Семантический анализ финансово-экономических терминов

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
 Семантический анализ финансово-экономических терминов

Аннотация

Данная статья посвящена изучению семантического анализа финансово-экономических терминов. В статье сравниваются словарные значения, структура, форма и употребление терминов в области экономики и финансов. В нем также рассматриваются основные термины, используемые специалистами, работающими в сфере экономики, и их семантические структуры. Также обсуждаются лексические изменения, эволюция терминов и появление новых терминов. В статье рассматриваются лингвистические аспекты экономической и финансовой терминологии, анализируется, как они претерпели изменения в профессиональном языке. Важными темами считаются новые экономические концепции, семантическое расширение терминов и влияние этого процесса на язык. В статье представлена ​​информация о различных методах и подходах к семантическому анализу, что помогает лучше понять взаимодействие лингвистики и экономической лингвистики.

Ключевые слова:

денотат коннотация семантический уровень культурное или символическое значение синтаксическая структура лексические и структурные особенности предметное описание.

Kirish. Moliyaviy va iqtisodiy terminologiyada atamalarning semantik tahlili ularning asosiy ma’nosi (denotatsiya) va qo‘shimcha, kontekstual ma’nolari (konnotatsiya) o‘rtasidagi murakkab munosabatni anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Jon Styuart Mill (1843) tomonidan kiritilgan bu tushunchalar har bir atamaning obyektiv ma’nosini va u orqali hosil bo‘ladigan madaniy, iqtisodiy va psixologik talqinlarini ajratishga imkon beradi.

Denotatsiya – atamaning asosiy, universal, va ma’lum bir obyekt yoki hodisaga bevosita ishora qiluvchi ma’nosi bo‘lsa, konnotatsiya – atama orqali yuzaga keladigan kengroq ramziy va kontekstual ma’nolarni o‘z ichiga oladi. Ushbu ikki daraja atamalarni nafaqat lug‘aviy ma’noda, balki ularning iqtisodiy tizimdagi rolini tahlil qilishda ham muhimdir.

Moliyaviy-iqtisodiy tahlil sohasida bu tushunchalar terminlarning birlamchi mohiyatini (masalan, qarz yoki investitsiya kabi) aniqlash va ularning iqtisodiy tizimdagi hissiy, madaniy va strategik talqinlarini tushunish imkonini beradi. Ushbu nazariy asos orqali moliya bozori, inflyatsiya va boshqa iqtisodiy jarayonlarni chuqurroq tahlil qilish mumkin.

Shu asosda, quyidagi tadqiqotda iqtisodiy atamalarning denotativ va konnotativ tahlili ularning mohiyati va iqtisodiy tizimdagi keng qamrovli roli aniqlanadi.

“Denotatsiya" va "konnotatsiya" terminlari Jon Stuart Mill tomonidan ilk bor kiritilgan va muhokama qilingan. U ushbu tushunchalarni o‘zining "A System of Logic" (1843) asarida taqdim etgan[1]. Mill bu atamalarni mantiq va semantika sohasida belgi va uning ma’nosini ajratish uchun qo‘llagan.

J.S. Mill denotatsiya  atamasini biror so‘z yoki belgining obyektga bevosita ishora qiluvchi ma’nosini ifodalash uchun ishlatgan. Bu asosiy, literal yoki leksik ma’noni anglatadi. Konnotatsiya bu so‘z yoki belgining qo‘shimcha yoki bog‘langan xususiyatlari orqali hosil bo‘ladigan ma’nosi. Konnotatsiya belgi orqali yetkaziladigan hissiy, madaniy yoki ramziy ma’nolarni ifodalaydi. Uning ta‘kidlashicha, "Nom deb atalgan belgi o‘zi tegishli bo‘lgan individual obyektlarni anglatadi (denotatsiya). Shu bilan birga, nom uning mazmuni orqali ishora qiladigan xususiyatlarni ham bildiradi (konnotatsiya)."[2]  Olim  bu yerda so‘zning "denotatsiyasi"ni u ishora qilayotgan individual obyektlar bilan, "konnotatsiyasi"ni esa u obyektda mavjud bo‘lgan xususiyatlar bilan bog‘laydi. Bu ta’rif ushbu terminlarning zamonaviy semantika va semiotikadagi asosiga aylangan. Millning bu tushunchalari keyinchalik semiotika, lingvistika va mantiq tadqiqotlarida muhim ahamiyat kasb etdi. Ularning ommaboplashuvi 20-asrda, Ferdinand de Saussure va Roland Barthes kabi olimlar bu tushunchalarni o‘zlarining semiotik nazariyalarida qo‘llaganlarida kuchaygan.

