Анализ причин возникновения антропоцентрической парадигмы в современной лингвистике

Авторы

  • Бухарский государственный университет
Анализ причин возникновения антропоцентрической парадигмы в современной лингвистике

Аннотация

В статье анализируются теоретические основы и методологические особенности антропоцентрической парадигмы, которая становится ведущей научной парадигмой современной лингвистики. Автор дает сравнительный анализ основных парадигм в истории языкознания – сравнительно-исторического, структурного и антропоцентрического подходов – и обосновывает преимущества антропоцентрической парадигмы. Роль антропоцентрической парадигмы в когнитивной лингвистике также обогащена теоретическими идеями и примерами, подчеркивающими тот факт, что язык является вербальным выражением человеческого сознания. В статье также перечислены имена выдающихся лингвистов, внесших вклад в становление и развитие этой парадигмы.

Ключевые слова:

Антропоцентризм лингвистические парадигмы когнитивный подход язык и мышление человеческий фактор структурная лингвистика коммуникативные функции

Kirish

Tilshunoslik fani rivojlanish tarixida turli ilmiy paradigmalar almashinuvi yuz bergan bo‘lib, har bir paradigma tilga o‘ziga xos metodologik yondashuvni taklif qilgan. Tarixiylik, strukturaviylik, psixologik va ijtimoiylik asosida shakllangan bu yondashuvlar tilning ayrim jihatlarini chuqur tahlil qilish imkonini bergani holda, ko‘pincha til va inson o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni chetlab o‘tgan. XX asrning oxirlariga kelib, ushbu metodologik cheklovlarni bartaraf etish zarurati tilshunoslikda antroposentrik paradigmaga asoslangan yangi yondashuvning shakllanishiga olib keldi (Lutfullayeva, 2017).

Ushbu maqolada tilshunoslik paradigmalari xususida ilgari surilgan nazariy qarashlar tahlil qilinib, qiyosiy-tarixiy, strukturaviy va antroposentrik yondashuvlar ilmiy-nazariy jihatdan solishtirildi. Shuningdek, antroposentrik paradigmaning shakllanishi va rivojlanishida asosiy rol o‘ynagan g‘oyaviy tamoyillar hamda tilshunos olimlarning qarashlari kontent-tahlil asosida ko‘rib chiqildi.

Metodologiya

Tilshunoslik tarixida mavjud bolgan paradigmalar haqida ko‘plab tilshunos olimlar turlicha fikrlarni keltirishgan. Masalan, Yu.N.Karaulov ta’kidlashicha tilshunoslikda tarixiy, psixologik, ijtimoiy va strukturaviy paradigmalar mavjud bo‘lgan (Караулов, 1987). Yu.S.Stepanov uch turdagi paradigmalar haqida yozadi: semantik, pragmatik va sintaktik (Степанов, 1966). E.S.Kubryakova esa quyidagi paradigmalar mavjud bo‘lgani haqida bahs olib boradi, ular an’anaviy, generativ, kognitiv va kommunikativ paradigmalardir (Кубрякова, 2006). Ammo ko‘plab tadqiqotchilarning ta’kidlashicha tilshunoslik tarixida uch turdagi paradigmalar mavjud bo‘lib, ular qiyosiy-tarixiy, strukturaviy va antroposentrik paradigmalardir, yuqoridagi tilga olingan boshqa paradigmalar shu uch paradigmalarga tegishli bo‘lgan lingvistik tendentsiyani ifodalaydi(Ashurova, 2018).

Har bir paradigma tilni o‘rganishga nisbatan o‘ziga xos metodologik yondashuvni taklif qiladi va tilshunoslikda yangi ilmiy qarashlar shakllanishiga zamin yaratgan. Biroq qiyosiy-tarixiy va tizimli-strukturaviy paradigmalar muayyan nazariy cheklovlarga ega bo‘lib, ularning asosiy kamchiligi tilni inson omilidan ajratilgan holda, abstrakt va avtonom tizim sifatida o‘rganish bilan bog‘liqdir. Ushbu yondashuvlar tilni ijtimoiy va psixologik kontekstdan uzilgan shaklda talqin qilganligi sababli, tilning kommunikativ, kognitiv va madaniy funksiyalarini to‘liq qamrab olmadi. XX asr oxirlariga kelib, ushbu metodologik chegaralarning tan olinishi tilshunoslikda yangi — antroposentrik paradigmaning shakllanishiga zamin yaratdi.

