов и средств совершенствования системы физического воспитания. Выпуск II // Сборник научных трудов Tашкентского педагогического института им. Низами. Том 235.- Ташкент, 1978.- С.46.

Узбекского государственного института физической культуры. отчет за 1979/80 уч. год. - Ташкент, 1980.- С.160.

Узбекского государственного института физической культуры. отчет за 1979/80 уч. год. - Ташкент, 1980.- С.160.

Узбекского государственного института физической культуры. отчет за 1979/80 уч. год. - Ташкент, 1980.- С.160.

Узбекского государственного института физической культуры. отчет за 1979/80 уч. год. - Ташкент, 1980.- С.160.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Азизбек Нормуминов,
Каршинский государственный университет

базовый докторант

Как цитировать

Нормуминов, А. (2025). Спортсмены Узбекистана на международной арене (1950-1980-е гг.)) (Исторический анализ). Лингвоспектр, 2(1), 591–595. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/473

Похожие статьи

<< < 8 9 10 11 12 13 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.