Пролить свет на использование глаголов суласи мазид в различных значениях на некоторых примерах

Аннотация
Статья изучает многозначность некоторых глаголов в усиленных формах (мазид) арабского языка. В арабском языке отдельные слова могут иметь десятки значений, поэтому правильный перевод зависит от точного понимания их контекста. В данной статье рассматриваются именно эти аспекты.
Ключевые слова:
Усиленный триконсонантный корень (суласий мазид) глагол форма (баб) простой триконсонантный корень (суласий муджаррад) основа аль-Му‘джам аль-васит Муса Хоразмий ООН научное наследие значенияKirish
Arab tili dunyo tillari ichida eng ko’p gaplashiladigan tillar sirasiga kiradi. Dunyo bo’ylab 300 milliondan ortiq odam arab tilida gaplashadi. Shuningdek, arab tili BMTning rasmiy 6 ta tillaridan biri hisoblanadi. Qolaversa, Ibn Sino, Beruniy, Muso Xorazmiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi ulug’ allomalarimizning ilmiy meroslari ham arab tilida bitilgan. Yuqoridagi omillar bois arab tilini chuqur o’rganish ko’pgina yutuqlarni qo’lga kiritishga sabab bo’ladi.
Ma’lumki, arab tili juda katta imkoniyatlarga ega, so’z boyligi yuqori darajadagi til hisoblanadi. Bu tilda nafaqat so’zlarning ma’nodoshlari mavjud, balki bitta kalimaning o’zi bir necha ma’nolarda qo’llanishi ham ko’p kuzatiladi. Quyida biz mana shunday fe’llarga ba’zi misollarni keltiramiz va bu bilan arab tilining ufqlari kengligini ochib berishga harakat qilamiz.
أجزأ - إجزاء - (فعل)- fe’lining turli ma’nolarda kelishi:
- “ أجزأ مجزأ فلان » : أغنى مغناه ، ناب منابه – “ birovning o‘rniga o‘rinbosar bo‘lish”
- أجزأه بالشيء : أقنعه – “ biror kishini bir narsa ila qanoatlantirmoq”
Mo‘jamul vasiyt kitobida quyidagi ma’nolari borligi aytilgan:
أَجْزَأَ : (معجم الوسيط)
. أَجْزَأَ المرأَةُ: ولدت الإِنَاث فهي مُجْزِئَةٌ، ومُجْزِيءٌ – “ayol qiz farzand tug’di”. Bunday ayolni مُجْزِئَةٌ yoki مُجْزِيءٌ deyiladi. Muzakkar lafzi ham ishlatilishining sababi tug’ish faqat ayollarga xos bo‘lganligidandir.
أَجْزَأَ المَرْعَى: الْتَفَّ وحَسُنَ نَبْتُه. – “o‘tloqning o‘tlari buralib chiroyli o‘sdi”
أَجْزَأَ الشيءُ فلانًا: كَفَاهُ فهو مُجْزِيءٌ – “bir narsa falon kishiga kifoya qildi, yetarli bo‘ldi” o‘sha yetarli bo‘lgan narsani arablar مُجْزِيءٌ deydilar.
وفي حديث سهل: حديث شريف ما أَجْزَأَ مِنَّا اليومَ أَحَدٌ كما أَجْزَأَ فُلاَنٌ.. Sahlning hadisida ya’ni hadisi sharifda bu so‘z yuqoridagi ma’noda kelgan: “Bugun bizga biror bir kishi faloncha kifoya qilganidek kifoya qilmadi.” Ya’ni o‘sha odam qavmga biror bir kishi yordam berolmaydigan darajada yordam bergan bo‘lishi mumkin.
ويُقال: أَجْرٌ مُجْزيءٌ: مُقْنِعٌ كافٍ. Qanoatlantiruvchi va kifoya qiluvchi ish haqiga ham أَجْرٌ مُجْزيءٌ deyiladi.