Antroposentrizm (yunoncha «antropos» - «inson» so‘zidan olingan, lot. «sentrum» – «markaz») – bu ilmiy yo‘nalishda uning asosiy muammosi olam markazi bo‘lgan insondir (Ma’ripov, 2022). Antroposentrik paradigma tilni inson tafakkuri, idroki, ehtiyojlari, kommunikativ maqsadlari va ijtimoiy-madaniy faoliyati bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganadi. Ushbu paradigma doirasida til – bu faqat strukturaviy birliklar majmuasi emas, balki insonning dunyoqarashi, tajribasi va ongining verbal ifodasi sifatida qaraladi.

Shunday qilib, tilshunoslikning markaziga tildan foydalanayotgan subyekt – insonning o‘zi chiqadi va tilshunoslik tahlilida psixologik, ijtimoiy hamda madaniy faktorlar muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Mazkur paradigmaning shakllanishi va rivojlanishida Noam Xomskiy (transformatsion-generativ grammatika orqali til va tafakkur munosabatini ochib bergan), Jorj Lakoff, Mark Jonson, Teun van Deyk, Ronald Lengeker, Leonard Talmilar, rus olimlaridan N. F. Alefirenko, N. D. Arutyunova, I. V. Arnold, N. N. Boldirev, I. R. Galperin, A. V. Karasik, Yu. N. Karaulov, E. S. Kubryakova, V. A. Maslova, E. V .Paducheva, Yu. S. Stepanov, V. N. Teliyalar, mamlakatimiz tilshunos olimlaridan esa D. U. Ashurova, G. X. Bakiyeva, M. R. Galieva, N. M. Djusupov, D. E. Lutfullaeva, N. M. Maxmudov, M. I. Rasulova, Sh. S. Safarov, D. S. Xudoyberganovalar o‘z hissalarini qo’shganlar (Нормуродова, 2021). Ular o‘z asarlarida til-atrofimizdagi olam haqidagi barcha bilimlarni, ma‘lumotlarni aks ettirish, saqlash va uzatishning asosiy vositasi ekanligi haqidagi g'oyani doimo ta'kidlaganlar. Shu tarzda, zamonaviy tilshunoslikda antroposentrik yondashuv inson va til o‘rtasidagi murakkab, ko‘p qatlamli munosabatni yoritishda ustuvor paradigma sifatida shakllanib kelmoqda.

Antroposentrik paradigmada til hodisalari tildan foydalanuvchilarning  lisoniy bazasi, leksikoni, bilim darajasi, qobiliyati, madaniy ongiga aloqadorlikda tahlil etila boshladi, har bir jihatida inson markaziy o‘rinda ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari atroposentrik paradigma doirasida til hodisalari insonning madaniy tajribasi, estetik qarashlari va idroki bilan chambarchas bog‘liq holda shakllanadi.

Masalan, ingliz tilida "rainbow" termini asosan fizik hodisa – yomg‘irdan keyin osmondagi spektral yoysimon tuslar to‘plami sifatida talqin qilinadi. Biroq o‘zbek tilida "kamalak" so‘zi nafaqat shu hodisani anglatadi, balki u bolalikning beg‘ubor davri, go‘zallik, ezgu niyatlar va umid timsoli sifatida ham ishlatiladi. Bu holat til foydalanuvchisining estetik dunyoqarashi, madaniy ong va shaxsiy tajriba asosida dunyoni tasavvur qilishi va ifodalashi bilan bog‘liq bo‘lib, antroposentrik yondashuv mohiyatiga to‘liq mos keladi. Til hodisasi insonning ongida qanday shakllanayotganini tushunish uchun, faqat til tizimini emas, balki til egasining bilimi, tajribasi va qadriyatlar tizimini ham inobatga olish zarur bo‘ladi.