Asosiy qism.  Moliyaviy-iqtisodiy tahlil doirasida, ushbu ikki semantik daraja atamalarning turli kontekstlarda qanday talqin qilinishini va ularning iqtisodiy tizimdagi ahamiyatini tushunishda muhim vosita hisoblanadi. Atamalar ma’nosini denotativ darajada o‘rganish orqali, ularning obyektiv mohiyati va iqtisodiy jarayonlarga bevosita ta’siri ochib beriladi, konnotativ tahlil esa ushbu atamalarning jamiyat va iqtisodiy muhitdagi ramziy yoki hissiy ma’nolarini ko‘rsatib beradi. Masalan:

Denotatsiya: “market” "ozor" atamasi o‘zining asosiy, obyektiv ma’nosida xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi muloqot maydonini ifodalaydi. Bu asosiy iqtisodiy tushuncha bo‘lib, u jismoniy joy (masalan, bozor maydoni) yoki virtual platformani (masalan, onlayn savdo maydoni) bildiradi.

Konnotatsiya: Biroq, “market” "bozor" so‘zi kengroq tushunchalarni ham anglatadi. Bu tushunchalar qatoriga iqtisodiy jarayonlarning tartibga solinishi, bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi raqobat, va iqtisodiy xulq-atvor modellarini ham kiritish mumkin. Masalan, “free market”- "erkin bozor" yoki "regulyativ bozor" kabi tushunchalar konnotatsion ma’nolarni o‘z ichiga oladi.

“Debt” - “qarz” atamasi bir tomonning boshqa tomonga nisbatan moliyaviy majburiyatini bildiradi (denotatsiya), shu bilan birga, u xavf, moliyaviy og‘irlik va to‘lov majburiyati kabi kengroq ma’nolarni ham anglatadi (konnotatsiya)."

Denotatsiyada qarz faqat moliyaviy majburiyat sifatida tushuniladi, konnotatsiyada esa u investorlar va qarzdorlar uchun xavf-xatar va moliyaviy barqarorlikni ifodalaydi.

Inflyatsiya” atamasi vaqt o‘tishi bilan tovar va xizmatlarning umumiy narxlari darajasining o‘sishini bildiradi (denotatsiya), shu bilan birga, u valyuta qadrsizlanishi, xarid qobiliyatining pasayishi va bozor beqarorligi kabi kengroq iqtisodiy masalalarni ham anglatadi (konnotatsiya)."

David Alan Cruseni ta‘kidlashicha, "Denotativ ma’no – bu biror ifoda (so‘z, bir nechta so‘zlardan iborat birlik yoki sintaktik tuzilma)ning ma’lum bir ma’noda ifodalashi mumkin bo‘lgan obyektlar to‘plamini yoki qamrovini anglatadi. Ushbu tushuncha nafaqat abstrakt tuzilmalarni, balki ularning tarkibiy qismlarini ham o‘z ichiga oladi. Masalan, “sintaktik tuzilma” faqat strukturaviy munosabatlardan iborat bo‘lmay, shu tuzilmani tashkil qiluvchi aniq so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu yondashuv “parsing daraxti” kabi texnik modellarning chegaralaridan chiqib, terminal tugunlarga bog‘langan so‘zlarni ham ko‘rib chiqadi. Shunday qilib, biror ma’noda ikki ifoda bir xil obyektlar yoki tushunchalarni – real yoki xayoliy, barcha mumkin bo‘lgan dunyolarda mavjud bo‘lgan – anglatadigan bo‘lsa, ular bir xil denotativ ma’noga ega hisoblanadi.[3] "

D.A. Cruse tomonidan berilgan ta’rif denotativ ma’noning keng qamrovli tushunchasini namoyish etadi. Ushbu ma’no bir so‘zning o‘ziga xos lug‘aviy va strukturaviy xususiyatlarini tahlil qilish imkonini beradi. Denotativ ma’no faqat obyektlarni anglatib qolmasdan, ularning tahlili orqali so‘zlarning sintaktik va semantik tizimdagi o‘rnini aniqlashga imkon beradi. Bu lingvistik tadqiqotlarda, xususan, tilning obyektivligini tahlil qilishda ilmiy poydevor sifatida ishlatiladi.

