Роль мультимедийных средств в обучении иностранным языкам.

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
 Роль мультимедийных средств в обучении иностранным языкам

Аннотация

В статье рассматривается роль мультимедийных средств в обучении иностранным языкам в высших учебных заведениях и их значение в образовательном процессе. В настоящее время использование современных технологий в процессе изучения и освоения иностранного языка является важным фактором. В данной статье также дается понятие использования мультимедийных средств, включая аудио, видео, графику и интерактивные платформы. Использование мультимедийных средств наряду с учебниками при изучении и освоении иностранных языков ведет к эффективным результатам и предоставляет преподавателям возможность проводить уроки более интересно и продуктивно. В обучении иностранному языку через мультимедийные средства, использование возможностей увидеть и услышать, практическое применение языка помогает студентам активно изучать язык, улучшать произношение и повышать интерес к языку, а также способствует их самостоятельному обучению. В статье также анализируются недостатки, технические и методические проблемы при использовании мультимедийных средств в обучении и освоении иностранных языков. В статье подчеркивается, что эффективное и правильное использование мультимедийных средств в изучении языка является актуальной проблемой на современном этапе.

Ключевые слова:

мультимедиа интернет аудио текст слушание графика анимация интерактивные платформы и мобильные приложения.

Multimediya vositalarining umumiy mazmuni: Ma’lumki, hozirgi davrda zamonaviy texnologiyalar jadall sur’atda rivojlanib bormoqda. Bu ta’lim sohasida ham xorijiy tillarni o‘rganish va o‘zlashtirishda o‘z aksini topmoqda. Tilni o‘rganishda darslik bilan bir qatorda qanday qo‘shimcha vositalardan foydalanish mumkin? Multimediya vositalarining ta’limda tutgan o‘rni nimadalardan iborat? Avvalambor, multimediya vositalari nimadalardan iborat ekaniga aniqlik kiritaylik. Multimediya - matn, audio, video, animatsiya, grafika va interaktiv elementlardan tashkil topgan va zamonaviy texnologiyalarni o‘z ichiga olgan ta’lim vositalaridir/ Bu vositalar orqali tilni oson va qulay, shuningdek, mustaqil o‘rganish va amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari mavjud. Ular o‘qituvchilarga darslarni qiziqarli va samarali o‘tkazish imkonini ham yaratib berish bilan birga, til o‘rganuvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirishi mumkin.  (Янковская, Е. Н. (2015) 124-130.)O‘qituvchi biron bir mavzuni yangi metodlarni qo‘llash va yangi pedagogik yondashuv orqali yoritar ekan, mavzuni yana-da jonli va qiziqarli tushuntirish uchun shu mavzuya oid interaktiv platformalar, video materiallar va kompyuter o‘yinlaridan foydalanadi.

Xorijiy tillarni o‘rganish va o‘zlashtirish, shuningdek amaliyotda qo‘llashda multimediya vositalarining ahamiyati quyidagilardan iborat: multimediya vositalarini til o‘rganish jarayonida qo‘llash o‘quvchida tilga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish bilan birga, tilni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Bu zamonaviy axborot vositalaridan unumli va samarali foydalanish orqali o‘quvchilar til ko‘nikmalarini nafaqat nazariy tomondan, balki amaliyotda ham foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuni ta’kidlash joizki, o‘qituvchining darsi bu multimediya vositalari orqali yana-da jonli va qiziqarli tarzda o‘tishiga ham o‘z hissasini qo‘shadi.

Multimedia vositalari til o‘rganishda bir necha foydali jihatlarga ega. Ko‘plab tadqiqotchilarning fikricha, multimedia, o‘quvchilarga tilni amaliy ravishda o‘rganish imkonini beradi, chunki ularga haqiqiy hayotdagi til hodisalarini kuzatishga imkon yaratadi

