Контекстуальная методология Франсиса Ришара в изучении искусства рукописей эпохи Шайбанидов

Авторы

  • Андижанский филиал Кокандского университета
Shayboniylar davri qo‘lyozma san’atini o‘rganishda Fransis Richardning kontekstual metodologiyasi

Аннотация

В статье анализируется методология французского исследователя Франсиса Ришара, применённая при изучении искусства рукописной книги Центральной Азии в период правления Шейбанидов (1500–1599). На примере монографии Le Siècle des Shibanides, написанной в соавторстве с Лолой Додхудоевой, рассматриваются методы Ришара по исследованию каллиграфии и миниатюр как носителей культурных и политических символов. Особое внимание уделяется его анализу колофонов, дарственных надписей, подписей художников и художественных стилей, что позволило установить связь между книжным искусством и системой политического покровительства при Шейбанидах. Ришар рассматривает рукописи не только с эстетической, но и с историко-контекстуальной и идеологической точек зрения, применяя комплексный подход, объединяющий кодикологию, искусствоведение и сравнительное литературоведение. Его исследования позволяют по-новому взглянуть на культурную и художественную специфику рукописной традиции XVI века в Центральной Азии. В статье подчёркивается теоретическая и практическая значимость его контекстуального метода для дальнейших исследований восточного книжного искусства и сравнительного литературоведения. Его подход служит важным примером интердисциплинарного анализа рукописей. Работа Ришара усиливает интерес к мусульманскому культурному наследию региона.

Ключевые слова:

Shayboniylar davri qo‘lyozma san’ati Fransis Richard qiyosiy adabiyotshunoslik xattotlik miniatyura ramz metodologiya

Kirish

Shayboniylar sulolasi hukmronlik qilgan XVI asr Movarounnahr davri Markaziy Osiyo madaniyati va san’ati tarixida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, bu davrda kitob san’ati – qo‘lyozma asarlarni ko‘chirish, bezash va miniatyura bilan boyitish ishlari – siyosiy hokimiyat uchun madaniy legitimatsiya vositasiga aylangan edi. Biroq, ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlarda Shayboniylar davri Buxoro maktabi miniatura san’ati ko‘pincha Eron Safaviylar davri bilan qiyosan ikkinchi darajali holatda ko‘rilgan yoki “chekka” bir fenomen sifatida talqin qilingan. Fransuz olimi Fransis Richard va uning hamkorlari esa bu qarashlarni o‘zgartirishga munosib hissa qo‘shdilar. Xususan, Richard Shayboniylar davri qo‘lyozma san’atini alohida va chuqur o‘rganish lozimligini ta’kidlab, uni Timuridlar an’anasining bevosita davomchisi hamda mustaqil ijodiy maktab sifatida qaradi. Uning Lola Dodxudoyeva bilan hammualliflikda yaratgan “Le Siècle des Shibanides” (“Shayboniylar asri”) nomli fundamental tadqiqoti Shayboniy hukmdorlar davrida kitob san’ati, hokimiyat va qonuniylik o‘rtasidagi o‘zaro aloqani kompleks yondashuvda ko‘rsatib berdi.

Asosiy qism

Fransis Richard Shayboniylar davri qo‘lyozma san’atini o‘rganishda manba tahliliga asoslangan fanlararo (interdisciplinary) yondashuvni qo‘llagan. Avvalo, u o‘sha davrda yaratilgan nodir qo‘lyozmalarni bevosita o‘rgandi: turli kutubxonalar va kolleksiyalarga tarqalib ketgan Markaziy Osiyo qo‘lyozma kitoblarini aniqlab, ularning kolofon matnlari, sanasi, muallif va kotiblari, hatto kitobdorlari (kutubxonachilari) haqidagi ma’lumotlarni yig‘di. Bu yondashuv unga mashhur ingliz olimi B. Robinson tuzgan ro‘yxatlar yangilanganini va ko‘plab yangi qo‘lyozma manbalar ilmiy muomalaga kiritilganini ko‘rsatdi. Richard shu tariqa XVI asr Buxoro kitobat muhitida faoliyat ko‘rsatgan asosiy xattotlar va musavvirlar repertuarini shakllantirishga harakat qildi (Richard, 2023; 11).

