Особенности жанра политического и исторического романа в творчестве Грэма Грина

Авторы

  • Наманганский государственный педагогический институт
Особенности жанра политического и исторического романа в творчестве Грэма Грина

Аннотация

В данной статье события в романах Грэма Грина происходят в колониальных странах, тогда как конфликт в антиколониальных романах носит остродраматический характер; События часто носят иерархический характер. В романах описывается растущее недовольство колониальных народов и стран, которое в конечном итоге перерастает в борьбу. А также персонаж Олдена Пайла в романе Грэма Грина «Тихий американец»; описываются персонажи Уинтропа Элиота в романе Нормана Льюиса «Вулканы над нашими головами».

Ключевые слова:

иерархический характер колониальные страны антиколониальные романы драматический характер растущее недовольство людей и стран в колониях образ Уинтропа Элиота в романе «Вулканы над нашими головами» концепция идеолога образ Олдена Пайла вопрос реализма.

Kirish. XX asrning yarmiga kelib Graham Grin ijodida ijtimoiy mazmundagi asarlar paydo bo‘la boshladi. Bu, albatta, butun dunyoda o‘sha davrda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy bo‘xronlar va to‘qnashuvlarning Angliyadagi bir qancha yozuvchilar qatori Graham Grin ijodiga ta’siri natijasi edi. Bundan tashqari, o‘tgan asrning 50-yillariga kelib Gʻarbiy Yevropaga qaram bo‘lgan mustamlaka mamlakatlarda ozodlik harakatlari boshlangan va dunyoning qator koloniyalarida imperializmga qarshi kurash boshlangan bo‘lib, bu siyosiy to‘qnashuvlar adabiy jarayonlarda ham o‘z aksini topa boshlagan edi. Mustamlakachilik siyosatiga qarshi romanlarning o‘ziga xos umumxususiyatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

- romanlardagi voqea-hodisalar mustamlaka mamlakatlarda sodir bo‘ladi. Bu mamlakatlarning ayrimlari real nomlari bilan atalsa (gvatemala, Vyetnam), ayrimlari to‘qima nomlar bilan ataladi (Baxraz, Nidiya, Delmina).

- antikolonial romanlardagi konflikt o‘tkir dramatik xarakterda bo‘ladi; voqea-hodisalar ko‘pincha iyerarxik xarakterga ega bo‘ladi. Romanlarda mustamlaka xalq va mamlakatlar noroziligining o‘sib borishi va oxir-oqibat kurashga aylanishi tasvirlanadi.

- hamma antikolonial romanlarda imperial doiralarning vakillari asosiy antogonist rolida bo‘ladi (Graxam Grinning “Sokin amerikalik” romanidagi Olden Payl obrazi; Norman Lyuisning “Boshimiz uzra vulqonlar” romanidagi Uintrop Eliot obrazi).

- yuqoridagi antogonistlarga asar bosh qahramoni – ingliz obrazi qarshi qo‘yiladi. Bu qahramonlar ruhiyatida antikolonial kurashlar fonida kuchayib borayotgan g‘oyaviy-axloqiy krizis jarayoni tasvirlanadi. Bosh qahramon obrazi ikki yo‘ldan birini tanlashdek qiyin vaziyatda qoladi: o‘zlari tegishli bo‘lgan, rivojlangan va lekin mustamlakachi Gʻarb jamiyati yoki rivojlanishdan ortda qolgan, mustamlaka qilingan va lekin erkinlik va ozodlik uchun kurashga otlangan xalq. Garchi turli farqlarga ega bo‘lishiga qaramasdan bu qahramonlarni birlashtirib turuvchi muhim xususiyat mavjud. Zero ularning hammasi zamonaning murakkab muammolarini tushunib yetishlari va sodir bo‘layotgan siyosiy voqea-hodisalarga o‘zlarining munosabatlarini aniqlashtirib olishlari lozim.

Bu davrda Graham Grin qalamiga mansub imperializmning mustamlakachilik va bosqinchilik siyosatini qoralovchi bir turkum asarlar dunyo yuzini ko‘rdi. Albatta, yozuvchi bu turkum asarlarida ham inson taqdiri tragediyasini birinchi planga qo‘yadi, biroq u shaxs tragediyasini sabablarini siyosiy xarakterdagi to‘qnashuvlarda ko‘radi.

Asosiy qism. Graxam Grinning “Sokin amerikalik” romani antikolonial adabiyotning eng yorqin namunalaridan biri bo‘lib, asar realizmi davrning eng muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini badiiy talqiniga asoslanadi. 