Tahlillar

Tilshunoslikda antroposentrizmning o‘rganilish jarayoni ko‘plab yondashuvlar va nazariyalar asosida rivojlandi. Insonning olam va tilning markazida turishi, uning umuminsoniy va milliy qadriyatlarning yagona tashuvchisi ekanligi ta’kidlandi. Shunga ko‘ra, Yu.S.Stepanov tilshunoslikni “insonda til va tilda inson” haqidagi fan deb taʼkidlaydi (Rasulova, 2023). Ushbu paradigma nuqtai nazaridan, inson shunchaki tilning tashuvchisi emas, balki u tilni tushunadigan, dunyo ma‘lumotlarini idrok etadigan va kontseptuallashtiradigan ma‘lum bir kontseptual tizimdir. Shunga ko‘ra, antroposentrik yondashuvda tilni o‘rganish uchun quyidagi jihatlar muhim metodologik mezon sifatida qaraladi:

  1. Lisoniy shaxs (языковая личность) tushunchasi – tilshunoslikning tahlil obyekti sifatida. Bu tushuncha insonning til orqali ifodalangan dunyo haqidagi bilimlari, qadriyatlari, muloqot tajribasini qamrab oladi (Yu.N. Karaulov) (Караулов, 1987).
  2. Kontseptual tizim – insonning aqliy, emotsional va madaniy tajribasini tashkil etuvchi konseptlar yig‘indisi bo‘lib, til orqali ifodalanadi (G. Lakoff, M. Jonson) (Lakoff, 1980).
  3. Til va tafakkur munosabati – bu yondashuvda til tafakkurning passiv aks ettiruvchisi emas, balki faol konstruktiv omil sifatida qaraladi (N. Xomskiy) (Чомски, 1972).
  4. Madaniy-milliy omillar – har bir tilda ifodalanuvchi kontseptual tuzilmalar milliy madaniyat, qadriyatlar va mentalitet bilan bog‘liq bo‘ladi (A.V. Karasik, V.A. Maslova) (Карасик, 2002).

Shu boisdan antroposentrik tilshunoslik nafaqat strukturaviy birliklar tahlilini, balki insonning tilga bo‘lgan munosabati, idrok shakllari, kognitiv jarayonlari, emotsional-madaniy kontekstini ham o‘z ichiga oladi. Bu yondashuv bugungi kunda pragmalingvistika, kognitiv tilshunoslik, madaniyatlararo kommunikatsiya, diskurs tahlili kabi yo‘nalishlarning rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Antroposentrik paradigma doirasida tilshunoslikning kognitiv yondashuvi alohida ahamiyat kasb etadi. Kognitiv tilshunoslik tilni inson tafakkurining bevosita ifodasi sifatida talqin etadi va til orqali inson qanday qilib olamni qabul qilishi, uni qanday kategoriyalarga ajratishi va bu bilimlarni qanday konseptual asosda tashkil qilishi masalalarini o‘rganadi. Bu yondashuvda til – bu tashqi olamning obyektiv aksi emas, balki inson tafakkuri orqali shakllangan kontseptual modeldir. Shuningdek, kognitiv tilshunoslikda til hodisalari inson idroki, tajribasi va madaniy ongiga bog‘liq holda tahlil qilinadi, bu esa antroposentrik paradigmaning asosiy tamoyillaridan biridir(Rasulov, 2023).

