Вопросы организации домашнего обучения студентов с ограниченными возможностями здоровья

Авторы

  • Чирчикский филиал Ташкентского государственного медицинского университета
Nogironligi bo‘lgan talabalar uchun uy ta’limini tashkil etish masalalari

Аннотация

В статье рассматриваются правовые, педагогические, методические и организационные основы организации домашнего обучения для студентов с инвалидностью. Анализируются возможности и проблемы домашнего обучения, а также предлагаются пути их решения. Особое внимание уделяется индивидуальному подходу, использованию ИКТ, а также вопросам психологической и социальной поддержки, способствующим повышению эффективности образовательного процесса.

Ключевые слова:

студенты с инвалидностью домашнее обучение инклюзивное образование педагогический подход информационно-коммуникационные технологии методическое обеспечение психологическая поддержка.

Kirish

Zamonaviy jamiyatda har bir insonning, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham to‘liq ta’lim olish huquqini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi(lex.uz) va Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyada (lex.uz) ta’lim olish har bir bolaning ajralmas huquqi sifatida belgilangan. Bu tamoyillar O‘zbekiston Respublikasida ham to‘liq amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ta’lim sohasidagi islohotlar orqali o‘z ifodasini topmoqda.

Nogironligi bo‘lgan talabalar jismoniy yoki ruhiy imkoniyatlarining cheklanganligi tufayli umumiy ta’lim muassasalarida tahsil olishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bunday holatlarda ular uchun maxsus ta’lim shakllarini, xususan, uy sharoitidagi ta’limni tashkil etish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Uy ta’limi nogironligi bo‘lgan talabalarga individual yondashuvni ta’minlash, ularning salohiyati va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta’limni moslashtirish imkonini beradi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun barcha bosqichlarda ta’limga teng huquqli kirishni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biroq, amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, uy ta’limi shaklida ta’lim oluvchi nogironligi bo‘lgan talabalarga zarur metodik, psixologik va texnik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashda qator muammolar mavjud. Bu muammolarni chuqur o‘rganish, tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali yechimlar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan talabalar uchun uy ta’limini tashkil etishning huquqiy, tashkiliy va pedagogik-metodik asoslari hamda amaliyotdagi mavjud muammolar va ularning yechim yo‘llari tahlil etiladi. Shuningdek, ta’limning mazkur shaklini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy va ilmiy tavsiyalar ilgari suriladi.

Metodologiya 

Uy ta’limi – bu ta’limning maxsus shakli bo‘lib, unda o‘quvchi salomatligi yoki jismoniy holati tufayli umumiy ta’lim muassasalarida to‘liq qatnashish imkoniga ega bo‘lmagan holatda ta’limni o‘z uyida oladi. Bu shaklda ta’lim olish nogironligi bo‘lgan bolalarga ularning individual ehtiyojlari va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda, moslashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga xizmat qiladi (Turayeva, 2023).

O‘zbekiston Respublikasida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun uy ta’limini tashkil etish quyidagi meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – har bir fuqaroning ta’lim olish huquqini kafolatlaydi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (2020 yil) – inklyuziv ta’lim va boshqa alternatival ta’lim shakllarini qonuniy asosda mustahkamlaydi.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun (2021 yil) – nogironligi bo‘lgan shaxslarning barcha soha, jumladan, ta’lim sohasidagi teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan (lex.uz). 

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va Sog‘liqni saqlash hamda Xalq ta’limi vazirliklarining qo‘shma buyruqlari – uy ta’limi tashkil etish tartibi, mutaxassislarning roli, baholash va nazorat masalalarini tartibga soladi.