يقالُ: أَجْزَأَ الإِبِلَ: كفَاهَا عن الماءِ بالرُّطْبِ والكلإِ. – “tuya uchun xurmo va o‘tloq suvni o‘rnini bosdi”
أَجْزَأَ السِّكِّينَ: جعَلَ له جُزْأَةً. – “pichoqqa dasta o‘rnatdi”
أَجْزَأَ من الشيءِ جُزْءاً: أَخَذَهُ. – “biror narsadan bir bo‘lagini oldi”
أَجْزَأَ الخَاتَمَ في إِصْبَعِهِ: أَدخله فيه– “uzukni qo‘liga kirgizdi”
و قال ثعلب: البقرة تجزئُ عن سبعة – Sa’lab: “Sigir yetti kishi nomidan o‘tadi”, deydi.
Bu yerda qurbonlikda so‘yiladigan hayvonlar nechchi kishining o‘rnidan o‘tishi haqida gap ketib, تجزئُ fe’lini ishlatgan.
Bu felning sulosiy mujarradidagi ma’nolari bilan ham tanishib chiqamiz:
جَزَأَ : (معجم الغني)
جَزَأْتُ، أَجْزَأَ، اِجْزَأْ، مصدر جَزْءٌ. – o‘tgan zamon, hozirgi-kelasi zamon, buyruq shakli va masdari ko‘rsatib o‘tilgan.
- جَزَأَ بِنَصِيبِهِ : قَنِعَ بِهِ، اِكْتَفَى. – “o‘z nasibasiga qanoatlanib kifoyalanish”
- جَزَأَ الخُبْزَ : قَسَّمَهُ أَجْزَاءً. – “nonni bo‘laklarga bo‘lish”
- جَزَأَ بَيْتَ الشِّعْرِ : حَذَفَ التَّفْعِيلَةَ الأَخِيرَةَ مِنْ كُلٍّ مِنْ شَطْرَيْهِ. – “she’rning har ikkala tarafidan oxirgi qit’asini olib tashlash”.
Endi mazkur fe’lning sulosiy mazidning ikkinchi bobi- تفعيل bobida kelgan variantining ma’nolarini ko‘rib chiqamiz:
جزَّأ : (معجم الرائد)
جزَّأ - تجزئة و تجزيئا - (فعل) – bu yerda o‘tgan zamon shakli va masdari bayon qilingan.
- جزَّأ الشيء : قسمه اجزاء – “bir narsani qismlarga bo‘lib tashlash”
- جزَّأ بيت الشعر : حذف الجزء الأخير من كل من شطريه – “ she’rning har ikkala tarafidan oxirgi juz’ini olib tashlash”
- جزَّأه بالشيء : أقنعه به – “ biron kishini biror narsa bilan qanoatlantirmoq”
Mo‘jamul g’oniy kitobida quyidagi ma’nolari keltirilgan:
جَزَّأَ : (معجم الغني)
جَزَّأْتُ، أُجَزِّئُ، جَزِّئْ، مصدر تَجْزِيءٌ، تَجْزِئَةٌ. – bular moziy, muzore, amr siyg’alari hamda masdarining vaznlari.
- جَزَّأَ الأَرْضَ : قَسَّمَهَا إِلىَ قِطَعٍ صَغِيرَةٍ. – “yerni kichik qismlarga bo‘lib yubormoq”
- جَزَّأَ مَوْضُوعَهُ : جَعَلَهُ أَجْزَاءً. – “mavzuni qismlarga ajratish”
و جَزَّأْتُهُ: أَيْ قَسَّمْتُهُ – “ bir narsani qismlarga bo‘ldim”
Yuqorida أَجْزَأَ fe’lining sulosiy mujarradidagi hamda sulosiy mazidning ikkinchi bobi, ya’ni تفعيل bobidagi siyg’alarining ma’nolari o‘zaro o‘xshash yoki bir xil ekanligini ko‘rdik. Endi esa sulosiy mazidning to‘rtinchi bobi اِفْتِعَال bobidagi siyg’asini o‘rganamiz.