Adabiy tanqidchilar “Sokin amerikalik” romaniga turli nuqtai nazardan yondashadilar. Bu nuqtai nazarlar Graham Grinning hayot yo‘li, e’tiqodi va ijodiy hayotiga oid bo‘lib, ularga ko‘ra tanqidchilarni asosan ikki guruhga ajratish uchun mumkin. Birinchi guruhga “Sokin amerikalik” romanining diniy tomoniga e’tibor qaratgan J.Adamsson, M.Shechner, S.Bouldrij, B.Bergonsi, M.Bosko, A.Devitis, J.Kulshresta, M.Brennan[1] kabi adabiy tanqidchilarni kiritish mumkin. Xususan, Entoni Anjelo DeVitisning ta’kidlashicha, Graham Grinning mazkur asarida diniy masalalar romanning asosiy mohiyatini tashkil qiladi va kitobxon asarning asl mohiyatini anglab yetish uchun ana shu nuqtai nazarga e’tibor qaratmog‘i lozim. Uning fikricha, bokiralik, vijdon azobi, qalbning aziyat chekishi kabi ruhiy xolatlar asardagi diniy masalalarga oydinlik kirituvchi asosiy motivlar hisoblanadi[2]. Biroq  boshqa adabiy tanqidchilarning fikrlariga ko‘ra, romanda diniy masalalar emas, balki siyosiy muammolar ko‘tarilgan[3]. Ikkinchi guruhga kiruvchi S.Keri, X.Gordon, P.Xofmann kabi adabiy tanqidchilar esa “Sokin amerikalik” romanini siyosiy asar sifatida ko‘rishadi[4]. 

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har ikki guruhga kiruvchi adabiy tanqidchilar mazkur romandagi mustamlakachilik tuzumiga qarshi g‘oyaviy qarashlarga e’tibor qaratishmaydi. Vaholanki, Graham Grinning “Sokin amerikalik” romanidagi eng asosiy motivni mustamlakachilik siyosatining ayanchli xolati tashkil etadi.

Romanning badiiy o‘ziga xosligi asarning boshidan oxirigacha davom etadigan ikki bosh qahramonning o‘zaro ma’naviy, ijtimoiy va siyosiy munosabati va aytish mumkinki, qarama-qarshiligiga asoslanadi. Bular Tomas Fauler – ingliz gazetasi jurnalisti va Olden Payl – amerikalik agent, missioner. Mana shu ikki qahramonning o‘zaro suhbatlari, munosabatlari, ularning Fuong ismli vyetnamlik qizga nisbatan bo‘lgan tuyg‘ulari, qolaversa, Vyetnamda ro‘y bergan siyosiy voqealar jarayonida asarning asl mohiyati ochilib boradi.

Roman boshlanishida joniga qasd qilib o‘ldirilgan Olden Payl haqida o‘quvchida ijobiy fikr uyg‘onadi. Tomas Faulerning Payl haqidagi dastlabki ta’riflaridan uning madaniyatli, o‘qimishli ekani haqida fikr uyg‘onadi. Haqiqatan ham Payl o‘qimishli oiladan. Uning yurish-turishlaridan, o‘zini tutishlaridan, ayollarga va yon-atrofdagilarga munosabatidan buni yaqqol ko‘rish mumkin. Biroq asarning ichiga kirib borarkansiz, Olden Payl haqidagi fikrlaringiz tamomila o‘zgarib boradi. Garchi Tomas Faulerning Payl haqidagi fikrlari betaraf insonning fikrlariga o‘xshab ketsa-da, aslida uning tag zamirida uning Payldan jirkanishi bilinib turadi.

Bir qarashda sokin amerikalik bo‘lib ko‘ringan, xarakteridan beziyon bo‘lib tuyulgan Olden Payl  yuzaki qaraganda o‘z mamlakati va odamlar uchun xizmat qilishga bel bog‘lagan insonga o‘xshab ko‘rinadi. Aslida esa, sokin oqqan daryoning tagida dahshatli va o‘z domiga tortuvchi oqimlar bo‘lganidek, Olden Paylning ham haqiqiy xarakteri uning botiniy olamida namoyon bo‘ladi. Adabiy tanqidchi Zadi Smitning ta’kidlashicha, bunday odamlar aslida hech kimga ozor berishni xohlamaydilar, biroq o‘zlarining idealizmi va fundamental g‘oyalariga ko‘r-ko‘rona ergashganlari oqibatida o‘zgalar hayotiga zarar yetkazadilar[5]. Haqiqatan, Olden Payl umrining oxirigacha yagona aqidaga amal qiladi va, hattoki, hayotiga xavf tug‘dirsa-da, ana shu qarashlariga sodiq qoladi.

