Лексические особенности народов казахской национальности Навоийской области, характерные для диалектологии

Авторы

  • Навоийский государственный университет

Аннотация

В статье приводится информация о необходимости признания диалектной лексики одним из постоянных источников терминологического формирования и о том факте, что диалектизм - явление вне литературного языка, но он служит обогащению литературного языка, в то время как некоторые устаревшие слова выходят из речевого оборота, но с созданием и проникновением нового языка. новых слов, язык неуклонно развивается.

Ключевые слова:

диалектизмы дуплеты диалектология диалект языковые особенности диалектологический словарь структура словаря

Kirish. Shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi hamda u milliy manaviy qadriyatimiz hisoblanadi. Aslida ham ona tili deganda sheva tushunilishi haqiqatga yaqindir. Shuning uchun ham uni asrab-avaylash, qadrlash zarur.[1] Xalq tilida qo‘llanilgan so‘zlarni bu tilda so‘zlashuvchi har bir kishi tushunadi. Ko‘p qo‘llanilmaydigan va faqat ma’lum bir soha doirasida  yoki  muayan bir  xududlardagina qo‘llaniladigan so‘zlar ham bor. Bular  maxalliy va  xududiy  xususiyatlarga ega  shevaga xos  dialekt  so‘zlar  xisoblanadi.    

O‘zbekiston Respublikasining birinchi prizidenti I.A. Karimovning: “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili - bu millatning ruhidir[2]  - degan so‘zlarini eslash o‘rinlidir.

Shu o‘rinda dialektologiya haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tish maqsadga muvofiq sanaladi. Dialektologiya (gr. Dialektos — nutq, gr. Logos — bilish) — tilshunoslikning muayyan tilning dialektal xususiyatlari, kelib chiqishi, tarqalish xususiyati, milliy va adabiy tilga munosabatini o‘rganuvchi sohasi [3]. Aniq dialektal tasnifga ega bo‘lgan tillardagi dialektlarning soni kamida ikkita bo‘lishi kerak. Xalq tilidagi shevalar sinfi ularni bir-biridan ajratib turuvchi belgilar xususiyatiga bog‘liq. Qozoq tilidagi bunday belgilar har xil. Ular ko‘pincha tilning tovush tizimi, grammatik tuzilishi va so‘z tuzilishi bilan bog‘liq.

Tadqiqot metodologiyasi: Dialektologiyaning vazifasi mahalliy tilning xususiyatlarini o‘rganishdir. Mahalliy xususiyatlar qamrab olgan hududga, til materialining hajmiga qarab, dialekt, nutq atamalari qo‘llaniladi. Tilda milliy xususiyatga ega bo‘lmagan, faqat ma’lum o‘rinda qo‘llanadigan xususiyatlar yig‘indisi shevadir. Nutq - bu mahalliy dialektlarning kichik bir sohasi. Bu shuni anglatadiki, barcha hududlar o‘ziga xos mahalliy xususiyatlarga ega. Ushbu mahalliy xususiyatlarni o‘rganadigan soha dialektologiya deb ataladi.

Shu munosabat bilan dialektologiya fani tavsifiy dialektologiya va tarixiy dialektologiyaga bo‘linadi.

Dialektologiya - o‘rganilayotgan ob’yektning farqlanishi va xususiyatiga ko‘ra: tavsif ikki sohaga bo‘linadi: tavsifiy dialektologiya va tarixiy dialektologiya.[4]

Dialektologiyaga leksik xususiyatlarga mansub mos va ahamiyatsiz shevalar kiradi. Men e’tibor qaratadigan lahjalar orasida tegishli dialektlari ham bor.

Tegishli shevalar - turli nutqdagi bir narsa yoki tushunchaning turli nomlaridan olingan so‘zlar.

Dialektologiya uchun zarur bo‘lgan material mamlakatdan ekspedision yig‘ish va lingvistik geografiya usullaridan foydalanish natijasida yaratilgan. Tadqiqotchilar ko‘pincha bu ikki usulni izchil deb hisoblashadi.

    Natijalar va muxokamalar: Yurtimizdagi har bir fuqaro, avvalo, o‘z xalqi tilini bilishi shart. O‘z ona tilini va uning xususiyatlarini aniqlash va rivojlantirish har bir yosh avlodning ezgu burchidir. Adabiy til meyorlarini teran anlash uchun tilimizdagi shevaga xos so‘zlarni har tomonlama tadqiq qilish tilshinoslikdagi dolzarb masalalardan biridir. Ayniqsa O‘zbekiston  diyori ko‘p  millatli mamlakat hisoblanadi. Jumladan, Navoiy viloyatidagi qozoq millatiga mansub xalqlar tilidagi sheva so‘zlar xar tomonlama tadqiq  qilishni talab etadi.