Fransis Richard tadqiqot metodologiyasining asosiy xususiyati – qo‘lyozma san’atini tarixiy va madaniy kontekstda tahlil qilishdir. U oddiy badiiy tahlil bilan cheklanmasdan, har bir miniatura va bezakning yaratilish maqsadi va homiyini aniqlashga intildi. Masalan, u qo‘lyozmalardagi bag‘ishlov yozuvlari va titullarda keltirilgan iboralarni o‘qib, ushbu kitob qaysi hukmdor yoki shahzoda uchun mo‘ljallangani va uning siyosiy-ma’naviy mazmunini ochib beradi. Xususan, qo‘lyozma kitoblarning bosh sahifalariga kiritilgan she’riy matnlarni tadqiq etish orqali Richard musavvir va xattotlarning kitobni “nodir tuhfa” (javohirlar qutisiga qiyos etiladigan) darajasiga ko‘tarish niyatini va shu orqali matn muqaddasligini ta’kidlashini ko‘rsatdi (Richard, 2023; 176). Bu uslubiy yondashuv miniatyura va xattotlikni faqat san’at asari sifatida emas, balki ideologik va ramziy matn sifatida ham o‘qishga imkon yaratadi.

Shuningdek, Richard qiyosiy-tarixiy tahlil metodidan foydalanadi. U Shayboniylar davri qo‘lyozmalarini avvalgi Timuridlar davri va bir vaqtning o‘zida yashagan qo‘shni sulolalar (Safaviylar, Mo‘g‘illar va boshqalar) tajribasi bilan qiyoslab ko‘radi. Uning tadqiqotlari davomida aniqlanishicha, Shayboniylar Buxoroda o‘z kitobat maktabini yaratishda Temuriy Hirat an’anasiga suyanib ish ko‘rgan, biroq shu bilan birga, mahalliy sharoit tufayli o‘ziga xos uslublarni ham rivojlantirgan. Bu holatni tushuntirish uchun Richard qo‘lyozmalar yaratilgan kitobdorlik muhitini o‘rganadi: bir nechta musavvir va xattotlarning ijodiy hamkorligi, ish taqsimoti va uslubiy yaxlitligi masalalarini ko‘taradi. Misol uchun, u Buxoroda tashkil etilgan xonlik kutubxonasida Hiratdan ko‘chirib keltirilgan san’atkorlar va mahalliy ijodkorlar birgalikda faoliyat olib borganini tarixiy manbalar asosida ko‘rsatadi.

Fransis Richardning tadqiqotlari Shayboniylar davri qo‘lyozma san’ati bo‘yicha bir qator muhim ilmiy natijalarni yuzaga chiqardi. U Shayboniylar davridagi Buxoro maktabi miniaturalari avvalgi Temuriylar davri Hirat maktabining mantiqiy davomchisi ekani, ayni vaqtda unda mustaqil ijodiy yechimlar paydo bo‘lganini asoslab berdi. Richard ko‘rsatishicha, Shayboniy hukmdorlar Boburiylar (Hindiston) yoki Safaviylar (Eron) singari Temuriy merosga emas, balki o‘zlarining Chingizxon avlodidan kelib chiqqanlik merosiga ko‘proq urg‘u berganlar; buni ular buyurtma qilgan qo‘lyozma asarlaridagi genealogik va tarixiy mavzulardan ham bilsa bo‘ladi (Szuppe, 2009, 103). Masalan, Shayboniyxon haqida bitilgan “Shayboniynoma” dostonlarida va Firdavsiy “Shohnoma”larining shu davr nusxalarida Shayboniylar o‘zlarini Chingizxon nasliga bog‘lovchi ramziy sahnalar kiritilganini tadqiqotchilar qayd etgan. Richard rahbarligidagi tadqiqotda ham bunday qo‘lyozmalardagi afsonaviy qahramonlar bilan tarixiy shaxslarni yonma-yon tasvirlash orqali Shayboniylar o‘z siyosiy da’volarini tasdiqlashga urinishi alohida ta’kidlandi (Richard, 2023; 145).

Richard Shayboniylar davri qo‘lyozmalarida ishlatilgan badiiy uslublar va texnikalarni batafsil tasniflab chiqdi. Uning aniqlashicha, Buxoro miniatura maktabi o‘z zamonasining eng mashhur musavviri Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari uslubiga katta e’tibor bergan – xonlar Behzod an’anasini davom ettirishni ma’naviy meros deb bilishgan. Behzod uslubidagi nafis chizma va kompozitsiyalar Buxoro musavvirlari ijodida me’zon bo‘lib xizmat qilgan, natijada ko‘plab miniatyuralar Hirat maktabini yodga soluvchi tarzda yaratilgan (Richard, 2023; 126).

