Развитие навыков поиска и оценки информации у студентов с использованием мультимедийных материалов в преподавании английского языка
Аннотация
В статье рассматривается развитие у студентов навыков поиска, критической оценки и эффективного использования информации с помощью мультимедийных материалов в процессе обучения английскому языку. Особое внимание уделяется роли современных информационно-коммуникационных технологий в повышении качества языкового образования, а также в формировании ключевых компетенций XXI века, таких как цифровая грамотность, самостоятельное обучение и аналитическое мышление. Интеграция различных мультимедийных инструментов – подкастов, видеоматериалов, онлайн-лекций и интерактивных образовательных платформ – способствует созданию динамичной и мотивирующей учебной среды, способной адаптироваться к индивидуальным потребностям учащихся. В статье подчеркивается, что мультимедиа не только помогает улучшить восприятие аутентичного контента, но и способствует формированию у студентов умений принимать обоснованные решения при взаимодействии с цифровыми источниками. Также акцентируется важность обучения студентов навыкам различения достоверных и недостоверных источников информации, оценки ее актуальности и надежности, что особенно актуально в условиях цифровой перегрузки. На основе анализа педагогических наблюдений и теоретических положений представлены практические рекомендации для преподавателей по эффективному использованию мультимедийных ресурсов в учебном процессе, направленных на всестороннее развитие когнитивных, языковых и информационно-аналитических умений обучающихся.
Ключевые слова:
подкасты видеоматериалы оценка информации обучение английскому критическое мышление цифровая грамотность самостоятельное обучение
Kirish. Bugungi raqamli asrda ingliz tilini o‘qitish jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Xususan, podkastlar va video materiallar nafaqat tilni o‘zlashtirish, balki talabalarning mustaqil fikrlash, izlanish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim vositaga aylanmoqda. Ushbu resurslar yordamida o‘quvchilar real hayotdagi til muhitini eshitish, tushunish, anglash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning fonetik, leksik va grammatik bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmasini mustahkamlashga xizmat qiladi. Podkastlar va videodarslar orqali taqdim etilgan autentik materiallar o‘quvchilarga turli ijtimoiy-madaniy kontekstlarda tilni qanday qo‘llashni o‘rganishga yordam beradi. Masalan, ingliz tilidagi suhbatlar, intervyular, hujjatli filmlar va ma’ruzalar tinglovchilarga nafaqat yangi so‘zlarni o‘rganish, balki ularning ishlatilish kontekstini tushunishga, til sezuvini rivojlantirishga zamin yaratadi. Multimedia vositalari o‘quvchilarda til o‘rganishga nisbatan motivatsiyani kuchaytiradi va interaktiv muhit orqali faol ishtirokni rag‘batlantiradi (Gilakjani, 2012). Bunday interaktiv vositalar orqali o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, o‘z fikrini asoslab berish va turli fikrlar bilan tanishib, ularni tahlil qilish imkonini topadilar. Shuningdek, multimedia vositalari orqali o‘rganish talabalarni faollikka chorlaydi, ularni o‘qituvchi nazoratidan tashqarida ham mustaqil ravishda o‘rganishga undaydi. Bu esa raqamli savodxonlik, vaqtni boshqarish, informatsion tanqidiylik kabi zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantiradi. Ko‘pkanalli o‘qitish tamoyillari multimedia materiallar yordamida chuqur tushunish va eslab qolish jarayonlarini yaxshilashga xizmat qiladi (Mayer, 2009). Talabalar o‘rgangan ma’lumotni izlab topish, uni tahlil qilish, ishonchliligini baholash va undan samarali foydalanish jarayonida mustaqil qaror qabul qilish malakasiga ega bo‘ladilar. Bunday yondashuv o‘quvchilarning mas’uliyat hissini oshiradi va ularni faol bilim egasiga aylantiradi.
Ushbu maqolada ingliz tili taʼlimi jarayonida talabalarning ma’lumotni izlash va baholash qobiliyatini oshirishda podkast va video materiallarning o‘rni, ularning o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, multimodal matnlar bilan ishlash hamda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy raqamli platformalar orqali yaratilgan ta’limiy kontentni tanlash, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham keltiriladi. Raqamli hikoyalash texnologiyasi ta’lim jarayonida kreativ yondashuvni shakllantirib, o‘quvchilarning nutqiy va yozma ko‘nikmalarini rivojlantiradi (Robin, 2007).