  Navoiy viloyatidagi tumanlarda qozoq madaniy markazlari namunali faoliyat yuritib kelmoqda va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar o‘zlarining ona tili hisoblanmish qozoq tilida ta’lim oladi.

       Navoiy viloyati qozoq millatiga mansub  xalqlar yashovchi maskan hamda o‘zaro muloqot hududi hisoblanadi. Ushbu hudud shevalarining o‘ziga xos lisoniy xususiyatlarga ega ekanligi ham mana shundandir.

Qozoq millatiga mansub xalqlarning tilidagi shevalarining juda ko‘plab xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Navoiy viloyatida yashayotgan qozoqlar tilidagi shevalari ishda o‘zbek shevalari bilan qiyosiy tadqiq qilinadi. Bu shevalarni birlashtiruvchi ko‘pgina xususiyatlar mavjud bo‘lsa ham, biz tadqiq etayotgan shevalar qozoq tilining boshqa hududlaridagi shevalaridan ma’lum xususiyatlari bilan farqlanadi. Bu hol tadqiq etilayotgan hudud shevalari paydo bo‘lgan va rivojlangan shart-sharoitlari bilan belgilanadi.

Navoiy viloyati shevalarida so‘zlashuvchi aholi viloyatning Nurota, Konimex, Tomdi tumanlarida asrlar davomida turkiy va turkiy bo‘lmagan boshqa xalqlar bilan birga yashab kelgan. Bu hol ular tillarining bir-biriga ta’sir etishiga sabab bo‘lgan. Viloyatning Konimex, Tomdi tumanida qozoq va o‘zbek millatiga mansub xalqlar aralash tartibda istiqomat qilishadi. Bu esa ushbu hududlarda yashovchi  aholining  nutqidagi  mahalliy  xususiyatlarni ham o‘z ichiga olinishidan dalolat beradi.  Qozoq aholisining jaloir, mang‘it, qo‘ng‘irot, qiyot, jaloir, qipchoq, qang‘li, kenagas, nayman, arg‘in, barlos, kabi urug‘-qabilalari mavjud. Mazkur tumanda qoraqalpoqlar ham qadimdan yashab kelishgan. Navoiy viloyatidagi qozoq millatiga mansub xalqlarning shevalarida ham umumturkiy so‘zlar o‘zlashtirilgan so‘zlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qiladi. Buni Navoiy viloyatidagi qozoq millatiga mansub xalqlarning tilidagi shevaga xos so‘zlar bo‘yicha to‘plangan materiallar ham ko‘rsatadi.

Xulosa va takliflar. Demak, qozoq shevalaridagi biror so‘zning shevalararo turli xil fonetik variantlarda uchrashi, yoki unda narsa va hodisalarning turli nom bilan atalishi ushbu shevalarning tadrijiy taraqqiyot tarixi o‘ziga xos sharoitda rivojlanishi, hudud shevalarining o‘zaro ta’siri va boshqa tillarning hudud shevalariga ta’siri bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, umumxalq tilini tadqiq qilish shu tilda so‘zlashuvchi etnos tarixini o‘rganishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Chunki tildagi o‘zgarish va rivojlanishlar xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga aloqador bo‘ladi. Shuning uchun ham  atalmish  xududlardagi  axoli  nutqida ularning  turmush tarziga oid shevalar tarqalgan.

Библиографические ссылки

Сарыбаев Ш., Қалиев Ғ.Қазақ диалектологиясы.2004.-В.13.

Искакова Ғалия.Жергілікті аймақтарда диалект сөздердің қолданылу мәні.2017.

Аширбоев С.Ўзбек диолектологияси. -Тошкент: НДПУ. Ўқув қўлланма .1-б.

Каримов И. А. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Тошкент: Маънавият, 2009. 68-б.

Қозоқ тили. Энциклопедия. Олмаота: Қозоғистон Республикаси Таълим, маданият ва соғлиқни сақлаш вазирлиги, Қозоғистон тараққиёт институти, 1998 йил, 509- б.

Абдурасулов Е. Туркий тилларнинг қиёсий-тарихий грамматикаси.-Тошуент. Фан, 2009.

Рафиев А. Туркий тилларнинг қиёсий-тарихий грамматикаси.-Тошуент.Ўзбекистон.-Б.52.

Тўйчибаев Б., Ҳасанов Б. Ўзбек диалектологиясы. -Тошкент, А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти. -2004. -Б.5,6,38,66.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Газиза Кулатова ,
Навоийский государственный университет

старший преподаватель

Как цитировать

Кулатова , Г. (2025). Лексические особенности народов казахской национальности Навоийской области, характерные для диалектологии. Лингвоспектр, 3(1), 722–724. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/608

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.