Ma’lumki, har qanday til o‘zining talaffuzi va aytilishi kabi jihatlari bilan ajralib turadi. Xorijiy tillarni o‘qitishda va o‘rganishda to‘g‘ri talaffuz qilish va aytilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni audio va video materiallar orqali tinglab, takrorlab tilni o‘rganish imkoniyatlari mavjud. Bu o‘z navbatida til ko‘nikmalarini amaliyotda ham aniq ifodalashda yordam berish bilan bir qatorda tilni faol ravishda o‘rganishga jalb qila oladi. Misol uchun, YouTube, TED Talks, Netflix kabi onlayn platformalaridan foydalanish tilni yanada yaxshiroq o‘rganishga va o‘zlashtirishga yordam beradi. Bu multimediya vositalari orqali o‘quvchilar interaktiv mashqlarni bajarishni, yangi so‘zlarni o‘rganishni, testlarni yechishni va qisqa matnlarni tuzishni o‘rganishlari mumkin. Shu o‘rinda audio va video materiallaridan o‘qituvchi darsni jonli va qiziqarli o‘tish uchun foydalanar ekan, u bu vaziyatda o‘quvchining til o‘rganish darajasini hisobga olishi muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, o‘qituvchi endi til o‘rganishni boshlagan o‘quvchi uchun teledastur orqali kundalik yangiliklarni kuzatib borishda A1 va A2 darajaga mos keladigan “Tagesschau in einfacher Sprache” materiallaridan, tilni o‘rganishni davom ettiruvchilar ya’ni  B1 va B2 uchun “Langsam gesprochene Nachrichten”, “Nachrichten für Deutschlernende” materiallarini, shuningdek tilni mukammal o‘rganuvchilarga C1 va C2 darajadagi “Tagesschau 24” materiallaridan unumli foydalanishi mumkin.

Shu bilan birga, audio va video materiallari bilan bir qatorda multimediyaning muhim vositalaridan grafika va animatsiya haqida batafsil to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Ushbu vositalar til o‘rganishni faqat mazmunli va qiziqarli emas, balki samarali ham qilish bilan birga, til o‘rganishda vizual yordam ko‘rsatadi, ya’ni o‘rganilayotgan so‘zlar yoki iboralar bilan bog‘liq tasvirlarni ko‘rsatish ularning ma’nosini tushunishni osonlashtiradi. Masalan, “Mein Haus” mavzusini to‘liq yoritilishida shu mavzu doirasida o‘rganilayotgan so‘z yoki iboraga tegishli rasmlarni ko‘rish va darsda qo‘llash o‘quvchilarga bu so‘zning ma’nosini o‘zlashtirishni yengillashtiradi va u bilan bog‘liq kontekstni tushunishni yaxshilaydi.

Multimediya vositalari ko‘pincha interaktiv xislatga ega bo‘ladi.  Interaktiv tarzda o‘rganishga biroz to‘htalib o‘tamiz. Interaktiv tarzda o‘rganish – bu o‘quvchini ta’lim jarayoniga faol jalb qilishga asoslangan o‘qitish usulidir. Bu usulda o‘quvchilar, o‘qituvchidan yoki multimediya vositalariga asoslangan materiallardan faqat axborotni qabul qilmasdan, balki turli mashqlar, savollar, testlar, o‘yinlar yoki har qanday interaktiv faoliyatlar orqali o‘rganishl imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Interaktivlik, o‘quvchilarga har xil vaziyatlarda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish, amaliyotdaqo‘llash,kamchilikalari ustida ishlash va to‘g‘rilashvorqali  o‘rganishadi va tilni oson o‘zlashtirishadi.

Interaktiv tarzda til o‘rganishning o‘ziga xos  asosiy xususiyatlari

Faollik: Ushbu usulda o‘quvchi faqat passiv ravishda darsni qabul qilmaydi, balki dars jarayonida faol qatnashadi. U o‘qituvchidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishga, yangi bilimlarni amaliy shaklda ko‘rsatishga, savollar berishga va tahlil qilishga yordam beradi.

Shaxsiy tajriba: Interaktiv o‘rganish shunday usul bo‘lib, u har bir o‘quvchining shaxsiy tajribasi va ehtiyojlariga moslashadi. Ushbu usulda o‘quvchi o‘zi  tilni mustqil o‘rganishi, xato qilish va ulardan o‘rganishi mumkin.

 Motivatsiya va qiziqish: muhim ahamiyatga ega bo‘gan bu Interaktiv o‘rganish o‘quvchiga o‘qish jarayonida qiziqarli, yangi va turli xil materiallar bilan ishlash imkonini yaratadi. Shuningdek, ushbu usul o‘quvchini  natijaga erishishga undaydi va ularning faolligini oshiradi.

