Коммуникативно-прагматическая интерпретация понятия “разум” в английских, немецких, русских и узбекских пословицах

Аннотация
В данной статье на основе пословиц английского, немецкого, русского и узбекского языков изучены коммуникативные и прагматические аспекты концепта "разум." 15 пословиц, отобранных из каждого языка, были проанализированы на основе семантико-когнитивного, сравнительного и прагмалингвистического методов. Согласно полученным результатам, в английских и немецких пословицах понятие "разум" отражается в связи с личным интеллектуальным ростом, знаниями и опытом. В русском языке это понятие проявляется в большей степени через социальные контакты и консультирование. В узбекских пословицах "акл" выражается в неразрывной связи с этикой, воспитанием и семейными ценностями. В английских и узбекских пословицах понятие "разум" связано с интеллектуальными ценностями, жизненным опытом и культурой народа и имеет ряд сходств, в том числе отражение мудрости и опыта: В обоих языках понятие "разум" используется для выражения мудрости, опыта и жизненных знаний. Например, английская пословица "Wisdom is better than strength" (Мудрость лучше силы) по содержанию соответствует узбекской пословице "Aql kuchdan ustun." Выводы исследования играют важную роль в понимании языковых и межкультурных различий, выборе подходящих эквивалентов в процессе перевода и развитии лингвокультурологической компетенции.
Ключевые слова:
Пословица разум мудрость коммуникативная прагматика паремиологический анализ этика ценностиKirish
Maqollar xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va boy janrlaridan biri bo‘lib, ular xalqning tafakkur tarzi, madaniy merosi, hayotiy tajribasi va axloqiy qadriyatlarini o‘zida mujassam etadi. Har bir til va madaniyatda muhim tushunchalardan biri bu – aql, donolik va tafakkurdir. Ushbu tushunchalar insoniyatning intellektual rivoji, ijtimoiy munosabatlari va ma’naviy qadriyatlarini aks ettiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Mazkur tadqiqotda ingliz, nemis, rus va o‘zbek tillarida mavjud bo‘lgan maqollar misolida “aql” konseptining kommunikativ va pragmatik talqini o‘rganiladi. Maqollar til va madaniyatlararo muloqotda muhim vosita bo‘lib, ular xalqning dunyoqarashi, hayotiy tajribasi va ijtimoiy qadriyatlarini ifodalashda xizmat qiladi. Har bir tilda “aql” tushunchasi o‘ziga xos semantik va pragmatik xususiyatlarga ega bo‘lib, bu xususiyatlar xalqning tarixiy, ijtimoiy va madaniy sharoitlariga bog‘liq holda shakllangan.
Tadqiqotda qiyosiy va pragmalingvistik yondashuv asosida har bir tildan tanlab olingan maqollar tahlil qilinadi. Ingliz va nemis maqollarida “aql” tushunchasi shaxsiy intellektual o‘sish, bilim va tajriba bilan bog‘liq tarzda aks ettirilgan bo‘lsa, rus tilida bu tushuncha ko‘proq ijtimoiy aloqalar va maslahat berish orqali namoyon bo‘ladi. O‘zbek maqollarida esa “aql” odob-axloq, tarbiya va oilaviy qadriyatlar bilan uzviy bog‘langan holda ifodalangan.
Ushbu tadqiqot til va madaniyatlararo farqlarni chuqurroq tushunish, tarjima jarayonida mos ekvivalentlarni tanlash hamda lingvokulturologik kompetensiyani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqollar orqali xalqning intellektual qadriyatlari va madaniy merosini o‘rganish nafaqat lingvistik, balki madaniy va ijtimoiy jihatdan ham qimmatli hisoblanadi.
Tadqiqot vazifalari va metodologiya
Ingliz, nemis rus va o‘zbek paremiologik istiqbollarida mavjud bo‘lgan aqlning kommunikativ-pragmatik asoslarini muntazam ravishda tahlil qilish uchun maqolada turli xil tadqiqot usullari, shu jumladan ilmiy kuzatish, qiyosiy tahlil, tavsiflash texnikasi va miqdoriy hisoblash qo‘llaniladi. Tadqiqotning yo‘nalishi semantik-kognitiv yondashuvni talab qiladi, chunki lingvistikaning murakkab va ko‘p o‘lchovli dunyosi insonning aqliy imkoniyatlarini tavsiflovchi lug‘at orqali etkaziladi. Bunday qarashlar madaniyat ichida rivojlanadigan milliy o‘ziga xoslik xususiyatlari haqida tushuncha beradi, bu belgilangan tematik guruhning maqol iboralarida aks etadi.
