Сравнительный анализ терминов селекция и семеноводство на разных систематических языках

Авторы

  • Ташкентский государственный аграрный университет
Turli tizimli tillarda selektsiya va urug‘chilik terminlarining qiyosiy tahlili

Аннотация

В данной статье проведен сравнительный анализ терминов в области селекции и семеноводства на узбекском, русском, английском и немецком языках. Рассматриваются семантические, морфологические и переводческие особенности ключевых понятий. Работа имеет прикладное значение для терминологии, лексикографии и научного перевода в аграрной сфере.

Ключевые слова:

Cелекция семеноводство термин сравнительный анализ узбекский язык русский язык английский язык немецкий язык перевод междисциплинарное исследование.

Kirish 

Qishloq xo‘jaligi insoniyat hayotining ajralmas sohasi bo‘lib, aholi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikka erishish va ekologik muvozanatni saqlashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu sohaning taraqqiyoti va rivojlanishi ko‘p jihatdan ilmiy texnologiyalar, zamonaviy agrotexnik usullar va ularni aniq ifodalovchi terminlarning mavjudligiga bog‘liqdir. 

Qishloq xo‘jaligiga oid terminlar – bu nafaqat ilmiy-texnik tushunchalar tizimi, balki milliy madaniyat, dehqonchilik tajribasi va tabiat bilan bog‘liq an’anaviy bilimlarning ifodasidir.

Metodologiya

Zamonaviy dunyoda ilmiy va texnologik axborotlar oqimi tobora kuchayib borayotgan bir paytda, terminlarning aniq, to‘g‘ri va izchil ishlatilishi hamda ularning turli tillardagi mosliklarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o‘zbek, rus, ingliz va nemis tillarida shakllangan qishloq xo‘jaligi terminlarini qiyosiy tahlil qilish orqali fanlararo va madaniyatlararo aloqalarni chuqurlashtirish, tarjima amaliyotini takomillashtirish hamda terminologik birlikni ta’minlash imkoniyati yuzaga keladi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi terminlarini o‘rganish tilshunoslik, tarjima nazariyasi, lug‘atshunoslik va fanlararo tadqiqotlar uchun muhim nazariy va amaliy asos yaratadi (Langenscheidt, 2021). Terminlarni tizimli o‘rganish orqali nafaqat ilmiy nutqning aniqligi oshadi, balki kasbiy sohalararo muloqot ham samaraliroq bo‘ladi.

Terminlar har qanday ilm-fan sohasining tushuncha asosini tashkil etadi. Ayniqsa, amaliy soha bo‘lgan qishloq xo‘jaligida terminlar nafaqat ilmiy, balki texnologik, iqtisodiy, madaniy va ekologik jarayonlarni ifodalash vositasi hisoblanadi (Xamidova, 2023). Shu sababli terminlarni o‘rganish, tasniflash va tizimlashtirish orqali sohaga oid bilimlarni aniq va tushunarli ifodalash imkoniyati yaratiladi.

Qishloq xo‘jaligi terminlari ko‘p hollarda xalq og‘zaki ijodi, an’anaviy dehqonchilik va mahalliy iqlim sharoitlariga bog‘liq tarzda shakllangan (Deden, 2020). Shu bilan birga, zamonaviy fan va texnologiyalar taraqqiyoti bilan bu sohada yangi terminlar, o‘zlashma so‘zlar va xorijiy manbalardan kirib kelgan atamalar tobora ko‘payib bormoqda. 

Masalan, “gibrid”, “selektsiya”, “intensiv texnologiya”, “bioekvivalentlik” kabi terminlar xalqaro terminologik tizimga mos holda o‘zbek tilida ham faol qo‘llanmoqda. 

Qishloq xo‘jaligi terminologiyasining o‘ziga xos xususiyati – uning ko‘p tarmoqli va fanlararo xarakteridadir (Khamidov, 2021). Deylik, urug‘chilik, seleksiya, agrokimyo, o‘simliklarni himoya qilish, veterinariya, chorvachilik, oziq-ovqat texnologiyasi kabi yo‘nalishlarning har birida o‘ziga xos terminlar tizimi shakllangan. Har bir kichik sohaga oid terminlarni tizimli o‘rganmasdan turib, umumiy qishloq xo‘jaligi tilini tushunish va uni rivojlantirish mushkul.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi terminlarini turli tillarda – xususan, o‘zbek, rus, ingliz va nemis tillarida – qiyosiy o‘rganish, xalqaro hamkorlik va ilmiy-tarjimaviy faoliyatda muhim ahamiyat kasb etadi (Khamidov, 2024). Chunki ayni bir tushuncha har bir til va madaniyatda turli nomlar bilan ifodalangan bo‘lishi mumkin. Masalan, “gibrid” atamasi ingliz tilida “hybrid”, rus tilida “гибрид”, nemis tilida “Hybrid” tarzida ifodalansa ham, uning ilmiy talqini va ishlatilish konteksti farq qilishi mumkin.