Masalan, kognitiv tilshunoslikdagi konseptual metafora nazariyasi ham ushbu paradigma asosida tahlil qilinadi, ya’ni bunda abstrakt tushunchalarning til orqali qanday ifodalanishi ko‘rsatiladi. O‘zbek tilidagi “Hayot – bu sayohat”, “U hayot yo‘lida adashdi” misollarida va ingliz tilidagi “Life is journey”, “He lost his way in life” misollariga qaraydigan bo‘lsak, har ikki tilda hayot inson tajribasidagi harakat (sayohat) orqali tushuntiriladi. Bunda inson tanaviy tajribasi abstrakt tushunchalarni ifodalashda asos bo‘ladi. Bu esa inson tajribasining markazda ekanini ko‘rsatadi.

Yana bir tadqiqotni olib qaraydigan bo‘lsak, bu “Freym semantikasi” nomini olgan tadqiqotlardan biri bo‘lib, bunda so‘zlar inson tajribasiga asoslangan freym (kadr) doirasida talqin qilinadi va til birliklarining ma’nosini tushunishda inson faoliyatiga asoslangan ssenariylarni muhim deb biladi (Tursunov, 2022).

Masalan, “sotmoq” fe’li sotuvchi, xaridor, mahsulot, pul kabi elementlarni o‘z ichiga oluvchi freym orqali tushuniladi – bu tushuncha insonning iqtisodiy faoliyati asosida shakllangan.

Kognitiv tilshunoslik doirasida antroposentrik paradigma doirasida olib borilgan yana bir ilmiy masalalardan biri bu-milliy-madaniy konseptlar tahlili masalasidir. Bu konseptlar  orqali tilshunoslikda madaniy qadriyatlar va emotsional yuklama tahlil qilinadi, bu esa har bir til foydalanuvchisining dunyoqarashini aks ettiradi.

Kontsept – inson tafakkurida shakllangan, til orqali ifodalanuvchi bilim, tajriba va emotsiyalarning yig‘indisidir. Har bir tilda mavjud bo‘lgan kontseptlar milliy madaniyat va tarixiy tajriba bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli kognitiv yondashuv til va tafakkur munosabatini, til va madaniyat integratsiyasini chuqur ochib beradi. Bu nuqtai nazardan qaraganda, milliy-madaniy kontseptlar tilshunoslikda antroposentrik yondashuvning amaliy ifodasi sifatida maydonga chiqadi. Har bir millat o‘zining tarixiy, diniy, axloqiy va ijtimoiy tajribasi asosida o‘ziga xos kontseptual tizimni shakllantiradi (Yuldasheva, 2023).

Masalan, so‘zlovchi ingliz va o‘zbek tillaridagi “do‘stlik” konseptini ifodalashda leksik birliklarni, lingvistik, nolingvistik, ekstra-lingvistik xususiyatlarni tanlab oladi va bularning barchasi antroposentrik paradigmada bo‘ladi, ya’ni har qanday lisoniy, nolisoniy belgilar, birliklar insonni o‘rganishga qaratilagn bo‘ladi. Shuningdek ingliz va o‘zbek tillaridagi “suv” konseptini oladigan bo‘lsak, “suv” va unga oid maqol va iboralar xalq tomonidan yaratilgan bo‘lib, u mazkur xalq uchun lisoniy milliy boylik sanaladi, shu bilan bir qatorda u albatta xalqqa xizmat qiladi, ushbu konsept ortida ham antroposentrik paradigma yotadi.

Shunday qilib, kognitiv tilshunoslikdagi har bir masala tilni faqat tizim sifatida emas, balki inson markazidagi ijtimoiy va madaniy ong mahsuli sifatida o‘rganadi. Bu yondashuv tilshunoslikning boshqa fanlar (psixologiya, madaniyatshunoslik, falsafa) bilan bog‘lanishiga zamin yaratadi.

Xulosa

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashimiz mumkinki, antroposentrik paradigma va kognitiv lingvistika integratsiyasi zamonaviy tilshunoslikda inson omilining markaziy o‘ringa chiqishiga xizmat qilmoqda. Bu yondashuv tilni faqat lingvistik birliklar tizimi sifatida emas, balki inson tafakkuri, emotsiyasi, tajribasi va madaniy olamining in’ikosi sifatida talqin qilish imkonini beradi. Insonning tilda qanday konseptual tuzilmalar orqali dunyoni qabul qilishi, uni til yordamida qanday ifodalashi va uzatishi kabi masalalar tilshunoslik tadqiqotlarining asosiy e’tibor markaziga aylanmoqda.