 Shaxsiy mas’uliyat: Interaktiv o‘rganish o‘quvchini o‘z ta’lim jarayonida shaxsiy mas’ul bo‘lishga undaydi va samarali natijaga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Bu usulda o‘quvchi o‘z bilimlarini amalda qo‘llash uchun tashabbus ko‘rsatadi va natijalar uchun shaxsiy javobgar hisoblanish shubhasisdir.Начало формыКонец формы

Xorijiy tillarni organishda  multimedia vositalaridan grafika va animsiya turlari ham ahamiyatga ega.Grafika va animatsiya orqali o‘yinlar to‘liq interaktivlikni ta’minlaydi va o‘rganish jarayonini qiziqarli qiladi. Shu bilan birga, animatsiya va grafika, ayniqsa, his-tuyg‘ularni ifodalashda katta rol o‘ynaydi. Masalan, frazalarning to‘g‘ri ishlatilishi yoki to‘g‘ri intonatsiya bilan aytilgani animatsiya orqali ko‘rsatilsa, bu tilni o‘rganishda frazalarning to‘g‘ri kontekstda ishlatilishiga yordam beradi. Misol uchun, "froh" (xursand) yoki “traurig” (qayg‘uli) so‘zlarini animatsiya yordamida kulish yoki xursand bo‘lish, xafa bo‘lish bilan ko‘rsatilsa, bu so‘zning ma’nosini aniq tushunish va eslab qolishni osonlashtiradi. Shu bilan birga, grafika va animatsiya ko‘pincha til o‘rganishda turli madaniyat va ko‘p millatli o‘zgarishlarni tushunishga yordam beradi. Masalan, nemis tilida juda ko‘p qo‘llaniladigan “groß” (katta) so‘zidagi “ß” harfini an’anaviy darsliklarda uchratish mumkin. Ammo hozirgi zamonaviy darsliklarda tildagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda bu so‘zni “gross” (ß`-ss) shaklda ham uchratish mumkin. Ikki holatda ham so‘z ma’nosi o‘zgarmaydi va xatolik hisoblanmaydi.

Multimediya orqali xorijiy tillarni o‘rganuvchilar har qanday madaniyatga xos iboralarni audio-materiallar yordamida ko‘rish va eshitish bilan birga grafika tasvirlar yoki animatsiyalar yangi bilimlarni o‘rganishda motivatsiya va qiziqishni oshiradi.  Misol uchun, o‘qituvch til oäganishni boshlagalkar uchun “Gesundheit“ mavzusini  to‘liq va jonli tushuntirishda darslikda berilgan ma’lumotga tayanmasdan shu mavzuga oid  onlayn audio, video va grafika usullaridan foydalansa o‘quvchi mavzuni oson  o‘zlashtiradi. Vizual va dinamik kontent odamlarning diqqatini jalb qilib, ularni interaktiv yo‘llar bilan o‘rganishga rag‘batlantiradi. Yuqorida qayd etilgan zamonaviy innovatsiyalar vositalaridan tashqari til o‘rganuvchilar uchun onlayn platformalar va mobil ilovalardan foydalanish imkoniyati ham mavjud. Quyidagi onlayn platforma va mobil ilovalarni misol tariqasida keltirish mumkin: “Duolingo”, “Babbel”, “Memrise”, “Lingoda”, “Tandem”,Lingvist”.

Shuningdek, multimediya vositalari til o‘rganish jarayonini yana-da kreativ va interaktiv qilishda ham foyda keltiradi. Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, multimediya vositalari bilan ishlash o‘quvchilarning e’tiborini jamlash, ma’lumotlarni saqlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga ko‘maklashadi (Vandergrift & Goh, 2012).