Bundan tashqari,ularni tahlil qilish usuli ham maqolaga kiritilgan. Xulq-atvor yoki ijtimoiy vaziyatlarning o‘ziga xos baholarini ifodalovchi paremiyalar an'anaviy amaliyotni misol qilib keltiradi. Muayyan ma'no va talqinlarni alohida kommunikativ kontekstda yetkazishning an'anaviy vositasi sifatida harakat qiladigan paremiyalar kommunikativ va pragmatik asoslarni ifodalash uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi. Har bir tilga oid 15 ta maqol tanlab olib, ularda «aql», «donolik», «idrok» tushunchalari qanday ifodalangani aniqlashtiriladi.
Adabiyotlar tahlili
O‘quv materiali ingliz, nemis va rus tillaridan tanlab olingan maqollar asosida shakllantirildi. Bu jarayonda quyidagi asosiy paremiologik manbalardan foydalanildi: Bulardan G.B. Bryan va W. Mieder Angliya-Amerika maqollari va maqol iboralari lug‘ati (Bryan & Mieder, 2005), Ingliz maqollari (Bertram & Mieder, 2008), Ruscha maqollar va matallar (Simrok, 1987; Anikin, 1988), Rus maqollari lug‘ati (Mokienko, 2008; Murrey, 2008) Rus maqollari va frazeologik birliklari, Rus xalq maqollari va masallari asarlari asos bo‘ldi.
Shuningdek, o‘zbek maqollariga oid quyidagi manbalarga murojaat qilindi: O‘zbek xalq og‘zaki ijodi (Safarov, 2000), maqollarimiz mohiyatiga doir (Samadov, 1965). Ushbu manbalar o‘zbek xalqining aql, tafakkur va bilish madaniyati haqidagi qarashlarini aks ettiruvchi maqollarni aniqlashda yordam berdi. Misol uchun, “Aqlli boshda soch turmas.”, “Aqlli baxt topar, Baxt bilan taxt topar.” kabi maqollar o‘zbek xalqining aql va idrokka bo‘lgan yondashuvini ko‘rsatadi.
Akademik sohalarda aql, tafakkur va intellekt kabi tushunchalar falsafa, mantiq, psixologiya, biologiya hamda tilshunoslik doirasida keng tadqiq etilgan. Mazkur hodisa bilim haqidagi fundamental nazariyalar doirasida chuqur o‘rganilgan: Y. A. Andreyeva (2019), C. Boeckx (2010), N. Chomsky (2006, 2011), K. Fujita (2009), A. A. Gimadeeva (2019), P.M. Greenfield (1991, 1998), A. Marantz (2005), Poeppel & Embick (2005), Poeppel D. (2012, 2019), Tomasello M. (1998) va boshqalar.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, uning natijalari qiyosiy paremiologiya, lingvistik folkloristika, madaniyatlararo kommunikatsiya, lingvistik va madaniy tadqiqotlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kurslarni ishlab chiqishdir.Qiyosiy tahlil olib borishdan yana maqsad shuki– chet tillarini o‘z ona tili bilan taqqoslash orqali o‘rganilayotgan til va madaniyatdagi o‘xshashlik hamda farqlarni ajratib ko‘rsatish, bu orqali tilni o‘zlashtirish jarayonini osonlashtirishdir. Bunday yondashuv chet tillarini o‘qitish, xususan, ikkinchi tilni egallashda samarali natija berishi mumkinligi (Alcon & Guzman, 1994; Gass & Varonis, 1984; Gizyatova, 2018; Lafford, 2004) kabi tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan
Tilshunoslik va paremiologiya sohasida ko‘plab olimlar maqollarni lingvistik, madaniy va funksional jihatdan tahlil qilishgan. Masalan, A. V. Kunin frazeologik birliklarning madaniy kodlarini tahlil qilgan bo‘lsa, G. Lakoff va M. Jonson metaforik tafakkur orqali tildagi tushunchalar qanday shakllanishini yoritadi. N. N. Amosova frazeologik birliklarning kontekstual xususiyatlariga urg‘u bergan.