Biroq, Shayboniylar davrida miniatura san’atida yangicha elementlar ham shakllandi. Richard Buxoro maktabining o‘ziga xosligi sifatida chekka bezaklar va varaqlarning gulzor naqshli chegaralar bilan bezatilishini keltiradi – bu usul orqali sahifa jozibasi oshirilib, asar matni va xattotlik go‘zalligi yanada ajralib turishi ta’minlangan. Xususan, bir necha rangli va oltin suvi bilan bezalgan qog‘ozlarni birlashtirib varaqlar chetini naqshlash (abra va abri qog‘ozlar) usuli Shayboniylar davrida keng qo‘llangan va bu kitobni bezashda yangi nafislik darajasini kasb etgan edi. Richard bu yutuqni sanab, Buxoro maktabining novatorligini qayd etadi (Richard, 2023; 133).

Richard tadqiqotlari Shayboniylar davrida yaratilgan qo‘lyozmalarning mavzuviy repertuarini ham ochib berdi. U o‘nlab qo‘lyozma nusxalarini tahlil qilarkan, shuni payqadiki: miniatyuralar bilan bezatilgan asarlar asosan klassik adabiyot namunalari edi – Jomiy, Hofiz, Sa’diy, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy kabi fors adabiyoti darg‘alarining asarlari hamda Navoiyning turkiy doston va g‘azallari (Richard, 2023; 178). Yangi zamon (XVI asr) shoirlari yoki tarixnavislarining asarlarini ko‘chirish va miniaturalar bilan bezash holati kam uchraydi. Bu hodisa, Richard fikricha, Shayboniylar madaniy siyosatining bir qismi bo‘lib, ular o‘z xalqi ongini tarbiyalashda Naqshbandiya tariqatining buyuk namoyandalari – Hazrat Jomiy va Alisher Navoiy – merosiga tayanishga intilganlar. Darhaqiqat, manbalarda Abdullaxon II davrida Jomiy va Navoiyning asarlari butun Movarounnahr bo‘ylab keng tarqalib, islomiy ma’rifat va birlik g‘oyalarini singdirgani ta’kidlanadi. Richard o‘z tadqiqotida buni qo‘lyozma manzarasida ham aks ettirib, Shayboniylar davrida yaratilgan go‘zal qo‘lyozmalarning aksariyati aynan tasavvufiy-didaktik poeziyaga bag‘ishlanganini ko‘rsatadi. Bu qo‘lyozmalardagi miniatyuralar ham jangovar sahnalardan ko‘ra ko‘proq ishqiy-ma’rifiy mavzularni, bazm va ziyofatlar, musiqiy va sufiy mavzularni aks ettirgani kuzatiladi. Demak, Shayboniylar davri kitob san’atida madaniy-siyosiy mafkura aks-moyil bo‘lib, u orqali xonlar o‘zlarini ilm-fan va tasavvuf homiylari sifatida ko‘rsatishga intilganlar (Richard, 2023; 184).

Tadqiqotchi Shayboniylar davri qo‘lyozmalarini o‘rganib, bu jarayonda ishtirok etgan san’atkorlarning hamkorlik uslubini yoritdi. Ko‘plab qo‘lyozmalarning bezak va illyustratsiyalari bir nechta musavvir tomonidan birgalikda ishlangani bois, ayrim miniatyuralarni aniq mualliflikka ajratish qiyinligi haqida u yozadi. Buning sababi sifatida Richard kitobat ustaxonalaridagi mehnat taqsimotini keltiradi – bir qo‘lyozma ustida bosh xattot (kotib), bir necha musavvir va zarhalchi (muzahhib) hamkorlik qilgan, natijada uslubiy jihatdan bir-biriga yaqin, ammo mayda tafsilotlarda farqlanuvchi asarlar yaratilgan (Richard, 2023; 191). U masalaning shu jihatiga e’tibor qaratib, kitobat jarayonining ichki dinamikasini tushuntirishga harakat qiladi. Natijada, olim xulosasiga ko‘ra, Shayboniylar davri musavvirlari chegaralangan mavzular doirasida (bir-biriga o‘xshash sahnalarni takror tasvirlash orqali) mislsiz ijodkorlik namunasini ko‘rsatganlar: ular mavjud timsollarni beadoq kombinatsiyalarda qayta-qayta ishlatib, har safar yangicha va original kompozitsiyalar yaratishga erishganlar. Bu, albatta, buyurtmachi – xon va amirlar – estetik didi va talablari bilan bog‘liq bo‘lib, Richard ta’kidlaganidek, Shayboniy hukmdorlari kitob san’atidan o‘z siyosiy maqsadlari yo‘lida faol foydalanishgan (Richard, 2023; 176).