Metodologiya. Ushbu tadqiqot ingliz tilini o‘qitish jarayonida podkastlar va video materiallar kabi multimedia vositalaridan foydalanish orqali talabalarning ma’lumotni izlash va baholash qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Zamonaviy raqamli taʼlimda mustaqil va interaktiv o‘qitish modelining samaradorligi uch avlod pedagogikasi nazariyasi asosida izohlangan (Anderson & Dron, 2011). Tadqiqotda sifatli (qualitative) va miqdoriy (quantitative) tadqiqot yondashuvlarining uyg‘unlashuvi asosida kompleks tahlil amalga oshirildi. Ushbu metodologik yondashuv natijalarni chuqur tahlil qilish, ta’limiy jarayonning samaradorligini baholash va talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlarni aniqlash imkonini berdi. Tadqiqotda ishtirok etgan talabalar filologiya va ingliz tili yo‘nalishida tahsil olayotgan 2-3 bosqich talabalari bo‘lib, ularning umumiy soni 60 nafarni tashkil etdi. Talabalar tasodifiy tanlov asosida ikki guruhga ajratildi: eksperimental guruh va nazorat guruhi. Eksperimental guruh multimedia vositalaridan foydalangan holda ta’lim olgan bo‘lsa, nazorat guruhi an’anaviy o‘qitish metodlari asosida mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Har ikki guruh bilan bir xil mavzular doirasida ishlangan bo‘lib, farq faqat taqdim etilgan resurslar va metodlarda namoyon bo‘ldi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish til o‘rganish samaradorligini oshirib, individual ta’lim yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlaydi (Warschauer & Healey, 1998). Tadqiqot davomida bir nechta turdagi multimedia materiallardan foydalanildi. Jumladan, BBC Learning English, Voice of America, TED Talks kabi manbalardan olingan autentik podkastlar, ingliz tilini o‘rganishga qaratilgan YouTube videolari, ma’ruzalar va suhbatlar, shuningdek, til ko‘nikmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan interaktiv topshiriqlar jalb qilindi. Bu materiallar yordamida talabalar real kontekstda axborotni izlash, topilgan ma’lumotni tahlil qilish, uning ishonchliligi va dolzarbligini baholash, shuningdek, o‘z fikrlarini mustaqil shakllantirish va ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirildi.
Yuqoridagi grafikda multimedia vositalari (podkastlar va video materiallar) asosida o‘qitilgan eksperimental guruh va an’anaviy metodlar asosida ta’lim olgan nazorat guruhi o‘rtasida ma’lumot bilan ishlashga oid muhim ko‘nikmalar darajasi solishtirilgan. Baholash 10 ballik tizim asosida amalga oshirildi. Grafikdan ko‘rinib turibdiki, eksperimental guruh barcha ko‘nikmalar bo‘yicha nazorat guruhiga nisbatan yuqori natijalarga erishgan. Jumladan, tanqidiy fikrlash va ma’lumotni izlash ko‘nikmalarida eng yuqori ballar qayd etilgan (mos ravishda 8.4 va 8.2). Bu esa multimedia materiallar orqali o‘quvchilarning mustaqil o‘rganishga qiziqishi oshganini va ular axborot bilan ishlashda faolroq bo‘lganini ko‘rsatadi. Nazorat guruhi ko‘rsatkichlari esa o‘rtacha 6 ball atrofida bo‘lib, bu an’anaviy usullar o‘quvchilarning informatsion kompetensiyalarini rivojlantirishda yetarli emasligini anglatadi. Mazkur natijalar ingliz tili ta’limida zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish nafaqat til ko‘nikmalarini, balki XXI asr talabalari uchun zarur bo‘lgan izlanish, baholash va tanqidiy fikrlash kabi transversal (ko‘p yo‘nalishli) ko‘nikmalarni ham rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini tasdiqlaydi.
Tadqiqot jarayonida bir nechta usullardan foydalanildi. Dars jarayonlarini kuzatish, talabalar bilan o‘tkazilgan intervyular va so‘rovnomalar, shuningdek, old va keyingi testlar (pre-test va post-test) yordamida talabalar bilim va ko‘nikmalaridagi o‘zgarishlar aniqlab borildi. So‘rovnoma savollari multimedia vositalari yordamida mustaqil axborot izlash, ma’lumotni tahlil qilish, undan foydalanish va xulosa chiqarish jarayonlariga oid bo‘lib, ular talabalar tajribasini o‘lchashga xizmat qildi. Yig‘ilgan ma’lumotlar statistik jihatdan tahlil qilindi: pre-test va post-test natijalari o‘rtasidagi farq maxsus diagramma va grafiklar yordamida ifodalandi. Shuningdek, talabalar tomonidan izlangan, tanlangan va baholangan ma’lumotlarning kontent tahlili amalga oshirildi. Sifatli ma’lumotlar esa tematik kodlash orqali tahlil qilinib, talabalarning tanqidiy fikrlash va axborotga nisbatan yondashuvlaridagi o‘zgarishlar aniqlab borildi. Podkastlardan foydalanish oliy ta’limda talabalar tahliliy fikrlashini rivojlantirishda samara bermasligi mumkinligi, ammo metodik yondashuv bilan bu salohiyat kuchaytirilishi mumkin (Yang & Chang, 2008). Umuman olganda, tadqiqot metodologiyasi multimedia vositalari orqali til o‘rganish jarayonining nafaqat til kompetensiyasiga, balki zamonaviy axborot bilan ishlash ko‘nikmalariga ham qanday ta’sir qilishini chuqur o‘rganishga qaratildi. Natijalar esa multimedia materiallar yordamida talabalarning izlanish faoliyati, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati va tanqidiy fikrlash salohiyatining sezilarli darajada rivojlanganini ko‘rsatdi.