اجتزَأَ : (معجم الوسيط)
اجتزَأَ به: اكتفى. – “kifoyalandi”. اِجْتَزَأْتُ بِكَذَا و كَذَا – “falon va falon narsa bilan kifoyalandim”(Abdulfazl, 2017)
Mazkur fe’lning sulosiy mazidning sakkizinchi bobi تَفَعَّلَ , يَتَفَعَّلُ , تَفَعُّلٌ bobidagi ma’nolari:
تجزَّأ : (معجم الرائد)
- تجزأ بالشيء : اكتفى به – “bir narsa ila kifoyalanmoq”
- تجزأ الشيء : تقسم أجزاء – “biror narsa qism-qismlarga bo‘linib ketdi”
تَجَزَّأَ به: اجتَزَأَ. تَجَزَّأَ الإِبلَ: أَجزَأَها. – اجتَزَأَ ma’nosida, ya’ni “kifoyalanmoq”
تَجَزَّأَ : (معجم الغني)
تَجَزَّأْتُ، أَتَجَزَّأُ، تَجَزَّأْ، مصدر تَجَزُّؤٌ. – moziy, muzore, amr siyg’alari hamda masdarining vaznlari.
- تَجَزَّأْت الأَرْضُ : اِنْقَسَمَتْ أَجْزَاءً، قِطَعاً، أَيْ تَمَّ تَفْتِيتُهَا إِلَى قِطَعٍ- جُزْءٌ لاَ يَتَجَزَّأُ. – “yer qismlarga bo‘lindi” ya’ni yerni bo‘laklarga maydalandi.
- تَجَزَّأْ بِطَعَامِهِ البَسِيطِ : اِكْتَفَى بِهِ. – “ozgina taomi bilan kifoyalandi”
Yuqorida أَجْزَأَ fe’lining qanday ma’nolar anglatishini leksik-semantik jihatdan o‘rgandik hamda uning sulosiy mujarradi va sulosiy mazidning boshqa boblaridagi siyg’alarining ma’nolari bilan ham tanishib chiqdik. O‘rganganlarimizdan shu ma’lum bo‘ldiki, uning bir qancha ma’nolari bor ekan. Ba’zida turli boblarda kelishiga qaramasdan bir xil ma’noni anglatishini ham bilib oldik.
أقامَ fe’li
أقامَ : (معجم الوسيط)
أقامَ بالمكان: لَبِثَ فيه واتَّخذه وطنا. – makonga nisbatan ishlatilganda “ o‘sha yerda turdi va uni vatan tutdi”
أقامَ فلانا من مكانه: أَزاله عنه. – “biror kishini o‘rnidan turg’izdi”
أقامَ الشيءَ: أَدامَه. – yana bir ma’nosi “bir narsani davomli qildi”
أقامَ للصلاة: نادَى لها. – “namoz uchun iqomat aytdi” ya’ni “namozga nido qildi”
أقامَ العُودَ والبناءَ ونحوَهما: عَدَّله وأَزال عِوَجَه.– “taxta, bino va shu kabilarni to‘g’irladi, qiyshiqligini ketkazdi”
أقامَ الشرعَ: أَظهره وعَمِلَ به– “shariatni qoim qildi, unga amal qildi”
أقامَ : (معجم الغني)
أقَمْتُ، أُقِيمُ، أقِمْ، مصدر إقامَةٌ – bular moziy, muzore, amr siyg’alari va masdari.