Shu bois, terminlarning integral va differensial xususiyatlarini aniqlash, ya’ni barcha tillar uchun umumiy bo‘lgan belgilar bilan bir qatorda, har bir tilga xos semantik va morfologik o‘ziga xosliklarini o‘rganish – bu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar uchun alohida dolzarb hisoblanadi.

Tahlil va natijalar

Qishloq xo‘jaligi terminologiyasi ko‘p tarmoqli va ixtisoslashgan xarakterga ega bo‘lganligi sababli, bu sohadagi terminlarni ilmiy jihatdan tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Terminlarni turkumlashda bir nechta asosiy mezonlardan foydalaniladi: semantik tarkib, soha mansubligi, morfologik shakllanish usuli, kelib chiqish manbai va funksional vazifasi.

1. Soha bo‘yicha tasnif. Qishloq xo‘jaligi terminlari quyidagi asosiy soha yo‘nalishlariga bo‘linadi: 

  • Selektsiya va urug‘chilik (masalan: nav, duragay, elita, seleksiya, genetika, nasl tanlash); 
  • Dehqonchilik va dala ekinlari (masalan: don, g‘alla, agrotexnika, tuproq unumdorligi); 
  • Chorvachilik (masalan: zoti, yem-xashak, zoogigiyena, nasldorlik); 
  • Parrandachilik (masalan: broyler, tuxumdor, inkubatsiya); 
  • Mevachilik va bog‘dorchilik (masalan: nihol, hosildorlik, to‘g‘ri kesish); 
  • Agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish (masalan: pestitsid, o‘g‘it, zararli hasharot). 

Bu tasnif asosida terminlar sohaga oid lug‘atlarga kiritiladi, tarjimalar ham ana shu mezonlar asosida tanlanadi.

  1. Leksik-semantik tasnif. Bu mezon asosida terminlar quyidagicha tahlil qilinadi: 
  • Monosemantik terminlar (bitta aniq ilmiy ma’noga ega): hybrid, g‘alla, duragay, sort; 
  • Polisemitik terminlar (bir nechta kontekstda turlicha ma’noga ega): nav, nasl, zot (har biri chorvachilikda, botanika va seleksiya kontekstida farq qilishi mumkin); 
  • Sinonimik terminlar (turli tillarda bir tushunchani turlicha ifodalash): 
  • Masalan: Nav (o‘zbek), сорт (rus), variety (ingliz), Sorte (nemis); Duragay – гибрид – hybrid – Hybrid.

3. Qiyosiy tahlil metodikasi. Terminlarni qiyosiy o‘rganishda quyidagi usullar qo‘llaniladi:

  1. Leksik ekvivalentlikni aniqlash: Har bir til bo‘yicha terminning lug‘aviy va semantik muvofiqligini solishtirish (masalan: hybrid – гибрид – duragay – Hybrid).
  2. Morfo-tahlil: Terminlarning tuzilishini (masalan, ildiz, qo‘shimchalar, qisqartmalar) o‘rganish. Masalan, o‘zbekchadagi “navdorlik” ruschadagi “сортность” va inglizchadagi “varietal characteristics” ifodasi bilan mos keladi.
  3. Tarjimaviy tahlil: Termin tarjimasida yuzaga keladigan muammolar (so‘zma-so‘z tarjima, semantik muvofiqsizlik) aniqlanadi. Masalan, “nav yangilash” ifodasi inglizchaga oddiy “variety renewal” deb tarjima qilib bo‘lmaydi – bu “introduction of new varieties” bo‘lishi kerak.
  4. Madaniy va kontekstual tahlil: Har bir til va madaniyatda termin qanday ishlatilishini tahlil qilish. Bu ayniqsa agroterminlar xalq og‘zaki tajribasidan kelib chiqsa, dolzarb bo‘ladi.

Terminlarning tasnifi va qiyosiy tahlili orqali: 

  • Aniq va to‘g‘ri tarjima yuritiladi; 
  • Ko‘p tilli lug‘atlar tayyorlanadi; 
  • Ilmiy adabiyotlar va darsliklar tuzishda yagona uslub shakllanadi; 
  • Xalqaro ilmiy muomalada tushunmovchiliklar kamayadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Seleksiya va urugʻchilik terminlarining 4 tildagi qiyosiy jadvali

O‘zbekcha

Ruscha

Inglizcha

Nemischa

Izoh

nav

сорт

variety

Sorte

Ma’lum belgilari bilan ajralib turuvchi o‘simlik

duragay

 