Moliyaviy matnlar, xususan, xalqaro iqtisodiy hujjatlar, bank xizmatlari, soliq masalalari va investitsion jarayonlarga oid materiallar, maxsus terminologiya va ko‘p qatlamli semantik tuzilishi bilan ajralib turadi. Ushbu matnlar nafaqat lug‘aviy jihatdan aniq bo‘lishi, balki ularning pragmatik va madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda tarjima qilinishi talab qilinadi. Shunday ekan, moliyaviy matnlardagi denotativ, konnotativ va pragmatik ma'nolarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish nafaqat tarjima nazariyasi uchun, balki amaliy jihatdan ham dolzarbdir.

Tilning asosiy xususiyatlaridan biri uning bir vaqtning o‘zida nominativ, kommunikativ va ekspressiv funksiyalarni bajarishidir. Tilning номинатив funksiyasi uning fikr shakllantiruvchi vosita sifatida xizmat qilishini anglatadi, ya’ni til tushunchalarni nomlash va ularga aniqlik berish orqali bilimlarni ifoda qiladi. Ekspressiv funksiyasi esa tilning ichki tuzilmasiga bog‘liq bo‘lib, bunda til elementlarining o‘zaro aloqalari ularning mohiyatini ochib beradi. Shu jihatdan til ikki tomonlama mazmun kasb etadi: bir tomondan, u obyektiv borliqni aks ettiruvchi fikr shakli sifatida xizmat qiladi, boshqa tomondan esa, har bir til elementi o‘ziga xos tizimli mustaqillikka ega.

Tilning bu ikki funksiyasi, ayniqsa, so‘z darajasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. So‘z lisoniy tizimning asosiy birligi bo‘lib, uning mazmuniy tarkibi denotativ va konnotativ ma’nolarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Mazkur ma’nolar tilning lisoniy va nutqiy jarayonlardagi turli funksiyalarini ochib beradi.

So‘zning denotativ ma’nosi – bu uning asosiy, obyektiv va lug‘aviy mazmunidir. U so‘zning atov, nomlash (nominativ) funksiyasiga mos keladi va so‘z bilan anglatilayotgan narsa yoki hodisaning asosiy belgilari haqida ma’lumot beradi. Denotativ ma’no universal bo‘lib, u so‘zning leksik asosini tashkil qiladi. Masalan, "foyda" so‘zi iqtisodiyotda "daromaddan xarajatlarni chegirgandan keyin qoladigan mablag‘"ni anglatadi. Ushbu asosiy belgi barcha tillar va madaniyatlarda tushunarli bo‘ladi. Denotativ ma'no, lug‘aviy ma'no sifatida, moliyaviy matnlarda asosiy rolni o‘ynaydi. So‘z yoki iboraning aniq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma'nosini ifodalash bu turdagi matnlarning aniqligini ta'minlaydi. Masalan, "foiz stavkasi", "asosiy kapital", "iqtisodiy sikl" kabi iboralar universal tushunchalarni aks ettiradi. Tarjimonning vazifasi bu tushunchalarni boshqa tilga to‘g‘ri va noaniqliksiz uzatishdir

Natijalar. Konnotativ ma’no esa so‘zning qo‘shimcha, sub’yektiv va uslubiy rang-barangligini anglatadi. U so‘zning ekspressiv funksiyasini namoyon qiladi va shaxsiy hissiyotlar, baholovchi munosabat yoki ijtimoiy kontekst bilan bog‘liq bo‘ladi. Konnotativ ma’no ko‘pincha kontekstga bog‘liq holda shakllanadi va bir xil so‘z turli madaniyat va holatlarga ko‘ra turlicha bo‘yoqqa ega bo‘lishi mumkin.

Konnotativ ma'no — ya'ni so‘zlarning qo‘shimcha hissiy yoki madaniy bo‘yoqlari — moliyaviy matnlarni tushunish va tarjima qilishda qo‘shimcha murakkablik tug‘diradi. Xususan, turli mamlakatlarda o‘xshash atamalar turli xil iqtisodiy model yoki madaniy hodisalarni ifodalashi mumkin. Masalan, "kredit" atamasi ayrim jamiyatlarda iqtisodiy rivojlanish vositasi sifatida ijobiy talqin qilinsa, boshqa joylarda moliyaviy qaramlik yoki xavf bo‘lib ko‘rinadi. Ushbu jihatlarni tarjimada hisobga olish madaniy moslikni ta'minlaydi va kommunikatsiyaning samaradorligini oshiradi.

Denotativ ma’no so‘zning lug‘aviy mazmunini bildiradi, ya’ni uning obyektiv va universal tushunchasi. Moliyaviy terminlarda bu tushuncha asosiy, aniq ma’noni anglatadi va ko‘pincha iqtisodiy yoki ilmiy atamalar lug‘atlarida beriladi. Asset termini. Denotativ ma’no: An asset is any resource owned by an individual or an organization that has economic value and can generate future benefits.