Shayboniylar davri qo‘lyozma san’ati bo‘yicha F. Richard tomonidan qo‘llangan tadqiqot metodologiyasi va olingan natijalar ilmiy hamjamiyatda katta qiziqish uyg‘otdi hamda bir qancha yangi nuqtai nazarlarni shakllantirishga xizmat qildi. Avvalo, F. Richardning kontekstual yondashuvi – ya’ni qo‘lyozmalarni tarixiy, siyosiy va madaniy vaziyat bilan bog‘liq holda o‘rganishi – mazkur sohada ilgari kuzatilgan bo‘shliqni to‘ldirdi. Oldingi tadqiqotlarda Shayboniylar davri san’ati ko‘pincha boshqa yirik imperiyalar soyasida ko‘rilgan bo‘lsa, Richard ushbu san’atni mustaqil tadqiq obyekti sifatida markazga olib chiqdi. Natijada, Shayboniylarning kitob san’ati “ikkinchi darajali” emas, balki o‘ziga xos rivoj yo‘liga ega bo‘lgan alohida maktab ekani isbotlandi. Bu yondashuv Markaziy Osiyo madaniy merosini baholashda yangi historiografik burilish bo‘lib, uni periferiyadan markazga qo‘yish bilan ahamiyatlidir.

Shuningdek, F. Richardning metodologiyasi qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan ham novatorlikka ega. U qo‘lyozma san’ati tahlilini adabiy manbalar tahlili bilan uyg‘unlashtirib, matn va tasvirni birgalikda “o‘qish” amaliyotini namoyish etdi. Bu uslub orqali, masalan, bir miniatyuradagi kalligrafik yozuvlarni va tasviriy detallarni o‘zaro bog‘liq ma’no qatlamlari sifatida tushunish imkoniyati tug‘ildi. Natijada, qo‘lyozma kitob matni (she’r yoki matn) bilan uni bezagan miniatyura o‘rtasida qanday dialog borligi yuzaga chiqdi. Bu, o‘z navbatida, adabiyot va san’at sintezini o‘rganishda muhim uslubiy yangilikdir. Masalan, F. Richard ko‘rsatganidek, Jomiy yoki Navoiyning g‘azallari bitilgan sahifalar ular haqida yozilgan she’riy parcha yoki hikmatli baytlar bilan naqshlangan – bunday holatlar matnning madhiya yoki tanqidiy talqinini san’at vositasida ifodalashga xizmat qilgan.

  1. Richardning kontekstual yondashuvi Shayboniylar davridagi madaniy-siyosiy ramzlarni anglashda ham katta yordam berdi. Uning tadqiqotlari asosida ma’lum bo‘ldiki, Shayboniy hukmdorlar kitob san’ati orqali o‘z legitimatsiyalarini mustahkamlashga intilganlar. Masalan, Muhammad Shayboniyxon o‘zini ilm-fan homiysi sifatida ko‘rsatib, Buxoroni “yangi Herat”ga aylantirish siyosatini olib borgan bo‘lsa, Abdullaxon II hatto xalifa unvonini olishga da’vogar bo‘lganini bir qo‘lyozma kolofonidagi yozuvdan bilish mumkin. Bu fakt diniy-siyosiy ramzlarning xattotlikda namoyon bo‘lishiga yorqin misoldir. Xuddi shuningdek, Shayboniylar davri miniatyuralarida ko‘pincha Naqshbandiyaga oid ramziy sahnalar (masalan, darvishlar raqsi, tasavvuf majlislari tasviri) uchraydi, bu esa Naqshbandiya tariqatining jamiyatdagi o‘rnini vizual tarzda aks ettirishga xizmat qilgan. Richard ushbu jihatlarni qayd etib, san’at asarini tarixiy manzara bilan bog‘lashda o‘ziga xos tahlil yo‘lini yaratdi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, Richard metodologiyasining o‘ziga xosligi jahon ilmiy doiralarida ham e’tirof etildi. Masalan, tadqiqotchi J. K. Comstock-Skipp Markaziy Osiyo qo‘lyozma san’ati tarixiga bag‘ishlangan maqolasida so‘nggi yillardagi ishlar (jumladan, Richard va boshqalarning tadqiqotlari) tufayli Shayboniylar davri endi Safaviy Eron bilan qarama-qarshi qo‘yiladigan periferik mavzu emas, balki alohida diqqat markazidagi obyekt sifatida o‘rganilayotganini qayd etadi (Comstock-Skipp, 2023; 5). U hatto Shayboniylar san’ati misolida XVI asr musulmon dunyosidagi sunniy-shi’iy raqobati va turkiy-forsiy madaniy tutashuv masalalarini yoritish mumkinligini ta’kidlaydi. Bu fikrlar F. Richard boshlab bergan kontekstual va qiyosiy yondashuvning davomchilari paydo bo‘lganini anglatadi. Chunonchi, bugungi kunda Shayboniylar davri san’ati faqat “Buxoro maktabi” degan tor doirada emas, balki butun Persiyaning kitob san’ati tarixi kontekstida, qo‘shni imperiyalar bilan o‘zaro aloqadorlikda ko‘rilmoqda.