гибрид

hybrid

Hybrid

Turli nav yoki zotlar chatishmasidan olingan organism

selektsiya

селекция

selection/

breeding

Züchtung

Yaxshi belgilarga ega nav/zotlar tanlash jarayoni

urug‘chilik

семеноводство

seed production

Saatgutvermehrung

Urug‘ yetishtirish va saqlash bilan shug‘ullanuvchi

nasl

порода

breed

Rasse

Hayvonot olamida turli xil avlod guruhi

nasldorlik

племенность

pedigree

Zuchtqualität

Hayvonlarning nasl sifati yoki qimmatli belgilari

elita urug‘

семена элита

elite seed

Elitesaatgut

Sifatli va sof urug‘ avlodi

adaptatsiya

адаптация

adaptation

Anpassung

Muhitga moslashuvchanlik darajasi

genetik manba

генетический ресурс

genetic resource

genetische Ressource

Noyob va qimmatli genetik material

poligibrid

полигибрид

polyhybrid

Polyhybrid

Ko‘p duragaydan olingan avlod

o‘simlik turi

вид растения

plant species

Pflanzenart

Biologik jihatdan ajralib turuvchi o‘simliklar toifasi

nav sinovi

сортовы́е испытания

variety trials

Sortenprüfung

Navlarning qiyosiy agrotexnik ko‘rsatkichlarini sinash

biotexnologiya

биотехнология

biotechnology

Biotechnologie

Biologik usulda genetik tuzilmani o‘zgartirish texnologiyasi

genetik modifikatsiya

генетическая модификация

genetic modification

genetische Modifikation

Organizm DNKsiga sun'iy ta'sir ko‘rsatish natijasi

tozalovchi selektsiya

очистительная селекция

purifying selection

reinigende Züchtung

Begona belgilardan tozalash maqsadidagi selektsiya usuli

 

          Xulosa. Ushbu tadqiqotda selektsiya va urug‘chilik sohasiga oid terminlarning o‘zbek, rus, ingliz va nemis tillaridagi qiyosiy tahlili olib borildi. Tahlil jarayonida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi: Har to‘rtta tilda mazkur sohalarga oid terminlar mavjud bo‘lib, ular ko‘p hollarda leksik ekvivalentlikka ega. Masalan, “gibrid”, “selektsiya”, “nav” kabi terminlar semantik jihatdan bir-biriga yaqin;

Shunga qaramay, ayrim terminlar har bir tilning madaniy va ilmiy kontekstiga ko‘ra turlicha ishlatilishi mumkin. Bu esa tarjima jarayonida noaniqlik va ma’no yo‘qotishiga olib kelishi ehtimolini oshiradi. Terminlarning semantik aniqligi, morfologik tuzilishi va kontekstual qo‘llanilishi turlicha bo‘lib, qiyosiy tahlil bu sohadagi terminologik birlikni ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbek tilidagi seleksiya va urug‘chilik terminlari asosan rus tili ta’sirida shakllangan bo‘lib, ingliz va nemis tillarida esa ko‘proq xalqaro va mustaqil ilmiy asoslar ustunlik qiladi.

Библиографические ссылки

Abdullaeva, F. (2019). Chances For Using TheTranslation Method In MasteringThe Terms. Philology Matters, 2019(3), 15-15.

Ashurov NO, Abdullayeva FS. Ingliz va ozbek tillarida biznes va turizm terminlarini ishlatish metodikasi. Science and Education. 2022;3(2):605-17.

Duden. (2020). Deutsches Universalwörterbuch. Mannheim: Dudenverlag.

FAO. (2001). Glossary of biotechnology for food and agriculture. Rome: FAO. https://www.fao.org

Khamidov, M.M. (2021). Some comments on the issue of the term and terminology. European Journal of Agricultural and Rural Education, 2(5).

Khamidov, M.M. (2024). Olmon tili seleksiya va urug‘chilik terminlarining shakllanishida o‘zlashma qatlamning roli. Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi.

Langenscheidt. (2021). Großwörterbuch Deutsch als Fremdsprache. München.

Qishloq xo‘jaligi atamalari izohli lug‘ati. (2023). Toshkent: Fan.

Xaitov, G.O., & Qodirov, B. A. (2019). Botanika va seleksiya terminlari: izohli lug‘at. Samarqand.

Xamidova, T.R. (2023). Chet tillarda mutaxassislikka oid matnlarning terminologik jihati. Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi, 4.

Словарь сельскохозяйственных терминов. (2017). Москва: Агропромиздат.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Мирмухсин Хамидов,
Ташкентский государственный аграрный университет

Доцент  

Как цитировать

Хамидов, М. (2025). Сравнительный анализ терминов селекция и семеноводство на разных систематических языках. Лингвоспектр, 5(1), 570–574. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/878

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.