Denotativ ma’no: Aktiv – bu shaxs yoki tashkilotga tegishli, iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan va kelajakda foyda keltirishi mumkin bo‘lgan resurs.

Ingliz tili:

The company's assets include cash, real estate, and intellectual property.

Tarjimasi : Kompaniyaning aktivlariga naqd pul, ko‘chmas mulk va intellektual mulk kiradi.

Konnotativ ma’no: “Aktiv" so‘zi ba’zan barqarorlik, boylik yoki muvaffaqiyat ramzi sifatida ishlatilishi mumkin. Masalan, biror kishini "jamoa uchun aktiv" deb ta’riflash ularning muhim hissasi va qadr-qimmatini anglatadi.

Ingliz tli: The CEO described the company's workforce as its most valuable asset, highlighting the employees' dedication and innovation.

O‘zbekcha tarjimasi: Bosh direktor kompaniya xodimlarini "eng qimmatbaho  faolimiz" deb atadi va ularning fidoyiligi va innovatsion yondashuvlarini ta’kidladi.

Konnotativ ma’no so‘zning sub’yektiv, hissiy va uslubiy rang-barangligini anglatadi. Bu ma’no ko‘pincha kontekstga yoki shaxsiy munosabatga bog‘liq holda o‘zgaradi. Moliyaviy terminlar bunday bo‘yoqlarni kontekst va hissiy ta’sir orqali olishi mumkin. Konnotativ ma’no tilshunoslik, semantika va madaniyatshunoslikda muhim o‘rin tutadi. U so‘zning lug‘aviy (denotativ) ma’nosidan tashqari, kontekstga qarab shakllanuvchi sub’yektiv, hissiy va madaniy rang-baranglikni aks ettiradi. Bu tushuncha Roland Barthes va Ferdinand de Saussure kabi tilshunoslar tomonidan ilmiy asoslangan va keng o‘rganilgan.

  1. Saussure o‘zining “Course in General Linguistics” asarida so‘zlarni ikki asosiy darajaga bo‘ladi: 1. Signifier (Belgini ifodalaydigan): So‘zning ovoz yoki yozuv shakli. 2. Signified (Ma’no): So‘z orqali anglatiladigan mazmun. Olimni ta‘kidlashicha, “Til – bu g‘oyalarni ifodalovchi belgilarning tizimi bo‘lib, bir belgi ma’nosi faqat uning nimani anglatishi (denotatsiyasi) emas, balki uning nimani nazarda tutishi (konnotatsiyasi) bilan ham bog‘liq”[4].

F.Saussureni fikricha, konnotativ ma’no signifiedga qo‘shimcha bo‘lib, ijtimoiy kontekst, madaniy qadriyatlar va hissiy qiymatlar orqali shakllanadi. Shunday qilib, so‘zning ma’nosi denotativ darajada obyektiv bo‘lsa, konnotativ ma’no sub’yektiv va o‘zgaruvchan bo‘ladi.

Moliyaviy terminlar ko‘pincha o‘zining denotativ ma’nosi bilan aniq va universal tushunchani bildiradi. Shu bilan birga, ularning konnotativ ma’nolari kontekst, madaniyat va ijtimoiy munosabatlarga qarab turli hissiy, baholovchi yoki uslubiy bo‘yoqlarga ega bo‘lishi mumkin. Quyida moliyaviy atamalarning denotativ va konnotativ ma’nolari, shuningdek, ularga tegishli misollar jadval shaklida taqdim etilgan. Ushbu jadval atamalarning mohiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi va ularning ma’nolarini izchil tarzda tahlil qilishga imkon yaratadi.

  1. Dividend

Ingliz tilida: (Denotative): A dividend is a portion of a company's earnings distributed to shareholders.

Tarjimasi: (Denotativ): Dividend kompaniya daromadlarining  aksiyadorlarga taqsimlangan qismidir.

Ingliz tilida:  (Connotative): For many small investors, a dividend represents financial security and a sense of ownership in the company.

Tarjimasi (Konnotativ): Ko‘plab kichik investorlar uchun dividend moliyaviy barqarorlik va kompaniyadagi ishtirokni his qilishni anglatadi.

  1. Inflation

Ingliz tilida: (Denotativ): Inflation refers to the general increase in prices over a period of time.

Tarjimasi (Denotativ): Inflatsiya ma’lum vaqt davomida narxlarning umumiy o‘sishini bildiradi.