- أقامَ بِالْمَكَانِ : اِتَّخَذَهُ مَقاماً – “bir joyni turar joy tutish”
- أقامَهُ مِنْ مَقْعَدِهِ لِيَجْلِسَ مَكانَهُ : رَفَعَهُ، أزَاحَهُ – uning o‘rniga o‘tirish uchun boshqani joyidan turg’izish ma’nosida “ uni ko‘tardi va ketkazdi”
- أقامَ ما كانَ مائِلاً ومُعْوَجّاً : عَدَّلَهُ – qiyshiq va egri narsaga nisbatan “ tekisladi”
- أقامُوا لَهُ تِمْثالاً فِي السَّاحَةِ الكُبْرَى : نَصَبُوهُ لَهُ – haykalga nisbatan “katta maydonda unga timsol o‘rnatdilar”
- حَاكِمٌ يُقِيمُ العَدْلَ وَلاَ يَتَهاوَنُ فَي إثْباتِ الحَقِّ : يُظْهِرُهُ، يُرَسِّخُهُ – hokim haqida “adolatni o‘rnatadi, uni zohir qilib mustahkamlaydi”
- أقامَ الصَّلاَةَ فِي وَقْتِها : أدَّاها بِأتَمِّها، أتَمَّها – namozni o‘z vaqtida qoim qilishga nisbatan “namozni tamomiga yetkazib ado etdi”
- يُقِيمُ الدَّلِيلَ عَلَى كُلِّ عَمَلٍ يَقُومُ بِهِ : يُدْلِي بِالبُرْهانِ – o‘zi uni ustida turadigan har bir ishga nisbatan “dalil keltirmoq, hujjat ila asoslamoq”
- أقامَ بِالفُنْدُقِ أُسْبُوعاً : مَكَثَ بِهِ- أقامَ زَمَناً بَيْنَ ظَهْرانِيهِم – mehmonada bir hafta iqomat qildi, ya’ni “u yerda turdi”, “ular orasida bir muddat bo‘ldi”
- أقامَ عَلَيْهِ دَعْوىً لَدَى الْمَحْكَمَةِ : رَفَعَها – hukumatda biror kishiga nisbatan da’vo qilishga nisbatan “da’vo qo‘zgadi”
- سَيُقِيمُ حَفْلَةً بِمُناسَبَةِ عِيدِ مِيلاَدِهِ : سَيُهيِّئُ، سَيُنَظِّمُ -10– tug’ilgan kun munosabati bilan bayram qilishga nisbatan “uni tayyorlaydi va tashkil qiladi”
- أقامَ الدُّنْيا وأقْعَدَها : لَمْ يَتْرُكْ شَيْئاً لَمْ يُحَرِّكْهُ – “dunyoni o‘tirg’izib turg’izdi” ya’ni barcha narsani harakatga keltirdi.
كَبَّرَ fe’li
كَبَّرْتُ، أُكَبِّرُ، كَبِّرْ، مصدر تَكْبِيرٌ، كُبَّارٌ. – moziy, muzore, amr va masdar shakllari.
- كَبِّرْ، الْمُؤَذِّنُ : قَالَ: :اللَّهُ أُكَبِّرُ، كَبِّرْ، الْمُصَلِّي. – “muazzin “Allohu akbar” demog’i”
- كَبِّرْ،الْمَسْأَلَةَ: جَعَلَهَا كَبِيرَةً، ضَخَّمَهَا.–masala haqida “uni kattalashtirdi, ulkanlashtirdi”
- كَبِّرْ، الشَّيْءَ : رَآهُ كَبِيراً. – “biror narsani katta ko‘rmoq” ya’ni ulug’ ko‘rmoq.
Yuqoridagi كَبَّرَ fe’li sulosiy mazidning ikkinchi bobi- تَفْعِيلٌ dandir. Mazkur bobda kelgan fe’llarning qanday ma’nolar anglatishini yaxshi tushunish uchun mazkur bobning xususiyatlarini o‘rganib chiqmog’imiz lozim (Do‘stmuhammad, 2018).
Bu bobning xususiyatlari haqida. Bu bob taksir (koʻpni anglatish) uchun keladi. Ushbu taksir feʼlda boʻladi.
- طَوَّفْتُ الْبَيْتَ Baytullohni koʻp tavof qildim. Yoki foilda boʻladi مَوَّتَ الإِبْلُ tuyalar koʻp oʻldi. Tuyalarga qirgʻin keldi.
- Yoki mafʼulda boʻladi. غَلَّقْتُ الْأَبْوَابَ koʻp eshiklarni berkitdim.
- Mafʼulni asli feʼlga nisbat bermoq uchun keladi- فَسَّقْتُ زَيْدًا Zaydni fosiqlik va buzuqligiga nisbat berdim.
- Lozim feʼlni mutaʼaddiy qilmoq uchun keladi- فَرَّحْتُ زَيْدًا Zaydni xursand qildim.