O‘zbek tilshunosligida Sh. Rahmatullayev, I. G‘ofurov, M. Jo‘raev kabi olimlar maqollar semantikasi, ularning axloqiy va madaniy mazmuni ustida tadqiqotlar olib borishgan. Biroq, «aql» tushunchasining turli tillarda qanday talqin qilinishi qiyosiy o‘rganilishi kam uchraydi.
Tahlil va natijalar
Ingliz maqollarida «aql» tushunchasining quyidagi maqollarda ifodalanishi:
- Knowledge is power - (Bilim-bu kuch.)
- A wise man changes his mind, a fool never will. - (Dono odam fikrini o‘zgartiradi, ahmoq hech qachon o‘zgarmaydi.)
- Wisdom is better than strength. - (Donolik kuchdan yaxshiroqdir.)
- A belly full of gluttony will never study willingly. - To‘q qorin hech qachon o‘z xohishi bilan o‘qimaydi.
- A little knowledge is a dangerous thing. - Ozgina bilim xavfli narsa.
- Better untaught than ill taught. - Yomon o‘rgatgandan ko‘ra o‘qitilmagan yaxshi.
- Knowledge is no burden. - Bilim yuk emas.
- Learning is the eye of the mind. - O‘rganish aqlning ko‘zidir.
- Live and learn. - Yasha va o‘rgan.
- Never too old to learn. - O‘rganish uchun hech qachon inson qari hisoblanmas.
- Studies are light whereas ignorance is darkness. - O‘rganish yorug‘lik, jaholat esa zulmatdir.
- If you live long then study long. - Agar siz uzoq yashasangiz, uzoq o‘qing.
- One experienced man is better than ten. - Bir tajribali odam o‘ntadan yaxshiroqdir.
- Cannot be honest and clever.. Halol bo‘lmagan aqlli bo‘lmas.
- A book makes you clever. - Kitob sizni aqlli qiladi
Ingliz maqollarida aql ko‘proq bilim, qaror qabul qilishdagi oqillik va tajriba bilan bog‘lanadi. Bu maqollar shaxsiy muvaffaqiyatga intilish va ratsional fikrlashga urg‘u beradi.
Nemis maqollarida «aql» tushunchasining maqollarda ifodalanishi:
- Es fällt kein Gelehrter von Himmel – Hech bir olim osmondan tushmaydi.
- Verstand kommt mit den Jahren. – Tushunish yoshi bilan birga keladi.
- Ein kluger Mann macht nicht denselben Fehler zweimal. – Donishmand bir xatoni ikki marta takrorlamaydi.
- Klug ist, wer nicht alles glaubt. – Dono odam hamma narsaga ishonavermaydigan odamdir.
- Lehren bringt Ehren – O‘qitish sharaf keltiradi
- Man lernt, solange man lebt – Inson umri davomida o‘rganadi.
- Übung ist die beste Schulmeister – Amaliyot eng yaxshi maktab o‘qituvchidir.
- Buch macht klug -Kitoblar insonni dono qiladi.
- Wo einer Weise ist, sind zweie glücklich – Bitt dono bo‘lsa, ikkita inson baxtlidir
- Kluger Tadel ist bittere Arznei – Aqlli tanqid achchiq doridir
- Als ein dummes Lob Lieber ein kluger Tadel – Aqlli tanqid ahmoqona maqtovdan afzaldir.
- Ein Erfahrener ist besser als zehn Gelehrte – Bir tajribali kishi o‘nta olimdan afzaldir
- Es schweigen mehr kluge Leute als dumme. – Aqlliroq odamlar ahmoqlardan ko‘ra jim turadilar
- Ein alter Narr wird selten klug – Keksa ahmoq kamdan-kam hollarda dono bo‘ladi
- Die Zeit macht auch den Narren klug – Vaqt hatto ahmoqni ham dono qiladi.
Nemis tilida aql ko‘proq ehtiyotkorlik, tajriba asosida qaror qabul qilish va harakat qilish bilan bog‘liq. Bu yerdagi donolik tizimlilik va tartibga asoslanadi.
Rus maqollarida «aql» tushunchasining maqollarda ishlatilishi:
- Ум хорошо, а два лучше. – «Bir aql yaxshi, lekin ikkitasi yanayam
- Не имей сто рублей, а имей сто друзей. – Yuz so‘m emas, yuz do‘st bo‘l.