Uy ta’limi asosan tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko‘ra tashkil etiladi. Komissiya o‘quvchining umumiy ta’lim muassasasida tahsil olish imkoniyatlari, salomatlik holati, rivojlanish darajasi va psixologik holatini hisobga olgan holda qaror chiqaradi. Uy ta’limi nafaqat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, balki maxsus maktablar va internatlarda ham amalga oshirilishi mumkin. Bu jarayonda maktab ma’muriyati – ta’lim tashkil etilishini ta’minlaydi,

Mutaxassis pedagoglar – individual o‘qitish rejalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, оta-onalar (va qonuniy vakillar) – bola uchun qulay muhit yaratish va pedagoglar bilan hamkorlikda faol ishtirok etadi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan talabalar uchun uy ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyati yaratilayotgani quvonarli holatdir. Elektron ta’lim platformalari, video darslar, audiomateriallar va maxsus dasturlar uy ta’limini yanada samarali va qiziqarli qilishga yordam beradi.

Shunday qilib, uy ta’limining huquqiy va tashkiliy asoslari milliy va xalqaro qonunchilikka tayanadi, undagi asosiy maqsad – har bir bolaga, ularning jismoniy holatidan qat’i nazar, to‘liq, sifatli va qulay ta’lim imkoniyatini yaratishdan iboratdir.

Tahlil va natijalar 

Uy ta’limini samarali tashkil etish jarayonida pedagogik, tashkiliy, metodik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga oid bir qator amaliy jihatlarni hisobga olish zarur. Bu jarayon har bir o‘quvchining individual holati, sog‘lig‘i, bilim olish qobiliyati va ijtimoiy muhitiga qarab rejalashtirilishi lozim.

 Individual ta’lim rejasi (ITR)ni tuzish, uy ta’limida birinchi navbatda har bir o‘quvchi uchun alohida individual ta’lim rejasi ishlab chiqiladi. Bu reja: o‘quvchi sog‘lig‘i va psixologik holati; 

-fanlar to‘plami va dars soatlari;

-dars berish usullari va materiallar turi;

-baholash mezonlari asosida shakllantiriladi.

Individual ta’lim rejasi tibbiy-pedagogik komissiya va maktab metodik guruhi ishtirokida tayyorlanadi hamda o‘qituvchi va ota-ona bilan kelishiladi.

 Mutaxassis pedagoglarni jalb etish orqali uy ta’limida faoliyat yurituvchi o‘qituvchilar nafaqat o‘z fanlari bo‘yicha bilimli, balki inklyuziv ta’lim, logopediya, defektologiya va psixologiya sohalarida ham tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim. Ular bola bilan ishlashda: 

-individual yondashuvni ta’minlaydi;

-motivatsiyani shakllantiradi;

-emotsiyaviy barqarorlikni saqlashga yordam beradi. 

Aksariyat hollarda o‘qituvchilar o‘quvchining uyiga borib dars o‘tadi, ba’zan esa masofaviy (onlayn) tarzda ham o‘tkazilishi mumkin ( Xo‘jamberdiyeva, 2021).

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish jarayoni so‘nggi yillarda uy ta’limida muhim ahamiyat kasb etmoqda: elektron darsliklar, multimediaviy materiallar;

-ZOOM, Google Meet, Microsoft Teams orqali masofaviy darslar;

-maxsus platformalar (masofaviy.uzedu.uz, edu.uz) orqali test va videodarslardan foydalanish borasida muhim omil bo`lib xisoblanadi.

Bu orqali o‘quvchi nafaqat zamonaviy ta’lim muhitiga moslasha oladi, balki mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.

Uy ta’limini tashkil etishda faqat fanni o‘rgatish emas, balki bolaning shaxsiy rivojlanishini ta’minlash ham muhimdir. Buning uchun:maktab psixologi doimiy ravishda bola bilan ish olib boradi;

-ijtimoiy pedagog oila a’zolari bilan hamkorlik qiladi;

-bolaning ta’lim jarayoniga ijobiy munosabatini shakllantiradi.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, og‘ir nogironlikka ega bolalar uchun juda muhim, chunki ular ko‘pincha yolg‘izlik, jamiyatdan uzilish kabi holatlarga duch kelishadi.