Natijalar. Tadqiqot davomida olingan natijalar multimedia vositalarining – ayniqsa podkastlar va video materiallar – talabalarning ma’lumot bilan ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishdagi samaradorligini aniq ko‘rsatdi. Eksperimental guruh (multimedia asosida o‘qitilgan talabalar) va nazorat guruhi (an’anaviy metodlar asosida o‘qigan talabalar) o‘rtasida sezilarli farqlar qayd etildi.
Pre-test va post-test natijalarining taqqoslovi shuni ko‘rsatdiki, eksperimental guruhda:
Ma’lumotni izlash ko‘nikmasida 25% o‘sish,
Ma’lumotni tahlil qilishda 22% o‘sish,
Baholash ko‘nikmasida 30% o‘sish,
Mustaqil qaror qabul qilish va tanqidiy fikrlashda esa mos ravishda 26% va 35% o‘sish qayd etildi.
Bu ko‘rsatkichlar multimedia vositalar orqali o‘quv jarayonining real kontekstga yaqinlashishi, tinglab tushunish, ko‘rish orqali axborotni anglash va izohlashga yo‘naltirilgani bilan bog‘liq. Ayniqsa, autentik podkastlar va interaktiv video topshiriqlar talabalarni mustaqil ravishda axborot izlashga, uni tanqidiy baholashga va xulosa chiqarishga undagan. So‘rovnoma va intervyu natijalari ham ushbu metod samaradorligini qo‘llab-quvvatladi. Talabalar multimedia materiallari bilan ishlash o‘zlarining qiziqishlarini oshirgani, yangi so‘z va iboralarni kontekstda o‘rganishga yordam bergani, va eng muhimi – mustaqil o‘rganish ishtiyoqini kuchaytirganini ta’kidlashdi.
Bundan tashqari, kontent tahlili orqali talabalar tomonidan topilgan manbalar sifat jihatdan ham yaxshilangani kuzatildi: eksperimental guruhda talabalar ishonchli, akademik, dolzarb axborot manbalaridan foydalangan, nazorat guruhida esa ko‘p hollarda umumiy, havola qilinmagan yoki noto‘liq axborotlardan foydalanilgan. Shuningdek, eksperimental guruhdagi talabalar tomonidan tayyorlangan yakuniy topshiriqlar (prezentatsiyalar, og‘zaki fikr bildirish, yozma tahlillar) mantiqiy izchilligi, dalillarning ishonchli manbalarga asoslangani va o‘z fikrini asoslash qobiliyati bilan ajralib turgan. Interaktiv videolar o‘quvchilarda kontentni chuqurroq tushunish, muhim ma’lumotlarni ajratish va ulardan samarali foydalanish malakalarini oshirishga xizmat qiladi (Zhang, Zhou, Briggs, & Nunamaker, 2006). Umuman olganda, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, multimedia vositalari orqali o‘qitish nafaqat til o‘rganish jarayonini samaraliroq qiladi, balki axborotga tanqidiy yondashish, ma’lumotlarni mantiqan tahlil qilish, va raqamli muhitda mustaqil ishlash kabi zamonaviy kompetensiyalarni shakllantiradi. Bu esa ingliz tili ta’limini global raqamli transformatsiya sharoitida yangicha yondashuvlar bilan boyitish zarurligini tasdiqlaydi.