Ingliz tilida:  (Connotative): In some societies, inflation is viewed as a sign of economic instability, while in others, it is seen as a necessary part of growth.

Tarjimasi: (Konnotativ): Ba’zi jamiyatlarda inflyatsiya iqtisodiy beqarorlik belgisi sifatida ko‘rilsa, boshqalarida bu o‘sishning zaruriy qismi sifatida qabul qilinadi.

  1. Bankruptcy

Ingliz tilida:  (Denotative): Bankruptcy is a legal process through which individuals or businesses unable to meet their financial obligations are granted relief.

Tarjimasi (Denotativ): Bankrotlik moliyaviy majburiyatlarini bajara olmaydigan shaxslar yoki korxonalar uchun yuridik jarayonni anglatadi.

 Ingliz tilida:   (Connotative): In some cultures, bankruptcy is stigmatized as failure, whereas in others, it is seen as a chance for a fresh start.

Tarjimasi (Konnotativ): Ba’zi madaniyatlarda bankrotlik muvaffaqiyatsizlik sifatida tamg‘alanadi, boshqalarida esa yangi boshlanish imkoniyati sifatida ko‘riladi.

  1. Profit

English (Denotative): Profit is the financial gain obtained when revenue exceeds expenses.

Tarjimasi (Denotativ): Foyda daromad xarajatlardan oshib ketganida olingan moliyaviy foydani anglatadi.

English (Connotative): In a capitalist system, profit is celebrated as a measure of success, but in some ideological contexts, it might be associated with exploitation.

Tarjimasi (Konnotativ): Kapitalistik tizimda foyda muvaffaqiyat o‘lchovi sifatida e’zozlanadi, ammo ba’zi mafkuraviy kontekstlarda u ekspluatatsiya bilan bog‘lanishi mumkin.

Denotativ ma’nolar ilmiy va obyektiv tavsif berishda foydali. Konnotativ ma’nolar atama madaniy va hissiy qiymatlarini ochib beradi.Tahlilda kontekst va auditoriyani hisobga olish muhim.

Ta‘kidlash joizki, konnotativ ma’no va hissiy/ta’sirli ma’no o‘rtasidagi noaniq chegaralar tarjimashunoslikda o‘rganiladi. Moliyaviy-iqtisodiy matnlarni tarjima qilish jarayonida konnotativ ma’no turlarining salmoqli darajada namoyon bo‘lishi aniqlandi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mazkur matnlar tarjimasida konnotativ ma’no turlari quyidagi umumiy tasnif asosida uchrashi va o‘z ifodasini topishi dalillanadi. Ushbu turlar, umumiy tasniflarga asoslanib, mazkur matnlar tarjimasida qo‘llanilishining ahamiyatini yoritadi. Moliyaviy-iqtisodiy matnlarni tarjimasininh konnotativ ma‘nolarini ushbu tasnuf asosida tahlil qilamiz.

Библиографические ссылки

Mill, J. S. (1843). A System of Logic, Ratiocinative and Inductive. London: John W. Parker.

Mill, J. S. (1843). A System of Logic, Ratiocinative and Inductive. Book I, Chapter II, Section 5, p. 31. London: John W. Parker.

Cruse, D. A. (1986). Lexical Semantics. Cambridge: Cambridge University Press, pp. 49–50.

Ferdinand de Saussure, Course in General Linguistics, trans. Wade Baskin, ed. Charles Bally and Albert Sechehaye (New York: McGraw-Hill, 1916), 15-16.

Balke, N. S. and D. Petersen (2002). How well does the Beige Book reflect economic activity? evaluating qualitative information quantitatively. Journal of Money, Credit and Banking, 114–136. Barbaglia, L., S. Consoli, and S. Manzan (2023). Forecasting with economic news. Journal of Business & Economic Statistics 41, 708–719.

Barbaglia, L., S. Consoli, and S. Manzan (2024). Forecasting GDP in Europe with textual data. Journal of Applied Econometrics 39 (2), 338–355.

Barbaglia, L., S. Consoli, S. Manzan, L. Tiozzo Pezzoli, and E. Tosetti (2024). ECIN Replication Package for “Sentiment Analysis of Economic Text: A Lexicon-Based Approach”.

Ann Arbor, MI: Inter-university Consortium for Political and Social Research.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Шoхида Абдуллаева,
Узбекский государственный университет мировых языков

Доктор филологических наук (PhD), доцент

Как цитировать

Абдуллаева, Ш. (2025). Семантический анализ финансово-экономических терминов . Лингвоспектр, 2(1), 175–180. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/404

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.