- Salb uchun, yaʼni mafʼuldan asl feʼlni olib tashlash uchun ham keladi. Misoli جَلَّدْتُ الْبِعِيرَ tuyani terisini ajratib, shilib oldim.
- Foil mushtaqqun minhu sohibi boʻlmoq uchun keladi. وَرَّقَتِ الشَّجَرَةُ daraxt yaproqlik boʻldi.
- Foilning mushtaqqun minhuga oʻxshamogʻi uchun keladi. قَوَّسَ الرَّجُلُ kishini qomati yoy kabi boʻldi.
- Mubolagʻa uchun, yaʼni bir sifatda oʻzgalardan ziyoda boʻlmoq uchun keladi. صَرَحَ zohir boʻldi. صَرَّحَ koʻp zohir, yaʼni maʼlum va mashhur boʻldi.
صَلَّى fe’li. Bu fe’lning ma’no qirralarini o‘rganamiz:
صلَّى : (معجم الرائد)
- صلى : دعا– “duo qildi”
- صلى : أقام الصلاة – “namoz o‘qidi”
- صلى الله على الرسول : شمله ببركته– Alloh O‘z Rasuliga salavot aytmog’iga nisbatan “ O‘zining barakasi ila u zotni qamrab oldi”
أَحْسَنَ fe’li. Mazkur fe’lning qanday ma’nolari borligini o‘rganamiz:
أَحْسنَ : (معجم الغني)
أحْسَنْتُ، أُحْسِنُ، أُحْسِنُ، مصدر إِحْسَانٌ. –moziy, muzore, amr hamda masdar shakllari
- أُحْسَنَ الرَّجُلُ :فَعَلَ ما هو حَسَنٌ وَجَيِّد. – “kishi go‘zal va yaxshi bo‘lgan ishni qildi”
- إِلَيْهِ وَبِهِ : أَعْطَاهُ الحَسَنَةَ أُحْسَنَ – bir kishiga ehson qilishga nisbatan “ unga hasanani berdi”
- أُحْسِنُ عَمَلَهُ :أَجادَ صُنْعَهُ، جَعَلَهُ حَسَنًا. – “ishni yaxshi qildi” , “uni go‘zal qildi”
- أُحْسِنُ، العَزْفَ على الكَمانِ :أَتْقَنَهُ. – “pishiq va mustahkam qildi”
- أُحْسِنُ، التَّصَرُّفَ مَعَهُ : أَتَى بِالحَسَنِ. – “go‘zal hamda yaxshi ishni qildi”
Shunday qilib bu fe’llarning turli ma’nolarini o’rganib chiqdik.
Библиографические ссылки
المعاني عربى عربىdasturi, معجم الرائد
عربى عربى المعانيdasturi, الوسيط معجم
عربى عربى المعانيdasturi, الوسيط معجم
الثالث. ص.137 أبو الفضل جمال الدين محمد بن مكرم بن منظور الإفريقي المصري. لسان العرب. – بيروت: " دار صادر",2017. الجزء
المعاني عربى عربى dasturi, معجم الغني
المعاني عربى عربى dasturi, معجم الرائد
المعاني عربى عربى dasturi, معجم الغني
الجزء الثالث. ص.136 أبو الفضل جمال الدين محمد بن مكرم بن منظور الإفريقي المصري. لسان العرب. – بيروت: " دار صادر",2017.
المعاني عربى عربىdasturi, الوسيط معجم
Abulfazl, J. M. ibn M. ibn Manzur al-Ifriqiy al-Misriy. (2017). Lisan al-ʿArab (Vol. 3, p. 136). Bayrut: Dār Ṣādir.
المعاني عربى عربىdasturi, معجم الغني
المعاني عربى عربىdasturi, الوسيط معجم
المعاني عربى عربىdasturi, معجم الغني
المعاني عربى عربىdasturi, معجم الغني
Do‘stmuhammad Nasriddin Bodariy. (2018). Mukammal sarf darsligi (pp. 239–240). Toshkent: Navro‘z.
المعاني عربى عربىdasturi, معجم الرائد
المعاني عربى عربىdasturi, معجم الغني
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Умарали Гаффоров

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.