Xulosa. Ushbu maqolada ingliz tili taʼlimida multimedia vositalaridan, xususan podkastlar va video materiallardan foydalanish orqali talabalarning maʼlumot izlash va baholash qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari multimedia vositalarining nafaqat til kompetensiyalarini, balki talabalarning tanqidiy fikrlash, izlanish, mustaqil tahlil qilish va axborotni baholash kabi muhim ko‘nikmalarini ham sezilarli darajada rivojlantirayotganini ko‘rsatdi. Tadqiqotda eksperimental va nazorat guruhlarining faoliyati solishtirildi. Eksperimental guruh multimedia vositalaridan foydalanilgan interaktiv darslarda qatnashdi, nazorat guruhi esa an’anaviy dars shakllarida o‘qitildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, multimedia asosidagi yondashuv o‘quvchilarning axborotga nisbatan munosabatini o‘zgartirgan, ularni faol axborot izlovchilar va baholovchilarga aylantirgan. Podkastlar va video materiallar talabalarga real hayotdagi til muhitini eshitish, kontekstda tushunish va undan foydali axborotni ajratib olish imkonini bergan. Ayniqsa, autentik materiallar vositasida o‘quvchilar axborotni tanlash, tahlil qilish va o‘z fikrini asoslashga ko‘proq jalb bo‘lishgan. Shu orqali ular nafaqat til ko‘nikmalarini rivojlantirishgan, balki XXI asrda zarur bo‘lgan – raqamli savodxonlik, axborotga tanqidiy yondashuv, vazifalarni mustaqil bajarish, ijodiy yondashuv kabi kompetensiyalarni ham shakllantira boshlashgan.
So‘rovnomalar va intervyular orqali aniqlanishicha, talabalar multimedia vositalari bilan ishlash darslarni yanada qiziqarli, interaktiv va samarali qilganini, mustaqil o‘rganish istagini kuchaytirganini qayd etishgan. Bu esa multimedia vositalari ta’lim jarayonini shunchaki texnik yangiliklar bilan boyitish emas, balki uni shaxsga yo‘naltirilgan, zamonaviy ehtiyojlarga moslashtirilgan va moslashuvchan o‘quv muhiti yaratishda muhim vosita ekanligini tasdiqlaydi. Xulosa qilib aytganda, multimedia vositalaridan samarali foydalanish ingliz tili ta’limida nafaqat tilni o‘zlashtirish, balki talabaning fikrlash tarzi, mustaqil ishlash madaniyati va raqamli dunyodagi o‘z o‘rnini aniqlashiga xizmat qiladigan kompleks yondashuvni shakllantiradi. Kelgusida bu kabi metodlardan tizimli va maqsadli foydalanish orqali ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish mumkin. Shu bilan birga, bu yondashuv boshqa fanlar ta’limida ham tatbiq qilinishi mumkin bo‘lgan umumdidaktik asosga ega.
Библиографические ссылки
Anderson (Anderson & Dron, 2011), T., & Dron, J. (2011). Three generations of distance education pedagogy. The International Review of Research in Open and Distributed Learning, 12(3), 80–97.
Coiro (Coiro, Knobel, Lankshear, & Leu (Leu, Forzani, & Rhoads, 2017), 2008), J., Knobel, M., Lankshear, C., & Leu (Leu, Forzani, & Rhoads, 2017), D. J. (Eds.). (2008). Handbook of Research on New Literacies. Routledge.
Gilakjani (Gilakjani, 2012), A.P. (2012). The Significant Role of Multimedia in Motivating EFL Learners’ Interest in English Language Learning. International Journal of Modern Education and Computer Science, 4(4), 57–66.
Leu (Leu, Forzani, & Rhoads, 2017), D.J., Forzani, E., & Rhoads, C. (2017). The New Literacies of Online Research and Comprehension: Rethinking the Reading Achievement Gap. In L. Corno & E. Anderman (Eds.), Handbook of Educational Psychology (3rd ed., pp. 283–302). Routledge.
Mayer (Mayer, 2009), R.E. (2009). Multimedia Learning (2nd ed.). Cambridge University Press.
Morze (Morze, Varchenko-Trotsenko, & Smyrnova-Trybulska, 2020), N., Varchenko-Trotsenko, L., & Smyrnova-Trybulska, E. (2020). Digital Competence of Future Teachers: Theory and Practice. Journal of Physics: Conference Series, 1691(1), 012161.
Robin (Robin, 2007), B.R. (2007). Digital storytelling: A powerful technology tool for the 21st century classroom. Theory Into Practice, 47(3), 220–228.
Warschauer (Warschauer & Healey, 1998), M., & Healey, D. (1998). Computers and language learning: An overview. Language Teaching, 31(2), 57–71.
Yang (Yang & Chang, 2008), Y.-T. C., & Chang, L.Y. (2008). No improvement–Reflections and suggestions on the use of podcasts in higher education. Educational Technology & Society, 11(2), 128–140.
Zhang (Zhang, Zhou, Briggs, & Nunamaker, 2006), D., Zhou, L., Briggs, R.O., & Nunamaker, J.F. (2006). Instructional video in e-learning: Assessing the impact of interactive video on learning effectiveness. Information & Management, 43(1), 15–27.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Наргиза Жумакулова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