Xulosa

  1. Richardning Shayboniylar davri qo‘lyozma san’ati bo‘yicha tadqiqot metodologiyasi mazmunan boy va innovatsion qimmatga ega. U qo‘lyozma kitoblarni o‘rganishda tarix, adabiyot va san’atshunoslikni uyg‘unlashtirgan holda, interdisipliner yondashuv namunasini ko‘rsatdi. Richardning kontekstual metodologiyasi yordamida Shayboniylar davrida kitob san’atining hukmdorlar uchun nechog‘li siyosiy-ma’naviy ahamiyat kasb etgani aniqlandi – xattotlik va miniatyura vositasida ular o‘z hukmronlik g‘oyalarini targ‘ib qilganlar, ilmiy-adabiy merosga ega chiquvchi sifatida o‘z qiyofalarini mustahkamlashga intilganlar. Richard tadqiqoti bu jarayonni konkret qo‘lyozmalar misolida isbotlab, san’at asari ichiga yashiringan mazmun qatlamlarini ochib berdi.

Maqolada ko‘rib chiqilganidek, Richardning asosiy yutug‘i shundaki, u Shayboniylar davri qo‘lyozmalarini faqat tasviriy san’at nuqtai nazaridangina emas, balki ularning yaratilish sharoiti, buyurtmachi homiylari, ulardagi matn va obrazlarning ramziy ma’nosi bilan birgalikda tahlil qildi. Bu yondashuv natijasida Markaziy Osiyo kitobat madaniyatining mazkur davri yanada to‘laroq yoritildi. Richard va hamkasblari Shayboniylar saltanatining madaniy siyosatini qo‘lyozma san’ati prizmasida o‘rganib, ularning tarixiy obro‘-e’tibor qurilishidagi san’at rolini ko‘rsatdilar.

  1. Richardning metodologiyasi bugungi kunda qator izlanishlarda qo‘llanilmoqda va rivojlantirilmoqda. U boshlab bergan an’ana davom etib, yangi tadqiqotchilar Shayboniylar davri qo‘lyozmalarini Safaviylar, Mo‘g‘illar va boshqa sulolalar san’ati bilan qiyosiy o‘rganishga kirishdilar. Bunda F. Richardning ishlari muhim bir poydevor vazifasini o‘tamoqda. F. Richardning kontekstual va qiyosiy metodologiyasi nafaqat Shayboniylar davri madaniy merosini anglashga xizmat qildi, balki umuman olganda, adabiy yodgorliklarni ularning vizual konteksti bilan birgalikda o‘rganishning naqadar samarali ekanini isbotlab berdi.

Библиографические ссылки

Richard, F., & Dodkhudoeva, L. (2023). Le siècle des Shibanides en Asie Centrale: Pouvoir, légitimité et arts du livre sous les khans shibanides (906-1007/1500-1599). Rome: Istituto per l’Oriente C. A. Nallino.

Comstock-Skipp, J. (2023). The ‘Iran’ Curtain: The historiography of Abu’l-Khairid (Shaybanid) arts of the book and the “Bukhara School” during the Cold War. Journal of Art Historiography, 28, 1–26.

Comstock-Skipp, J. (2023). Lording over the Centre of Asia: Manuscript Arts of the Abu’l-Khayrid (Uzbek) Khans. IIAS The Newsletter, 95 (Summer), 40–41.

Parodi, L. E., & Wannell, B. (n.d.). The Earliest Datable Mughal Painting. Retrieved from Asianart.com.

Dodkhudoeva, L. N. (2023). The Neochinghisids on the Throne of Transoxiana: Piety and Pragmatism. In F. Richard & L. N. Dodkhudoeva, Le siècle des Shibanides en Asie Centrale (pp. 1–17). Rome: IPOCAN.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Ёркиной Насирдинова ,
Андижанский филиал Кокандского университета

Кандидат филологических наук (PhD),

Заведующая кафедрой преподавания языков

Как цитировать

Насирдинова , Ё. (2025). Контекстуальная методология Франсиса Ришара в изучении искусства рукописей эпохи Шайбанидов. Лингвоспектр, 7(1), 33–40. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/968

Похожие статьи

<< < 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.