- Старый друг лучше новых двух. – Ikki yangi do‘stdan eski do‘st afzaldir
- Ученье свет, а не ученье тьма – O‘rganish – yorug‘lik, ammo o‘rgananolmaslik – zulmat
- Сытое брюхо к ученью глухо. – To‘liq qorin o‘rganishga kar bo‘ladi.
- Век живи – век учись – Bir asr yashang va o‘rganing.
- Для ученья нет старости – O‘rganish uchun keksalik yo‘q.
- Знания никому не в тягость – Bilim hech kimga yuk emas .
- Борода уму не замена. – Soqol aqlning o‘rnini bosa olmaydi.
- Не всяк умен, кто с головою – Boshi bor hamma ham aqlli emas.
- Живот толстой, да лоб пустой – Semiz qorin, lekin peshonasi bo‘sh.
- Нищета не отнимет ни чести ни ума – Qashshoqlik or-nomusni ham, aqlni ham olib tashlamaydi.
- Говори меньше, умнее будет – Oz gapir ,aqlli bo‘l.
- Кто много знает, тот мало болтает – Kimki ko‘p bilsa,kam gapirar.
- Умный любит учиться, а дурак учить. – Aqlli o‘rganishni yoqtirar,axmoq o‘rgatishni.
Rus tilidagi maqollar aqlni jamiyatdagi munosabatlar, do‘stlik, maslahatlashuv, tajriba bilan bog‘laydi. Bu yerda donolik jamiyatga moslashuv, odob-axloq bilan uyg‘unlashgan.
O‘zbek maqollarida esa «aql» tushunchasining ifoda etilishi:
- Aql – Hasan, odob – Husan.
- Aqldor bo‘lsa yigitning xotini,
Yaxshilikka chiqarar yigitning otini.
- Aql yoshi bilan emas, boshi bilan.»
- Inson – aqli bilan,
Dono – naqli bilan..
- Aytguvchi nodon bo‘lsa,
Tinglovchi dono kerak.
- Aql – boshda,
G‘ayrat – yoshda,
Asl – toshda.
- Kishi baxti taxtida emas, aqlida.
- Yorim bor deb yorilma,
Haqiqiy yor bo‘lmasa.
Qizim bor deb kerilma,
Esli-xushli bo‘lmasa.
- Aql boshlovchi,
Tana ishlovchi.
- Aql bo‘y bilan o‘lchanmas.
- Aql bo‘yda emas, o‘yda.
- Aql yoshdan,
Odob – boshdan.
- Aql toshi – inson boshi.
- Aql-farosat – nisbi karomat.
- Aql o‘lchovi – so‘z,
So‘z o‘lchovi – naql.
O‘zbek maqollarida aql ko‘proq axloq, odob, tarbiya, ota-ona nasihati, tajriba orqali shakllangan. Bu qadriyatlar orqali insonning jamiyatdagi roli, axloqiy jihatdan etukligi baholanadi.
Xulosa
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, «aql» tushunchasi ingliz, nemis, rus va o‘zbek paremiologik tizimlarida muayyan madaniy, ijtimoiy va axloqiy kontekstlarda talqin etiladi.Ushbu tadqiqot til va madaniyatlararo tafovutlarni anglashda, tarjimada ekvivalentlikni belgilashda muhim manba bo‘la oladi.
Ingliz va nemis maqollarida «aql» tushunchasi ko‘proq shaxsiy rivojlanish, bilim orttirish, hayotiy tajriba va individual qaror qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lib, bu jamiyatlarda ratsional tafakkur, mustaqil fikrlash va o‘z ustida ishlash tamoyillarining ustuvorligini anglatadi. Donolik – bu nafaqat tug‘ma fazilat, balki mehnat, bilim va hayotiy sinovlar orqali orttiriladigan sifat sifatida baholanadi.
Rus maqollarida esa aql ijtimoiy munosabatlar, maslahat, tajriba almashuvi, jamoaviy fikrlash kabi qadriyatlar bilan chambarchas bog‘langan. Aql insonning odob-axloqiy yetukligi, muomala madaniyati va jamiyatga moslasha olish qobiliyati orqali namoyon bo‘ladi. Bu esa rus xalq tafakkurida aqlning ijtimoiy-madaniy ahamiyatini ochib beradi.