Romanda Olden Paylning oilasiga demokratiyani himoya qilgani va shu yo‘lda qurbon bo‘lgani haqidagi xabar tasvirlanadi: “Grieved to report your son died a soldier’s death in cause of Democracy” [6]. Demokratiya niqobi ostiga yashiringan Payl esa aslida o‘ziga qarashli maxalliy buzg‘unchilarni omma o‘rtasida qo‘rquv, vahima va tartibsizlik keltirib chiqarish maqsadida  turli portlovchi qurollar bilan ta’minlaydi. Buning oqibatida begunoh aholi ham qurbon bo‘ladi.

Olden Payl yerli tub aholi o‘rtasida turli ish tashlashlar va g‘iybat va bo‘xtonlarni uyushtirishi va natijada ro‘y beradigan tartibsizliklarda o‘z mamlakti ozodligi uchun kurashayotgan vyetnamlik partizanlarning qo‘li bor deb ko‘rsatishi lozim edi. 

Ammo masalalaning yana bir boshqa tomoni ham borki, bu Olden Paylning nafaqat qotil, balki urush qurboni ekanligidadir. To‘g‘rirog‘i, Olden Payl ma’lum bir ideologiya qurboniga aylanadi. York Garding ismli ideologning Sharqqa uchinchi kuch kerak, degan nazariyasi Olden Paylni butkul o‘z komiga tortib olgandi. Bu uchinchi kuch esa Gʻarb bo‘lishi kerak va Gʻarb Sharqqa demokratiyani olib kirishi va Sharqning hayot tarzini butkul o‘zgartirib yuborishi lozim edi. Olden Payl York Gardingning bu g‘oyasiga ko‘r-ko‘rona ergashar, atroflicha o‘ylab, tafakkur qilishga qodir emasdi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, romandagi Olden Payl obrazi tayyor, shakllangan shaxs sifatida gavdalantiriladi. Uning shaxsiy qarashlarida, ma’naviy dunyosida evolyusiya kuzatilmaydi. Olden Payl Vyetnamga ma’lum bir ideologik qarashlardan tarbiya olgan holda tashrif buyuradi. Uning dunyoqarashini atrofdagi fojealaru dramatik taqdirlar o‘zgartira olmaydi. U o‘z qarashlariga sodiq. Bunday dogmatik qarashlar oxir-oqibat uni halok qiladi.

Romandagi reportyor Tomas Fauler obrazini Olden Payl obraziga qarama-qarshi xarakter deb aytish mumkin. Asar boshida Fauler hamma narsadan charchagan, qalbi bo‘m-bo‘sh insondek ko‘rinadi. U o‘z ishini faqat urush bo‘layotgan mamlakatdagi statistik ma’lumot va faktlarni Britaniyadagi gazetaga yetkazib beruvchi jurnalistlikdan iborat, deb hisoblaydi. Aniq bir maqsad yoki g‘oyasi, intiladigan mayog‘i yo‘q inson sifatida tasvirlangan Tomas Fauler Vyetnamda ro‘y berayotgan qonli voqealar va yovuzliklarni chetdan turib kuzatadi, o‘zini bu voqealarga aloqasi yo‘q odam, deb hisoblaydi. Kolonialistlar va vatanparvarlar o‘rtasida qonli urush alanga olgan bir paytda u o‘zi uchun muhabbatdan yupanch qidiradi. Quyidagi parchalar orqali Faulerning pozisiyasini aniq bilish mumkin:

"You can rule me out," I said. "I’m not involved. Not involved," I repeated. It had been an article of my creed. The human condition being what it was, let them fight, let them love, let them murder, I would not be involved. My fellow journalists called themselves correspondents; I preferred the title of reporter. I wrote what I saw: I took no action-even an opinion is a kind of action[7].”

Tarjimasi:

“Men bundan mustasnoman”, – dedim men. “Meni bunga aloqam yo‘q. Aloqam yo‘q”, – deya takrorladim. Bu mening aqidam edi. Ayni vaziyatda odamlar xoh bir-biri bilan jang qilsin, xoh bir-birini sevsin, xoh bir-birini o‘ldirsin, menga baribir, men ularning ishlariga aralashmagan bo‘lardim. Hamkasblarim bo‘lmish jurnalistlar o‘zlarini korrespondent deb atashadi; menga esa reporterlik rutbasi ma’qul. Men ko‘rgan narsamni yozganman: hech bir harakat yoki chora qo‘llamaganman, hattoki fikr ham bildirmaganman, zero bu ham qaysidir ma’noda harakatni bildiradi.” 