O‘qituvchi  dars jarayonidatilni o‘rgatishdafoydalanadigan quyidagi multimedia vositalari haqida  to‘htalib o‘tamiz:

  1. Videolar: Videolar til o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Ular tilning talaffuzini, grammatik qoidalarini va leksik sabablarni tushunishga talabalarga katta yordam beradi. Bunda til o‘rganuvchining tilni bilish darajasiga qarab o‘qituvchi onlayn video darslarni tanlaydi. Mavsuga oid filmlar, mulfilmlar ham til o‘rganishni osonlashtiradi.
  2. Podkastlar va ovozli Matnlar: xorijiy tillar alifbosida yozilishi boshqa talaffusi boshqa bo‘lgan harflar ko‘p uchraydi. Shuning uchun bu vosita tilni o‘rganishda, ayniqsa, eshitish va talaffuzni  to‘g‘ri rivojlantirish uchun  katta yordam beradi.  O‘quvch bu vosita orqali tilni  eshitadi, 
  3. Interaktiv dasturlar: o‘quvchiga tilo‘rganish jarayonida  o‘zaro muloqat qilish, dialoglar tuzish, gaplashish imkonini beradigan dasturlar, bu qo‘llanma va darslarni to‘ldirish uchun samarali vosita bo‘lib, o‘qituvch o‘rganuvchining tilni bilish darajasini e’tiborga olgan holda qo‘llanma va dasturlarni tanlaydi.
  4. Mobil ilovalar: bu vosita turi ham til o‘rganishni osonlashtiradi, foydalanuvchi mobil ilovalar orqali har vaqt va har joyda o‘rganish imkonini beradi.
  5. Internet Vebsaytlari:til o‘rganish va o‘zlashtirish, uni amaliyotda qo‘llash uchun ko‘plab onlayn manbalar mavjud bo‘lib, ular turli fanlar va qoidalarni  o‘s ichiga oladi
  6. Grafikalar va Infografikalar: grafikalar va infografikalar ham tilni vizual tarzda o‘ganishda ahamiyatga ega. Bu vosita orqali o‘quvchi grammatik qoidalarni, so‘zlarni tushishni, shuningdektilning qoidalarini o‘rganadi.

Bu samonaviy innovation vositalar til o‘rganish jarayonini osonlashtiradi va samarali qilish uchun muhim ahamiyatga ega.

Garchi multimediya vositalari til o‘rganishda samarali bo‘lsada, ularning ba’zi kamchiliklari ham mavjud ekanini ham e’tiborga olish kerak. Bunday vositalar, bir tomondan, vizual va audiovizual bilimlarni oshirishda yordam berayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan, grammatika va yozma ko‘nikmalarga yetarlicha e’tibor bermasligi mumkin. Ko‘pincha, multimediya kontentlar passiv shaklda yoritiladi, ya’ni o‘quvchi faqat videoni tomosha qiladi yoki materiallarni eshitadi, shuning uchun qo‘llanma va amaliyotsiz  til o‘rganishda muammolar yuzaga kelishi  mumkin.( Baeva, I. I. (2019)88-92).

Shuningdek, multimediya vositalariga bog‘liq texnik muammolar ham uchraydi. Masalan, Internet tezligining pastligi yoki animatsiya va videolarning sifatsizligi o‘quvchilarga ta’sir qilishi mumkin. Bunda axborot vositalarining resurslarga bog‘liqlik tomoni ham bor, ya’ni internet yoki zamonaviy uskunalarga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga tilni o‘rganishda sifatli materiallarni topish muammolari, uzoq vaqt ekranga qarab o‘rganishning salomatlikka salbiy ta’sirlari mavjudligini e’tiborga olish joiz. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun multimediya vositalaridan to‘g‘ri va maqsadli ravishda foydalanish zarur.

O‘zbekistonda multimediya vositalarining xorijiy tillarni o‘rganishdagi ahamiyati  kengayib boryapti.  Respublika til o‘qitish sohasidagi mutaxassislar multimediya vositalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan ko‘plab dasturlar ishlab chiqqan. Masalan, "Duolingo" va "Memrise" kabi onlayn platformalarga asoslangan til o‘rganishdagi dasturlar talabalar orasida ommalashgan. Shuni inobatga olgan holda bu platformalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.

1."Duolingo" – Bu platforma nafaqat til o‘rganish uchun, balki o‘quvchilarga lingvistik ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. O‘quvchilar turli tillarda interaktiv mashqlar va o‘yinlar orqali o‘z bilimlarini mustahkamlashadi.