Uy ta’limining samaradorligi ota-onalarning faol ishtirokiga ham bog‘liq. bular: bolaga qulay sharoit yaratish;

-darslarni tashkil qilishda pedagogga yordam berish;

-motivatsiya va kun rejasiga rioya qilishda yordam berish kabi vazifalarni bajaradi.

Ota-onalar bilan muntazam muloqot va maslahatlar bolaning ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Uy ta’limi nogironligi bo‘lgan talabalar uchun bilim olish imkoniyatlarini yaratadigan muhim ta’lim shakli hisoblanadi. Biroq, amaliyotda uni tashkil etish va samarali olib borish jarayonida bir qator muammolar yuzaga kelmoqda. Bu muammolarni hal etish esa faqatgina ta’lim tizimining emas, balki butun jamiyatning kompleks yondashuvini talab etadi.

- Kadrlar yetishmovchiligi va tayyorgarlik darajasi pastligi. Bunda aksariyat hollarda uy ta’limida ishlovchi o‘qituvchilar inklyuziv yoki maxsus pedagogika bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga ega emas. Bu bolalarning imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishda jiddiy to‘siq bo‘ladi.

Ushbu muammoni hal etishda o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etish, inklyuziv ta’lim bo‘yicha maxsus qayta tayyorlash dasturlarini joriy etish, oliy ta’lim muassasalarida defektologiya, logopediya, korreksion pedagogika kabi yo‘nalishlarni kengaytirish lozim bo‘ladi.

- Metodik va o‘quv-uslubiy materiallar tanqisligi. Bunda nogironligi bo‘lgan talabalar uchun moslashtirilgan darsliklar, audio va vizual vositalar, brayl yozuvidagi materiallar yetarli emas.

Muammoni hal etish yo‘li sifatida har xil imkoniyatga ega bolalar uchun maxsus o‘quv resurslarini yaratish, multimediaviy va elektron formatdagi materiallarni ishlab chiqish, nodavlat tashkilotlar va xorijiy tajribalar asosida metodik qo‘llanmalarni tarjima qilish va adaptatsiya qilish masalalari taklif etiladi.

- Texnik ta’minot muammolari, ayniqsa qishloq joylardagi oilalarda internet aloqasi va kompyuter, planshet kabi vositalarning yetishmasligi uy ta’limi imkoniyatlarini cheklaydi. Bunda davlat tomonidan ehtiyojmand oilalarni texnik vositalar bilan ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish, mahalliy hokimliklar va homiylar orqali moddiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini faollashtirish, oflayn formatdagi modullar va materiallarni ham ishlab chiqish tavsiya etiladi.

- Nazorat va baholash tizimining samarasizligi. Mazkur masalada uyda ta’lim oluvchi talabalarning bilim olish jarayonini baholash va nazorat qilishning aniq mexanizmlari yetarli emas. Bu ularning rivojlanish sur’atini aniqlashni qiyinlashtiradi. Bunda:individual rivojlanishni baholash uchun maxsus diagnostika usullarini joriy etish, monitoring tizimini avtomatlashtirish va raqamlashtirish, mutaxassislar (psixolog, defektolog, logoped) ishtirokida multidissiplinar nazoratni tashkil etish maqsadga muvofiq (Aripov, 2023).

Ota-onalar tayyorgarligining yetarli emasligi. Ba’zan ota-onalar uy ta’limining mazmuni va rolini to‘liq tushunmaydilar, ta’lim jarayonida faol ishtirok etishga qiynaladilar. Bu masalani hal etish uchun avvalo ota-onalar uchun ma’rifiy seminarlar, maslahatlar va o‘quv kurslarini tashkil etish, bola uchun qulay o‘quv muhitini yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, pedagoglar va ota-onalar o‘rtasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish muhimdir (Ruziyeva, 2022).

Ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli, uzviy va barqaror islohotlar olib borilsa, nogironligi bo‘lgan talabalar uchun uy ta’limi nafaqat ta’lim olish vositasi, balki ularning hayotda o‘z o‘rnini topishga xizmat qiluvchi omilga aylanadi.

Nogironligi bo‘lgan talabalar uchun uy ta’limini tashkil etish — inklyuziv ta’lim tizimining ajralmas qismi sifatida jamiyatda teng imkoniyatlar muhitini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada keltirilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, uy ta’limi nafaqat bilim berish, balki nogiron bolalarning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiylashuvi va jamiyatga moslashuvi uchun ham muhim pedagogik shart-sharoit yaratadi.

Shu bilan birga, amaliyotda ushbu sohada yechimini kutayotgan qator muammolar mavjud: kadrlar tayyorgarligi yetishmasligi, maxsus metodik resurslar kamligi, texnik ta’minot muammolari, nazorat va baholash tizimining samarasizligi, ota-onalarning ma’lumotsizligi va boshqalar.

Xulosa va takliflar 

Xulosa qilib aytganda, nogironligi bo‘lgan talabalar uchun uy ta’limi imkoniyatlarini kengaytirish va uni samarali tashkil etish orqali ularning to‘liq, ma’naviy boy va ijtimoiy faol shaxs sifatida kamol topishini ta’minlash mumkin. Bu esa faqatgina ta’lim tizimining emas, balki butun jamiyatning faol ishtiroki, ongli munosabati va hamkorlikdagi harakati bilan amalga oshishi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:

  • Mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini kuchaytirish;
  • Metodik ta’minotni yaxshilash;
  • Texnik bazani mustahkamlash;
  • Bolalarning ta’lim jarayonini nazorat qilish va baholash tizimini takomillashtirish;
  • Ota-onalarni jalb qilish va ularni ma’lumot bilan ta’minlash;
  • Targ‘ibot va ijtimoiy ko‘mak dasturlarini yo‘lga qo‘yish va boshqalar.

Библиографические ссылки

Арипов, А. Т. (2023). Та’лимда рақамли технологиялар ва улардан уй таълимида фойдаланиш имкониятлари. Иновацион таълим журнал, (4), 55–60.

Закон Республики Узбекистан «Об образовании». (2020). № ЗРУ–637 от 23 сентября 2020 г. Национальная база данных законодательства. https://lex.uz

Мастюкова, Е. Е. (2019). Обучение и воспитание детей с ограниченными возможностями здоровья. Москва: Просвещение.

Назарова, Г. Т. (2018). Психология детей с ограниченными возможностями здоровья. Москва: Академия.

Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан № 663 от 7 ноября 2017 г. «О мерах по организации обучения на дому для детей, нуждающихся в длительном лечении». https://lex.uz

Руҳиева, М. Х. (2022). Болаларни уй таълимига мослаштиришда ота-оналар роли. Илм ва замонавий жамият, (5), 102–105.

Тurayeva, S. R. (2023). Nogironligi bo‘lgan bolalarni uy sharoitida o‘qitishning pedagogik asoslari. Pedagogika va psixologiya muammolari, (1), 87–91.

Хо’жамбердиева, Н. Х. (2021). Инклюзив таълим: назарий ва амалий жиҳатлари. Тошкент: «Фан ва технология».

Юлдошев, Ш. Т., & Мамажонов, А. М. (2020). Таълимда инновацион ёндашувлар. Тошкент: «Учқудуқ».

UNESCO. (2005). Guidelines for inclusion: Ensuring access to education for all. UNESCO. https://unesdoc.unesco.org

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Малика Эргашева,
Чирчикский филиал Ташкентского государственного медицинского университета

Заведующая кафедрой Общественные науки и иностранные языки

Как цитировать

Эргашева, М. (2025). Вопросы организации домашнего обучения студентов с ограниченными возможностями здоровья. Лингвоспектр, 5(1), 466–471. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/863

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.