Biroq asar davomida uning dunyoqarashida, ideologiyasida bir oz bo‘lsa-da o‘zgarishlar sezila boshlaydi. Aynan Tomas Fauler obrazi orqali Graxam Grin ichki dunyosida o‘zi bilan o‘zi kurashgan odam obrazini yaratadiki, bunday obrazlar orqali o‘sha paytda Yevropasidagi xorijga ma’lum bir missiyalar bilan jo‘natilgan intelligentlar psixologiyasidagi o‘zgarishlar, ularning kechinmalarining murakkab tomonlarini ko‘rsatib beradi. Shuning uchun ham Fauler obrazida dinamika kuzatiladi. Avvaliga voqealar rivojiga daxlim yo‘q deb hisoblagan Tomas Fauler sekin-asta ro‘y berayotgan qonxo‘rliklar va vaxshiyliklar haqida mushohada yurita boshlaydi. Albatta, bu jarayon oson kechmaydi. Graxam Grin uning ichki dunyosidagi kurash jarayonini mahorat bilan ko‘rsatib beradi. Voqealarni chetdan kuzatishga o‘rgangan jurnalist oxir-oqibat Fat Dyem kanalidagi tungi to‘qnashuvlar guvohi bo‘lgach, urushni yomon ko‘rishi haqida fikr yurita boshlaydi. Adib ro‘y bergan qonli to‘qnashuvning realistik kartinasini Fauler tilidan bayon etadi:

“The canal was full of bodies: I am reminded now of an Irish stew containing too much meat. The bodies overlapped: one head, seal-grey, and anonymous as a convict with a shaven scalp, stuck up out of the water like a buoy. There was no blood: I suppose it had flowed away a long time ago. I have no idea how many there were: they must have been caught in a cross-fire, trying to get back[8].”

Tarjimasi:

“Kanal o‘liklar bilan liq to‘la edi; u menga haddan ortiq go‘shti ko‘p Irland sho‘rvasini eslatardi. Jasadlar bir-birini ustiga qalashib ketgan; kimlarningdir basharasi tanib bo‘lmas darajada buzilib ketgan, qirtishlangan kallasi suvdan qalqib chiqib turardi. Suvi allaqachon yuvib ketganidanmi kanalda qon ko‘rinmasdi. Jasadlar nechta ekanini sanab bo‘lmasdi: xoynaxoy ortga suzib ketishayotganda o‘q yomg‘iri ostida qolishgan bo‘lsa kerak.”

Kasbiy faoliyati taqozosi bilan Tomas Fauler urushning ayanchli oqibatlari, uning tinch aholiga yetkazayotgan daxshatli zararlari guvohi bo‘ladi: urush oqibatida vyetnamlik tinch aholining turar joylari vayron bo‘lar, o‘zlari esa halok bo‘lardilar. Urushning vayronkor kuchini Graxam Grin aynan Faulerning ong prizmasidan o‘tkazib, kitobxonga yetkazib beradi. Mana, Faulerning qarshisida kichik bir qishloq, biroq unda hayot nishonasi ko‘rinmaydi. Qishloq yaqinidan fransuz soldatlari joni uzilgan ayol va uning bolasini topishadi:

“They were very clearly dead: a small neat clot of blood on the woman’s forehead, and the child might have been sleeping. He was about six years old and he lay like an embryo in the womb with his little bony knees drawn up[9].”

Tarjimasi:

 “Ularning ikkisi ham, shubhasiz, o‘lgandi: ayolning peshonasida qon qotib qolgan, bolakay aesa uxlab yotganga o‘xshardi. Uning yoshi oltida bo‘lib, xuddi ona qornida yotganday, tizzalarini jag‘iga tiragan ko‘yi yotardi.”

Bu kabi ayanchli hamda dahshatli xolatlarning guvohi bo‘lavergan Tomas Fauler ruhiyatida ichki norizolik uyg‘ona boshlaydi va birinchi bor urushdan nafratlanishi haqida o‘ylaydi[10]. Uning bunday xissiyotlarini Payl bilan o‘zaro suhbatidan ham ilg‘ab olish mumkin:

“Don’t go on in the East with that parrot cry about a threat to the individual soul. Here you’d find yourself on the wrong side-it’s they who stand for the individual... [11]”

Tarjimasi:

“Insonlar shaxsiyatiga daxl qiluvchi qag‘illashingiz bilan Sharq ishlariga burningnizni tiqmanglar...”