  1. "Memrise" – Bu platforma esa yangi so‘zlar va iboralarni yodlash uchun maxsus metodlarni taklif qiladi, shu bilan birga tilni amaliyotda qo‘llashni rag‘batlantiradi.
  2. "Busuu" – Bu til o‘rganish platformasi o‘quvchilarga tilni rivojlantirishda yordam berish uchun turli xil multimedia elementlari va interaktiv mashqlarni taklif etadi.

Multimediya vositalari o‘quvchilarning mustaqil ishlashiga imkon yaratadi. O‘qituvchilar o‘z darslarini yanada jozibador va samarali qilish uchun multimedia vositalarini o‘z dars rejalari va metodikalariga integratsiya qiladilar. Bu o‘zgarishlar darsni qiziqarli va interaktiv qilishga yordam beradi, o‘quvchilarning e’tiborini jalb qiladi va o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi.

O‘qituvchilar multimedia vositalaridan foydalanish orqali darslarni o‘zgacha shaklda olib boradilar. O‘quvchilarning turli ehtiyojlarini inobatga olib, o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida barcha talabalarga mos tarzda bilim bera oladi. Boshqacha aytganda, multimedia vositalari yordamida individual o‘rganish uslubi taqdim etiladi, bu esa har bir talabaning o‘ziga xos ehtiyojlariga mos keladi.

Multimediya vositalari bilan ishlash orqali o‘quvchilar o‘zlashtirayotgan tillarini interaktiv tarzda amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu platformalar va ilovalar o‘quvchilarga real vaqt rejimida o‘z natijalarini ko‘rish va o‘rganish samaradorligini baholash imkoniyatini beradi.

Ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy multimediya vositalaridan foydalanish nafaqat ta’lim jarayonini jonlantiradi, balki tilning vizual va audiovizual elementlari orqali tushunish va yodlash jarayonlarini to‘ldirishga yordam beradi. An’anaviy darsliklar bilan bir qatorda interaktiv platformalar, audio va video materiallar, kompyuter o‘yinlari kabi multimediya vositalari orqali tillarni o‘rganish imkoniyatlari o‘quvchida bir emas, bir necha tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga o‘qituvchilar uchun ham tilni o‘qitish jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan to‘ldirish, o‘qitish sifatini oshirishda samarali natijaga olib kelishi mumkin.

Библиографические ссылки

Yankovskaya, E. N. (2015). Multimediya texnologiyalarining xorijiy tillar ta’limida roli. Vestnik Moskovskogo universiteta, 1(20), 124-130.

Baeva, I. I. (2019). Multimediya materiallarining xorijiy tillarni o‘rgatishda qo‘llanilishi. Jurnal innovatsion texnologiyalar ta’limda, 3(5), 88-92.

Eгорова, L. V. (2014). Multimediya vositalari va texnologiyalarining xorijiy tillarni o‘rgatishdagi roli: Nazariya va amaliyot. M.: Vyssaya shkola.

Baranova, M. A. (2020). Multimediya texnologiyalari xorijiy tillarni o‘rgatishda: Muammolar va yechimlar. Jurnal "Nauchnie issledovaniya", 2(12), 45-50.

Rozenbaum, S. A. (2013). Multimediya texnologiyalari ta’limda: nazariya va amaliyot. SPb.: AST.

Eгорова, S. V. (2018). Interaktiv va multimediya texnologiyalarining xorijiy tillarni o‘rgatishdagi roli. Jurnal "Teoriya va praktika ta’limi", 4(22), 212-219.

Абдуллаев, А. (2019). Рақамли таълим ва мультимедиа воситалари. Тошкент: Ўзбекистон Адиабётлар нашриёти.

Ҳайдаров, Ж. (2016). Хорижий тилларни ўрганиш методикаси. Тошкент: Ўқувчилар ва таълим дастурлари.

Тўхтамуродов, Б. (2018). Таълимда мультимедиа воситаларининг фойдаланилиши. Тошкент: Педагогика университети нашри.

Шарифов, И. (2017). Мультимедиа воситалари ва таълим технологиялари. Тошкент: Техника ва таълим.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Эркинжан Жураев ,
Узбекский государственный университет мировых языков

Преподаватель

Как цитировать

Жураев , Э. (2025). Роль мультимедийных средств в обучении иностранным языкам. Лингвоспектр, 3(1), 397–402. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/550

Похожие статьи

<< < 10 11 12 13 14 15 16 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.