Mazkur paradigma, ayniqsa, milliy-madaniy kontseptlarni tahlil qilishda o‘zining amaliy va nazariy samaradorligini namoyon qilmoqda. Har bir til egasi o‘z ona tilida nafaqat aloqa qiladi, balki dunyoni tasniflaydi, o‘z bilimlarini tashkil etadi va saqlaydi. Bundan tashqari, antroposentrik paradigma turli til vakillarining dunyoqarashi, axloqiy-me’yoriy qadriyatlari va hayotiy tajribalarini qiyosiy tahlil qilishga yo‘l ochadi. Bu esa intermadaniy kommunikatsiya, til o‘rgatish metodikasi va tarjima nazariyasi uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Antroposentrik paradigma insonni tilshunoslikning asosiy obyektiga aylantirib, tilni tahlil qilishda yangi metodologik yondashuvlarni shakllantirdi. Bu esa lingvistik tadqiqotlarning doirasini kengaytirib, til va tafakkur, til va madaniyat, til va shaxsiyat kabi ko‘p qirrali munosabatlarni chuqurroq anglash imkonini berdi.  

Библиографические ссылки

Ashurova, D. U., & Galiyeva, M. R. (2018). Cognitive linguistics course-book. Tashkent.

Chomsky, N. (1972). Аспекты теории синтаксиса [Aspects of the theory of syntax]. Прогресс.

Erkinovna, Y. F. (2021). Politeness markers in spoken language. Euro-Asia Conferences, 37–40.

Erkinovna, Y. F. (2023). Four current approaches to politeness. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(6), 250–255.

Karasik, A. V. (2002). Языковой круг: личность, концепты, дискурс [Language circle: Personality, concepts, discourse]. Перемена.

Karaulov, Y. N. (1987). Русский язык и языковая личность [Russian language and linguistic personality]. Наука.

Lakoff, G., & Johnson, M. (1980). Metaphors we live by. University of Chicago Press.

Lutfullayeva, D. E. (2017). Ассоциатив тилшунослик назарияси [Theory of associative linguistics]. Тошкент.

Ma’ripov, J. (2022). Antroposentrizm–tilshunoslikning zamonaviy yoʻnalishi sifatida. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 1(28), 62–68.

Normurodova, N. Z. (2021). Современная лингвистика в свете антропоцентризма [Modern linguistics in light of anthropocentrism] (Монография). Ишончли ҳамкор.

Rasulov, Z. (2023). Kooperatsiya tamoyilining pragmalingvistikadagi o‘rni. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ, 43(43).

Rasulov, Z. (2023). Xushmuomalaqlikning nutq odobida ifodalanishi. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ, 43(43).

Rasulov, Z., & Hikmatova, S. (2024). Classifications of non-equivalent words reflecting national culture. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ, 47(47).

Rasulov, Z., & Murtazoyev, O. (2024). The use of intertextuality in language. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ, 45(45).

Stepanov, Y. S. (1966). Основы языкознания [Fundamentals of linguistics].

Tursunov, M. (2022). Ispol’zovanie gipérboly v raznykh literaturnykh zhanrakh. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ, 22(22).

Yuldasheva, F. (2023). Zamonaviy tilshunoslikda xushmuomalalik tadqiqi. Scientific Journal of the Fergana State University, (1), 100.

Yuldasheva, F. (2023). Исследования вежливости в современной лингвистике. Farg‘ona davlat universiteti ilmiy jurnali, (1), 480–483.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Нигина Баротова,
Бухарский государственный университет

Базовый докторант

Как цитировать

Баротова, Н. (2025). Анализ причин возникновения антропоцентрической парадигмы в современной лингвистике. Лингвоспектр, 5(1), 141–146. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/827

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

<< < 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.