Amerikaliklar tomonidan uyushtirilgan portlash esa Tomas Faulerning qarashlarida batamom o‘zgarishga sabab bo‘ladi. Vyetnamlik generallarni harbiy parad paytida o‘ldirishga qaratilgan bu portlash belgilangan muddatidan oldin ro‘y beradi va oqibatda tinch aholining qirg‘in bo‘lishiga olib keladi:

“A woman sat on the ground with what was left of her baby in her lap; with a kind of modesty she had covered it with her straw peasant hat.

She was still and silent, and what struck me most in the square was the silence... The legless torso at the edge of the garden still twitched, like a chicken which has lost its head. From the man’s shirt, he had probably been a trishaw-driver[12].”

Tarjimasi:

“Ayol norasida bolasidan qolgan parchalarni tizzasiga qo‘ygan ko‘yi yerda o‘tirardi. Bolasini somondan yasalgan keng shlyapasi bilan berkitgandi. U sokin va qimir etmasdi... Oyoqsiz tana qon ko‘lmagi yonida xuddi boshi olingan tovuqday pitirlardi. Ustidagi kiyimiga qaraganda u riksha haydovchi edi.”

Xulosa. Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, Personajlarning hech biri yaxshi yoki yomon toifalarga to‘g‘ri kelmaydi va bu personajlar o‘zlarini axloqiy baholash uchun mukammal tarzda taqdim etadilar. Syujet burilishlari va personajlar harakatlarini sinchkovlik bilan tahlil qilgandan keyin ham aniq xulosalar chiqarish qiyin. Chunki biz har bir harakat va har bir insonning motivatsiyasini tasvirlash uchun Faulerga tayanishimiz kerak. Biroq, uning nuqtai nazarini rad etmaslik kerak, chunki u hali ham axloqiy mazmun jihatidan juda ko‘p ma’lumot beradi.

Библиографические ссылки

Adamson, J., & Shechner, M. (2016). Graham Greene: The dangerous edge: Where art and politics meet. London: Palgrave Macmillan. https://doi.org/10.1007/978-1-349-20770-1; Baldridge, C. (2000). Graham Greene’s fictions: The virtues of extremity. Columbia and London: University of Missouri Press; Bergonzi, B. (2006). A study in Greene: Graham Greene and the art of the novel. Oxford: Oxford University Press; Bosco, M. (2005). Graham Greene’s catholic imagination. Oxford: Oxford University Press; DeVitis, A. A. (1968). Religious aspects in the novels of Graham Greene. In Mooney, H. J., & Staley, T. F. Eds., Shapeless God: Essays on modern fiction (pp. 41-

. University of Pittsburgh Research; Brennan, M. (2010). Graham Greene: Fictions, faith and authorship. London: Continuum; Kulshrestha, J. P. (1977). Graham Greene: The novelist. Delhi: Macmillan India Limited.

DeVitis, A. A. Religious aspects in the novels of Graham Greene. In Mooney, H. J., & Staley, T. F. Eds., Shapeless God: Essays on modern fiction (pp. 41-65). University of Pittsburgh Research, 1968. Pp.42-60.

Stratford, P. Faith and fiction. Notre Dame: University of Notre Dame Press, 1967.

Currey, C. B. (1998). Edward Lansdale: The unquiet American. Lincoln: Potomac Books; Gordon, Ḥ. (1997). Fighting evil: Unsung heroes in the novels of Graham Greene.Santa Barbara: Greenwood Publishing Group; Hoffman, P. (2019, July 22). Mayor Pete: Quiet American. Slate. https://slate.com/news-and-politics/2019/07/pete-buttigeig-graham-greenequiet-american.html

Greene, H. G. The Quiet American. London: Vintage, 2004. P.XI.

Greene, H. G. The Quiet American. London: Vintage, 2004. P.23.

Green, Graham. The quiet American. – London.: William Heinemann Ltd., 1915. – P.27.

Green, Graham. The quiet American. – London.: William Heinemann Ltd., 1915. – P.60.

Green, Graham. The quiet American. – London.: William Heinemann Ltd., 1915. – P.62.

Green, Graham. The quiet American. – London.: William Heinemann Ltd., 1915. – P.62.

Green, Graham. The quiet American. – London.: William Heinemann Ltd., 1915. – P.123.

Green, Graham. The quiet American. – London.: William Heinemann Ltd., 1915. – P.212.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Маърифат Бoлтабаева ,
Наманганский государственный педагогический институт

преподаватель

Как цитировать

Бoлтабаева М. (2025). Особенности жанра политического и исторического романа в творчестве Грэма Грина. Лингвоспектр, 3(1), 39–44. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/490

Похожие статьи

<< < 7 8 9 10 11 12 13 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.