O‘zbek paremiologiyasida esa «aql» ko‘proq axloq, odob, tarbiya, oilaviy qadriyatlar va katta-avlod tajribasi bilan bog‘liq tarzda talqin etiladi. O‘zbek xalq maqollarida aqlning ijtimoiy va ma’naviy o‘lchovi kuchli bo‘lib, u kishining jamiyatdagi o‘rni, insoniy fazilatlari va ahloqiy yetukligi orqali o‘lchanadi. Bu holat o‘zbek mentalitetida kollektivlik, hurmat, murosa va o‘zini tuta bilish kabi qadriyatlar muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.
Tadqiqot natijalari shuni tasdiqladiki, har bir til va madaniyatda paremiologik birliklar faqatgina til vositasi emas, balki xalq tafakkurining, dunyoqarashining, tarixiy tajribasining, madaniy qadriyatlarining ifodachisidir. «Aql»ga doir maqollar orqali milliy tafakkurdagi tafovutlar, hayotga, bilimga, odobga, axloqqa bo‘lgan munosabatlar tahlil qilinadi.
Ushbu maqola madaniyatlararo kommunikatsiya, tarjimashunoslik, til o‘qitish va psixolingvistika kabi yo‘nalishlarda ham muhim manba bo‘la oladi. Ayniqsa, til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni chuqur anglash, tarjimada ekvivalentlikni aniqlash, milliy-madaniy kontekstda pragmatik farqlarni e’tiborga olishda bunday paremiologik tahlillar katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, maqolalardagi «aql» ifodasining semantik hamda pragmatik jihatdan o‘rganilishi xalq tafakkurini tadqiq qilishda samarali vosita hisoblanadi. Kelajakdagi izlanishlar ushbu tadqiqot doirasini kengaytirib, boshqa tillar, madaniyatlar va tushunchalar bilan ham qiyosiy tahlil qilishga xizmat qilishi mumkin.
Библиографические ссылки
Abbasov, R. (2014). Comparative study of proverbs in Turkic languages. Tashkent: Academy of Sciences of Uzbekistan.
Alvarado, P., & Martins, J. (2017). Proverbs and social interaction: A pragmatic perspective. Journal of Pragmatics, 110, 12–24. https://doi.org/10.1016/j.pragma.2017.01.002 (Add DOI if available)
Anikin, V.P. (1988). Ruscha maqollar va matallar. Moskva: Nauka.
Ayto, J. (2010). Oxford dictionary of English idioms (Oxford Quick Reference). Oxford University Press.
Azimov, A. (2005). The role of proverbs in Uzbek culture. Samarkand: Samarkand Publishing.
Bertram, A., & Mieder, W. (2008). Ingliz maqollari. London: Springer.
Brown, K. (2017). English proverbs and their metaphors. New York: Springer.
Bryan, G.B., & Mieder, W. (2005). Angliya-Amerika maqollari va maqol iboralari lug‘ati. New York: Routledge.
Cluski, J. (1971). A comparative book of English, French, German, Italian, Spanish and Russian proverbs with a Latin appendix. Amsterdam: Elsevier.
Dal', V.I. (2004–2007). Tolkovyj slovar' zhivogo velikorusskogo jazyka (Vols. 1–4). Moskva: AST.
Dubrovin, M.I. (1993). A book of English and Russian proverbs and sayings. Moskva: Nauka.
Fergusson, R. (1995). The Penguin dictionary of proverbs. London: Penguin Books.
Mokienko, V. M. (2008). Rus maqollari lug‘ati. Moskva: AST.
Murrey, Yu.V. (2008). Rus maqollari va frazeologik birliklari. Moskva: Nauka.
Richards, J. (2018). The idiomatic expressions in English proverbs. New York: Routledge.
Ruzimuratova, N. (2025). O‘zbek va ingliz tillarida “mehnatsevarlik” konseptining leksik va semantik birliklar orqali ifoda etilishi. Education and Research in the Era of Digital Transformation, 1(1), 605–609.
Safarov, O. (2000). O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. Toshkent: O‘zbekiston Madaniyati.
Samadov, Q. (1965). Maqollarimiz mohiyatiga doir. Toshkent: O‘zbekiston Madaniyati.
Sharipov, T. (2011). Proverbs and their meanings: A linguistic approach. Tashkent: Uzbek Language Institute.
Simrok, A. (1987). Nemis xalq maqollari. Berlin: Springer.
Yusupov, M. (2016). Cultural and pragmatic aspects of proverbs in the Uzbek language. Uzbek Journal of Linguistics, 5(1), 12–22.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Мунира Рахимова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.